A resized and cropped image
sheriyat makoni
OshiqYigitDate: Yakshanba, 12/03/11, 7:27:03 PM | Message # 76
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlarlar kunlarga, kunlar oylarga , oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…

Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding
Yolg’on ersa agar barcha sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…

Sevgini ovunchoq etar beboshlar
Unuttim derkanu yangisin boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…
Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…

Men uchun sen hamon farqlisan ishon
Har joyda xotirang qalbimda yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen olding
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 12/03/11, 7:27:52 PM | Message # 77
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Nechun buncha yuragingiz
bezovta, ona?
Sozlaringiz buncha achchiq,
serzarda, ona?
Nahot men deb ,
hayotingiz ozorda, ona?!
Mendan voz kechmang …
Kechmang Onajon!
Mendan kechmang, boshingizga
bolish bolay man,
Tunlar sizga ovunch bolib ,
kunday tolay man,
Izn bering keng dunyoni bir bor
koray man,
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Hali yog`ib ulgurmagan
laylak qorman-ku?
Gar tug`ulsam, sizga suyanch
nomus, orman-ku!
Gunoh qilib ulgurmagan
gunohkorman-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Men-ku qo`rqib yig`layapman,
Siz sezmaysiz-mu?!
Yuragingiz silap tursam
his etmaysiz-mu?
Meni Alloh berdi,
ayting voz kechmaysiz-mu?!
Nechun buncha yuragingiz
bezovta, ona?
Sozlaringiz buncha achchiq,
serzarda, ona?
Nahot men deb ,
hayotingiz ozorda, ona?!
Mendan voz kechmang …
Kechmang Onajon!
Mendan kechmang, boshingizga
bolish bolay man,
Tunlar sizga ovunch bolib ,
kunday tolay man,
Izn bering keng dunyoni bir bor
koray man,
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Hali yog`ib ulgurmagan
laylak qorman-ku?
Gar tug`ulsam, sizga suyanch
nomus, orman-ku!
Gunoh qilib ulgurmagan
gunohkorman-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Men-ku qo`rqib yig`layapman,
Siz sezmaysiz-mu?!
Yuragingiz silap tursam
his etmaysiz-mu?
Meni Alloh berdi,
ayting voz kechmaysiz-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Nahot diydor nasib etmas
baxti qoraman,
Sizdan bunyod bo`lgan
parcha jigarporaman,
Qo`lingizdan tutib, HAJGA
olib boraman…
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Ko`zlaringiz ko`rgim kelar,
ona qanchalar…
Bag`ringizda kulgim kelar,
ona qanchalar.
Nahot meni yulib olsa.
temir parchalar?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!

Kechmang Onajon!
Nahot diydor nasib etmas
baxti qoraman,
Sizdan bunyod bo`lgan
parcha jigarporaman,
Qo`lingizdan tutib, HAJGA
olib boraman…
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Ko`zlaringiz ko`rgim kelar,
ona qanchalar…
Bag`ringizda kulgim kelar,
ona qanchalar.
Nahot meni yulib olsa.
temir parchalar?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 12/03/11, 7:29:14 PM | Message # 78
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ketmoqdasiz ko`zlarimni yoshga to`ldirib
murg`akgina sof sevgimni bevaqt o`ldirib
yuragimni azoblarga solib kuydirib
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

yashaymanmi nafasimni xovuchlab endi
orzuimga yetmay turib armonim keldi
qani ayting axir meni aybim ne edi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

gaplashardik vaqtni bilmay xattoki tunda
ko`chamizdan o`tardingiz soatlab kunda
shirin damlar o`tib ketti nahot bir zumda
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

so`zlaringiz sehirlab hayolim oldi
pok qalbimga ishqning mehrini soldi
endi shu tuyg`udan ayting ne qoldi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

meni sevishni o`zinggizga or bildingiz
muhabbatim qo`llarizda xor qildingiz
keng dunyoni ko`zlarimga tor qildingiz
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

hasratlarim alamimdan toshib ketti
hayollarim o`ylarimdan shoshib ketti
bu fe'lingiz xammasidan oshib ketti
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

sog`inaman mahkam bosib suratingizni
nogoh eslab mag`rur savlatingizni
endi qanday unutayin siyratingizni
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

xech vafoni tinglamapman so`zlaringizdan
o`zga yorni anglamapman ko`zlaringizdan
hammasi ayon ekan shundoq yuzlaringizdan
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

yuragingiz o`zga deya sevgimdan tondi
yolg`oningiz muhabbatim sug`irib oldi
sizdan faqat jonim shirin xotira qoldi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

kun keladi barchasini eslarsiz xam
o`sha guldan iforimni izlarsiz xam
xato qildim deya xali kelarsiz xam
sizga shunda vafolarim buladi kam
men ketaman sizni yig`latib uni kuldirib
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/03/17, 11:50:15 PM | Message # 79
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Yo'qotilgan Baxtim

Mana bugun jonginam sizni yana esladim,
Xar bir aytgan so'zlariz kulishlariz esladim.
San yagona yorimsan ko'zlarimni nurisan,
Degan so'zlariz xamon quloqlarim ostida.

Siz bergan oppoq gullar ketganizda so'lishdi,
Shu gullarga qo'shildim barglarimni uzishdi .
Sevgiling kelmaydimi deb ustimdan kulishdi,
Siz kelmaysiz hech qachon boshqalar xam bilishdi.

Rashk qilardiz xammadan xato esgan shamoldan,
Nega jonim ketdingiz alamli bu dunyodan.
Sizsiz huvillab qolgan bizni sevgi bog'imiz,
Gullari ochilmagan quyosh nuri yetmagan.

Sizni mehringiz bilan ochilardi bu gullar,
Siz ketgach gul o'rnini egallagan tikanlar.
Bog'imizda daraxtdan to'kilmoqda xazonlar,
Sizsiz esa yuragim tinmay meni qiynoqlar.

Bu dunyodan ketmoqni istab yurgan kezlarim,
Yodimga tushib ketdi sizga aytgan so'zlarim.
Siz ketsangiz bormayman aslo sizni yonizga,
Siz sevsangiz kelasiz menday yagonangizga.

Bilaman siz kelmaysiz men xamon kutmoqdaman,
Balki aqldan ozdim manzilga yetmoqdaman.
Ko'zlarimda to'la yosh osmonga uchmoqdaman,
Yana bir qadam qoldi sizni men quchmoqdaman.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/03/17, 11:50:58 PM | Message # 80
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....

Quvonch emas qayg'uga hamroh bo'ldim

Yahshigamas, yomonga gumroh bo'ldim

O'zgalarmas, nega aynan men o'ldim?

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Nasib etdi faqat ayriliq menga

Bahtli onlar hamrohdir faqat senga

Visol lahzalari nasibdur kimga?

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Qismatim Zaynabga o'hshab ketadi

Kumush ko'zlarimni yoshlab ketadi

Otabegim meni tashlab ketadi

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Laylilar Majnunga yetdi tobora

Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora

Yolg'iz Oysha seni deya ovvora

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Sensiz yashay olish qo'limdan kelmas

Ko'zimdagi yoshku soydagi selmas

Sog'inib, sevganim bevafo bilmas

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Hayr degan edim, alvido emas

Dildagi gaplarim bir nido emas

Bu dunyoda meni g'amlar ham sevmas

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....
 
SAKINADate: Seshanba, 12/05/15, 3:23:02 AM | Message # 81
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Chindan yoqib qolgan edingiz,
Yoqib utga solgan edingiz,
Suramasdan olgan edingiz,
Yuragimni qaytarib bering
Dardim ko'pdir dardman bular kim,
Sodiq sirdow bulolmas har kim,
Boshqa ermak toparsiz balkim,
Yuragimni qaytarib bering,
Ildizi yuq gulga uxshayman,
Tik boshimni egmoqqa shayman,
Ahir bedil qandoq yashayman,
Yuragimni qaytarib bering.
 
SAKINADate: Seshanba, 12/05/15, 3:24:58 AM | Message # 82
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Bugun seni unutmoqchiman,
Hayolindan ketsin hayoling.
Tushlarimga kirmagin endi,
Qadrimizga yetsin hayoling.

Javondagi suratni oldim,
Kulib qarab turibsan yana.
Faqat bu gal jilmayolmadim,
Hafa bo`lgan edim rostmana.

Vahimaga tushdi surating,
Parcha-parcha qildim uni men.
Bir keraksiz matoh deb uni,
Indamasdan o`tga tashladim.

Surat emas yuragim yondi,
Yana seni o`ylay boshladim
Ko'ksimda toki bu yurak urar,
Ko'zlarim toki yorug'lik ko'rar,

Seni sog'inirman Seni eslarman.
Orzu umidim borki hayotda,
Borki armonim otash yurakda,
Seni sog'inarman Seni eslarman.

Ushalsa kutganim,dilda niyatim,
Tirnasa qalbim,yaqin tutganim,
Seni sog'inarman,seni eslarman
Seni eslarman albat SOG'INIB
 
DURDONDate: Payshanba, 12/09/06, 2:54:45 PM | Message # 83
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Қайнона билан келин
Ногоҳ айтишиб қолиб,
Кетди ота уйига
Келин боласин олиб.
Жиринглади телефон
Олди йигит онаси,
Қўнғироқ қилаётган
Ўғилнинг қайнонаси:
“Ассалому алайкум,
Қудажоним, айланай,
Муллакамлар омонми?
Куёв ўғлоним қалай?
Болалар етиб келди,
Ўтиришибди, мана,
Гурунглашиб яйрардик,
Бирга келганингизда.
Набирангиз бир ширин,
Катта қилиб қўйибсиз,
Ёқимтойлигин кўринг,
Қуйиб қўйган ўзингиз.
Куёв боламга ўхшаб,
Ақл чиқар кўзидан,
Бобосига тортган-да,
Нур ёғилар юзидан.
Омон бўлинг бахтимга,
Раҳмат, сизга қудажон,
Қизингиз гул-гул яшнаб,
Сиздан келтирди салом.
Нега келганин билдим,
Қўлимда “адаб чўп”и,
Ҳар нарсаси бормиш-у,
Тугаб қопти “хўп-хўп”и.
“Хўп-хўп”сиз қолган бўлса, Қийнагандур сизни ҳам,
Сал бўлмаса хижолат
Қилар экан бизни ҳам.
Яхшиям жўнатибсиз,
Тахминимиз чин чиқди,
Кўнглига қўл солгандик,
“Кибр” деган жин чиқди.
Ҳозир ўша жинини,
Бўғибгина ўлдирдик,
Қўйни-қўнжи, чўнтагин,
“Хўп-хўп” билан тўлдирдик.
Қиз узатган ҳовлида
Баланд-пастни кўрганмиз,
Томорқанинг барига,
“Хўп-хўп” экиб қўйганмиз.
Уй-жойимиз “хўп-хўп”дан, “Хўп-хўп”дан сув, нонимиз,
Баъзида шу “хўп-хўп”нинг
Қўлидадир жонимиз.
Ғарам қилганмиз уйга,
Ўша “хўп хўп”ни териб,
Жўнатамиз қизларга,
Уч-тўрт тугунни бериб.
Болаларингизни ҳам,
Қудангиз олиб кетди,
Тўрт қоп “хўп бўлади”ни,
Мошинга солиб кетди.
Сиз - устоз, у - талаба,
Ҳар юмушни ўргатинг,
“Хўп хўп”и тугаб қолса,
Дарров менга жўнатинг.
Эй келин! “Хўп” деган сўз,
Уч ҳарфдан тузилган ,
Аммо унинг важидан,
Қанча уйлар бузилган.
Доно бўлсанг “хўп-хўп”ни,
Бошингдаги “тож” деб бил,
Агар бахтли бўлмасанг
Марҳабо холанг кафил.


 
SevaraDate: Shanba, 12/09/15, 11:41:54 AM | Message # 84
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 46
Status:
Hoqonu, sultonlar kokraklar kerib,
Dunyoni changitib otib ketishdi.
Oylasam, dunyoni ularga berib,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyo kimlargadir tuyuldi qafas,
Ba'zilar qalbiga ornashdi havas.
Qasrlar oshig'i - Firavn emas,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Boylikka kongil qoy, ammo bir kecha,
Kozin ochilmaydi yumgan holingcha.
Garchi bu o'yinda turli natija,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyoni ortiqcha baholadilar,
O'liklar qabrini daxoladilar.
Pastnazar kimsalar xaxoladilar,
FAqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bir-birin pul deya pichoqlaganlar,
Kongil mehvarini pachoqlaganlar.
Qani bu dunyoni quchoqlaganlar,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Kuy - qo'shiq ostida hofizlar qator,
Tashna ko'ngillarda tarqatib gubor.
Vale o'zlariga tikibdilar dor,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Hammani aldablar, oxir oqibat,
Shuaro holinda yo'qoldi rohat.
Yana bir umid-la, qaradim, faqat,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bilmam ne topmishlar dunyoni tortib,
Buyuk kibr ila saman ot yortib.
To'rva xalatasini yelkaga ortib,
Faqat taqvodolar yurib ketishdi.
Kimdir shodlansa-da ko'milib oqqa,
Yetti yot misoli alam, firoqqa.
Bir xil narx berilmish boqmang qayoqqa:
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bu millat bir erur, rusmi yo dungan,
Yo Xitoy elinda uygur tugilgan.
Dunyoning narxini to'gri tushungan,
Faqat taqvodorlar yutib ketishgan.
Chingizning faryodi olamni tutdi,
Ammo yer uni-da xo'p oson yutdi.
Yuz yillik umrlar ko'z yumib o'tdi,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bir zamon ko'rinsa hapqirgan yurak,
Napaleon qabrida qoldimi suyak.
Yulduz-u yer guvoh,shohidlar falak.
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Yetti iqlimdagi eng kibor hokim,
Umr poyonida shivirladi jim.
"O'lim kelganida rohatlangan kim?"
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyo, tarifing ko'p, tinglab kulaman,
Gohida tushunmay g'amgin bo'laman.
Ertaging oxirin axir bilaman,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.


 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:37:47 PM | Message # 85
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:

Ёниб севдим бўлди хато.
Сиздан кўрдим фақат жафо.
Меҳр бердим, бўлдим фидо,
Қани сизда аҳду-вафо ?

Шум қарғалар олиб кетар,
Шумлигини қўймайди.
Ташна қалбим куяр, ёнар,
Ишқингизга тўймайди.

Қарғаларга эргашасиз,
Қулоқ солмай зоримга.
Ширин дамлар бир хотира,
Келманг энди ёнимга …
 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:39:26 PM | Message # 86
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Соғинганда сизни

Соғинганда сизни жоним гоҳида,
Тушингизга кириб севгим айтаман.
Тонги шамол бўлиб саҳар чоғида ,
Сочингизни силаб, силаб қайтаман.

Ёмғир ёғса тинмай, томчиларида
Сезмайсизми жоним, шивирларимни?
Лабингиздан ўтли бўсалар олиб,
Хайрли тонг тилаб қайтаман.
 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:47:54 PM | Message # 87
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
АРМОН

Дил тўлғанар, қалб ўртанар,
Қийнар мени армоним.
Севиб жондан, кечдим сиздан,
Жондан азиз султоним.

Соғинганда излаб келиб,
Шод этдингиз кунглимни.
Вайрон эдим, обод этиб,
Ёритдингиз дилимни.

Остонангни кўзга суртдим,
Қолганми деб изингиз.
Хотирамда муҳрланди,
Ҳар бир айтган сўзингиз.

Хаёлда мен пешвоз чиқиб,
Осилдим бўйнингизга.
Тўхтамай кўз ёшларим
Тўкилди қўйнингизга.

Мен ҳас бўлдим, тўпроқ бўлдим.
Ўйнадим пойингизда.
Ҳазон бўлдим, япроқ бўлдим,
Ҳам окдим сойингизда.

Васлингизда маликаман.
Кетсангиз бағрим куйди.
Гўё нур бериб чақмоқ,
Лек осмон бағрин ўйди.

Жоним ҳаёт бошқа екан.
Бошқача ерур ҳаёл.
Андишани ўйлар екан,
Ёш ўтган сари аёл.

Ота – онам қилар номус,
Бошини егиб қўйдим.
Жигарларим бўлар ҳомуш,
Ғурурин тўкиб қўйдим.

Сўз демаслар ўзимга
«Ярим бахт» дея куяр.
Не дей юрак сўзимга?
Қалбим бир сизни суяр.

Мажруҳ дилим ўртайди,
Фарзандингиз ноласи.
Ишқимиздан ёшга тўлмиш,
Икки кўзнинг қароси .

Фарзандингиз- дилбандингиз
Кўзларини ёшламанг.
Майли кетинг мени ташлаб,
Улар кўнглин ғашламанг.

Кулиб юрсин, бахтга тўлсин,
Меҳр ёғсин кўзидан.
Жоним берай, айланайин
«Ота» деган сўзидан.

Кўзингизда нечун нам?
Мен деб ўзни қийнаманг.
Севгингизни туйиб ман,
Бахт нелигин билганман.

Елкангизга бошим қўйиб,
Тоғ нелигин хис қилдим.
Ўртанманг азоб чекманг.
Сиз билан бахтли бўлдим.

Ўзгаларнинг бахтин ўйлаб,
Мен ўзимни овутдим.
Шу сабаб шубҳа солиб,
Сизни ўздан совутдим.

Оғринтириб дилингизни.
Кўзимдан ёш тингани йўқ.
Қарғаманг ғарибингиз,
Ўзганики бўлганим йўқ.

Ростин айтсам виждон қийнар.
Ёнганларим етар бас!
Ўзгаларни зор қақшатиб,
Келгувчи бахт керакмас!

Ишқда ёндик оловландик,
Севгимиз бир ҳавасмас.
Зайнабларнинг фитналари
Кўз ёшимга арзимас.

Сиз дил ярим, мен дил ярим,
У дил ярим, билгайман.
Кумуш бўлдим, Отабегим
Бахтинг учун ўлгайман.

Жоним менинг, ёрим менинг,
Бўлсин сизга жоним фидо!
Дилим йиғлар, бағрим тиғлар,
Сўнги сўзим: АЛВИДО !!!
 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:51:08 PM | Message # 88
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Кўксимда Саҳрои Кабир


Севги кимларга ором ва бахтдир,
Лек мен учун азоб ва аччиқ тақдир.
Сиздан гўзал бир ишқ излаган эдим,
Кўксимда кўз очди Саҳрои Кабир.

Молу- давлат, дунё сўрамагандим.
Сўраганим фақат заррача меҳр.
Ғуссалар учун яралганмидим?!
Яна алдандим-а, куйдику бағр.

Қоп-қора зимистон этдику қаранг,
Кўксимга сиз отган захар ўқ энди.
Майли алдайверинг, тўйгунча алданг...
Қувончу-кайғунинг фарқи йўқ энди.
 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:52:33 PM | Message # 89
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Изламанг қабрларимдан

Соғиниб, соғиниб, соғинмай қўйгум.
Соғинчимни еб битирар, қайғу аламим.
Жавобсиз севгидан кун келар тўйгум,
Фақат сиз ранжиманг соғинчларимдан.

Қайғуга ёр бўлиб сиздан кетай ман,
Сиз йуқ жойларда айтинг нетай ман?!,
Охири бир куни ёниб кетай ман,
Фақат сиз ранжиманг қайғуларимдан.

Бир бахтли кун тугар сабру бардошим,
Қуриб битдику аҳир кўздаги ёшим.
Сизни кутиб ўтди қирқдан ҳам ёшим.
Фақат сиз ранжиманг бардошларимдан.

Ишонинг ҳар куни минг бор ўлдим ман,
Ёлвордим «етказ» деб оққушлардан ман,
Сизчи? Билмадингиз кутганларим ҳам,
Фақат сиз ранжиманг кутганларимдан.

Бари бир келмайсиз…, кўзимда қабр,
Севдим десам билмайсиз…, сўзимда қабр,
Ишончим тўлғанар, йиғлайди сабр,
Мен кетгач изламанг қабрларимдан.

Кўнгил кечмас, сиздан жафо кўрсамда,
Севгим яшар гарчи ўзим ўлсамда.
Сиз деб жаннатларда нола қилсамда,
Фақат сиз ранжиманг муҳаббатимдан.
 
SAKINADate: Payshanba, 12/10/11, 4:54:54 PM | Message # 90
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
Титраб турибди севгим

Тикон ботди, гул узгандим гулзорингиздан,
Бахт топмадим нетай сизнинг бозорингиздан.
Юрагим тўлиб кетди озорингиздан,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Хиёнатнинг кўчасида оқиб кетдингиз,
Гуноҳларнинг гирдобида ботиб кетдингиз.
Бизни ташлаб қай манзилга бориб етдингиз,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим.

Уйингизнинг остонасин тўлдириб хазон
Илдиз отиб беор гуллар этибди макон.
Устингиздан кулар бўлди жумлаи жаҳон
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Ёлгизим деб ишқингизни дилда асрасам,
Никохимиз ҳақи учун такрор асрасам,
Топтайсиз-а, гарчи уни минг бор асрасам,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Шод кунимда бирга бўлолмайсиз ҳам,
Малҳам бўлолмайсиз келганида ғам,
Нени кутай энди ундан эй қодир Эгам?
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!
 
Search: