RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 8
  • 1
  • 2
  • 3
  • 7
  • 8
  • »
OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:21 | Message # 1
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:

Onang hayot ekan ko’tar boshingga
Uni yo’qkla har daqiqa har damda

U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga
Onang erur eng ulug’ zot olamda

Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida
Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda

Onadek chin mushtoq mehribon qayda
Duosini olib qol bu dunyoda

Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz
Odam ato momo havo naslimiz

Odamzot maymundan tarqagan emas
Iymonli kishi bu so’zlarni demas

Millati bittadir zoti insonning
Maskani ham bitta zoti insonning

Donolar hikmati hammasi rostdur
Odamzot bolasi birodar do’stdir

Onadan tug’ilgan har bitta inson
Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon

Onani xo’rlagan topmaydi kamol
Noqobil farzandning umridir zavol

Har kimi onalar poyini o’par
Unga ergashganlar baraka topar.


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:23 | Message # 2
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:

Musofirda musulmonlik bor
Ilmda ulug charogonlik bor
Onada cheksiz mehr nuri bor
Biz Farzand-chi? farzandimizga yor!

Ona derkan bolam oppogim
Farzandlar der farzandim bolam.
Bizga dedi onamiz bolam
Biz derkanmiz bolam, dumbogim

Tengdoshlarim sherlarin ukib
Ota-ona mehriga zorlanib
Ilhom degan olamga yuzlanib
Bittim kungil uzhorin shu chok

Kachon deydi farzandlar ona
Bolasidan bushab onaga
Utiraman kitobga bokib,
Ota-onam, uyni soginib


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:23 | Message # 3
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Otamga...
Ota yuzingizga tushgan ajinning
har biri mening har sho'xligimmidi?
Hayot o'ksitganda yoki malhamday
Yoningizda bir zum yo'qligimmidi?

Sizdan olisdaman,manzilim yiroq,
Ilm istab yurgan tolibman ,ota
Hatto sochingizning teng yarmi oppoq
Bo'lganin ham sezmay qolibman ota

Bilaman qishloqda yumushlar talay
Boqqa qarash kerak,ro'zq'or ishlari...
Sizga yuklab quydim barini bugun,
Ko'kni ko'zlagancha ko'nglim qushlari

Yo hali yoshdirman balki beuyman
Bazan xayolimga kelmaydi qishloq
Ota siz hozirdan keksayib quymang
Qarang do'stlaringiz sizdanda yoshroq...

Ota, bardam bo'lingsuyanganim siz
Qolgan umrim xato ,ayanch bo'lmasa
Ne uchun dunyoga tuxfa etgansiz
Erta -indin sizga tayanch bo'lmasam?!


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:24 | Message # 4
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:

Serviqoru salobatli tog'larga boqib,
Sizni eslab, sog'inchlarga to'ldim, otajon!
Yashnab turgan saxovatli bog'larga boqib,
Yuragimda mehringiz his qildim, otajon!

Biz niholu, siz mehribon bog'bon edingiz,
Bizni o'ylab kechayu tun giryon edingiz.
Biz shod esak, siz ham shodu xandon edingiz,
Sizsiz bu dam na o'ylab, na kuldim otajon!

Bu dunyoning jumboqlari bag'rimni ezur
Umringiz dard ila o'tdi, betinch behuzur
Sho'xliklaru, erkaliklar uchun ming uzr
Ota bo'lgach ota qadrin bildim otajon!

Oh, ayriliq dardi og'ir, qalbni qaqshatar
Meni qavmu qarindoshlar sizga o'xshatar
Derlar: ota bo'stonini farzand yashnatar
Bu olamda men siz bo'lib qoldim otajon!

Siz yaratgan bo'stonlarning havosi bo'lak
Sizla o'tgan xush onlarning safosi bo'lak
Zikrillo dil armonlarin navosi bo'lak
Sizni qo'msab yurak bag'rim tildim otajon!


