|
sheriyat makoni
|
|
| SAKINA | Date: Chorshanba, 13/02/27, 3:15:17 PM | Message # 91 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Armonli dunyo
Kimdadur OTA yo'q. kimdadur ONA. Kimdadur OPA yo'q.kimdadur AKA. Kimdadur hich kim yo'q. yashaydi tanho. "Bir kam dunyo bu armonli dunyo" Kimdur ko'zi ojiz. ko'rmoq istaydi Kimdur oyogi yo'q. yurmoq istaydi. Kimdur tirikl ekin,murdadek go'yo. "Bir kam dunyo bu armonli dunyo" Kimdadur o'kinch bor lekin o'ksinmas. Xayotidan nolib aslo siqilmas. Chunki u biladi asli bu dunyo. " Bir kam dunyo bu armonli dunyo"
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:41:56 PM | Message # 92 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| SOG’INCH
Samoda aylangan oqqush misoli, Sog’inchim aylandi atrofrlarigda. To’kilib tugamas shasharalardek, Armon yoshi oqar qarog’laringda.
Yig’laydi gullar ham har tong har sahar, Iymondan ayrilgan vijdon yig’laydi. Armon bo’lgan mening orzuim yig’lar. Sog’inchim yurakni yomon qiynaydi.
Sevishdik dunyoda sevgi bor deya, Sevgimiz yovlaradan yashirolmadik, Xor bo’lgan sevgimiz haqqi-hurmati, Nahot biz insondek vidolashmadik.
Xayr dedim ortingdan sekin shivirlab, Qayerda bo’lsangham omon bo’l gulim. Yashayman dunyoda seni sog’inib, Sevaman degani yolg’on sevgillim.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:48:35 PM | Message # 93 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| ARMON
Bepoyon qishloqning chang ko’chalari, Munis lahzalarni yodga soladi. Qarong’u kechada tun kechalari, Yolg’iz oy men bilan birga qoladi.
Oy ham dosh brolmas mening dardimga, Xo’rsinib yonimda sabo yeladi. Armonli dunyoni o’zimga tashlab, Oy ham tog’ ortiga botib ketadi.
Sevdimu qon yig’lab qoldim oqibat, Armonlarga to’la sadpora dilim. Doim kulib yurgin yig'lama faqat Do'stimning baxtiga aylangan gulim.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:49:41 PM | Message # 94 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| BEVAFO YOR
Kuyub- kuyub suyganlarim bir bo'ldi-ku, Yig'lab-yig'lab ko'z yoshlarim sel bo'ldi-ku. Osmonlarday baland qaddim yer bo'ldi-ku. Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Mayli gulim siz baxtiyor yursangiz bas, Men yig'lasam so'xu xandon kulsangiz bas. Gohi – gohi bizni eslab tursangiz bas, Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Sevgim qordek asta qo'nib erib ketdi, Yuragimga qayg'ularni solib ketdi. Keyin sizni shamollari olib ketdi, Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Yig'lamayman bo'ldi endi bag'rim ezib, Menku mayli, siz murodga yuring yetib Dushmanlarim ko'ngillarin shodlar etib, Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Hammadan ham siz azizsiz menga erkam, Sizdan suluv qiz yo'q sizdan ko'rkam. Men roziman sizni bir bor ko'rib o'lsam, Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:51:22 PM | Message # 95 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Marjon marjon ko’zlarimga yoshlar to’ldi. Uni asrab astagina ko’zim yumdim, Sevgimizning yodgorligi ko’z yoshini, Jonim sizni to’yingizga asrab qo’ydim.
Men yig’layman siz oq libos kiygan kuni, Yonar yurak o’shlal kuni armonlardan. Ollohimdan yakka yolg’iz o’tinchim bor, Avaylasin gulim sizni yomonlardan.
Kumushbibi begingizga chin yor bo’ling, Bu kunlar ham bulutdayin o’tar ketar. Vaslingizga yetolmagan Quvonchbek ham Axir bir kun yodingizdan o’char ketar.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:52:15 PM | Message # 96 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Bilmadim sen kimsan? Armon bekasi, Qo’liim yetmas oils, yarqiroq yulduz. Tongi shabnam yanglig’ omonat husn Oppoq kapalakday beozor bir qiz.
O’zim kim bo’libman seni suygani? Bir bandi insonman tubsiz xayolga, Ermak bo’layotgan bir xazon yanglig’ Kulgi bo’layotgan unsiz shamolga.
