RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Ertak va hikoyalar aytamiz
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:48 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Odam ato va Momo Havo

Juda qadim zamonlarda hozir biz yashab turgan yer yuzida hech kim yashamas edi.
Alloh taolo, Meni tanib ibodat qilsinlar va yer yuzida imorot qurib, ekinlar eksinlar, deb insonlarni yaratmoqchi bo'ldi.
Alloh maloikalarga:
-Yerda o'zimga bir halifa yarataman,- dedi
Maloikalar:
- Yo Robbiy, u yerda buzg'unchilik qilib, qon to'kadigan kishilarni yaratasanmi? Biz senga shaningni ulug'lab, ibodat qilyapmiz-ku,-deyishdi.
Alloh shunday marhamat etdi:
-Men siz bilmagan narsalarni bilaman.
Maloikalar jim bo'lib qolishdi va bir-birlariga qarab:
-Shubhasiz, Robbimiz har narsani bilguvchidir va foydasiz hech bir narsani yatarmaydi,-deyishdi.
Keyin Alloh ularga:
- Ey maloikalarim! Men insonni tuproqdan yaratib, shakl beib, O'z ruhimdan jon kiritganimda hammangiz unga sajda qilsiz,-dedi.
Maloikalar:
-Ey buyuk Robbimiz, amringga bo'ysunib, Senga itoat qilamiz,-deyishdi.
Alohning bu amri faqat SHaytonga ma'qul bo'lmadi. Shayton o'ziga bino qo'ygan, Alloh bandalari ichida o'zini hammadan ustun deb bilar edi.
Nihoyat Alloh Odam mayg'ambarni yaratib, unga o'z ruhidan jon ato etdi. Maloikalar shu zahoti Odam Atoga sajda qilishdi. Shayton esa g'ururlanib, isyon etdi, Odamga sajda qiliushdan bosh tortdi va Allohning buyrug'iga qarshi chiqdi.
Alloh isyonkor Shaytonda so'radi:
-Nega amrimga bo'ysunmading? Seni sajda qilishdan nima qaytardi?
Shayton:
- Meni olovdan, uni bo'lsa loydan yaratding. Men undan ustunroqman,-deb javob berdi.
Bu ishi uchun Alloh g'azab qildi, Shaytonni jannatdan quvib:
- Tush jannatdan, yo'qol! Sen endi la'natga duchor bo'lding,-dedi,
Alloh taoloning g'azabiga uchrab jannatdan quvilgan shayton nima qilishini bilmay olgan edi.
Keyin shunday dedi:
-Ey Robbim! Meni Odam Ato tufayli jannatdan mahmm etdingt. Endi men ham uni va zurriyotlarini tog'ri yo'ldan adshtirib, ularga yomonlik qilaman. Ularni axloqsizlik va tarbiyasizlikka o'rgataman.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:49 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Alloh taolo marhamat qilib dedi:
-Ey jannatimdan quvilib, rahmatimdan uzoqlashtirilgan shayton, men tuproqdan yaratganim Odam Ato va zurriyotlariga aql berdim. Ular aqllari bilan yaxshini yomondan ajratib, senga quloq solmaydilar. Ular ichida senga ergashganlar esa, qilmishlariga o'zlari javobgardirlar, ularni jazolab do'zoxga tashlayman. Ammo shuni bilginki, aqlli va yaxshi bandalarini to'g'ri yo'ldan aslo adashtira olmaysan. Senga qiyomat kunigacha muhlat beraan.
Har narsani yaxshi bilgan Ulug' Alloh Odam Atoning maloikalardan ko'ra biimli ekanini va inson Alloh nazdida ustun bir mavjudot ekanligini ko'rsatishga ixtiyor qildi. Ularning oldiga turli hayvob va qushlarni chiqarib:
- Ey maloikalarim! Sen har narsani yaxshiroq bilguvchisan. Biz Sen o'rgatganlardan boshqa narsani bilmaymiz,- deyishdi.
Shu payt Alloh taolo Odam Atoga qarab:
- Ey Odam! Bularning otlarini maloikalarga aytib ber,-dedi.
Odam Ato hayvon va qushlarning otlarini birma-bir sanab o'tgach, Alloh taolo shunday dedi:
-ey maloikalarim, ko'rdingizmi? Men sizga, osmonlarda va yerda yashirin va chiq nima bo'lsa bilaman, siz oshkor qilgan va yashirgan narsalarni ham bilaman, demaganmidim?
Keyin Alloh taolo Odamni jannatga kirgizdi. Odam Ato u yerda bir o'zi yashar, jannat mevalarida tanovul qilib, suvlaridan ichar edi. Lekin suhbat qurish uchun o'z jinsidan biron kishini topa olma edi. Buni yaxshi bilgan Alloh taolo unga rahm qilib, birga yashashsin degan maqsadda o'z jinsidan bir hamroh yaratishni ixtiyor etdi.
Bir kuni Odam Ato uxlab, keyin uyqudan uyg'ondi. Ko'zini ochib yonida avval hech ham uchratmagani bir ayol o'tirganini ko'rdi. Hayron bo'lib so'radi:
-Sen kimsan? Isming nima?
Ayol javob berdi:
- Men bir ayolman. Lein ismimni bilmayman.
Odam Ato unga sevinch va hayrat aralash qarab chiqdi.
Ayol jonli ekanini va harakat qilayotganini ko'rib hayajondan hayqirib:
- Sen Havosan,- dedi.
Shu payt maloikalar kelib, Odamning bilimini sinash uchun undan hamrohining kimligini so'rashdi:
- Ey Odam, ayr-chi, uning ismi nima?
- Uning oti Havo,- deb javob berdi Odam Ato.
Endi Odam Ato va Momo Havo jannatda birgalikda huzur-halovat ichida yashay boshlashdi. Istagan noz-ne'matlari muhayyo edi. Qo'rquv va tashvish nimaligini bilishmasdi.
Bir safar Alloh taolo odamga shunday dedi:
- Ey Odma! Hamrohing bilan jannatda omon va salomat ichida yashanglar. Istaganingizni yeb-ichig, ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar, aks holda zolimlardan bo'lib qolasizlar.
Alloh ularga barcha daraxtlardagi mevalardan tanozul qilishga ruxsat berib, faqat bir daraxtga yaqinlashishni man etgan edi. Alloh taolo insonning nafsiga hokim bo'lishi va irodasini mustahkamlashi uchun shunday qilgan edi. Odam Ato va Momo Havo Ulug' Allohning amriga itoat qilin, jannatda baxtiyor yashay boshladilar.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:49 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Alloh taolo ularni shaytonning hiylasiga uchmaslik va aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirdi:
-Ey Odam! Darxaqiqat, shayton sening va hamrohingni dushanidir. Ehtiyoe bo'ling, u sizlarni jannatdan chiqarmasin, aks holda badbaxtlardan bo'lib qolasiz.
Odam Ato va Momo Havo jannatda huzur va halovatda yashab turganii ko'rgan shayton har xil hiylalar o'ylab topib, ularni to'g'ri yo'ldan adshtirmoqchi bo'lardi.
Bir payt ularning yoniga suqulib, shivirlab dedi:
- Ey Odam, senga mangulik daraxtini va abadiy davom etuvchi saltanatni ko'rsataymi?
Odam Ato shaytonga qarab:
- Nima ekan u? Qani ko'rsat, - dedi.
Shayton unga barmog'i bilan Alloh taqiqlagan daraxtni ko'rsatdi. Odam Ato unga ishonmadi va yonidan haydab yubordi. Ammo shayton yana boshqa tomondan ularga yaqinlashib shivirlardi:
- Robbingiz bu daraxtni nima uchun taqiqlaganini bilasizmi? Agar uning mevasidan yesangiz, maloika bo'lasiz, yoki jannatda abadiy qolasiz. Alloh sizning bu yerda qolmasligingiz uchun buni taqiqladi. Qani, yeb ko'ringlar mevadan.
Odam Ato shaytonga quloq osmay, undan uzoqlashdi. Shayton esa yana orqasidan kelib, Alloh nomi bilan qasam ichib, shunday dedi:
- Menga ishoning, darhaqiqat, men sizga go'zal bir nasihat beryapman.
Odam Ato va Momo Havo iblisning Allhga qasam keltirganini ko'rib, o'zlaricha o'ylay boshlashdi:
- Birov yolg'on gap uchun Alohga qasam keltirmaydi. htimol tog'ri aytayotgandir.
Keyin borib Alloh taqiqlab qo'ygan daraxtning mevasidan yeyishga boshladilar.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:50 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Meva ichlariga tushishi bilan birdaniga yalang'och bo'lib qolishdi. Bir-birlaridan uyalib ketib, daraxt barglari bilan badanlarini bekita boshlashdi. Ular nima qilishni bilmay qolgan edilar. Allohdan iyzo chekib, uyatli bo'lib, uzoqlarga qochdilar. Chunki, Alloh taolo ularni ko'rib turar, taqiqlagan mevadan yeb, isyonga kelganlarini yaxshi bilar edi.
Alloh, qochib ketayotgan Odamga qarata:
- Ey Odam! Mendan qochayapsanmi> - dedi.
Odam Ato:
- Yo'q, ey Robbiy. Sendan aslo qocha olmayman. Ammo qilmishim uchun sendan uyalmoqdaman, - deb javob berdi.
Alloh marhamat qilib dedi:
- Men sizga u daraxtni taqiqlab qo'ymaganmidim? Shayton sizga ochiq dushman ekanligini aytmaganmidim?
Nega amrimga qarshi keldingiz?
ODdam Ato va Momo Havo:
- Yo Robbiy, bizni mag'firat qil, gunohimizni kechir,
Bizni avf et, yo Robbiy, - deyishdi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:51 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Ulug' Alloh ulartga marhamat qildi:
- Men sizga amr berdim, buyurdim, siz esa, buyrug'imga qarshi ish qildingiz,- dedi. Odam Ato va Momo havo yana yolvorib:
- Ey Robbimiz! O'zimizga zulm qildik, agar bizni avf etib, gunohimizdan kechmasang, shubhasiz, katta ziyonga uchraganlardan bo'lib qolamiz, - deyishdi.
Ulug' Alloh Odam Atoga xitoban:
- Senga eng buyuk ne'matni, jannatni berdim. Istagan har narsangni muhayyo qildim. Bu ehsonlarim kamlik qildimi, u daraxtga yaqinlashding? - dedi.
Odam Ato:
- Izzatingga qasamki, birov sening pok nomingni o'rtaga qo'yib qolg'on qasam keltirishni bilma edim, - dedi.
Alloh taolo yig'lab turgan Odam Atoga marhamat ila:
- Izzatimga qasamki, endi sen yer yuziga tushasan, charchoq va te to'kish evaziga kun kechirasan, - dedi.
Keyin esa, Odam Ato, Momo Havo va la'nati shaytonga xitob qilib dedi:
- Bir- biringizga dushman bo'lgan holda yer yuziga tushing. U yerda ma'lum muddatgacha qolib, hayot kechirasiz.
Shaytonga aldanib Alloh taoloning g'azabiga uchragan Odam At qilmishiga pushaymon bo'lib, yig'lay boshladi.
- Yo Robbiy, meni avf et, yo Robbiy, gunohimdan o't, meni kechir, - deya yolvordi.
Nihoyat, Alloh taolo unga rahmat ko'rsatib, tavbasini qabul qildi va gunohini kechirdi.
Shubhasiz, Alloh taolo o'z xatosiga pushaymon bo'lib, tavba qilganlarni kechiradi. Chunki U cheksiz marhamat egasidir!


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:55 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
QOBIL VA HOBIL

Odam Ato va Momo Havo jannatdan quvilib yer yuziga tushganlaridan keyin birgalikda hayot kechira boshladilar. Endi ular jannatdagidek istagan noz- ne'matlarni topa olmasdilar. Oziq-ovqat topish uchun ertalabdan kechgacha ter to'kib ishlashlariga to'g'ri kelardi. Ular yer yuzida yolg'iz bo'lganlari uchun Allohdan o'zlariga o'xshash insonlar yaratishini va dunyoning hamma tomonlariga yoyilib yashashlarini duo qilib so'rashdi. Shu tariqa, Alloh taoloning marhamati bilan ulardan farzandlar tug'ulib yer yuziga yoyila boshladilar. Bugun yer yuzida yashab turgan barcha insonlar Odam Ato va Momo Havoning zurriyotlari hisoblanadilar.
Endi sizlarga Oam Ato va Momo Havodan tug'ilgan ilk farzandlar Qobil va Hobil xaqidagi hikoyani naqil qilamiz.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 17:56 | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Qobil va Hobil voyaga yetib, oilani tebratishda otalariga qarashadigan bo'lib qolishdi. Qobil Hobildan katta bo'lsa ham, lekin Hobil akasidan ko'ra kuchli va quvvatli edi. U yumshoq qalbli, mehribon bo'lgani uchun hayvonlarni yaxshi ko'rardi. Odam Ato bu ikki o'g'ilga ro'zg'or ishini bo'lib bermoqchi bo'ldi. Qobilga yer haydash va ekin ekish ishlarini topshirdi. Chunki u qattiq qalbli va dag'al edi. Hobilga esa mol va qo'ylarni boqish vazifasi berildi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:01 | Message # 8
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Alloh taolo Odam ato va farzandlarining rizqini yanada barakali qildi. Odam Ato bunday hisobsiz ne'matlari ehson qilgan Alloh taologa qanday shukr qilish kerakligini farzandlariga o'rgatmoqchi bo'ldi. Qobil va Hobilga bir tog'ning tepasiga chiqib, topgan-tutgan rizqlaridan ma'lum bir qismini u yerda qolib keldirishlarini bildirdi. Bu narsa Alloh taolo yo'lida qurbonlik va mollarining zakoti o'rniga o'tishi lozim edi.

Yaxshi bir inson bo'lgan Hobil bu ishdan juda mamnun bo'ldi. Qobil esa qovog'ini osib: <> deb o'ylar edi. Lekin otasining buyrug'iga qarshi kela olmadi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:02 | Message # 9
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Hobil darhol qo'ylarining oldiga borib ularning ichidan eng yaxshisini tanlab oldi va qurbonlik uchun so'ydi. O'ziga bunchalik ne'matlarni ato etgan Alloh taologa tashakkur sifatida amalga oshirgan bu ishidan qalbi quvonchga to'lgan Hobil hayajonlaib ketgandi. Qobil bo'lsa xo'mrayganicha borib yiqqan meva-sabzavotlaridan eng yomonlaini va chiriganlarini ajratib, aytilgan tepalikka keltirib tashladi. Uning qalbi va niyati buzuq bo'lgani uchun hadyasi ham shunga yarasha edi. Bu ish unga yoqmagandi.

Ertasiga Odam Ato o'g'illarini olib kimning qurbonligi qabul bo'lganligini bilish uchun tog' tepasiga yo'l oldi. Hobilning hadyasi u yerda yo'qligini ko'rib Alloh uni qabul qilganini tushundi. Qobil qo'yib ketgan chirik mevalar esa o'shandayligicha turgan edi. Uning hadyasi qabul bo'lmagandi.

Hobil xursandligidan Allohga hamdu sanolar aytar, Qobil esa, jaxli chiqib, ukasiga hasad bilan qarab turar edi. U otasiga qarab shunday dedi:
- Siz Qobilga duo qilganingiz uchun Alloh uning hadyasini qabul etti. Menga esa duo qilmadingiz. Siz meni sevmaysiz.
Odam Ato esa:
- Og'lim, Alloh taolo Hobilning hadyasini qabul qildi. Chunki u ochiq ko'ngillik bilan molinig eng yaxshisini Allohga atadi. Sen esa qora niyat bilan mollaring ichidan eng yomonini ataganing uchun Alloh sening hadyangni rad etdi, - dedi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:03 | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Hobil orqasiga qaytdi. Qobil esa hasad va nafrat to'la ko'zlari bilan ukasinig orqasidan qarab qoldi. Keyin asta-sekin uning izidan yura boshladi. Qobilning qovog'idan qor yog'ardi. U o'zini qo'yishga joy topolasdi. Chunki Alloh ukasini undan ustun qilgan edi. U sira ham o'zini aybdor deb bilmasdi. Aksincha, hammasi uchun ukasini ayblar edi.

Shu asnoda shayton kelib Qobilning qulog'iga pichirlab uni vasvasaga sola boshladi:
- Nega qarab turibsan? Ukangni o'ldir. Hobilni o'ldir!

Qobil aqldan ozgandek ukasiga yetib olish uchun tez-tez qadam tashlashga tushdi. Shayton ham undan bir qadam orqada qolmay u bilan yonma-yon borar, uni qotillikka undar edi. Qobil ukasiga yetib borib baqirdi:
- To'xta seni o'ldiraman!
Hobil xech narsaga tushunmay hayron bo'lib qoldi.
- Nega men o'ldirmoqchisan?- deb so'radi.
Qobil jaxli bilan tishlarini g'ichirlatib shunday dedi:
- Chunki otam seni mendan ko'poq sevadi. Alloh ham sening hadyangni qabul qildi.
Hobil unga javoban yumshoq ovoz bilan:
- Meni o'ldirganing bilan xech narsa o'zgarib qolmaydi-ku. Agar meni o'ldirsang unda otam seni umuman yaxshi ko'rmaydi. Alloh Taolo ham sendan g'azablanadi, bu ish uchun seni xech qachon kechirmaydi, - dedi.

Bu gaplar Qobiga zarracha ta'sir qilmadi. Hasad o'ti uning butun vujudini qoplab olgan edi. Jahl bilan kelib ukasining yoqasidan tutib:
- Seni o'ldirmasam ko'nglim joyiga tushmaydi. Seni o'ldiraman, o'ldiraman!- deya baqira boshladi.
- Agar meni o'ldirsang, hech qachon halovat topmaysan, Sen mani o'ldirish uchun qo'l ko'tarib turibsan. Lekin men sendan kuchliroq bo'lsam ham, qo'l ko'tarmayman. Olamlarning Robbi bo'lgan Alloh taolodan qo'rqaman.

Keyin Hobil asta-sekin yurib ukasidan uzoqlashdi. Qobil esa boshini yerga egib nafrat bilan: << Baribir uni o'ldiraman!>> deb tong'illar edi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:05 | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Qobil g'am-alamga botib uyiga qaytdi. lekin xech uxlay olmadi. Bo'lib o'tgan voqealar bir-bir ko'z oldidan o'tar edi. La'nati shayton yana qulog'iga kelib pichirlashga tushdi:
- Hobildan qutulish uchun uni o'ldirishing kerak. Hobilni o'ldir! Hobilni o'ldir!
Shayton tinmay vasvasaga solar edi. Ertalab o'rnidan shahd bilan turib ukasi qo'y o'tlayotgan dalaga yo'l oldi. U endi nima bo'lsa ham, Hobilni o'ldirishga ahd qilgan edi.

Hobil har doimgidek hushchaqchaq bir kayfiyatda qo'ylarini o'tlatardi. Qobil uni xursandligini ko'rib yana ham qattiqroq jahli chiqdi. Yana shayton kelib:
- Uni o'ldir, maqsadingga yetasan, - dedi.
Qobil atrofiga qaradi. Katta bir toshga ko'zi tushdi. Uni olib telbalarday ukasiga hamla qildi. Toshni ast ko'tarib uning boshiga tushirdi. Hobil yerga yiqildi. Shu tariqa yer yuzida birinchi marotaba jinoyat sodir bo'lib, ilk bor tuproqqa qon to'kilgan edi.

Qobil o'ziga kelib ukasining qonga belanib yotganini ko'rdi. Juda yomon ish qilgandi. O'z ukasini aybsiz o'ldirgan edi. Endi nima qiladi? O'z ukasini o'ldirib nimaga erishdi? Shaytonning gapiga kirib nima qilib qo'yfi?
Qobil endi pushaymon bo'la boshladi. Go'yoki shamol, daraxtlar, hayvonlar va atrofdagi butun mavjudot unga bir ovozda:
- Sen qotilsan! Sen qotilsan! - deb hayqirayotgandek edi.
Bu ovozlar qulog'i ostida tinmay sado berar, boshi gangib qolgandi:
- Qotil! Qotil! Qotil!...
Qobil qo'rquvdan titrar , oyoqlaridan kuchi ketib ukasining yoniga yiqildi. Ukasini siltab:
- Hobil! Hobil! Tur o'rningdan, - deb yolvorardi. Ammo Hobil jonsiz va sassiz yotgancha akasiga javob bermas, allaqachon o'lgan edi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:06 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
- Endi nima qilaman? Jonsiz jasadini qaerga qo'yaman? - deb yig'lardi Qobil.
Axir, uni bu ahvolda tashlab ketish mumkin emasku! Vahshiy hayvon va qushlarga yem bo'ladimi endi? Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas.

Qobil o'rnidan turib ukasining jsadini yelkasig ortdi. Keyin yurib keta boshladi. Bir joyga borib charchab qoldi va jasadni yerga qo'yib o'tirib oldi. Ukasining tepasida ko'z yosh yo'kib, nima qilish haqida o'ylar edi. O'zini o'zi la'natlab, << Qani endi uni o'ldirmasam>> deb yig'lardi.
Bir oz o'tirib o'ziga kelgach yana ukasini yelkasiga olib telbalarday boshi oqqan tomonga keta boshladi. Nihoyat madori qolmay yana jasadni yerga qo'yib o'tirdi. U jasadni nima qilishni bilmay boshini changallar edi.

Shu payt bir qarg'aga ko'zi tushdi. Uning yonida yana bir o'lik qarg'a bor edi. Qobil ularni kuzata boshladi. Qarg'a tumshug'i va oyoqlari bilan yerni kavlab chuqur qazdi. Keyin o'lik qarg'ani sudrab chuqurga tushirdi va tuproq bilan ustini yopdi.
Qobil buni ko'rib o'ziga-o'zi:
-La'nat bo'lsin menga. Bir qarg'achalik ham bo'lolmadim,- dedi
Darhol o'rnidan turib bir chuqur qazdi va jasadni unga ko'mib, ustiga tuproq tortdi. Endi bir oz o'ziga kelganday bo'ldi. Shu paytda Odam Ato bolalarining kech qolganidan tashvishlanib, ularni qidirishga tushgan edi. Qobil uzoqdan otasini ko'rib qo'rqib ketdi. Bu qilmishini otasi aslo kechirmasligini o'ylab qocha boshladi. Odam Ato o'g'li o'zidan qochayotganini ko'rib shubhalandi. Atrofga qarab yerdagi qon izlariga ko'zi tushdi. Bu Hobilning qoni edi. Odam Ato Qobil ukasini o'ldirganini bildi. Yuragi orqaga tortib ketdi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kildi. Alam bilan Qobilning orqasidan chopib baqira boshladi:
- Qobil! Ukangni nima qilding? Uning ovozi shunday sado berdiki, go'yoki butun dunyo Qobilga hayqirayotgandek tuyulardi.
Qobil qo'rquv va dahshat ichida qochishda davom etib, tog' etagiga tushdi.
Otasi hamon orqasidan tinmay baqirar edi:
- Qobil! U dunyo bu dunyo halovat topmaysan! Sen o'zingga o'zing zulm qilding. Bu qo'rquv eshigini o'zing ochding. Endi bir umr qo'rquv bilan yasha. Ket, ko'zimga ko'rinma, daf bo'l!
Otasining qarg'ishiga qolgan Qobil uchun endi dunyo zindonga aylangan edi, u bir la'natga qolib, dunyodan xor- zorlikda o'tdi.



 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:08 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
SOLIH PAYG'AMBARNING TUYASI

Hazrati Hud (a.s) qavmidan bo’lmish Od qabilasi halok etilganidan so'ng bir zamonlar o'tib ulardanda boy va kuchliroq bir qavm paydo bo'ldi.
Samud qavmi deya atalmish bu qabila yashaydigan vodiy juda unumdor yerlardan iborat edi. Katta-katta bog'lari bo'lib, ularda totli, lazzatli, oson va tez hazm bo'ladigan xurmolar yetishtirilar edi.
Bu vodiyga saroylar qurishdi. Atrofidagi bog'larda baland-baland uylar solishdi, Bu uylarning devorlari mustahkam, yiqilmas qoyalardan iborat edi.
Ular uzoq vaqt rohat- farag'atda yashashdi. Bunday rohat-farog'atda yashab turib o'z Rabbilarini unutishdi. Toshlardan o'zlariga but yasab topina boshlashdi. Mukofat va jazo kuni bo'lmish oxiratga ishonmay qo'yishdi. Yer yuzida fasod islarni qilishga tushishdi.
Shundan so'ng Alloh ularga Solih ismli bir kishini payg'ambar qilib jo'natdi. Solih hammasidan aqlli va go'zal inson edi. Ularni zulm va bosqinchiliklarni tark etib, to'g'ri yo'lni yanlashga chaqirdi. Va butlarni tark etib, yakka-yu yagona Allohga ibodat qilinglar, dedi.
Alloh ularga buyuk na'matlarni ato etgan edi. Ular Allohga isyon etgani va o'z ne'matlariga sukr qilmagani uchun yer yuzidan yoqotib yuborilgan Hud qabilasi, Od qavmidan so'ng turadigan eng quvvatli va boy qabila edi.
Hazrati Solih qavmini to'plab shunday dedi:
- Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizni undan o'zga ilohingiz yo'q. Siz Od qavmidan keyingi o'rinda turadigan eng kuchli va boy ekanligizni eslang. Sizga yer yuzidagi har turli ne'matlar berdi. Sayhonliklarda saroylar, yiqilmas qoyalardan uylar yasadingiz.
Allohning sizga bergan ne'matlarini unutib, yer yuzida fasod qo'zg'atuvchi kimsalardan bo'lmang.
- Ey Solih, sen bizdan ota-bobolarimiz sig'inib kelgan ilohlarimizni tark etishimizni so'rayapsanmi? - dedilar.
- Bu ilohlar sizga hech qanday foyda bermaydi.
Shunday na bir foyda, na bir zarar etkaza oladigan butlarga ibodat qilasizlarmi? - dedi.
Uning so'zlarii qavmdan bir guruhi qabul etdi. Ular sof va faqir insonlar edi. Kibrlanib inkor etmadi.
Zolim boylar esa shunday dedi:
- Ey Solih, bunday so'zlaringni qo'y, sen bizni ota-bobolarimiz ilohlariga ibodat qilishimizdan qaytarishingdan avval biz seni hurmat qilardik. Endi esa sen bizni orzulardan cheklayapsan. Har holda jinni bo'lmasang kerak.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:09 | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
- Ey qavmim, dedi hazrati Solih. Men jinni emasman, sizni to'g'ri yo'lga boshlamoqdan boshqa narsa istamayman. Allohdan qo'rqing va unga itoat qiling. Bu uchun sizdan haq so'ramayman, bunig mukofatini Alloh beradi. Yaxshi insonlar iymonga keldilar, sizchi?..
Qavmning badavlat, kibrli kishiulari Solih (a.s) ga iymon keltirganlarga qarab shunday deilar:
- Chinda ham Solihni payg'ambarligiga ishonasizlarmi?
Ular esa:
- Biz unga iymon keltirdik, dedilar.
Kibrlilar esa:
- Biz sizi iymonga kelganingizga ham ishonmaymiz, - dedilar.
Hazrati Solih Rabbisiga, abiy va payg'ambarligiga dalolat qiladigan bir mo'jiza berishini so'radi.
- Ey Rabbim, qavmim meni yolg'onchilardan qildi. JUda ozchilik tushundi, qolganlari esa inonmadi. Ba'zilari esa boy, kibrli kishilarning so'zini tingladi. Menga hamisha ishonishlari uchin bir mo'jiza ber.
Alloh (j.j.) shunday buyurdi:
- Qavminga ayt, ular shahr tashqarisidagi katta qoyaning yonida to'plansin. Ular shu yerdan buyuk bir mo'jiza chiqaraman. U yerdan bir tuya chiqadiki, uni qancha sog'salar ham suti tugamaydi.
Faqat ularga ikkita shart qo'y: tuya erkin yursin, hech kim uga ozor bermasin va shahar suvini bir kun xalq ichsin, bir kun tuya o'zi yolg'iz ichsin. Tuya ular hammasi ichadigan suv miqdorida ko'p suv ichadi.
Hazrati Solih bu habarni qavmiga yetkazdi. Qoyaning yoniga odamlarni to'plab, mo'jizaning chiqishini va Allohning shartlarini gapirib berdi.
Ularning orasidagi iymonlilar sevinib shunday deyishdi:
- Alloh haqqi, biz mo'jizaga ishonamiz va Solih (a.s) ni qo'llab-quvvatlaymiz.
Kofirlar esa kibrlanib:
Bu qadar ko'p suv ichadigan tuya bo'lmaydi. U chindan ham aqldan ozibdi, -dedilar
Boshqa insonlar esa:
- Endi bizga Slihning so'zlari rostmi yo yolg'onmi ajratadigan fursat yetib keldi. u chundan ham payg'ambarmi yo jinni, qani ko'ramiz,- deyishdi.
Ulkan qoyaning yoiga borib u tomon tikila boshladilar.
Hammasining ko'zi o'ngida u yerdan bo'kirib-bo'kirib, og'zi ko'pirib bir tuya chiqib keldi. Ko'kragi sutga to'la edi. Tuya uzun tizilib turgan, dahshatla qotgan xalq orasidan yurib o'tdi.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:09 | Message # 15
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Ayollar sut sog'moq uchun idishlarini hozirladi. Bir xotin sut sog'a boshladi. Sut sog'ib olgach, tuyaning elini yana sutga to'lib qoldi.
Keyin tuya shahar xalqi ichadigan suv tomon yurdi. U yerdagi suvning hammasini bir tomchi qoldirmasdan ichib qo'ydi.
Bu paytda odamlar bir ovozdan baqira boshlashdi:
- Solih to'g'ri aytdi. U chindan ham Alloh tomonidan yuboriulgan payg'ambardir, bu tuya ham Allohnikidir.
Kibrli kofirlar esa shiddatli bir holatd g'azablandilar. Tuzukroq so'z ham demasdan, yuzlari qizarib tarqala boshlashdi.
Bu g'aroyib tuya Solih (a.s) ning qavmi bilan birga yashay boshladi. Bir kun suvni ular ichar, bir kun tuya ichardi. Tuya evaziga o'zlari va bolalari to'yadigan miqdorda sut berardi. Suti hech qachon kamaymasdi.
Solih insonlarga shunday dedi:
- Bu Allohning tuyasi. Sizga yuborilgan bir mo'jiza. U yer yuzida xotirjam yashasin, unga hech kim ozor bermasin. Yo'qsa, sizga bir balo keladi.
Shahrda bir buzg'unchi odam bor edi. Iflos ishlar qilib fasod qo'zg'ab yurardi. Sharob ichib yurar, Allohga ishonmas edi.
Bir kecha hamtovoqlari bilan to'planib aroq ichdilar va sarhushlikda bahslashib ketdilar:
- Solihning tuyasi kunini ko'rsatib qo'ymaymizmi, chunki u suvimizning yarmini ichib qo'yayapti-ku.
Kelinglar, ulardan qutilish uchun Solihning o'zi va oilasini tuyasiga qo'shib o'ldiramiz.
Boshqa bittasi shunday dedi:
- Agar biz Solihni o'ldirsak, uning birodarlari bizdan intiqom oladi-ku.
Ikkinchisi ham gap boshladi:
- Men boshqa bir hiyla topdim. Tuyani, Solih va uning oilasini qorong'i kechada o'ldiramiz. Qorong'ida bizni hech kim ko'rmaydi. Agar birodarlari sizlardan so'rab qolsa, biz hech narsa ko'rmadik deysizlar.


 
BAXORDate: Seshanba, 06-Dek-2011, 18:10 | Message # 16
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Shunday qilib, kun chiqmasidan burunroq fitnachilardan biri tuyaga o'q otdi. Tuya tuya dahshatli bir tarzda bo'kirdi. Solih tuyaning ovozini eshitib qo'rquvla uyg'ondi. Ayrim insonlar tuyaning ovozini eshitgan zahoti qochib qoldi. Faqat fasidchi odamgina qochmadi. Solih tuyasi o'ldirilganini bildi. Ko'p ezildi. Bu ishlari uchun Samud qavmiga buyuk bir azob kelajagini tushundi.
Alloh (j.j) o'ziga iymon keltirganlarni shaharni tark etishlariga amr qildi. Chunki uch kundan so'ng shaharda qolganlarning hammasi halok qilinishi kutilardi.
Solih qavmiga shunday dedi:
- Alloh sizdan g'azablandi, uch kundan so'ng U sizga azob yuboradi.
Uch kundan so'ng shahar xalqi dahshatli bir qichqiriqni eshitdilar.
Qo'rquvdab qalblari parchalanib ketdi. Hamma yoqni dahshat qopladi. Odamlar qo'rquv, iztirobning shiddatidan tizzalab o'tirib qoldi va shu shaklda halok bo'ldilar. Yolg'iz qoyalar ichida uylari uyum-uyum bo'lib qoldi. Zulmlari va Allohga ishonmaganliklari uchun ularga buyuk bir azob yetdi. Ulardan so'ng keladigan qavmlar uchun esa bu bir ibrat bo'lib qoldi...


 
OSIYODate: Payshanba, 22-Dek-2011, 20:16 | Message # 17
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:33 | Message # 18
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ibrohim a.s. va Ismoil a.s.

Qadim-qadim zamonda, 4000 yil avval, uzoq-uzoqdagi Iroq davlatining Ur degan joyida bir chaqaloq tug’ildi. Unga Ibrohim deb ism qo’yishdi.

Ibrohim rahmdil, yumshoq tabiat va sof dinlik bulganligi uchun Alloh Taolo uni yoshligidan hikmat sohibi qildi. Alloh undan shunday hursand ediki Ibrohimni o’z do’sti deb atadi.

Ibrohim katta bo’lganidan so’ng ulug’ payg’ambar Ibrohim alayhissalom bo’ldi. Ibrohim alayhissalom Allohning so’zini o’zlarining yashaydigan yurtlarida tarqatdilar. Keyinchalik Shom, Falastin va Misrga sayohat qildilar.

Ibrohim alayhissalomning ayollari Hojar go’zal bir o’g’il tug’dilar. Alloh Taolo Ibrohim alayhissalomga ayollari hamda Ismoil deb ism qo’yishgan chaqaloqlari bilan birga hozir biz Makka shahri deb bilgan yerga safar qilishga buyurdi. Ular uzoq yurishdi va nihoyat Safo va Marva nomli tog’larning o’rtasidagi kimsasiz yerga yetib kelishdi. U paytda hali Makka shahrining o’rnida hech nima yo’q edi. Ibrohim alayhissalom Hojar onamizga tog’larning birining oldida o’t’rishni buyurdilar va o’zlari keta boshladilar.Ayollari norozi bo’lib, “Bizni nega yolg’iz tashlab ketmoqdasiz? Halok bo’lishimiz uchunmi ?” - deb so’radilar. Iborhim alayhissalom : “Robbim shunday qilishni buyurdi”- dedilar. Shunda Hojar onamiz yengil tortib, “Alloh shunday qilishni buyurgan bo’lsa U bizni vafot etishimizga yo’l qo’ymaydi”- dedilar.
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:33 | Message # 19
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Biroz vaqt o’tgach Ismoil chanqab yig’lay boshladi. Hojar onamiz nima qilishni bilmay bir tog’dan boshqa toqqa yugura boshladilar, lekin u yerda na suv, na suv bera oladigan odam bor edi. Shu damda Alloh Taolo mo’jiza yaratdi – Ismoilning oyog’i ostidan buloq otilib chiqdi. Hojar onamiz buloqni uzoq masofadan ko’rib, “Zamzam” deb qichqirib yubordilar. “Zamzam” degani Bobil tilida “Suv” ma’nosini anglatadi. Hojar onamiz yugurib kelib, chanqagan chaqaloqqa ichish uchun suv berdilar. Shunday qilib uning hayoti saqlanib qoldi. Bu buloq esa hozirda ham mavjud bo’lib, “Zamzam” nomi bilan mashhurdir.
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:33 | Message # 20
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ismoil va uning onasi o’sha vodiyda yashay boshlashdi va Zamzam bulog’i tufayli odamlar u yerga kelib, asta-sekin o’rnasha boshlashdi. Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng u yerda kichik shaharcha barpo bo’ldi, keyinchalik u shaharcha “Makka” deb nomlandi.
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:34 | Message # 21
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ibrohim a.s. farzandlari va ayollarini ko’rishga kelib turardilar. O’g’ilchalari go’zal tabiat og’ushida, axolisi butparast bo’lgan gavjum shaharlardan uzoqda go’zal bir tarzda ulg’ayar edi. Bir kecha Ibrohim a.s. tushlarida o’g’illari Ismoil a.s. ni qurbon qilayotganlarini ko’rdilar. Bu Alloh Taoloning buyrug’i edi. Ismoil hali yosh bola edi, lekin Ibrohim a.s. unga tushlari haqida aytib berdilar. Ismoil mard bola edi. U uni yaratgan Allohning buyrug’iga bo’ysunishga tayyor edi. Ismoil ikkilanmasdan otasiga : “Otajon, sizga nima buyurilgan bo’lsa, shuni bajaring. Inshaallah siz mening Allohga sadoqatimni ko’rasiz,” dedi Ibrohim a.s. o’g’lini qurbonlik qilish uchun olib ketdilar. Ular hozirgi kunda “Mino” nomi bilan tanilgan, Makka oldidagi vodiyga yetib borishganda Shayton paydo bo’ldi va ularni yo’llaridan qaytarishga harakat qildi. Ibrohim a.s. bir nechta mayda toshlarni yerdan olib, ularni Shaytonga otdilar. Kichik Ismoil va uning onasi ham bu amalni qaytarishdi. Ibrohim a.s. Ismoilni qurbonlik qilish uchun pichoqni chiqarganlarida Alloh Taolo farishta Jabroil a.s.ni qo’zichoq bilan yubordi.“Bu qo’zichoqni qurbon qil. Ismoilni qurbon qilma” – dedi Jabroil a.s. Alloh Ibrohim a.s. o’z sevimli farzandini qurbonlik qilish uchun tayyor bo’lganidan shunchalik hursand bo’ldiki, ul voqea sodir bo’lgan kuni Qurbon Hayiti bayramini nishonlashga amr etdi. Har yili musulmonlar Ibrohim a.s.ning Allohga bo’lgan itoatini nishonlab, jonlik qurbon qilishadi.
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:34 | Message # 22
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ismoil a.s. kuchli va mehribon yigit bo’lib voyaga yetdilar. Alloh Taolo Ibrohim a.s. va Ismoil a.s. ga Allohning uyini – Makkadagi Ka’bani qurishni buyurdilar. Ular yaqin atrofdagi tog’lardan toshlarni olib kelib qurilishni boshlashdi. Bu muqaddas tuproq uchun Ibrohim a.s. duo qildilar: “Allohim, bu yerni havfsiz qil va odamlarini Allohga va Ohiratga ishonadigan qil”.Ibrohim a.s. va Ismoil a.s. Ka’baning asosini qurib bo’lishganda duo qilishdi: “Allohim, buni bizdan qabul et! Sen barcha narsani ko’rguvchi va eshitguvchisan. Allohim bizni va avlodimizni itoatkorlardan qil hamda bizga ibodat qilish yo’llarini ko’rsat”. Ular yana oilalaridan odamlarga hikmat o’rgatadigan va ularning dinini poklaydigan payg’ambar tug’ilishi uchun duo qildilar. Ularning duolari ko’p yillardan so’ng Payg’ambar Muhammad s.a.v. tug’ilishi bilan ijobat bo’ldi.Alloh Taolo Ibrohim a.s.ga ibodat qilishga kelgan odamlar foydalanishi uchun Ka’bani tozalashni buyurdi. Alloh Taolo : “Odamlar orasida (yurib ularni) hajga chorlagin: ular sen sari piyoda va har qanday tuyada uzoq yo'llardan kelurlar” (22:27) – dedi.Shunday qilib Alloh Taolo har bir musulmon erkak va ayolga, agarda sog’lig’i yo’l qo’ysa va mablag’i yetsa, hayoti mobaynida bir bora Haj qilishni buyurdi.
 
