Hayrulla Hamidov she`rlari
|
|
DURDON | Дата: Yakshanba, 21-Okt-2012, 03:26 | Сообщение # 106 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| ILM Kimdir ilm o‘xshar dedi shul quyoshga, G’arbdan chiqib Sharqqa botar qara, Quyosh. Ilm sharqdan bo‘y taratib qochdi g‘arbga, Ul ilmni ortga qaytar, ey vatandosh!
Ilm ketdi mo‘minlarni zor yig‘latib, Ma’no qolmay, mavridi yo‘q xitoblarda. Farzlar qolib sunnatlarni taxlil etib, Abo Muslim jangi qoldi kitoblarda!
Namozlarning rakatlari xususida Tortishuvlar paydo bo‘ldi necha-necha. Oxir borib madrasada o‘qiguvchi Ko‘rgan ilmi bo‘ldi o‘sha "ming bir kecha".
Fasod to‘la to‘qilgan ne rivoyatlar Odamlarning e’tiqodin harob etmish. Ilmsiz xalq eshoni-yu, piri uchun Nazr qilib, shirk yo‘llarni tutib ketmish.
Taraqqiyot, dunyo qolib, telbalarcha Darvesh holin o‘zlariga qilib kasb-kor. Mana shuni odamlarga islom debon Ko‘rsatganlar oramizda to hanuz bor.
Tog‘-u toshlar bizning hayot, deganlarning Avlodlari qanday qilib ustun bo‘lsin?! Haqqiy islom bayrog‘ini qo‘lda tutgan G’arbliklarga omad kulmay, kimga kulsin?!
Taraqqiyot deganini dorga osgan Olomonning kuni bir kun kelib bitmish, Axir, qara, o‘n yettinchi asr uzra Esgan shamol qaysi yurtni tashlab ketmish,
O’zdan chiqar sadaqalar unut bo‘lib, Xo‘p berilgan o‘zga tutgan ikromlarga Yonidagi mushrik qolib, mo‘minlarning Mustahabi muhim bo‘lmish imomlarga.
Na dunyoviy ishlarida bor ijobat, Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga. Chunki uning asl holi faqatgina Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga.
G’arb dinidan yuz o‘girdi, rivojlandi, Chunki uning dini asli edi botil. Bugun sharqning holatiga eng aybdor O’z dinini tushunmagan omi johil.
Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq, Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur. Taraqqiyot osmoniga bizni faqat Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur.
Shuning uchun farzandlarga ilm berib, Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan. Shundagina insha Alloh katta yukni Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.
H.Hamidov
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 21-Okt-2012, 03:28 | Сообщение # 107 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Farrosh Poytaxtning Chorsusi yuz yilga yaqin, Ezilib kun ko’rar gunohga botib. Birdan zamin uzra chaqdiku chaqin, Kallakesarlar ham jim qoldi qotib. Bir masjid eshigi asta g’ichirlar, Gunohkor mahalla qalbida orzu. Hatto qimorbozin tili pichirlar, “Ha, mana Payg’ambar me’rosxo’ri shu!” Bu qabih qabila o’xshardi kuzga, To’kilgan barglarga aralash xidi. Buzilgan muhitning holati bizga, Makkaning avvalin eslatar edi. Qavm nigoh tashlab atrofga teran, Qandaydir yoqimli bir hisni tuydi. Farrosh qo’lidagi supurgi bilan, To’kilgan barglarni bir chetga uydi. Yoqib yubormayin xidsiz barglarni, Asta qopchasiga yig’a boshladi. Bahor o’rtasida to’kilganlarni, Avaylab ustida ko’zin yoshladi. “Sizlarda ayb yo’q”, ko’z yoshin tindi, Ammo qalbidagi alam hapqirdi. “O’rningizda qolgan barglarni endi, Asramoq burchimdir”, debon hayqirdi. Shu kundan boshlaboq parvarish doim, Egilgan novdalar qaddini oldi. Makkaning ahvolin eslatgan qavm, Madina ahliga aylandi qoldi. Farroshning nidosi qavmni uyg’otib, Tanish notanishni aylagandi rom. Bir kunda aroqxo’r shishasin otib, Qimorboz sajdaga yiqildi tamom. Jaholat muzlari tinmay yanchilar, Olov berkingan bu rangsiz uchqunda. Tamom faxshlarga botgan ko’chalar, Mastura qizlarga to’lmish uch kunda. So’nggi bor beshikda yig’lagan yigit, Bir chetga o’tibon ko’zin yoshladi. Qulf tushgan joyidan zanglagan masjid, Ustidan g’uborin yechib tashladi. Bir inson chiqarkan vazmin minbarga, Hotirjam, biz endi mo’minmiz, dedi. Har Juma bul dargohmusulmonlarga, Asri saodatni eslatar edi. Farroshlik kasbining mohir vakili, Bog’bonlar hadisin olgan bul notiq. Shundayin hutbalar qila oldiki, Topish amri mahol undanda ortiq. Besh yilga cho’zilgan asri saodat, Katta undov bilan topmish nihoya. Bu muddat ichida deyarli poytaxt, Ayni shu maskanda topmish hidoya. So’ng farrosh qaygadir yo’l olmish kezi, Uning qaytmoqligi kattakon mavhum. Har bir daraxt endi o’zini o’zi, Bog’bonsiz parvarish qilmoqqa mahkum.
H.Hamidov..
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 21-Okt-2012, 03:30 | Сообщение # 108 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Yumib dindan tamom ko’zlaringizni, Nahot is bosibdir yuzlaringizni. Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q, Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q. Insof qiling endi o’zingizda yo’q, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ro’molda kulsa gar kula olingiz, Loaqal dinidan to’la olingiz, Hijobiga hijob bo’la olingiz, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Shkur qiling gaplar otmayapti-ku, Gunohlar qariga botmayapti-ku, Ko’chada tanasin sotmayapti-ku, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Islom deganida yuraklar yumshab, Qachon tura olasiz chaponni to’shab?! Bechora jin chalgan telbaga o’hshab, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz, Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz, Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi, Malaklar xizmatda chopib turadi, Ro’moli dinini yopiq turadi, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Hursand bo’lmaysizmi ilm istasa?! Nafsingiz buncha ham zulm istasa?! Boshingiz egilsin ilm istasa!... Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas, Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas, Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang! Qalbiga ilohiy amrni joylang! Musulmonsiz ahir, iltifot aylang! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Uchramas folbin-u ham kinnalarga, Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga, Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Sizga suyaniblar turgisi kelar, Asri saodatni ko’rgisi kelar, Fotimaga o’hshab yurgisi kelar, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar, Erkaklardan battar shaddoda qizlar, Yalang’och dunyoga yetar be xislar, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi, Toboro ezmoqda tana bosimi, Erlarga buyursin erkakning shimi, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?! Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?! Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?! Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!
Eski jaholatni dildan o’piring! Muqaddas tuyg’udan endi shopiring! Sobiq sho’rolarning tusin tupuring! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir! Alarming duosi maqbulu yordir! Ojizalarning ham Robbisi bordir! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ohirgi ulushim din ilhomidin, Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan, Tik turib so’rayman ummat nomidan! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!! Qaytarib oling bad so’zlaringizni! Qiyomat kunida rasvo holatda, Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 21-Okt-2012, 03:32 | Сообщение # 109 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Qiyomat Alomatlari
Ko’ksingizni to’ldirmasin malomatlar, Bu dunyodan chiqib oling salomatlar, Ko’paymoqda soat sayin tezlik ila, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Turlik-tuman dunyo qarash tuzilmishlar, Shariatning rishtalari uzilmishdir, Pora ila hadya farqi buzilmishdir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ayol zoti bu o’lkaning sovchilari, Odam ovlab kun kechirar ovchilari, Kaboirga qo’l uradi Xojilari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ba’zan ko’ngil dod soladi sadosizdir, Dil faryodi beun chiqar nidosizdir, Namozxoni benamozdan hayosizdir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Saylgohga yosh ko’ngillar moil gohi, Markazlarin bezamishdir saylgohi, Saylgohi faxshlarga maylgohi, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Gunohlarga eltuvchi yo’l niqob erur, Bid’atlari nomlari zo’r savob erur, Oq soqolli mo’ysafidlar noyob erur, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Qindan chiqish bilmas olmos shamshirlari, Gunohlari oshkor bo’lib kam sirlari, Raqsga tushib ket o’ynatar kampirlari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. To’ylarida qiz juvonin ko’ring holin, Faxsh tuyg’ular egallamish bor hayolin, Yarmidan ham ko’proq ochib gul ayolin, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Gashtaklarin tashkil etmish ming handalar, Onasining o’g’ilchasi arzandalar, To’ylar to’yida qorilarmas sozandalar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Kiyim yechmish Yunusobod-u Beshyog’ochlar, Uyatdan yuz o’girib olmish Qayrag’ochlar, Hijobliga kulib qara yalang’ochlar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Etikdo’zga qalam tutib, oshpazga gul, Olimining hamyoni ne bilmagay pul, Yarim vatan erkagi bor yarimta tul, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Farosati topilmaydi magizchalik, Hanjari yoq hech bo’lmasa bigizchalik, Rashq neligin bilmas hatto to’ng’izchalik, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Erta tongdan el ishi yoq azon bilan, Kunlarini uchirgaydir to’zon bilan, Imomlari kun kechirar ehson bilan, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Dunyo yig’ish mo’minlarga hamroh bo’ldi, Faqat kufr-shirkiy ishlar gunoh bo’ldi, Uch qavatli uy qurish ham muboh bo’ldi, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Davo qilib din ishini ostilarin, So’ng yuzaga chiqarib dil ustilarin, Ishlatishar Fir’avnning ustalarin, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Uylariga kirsangiz gar yig’lagaysiz, To’shaklarda halovatsiz uxlagaysiz, Kofirlarning hayotini yoqlagaysiz, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Mo’min debon peshonasin o’polmaysiz, Ayblarini oy bilan ham yopolmaysiz, Namozidan boshqa amal topolmaysiz, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. So’fiylarga yetti yot din haqiqati, Hamon baliq ustida der yerning qati, Sarqit erur topgan tutgan taqriqati, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Musulmon ko’p islomini bilmaydigan, Va albatta islom dardin qilmaydigan, Haq aytilsa ming bor, bir bor kelmaydigan, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Unitiblar oxiratning sarmoyasin, Ariqlarga oqizmishdir haq g’oyasin, Er yigitlar sotib yashar ham soyasin, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Siyosatlar yol’gonchilik sharhi yoqdir, Diyonatning vazni yengil narhi yoqdir, Mirshablarin o’g’rilardan farqi yoqdir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Sinib barbod etilgan din o’choqlari, Yot quchoqni qarshi olar quchoqlari, “Bismillah” deb aroq sotar olchoqlari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Qir-adirda ibodatga saharlidir, Poytaxtlarda bir zumdayoq shaxarlidir, Savdolarda ilondan ham zaharlidir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Dilni tirnar Buxoroning zorilari, Ta’sir etmay qo’ygan hadis dorilari, Naqshband deb kun kechirar qorilari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ko’ring peshvo bir dargohga yig’ilarlar, Dunyo deya tinmay pulni sog’inarlar, Zangi ota Xoliq debon sig’inarlar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ilmlisi tamom sohta yo’li kengdir, O’ng tomoni kamyob ammo so’li kengdir, Pora olish havo olish ila tengdir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ilm istamas dargohlarda toliblari, Pora bilan go’lib bo’lgan g’olimlari, Xudo nima bilmay yashar tabiblari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Harom qonni peshonaga surkatilmish, Faxsh yo’llari maktabdayoq ko’rsatilmish, Odam aldash darslik qilib o’rgatilmish, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Topgan tutgan rohatlari bir oniydir, Mangulikka singib ketar dil foniydir, Payg’ambarga ergashganlar “faloniy”dir, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Din o’qigan uzlatlarda yurmoq istar, Faqatgina o’z ahlini ko’rmoq istar, Hadis bilgan yer ostiga kirmoq istar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Dunyo mushtoq o’tmishdagi rijollarga, Javobini topa olgan savollarga, Butun dunyo to’lib bo’ldi dajjollarga, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Odam borki kasb-hunarda ayyor bo’ldi, Gunoh desa haqdan kechar sayyor bo’ldi, Iso ibn Maryam kelsa tayyor bo’ldi, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ertayu-kech bulbullarga otib handa, Qarg’alarning kuni tug’di bul chamanda, Yajujsifat qavm ilg’or bo’ldi fanda, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Qanotidan ayri elning toirlari, O’lib bo’lgan ma’rifatga doirlari, Foxishadan o’tar xalqning shoirlari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Mo’min bo’lib uxlar tongda sharob otar, Namoz vaqti g’usl vojib holda yotar, Bir kun masjid qurar keyin “Sarbast” sotar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Olim degan da’vo ila yurishadi, Minbarlarda savlat to’kib turishadi, Ammo taqvo desa yuzlar burishadi, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Atrofini qurshab turli xil bejaklar, Bahor kelmay yulinmishdir gul chechaklar, Qiz chiqishi noyob erur kelinchaklar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Oh, dil mayib qattiq erur sinovlari, Qorni ko’mir aylab bo’lgan qalovlari, Maslahatga muhtoj emas kuyovlari, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Ko’ring mo’min degani ne holidalar, Uyat bilmay qotib ketdi ne diydalar, Xojalarin tug’ar bo’ldi volidalar, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Mardlik degan tuyg’u qochmish erkaklardan, Oppoq paxta qattiq erur tirgakladan, Or so’zini tinglab faqat ertaklardan, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Yig’lashlikdan na foydadir o’pka to’lib, Uzlatlarni eng oxirgi chora bilib, Qochdik endi bu dunyodan to’p-to’p bo’lib, Har qadamda qiyomatdan alomatlar. Robbim! Iymon nurlariga to’lib olaylik! Madad bergin endi odam bo’lib olaylik! Alloh! Alloh! Omon-eson o’lib olaylik! Har qadamda qiyomatdan alomatlar...
H.Hamidov she'ri
|
|
| |
DURDON | Дата: Seshanba, 06-Noya-2012, 14:19 | Сообщение # 110 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Qizim
Hayol surma, hayollar yomon Tuyg'ularga bermagin izn Qur'on harfin o'rganib obdon Salim qalbga ega bo'l qizim.
Fisqqa chorlov seni yo'llardan Kimdir izlar yolg'on hizrni Mening munis muslima qizim Ro'molingla yop televizorni
Sen dunyoga teran boqmoqni Qur'on hamda sunnatla izla Dunyo mayda-chuyda deb kuysa Sen eng katta savdoni ko'zla
Bu savdo-ki, latta-puttaga Aldanmagan hayotiy ertak Sen Oishaga, Fotimalarga Yopishib ol misoli pechak
Hech ularni qo'yib, yuborma Sen ularni chindan, bil ONA, BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA
Qalbing ila haqni tanigin Berilmagin falsafalarga Zargar dunyo aslida bitmish Yolg'on-yashiq safsatalarga
Qizim mening, muslima qizim Aqidangda hotirjam qolgin Xatto onang tobutin ko'rsang Allohdanmiz deb ayta olgin
Bilib qo'yki dunyo bevafo Manzil oldi nasihat so'zim Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni Yahshi korsang roziman qizim
|
|
| |
DURDON | Дата: Juma, 07-Dek-2012, 14:26 | Сообщение # 111 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| ЭРКАКЛАРГА ХИТОБ Хотинлар сизларга эмас эрмаклар, Лозимдир аларни суйиб юрмаклар! Росули акрамдан бир хитоб келмиш, Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Баҳор туйғулари ёт эрур қишга, Ҳёлинг ҳар қандай чоғ тишни тишга Кучингиз ишлатинг арзирли ишга Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Ибодатдан олинг қалбингиз чин, Ижодга сарфлангиз туйғунинг кучин. Болангиз одамдек ўсиши учун Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Йўқолгай чинакам ҳаловатингиз Қимматга тушажак ҳиёнатингиз, Қадрланг дунёвий омонатингиз Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Ҳар қандай чоғ инсон товушин қилинг, Кўча эмас, уйнинг ташвишин қилинг, Уйдан чиқиб кетинг, мард ишин қилинг, Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Бу йўл ислом деган йўлларингизмас, Ибодатга лойиқ қўлларингизмас. Улар сизга тобеъ қулларингизмас, Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Уйингиз тўрини қилманг ҳарбия, Шаръий талабларга айланг талбия! Қўлингиздан келса беринг тарбия Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Боқийни эслатиб бугун фанода Улар сақлагайлар сизни зинодан, Оятдаги рухсат бошқа маънода Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Улар қалбингизга ҳақиқий малҳам, Вужудингиз ила юракка маҳрам. Ибратингиз бўлсин Росули акрам! Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Вақтида тарбия соатин ўтинг, Насиҳатлар ила ўгитлар ўқинг, Аммо энг сўнгги дам Аллоҳдан қўрқинг Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
Исломнинг ғамини есангиз агар, Ҳақ дин таълимотин севсангиз агар, Охирги умматман десангиз агар Хотинларни урманг, мўмин эркаклар!
H.Hamidov
|
|
| |
DURDON | Дата: Payshanba, 21-Fev-2013, 03:42 | Сообщение # 112 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| СОҒИНИБ ЯШАЙМАН… Титратиб қалбдаги эзгу, иймонни Арзир фидо қилмак тан ила жонни Тунлари боламга билдирмай ҳатто Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Гулларнинг сарвари ташласа қиё, Унга тикилмакдан қилурман ҳаё. Пойимда тўшалган бўлса ҳам дунё Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Кўзим тушганида кулган нигоҳа Қўлимда гуллаган турфа хил соҳа, Тушларимда кезиб водию воҳа, Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Туғилган заминдан чиққан бир гардни Олтинга алишмай ўтган бир мардни, Аёлим тушунмас мандаги дардни Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Қалбимни эзғилар турфа ҳимматлар, Эришдек туюлар етук хизматлар, Дастурхоним тўла нозу, неъматлар Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Инсофи бор кимса ватан демасми, Ҳамиша элининг ғамин емасми, Ҳамма ерда тупроқ бир хил эмасми, Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Кулманг ҳолатимга кулгунимгача Гўдак нигоҳидек тўлгунимгача… Англадим охири – ўлгунимгача Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
Хайрулла Ҳамидов
|
|
| |
DURDON | Дата: Juma, 29-Mar-2013, 23:20 | Сообщение # 113 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Ustoz.
Bir sharif tingladim yop-yorug' kunda, Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos. Biron bir dunyoviy da'vo yo'q menda, Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.
Menga ta'sir qildi jami so'zingiz, Demak jami so'zga sobit o'zingiz. ko'rmagan bo'lsamda bir bor yuzingiz, Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.
Hayratda qotdim men zulmat surindi, Zimiston kechada bir nur ko'rindi. Menga xitob bo'ldi: Do'stim yur, endi, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Amal maydonida g'arib emassiz, Sho'rlik ahvolimni aslo sevmassiz. Ehtimol siz meni shogird demassiz, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Zayd ibn Sobitdek endi qalb to'htar, Mo'minning nigohi kofirga o'qdir. O'rtada boshqa bir robita yo'qdir, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Odamalr bir-birin mansab deb quchsa, Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa, Jamiki muhabbat izidan ko'chsa, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Yovlaringizga goh yig'lab kularman, Alarning oxirin taxmin qilarman, Yusuf payg'ambarning sabrin tilarman, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Duoda qo'limiz, Xudoyim tengsiz, Jannat deb atasin maskanlaringiz, Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz, Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.
Yulinib olingach haq oramizdan, duodan boshqa yordam yo'q bizdan, Asli o'rganganman shuni ham sizdan, Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
H.Hamidov
|
|
| |
DURDON | Дата: Dushanba, 10-Iyun-2013, 03:56 | Сообщение # 114 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| NEGA YIG'LAMAYSAN EY AHLI ISLOM
Кўзим йўлларингга қадалиб толди, Гўзал орзуларим айладинг бадном! Бугун мўминликдан фақат ном қолди, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Энди бу умматга отиш шартмас ўқ, Дунё кофирларин тамом кўнгли тўқ, Мўминман деганнинг намози ҳам йўқ, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Исломнинг дарди не, билмас биттамиз, Кичигимиз ҳам шу, шудир каттамиз... Росулуллоҳ деса, ким у деган биз Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Ислом ривожланса, ўйнаб- кулмасак, Унинг дарди учун маҳзун бўлмасак. Бухорий авлоди -- ҳадис билмасак, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Тобора кўпайиб бормоқдадир ҳавф, Тобора торайиб кетмоқдадир саф Қалбданмас, токчадан жой олган Мусҳаф... Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Мўминлар ҳолига маймунлар йиғлар Иморатлар қуриб, унда тинч ухлар, Камайиб бормоқда нафсдан фориғлар Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Уммат дунёга ғарқ, ҳаловат билмас, Намозлар ўқилмас, рўза тутилмас, Оят тинглаганда кўзга ёш келмас Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Айт, ахир, умматга дунё тилакми? Муҳаммад уммати шунга керакми? Ҳазрати Умарнинг даври эртакми? Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Дунё Чин юртига отолмас бир ўқ, Чунки унинг сони ҳаддан-да ортиқ... Сенинг хитойчалик обрўйинг ҳам йўқ, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Дардинг ҳар кун янги, сира ҳам битмас, Ташвишлар ўртоғинг, ташлаб-да кетмас Дуоинг бошингдан нарига етмас... Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Асри саодатдан қолган тузумлар Бугун дунё учун катта тилсимлар... Афсона туюлар Умму Кулсумлар, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Пайғамбар бугунги ҳолимиз кўрса, Не дерди, биз ила бирга ўтирса, Ҳар бир умматининг ҳолини сўрса Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
Сенга ҳайқирдим-у , аммо қаддинг ғоз, Бир тинглай жавобинг бергил, илтимос... Ғарбнинг қўшиғига ўйнама бир оз Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?
Кўзим йўлларингга қадалиб толди, Гўзал орзуларим айладинг бадном! Бугун мўминликдан фақат ном қолди, Нега йиғламайсан, эй аҳли ислом?!
XAYRULLA XAMIDOV
|
|
| |
DURDON | Дата: Juma, 11-Okt-2013, 05:27 | Сообщение # 115 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| ERKAK VA AYOL HAQINDA XAYOL.
Ko’pdir ayollik sha’niga Befarq boqqan ayollar, Oqibatda ko’z yoshlari Soydek oqqan ayollar.
Gulday ayollaring kirib Go’zallik degan uyga, Go’zal bo’ldim deb chiqsalar Tushib kulguli ko’yga.
Uzun sochlar kalta bo’lib, Aylanar sap-sariqqa, Yarim ochiq ko’kragida Ko’zing tushar ariqqa.
Qalin qaro qoshlar go’yo Igna misol terilgan, Qoshlar terib tashlashgamas, Husn uchun berilgan.
Ko’z qovoqlar ko’m-ko’k, xuddi Eri uch kun urganday, Labga turli bo’yoq bergan “Haligini” surganday.
Gulday yuzga uch to’rt qavat Sun’iy suvoq suvalgan, Bo’ynidachi shoda simlar Chuvalchangday chuvalgan.
Bul yasama qo’g’irchoqqa Qalbing qanday ochasan, Tirnoqlarin ko’rgandayoq Jonin saqlab qochasan.
Yeng, yoqasiz kalta ko’ylak Xuddi tars yorilguday Shumi chiroy, bo’lsakim ul Tuproqqa qorilgudek.
Ziyon zahmat tegmasin ayt, Alloh bergan chiroyga, Axir pardoz bermaslarku Dog’li sanalgan oyga.
Bunday o’zdan ketishlari Bo’ldi o’zidan ketsin, Bosit bilib bergan borki, Chiroyga nima yetsin.
Ba’zi xotin xonadonda Erga tashlanar tikka, Xonadonda xo’jayinday Da’vo qilar erlikka.
Er dodini berib bu “er” Bul ishi kamday tag’in, Ko’cha ko’yda ham “zo’r’ erur, Jilovlamasdur jag’in.
Er o’rnida ko’rmay erni Bigizday barmoq sancha, Erni haydab “boshi ochiq” Yurganlar soni qancha.
Qilar ishi sharobxo’rlik, Tortib turli tamaki, Tunlarda-chi, turli mehmon, Turli tuman amaki…
Chala yarim pardoz qilib Qo’lga qo’yib “xino”lar Qilar ochiq oydin gunoh Ochiq oydin zinolar.
Buni go’yo go’zal hayot Bilib kayfin surishar, Yo, alhazar, bun ne bilsang Basharalar burishar.
Deging kelar:”Ayol bo’lib Burching bilganing qani? Erga ayol itoati - Bu Haqqa bosh eggani!
Unutmagin ayolliging Har kech, har tong ertalab, Haq asrasin bo’lishingdan Har kun har xil er talab.
Har ayolda iffat, iymon Bo’lmasin hech mosuvo, Har ayolga insof istab Qo’l ochib qilgum duo…
Nima bo’ldi ko’p erlarga Balki jinlar chalishgan? Nazarimda kiyimlari Xotin bilan alishgan.
Bozor, ko’cha aylanarlar Kiyib ich kiyimini, Chunki xotin tortib olgan Ustga kiyar shimini.
Shim deb kiygan kalta shimi Arang yopar sonini, Balki ko’z-ko’z qilmoq bo’lar Erkakalik nishonini?
Axir to’g’ri kiymaysanmi, Ota-bobong ne kiygan, Alar kofircha kiyimdan, Har dam oz’larin tiygan.
Sochlar sal kam belda, tayyor Pilik solib o’rgudek, Chin insonning bu holatni Ko’zi yo’qdir ko’rgudek.
Hujjatida erkak bo’lib, Quloqqa taqsa baldoq, O’z erkaklik vazifasin Bajararkan ul qandoq?
Yana qiziq,qo’l bo’yinga Turli taqin taqishlar, Tutib turli tamakini, Chappilatar saqichlar.
Otilgaydir og’izlardan, Har turli shaloq so’zlar, Bir ma’no yo’q jalanaglagan, Ko’zlar foydani ‘ko’zlar”.
Bunday hol bor barcha yurtda Har bir qishloq, ovulda, Chunki hayol Haqda emas, Xayollar bari pulda.
Xayollarda bor behayo Xarom ishni o’ylashlar, O’ylamasdir oilasin, Xayolida ‘o’ynash”lar.
Yana ne deb ta’rif qilay Zotingning bunday kazin? Ta’rif tamom…Tez ayt unga, Tezroq qilsin tavabasin.
Go’zal bo’lsin har holating, So’zlaring bo’lsin bolday, Erkak erkak bo’lib qolsin, Ayol qolsin ayolday!
So’zlarim noo’rin bo’lsa Mendan qilmagil araz, Istaramki, sendan ketsin, Har turli illat, maraz!
Shirin bo’lsin so’zing, bo’lsin Qalb go’zal, iymon go’zal, Barcha dil bir go’zal bo’lsa Bo’lgaydur har yon go’zal!
Go’zal so’zi nadir o’zi?- Avval Haqqa yoqishdir, Barcha birday ul narsaga Havas bilan boqishdir!
H.Hamidov.
|
|
| |
DURDON | Дата: Juma, 22-Noya-2013, 01:05 | Сообщение # 116 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Ноёб нусха
Мен сизни кўраман ҳар куни, ҳар кун! Кўчада, метрода ва ҳатто ишда. Сиз кезиб юрасиз йилнинг ҳар фасли, Ёзда ҳам ўшасиз, ўшасиз қишда!
Никоҳлаб олгансиз гўё дунёни, Унинг лабларидан бўса оласиз, Заррача дунёнгиз кетса гар ташлаб, Шайтонлаб қоласиз, йиғлаб қоласиз.
Биз билдик, англадик дунё бевафо, Сиз бунча дунёга ҳарис бўласиз? Ҳеч кимса фанода қолмас бебақо, Ахир сиз ҳам бир кун йиғлаб, ўласиз!
Айтинг, яшаб-яшаб топдингиз нима? Қандай мавқеъларга эришдингиз сиз? Қизиқ, малак-ул-мавт келган кечада Ҳаётдан хўб ризо керишдингиз сиз?
Сиз ўзи қандайин одамсиз, айтинг? Нимага бунчалар ҳотиржамдирсиз? Гўёки дўзахдан озод этилган, Қиёмат кунига номаҳрамдирсиз…
Юзингизда кулгу - табассум билан Дунёни тинмасдан талаб қиласиз, Ўлим ҳақидаги мавъизаларга Эртак эшитгандай тинмай куласиз.
Жаҳаннам азоби тасвирланганда Наҳот қалбингизни ўртамас ҳеч дард? Сиз ё бир телбасиз, ёки бир даҳрий, Ёки бир жин чалиб, ўзин билган мард!
Лабингиз гезармас, во ажаб асло Қабр азобининг тасвирларига, Бир сония бўлсин Охират демай, Тайёрсиз дунёнинг таҳқирларига.
Пайғамбар кимлигин билиш истамай, Бир умр юзингиз бурадирсиз сиз. Одамлар бир тараф бўлсалар агар, Дунёни бошқача кўрадирсиз сиз.
Фисқу фужур деса, югурасизу Азон айтилганда, ётиб оласиз, Шайтонлар мажлисин бошлаганида, Анжуман авжида пайдо бўласиз!
Фохишалар ҳақида тинмай ўқийсиз, Уларнинг ранг-баранг суврати ёқар, Кўнглингиз тубида эҳтимол бир зум Иймоннинг эшигин нимадир қоқар.
Лек сиз маҳрумсизки уни очишдан, Ҳатто эътибор ҳам қилиб қўймайсиз, Сиз шунчалар мараз, шунчалар палит, Тинмасдан ейсизу асло тўймайсиз!
Неча йил ҳовлингиз масжид олдида, Азонлар кетидан азонлар янграр, Эҳтимол ўша пайт қалбингиз учун Шайтонлар баландроқ эшакдек ҳанграр.
Сизга шу ҳанграшлар қадрдон эрур, Сизга шу аслида мос эрур балки… Энди буёғига умид қолмади, Таъсир этмади-ку минг бир тарсаки.
Сиз ҳақда бировга айтсам, ишонмас. Бунақа одам йўқ, дегай шубҳасиз. Сиздек бўлмоқликдан сўраймиз паноҳ, Сиз ўзи топилмас, ноёб нусхасиз!
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 15-Dek-2013, 01:56 | Сообщение # 117 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Хайрулла Ҳамидов чин ўзбек фарзанди
Хайрулложон, бўлинг саломат, Сўзларингиз бари каромат, Оллоҳ бермиш сизга кўп омад, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Сўзларингиз таъсири ўтди, Ҳар бир ўзбек қалбига етди, Ғафлат уйқу кўзлардин кетди, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Нима учун сизни қамашди, Тузумига рақиб аташди, Ким қилса ҳам қаттиқ адашди, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Сиздекларни билмаган нокас, Қалбида қолмаган заррача ҳавас, Қилган иши ҳаммаси абас, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Уйғонмаган, майли, ухласин, Ўз бахтига ўзи туфласин, Шайтон дўстин маҳкам ушласин, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Ушбу кунлар сизга имтиҳон, Имтиҳондан ўтинг соғ-омон, Ҳали келур гўзал бир замон, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Назоратдан чиқинг саломат, Соғлигиздан қилманг шикоят, Кўролмаган қилсин надомат, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Ғайрат отин чопиб кишнатинг, Наврўзингиз яна ишлатинг, Халқнинг дилин яна хушлатинг, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Меҳробларда Ҳақ сўзин айтинг, Оят-ҳадис мавзуга қайтинг, Ривоятлар гўзалин айтинг, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Минбарларда доим бўласиз, Ардоғимиз бўлиб юрасиз, Сўзимиз рост мана кўрасиз, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Оилангиз бағрида бўлинг, Онахоннинг дуосин олинг, Фарзандлариз камолин кўринг, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Кўп қатори мен ҳам Нажмиддин, Илтижоим Эгамга етсин, Барчамиздан бу зулм кетсин, Ўзбеклариз шундай деяпти.
Muallif: Najmiddintoga
|
|
| |
DURDON | Дата: Payshanba, 02-Yan-2014, 04:12 | Сообщение # 118 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| KOMIL MO’MIN
Ayo do’stlar, bu dunyoga umr tikmakdan Afzal erur jannat uchun chekmaklik alam. Payg’ambarim bejiz, bekor aytmagan ekan: «Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!»
Bu hisni biz nechun qalbdan tuyolmayapmiz? Rasululloh degan so’zni suyolmayapmiz, Biz hattoki o’ngimizda uyalmayapmiz, Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Ushbu hadis amal istar, kelsa agar duch, Uni tinmay so’zlamaklik bir havoi puch, Uxlashidan oldin xayru, sahovatga o’ch Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Sahobalar hayotiga ko’zlar yoshlagan, Ular xulqi ko’ngillarni behol g’ashlagan, Hiyonatni lug’atidan olib tashlagan Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Mo’minlikka da’vo qilgan bizmi, yoronlar: Daftarimiz kunlar sayin bosar qironlar. Uxlasak gar, hukm surar shovqin-suronlar, Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Komilikka qachon etib borgaydirmiz, oh, Hayotimiz asosidir qilmaklik gunoh, Tushimizga qachon kirgay ul Rasululloh, Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Bizga najot bergin, Robbim, ko’nglimiz g’arib, Xo’p charchadik hotirjamlik, soflik axtarib. Biz ham bir kun uyqularda faxshni itarib, Odam kabi tush ko’raylik, ko’krak ko’tarib... Komil mo’min gunoh qilmas tushlarida ham!
Hayrulla Hamidov
|
|
| |