Aldovga konikkan gumroh insonman, Armonga aylangan mangu orzusi Qalbimda o’chgan u, umid atalmish Yolg’onchi ro’yoning so’ngi yog’dusi.
Faqat yuragimda yakka tuyg’u bor, Nima deb atashar rashkmi, qizg’onish Sevgi otlig’ ma’vo nimadir o’zi, Manguga yonishmi abadiy yonish?
Shunday yonyapmanki? Seni hattoki, Dunyodan qizg’onib vujudim halak Kamon qoshlaringni ko?rmoqlik uchun Go’zal, Zuhrosidan kechsinda falak.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 1:56:21 PM | Message # 97 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Baxt nimadir? Unga hamma intilar. Topolmadim deb ko’pchilik siqilar. Men ham izlab yo’lga chiqdim yoronlar Qanday yetish mumkin ayting kim bilar?
O’ylagandim baxtni molu davlat deb, Tog’ni urib talqon qilar savlat deb, Noz-ne’matga to’la katta savat deb, Adashibman moddiylikda rohat deb.
Borin olib dilidamas dastida, Qolib ketmay o’z nafsining ostida, Shukronalar aytib har bir faslida Faqat muslim baxtli ekan aslida.
Baxli ekan ko’p sajdaga borolsa, Dardin tanho Rabbisiga yorolsa, Muhtoj bo’lib muhtojlarga berolsa Ajrlarin sabr ila terolsa.
Baxtli erur - Talashmaydi xurmatga Oxiratin hech sotmagay qimmatga Rozi bo’lib yaxshi yomon qismatga Allah uchun tayyor turar hizmatga.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Juma, 13/03/15, 2:06:33 PM | Message # 98 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Seva olmadim
Dunyoga keldim-u seva olmadim, Sevganda yurakka quloq solmadim. Aytdim aytganimdan sira qolmadim, Seni qo'msaymn men seni muhabbat.
Oh, uzun tunlarim o'tadi bedor, Har lahza dilimga beradi ozor. Yo'llaringda doim bo'lib intizor, Seni qo'msaymn men seni muhabbat.
Nahotki ,zarracha senga yo'q shafqat, Xasta yuragimda qolmadi toqat, Qalbimning malhani yolg'iz sen faqat, Seni qo'msayman men seni muhabbat.
Ko'kda parvoz etar bir juft oq qush, Muhabbat zavqidan ko'ngilari xush, Mendachi muhabbat faqat shirin tush Seni qo'msayman men seni muhabbat.
Kelishing mushkul-u ketishing oson, Yurak bag'rimni sen aylading-ku qon, Toki vujudimda bo'lar ekan jon, Seni qo'msayman men seni muhabbat!
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Yakshanba, 13/03/24, 12:52:42 PM | Message # 99 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Na kerak?
Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir, Bir dilga bitta gul tanho kerakdir, Bir elga mehrdan daryo kerakdir, Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?
Tiriklik bir aziz ne’matdir azal, O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal, Nasimlar navodir, yaproqlar – g’azal, Balog’at bazmida sharob na kerak?
Siymu zar havosi ranglaringdadir, Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir? Ey inson, hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisobu kitob na kerak?
Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa, Farosat ahlidan nazar bo’lmasa, Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa, Ul husnu jamolga hijob na kerak?
Suv uza yarq etgan shu’ladir umring, Osilgan omonat tugmadir umring, Magar Haq yo’lida o’tmadi umring, Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?
Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni, Eng avval supurgil ko’ngil uyingni, Savolu javob et har bir kuningni, Savoling bo’lmasa, javob na kerak?
Sirojiddin Sayyid
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Shanba, 13/05/04, 9:31:35 AM | Message # 100 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status: 
| Ko'zlaring ko'rib yursa Lablaring kulib tursa Yuraging duk duk ursa Jonim menga kifoya
Mayli meni demagin Sog'intirib qiynagin Jondan meni sevmagin Omon bo'lsang kifoya
Dunyoda ko'rmagin g'am Jonim azizam erkam Sen o'zgani desang ham Baxtli bo'lsang kifoya
Qo'ng'iroq qilmasang ham Yonimga kelmasang ham Sog'inchim bilmasang ham Eslab qo'ysang kifoya
Dunyodan o'tganimda Qabrimda kutganimda Zor qilmayin sevgilim Bir bor kelsang KIFOYA!