OSIYODate: Seshanba, 27-Dek-2011, 17:35 | Message # 23
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Haj Islomning besh asoslaridan biridir. Zulhijja oyining 8 chisidan 13 chisigacha dunyoning turli chekkalaridan kelgan musulmonlar Haj ibodatini ado etishadi. Ular Alloh buyrug’ini bajarish va Ibrohim a.s.ning amallarini eslash uchun yig’ilishadi.
 
BAXORDate: Yakshanba, 16-Dek-2012, 16:09 | Message # 24
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Chaqimchilik jazosi
Abubakr ibn Abdulloh shunday hikoya qiladi:
Bir podshohning dono vaziri bor edi. Har kuni podshohning yoniga kirganda: «Yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya»,— derkan. Podshoh u vazirni hurmat qilardi. Ammo mulozimlardan biri u dono vazirni ko‘rolmasdi. Bir kun u hasadchi mulozim podshohga aytdi:
— Vaziringiz doimo sizni yomonlab: «Podshohning og‘zidan badbo‘y, sassiq hid keladi, yaqiniga borishga aslo toqat qila olmayman»,— deydi.
Podshoh hasadchidan:
— Bu so‘zingga dalil ko‘rsata olasanmi?—deb so‘radi.
Hasadchi: — Vazirni huzuringizga chaqiring, burnini tutib kirsa, to‘g‘ri so‘zlaganimni bilasiz,— dedi.
Nobakor mulozim podshoh yonidan chiqib, vazirning yoniga bordi, uyiga ziyofatga taklif qildi. Vazir mehmon bo‘lib kelgach, uni sassiq sarimsoq qo‘shilgan ovqat bilan ziyofat qildi. Vazir ziyofat tamom bo‘lgandan keyin hasadchining uyidan chiqib, to‘ppa-to‘g‘ri podshohning yoniga bordi. Podshoh: «Yaqinroq kel!» degach, vazir «tag‘in podshoh sassiq sarimsoq hididan behuzur bo‘lmasin» deb burnini tutib podshohga yaqinroq bordi. Podshoh buni ko‘rgach, mulozimning so‘zi to‘g‘ri ekaniga ishondi.
Podshohning bir odati bor edi: kimga iltifot yoki g‘azab qilsa, xat yozib muhrlab: «Bu xatimni mening saroyim boshlig‘i qo‘liga ber»-—deb xatni u kishiga topshirardi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib podshoh nima buyurgan bo‘lsa, uni amalga oshirardi.
Podshoh odati bo‘yicha xat yozib, muhrlab vazirga berdi, saroy boshlig‘iga topshirishni buyurdi. Vazir xatni olib ketarkan, yo‘lda hasadchi mulozim uchrab qolib vazirdan:
— Bu nima xat?—deb so‘rab qoldi. Vazir: «Podshoh menga qimmatbaho libos in’om qildi»,— dedi.
Chindan ham u shunday o‘ylagandi. Mulozim vazirga yalinib-yolvorib:
— Ikkimizning yaxshi tanishligimiz hurmati xatni menga bering, libosni men olay, bu esa sizning qilgan zo‘r iltifotingiz bo‘ladi, bu iltifotingizni hech vaqt unutmayman,— dedi.
Vazirning rahmi kelib, xatni unga topshirdi.
Hasadchi sevinib, xatni olib borib saroy boshlig‘iga topshirdi. Saroy boshlig‘i xatni o‘qib ko‘rib mulozimlariga:
— Bu odamni o‘ldiringlar, podshoh shunday buyuribdi, podshoh amrini darhol bajo keltiring!— dedi.
Saroy boshlig‘ining buyrug‘ini eshitib, hasadchi:
— Bu xat vazirga berilgan xat edi, men undan tilab olgandim!—deb dod-faryod qila boshladi.
Saroy boshlig‘i bu voqeani podshohga ma’lum qildi. Podshoh buni yaxshilab taftish qilgach, hasadchining sarimsoq qo‘shgan taom bilan vazirni ziyofat qilgani, vazir ehtiyot yuzasidan burnini tutgani podshohga ma’lum bo‘ldi, vazirning gunohsiz ekanini bilib, uning martabasini yana oshirdi.
Hasadchiga esa qattiq jazo berdi. Podshoh vaziriga:
— Har kuni yonimga kirganingizda birinchi so‘zingiz «yaxshilik qilganga yaxshilik qil, badkorga o‘zining badkorligi kifoya» deguchi edingiz, haq ekansiz, hasadchining badkorligi uning o‘z boshiga yetdi,— dedi.


 
BAXORDate: Chorshanba, 19-Dek-2012, 09:13 | Message # 25
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Тишланган тирноқчалар.

Бор эканда йўқ экан, бир-биридан аҳил ака-ука тирноқчалар яшар экан. Уларни Қайчи хола жуда яхши кўрар экан. Нега десангиз Қайчи хола тирноқчаларнинг тозалиги , озодалиги ва энг муҳими ўсиб кетмаслигини доимо назорат қилиб пардозлаб турар экан. Аммо тирноқчалар Қайчи холанинг ташрифидан ҳар дойим ҳам хурсанд бўлавермас эканлар.
- Уф, Қайчи хола намунча бизни тергамасалар “Ўсиб кетманг, озода бўлинг” деяверадилар-а!
- Нимасини айтасан,- деб гапга аралашибди иккинчи тирноқча,- Ҳаммамизни назорат қилсалар ҳам чарчамайдилар-а....
-Янги пардозчи топишимиз керак. Замонавий қилиб қўярмиди.
Тирноқчалар эълон ёзиб янги пардозчи қидира бошлашибди.
Бир куни Қайчи хола келса тирноқчалар хурсанд бўлиб бошларини кўрсатишибди.
- Сизга иш қолмади Қайчи хола!
- Нега ундай деяпсиз?
- Дилшод деган бола борку, ўша бизларни замонавий қилиб...
- Яна-чи, у ўсган қисмимизни тишлаб иштаҳа билан еб қўйди!.
Қайчи хола қараса барча тирноқчаларнинг боши ғадир-будир қилиб тишланган экан.
У ойнага қараб ўз аксларидан мамнун турган тирноқчаларга қараб афсус ила бош чайқабди.
- Дилшод жуда ёмон иш қилибди. Сизларни замонавий қиламан деб, ўз саломатлигига зиён етказганини билмабди-да! Ахир унинг ошқозони оғриши мумкин! Тирноқчаларни ҳам еб бўладими? Қолаверса бугун бўлмаса эртага сизларга ҳам микроб тушиб яра тошиб кетиши мумкин.
Тирноқчалар Қайчи холанинг куюниб айтган сўзларига эътибор беришмабди.
-Бошқа тирноқчаларга бораверинг! Биз энди фақат Дилшод билан дўст бўламиз.
Қайчи хола уларга гап тушунтира олмай кетиб қолибди.
Бир куни Қайчи хола улардан хабар олса тирноқчалар йиғлаб ўтиришган экан.
- Сизларга нима бўлди?- деб сўрабди у ахволни тушуниб турган бўлса ҳам.
Тирноқчалар бадтар йиғлаб юборишибди ва бошларини кўрсатишибди.
- Манавини қаранг, Дилшод бизларни тишлайвериб яра қилиб ташлади.
Қайчи хола тишланган ва микроблардан қизариб, шишиб кетган тирноқчаларга жуда раҳми келибди. Дарҳол шифокорни чақирибди...
Тирноқчалар аччиқ малҳамларни татиб, Қайчи холани бошқа хафа қилмасликка келишиб олишибди. Дилшод эса оғриган ошқозони ва малҳам сурилган тирноқчаларига қараб астойдил улардан кечирим сўрабди ва ҳеч қачон уларни тишламасликка сўз берибди.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:36 | Message # 26
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Podachi haqida hikoya




O'tgan zamonda bir karvonchi boy bo'lgan ekan. Uning aqlli bir o'g'li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo'lib, o'g'lini ham o'ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi. Ular safarga ketgach, ikki oydan so'ng domlaning xotin, bola-chaqalarini podshohning xotini ziyofatga chaqiribdi. Ular bilan birga qiz ham safarga tayyorlana boshlabdi.

O'tgan zamonda bir karvonchi boy bo'lgan ekan. Uning aqlli bir o'g'li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo'lib, o'g'lini ham o'ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi. Ular safarga ketgach, ikki oydan so'ng domlaning xotin, bola-chaqalarini podshohning xotini ziyofatga chaqiribdi. Ular bilan birga qiz ham safarga tayyorlana boshlabdi. Buni ko'rgan domla: — Siz, — depti qizga, — birovning omonati, men to'yga borishingizni ma'qul ko'rmayman.

Qiz noiloj domlaning uyida qolibdi. Tushga yaqin domla qizni chaqirib: — Uydagilar qaytmadi. Siz menga tahorat uchun suv hozirlab bersangiz, - debdi. Qiz oftobada suv keltirgan ekan, domla oftobadagi suvni olmay, qizning bilagidan tutib: — Meni qiynamang... - debdi.

Qiz qo'lidagi oftoba bilan domlaning peshanasiga tushirgan ekan, uning peshanasi yorilib ketibdi. U qon bilan ovora bo'lib qolibdi. Qiz fursatni g'animat bilib, domlaning qo'lidan qochib o'z hujrasiga kirib olibdi. Shu kuniyoq domla qizning otasiga: «Sizning qizingiz buzilib ketdi. Endilikda mening gapimga kirmay qo'ydi. O'zingiz bir chora ko'ring...» — deb xat yozibdi. Xatni olgan karvonchi o'z o'g'liga: «Borib singlingni o'ldirib, bir qoshiq qonini olib kel!..» — deb buyuribdi. Yigit kelib singlisini cho'lga olib chiqibdi, biroq o'ldirishga ko'zi qiymay:

— Singlim, sen o'z joningning g'amini ye. O'z kuningni o'zing ko'r. Men sening o'rningga birorta kuchuk topib, o'ldirib qonini olib boray, — deya uni qo' yib yuboribdi. Qiz cho'l kezib ketibdi.

Endi so'zni boshqa yerdan eshitaylik. Shu yerga yaqin bir shahar podshosining kelishgan bir o'g'li bor ekan. U vazirning o'g'li bilan ovga chiqib, qush solsa, qush uchib kelib bir buloq boshidagi chinorga qo'nibdi. Shahzoda buloq boshiga kelib qarasa, bir sohibjamol qiz yashirinib turgan emish. Shahzoda qizning qoshiga kelib:

— Siz odamzotmi yoki parizotmisiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz? — deb so'rabdi. Qiz boshidan o'tganlarni aytib beribdi.

— Undoq bo'lsa, — debdi shahzoda, — men sizga qiyomatlik yoldosh bo'lay.

Bu gap qizga ma'qul bo'libdi. Shahzoda qizni shaharga olib borib, qirq kecha-yu qirq kunduz to'y qilib uni o'z nikohiga olibdi. Oradan besh yil o'tibdi. Ular ikki farzand ko'rishibdi. Bir kuni qiz devorga chiqib qarasa, bir to'p karvon o'tib borayotgan ekan. Uni ko'rgan qiz otasini eslab yig'lay boshlabdi. Shu payt hovliga kirib kelgan shahzoda:

— Nega yig'layapsiz? — deb so'rabdi.

— Mening sizga tekkanimga besh yil bo'ldi. Siz bir bora ham mening otamni eslamadingiz. Otamni ko'rgim kelib qoldi, — deb javob beribdi qiz.

— Unda tayyorgarchilik ko'ring. Men vazirning o'g'lini sizga hamroh qilay, — debdi shahzoda. Uch kundan so'ng shahzoda vazirning o'g'li bilan malikani baquvvat navkarlar himoyasida otasining yurtiga kuzatib qo'yibdi. Ular bir hafta yo'l yurishibdi. Bir kuni tahorat olgani chiqqan vazirning o'g'li chodirning ichida o'tirgan malikaga ko'zi tushib, unga oshiq bo'lib qolibdi. Shu zahotiyoq niyati buzilib, kunni ming azobda kech qilibdi. Oqshom chog'i ular qo'nalg'aga qo'nishgach, malikaga odam qo'yibdi.

Malika: — Ikki bolam bor, ularning yuziga oyoq qo'yib nomusimni bulg'amayman, — debdi. Vazirning o'g'li bu kunni g'am bilan o'tkazib, keyingi qo'nalg'aga borganlarida kechasi malikaning chodiriga kiribdi. Malika ikki o'g'lini ikki yoniga olib yotgan ekan. U vazirning o'g'lining talabiga ko'nmagach, to'ng'ich o'g'lini bo'g'izlab o'ldiribdi. Yana qiyin qistovga olsa ham malika unamabdi. Vazirning o'g'li uning ikkinchi o'g'lini ham o'ldiribdi, malika hasrat o'tida yonib, oxiri bunday deb so'z beribdi:

— Bugun men tunni ikki o'g'limning motami bilan o'tkazay, ertaga sizning ixtiyoringizga o'tay.

Vazirning o'g'li chorasiz qolib, «ma'qul» deb, qaytib chiqib uyquga ketibdi. Malika ikki o'g'lini chodirning ichiga ko'mib, o'zi erkakcha kiyinib qochibdi. Vazirning o'g'li uyg'onib chodirga odam kiritsa, malika yo'q. Navkarlari bilan uni har qancha izlasa ham topa olmay, oxiri shahzodaning huzuriga qaytib:

— Sizning xotiningiz bir kechasi bizni uxlatib qo'yib, ikki o'g'li bilan yo'qolib qoldi. Har qancha izlasak ham topa olmadik, — debdi.

Shahzoda bu gapga ishonmay, qizni izlash taraddudiga tushibdi. Yana unga vazirning o'g'li hamroh bo'libdi. Shahzoda qizning otasi yashab turgan shaharning nomini eslab, uni so'rab-so'roqlab topib borgunicha oradan ancha vaqtlar o'tibdi. Nihoyat qizning otasi yashab turgan shaharni topib borib, bo'lgan voqealarni gapirib beribdi. Hammalari yig'i-sig'i qilganlaridan keyin, ovqatlangani o'tirishibdi. Qiz ham qochib kelib, otasining podachisiga uchrabdi. Oti bilan erkakcha libosini podachiga yechib berib, o'zi podachining liboslarini kiyib, uni ozod qilib yuboribdi. Otasiga sezdirmay poda boqib yurgan ekan, otasi unga ziyofat uchun bir qo'y keltirishni buyuribdi. Qizning otasi shu kungi ziyofatga podshoni, domlani chaqirgan ekan. Bazm rosa qiziganida o'tirganlar ertak talab qilishibdi. Na boydan, na podshodan bir ertak chiqmabdi. Ziyofatda pishir-tushirga qarashib yurgan podachi suratidagi qiz buni ko'rib:

— Shohimiz ma'qul ko'rsalar, men bir ertak aytib bersam, — debdi.

— Mayli, ayta qol, eshitib ko'raylik, — debdi podsho.

— Eshitganimni aytaymi, ko'rganimnimi? — debdi malika.

— Ko'rganingni ayt.

Malika boshidan o'tgan savdolarni ayta boshlabdi. So'z savdogarga yetganda, savdogar o'z ko'nglida «menga o'xshagan yana boshqa birov shundoq qilgan ekan shekilli», deb o'ylabdi. Domla ham, vazirning o'g'li ham, shahzoda ham shundoq deb o'ylashib
di. Oxirida qiz o'zini oshkor qilgan ekan, podsho vazirning o'g'li bilan domlani dorga osishga hukm qilibdi.[/size]




Message edited by ilyosbek - Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:39
 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:41 | Message # 27
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Qaldirg`och bilan beshiktervatar



Yozda bor ekan, qishda yo`q ekan. O`z bolalaridan qaldirqochning ko`ngli to`q ekan. U qishda hindiston, Afg`oniston kabi issiq mamlakatlarga uchib ketar ekan-da, bahorda yana O`zbekistonga qaytib kelarkan.Tumshug`ida loy tashib, xohlagan uyining to`siniga in qurarkan.Tuxum qo`yarkan. Bola ocharkan.



Qaldirg`och bilan beshiktervatar.

(ertak)

Yozda bor ekan, qishda yo`q ekan. O`z bolalaridan qaldirqochning ko`ngli to`q ekan. U qishda hindiston, Afg`oniston kabi issiq mamlakatlarga uchib ketar ekan-da, bahorda yana O`zbekistonga qaytib kelarkan.Tumshug`ida loy tashib, xohlagan uyining to`siniga in qurarkan.Tuxum qo`yarkan. Bola ocharkan.

Bolalariga juda mehribon ekan. Hech kim qaldirg`ochning uyini buzmas, bolalariga qo`l tegizmas ekan.

Kunlardan bir kun qaldirg`och o`rik shoxiga qo`nib, bolalari uchun yemish axtarayotgan ekan, bo`yni, oyoqlari uzun, ko`k ko`ylakli bir hasharotga ko`zi tushibdi. U qaldirhoch uni tanimapti.

-Oting nima? Nima ish qilasan?-deb so`rapti.

-Otim Beshiktervatar. Odamlarni chaqadigan chivin, qora pashshalarni yeb yuraman,-debdi yangi tanish.

-Sen ham odamlarga ziyon keltirmas ekansan,-jilmayib vijirlabdi qaldirg`och.-Kel, ikkalamiz o`rtoq bo`laylik.

-Juda yaxshi,-debdi xursand bo`lib Beshiktervatar.

Ikkalasi o`rtoq bo`lishib, inoq yashay boshlashibdi.

Bir kuni qaldirg`och polaponlariga og`zida ovqat olib kelsa, ular qiy-chuvlashib, dodlashayotgan emish."Bolalarimga nima bo`ldi ekan?" deya iniga yaqinlashib bunday qarasa, bir chipor ilon kenjatoyini yutayotgan emish. qaldirqoch bor ovoz bilan: "Bolalarimdan ajralib qolyapman, yordam beringlar, yordam!"-deb qichqiribdi.Chumchuqlar chirillab, qakkalar kakkilashibdi.

Biroq yordamga kelishmabdi. Shunda qaldirg`och Beshiktervatarning oldiga shamoldek uchib kelib,voqeani aytibdi.

-Tezroq meni tishla, uyingga olib bor,-debdi Beshiktervatar. Qaldirg`och o`rtog`ining belidan tishlab, yana shamoldek uchib, inining oldiga olib kelibdi. Ilon bu paytda qaldirg`ochning bir bolasini yeb bo`lib, zaharli tillarini cho`zgancha , ikkinchisiga hamla qilayotgan ekan. Birdan uning ko`zi Beshiktervatarga tushibdiyu qotib qolibdi. Beshiktervatar bir chang solib, ilonning o`ng ko`zini o`yib olibdi. Ilon shilq etib yerga tushibdi. Og`zini katta-katta ochib jon beribdi.

Ona qaldirg`och Beshiktervatardan juda xursand bo`libdi. Shundan beri ularning do`stligi buzilmas ekan.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:45 | Message # 28
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
Donishmand cho‘pon




O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U hamma narsadan ham otni yaxshi ko‘rar ekan. Kunlardan bir kun, podsho otxonaga kirib qarasa, otlari ancha oriqlab qolgan emish. Podsho otboqarini chaqirib:

— Otlar nima uchun oriqlab qoldi? — deb so‘rabdi. Otboqar podshoning g‘azabidan qo‘rqib:

— E janobi oliylari, otlaringiz bir necha kundan buyon yem-beda yemay, zo‘r berib kishnaydilar. Shahardan chetroqda boshqa otlar bo‘lsa kerak. O‘sha otlarning ovoziga bular beda yemasdan qo‘ygan bo‘lsalar kerak, deb o‘ylayman, — debdi

Podsho o‘ng qo‘l vazirini chaqirib:

— E dono vazir, navkarlar bilan shahar tashqarisiga chiq, boshqa otlarni kishnab otlarimning tinchligini buzmaydigan qilib kel! — debdi. Vazir podshoga ta’zim qilib:

— E, podshohim, farmoningiz bekamu ko‘st o‘z yerida qaror topgay, — deb navkarlari bilan shahardan tashqariga chiqib ketibdi, yurib-yurib, shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim narida bo‘lgan bir toqqa yetibdi. Toqqa chiqib ko‘rsalar, bir cho‘pon yilqilarini o‘tloqqa qo‘yib, o‘zi bir katta xarsang toshning ustida cho‘zilib yotgan emish. Vazir cho‘ponning oldiga borib:

— E, ahmoq cho‘pon, hamma yilqilaringni o‘tloqqa qo‘yib yuborib, kishnatib, ularning ovoziga mast bo‘lib yotibsan. Shaharda bo‘lsa sening otlaringning kishnashini eshitib, podshoning otlari beda yemay ozib qolmoqda. Men senga tezda otlaringning og‘izlarini bog‘lab qo‘yishni buyuraman. Agarda buyrug‘imdan bo‘yin tovlar ekansan o‘zingni jallodga, otlaringni podshoga tortiq qilaman, — debdi.

Cho‘pon hayron bo‘lib, noiloj vazirning aytganlarini qilishga majbur bo‘libdi, yilqilarning og‘izlarini latta bilan bog‘labdi. Keyin otlarini bu falokatdan qutqazish yo‘lini o‘ylab, u bir qarorga kelibdi. Yaylovda yurgan bir katta tuyani va soqoli ikki qarich keladigan bir takani ushlab kelib, dadasidan qolgan bir eski kamon bilan o‘qlarini olib, shaharga qarab ravona bo‘libdi. Cho‘pon shahar qal’asidan ichkariga kirib, rastaga boribdi. Rastada nog‘ora chalib o‘tirganlarning nog‘orasini otib yora beribdi. Nog‘orachilar cho‘ponning bu ishidan sarosimaga tushibdilar, o‘rdaga borib cho‘ponning ustidan arz qilibdilar. Podsho o‘z yonidagi vaziriga cho‘ponni ushlab, huzuriga keltirishni buyuribdi. Vazir navkarlar bilan shahar bozoriga borib qarasa, tuyaga minib, bir takani o‘ngarib olgan bir cho‘pon yigit duch kelgan nog‘orani kamon bilan otib yorayotgan emish. Vazir navkarlariga:

— Bu beboshni ushlanglar! — deb buyuribdi. Navkarlar cho‘ponni tuyadan tushirib, qo‘lini orqasiga bog‘lab, tuyasi bilan takasini yetaklab, podsho huzuriga olib kelibdilar

Podsho cho‘pondan:

— Sen kimsan, nima uchun shahar nog‘orachilarining og‘oralarini otayotibsan? — deb so‘rabdi.

Cho‘pon:

— Men shahar yaqinidagi tog‘da yashovchi xalqdan elchi bo‘lib keldim, — debdi

Podsho cho‘ponning ustidagi eski choponiga, oyog‘idagi yirtiq chorig‘iga tikilib, elchiligiga ishonmabdi:

— Elchilik qilishga sendan boshqa tuzukroq odam yo‘q ekanmi? — debdi. Cho‘pon hayron bo‘lib, podshodan so‘rabdi:

— Sizga qanday tuzukroq odam kerak? Men ham oyoq-qo‘lli odamman-ku, — debdi. Podsho g‘azablanib:

— Men sendan kiyimi yangiroq, bo‘yi balandroq, soqoli uzunroq odam yo‘q edimi, deb so‘rayapman, — debdi. Cho‘pon javob berib:

— Sizga bo‘yi baland, kiyimi yangirog‘i kerak bo‘lsa, mana mening tuyam, u yaqinda tullagan, bo‘yi ham baland. Agarda soqoli uzunrog‘i kerak bo‘lsa, mana mening takam, naq soqoli ikki qarich. Agar sizga aqlliroq odam kerak bo‘lsa, mana mening o‘zim. Menga har qancha savolingiz bo‘lsa beravering, — debdi.

Podsho cho‘ponning bu javobidan keyin:

«— Hay mayli, bo‘lmasa sen elchi ekansan, nima uchun shahardagi nog‘oralarni yorib tashlading? — deb so‘rabdi.

Cho‘pon:

— Shaharingizda har kuni nog‘ora chalinadi. Nog‘ora ovoziga bizning yaylovdagi yilqilarimiz hurkib, tek turmay qo‘ydilar. Nog‘oralarning ovozini o‘chirsam zora yilqilarim tek tursalar, deb ko‘ringan nog‘oralarni yora berdim, — debdi.

Podsho cho‘ponning javobidan kulib:

— Shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim uzoqda bo‘lgan otlarning nog‘ora ovoziga tek turmasliklari hech aqlga to‘g‘ri keladimi? Bu bo‘lmagan gap, — debdi. Cho‘pon ham podshodan:

— Shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim narida bo‘lgan otlarning kishnashiga shahardagi otlarning beda yemasdan oriqlashlari hech aqlga to‘g‘ri keladimi? — debdi.

Podshoning o‘ng qo‘l vaziriga bergan buyrug‘i esiga tushibdi. Bu cho‘ponni so‘z bilan yenga olmasligiga aqli yetib, cho‘ponga:

— Tila tilagingni! — debdi. Cho‘pon:

— Agar loyiq ko‘rsangiz, menga shu shahardan besh ho‘kiz terisidek yer bersangiz, — debdi.

Podsho cho‘ponning tilagini nazariga ilmay, munshisiga qarab:

— Bu cho‘ponning nomiga mening tarafimdan «besh ho‘kiz terisidek yer berilsin», deb vasiqa qilib ber! — debdi.

Munshi vasiqa yozib muhrlatib beribdi. Cho‘pon vasiqani olib uyga qaytibdi.

Cho‘pon o‘zi singari uch-to‘rtta do‘stini yig‘ib, ularga bo‘lgan voqeani aytib berib, so‘ngra:

— Endi men bir ish qilaman, hamma hayron qoladi, — debdi. Cho‘ponning o‘rtoqlari:

— Qanday ish qilmoqchisan? — deb so‘rabdilar. Cho‘pon:

— Hammamiz bir bo‘lib, beshta ho‘kiz topishimiz kerak. So‘ngra men sizlarga qiladigan ishimni aytaman, — debdi. Cho‘ponlar bittadan ho‘kiz olib kelibdilar. Beshta ho‘kizni so‘yishibdi. Terilarni bir chekkasidan kanop ip qalinligida qilib qirqibdilar. Teri iplar tayyor bo‘lgandan keyin, iplar bilan birga bir qancha qoziqchalar olib shahar qal’asiga kelishibdi. Qal’a bo‘ylab qoziqlarni qoqib qoziqlarga teri iplari bog‘lab, shaharni aylantirib chiqibdilar. Besh ho‘kiz terisidan qilingan ip shaharni aylantirib chiqishga yetibdi-yu, shu bilan tamom bo‘libdi.

Cho‘pon o‘rtoqlari bilan shu ishlarni qilib bo‘lgandan keyin qo‘liga podsho tomonidan berilgan vasiqani olib, podsho oldiga boribdi. Cho‘pon ta’zimni bajo keltirgach, podshoga qarab:

— Ey podsho, o‘z farmoningizdan qaytmaysizmi? — debdi. Podsho:

— Muhrim bo‘lsa qaytmayman, — debdi. Cho‘pon qo‘lidagi vasiqani ko‘rsatib:

— Mana shu vosiqaga binoan shu shahar butun xalqi bilan meniki bo‘ldi, — debdi.

Podsho hayron bo‘lib:

— Bu so‘zni qanday asos bilan aytasan? — debdi. Cho‘pon javob berib:

— Agar mening asosimni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz men bilan shahar tashqarisiga chiqing, — debdi.

Podsho cho‘ponning so‘zini qabul qilib, butun amaldorlari bilan shahar qal’asiga chiqibdi. Podsho cho‘ponga.

— Qani, asosingni ko‘rsat? — debdi.