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:25 | Message # 5
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:

Qishloq kutib oldi meni q'ayg'uli,
Daraxtlar egilib turar motamdan.
Ukam o'ksib chiqdi uydan ko'zda yosh
Ayrilib qoldik deb bevaqt otamdan...

Otam... ko'zlarini abadiy yumgan...
Biram tinch, orombaxsh... osuda o'lim...
Otam so'nggi so'zin aytolmay ketgan
Mehribon lablarda yig'laydi qo'lim...

Shomu saharlarda tinmagan otam,
Tirigida orom bilmagan otam,
Yemay yiqqanini to'ylarga atab
Daladan beriga kelmagan otam..


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:25 | Message # 6
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Kech kuz, daraxtlar barglarin to’kkan,
Olis-olislarga ketdi turnalar.
Qayg’usiz tashvishsiz, ajoyib bir kun,
Ammo nedandir ko’ngil tirnalar.

Muhabbat haqida she’r yozmoq oson,
Madh etib tinmaymiz gul jamolini.
O’ylab ko’rganmisan ey g’ofil inson,
Uyingda o’tirgan onang holini.

Ortingdan termular farishta misol,
Duodan tinmaydi uning zaboni.
Do’ faqat senga yana bir savol,
So’ray olganmisan onang holini.

Har narsadan ustun ona degan nom,
Quyosh bilan tengdir sharafi-shoni.
Onani e’zozlar bor ahli islom,
Onalar asragay yorug’ dunyoni.


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:26 | Message # 7
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Ketar bo'lsang bir kun ulg'ayib
bosh egib o't o'sgan xonangga.
Bosh egib o't ma'yus, mung'ayib
ostonada qolgan onangga.

Bardoshlaring toshlarin yorsin,
davrlarda tanilgil oqil.
Faqat yolg'iz qolganing chog'da
yodgorgina suratga boqqil.

Suratga boq, unda kuladi
nigohlari shikasta ayol.
Chig'iriqqa solar ruhingni
ko'zlaringga tiqilgan savol.

Suratga boq, shikasta ayol
yozg'irmaydi, bir so'z ham demas.
Seni qattiq sog'ingan, ohkim,
qayta boshdan dunyoga kelmas...


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:27 | Message # 8
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Keng hovlining qalqoni sindi
Shod kunlarga qaytib bo'lmaydi
Judolikdan ko'zlari tindi
Ona yolg'iz qolsa yig'laydi
Yig'laganin hech kim bilmaydi.

Har yon qushdan uchgan bolalar
Yoru dunyo quchgan bolalar
Yuragidan toshib nolalar
Ona yolg'iz qolsa yig'laydi
Yig'laganin hech kim bilmaydi.

Tog'lar bilar bardoshlarini
Bir bir eslab dildoshlarini
Hech kim ko'rmay ko'z yoshlarini
Ona yolg'iz qolsa yig'laydi
Yig'laganin hech kim bilmaydi.

Shoxlarda ham, devonada ham,
Toshkanda ham, Farg'onada ham,
Kulbada ham, koshonada ham
Ona yolg'iz qolsa yig'laydi
Yig'laganin hech kim bilmaydi.

Inson, onang ko'nglini shod et
Seni qanday shod etgan, yod et
Sog'inch degan uydan ozod et
Ona yolg'iz qolsa yig'laydi
Yig'laganin hech kim bilmaydi


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:28 | Message # 9
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Do'st nomi bittadir, ammo turfa rang,
E'tiqod, sadoqat... qolgani yolg'on.
Yalang'och turarlar-atrofga qarang,
O'rningizdan turing, Otajon.

Yelkada ikki yuk, og'iri motam,
Yelkada almashar goh shayton rahmon.
Titrar egningizda pokiza mato,
O'rningizdan turing, Otajon.