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Juma, 13/06/21, 4:35:29 PM | Message # 101 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10165
Status: 
| Ayolga baxt bering, saodat bering. Demang yuribdiku kulib jilmayib. Ayol kulib turib ölishi mumkin. Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering. Gar közlari kulib tursada, Bög'zining ostida necha ming hasrat' Oy yuzlari kulib tursada.
Könglini kötaring hech bölmaganda, Qölini silashga sharofat toping. Yig'lab turganida hech bölmaganda. Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq römoli, Bosib ötmaslikka shafoat toping. Ayolga baxt bering, saodat bering, Tog' qimirlab, toshlar sözga kirsada. Ayolga baxt bering saodat bering, Oltmishga kirsada, yuzga kirsada...
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/07/01, 11:48:13 AM | Message # 102 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Yomg'ir
Seni baxtli ko'rishni, istagandim yonimda Lekin jonim seni men ko'rdim o'zga oldida Oq libosing yaraship, turiptiku o'zingga Faqat endi shirin so'z, aytar yolg'iz u senga Ko'zlaringga termulip yonimda qol deyardim Lekin endi kech bo'ldi, ko'nglim seni yo'qotdi Endi yomg'ir meni yolg'iz sirdoshim Hatto tugap, bo'ldi ko'zdagi yoshim Balki ular aytar endi sizlarin Sensiz otkan bedor tunlarim Oq libosta seni men ko'rishni ko'p istardim Yonginangda bir umr, bo'lishni men xoxlardim Qo'llaringdan quchip men, osmonlarga uchardim Bir kun kelip qo'lingga, jonimni ham berardim. . . Oq yuzli farishtam shirin so'z malikam Sen yo'qotdim jonim Bilmadim nima aybim Seni topganim xato So'zingda yo'q ma'no Nega buncha o'zgarding? Endi esa ALVIDO Endi yomg'ir meni yolg'iz sirdoshim Hatto tugap, bo'ldi ko'zdagi yoshim! . . .
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/07/01, 11:50:09 AM | Message # 103 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Sog'inchga eltgan yomg'ir
Yomg'ir yog'ar yurakni ezib Bu dildagi alamni sezib Armonlardan yuragim bezib Bugun sizni juda sog'indim
Orzulardan ko'pdir armonim Yorishmaydi moviy osmonim Tunlardagi olgan oromim Bugun sizni juda sog'indim
Sog'inch o'ti shirin bo'larkan Sog'inganda yurak to'larkan Azoblarga bu dil ko'narkan Bugun sizni juda sog'indim
Ko'rmoq uchun talpinar yurak Qadir uchun sog'inch ham kerak Sizni tezroq ko'rmog'im kerak Bugun sizni juda sog'indim
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/07/01, 11:55:07 AM | Message # 104 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| O'zga yurtning musaffo tongi Hatto yomg'irlari qalbim ovutmas Qancha olislarda bo'lsangiz mendan Bu yurak bir on xam sizni unutmas
Bugun sizni yana sog'indim Sog'inchlarim aylandilar ko'z yoshga Tangrimdan ko'rmoqlik o'tindim Do'st tutindim yana sabru-bardoshga
Uzoqdasiz mendan men xam olisda O'rtamizda uzun-uzun yo'llar sarson Topolmadi yana diydor bu nigoxlar Bir-biriga intizor bu dillar sarson
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Dushanba, 13/07/01, 1:17:34 PM | Message # 105 |

Group: IJODKOR
Messages: 2611
Status: 
| Har tongda uyqudan uyg'onib, Deraza yoniga kelaman. Boqib ko'kka, moviy osmonga, O'zingga shukurlar qilaman.
Boshim uzra nur sochsa quyosh, Nurlarini tavof qilman. Barcha bahtim, saodatimni, Sening qudrating deb bilaman.
Sinovingga yetsa bardoshim, Birda yig'lab, birda kulaman. Yolg'iz senga egilsin boshim, Tanho senga sajda qilman.
Farzandlarim mening quvonchim, O'zingga omonat bilaman. Men shularning borligi uchun, Bir senga shukurlar qilaman.
To'g'ri yo'ldan goho adashsam, Ibodatdan kech qolsam goho. Gunohlarim Alloh Taolo, Kechir! deya nola qilman.
Shu kunlarga yetganim uchun, Darddan olis ketganim uchun. Qo'lim ochib duoga bugun, Men senga shukurlar qilaman.
|
| |
|
|