Cho‘pon podshoni boshlab shahar qal’asini aylantirib, teridan qilingan iplarni ko‘rsatib, shaharni aylanib chiqqanlaridan so‘ng, o‘rtoqlariga hamma teri iplarni yig‘ishtirib chiqishni buyuribdi. O‘rtoqlari iplarni yig‘ishtirib kelgandan so‘ng, cho‘pon har bir ho‘kiz terisining rangiga qarab boshqa-boshqa qilib ajratib, teri iplarni qirqilib olingan joylariga qo‘yib, har bir ho‘kiz terisini o‘z holiga keltirib podshoga ko‘rsatibdi. Podsho cho‘ponning aqliga qoyil qolib, o‘zining bergan vasiqasini qaytarib olishga amaldorlardan uyalib, cho‘ponga:

— Bor, senga shu shaharni berdim, — deb o‘zi shahardan cho‘l tomonga chiqib ketibdi. Podsho amaldorlari o‘sha yerda cho‘ponga podsholik tojini kiydirib, karnay-surnaylar chaldirib, o‘rdaga kelishibdi. Shunday qilib cho‘pon shaharga podsho bo‘libdi. Yordamlashgan to‘rtta cho‘ponni o‘ziga yordamchi qilib, ularni yaramas amaldorlar o‘rniga tayinlabdi. Zindonda yotgan begunoh kambag‘allarni ozod qilibdi. O‘zi odil podsho bo‘lib, murod-maqsadiga yetibdi


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:47 | Message # 29
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
BO’RI NEGA TERISIDAN AJRADI?



Bir falokat yuz berib hayvonlar shohi- yo’lbars og’ir kasalga chalinib qolibdi. U o’z g’orida yotib, shunaqangi og’irarkanki, o’rmonning narigi chetida yashaydigan quyon qo’rqqqanidan shalpangquloqlarini panjalari bilan yopib, qayerga qochishini bilmay qolarkan.

O’rmondagi jonivorlarning o’z hukmdorlariga dori izlab, yelib-yugurishlaridan biron naf chiqmabdi. Kundan kunga yo’lbarsning ahvoli og’irlashaveribdi. Shunda hayvonlar shohininh bosh vaziri bo’lmish bo’ri hukmdor bilan vidolashish fursati yetganini e’lon qilibdi. To’lbars yashaydigan g’ordan kun bo’yi hayvonlar oyog’i uzilmabdi. Har biri kirib, ta’zim bajo qilarkan, uning tezroq shifo topishini tilarkanlar.

Oqshomga borib, shoh huzuriga bitta hayvondan bo’lak hamma kelib-ketgani ma’kum bo’libdi. Shoh ziyoratiga birgina sariq tulki kelmagan ekan. U doim bo’rining ustidan kulib, bosh vazirimiz eng jaydari itga o’xshaydi, deb yurgani sababli bo’ri unga ichida kek saqlab yurarkan. Tulkining kelmaganini aniqlagan bo’ri g’orga kirib boribdi:

- Ey buyuk shoh! Qo’l ostingizdagilarning barchasi oyog’ingizga bosh urib, sizga sihat va salomatlik tilashdi. Faqat bittagina hayvon o’z burchini unutdi va huzuringizga kelishdan bosh tovladi.

- Kim ekan u?- o’kirdi yo’lbars. – Kimligini ayt menga hozir!

- Ey adolatli shohim, bu tulkidir. Ha, u o’limga loyiq!

- To’g’ri. Uni topgin-da, tilka-tilka qilib tashla, vassalom!

Suyunib ketgan bo’ri g’ordan otilib chiqibdi-da, tulki yashaydigan tomonga qarab ketibdi. Tulki esa bu paytda g’orga bekinib olib, u haqda bo’ri nimalar deganini eshitib yotgan ekan. Bo’ri ko’zdan g’oyib bo’lgach, tulki g’orga kirib, betob shohga odob bilan salom beribdi.

- Seni kim kiritdi buyoqqa?- qichqiribdi yo’lbars.-Sen meni ziyorat qilmaslikka qanday jur’at etding?

Tulki mayin ovozda so’zlabdi:

- Cho’ringiz ne sababdan kechikkanini eshiting, ey ulug’ shoh. Barcha jonivorlar allaqachonoq huzuringizga kelib, sizni ziyorat qilib ketishibdi. Ammo ularning birontasi sizga shifobaxsh dori keltirmabdi va sizning mushkulingizni oson qilish haqida o’ylab ham ko’rmabdi.

- Bu gaping rost,- debdi yo’lbars.- Ularning birontasi bu haqda g’ing deyishmadi.

Tulki davom etibdi:

- Hol-ahvol so’rab qo’yish- qiyin ish emas, ammo bundan hali hech kim tuzalib ketmagan. Men kecha-yu kunduz o’ylab, sizni sog’aytirish yo’llarini izladim. Ko’plab mamlakatlarga bordim, mashhur tabiblarga uchradim-da, kasalingizni daf qiladigan dorini topdim. Shu sababli huzuringizga kechikib qoldim, ulug’ shoh.

Bu so’zlarni eshitgan hukumdor suyunganidan hayqiribdi:

- Bo’ri hukmi bajarishga ulgurolmagani qanday yaxshi bo’libdi, Qani tezroq dorini ber, agar undan naf topdsam, seni bosh vazir etib tayinlayman.

Tulki shunday debdi:

- Mashhur hind tabibiga duch kelgunimcha o’nlab yurtlarni kezdim. Undan mening hukmdorim, tog’lar va o’rmonlar shohi sog’lom va baxtiyor bo’lmog’I uchun nima qilmog’I lozimligini so’radim. Taniqli tabib shunday dedi:

- Yo’lbars o’n kun davomida kechasi uxlaganda bo’rining terisini yopinib yotsin- o’shanda u yana sog’lom bo’ladi.

Tulki shu so’zlarni aytarkan, shohga ta’zim bajo keltiribdida, g’orni tark etibdi. Yo’lbars esa shu zahotiyoq bo’rini topib, terisini shilib olishni buyuribdi. Bo’ri terisiga o’ranib olgan o’rmonlar shohi tuzalib, ketishini kuta boshlabdi. Tulki esa bu orada ko’ch-ko’ronini yig’ishtiribdi-da , boshqa o’rmonga ko’chib ketibdi.

Yo’lbars o’n kecha-yu o’n kunduz bo’ri terisini yopinib yotibdi, ammo ahvoli o’nglanmabdi. U tulkining laqillatib ketganini anglaganda kech bo’lgan ekan: o’rmonni qancha kezishmasin, tulkini topisha olmabdi.

Bo’ri esa qilmishiga yarasha jazosini olibdi; ha, kimki birovni qaqshatishni istasa, o’zi “ terisi” dan ajralarkan.


 
ilyosbekDate: Yakshanba, 23-Dek-2012, 10:48 | Message # 30
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status:
ТИПРАТИКАН ВА ДЕНГИЗ



Ўрмонда Нина Типратикан яшар экан. Унинг печкали ўйи, сариқ қўзиқориндан лампочкаси ва озиқ-овқат тўла омбори бор экан. Лекин шунга қарамай Типратикан яна ниманидир хоҳлар экан...

— Тинчим йўқ, мана бу ерим ғалати бўлиб кетяпти,— деркан у Бўтакўзга кўкрагини кўрсатиб.— Денгизга боргим келяпти.

Бўтакўз умрида денгизни кўрмаган экан, шунинг учун ҳам:

— Ҳой Типратикан, сен бекордан-бекорга қайғураверма! Қарагин, мен қандай чиройлиман, анави қарағайларнииг баландлигини кўр, қушларнинг сайрашини эшитгин! Иннайкейин бу ерда ҳамма сени билади ва яхши кўради.

Аммо Типратикан кундан-кунга баттарроқ қайғурибди.

— Денгизга боргим келяпти!—ҳасрат қилибди у Чумолига.

— Денгиз ўзи қанақа?—сўрабди Чумоли.

— Каттакон. Аммо мен уни кўрмаганман. Кунлардаи бнр кун саҳар чоғи уйидан чиқиб, денгизга кетибди. Қўлида — таёғи, елкасида — озиқ-овқатлар...

Даставвал у ўрмон оралаб кетибди, тепасида қушлар сайрашибди, оёғи остида шудрингдан ҳўл бўлган ўтлар шитирлабди. Кейин ўрмон тугаб, Типратикан бир дарёнинг олдидан чиқиб қолибди.

— Ҳей!— қичқирибди Типратикан.

Дарё бўйлаб «Ҳей-ҳей-ҳей!» деган овоз таралибдп.

— Нимага бақирасан?—сўрабди учиб келиб Ўрдак.

— Нариги томонга ўтишим керак,— дебди Типратпкан.

Шунда Ўрдак уни елкасига миндириб нариги қирғоққа ўтказиб қўйибди.

Типратикан йўлида давом этибди.

Энди у кенг ўтлоқ бўйлаб юрибди. Чигирткалар чириллар, ниначилар визиллар, қаердадир осмонда тўрғай сайрар экан...

Типратикан йўл юриб, йўл юрса ҳам мўл юриб денгизга етиб борибди.

— Салом, Денгиз!!—дебди Типратикан. - Салом, Типратикан!—дебди Денгиз.

Тўлқин югуриб келиб, вашиллаб қирғоққа урилибди, шағал тошлар устидан қайтаётиб шилдирабди.

Типратикан ҳам бир қадам олдинга юриб «ваш-ш-ш!..» дебди, орқага қайтиб, «ш-ш-шил-дир!..» дебди.

— Мен сенга ўхшайманми-а?—деб сўрабди.

— Жуда!—дебди Денгиз. Тўлқин яна қирғоққа урилибди.

Кун бўйи Типратикан Денгиз билан ўйнабди: дам сувнинг олдига югуриб бориб, дам орқага қайтибди.

Қоя остидаги қумда ғужанак бўлиб ухларкан, у ўзини тўрт оёқли кичкина денгиз ҳис қилиб, ниналарини гоҳ тиккайтар, гоҳ ётқизаркан.



 
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Search: