• Page 8 of 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 6
  • 7
  • 8
sheriyat makoni
DURDONDate: Payshanba, 13/08/15, 2:46:37 AM | Message # 106
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
Garchì hayot ötkinchi,
Lekinkatta dars ekan.
Menbersam qarz emasu,
Ular bersa qarz ekan.

Har qadamda döstimdan,
Özim bilmay pand yesam.
Döst deganim döst emas,
Faqat onam döst ekan.

Yöq emish menda yurak,
Menda köngil yöq emish.
Ular sevsa sevgiyu,
Man sevsam havas ekan.

Öylar edim barchani,
Bir xil diya teng diya.
Lekin ular göyo tog',
Men bir oddiy has ekan.

Axir OLLOH oldida,
Barchamiz teng bandamiz.
Gar shuni bilmasalar,
Ular sarhush mast ekan!

_Ark music_


 
SAKINADate: Shanba, 13/08/24, 1:30:16 PM | Message # 107
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:

Umidingni uzma dunyodan

Yuragingni cho`lg`asa alam,
Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan.
Hayot o`zi shundayin bir kam:
Umidingni uzma dunyodan.

Do`sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho`lg`asa gumon,
Kimlarnidir sog`insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.

Yaqinlaring bo`lmasa tirgak,
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma duyodan.

Yo`llarida bo`lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.

Olib qochsa xayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
 
SAKINADate: Shanba, 13/08/24, 2:02:08 PM | Message # 108
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
Sog`inch

Hazonlar to’kilar daraxtlar g'arib,
Qor yog''ib o’tadi zulmatni yorib,
Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib,
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb.
Asta varaqlaydi umrim kunini,
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib,
Kim bilar sevgimning o'tli hunini,
Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb.
Qoshlarim qayrildi yo’lingiz qarab,
Sanoqdan adashdim tunu kun sanab,
Nahotki ayriliq haqiqat yo rab,
Nechun siz kelmaysiz sog''ingaman deb.
Ko’z yoshim to’ksa ham to’ymadi sarob,
Bu mag''rur vujudim tark etmas azob,
Men hanuz go’zalman lekin muhabbat harob,
Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb...
 
SAKINADate: Shanba, 13/08/24, 2:04:05 PM | Message # 109
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
UNUTA OLMASAM SENI BIR BORA…

Xotirang qalbimda mangudir ishon
Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon,
Oxir aytar so`zim ushbudir ishon
Unuta olmasman seni hech qachon.
Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur
Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur,
Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur.
Unuta olmasman seni hech qachon.
Qor yog`sa yuragim entikib ketar,
Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar
Seni qo`msab bu go`zal hayot ham o`tar,
Unuta olmasan seni hech qachon.
Taqdir charxpalagi tinmay charx urar,
Betakror yulduzlar to`xtamay yurar
Tanamda bu yurak sensiz ham urar,
Unuta olmasman seni hech qachon.
 
SAKINADate: Dushanba, 13/08/26, 11:01:44 AM | Message # 110
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
Najot...

Yo'llaringda adashdim hayot !
Yolg'iz qo'yma, o'ksitma najot...
Yana yangi orzu - umidni
Olib kelgin menga g'o'r sabot.

Maqsad bilmay qoldim sarosar...
Umr snovi ko'pdir naqadar,
Ne anglatar taqdir bitigim ?
Cho'g' savollar etar darbadar.

Zamira Beshimova
 
SAKINADate: Dushanba, 13/08/26, 11:04:02 AM | Message # 111
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
“Тимсолингда бахт йўқ” дедингиз,
Ва негадир бундан кулдингиз.
Бахт нелигин унутиб қўйган
Юрагимни ногоҳ тилдингиз.

“Кўзларингни қувончи сохта,
Тубларига маюслик инган”
Эътибордан лолман, албатта,
Ва лекин, дард тўфони тинган.

Ўзгартиролмайсиз дунёни
Ёлғиз мендан тушганда ниқоб.
Ерни чимдай чулғар риёни
Ахир сезмай чарақлар Офтоб!

Сийратимда топилмас бахтни
Қайдан асли изламоқ даркор?
Бахт дегани соғликми, тахтми,
Балки урф бўлгандек, бахт - Бозор?!

Биламан ўйларим бетизгин,
Сизни толиқтирди анчайин.
Мудроқда яшамоқ осонроқ
Саволла қийналмай дам сайин.

...сезмагандек кўкка қарайман,
Бекиқ дарддан оқмоқда йиринг.
Ва ноилож сиздан сўрайман:
“Беролсангиз, менга бахт беринг!”

“Кўзларингни қувончи сохта,
Сийратингда Бахт йўқ” дедингиз...


Замира БЕШИМОВА
 
DURDONDate: Seshanba, 13/08/27, 7:51:34 AM | Message # 112
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
Yana ko'zimda yosh, dilimda alam
Alamim qo'limga tutqazar qalam
Ohlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam
Qaniydi men Sizni sog'inmasaydim.

Kunlar o'taverar, o'tadi vaqt ham
O'tadi-ketadi bir zumlik baxt ham
Kun kelib bitadi dildagi dard ham
Ungacham men Sizni sog'inmasaydim.




 
DURDONDate: Chorshanba, 13/08/28, 3:05:25 AM | Message # 113
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
QABRDAN OTA NIDOSI.

Jonim bolam, jigargo’sham, zurriyotim,
Sening g’aming bilan o’tdi hayotim.
Avlodimning davomchisi, qanotim,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

O’ldi dema, otang ruhi yoningda,
Ajdodimning ruhi oqar qoningda.
Mendan keyin yolg’izlanib qolding-da
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Tiriklikda tin olmayin kuyindim…
Eshigi yo’q qabr degan uyimda
Sendan duo borsagina suyundim,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Yaxshi yursang, qabrda tinch yotardim,
Tiriklikda tortganlarim yetardi,
Qaro yerga bag’rim kechroq botardi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Sensan avlodlarim o’tar ko’prigi,
Faxrim bo’lgay mening uchun ko’pligi.
Ma’qul bo’lur ko’pligidan xo’bligi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?

Yaxshilikning yo’qdir erta-kechisi,
Yo’lin topdi yurganlarning nechisi,
Uyg’otdimi so’zlarimning pichasi,
Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?


Mohidil


 
DURDONDate: Juma, 13/10/18, 3:30:50 AM | Message # 114
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
Куз

Ҳар фаслнинг ўз хислати бор,
Ҳар фаслнинг ўз фазилати.
Кумуш қишдан, зумрад баҳордан
Қолишмайди кузнинг зийнати...

Кўк — ювилган, артилган шиша,
Сувлар тиниқ, япроқлар олтин.
Шакар қовунларнинг майин ҳидлари
Сабо билан тарқалар секин...

Шимолдан жанубга йўл олар
Карвон қушлар уйғониб саҳар.
Кўк бағрида товланиб қолар
Чир айланиб кумуш рангли пар...

Қуёш кўкдан эгилиб қарар,
Жуда равшан оловли кўзи,
Сариқ кўйлак кийиб кўринган
Барқут фасл — бу кузнинг ўзи...

Йилимизнинг салмоқдор иши
Тўрт фаслга текис бўлинар:
Қиш тайёрлар, баҳор экади.
Куз йиғади, ёз тарбиялар...

Кайфим чоғ, уйқудан уйғониб наҳор,
Сабодан сўрадим, бу қандай фасл?
Сабо жавоб берди бу фасл — асл
Олтин кўйлак кийиб кўринган баҳор.

Уйғун


 
DURDONDate: Payshanba, 13/10/24, 3:06:29 AM | Message # 115
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
Akaning singilga tilagi ...

O'smasi o'chmasa qaro qoshidan.
Ro'moli tushmasa aslo boshidan.
Namozni boshlagan to'qqiz yoshidan.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Qiblaga burilgan uning yuzlari.
Hayoga burkangan qaro ko'zlari.
Faqat qur'on o'qur uning ko'zlari.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Otamning onamning quvonchi unda.
Akasin tergaydi namoz deb kunda.
Ibodat qiladi uxlamay tunda.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Allohdan qo'rqib tinmay yig'laydi.
Klipu seriallar aslo ko'rmaydi.
Qur'on o'qimasam ko'ngli to'lmaydi.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Akasin tog'dayin qalqon deb bilar.
Onamning poyini Jannat deb bilar.
Tong saxar quyoshdan avvalroq turar.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Qur'on o'qib mening ko'nglim yumshatar.
Joynamoz tunda band tongda bo'shatar.
Shaytonni tinch qo'ymay doim qaxshatar.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Faqat ixlos ila yo'ling yuradi.
Yig'lasam yig'laydi kulsam kuladi.
Tinmasdan akasin duo qiladi.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Allohim Firdavs bog'in singlimga bergin.
Gar bo'lsa gunohin o'zing kechirgin.
Bir aka so'raydi ijobat qilgin.
Muslima singlimga jannat tilayman.

Allohim yolvoray qiyomat kuni.
Jahannam o'tidan asragin uni.
Men faqat so'rayman o'zingdan shuni.
Muslima opamga jannat tilayman.

O'zingdan o'zga iloh yo'q Alloh.
Bandamiz kechirgin bisyordur gunoh.
Oxirat kunida o'zing ber panoh.
Muslima onamga jannat tilayman.


Muslim Muslimalarga Jannat tilayman.


 
SAKINADate: Chorshanba, 13/11/20, 2:08:43 PM | Message # 116
Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status:
Yaxshimi yomonmi yashab o'taman,
Kimnidur sevgisin zor-zor kutaman.
Kimnidur yig'latib bir kun ketaman,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Siz mani do'stimsiz yaxshi bilaman,
Dardizga baxtizga sherik bo'laman,
Ammo qachongacha buni bilmayman,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Balki bu dunyoni baxtga burkayman,
Balki manzilimga borib yetaman,
Ammo, lekin, biroq ming afsus,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Abadiy emas hech nima hech kim,
Abadiy yashamoq emas orzuyim,
Sizsiz yashasam ham kulib yuraman,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Dunyo yolg'onchi o'lim haqiqat,
Ichimda dardlarim yotar qatma-qat,
Azoblarimdan ham olarman rohat,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Qarang kulyabman kulay toabad,
To'lib ketsa hamki hayotga nafrat,
Bilib olganim shu so'zim faqat,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!
 
DURDONDate: Juma, 13/12/13, 9:35:32 PM | Message # 117
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status:
"ХИЁНАТКОР АЁЛЛАР"

Иймонингиз сустлик қилиб дунёликка учдингиз,
Оллоҳ демай кимлар билан бирга шароб ичдингиз,
Ёрингизни кўзин бойлаб бегонани қучдингиз,
Яратгандан қурқмайсизми хиёнаткор аёллар,

Ўз ёрингиз уйда туриб ўзгасини кўзлайсиз,
Ўйнаш билан учрашмокка баҳоналар излайсиз,
Маҳшар куни ҳали буни битта битта сўзлайсиз,
Яратгандан қурқмайсизми хиёнаткор аёллар.

Асил ёрдан ўйнашингиз сизга азиз бўлдими,
Болангиз ҳам кўзингизга кўринмайин қолдими,
Хиёнатга қўл ургандан кейин кўнгил тўлдими,
Яратгандан қўрқмайсизми хиёнаткор аёллар.

Ўзим айтиб ишонмайман айтаётган сўзимга,
Ишонмайин қолдим хатто кўриб турган кўзимга,
Қилмишингиз ўйлаб хатто бегонаман ўзимга,
Яратгандан қўрқмайсизми хиёнаткор аёллар.

Оро берган кўзларингиз суймаганни суйдирар,
Бегонага боққан кўзга билсангиз нилни куйдирар,
Додингизга қулоқ тутмай жаҳаннамда куйдирар,
Яратгандан қўрқмайсизми хиёнаткор аёллар.


Абдурауф Хужамов.


 
  • Page 8 of 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 6
  • 7
  • 8
Search: