OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:

Ажалга чора йўқ


Умидворман жаннатдалир рухингиз.

Согнчингиз юрагимда дадажон.

Яратганни азал хукми шу экан.

Шарт экан келиши барибир–хижрон.

Юрагим эзилиб синиб кумсайман.

Огир булди менга айрилик фирок.

Уз-узимни овутаман йиглайман.

Биламан ажалга чора йук бирок.

Шак-шубхасиз хали парвардигорим.

Кайта тирилтирар бунга гумон йук.

Абадий хаетни булиши хакдир.

Бунга ишонмаса кимки имон йук.

Аллоху-расулни хак деб-билдингиз.

Аллохим гувохдир имонингизга.

Умидворман насиб этгай–жаннатда.

Борсам-салом бериб мен-енингизга.

Кошкийди келса тез уша кун тезрок.

Ўтсайди хаммадан ўткинчи дунё.

Кетадиган жойдан кетган яхширок.

Бу дунё бир гўё саробу рўё.

Мумин кишиларни асло–хотиржам-

Яшайдиган маскан эмас бу олам.

Муминларнинг жойи мангу-жаннатдир.

Шунгача гўё бир мусофир одам.

Ё Раб гард тушмасин имонимизга.

Умидвормиз ваъда килган жаннатдан.

Авф сураймиз айбу-нуксонимизга.

Маҳрум этма мағфиратдан-рахматдан!!!
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:

Алвидo
Ал-видо ё ал-видо нури жахоним кетдилар.

Тарк этиб фоний жахонни мехрибоним кетдилар.

Хак таъоло кисматига буйсуниб рози бўлиб,

Даргохинга энди Роббим, Дадажоним кетдилар.

Сабри бир дарё каби, хулқи расулуллох каби.

Юлдузлар ичра мох каби ширин забоним кетдилар.

Доим ибодатлар билан, зикру-тиловатлар билан.

Ибратли одатлар билан, фахри замоним кетдилар.

Найлайин бу айрилик дарди дилимни уртагай.

Энди билдим-фахри-кўрки-хонадоним-кетдилар.

Мен дуо айлаб яратганга-газал езмай нетай.

Чунки оламдан менинг-“руҳи-равоним”-кетдилар.

Эшитгандим сиз вафот топганда айтганди онам,

«Яхшилар авлодидан, колган нишоним кетдилар».

Бизга ташлаб бу хает гавгосидан кулни ювиб.

Дилга далда-бошга гўё, соябоним–кетдилар.

Одамизод айрилиб колса билар кўп нарсани.

Кўрмайин роҳат-фароғат бағри қоним кетдилар.

Мавж урсин қабрингизда рахмати нури Худо.

Ғам-аламда калб-вужуди нотавоним кетдилар.

Бир-биримига ғаниматмиз, синов дунесида.

Бурчни биздан соқит айлаб, «Имтихоним»–кетдилар.

Жойингиз жаннатда бўлгай!-деб, килур Саҳвий дуо,

Ҳақ сари умид этиб, жаннатмаконим кетдилар.
DURDON foydalanuvchisining avatari
SUPER ADMINKA
Guruh: Admin yordamchisi
Xabarlar: 10166
Holati:
Ota-ona g`animat

Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod
Tushun axir ota-onang g`animat
DURDON foydalanuvchisining avatari
SUPER ADMINKA
Guruh: Admin yordamchisi
Xabarlar: 10166
Holati:
ONANG BOR DUNYODA AZIZSAN XAMON,
DO'STLARING BISYORDIR OLAM CHAROG'ON.
SHU IKKI TAYANCHDAN AYRILGANING CHOG'
SEN G'ARIB BIR ZOTSAN DUNYO ZIMISTON.
DURDON foydalanuvchisining avatari
SUPER ADMINKA
Guruh: Admin yordamchisi
Xabarlar: 10166
Holati:
Farzand deb yig'lasa yig'laydi falak
Bu mo'tabar onadir, onadir beshak
Deydi men yemasam ham farzandim yesin
Deydi men kiymasam ham farzandim kiysin
Deydi farzandim ulg'aysin, unsin
Bu kuyunchak onadir, onadir beshak
Dunyoni beradi farzand baxti-chun
Jonni fido qiladi farzand joni-chun
Farzandi og'risa yig'lar tun-u kun
Bu aziz onadir, onadir beshak
Sochiga oqlar nelardan tushdi
Farzand deya ona nelardan kechdi
Farzandi uchun axir zaxarlar yutdi
Bu mehribon onadir, onadir beshak!!!
yahyo foydalanuvchisining avatari
Yahshi tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 83
Holati:
kottakon rahmat
salom
DURDON foydalanuvchisining avatari
SUPER ADMINKA
Guruh: Admin yordamchisi
Xabarlar: 10166
Holati:
Onajonim

Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon
O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon
Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz
Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz

Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz
Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz
Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz
Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz

Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz
Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz
Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan
Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
ОТА!

Елкангиз ўпаркан қуёш ҳам бота,

Қаршилаб барчани бир-бир уйғота,

Болангиз кўнглига пахтадан юмшоқ,

Темирдан қаттиқроқ қалқоним, ота!



Залворли юклар-да юқтиролмас гард,

Олдингизга тушмас бирон битта мард.

Зардобга айланган ичга ютар дард

Юракдан портлаган вулқоним, ота!



Гуллар титраса ҳам бўстон ваҳмида

Эъзозлаб яшагай сизни раҳмида!

Биз дея ҳаётнинг аччиқ саҳнида

Ўзин ер айлаган осмоним, ота!



Болам деб нигоҳи ғунчадек сўлган,

Оғир синовларда не бўлса-бўлган...

Юзи қайғурса-да, кўзлари кулган

Жаннат ҳиди келар райҳоним, ота!



Бирор луғати йўқ йиғлаб нолишда,

Аста ҳордиқ олган қаттиқ болишда!

Қалбида эркалаб, йиғлаган тушда

Йилларга улғайган армоним, ота!

Сизга мен шу букун қўшиғим айтдим,

Қадрингизни ўйлаб ҳовлига қайтдим,

Меҳрингизда қолган бўлса гар қайтим,

Ман учун бир умр дармоним, ота!


OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Onadir beshak

Yuragining tagida yana bir yurak
Kun-u tun farzand-chun tilaydi tilak
Farzand deb yig'lasa yig'laydi falak
Bu mo'tabar onadir, onadir beshak
Deydi men yemasam ham farzandim yesin
Deydi men kiymasam ham farzandim kiysin
Deydi farzandim ulg'aysin, unsin
Bu kuyunchak onadir, onadir beshak
Dunyoni beradi farzand baxti-chun
Jonni fido qiladi farzand joni-chun
Farzandi og'risa yig'lar tun-u kun
Bu aziz onadir, onadir beshak
Sochiga oqlar nelardan tushdi
Farzand deya ona nelardan kechdi
Farzandi uchun axir zaxarlar yutdi
Bu mehribon onadir, onadir beshak!!!

OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon

O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon

Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz

Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz



Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz

Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz

Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz

Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz



Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz

Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz

Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan

Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
SAKINA foydalanuvchisining avatari
Guruh: IJODKOR
Xabarlar: 2614
Holati:
Lazzatin, ko`rmay uyquning,
Allalagan, onajonim mening,
Onajonim mexribonim mening.
Kam suqumsiz O`stirgan,
Oq yuvib ardoqlagan,
Onajonim mexribonim mening.
Tong saxarlar non yopib,
Qaynoq kulchalar bergan,
Onajonim mexribonim mening.
Qiynasa dardlarim mening,
Dardimga darmon bo`lgan
Onajonim mexribonim mening.
Sog` omon bo`l bolam,
Deb baxtim tilagan,
Onajonim mexribonim mening.
SAKINA foydalanuvchisining avatari
Guruh: IJODKOR
Xabarlar: 2614
Holati:
Onajonim mexringiz cheksiz bir ummon
O'sha mexringiz ila ko'nglimdur shodon
Xayotimga quvonchdir bitta shirin so'zingiz
Iloxo uzun bo'lsin Allox bergan umringiz

Dardga to'lsa bu ko'nglim dardkshim bir o'zingiz
Osmonimda bulut bo'lsa nurli quyosh o'zingiz
Yiqlisam gar yo'llarimda qo'llaringiz cho'zarsiz
Onajonim bu dunyoda yagona mexribonimsiz

Ko'zlarimga yosh kelganda qo'y yig'lama qizim deysiz
Sening marjon ko'z yoshingga arzimaydi ular deysiz
Mening ko'nglim butundir sizday mexribonim bilan
Baxtimga sog' omon bo'ling ko'zlaringiz bo'lmasin nam
Yahshi tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 113
Holati:
Ota meni o'ylab g'am ema,
Ko'nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to'xtash bilmaydi

Kamalakka aylanar yo'lim
Goho g'amnok gohida sho'xman,
qaytishimni o'ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o'qman

Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo'rqma mening sinmas kuragim
Qo'rqma mening o'ylarim halol.

Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.

Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.

Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo'yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..

Faqat meni o'ylab g'am ema
Guldirakman ko'ngling bo'lsin to'q
Ota bo'lsang bilasan dema ,
Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q
Yahshi tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 113
Holati:
Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha omon bo'ling deb,
Sog'inib qoluvchi qizingiz Kumush...
Yahshi tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 113
Holati:
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?

Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.

Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Search: