Ertak va hikoyalar aytamiz
|
|
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:13 | Message # 46 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Qaldirg’och
— Ey, sen bola, nima qilyapsan?!
Akrom otasining serzarda ovozidan cho'chib ketdi. Dovdiragan ko'yi pastga tushdi.
— Daraxt tepasida nima qilib o'tiribsan, deb so'radim sendan. Boshqa zaril ishing yo'qmi? — deya Qiyom aka o'g'lini tag'in qiyin qistovga oldi. Akrom arang pichirladi.
Akrom erta-yu kech dalada ishlovchi otasining badjahl, tajang fe'lini yaxshi biladi. Shu bois ham botinib unga biror narsa deyolmadi. Faqatgina o'pkasi to'lib, ko'zlariga yosh quyilib keldi, xolos.
Qiyom aka shunchaki yo'liga do'q-po'pisa qilib ketmagan ekan. U kechga yaqin daladan qaytgach, uy tevaragiga jiddiy razm solib qaradi. Yopib qo'yilgan eshik-derazalar atrofida bezovta charx urib uchayotgan, ichkariga kirishga behuda urinayotgan qaldir-g'ochlami ko'rib, ko'ngli joyiga tushganday bo'ldi.
— Ana, bu boshqa gap, — deb qo'ydi u hovlidagi chorpoyaga xomush suyanib turgan Akrom tomon bosh irg'ab.
Akrom indamay yerga qaradi. Uy ichkarisiga kirolmay, bezovta tarzda charx urayotgan qaldir-g'ochlarga uning juda-juda rahmi kelardi.
Bola chidayolmadi, kechqurun otasining buyrug'ini momosiga aytib berdi. Momosi ham o'g'lining bu qilig'idan afsuslandi. Kechki ovqat payti momosi o'g'liga noto'g'ri yo'l tutayotganini aytdi. Ammo Momo nevarasiga "Endi ilojimiz yo'q, shekilli", deganday bosh chayqab qarab qo'ydi.
Ertasi kuni g'alati bir voqea yuz berdi. Endigina maktabdan qaytgan Akrom tushlik qilib, sport to'garagiga otianib turardi. Momosi chorpoyada burni ustiga ko'zoynagini qo'ndirib allanimalarni tikib o'tirardi. Onasi odatdagidek oshxona yumushlari bilan band. Shu payt Qiyom aka daladan kelib qoldi. Ketmonini bir chekkaga qo'yib, chorpoya tomon yurdi. Bir mahal havoda uchib yurgan qaldirg'ochlar Qiyom akaning atrofida charx ura bosh-I, ladi. Ular go'yo Akromning otasiga hujum qilisha-O—^ yotgandek edi.
— Ob-bo, yaramaslar-ey, — deb po'ng'illadi Qiyom aka qo'llarini u yon-bu yon siltab, qushlardan himoyalangan bo'lib, — meni cho'qilamoqchi bular!
Ammo qaldirg'ochlar battar «vijir-vijir» qilib ,- Qiyom akaning yon-verida charx urishda davom etishardi. Akromning otasi qushlarga otish uchun biror narsa izlab yerga engashdi. Shu payt uning chaponi yoqasidan allaqanday xunuk, qop-qora quit sidrilib yerga tushdi. Qaldirg'ochlardan biri chapdastlik bilan yer bag'irlab, tag'in o'rmalay boshlagan xunuk hasharotni cho'qilab tashladi.
Qiyom aka hangu-mang qotib qolgan edi.
— O'lishimga sal qoldi-ya, — dedi u arang g'udranib, — choponim yoqasida qoraqurt bor ekan, bugun eski chaylani buzgandik, bu gazanda o'sha joydan menga ilashgan. Qaldirg'ochlarga rahmat-ey, ular meni qutqarishdi!
Momo mamnun bosh irg'adi.
Akromjon eshik-derazalarni ochish uchun chopqillab ketdi.[/c]
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:15 | Message # 47 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Alomat bilan Salomat
Nihoyat adalari ularga ikkita quyoncha olib berdi. Yumshoqqa qo'shni qilib ularga ikki xonali uycha qurishdi. Birinchi xonasida ovqatlanishadi,ikkinchi xonada esa uxlashadi, - dedi adasi Sardorning hayron bo'Iayotganini sezib.
Quyonchalar juda chiroyli, ikkalovi ikki xil. Ularning biri oppoq, ko'zlari Alomat darrov to'xtab orqasiga, Sardorga qaradi. Lekin joyidan jilmadi.
— Hoy, lokator, nima, gajfga fushunmaysanmi, tezroq kel. Agar o'zim borsam kaltak yevsan, - jahli chiqdi Sardorning.
Alomatning o'jarligidan Salomat xijolat tortdi. Keyin "Qo'yaver o'sha quloqsizni" deganday Sardorning qo'llarini, yuzini yalab yulqadi.
Bor-ey, hammayogimni shilta qilib tashlading, shalpangquloq, Akang meni xafa qnm; endi o'zidan ko'rsin, - u yugurib borib, Alomatning bo'ynidan qisib ushladi-da, qafasiga qamab keldi. Birdan Salomat xomush tortib qoldi, o'tlamay ham qo'ydi. Sardor zerikdi. Salomatni uychasiga olib kirdi, Alomat ichkari xonada ekan. Sardor uyning iigagini soldi. Keyin Salomatga ikkita sabzi tashladi.
- Aytganimni qilganingda, sen ham sabzi yegan bo'larding, - dedi Sardor ko'zini mo'ltillatib, labini qimtib turgan Alomatga musht do'laytirib...
Quyonchalar yonma o'tirishib "nonushta" qilishyapti.
- Voy shalpangquloq-cy, akangga rahming kelibdi-da, eshikni qanaqa qilib ochding? -hayron bo'ldi Sardor. Salomat bo'lsa " endi, bu biz-da" deganday bir irg'ishlab Sardorning yoniga keldi, keyin yugurib borib akasiga surkaldi.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:16 | Message # 48 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Iste’dodning tug’ilishi
Ustoz shunday chiroyli o'qirdiki, butun sinf unga mahliyo edi. Shu topda kimningdir ko'zi namlandi. Kimdir yonidagi sinfdoshini beozor turtib: "Kim yozganiykin?" dedi pichirlab. Ustoz biroz tin oldi-da, daftarni yopib, stol ustiga qo'ydi. O'quvchilar esa hamon uning girdobida edilar, unga maftun edilar. Tinchlikni ustozning o'zi buzdi va o'tirganlardan ohista so'radi:
- To'g'ri.
— Men ham aytay, — deya ^ o'rnidan turdi Abbos, —
do'stlik hamma narsadan ustun turadi. Uni as-rash kerak, demoqchi.
Bolalar g'uvillab ketishdi.
— O'rtoqlik kuchli, — deya xulosaga kelishdi ular, — o'rtoqlik asta-sekin do'stlikka aylanadi.
Butun dars do'stlik mavzusiga aylanib ketdi. Bu mavzudagi inshoning shu darajada muhokama qilinishini ustozning o'zi ham kutmagan edi...
— Yo'q, Xudoyberdi To'xtaboyev. Ustoz kim kimni aytsa, qo'yib berdi.
— Topdim, — dedi oxiri qizlardan biri. —Maylimi yozuvini ko'rsam.
Ustoz daftarni ochib, yozuvni hammaga ko'r-satdi. U shunaqangi chiroyli yozilgan edi-ki... Hamma bir-biriga qaradi-yu, lekin topdim, degan qiz ham hatto botinib bir narsa deyolmadi.
— Sizga aytsam, talant — bu qobiliyat degani. U hammada ham bo'lavermaydi. Uni qadrlash, ehtiyot qilish lozim. Bunday odamlar o'z ishtiyoqi, o'z odobi va mehnati bilan ajralib turadi.
Ustoz sinfdoshlarga bir-bir qarab oldi-da:
— Buni... Oygul yozgan, — dedi. Ustoz Oygul ismini shunday mehr bilan aytdiki, buni o'zi ham kutmagan edi. Chindan-da unda bitilgan so'zlar faqat shu o'quvchidan chiqishi mumkin edi.
Sinf birdan "g'uv" etib ketdi va yana birdan suv quygandek jimib qoldi. Ustoz insholarni ega-egalariga qaytardi. Hammaning bahosi o'ziga yarasha edi. Hammabaribir Oygul yozganini o'z ko'zi bilan ko'rgisi kelardi. Qaysidir bola shubhalanib sal ishonqiramay, dedi:
— Ustoz, siz maqtayapsiz-u, ehtimol u yer- bu yerdan ko'chirgandir.
Sinf yana g'uvillab ketdi. Dars boshlangandan beri har galdagidek indamay o'tirgan Oygul shoshmay o'rnidan turdi:
— To'g'ri, o'qiganlarimning ta'siri bo'lishi mumkin. Lekin vijdonimni o'rtaga qo'yib aytamanki, o'zim yozganman.
Hech kutilmaganda bolalar qarsak chalib yuborishdi. Bunday holat sinfda hech qachon bo'lmagan edi.
— O'zi o'qib bersin, — deb qolishdi sinfdoshlar.
Oygul maktabdagi yig'inlarda she'r o'qiganda hammaning unga havasi kelardi. U daftarini olib joyiga o'tirmoqchi edi, ustoz to'xtatdi:
Oygul daftariga bir ko'z yugurtirdi-da, tamo-man boshqa ohangda, tamoman boshqa uslubda o'qiy boshladi. U o'qigani sari har bir so'zining mag'zi chaqilar, har bir so'zining hayajoni sinfdoshlari qalbiga kirib borardi. U go'yo sahnadagi aktrisa edi. Yo'q-yo'q, u buni ataylab, o'zini ko'rsatish uchun qilmasdi. So'zlar jilosi, so'zlar quyuni uni shu yoiga boshlardi. U o'zi uchun, o'zining to'lqin urib turgan yuragi uchun o'qirdi. Yuragi esa, atrof bilan chambarchas bog'liq edi. Shu lahzalarda oddiy maktabning oddiy sinfida oddiy bir navqiron ijodkor paydo bo'layotgan edi. Shu daqiqalarda oddiygina maktabning oddiygina sinfida ijodkor tug'i-layotgan edi. Ammo buni na ustoz, na sinfdosh-lar va na Oygulning o'zi anglab yetmayotgan edi. Hali bu noyob iste'dod g'uncha tugishi, gullashi, elga manzur asarlar yaratishi uchun necha-necha yillar, bu yillarning pastu baland sinovlari-yu kurashlari va uning sadoqatli onlari kerak edi...
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:17 | Message # 49 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| G'O'LA Ayiq, Bo'ri va Tulki g'o'la tashiydigan bo'lishibdi. Ayiq g'o'lani bosh tomonidan, Bo'ri oxiridan, Tulki esa o'rtasi-dan ko'tararkan. Ish qizigandan qizibdi. Ayiq bilan Bo'ri g'o'lani ming mashaqqat bilan ko'tarishar, Tulki esa xo'jako'rsinga o'rtada likillab borib kelarkan. Buning usti-ga g'o'lani o'zim ko'taryapman, deb maqtanarkan. «Ayiq bilan Bo'ri g'o'lani shunchaki nomigagina ko'tarishadi, hamma og'irlik o'rtada bo'ladi» deb og'iz ko'pirtirarkan. Ayiq bilan Bo'ri bu so'zlarga parvo qilmay indamay ish-lab yuraverishibdi. Lekin Tulki maqtanishdan bir zum ham tiyilmabdi.
Bir kuni Ayiq bilan Bo'ri og'irdan og'ir g'o'lani zo'rg'a ko'tarib borishayotganda, o'rtada likillab borayotgan Tulki yana maqtanib qolibdi. Shunda alam qilib ketgan Ayiq bilan Bo'ri «ol, ana ko'tar» deb g'o'lani tashlab yu-borishibdi. Maqtanchoq Tulki zil-zambil g'o'laning ostida qolib, til tortmay o'libdi.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:18 | Message # 50 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Tuyakashning da`vosi
Qadim zamonlarda bir tuyakash yashagan ekan. Keng sahrolar, poyonsiz cho'llar, o'rkach-o'rkach qum barxanlari uning vatani ekan. Tuyasi karvonlarning yukini tashib berarkan. Bergan pullari ro'zg'origa madad bo'larkan, tuyasi har ikki yilda bir bora tug'ib berarkan, suti tuyakashning bolalariga ovqat bo'larkan. Butun oilaning ovunchog'i ham shu tuya ekan.
Kunlarning birida tuya yo'qolib qopti. Tuyakash iztirob chekib, uni izlab keng sahrolarni, poyonsiz cho'llarni, o'rkach-o'rkach qumlar ortini ko'p axtaribdi. Tuyadan darak bo'lmabdi. Karvon-saroylarga boribdi, saroybonlardan so'rabdi, «Ko'rganimiz yo'q», - deyishibdi. So'roqlab qishloqdan-qishloqqa o'tibdi, molbozorlarga boribdi. Qassobxonaga duch kelib qolibdi. Qarasa, har xil go'shtlar ilingan emish. Sinchiklab qarab, to'satdan tuyaning go'shtini tanib qolibdi. Qanordagi go'shtini yulib olib, bag'riga bosib: «Bu mening tuyamning go'shti, meniki, meniki»,- deya dod solibdi. Qassob uni urib haydamoqchi bo'lgan ekan, battarroq dodlabdi. Olomon to'planibdi, gap-so'z ko'payibdi, birov tuyakashning yonini olibdi, birov qassobning yonini olibdi. Shunda aqlli bir odam:
«Yaxshisi, yurt qozisiga murojaat qilish kerak»,-degan gapni aytibdi. Bu fikr ikkiga bo'linib, talashib-tortishayotgan odamlarga ma'qul bo'libdi. Odamlar gurillab qozining huzuriga jo'nashibdi. Qozi tuyakashdan: «Hayvonlarni goho tirikligida tanish qiyin bo'ladi-yu, sen qanday qilib, shu go'shtlar tuyangniki ekanligini bilding? Da'voingni isbotla,bo'lmasa besh darra urishga buyuraman»,- debdi.
Ey taqsiri olam,- debdi tuyakash, mening tuyam urg'ochi edi. Uch marta bolalagan edi. Suvsiz, yantoqsiz sahroda har bir bolasini yalab-yulqab katta qilguncha adoyi tamom bo'lardi. Jigaridan qonlar oqib teshikcha hosil qilardi. Ana qarang, jigarida uchta teshik bor. Tuyakashjigarni boshi uzra baland ko'tarib, undagi teshiklami ko'rsatibdi. Yurt qozisi qassobga: «Sen tuyani qayerdan, kimdan olgansan. Rost so'zla, yolg'on so'zlasang, besh darra urishga buyuraman»,- debdi.
Ey taqsiri olam,- deb gap boshlabdi qassob, kecha kechasi bir kishi eshigimni qoqdi. Ochsam, novcha bir odam tuya yetaklab turibdi. Shuni oling, qancha bersangiz ham roziman, shoshib turibman, dedi. Olloh guvoh, men tuyani, yarim bahosiga sotib oldim, - debdi.
Tuyakashning da'vosi isboti bilan ekanligini aqlli, donishmand qozi darrov fahmlabdi. Ha, onalar bolalarini katta qilguncha goho adoyi tamo bo'ladilar, xunob bo'ladilar, jigariga teshik tushadi, - deb o'ylabdi. Qassobga: «Go'shtni sen ol, tuyakashga bir urg'ochi tuya olib v-berasan», - deb buyuribdi.
To'planganlar yurt qozisining hukmidan rozi bo'lishibdi.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:19 | Message # 51 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Sher Kutilmaganda o'rmonda g'ala-g'ovur boshlanibdi. O'rmon shohi Sher na'ra tortar, qo'liga tushgan hayvonni tilka-pora qilardi. Bundan Tulkivoy ham sarosimaga tushib qoldi.
Nima gap, — deb Tulki Zag'izg'onga murojaat qildi.
Ey, mallavoy, ish chatoq, — dedi Zag'izg'on, — o'rmondagi hayvonlar shohimizni hurmat qilmay qo'yishibdi, shunga darg'azab.
Hmm, — debdi Tulki tumshug'ini ko'tarib, — unda meni qo'rqadigan yerim yo'q ekan.
Shu payt Tulkining yonidan Qoplon o'tib qolibdi.
Hay, Tulki, — debdi u shoshgancha, — qoch, Sher darg'azab, ko'ringanni kunini ko'rsatyapti.
Boraver, Sherdan sen qo'rqasan, men qo'rqmay-man, — debdi Tulki. Sal o'tmay rangi-quti o'chgan Bo'ri kelib qolibdi.
Hoy, beburd, qoch, bu gal ayyorliging o'tmaydi, Sher naq qomingni yorib tashlaydi, — debdi.
— O'taver, meni Sherdan qo'rqadigan joyim yo'q. Ayiqpolvon ham kelib:
Hoy, Tulki, vaqt g'animat, joning kerakmi, qoch. Sher quturgan, — debdi.
O'taver. Quturgan bo'lsa o'ziga, undan qo'rqadigan joyim yo'q, — deya javob beribdi Tulki.
Tulkining bepisandligi bir zumda Sherning qulog'iga yetibdi. Sher hayron bo'libdi. Tulkini zudlik bilan top-tiribdi.
— Sen bachchag'ar, mendan qo'rqmas emishsan, shu rostmi? — darg'azab bo'libdi Sher.
Rost, olampanoh, — debdi Tulki qo'l qovushtirib.
Sabab?
Olampanoh, men sizning barcha buyruq va far-monlaringizni bajonidil, bekam-u ko'st ado etaman. Molimdan ham, jonimdan ham sizni yaxshi ko'raman. Ayting-chi, Sizdan qo'rqqanlar Sizni yaxshi ko'ra ola-dimi?
Buni eshitgan Sher hovuridan tushibdi, o'zicha fikr qilibdi. «Tulkining gaplarida jon bor. Qo'rquv aslida yomon ko'rishdan paydo bo'ladi».
— Balli, sen haqsan, — debdi Sher.
Sher Tulkini oqil-u dono hisoblab, o'ziga vazir qilib olibdi.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:20 | Message # 52 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| AYIQ
Yam-yashil o'rmonda kulrang Bo'ri yashar ekan. Kunlarning birida u bolalabdi. Momiqqina bolalari unga olam-olam quvonch baxsh etibdi. Bo'rivachchalarni avaylab-asrab katta qila boshlabdi.
Bir kuni ovdan qaytsa, uyasida bolalari yo'qmish. Chor-atrofni rosa izlabdi, uvlab chaqiribdi, darak yo'q. Yuragiga g'ulg'ula tushibdi. «Yovuz hayvonlarning changaliga tushib qolgan bo'lsa-ya». Shu payt uning ol-didan Tulki chiqib qolibdi.
Hoy, Tulkijon, bolalarimni yo'qotib qo'ydim, mabo-do sen ko'rmadingmi? — deb so'rabdi.
Ey, aytishgayam tilim bormaydi, — debdi Tulki o'zi-ni xafahol ko'rsatib.
Ayt, tezda ayt! — darg'azab bo'libdi Bo'ri.
Bolalaring o'yinqaroqlik qilib, Ayiqning uyiga borib qolgan edi, ayiq ularni yeb qo'ydi. Hozir u inida qornini silab yotibdi.
Bo'rining dili vayron bo'lib, ko'ziga hech narsa ko'rin-may, dahshat bilan Ayiqning uyiga o'qdek uchibdi. Qarasa, ayiqning uyi atrofida ayiq bolalari do'mbillashib, o'ynab yurishgan ekan. Ko'zi qonga to'lgan kulrang Bo'ri, qonga-qon, jonga-jon, debdi-yu ayiq bolalariga qiron keltiribdi. Keyin jon-jahdi bilan Ayiqning iniga bos-tirib kiribdi. Bo'ri qaysi ko'z bilan ko'rsinki, Ayiq uning adashib, horib-tolgan bolalarini mehr bilan emizayotgan ekan.
Tulkining fitnasiga uchgan kulrang Bo'ri o'z qilmishi-dan pushaymon bo'libdi-yu, biroq endi kech ekan.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Seshanba, 25-Dek-2012, 02:22 | Message # 53 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Aql va boylik
Bircholning to'rto'g'li borekan. Bir kuni chol:
- O'g'illarim, men qarib-qartayib qoldim, - debdi, - orangizdan bittangiz oila boshlig'i bo'lishingiz kerak. Aqlli va davlatmandingiz menga me'rosxo'r bo'ladi. Har qaysingiz menga nimaga qodirligingizni ko'rsating.
Eng katta o'g'il zumrad ko'zli oltin uzuk taqqan qo'lini uzatibdi:
- Mana boyligim, boy odamda aql ham bo'ladi. Ikkinchi o'g'li zarbof choponini kiyib ko'rsatibdi:
- Shu paytda meni ko'rgan kishi boyligimga va aqlimga qoyil qoladi, -debdi.
Uchinchi o'g'li kumush va javohirlar qadalgan kamarini beliga bog'lagancha:
- Hech kirn umrida bunday kamarni ko'rgan emas, deya otasigayuzlanibdi.
Choi boshini chayqab, katta o'g'illariga bir nima demabdi. Kenja o'g'liga qarab:
Kenja o'g'lining javobi cholga yoqibdi, bor-yo'g'ini ungav meros qoldiribdi. Katta o'g'illariga uning so'zidan chiqmasliknitayinlabdi.
|
|
| |