|
OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:26:01 AM | Message # 76 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Fozil qori Yosin o'g'li Sen hayotlik chog’ida ota – onangni rozi qil, Dunyodan o’tgach ular, so’ngra pushaymon aylama. Olmading ko’nglin alarning, sen hayotlik chog’ida, Endi afsus,nadomat,ohu afg’on aylama.
Intizor bo’lib kutardi, kelishing mushfiq onang, Ko’rmoqqa vaqt topmading, endi armon aylama. Qarisak boqqay debon, sendan umidvor erdilar, Bir kelib hol so’rmadingku, endi giryon aylama.
Bor erdi imkon qo’lingda, ko’ngillarin shod etgali, Qilmading rozi alarni, endi armon aylama. Gar rizo qilsang alarni, bo’lg’ay edi Olloh rizo, Rozilik so’rma Egamdin chashmi giryon aylama.
Bebaho bo’lgan duolarga xaridor bo’lmading, Baxt bilan omadni endi,sen umidin aylama. Bir ro’mol birlan choponga ota – oangnni olmading, Go’riga marmar qo’yib,soxta saxovat aylama.
Ba’zi farzandlar kabi, xaizmatlarin sen qilmading, Boy berib qo’yding bu imkonni, nadomat aylama. To’rtta issiq non bilan ota – oangnni yo’qlamay, O’lganida doshqozon osibon, riyoni sen aylama.
Bormi dunyoda ota birla onadek, mehribon, Bilmading qadrin ularni, endi oh – voh aylama. Qilmading hurmat va izzat ota birla onaga, Endi sen ham hurmatu xizmatni orzu aylama.
Bor jahonda baxtiyor hurmatda bo’lgan zotlar, Bil rizo qilgan otasin, sen hasratlar aylama. Fozilo ota – onangning ruhini shod aylagin, Hech qachon ota – onang ruhini muhtoj aylama.
|
| |
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:26:15 AM | Message # 77 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Yolg‘iz tunlarimda uxlamay chiqsam, Tongda quyosh kutib bossa hayajon. Mehrimni ko‘z yoshdan bittalab yiqsam, Yuborgim keladi Sizga onajon!
Dilimda gaplarim to‘planib qolgan, Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor. Hattoki yuragim urishdan tolgan, U Sizga talpinar, mushfiq onajon.
Boshimga kechalar yostiqar botsa, Ishongan do‘stlarim sotsalar meni. Saratonda yoshim kiprikda qotsa, Dardlashgim keladi Siz-la , onajon.
Dunyo tashvishidan to‘ldi bardoshim, Qo‘l siltab bariga, ketaymi, deyman. Tizzangizga qo‘yib so‘ng dardli boshim, Uxlagim keladi, munis, onajon
Mehribon tabassum ko‘zim o‘ngida, Uxlasam quloqda allalaringiz. Har qaqchon duoim boshu so‘ngida, Albatta, Siz borsiz, aziz onajon.
Qalbingiz misoli bir ohanrabo, O’zingiz ko‘kdagi porlagan quyosh. Ovozingiz mayin, sahargi sabo, Judayam sog‘indim, Sizni onajon.
|
| |
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:26:49 AM | Message # 78 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Каламимга гариб сузлар жойланган, Мехринг таъриф айламокка йук имкон. Согинч дилга чуккан куюк ок туман, Дийдор киёматга колган Отажон!
Йиллар аро ишонмадим руёга, Бир кун сени кайтар дедим дунёга, Куз олдимда йиллар утди пиёда, Дийдор киёматга колган Отажон!
Тиззангга бош урмай кетдим уйимдан, Ачик ёшлар хотирадир туйимдан, Сен утганда кичик эдим углимдан, Дийдор киёматга колган Отажон!
Уша куни билдим ота кадрини, Келин булган отасизлар дардини, Курсанг эди юрагимнинг рангини, Дийдор киёматга колган Отажон!
Укинч нима мен биламан, армон не, Суйиб, сийлаб ташлаб кетиш ёмон-эй, Етти ховли тулди сендай инсон-эй, Дийдор киёматга колган Отажон!
Жойинг билдирмай деб гам чекди онам, Аммо оталиклар килганда байрам, Айтгин, нечун менга килмасин алам, Дийдор киёматга колган Отажон!
Чарклатиб ёкдик ортингдан чирок, Етим эмас, Онам бизни килди тог, Мухаббатдан яралганмиз кукси бог, Дийдор киёматга колган Отажон!
Киёматга биздай мушток яна ким, Жойнамозда дуойим бор куну-тун, Жойинг жаннатларда булсин илойим, Дийдор киёматга колган Отажон.
|
| |
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:27:09 AM | Message # 79 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Monrealning sovuq tunida Sizni qo'msab yig'ladim ona. Begona yurt sovuq qo'ynida Suratingiz bo'ldi parvona.
Onajonim, sizni keladi ko'rgim Sizni chaqiraman alahlab tushda. Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim, Uchib borolsaydim bir zumda qushdek.
Qush qanotlarini menga bersaydi Olis Toshkentimga uchib ketardim. Barcha tushlarimchi, o'ngidan kelsa, Ettinchi osmonga bahtdan yetardim.
Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim. Hafa qilganlarim, dil ozorlarim, Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim...
Qaltirib teraman uyim raqamin. Go'shak ko'taradi sog'ingan onam. Hol-ahvol so'rayman. Qarindosh-urug' Hammasi salomat deb aytar onam.
Bir sukut saqlayman labimni tishlab, Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh. Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam. Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam.
Bugun ketganingga bo'ldi uch yuz kun, Kelishingga qoldi atigi uch kun. Yuragim hamriqib seni kutadi. Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun.
Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam. Mening qo'shilishib yig'lagim kelar. Jonim onam bilan, bu murda tanam Goh-gohi yig'idan silkinib ketar.
Ikki minut qoldi, deyman baqirib, Jonholatda onam derlar hapqirib: Allohim umringni ziyoda qilsin, Peshonangdan ming bor o'pib qolarman.
Yana uvvos solib yig'i boshlayman. Bu gal ham aytmadim, men ahmoq farzand: Sizni olamlardan aziz ko'raman Sizdan hayotim chun umrbod qarzman.
Yana uch kun qoldi sizni ko'rishga Yana uch kun berdi Alloh sinovga Uch kunlik sog'inchim, onajonginam Uch asrlik bo'lib tuyular menga...
|
| |
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:27:47 AM | Message # 80 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Onajonim, Sizni juda sog'indim Men! Boringizda eng baxtliga yaqindim Men, Hatto 'Baxt Yurt' taxtlarida tag'indim Men, Endi esa yo'l yo'qotib qoqindim Men, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Meni oldga yetaklagan qo'lsiz qoldim, Endi yolg'iz odimlashdan holsiz toldim, O'chib Quyosh, chiqmayin Oy, yo'lsiz qoldim, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Onajonim, Egam Sizni afuv etsin! Duom tinglab gunohingiz mahv etsin! Biror dona gunoh qolmay o'chib ketsin! Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Egam Sizga jannatidan joylar bersin! Bog' va uning atrofida soylar bersin! Menga Sizla bo'lish uchun oylar bersin! Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Xizmatingiz keragicha qilolmadim, Duongizni istagandek ololmadim, Uzoq yillar Sizla birga bo'lolmadim, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Jasur hamda matonatli edingiz Siz, Bizga doim "To'g'ri bo'ling!" dedingiz Siz, Sizsiz ona, qolib ketdim Men dengizsiz, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Hayot ekan, yana olg'a yuraman Men, Neni buzib yana nelar quraman Men, Sizsiz ammo, doim kamdek turaman Men, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Ketdingizu, Menga duo qilguvchi kam, O'g'lingizni Sizdek sira bilguvchi kam, Sizdan keyin yuzlariga kulguvchi g'am! Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Sog'indim Men Sizda bo'lgan zakovatni, Sog'indim Men so'zi shakkaru - novvotni, Tili, dili hamisha poku - obodni, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Duo etgum Sizni jannatda ko'ray deb, To'g'ri yurgum, toki jannatga kiray deb, So'ragum Siz birla jannatda turay deb, Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
Bilingizlar, Ona qimmat - bebahodir, Hayotlikda hurmatin etgan dahodir, Rizosin olganchi? Bu - yutgan bahodir! Onajonim, Sizni juda sog'indim Men!
|
| |
|
|
| OshiqYigit | Date: Shanba, 12/09/15, 2:28:05 AM | Message # 81 |
|
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status: 
| Eng ulug’lardan ulug’ insonlar insoni ona! Oyu kundan ham munavvar husni nuroniy ona!
Mehribonlar mehriboni yaxshilarning yaxshisi, Mehru shafqat olamining yuksak osmoni ona!
Garchi nomidir ayolu qudratidir bemisol, Tarbiyat mulkin zabardast mardi maydoni ona!
Qalbi daryo, oliyhimmat, har saxiydan ham saxiy, Ya’ni g’amxo’rlik diyorin toza vijdoni ona!
Bag’ri bog’ sahniyu, farzand sunbulu rayhonu gul, Bu hayot dunyosining eng katta bog’boni ona!
Arzimas bir jon uni ming jon fidosi bo’lsa ham, Sadqai farzandlarin har lahza qurboni ona!
Onadek farzandin qadriga yetar olamda kim? Har qadrdondan qadrdonroq qadrdoni ona!
Yaxshi farzand onasin aylar rizo, aylar rizo, Davlati ham baxti ham, darmoni ham joni ona!
Onajon deb sayragay qushlar chamanda, Chustiyo, Sayragin bulbul dilimning she’ru dostoni ona!
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Shanba, 12/11/10, 2:34:53 AM | Message # 82 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status: 
| Onajonim
Yo'llarimga qarab qolgan Onajonim. Bu dunyoda mening yolg'iz mexribonim, Ko'zim uchdi sog'indizmi Jonajonim. Meni kimham sog'inardi sizdan bo'lak.
To'g'ri yo'llar ko'rinib tor, Har kimlarga ko'ngil berib sig'inibman. Sizdan bo'lak men barchani sog'inibman. Meni kimham sog'inardi sizdan bo'lak.
Sog'indim deb aytgan yolg'on aytar ekan. Vaqti kelsa do'st ham sotib ketar ekan. Yig'lay desam diydam qotib ketgan ekan . Meni kimham sog'inardi sizdan bo'lak...
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Yakshanba, 12/12/16, 3:36:51 PM | Message # 83 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7161
Status: 
| yahshi she'rlar ekan rahmat
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Seshanba, 12/12/18, 12:45:04 PM | Message # 84 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status: 
| Қариган чоғингиз мен ташлаб кетдим, Хизматингиз қилолмай кўз ёшлаб кетдим. Куфр зулмин кўриб, қўл муштлаб кетдим, Дуоингиз ола олмай лаб тишлаб кетдим. Эслайман бошимга қўлингиз қўйиб, Дуо қилардингиз эркалаб, суйиб. Эркаланиб яйрардим мен тўйиб-тўйиб, Менга куярдингиз, ўзингиз қўйиб. Болам бахтли бўлсин ҳар доим дебон, Ўтдан-чўққа ўзни урдингиз ҳар он. Бўлдингиз соябон, бўлдингиз қалқон, Ўсдим бағрингизда ғам билмай шодон. Не қилай бу дунё зулмга тўлди, Муслима сингиллар тажовуз бўлди?! Гуноҳи – Аллоҳни якка деб билди, Бу кунда сабримнинг косаси тўлди. Улуғ мақсад йўлда белни боғладим, Аллоҳ, Расул (с.а.в.) йўлига ўзни чоғладим. Олий Калом учун қурол ёғладим, Шу боис бағрингизни мен доғладим. Сизларга муносиб бир ўғлон бўлай, Жангларда ё Умар, ё Усмон бўлай! Алидек, Ҳамзадек эр-арслон бўлай, Фирдавсда сиз билан ёнма-ён бўлай! Мендан рози бўлинг, азиз отажон, Мендан рози бўлинг, мўнис онажон. Менга дуо қилинг, азиз отажон, Менга дуо қилинг, мўнис онажон.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/01/21, 12:36:57 PM | Message # 85 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| ONAM
Oy kabi qoshimda parvonam – onam, Oftobdek mehrda yagonam – onam. Boshimga tilla toj, ko’nglimga taskin, Tunu kun tilimda shukronam – onam.
Oltin-kumush asli – tosh bo’lar ekan. Onasizning ko’zi yosh bo’lar ekan. Onasi bor – doim yosh bo’lar ekan, Mehr ummonida durdonam – onam,
Qayga borsam yo’ldosh, hamroh taftingiz, Sizdan baxt topdim, siz nima topdingiz? Mudom manglayimda iliq kaftingiz, Tole’imdan yorug’ peshonam, onam.
Yonimda qizim deb tursangiz, ona, Yashayman g’amlardan g’olib, mardona. Kelsangiz yuksalar g’arib ostona, Ketsangiz mung’ayar koshonam, onam
Ko’rdim dunyo yetti mo’’jizasini, Topmadim qalampirmunchoq isini. Ko’zlarimga suray bosgan izini, Jannat bog’laridan nishonam, onam!
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/01/21, 1:44:53 PM | Message # 86 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Bahtim deymi, Bahorim deymi, Ko'kda kulgan oyim edingiz. Men ulg'aygan uyning bekasi, Shohistai shoyim edingiz. Yuzlaringiz farishtasiymo, So'zlaringiz yoqimli boldek. Bizda neki fazilat paydo, Barisini biz sizdan oldik. Sho'hroq edim bolalik chog'im, Yurardingiz ortimdan quvlab. Endi qumsab og'ushingizni, Zoru nolon yuribman yig'lab. Bog'im so'lib, siz ohim endi, Sizni eslab ko'zim yoshlayman. Sog'inch bo'lib hamrohim endi, Qiyomatni... Kutib yashayman.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Seshanba, 13/01/22, 2:54:26 PM | Message # 87 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Bir yor uchun baxt sorama, Vaqti kelsa tawlab ketar. Nega keti deb siqilma, U kabilar ming bor kelar. OTA ONA toki xayot, Faqat ular seni sevar. Ular uchun umir so'ra, OTA ONA birbor kelar.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Shanba, 13/01/26, 1:26:22 PM | Message # 88 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Bolam menga kerak emas pul degani, Sen yonimda yursang bas,men ulug' boyman. Diydoringni istab-zahar xar yeganim, Go'yo shoxi ko'chib ketgan bir saroyman.
Mijja qoqmay tunlar kirib ul xonangga, Suratingni silab,yig'lab kular bo'ldim. Rahming kelmaydimi qari bu onannga, O'lar bo'lsam sensizlikda o'lar bo'ldim.
Qaytgin bolam,sog'intirma qaytgin bolam, Ne yetmaydi, endi senga aytgin bolam? G'amim sensan,tanda jonim kamim sensan, Madorim yo'q,ko'zda yoshim artgin bolam.
Xovli kengdir,xovli tordir-sig'mayapman, Xar burchakdan ovozingni tinglayapman, Ko'klam kelib,laylak qaytsa minorlarga, Mening bolam qaytmadi deb yig'layapman.
Ne so'rasang dadang bilan borim berdim, Qariganda suyanchig'im bo'lar derdim, Menga tog'lar olib berma,qaytgin uyga, Pulingsiz xam yarim nonim topib yerdim.
Kechir endi dardim to'kib aytdim bolam, Kech bo'lmasdan ortginangga qaytgin bolam. Issiq jonman diydorimga to'ygin sen xam, Onajon deb shirin so'zing aytgin bolam.
Alisher Ahmedov
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Chorshanba, 13/02/06, 3:57:49 PM | Message # 89 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Parcha Terdan Ato Etib,Meni Tuqqan Onamga Raxmat. Oq Sut Berib-Oq Taragan,Mehribonim Onamga Raxmat. Dunyoga Ko'z Ochganim,Bag'rida Tinch Yotganim. Boshin Qo'ymas Yostiqqa,Ertayu - Kech Parvonam.
Kechalari Beshik Tebratgan,Be Oromim Onamga Raxmat. Orom Ol Deb Allalar Aytgan,Shirin So'zim Onamga Raxmat. Ilk So'zimga Quvongan,Onajon-Desam Yig'laydi. Qo'lim Ushlab Yurgizgan,Kelaqol Deb Quvnaydi.
Quvonchimga Shodlanar Onam,Bag'riga Bosib O'pgan. Dardimga-Darmonim Onam,Boshimda Parvonam Bo'lgan. Onam Bergan Tarbiya,Shunday Kunga Yetkazdi. Qo'llar Ochib Duoga,Tangrim!-Asrasin Dedi.
Baxtimga Sog' Bo'lsinlar,Farzandlarim Ko'rsinlar. O'nta O'g'il-O'nta Qiz,Nabiralarin Boqsinlar. Ular Mendek Sho'x O'ynab,Quvonch Bersin Onamga. Ko'zlari Yoshga To'lib,To'ylar Qilsin Onamga.
Onam Sizga Ming Raxmat,Poyingiz Qilay Tavob. Men Ila Toping Hurmat,Siz Uchun Qilay Savob. Sizga Beray Borimni,Baxtli Hayot Kunimni. Asalim Jonim Onam,Shirinim-Borim Onam.
Meni Katta Qildingiz,Bag'ringiz Bo'lsin Jannat. Sizni Asrayman Ona,Yonimda Bo'ling Har Vaqt. Boshimdan O'tgan Kunlar,O'zga Boshiga Tushmasin. Onam Yosh To'kkan Kunlar,Bag'rin G'amlar Tilmasin.
Otam Qo'yib Tuproqqa,G'am Qayg'u Tortib Ketti. Ko'zlar Quvonch O'rniga,Ko'z Yoshlar To'lib Ketti. Mayli Taqdir Zarbiga,Chidab Ketar Ekanmiz. Nima Ham Qilolardik,Hudo Berar Umrimiz.
Onajon Siz Yig'lamang,Ko'z Yoshlariz Qiynaydi. Baxtimga Sog' Salomat,Onamga Ko'z Tegmaydi. Duo Qiling Do'stlarim,Farishtalar Bor Bo'lsin. Onam Farishtam Mening,Uyimiz Jannat Bo'lsin.
Meni Hurmat Qilganlar,Bu Onamga Hurmatdir. Onam Sizga Ming Raxmat,Barchasi Siz Uchundir. Onangiz Qiling Shodon,Ko'zlari Yosh Ko'rmasin. Yosh Bo'lsa Ham Bu Faqat,Quvonch Yoshlari Bo'lsin.
So'zim Oxiri Keldi,Aytay Sizga Bir Tilak. Ona Farishta Bo'lsa,Siz Bo'ling Unga Farzand. Siz Uchun Tunlar Bedor,Farishta Onangiz Bor. Asrab Avaylang Uni,Mehribon Onangiz Bor.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Seshanba, 13/02/12, 4:10:53 PM | Message # 90 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Armon...
Beshigimni quchoqlab yotgan, Shirin-shirin allalar aytgan, Sabo yanglig o’pib uygotgan, Onajonim, sizga to’ymadim. Siz ketdingiz, manzil- lomakon, Hamma ketar, ketar begumon, Ammo qoldi dilda bir armon: Onajonim, sizga to’ymadim.
Yo’lingizda ko’zlarim qoldi, Aytilmagan so’zlarim qoldi, Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi, Onajonim, sizga to’ymadim.
Der edingiz: ”Ona qo’rgoshin, Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing”, Toshdan bolsin derdingiz boshing, Onajonim, sizga to’ymadim.
Orzulagan kunlariz keldi, Siz aytgan ul qut fayz keldi, Lek tilim lol dil mayus keldi, Onajonim, sizga toymadim.
Yashayapman yahshi yo yomon, Boshga tushsa ko’narkan inson, Mehringizga tashna boldi jon, Onajonim, sizga to’ymadim.
Umid birlan yashaydi banda, Eh, ochilib bu sirli parda, Ko’rishtirsin endi mahsharda, Onajonim, sizga to’ymadim.
|
| |
|
|