Ochunning yo'rig'i-taqdiru azal,
Onam manglayiga hasratlar chizgan.
Dunyo arzimaydi tirnog'ingizga,
O'rningizdan turing, Otajon.

Ko'k ham tek turishga qiladi nomus-
Qarog'im tubida yig'laydi osmon.
Hali qo'sha-qo'sha to'ylar qilamiz,
O'rningizdan turing, Otajon.

Mo'jiza bo'lsa gar ishonmasa ko'z:
Bir kuni qaytsangiz qo'lingizda non.
Kimdir sevinch chekar, kim chekar afsus...
O'rningizdan turing, Otajon.


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:29 | Message # 10
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Meni hech kim sog'inmaydi
Sizday qaqrab.
Menga hech kim ilhaq bo'lmas sizday, Ona!
Yo'llardagi xarsanglardan meni so'rab,
Kunbotishga termulmaydi yana,yana...

To'kilmaydi menga hech kim tole tilab,
Farishtadek turib subhi sodiqlardan.
Bolalagim izi qolgan qirga boqib,
Shahzodalar so'ramaydi
Borliqlardan.

Mushfiqqinam!
Yaxshi farzand bo'lolmadim boshqalarday
Kunlarimni hijron yengdi, yutdi sevgi.
Yuragimdan quyosh yanglig' isindilar
Yuragimni isitmadi Sizning kabi.

So'ng...
Bir mehr istadim, Sizdan-da buyuk..
Mehrsiz yo'llarda ketdim sochilib.
Ko'zim yoshlariga qo'l yuvdi kimlar.
Hech kim yig'lolmadi Sizday qo'shilib.

Meni hech kim sog'inmaydi
Sizday qaqrab.
Menga hech kim ilhaq bo'lmas sizday,ONA.
Yo'llardagi xarsanglardan meni so'rab
Kunbotishga termulmaydi yana,yana..


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:30 | Message # 11
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:

Yilnomadan yirtilgan sonsiz varaqlar,
Ko’zlarim o’rganmay bahorga hali
Qaytalagan kuzlar
Va yaproqlari
Tinimsiz uzilayotgan daraxtlar…
Vujudimni chaynayotgan soat millari…
Ko’z oldimdan o’tayotgan bolaligimning
Shaffof yillari…
Bir belgidir bularning bari
Bir belgidir-
Men ulg’ayayapman.

Ko’cha to’lib oqayotgan
Zabardast,
Shashti past,
Yuzlari tiniq,
Qalb o’ti so’niq,
To’g’riyu egri,
Dimog’i shishgan,
Va ochlikdan holsiz tirishgan,
Biri umidvor,
Boshqasi abgor
Odamlarning safiga qo’shilayapman.
Bolalik hotiralarimni sekin
Unutayapman.
Ona, senga omonatdir ular
Bir sen unutma.
Mendan esa sadoqat kutma
Chunki bolang ulg’ayayapti…

Mening ilk bor
Sharob ichganda burishgan yuzim
Endi burishmas dunyoning kir ishlaridan,
Tamaki tutatganimda ilk bora humor
Achchig’idan qisilgan ko’zim
Endi asabiy qisilmas shaytonning
Qilmishlaridan.
Polapon ortidan quvlab yetolmay
Tirishgan peshonam
Endi osongina tirishmas
Va alam ham qilmas endi yiqilsam.
Doim charog’on betasvish ko’nglim
Endi osongina yorishmas...
Onam,
O’sha burishgan yuzimni
O’sha qisilgan ko’zimni
Osha tirishgan peshonam
Va charog’on ko’nglimni
Omonat qoldirdim senga,
Ularni bir sen unutma
Mendan esa sadoqat kutma.

O’g’irlikka tushganimda qo’shni bog’iga
Titragan qo’lim
Ilk bor yolg’on so’zlarkan
Muzlagan tilim
Sinfdosh bir qizni ranjitib avval
Keyin esa og’rigan dilim…
Bolalikdan hotiradir bularning bari,
Omonat topshirib senga ularni
Ona, tirmashib boryapman
Ulg’ayish sari.

Ko’cha to’lib oqayotgan
Shon-shuhrat ortigdan quvgan,
Bir parcha non dardi bag’rin qovurgan
Birining ko’zi birining qorni och
Biri bashang biri yalong’och
Biri uyg’oq boshqasi mudroq
Kimidir mahzun kimidir quvnoq
Odamlarning galasini ko’rayapman,
Ona, men endi sen bilgan polapon bolangmas,
Go’daklik hotiralarimni senga omonat tashlab
Katta odamlarning safiga
Qo’shilayapman,
Ularni bir sen unutma
Mendan esa sadoqat kutma…
Chunki...
Men
Ulg’ayayapman…


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:31 | Message # 12
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Onalarning shaniga atab,
Ko'p dostonlar bitildi, ammo
Mehringizni ko'ksimga qadab,
Men ham aytay sizga tasanno.

Bolangizdan izlabsiz bahtni,
Boqmabsiz hech o'ngga yo so'lga.
Zolim falak sindirib tahtni,
Solsa hamki necha usulga.

Sizdagi kuch, sizdagi qudrat,
Topilmaydi yetti iqlimdan.
Bolangizning tinchligi uchun,
Chekinmaysiz hatto o'limdan.

Ey siz ona! Men ko'rmagan zot,
Endi ko'rmang tashvish, alamni.
Farzandingiz etib sizni shod,
Bagishlasiln sizga olamni


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:31 | Message # 13
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Onajonim qo'msab Sizni yurak bag'rim dog' bo'ldi,
Muruvvatga tashna qalbim iztirobdan qon bo'ldi.
Onajonim ko'rsam edi Sizni yana bir bora…
Bu dunyoda orzu-armon deganlari rost bo'ldi.
Onajonim bu yurtlarning insonlari mehr bilmas,
Sizning kabi shirin so'zni, tabassumni-sehr bilmas,
Onajonim ko'rsam edi Sizni yana bir bora…
Ko'nglim bugun bundan ulug' muruvvatlik ish bilmas


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:32 | Message # 14
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
Beshigimni quchoqlab yotgan,
Shirin-shirin allalar aytgan,
Sabo yanglig o’pib uygotgan,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Siz ketdingiz, manzil- lomakon,
Hamma ketar, ketar begumon,
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim.

Yo’lingizda ko’zlarim qoldi,
Aytilmagan so’zlarim qoldi,
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Der edingiz: “Ona qo’rgoshin,
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing”,
Toshdan bolsin derdingiz boshing,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Orzulagan kunlariz keldi,
Siz aytgan ul qut fayz keldi,
Lek tilim lol dil mayus keldi,
Onajonim, sizga toymadim.

Yashayapman yahshi yo yomon,
Boshga tushsa ko’narkan inson,
Mehringizga tashna boldi jon,
Onajonim, sizga to’ymadim.

Umid birlan yashaydi banda,
Eh, ochilib bu sirli parda,
Ko’rishtirsin endi mahsharda,
Onajonim, sizga to’ymadim.


salom
 
yahyoDate: Payshanba, 25-Fev-2010, 23:33 | Message # 15
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 83
Status:
OTA....
Ota meni o'ylab g'am ema,
Ko'nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to'xtash bilmaydi

Kamalakka aylanar yo'lim
Goho g'amnok gohida sho'xman,
qaytishimni o'ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o'qman

Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo'rqma mening sinmas kuragim
Qo'rqma mening o'ylarim halol.

Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.

Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.

Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo'yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..

Faqat meni o'ylab g'am ema
Guldirakman ko'ngling bo'lsin to'q
Ota bo'lsang bilasan dema ,
Ota bo'lib ko'rganimcha yo'


salom
 
  • Page 1 of 8
  • 1
  • 2
  • 3
  • 7
  • 8
  • »
Search: