|
Ertak va hikoyalar aytamiz
|
|
| ilyosbek | Date: Yakshanba, 12/12/23, 11:54:13 AM | Message # 31 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Hozirjavob vazir 
Bir podsho bor ekan. Uning vazirini hamma dono vazir deb hurmat qilar ekan.
Bir kuni podsho vazirining donoligini sinamoqchi bo‘lib:
— Bir yemakka nima yaxshi? — deb savol beribdi.
Vazir ham og‘zidan chiqishi bilan yoqasiga yopishtirgandek:
— Tuxum! — deb javob beribdi.
Podsho jilmayibdi. Oradan bir yil o‘tganidan so‘ng yana so‘rabdi:
— Nima bilan?
Vazir bu savolni kutib turgandek:
— Tuz bilan, — deb javob beribdi.
Shundan keyin podsho vazirining donoligini yaxshi anglab tahsinlar o‘qibdi.
Tan-sihatlik — tuman boylik
O’tgan zamonda bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:
— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qaerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:
— Sen kambag‘almisan? — desa, u:
— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, — deb nihoyatda zorlanibdi.
Chol:
— Xo‘p, bo‘lmasa menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray? — desa, haligi yigit:
— Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, — debdi, Shunda chol:
— Bo‘lmasa o‘ng ko‘ziigni sot, — debdi. Yigit:
— Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, — debdi.
Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit «yo‘q» javobini qaytaravergach, chol yigitga:
— Ha, butun muchalaring sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan. Kishining tan-joni sog‘ligi — tuman boyligi-ku. «Sog‘ tanda, sog‘ aql», deb bekorga aytmaganlar. Sog‘ bo‘lsang qanday ish bajarsang, qo‘lingdan keladi. Kuning o‘tadi, — deb javob qaytargan ekan.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Yakshanba, 12/12/23, 11:55:37 AM | Message # 32 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Otangga qilsang, bolangdan qaytadi 
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning yolg‘izgina o‘g‘li bor ekan. Ular o‘g‘lini orzu-havas bilan uylantirishibdi. O’g‘il ham farzand ko‘ribdi. Ular inoq yashay boshlabdilar. Nabira olti yoshga kiribdi. Chol bilan kampir esa, juda qarib, qo‘llari qaltiraydigan bo‘lib qolibdi. Ular ovqat yesalar kosalarini, choy ichsalar piyolalarini qo‘llaridai tushirib sindiradigan holga yetib, uydagi kosa-piyolalarni sindiraveribdilar.
Bir kuni kelin eriga qarab:
— Men ota-onangiz bilan yashamayman, ular mening butun idish-tovoqlarimni sindirib tashlayapti, — debdi.
Uning gapiga eri hayron bo‘lib, xotiniga: — Otam ham, onam ham juda qarib qolgan, ular ishga yaramaydilar, bizdan boshqa hech kimlari yo‘q. Men ularni qanday qilib ajratib qo‘yaman, — debdi.
— Bo‘lmasa, ota-onangizga yog‘ochdan idish-tovoq yasab bering, ularni alohida uyga o‘tirg‘izib qo‘ying, — debdi xotini.
O’g‘il bunga rozi bo‘libdi. Ota-onasini boshqa uyga ko‘chiribdi, bolta, tesha va yog‘och olib kelib, ularga idish-tovoq yasashga kirishibdi. Shu paytda olti yashar o‘g‘ilchalari kelib:
— Dada, nima qilyapsiz? — deb so‘rabdi.
— Buving bilan buvang qarib qolishdi, ular chinni idish-tovoqlarni sindirishyapti. Ularga yog‘ochdan idish-tovoq yasab bermoqchiman, — debdi dadasi.
Oradan bir necha kun o‘tibdi. Chol bilan kampir ko‘z yoshi qilib, taqdirlariga tan berib yashay boshlabdilar. O’g‘li bilan keliniga bir og‘iz ham so‘z demasdan, «keksaysang shu ekan-da», — deb umr kechira beribdilar. Kunlar ketma-ket o‘taveribdi. Bir kuni kelini bilan o‘g‘li o‘z uylarida rosa qah-qahlashib o‘tirsalar, o‘g‘ilchalari bolta, tesha va yog‘ochni xonaga olib kirib taq-tuqlata boshlabdi. Dadasi bilan oyisi unga qarab:
— Nima qilayotibsan? — deb so‘rashsa, o‘g‘ilchasi:
— Sizlar qariyapsizlar, endi sizlarga ham yog‘ochdan idish-tovoq qilib berib, boshqa uyga o‘tqazib qo‘yishim kerak, — debdi.
Eri yalt etib xotiniga, xotini tilini tishlab eriga qarab, nima deyarlarini bilmay qolibdilar. Bir vaqt o‘g‘ilchalari qarasa, dadasi ham, oyisi ham yerga qarab o‘tirganmishu, ikkovlarining ko‘zidan yosh oqayotgan emish. Shunda xotini eriga ma’yusgina boqib:
— Meni kechiring, birga kirib ota-onamizning ko‘nglini olaylik, bundan keyin birga yashaylik, — debdi.
Eri ham xuddi shuni kutib turgan ekan, xotini bilan birga chol-kampirning oldiga kirib, uzr so‘rabdilar va qilgan ishlariga tavba qilib, kampir bilan cholni o‘zlarining yonlariga olib kelib, yog‘och idish-tovoqlarini otib tashlab, chinni idishlarda ovqat berib, yaxshi xizmatini qilib, inoq yashay boshlabdilar. Chol bilan kampir ham yana o‘g‘li, kelini va nevarasi bilan xushvaqt yashab, murodu maqsadlariga yetibdi. Otangga qilganingni o‘g‘lingdan, onangga qilganingni qizingdan ko‘rasan degani shu ekan.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:28:53 AM | Message # 33 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| AQLLI QARG‘A Yoz fasli jaziramasida har yerda suvlar quribdi. Bechora qarg‘a suv yo‘qligidan nihoyatda suvsirabdi. Yoz fasli jaziramasida har yerda suvlar quribdi. Bechora qarg‘a suv yo‘qligidan nihoyatda suvsirabdi. Tillari osilib, har tarafdan suv axtarar ekan, birovning oldida turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelib boqsa, ichida suvi bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmabdi. Bir oz o‘ylabdi-da tumshug‘i bilan toshlarni yig‘ib, ko‘zaning ichiga tashlay boshlabdi. Birozdan so‘ng ko‘za ostidagi suv ustiga chiqib, tosha boshlabdi. Aqlli qarg‘a suv-dan ichib, tashnalik balosidan qutulib, uchib ketibdi.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:30:50 AM | Message # 34 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| ARIQCHA VA CHO‘PON  Bir qishloqda unchalik katta bo‘lmagan ariq oqib o‘tar ekan. Qishloq odamlari undan suv ichib, kun kechirisharkan. Bir kuni mollarni o‘tlatgani olib ketayogan qishloq cho‘poni ariq suvining ifloslanib oqayotganini ko‘rib qolibdi. Ariq uning ko‘ziga xuddi yig‘layotgandek ko‘rinibdi. – Ariqcha, hoy ariqcha, senga nima bo‘ldi? Nima uchun ifloslanib oqayapsan? Yoki yig‘layapsanmi?– so‘rabdi cho‘pon. Ariqcha suvlarini uyon-buyonga urib, tilga kiribdi: – Nega axir yig‘lamay? Ahvolimga bir qara, qirg‘oqlarimni axlat bosib ketdi-ku. Axlatning ko‘pligidan oqib o‘tar yo‘llarim ham to‘silib qolayapti,– javob qilibdi ariqcha. Ariqchaning javobini eshitgan cho‘pon shu zahotiyoq qishloqqa qaytib, odamlarni to‘plabdi. Hashar qilib, ariq va uning atrofini tozalashibdi. Shundan so‘ng cho‘pon yana ariqcha bilan gaplashgan joyiga boribdi. Qarasa, u tiniq bo‘lib, to‘lib-toshib, o‘ynab-quvnab oqayotgan ekan. Bu voqeadan keyin cho‘pon bilan ariqcha do‘stlashib qolishibdi va tez-tez suhbatlashib turadigan bo‘libdilar.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:32:45 AM | Message # 35 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| KIM KUCHLI?  Asalarini hammamiz bilamiz: bol yetkazib beradi. Qovoqari-chi? U – asalarining dushmani. Kimnidir chaqib, huzur-halovat qilsa bo‘ldi. Niyati ham shu. Soya-salqinda kunu-tun «g‘ing-g‘ing»lab yotgani-yotgan... Bir kuni asalari bilan qovoqari to‘qnash kelib qolibdi. Asalari qochishga harakat qilsa, qovoqari uning yo‘lini to‘sarmish. — Kel, bahslashamiz, — debdi anchadan keyin qovoqari qovog‘ini uyib. — Meni ishim ko‘p. Rejani bajarmasam bo‘lmaydi? — debdi asalari. — Keyin bajaraverasan. Yo‘q, desang, mening tungi taomim bo‘lasan. Qay biri ma'qul senga? — debdi qovoqari ayyorona ko‘z qisib. — Oldin nimadan bahs o‘ynashimizni ayt-chi? So‘ng o‘ylab ko‘raman, — debdi asalari ham bo‘sh kelmay. — Yo‘limizda uchragan bolani chaqamiz? Shunda kim kuchli ekanini bilamiz? Qovoqari gapini tugatar-tugatmas ularning ro‘parasidan bir bolakay chiqib qolibdi. Asalari bolakayning ma'yus ko‘ziga, sarg‘ish yuziga uzoq termulib, uning kasalligini, agar qovoqari bolani chaqqudek bo‘lsa, uning ahvoli og‘irlashishi, hatto o‘lib qolishi mumkinligini sezibdi. Shunda u: — Bolakayni birinchi men chaqaman, xo‘p, desang, albatta, — debdi. — O‘zim ham seni nazarda tutib turgan edim, — debdi qovoqari sovuq tirjayib. — Boshla!!! Asalari bolakayga nish sanchibdi. So‘ngra yerga qulabdi. Bolakay esa yig‘lab-yig‘lab qochib qolibdi. Qovoqari asalariga yaxshiroq razm solib qarasa, u allaqachon o‘lib qolgan emish. Shundan so‘ng qovoqari qo‘rqib, joni ko‘ziga shirin ko‘rinib, juftakni rostlabdi. O‘zingiz sezgandirsiz — kim kuchli ekanligini?!
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:35:08 AM | Message # 36 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Tulkiboy 
Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi.
Kampirni ko‘rib:
— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qaerga qo‘yganini ko‘rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani qo‘ygan joyidan olib chiqib ketibdi. Ertasi kampir shoshib-pishib qatlama pishirib turganda, Tulkiboy kirib kelibdi.
— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan angishvonani bering, — debdi.
Kampir yugurib uyga kirib, angishvonani qo‘ygan joyidan topa olmabdi.
— Tulkiboy, angishvonang qo‘ygan joyimda yo‘q, yo‘qolib qolibdi, —debdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.
Kampir:
— Yo‘qolgan narsani qaerdan topib beraman, o‘rniga qirq qatlama beraman, — debdi.
Tulkiboy «xo‘p» deb, qirqta qatlamani olib tashqariga chiqqanidan keyin:
«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama» deb jo‘nabdi. Yo‘lda ketayotsa, bir oq echki boqib yurgan kampirni ko‘ribdi. Tulkiboy kampirga:
— Ona, shu qirqta qatlamani ertagacha omonat olib qo‘ying. Ertalab kelib olaman, — debdi.
Kampir qirqta qatlamani uyiga olib kirib ko‘rpaning qatiga bekitib qo‘yibdi Tulkiboy yana eshik tirqishidan mo‘ralab turib qatlama qo‘yilgan joyni ko‘rib olibdi. Kampir kechasi uxlaganda kelib, sekin kampirning uyiga kirib qirqta qatlamani bitta ham qoldirmay yeb ketibdi.
Ertasi ertalab kelib:
— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan qirq qatlamani olib bering, — debdi.
Kampir uyiga kirib ko‘rpasining qatini qarasa, bitta ham qatlama qolmabdi. Kampir:
— Tulkiboy, qo‘ygan joyimdan qatlamalaring yo‘qolib qolibdi, — debdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi. Kampir tulkiboydan qo‘rqib:
— Bisotimda bir donagina oq echkim bor, qirq qatlamang o‘rniga shuni berayin, — debdi.
Tulkiboy oq echkini yetaklab, xursand bo‘lib:
«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki» deb jo‘nabdi.
Tulkiboy oq echkini yetaklab ketayotsa, bir nor tuya boqib yurgan cholni ko‘ribdi. Tulkiboy cholga yaqin kelib:
— Ota, ertagacha mana shu echkini sizga omonat qoldirib ketaman, ertaga kelib olaman, — debdi.
Chol «xo‘p» deb echkini hovlisiga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi. Kechasi chol uxlaganida tulkiboy kelib, oq echkini yeb, terisini qoldirib ketibdi. Ertasi tulkiboy cholning oldiga kelib:
— Ota, kecha qoldirib ketgan omonat oq echkini bering, — debdi. Chol tulkiga:
— Kechasi echkini bo‘ri yeb, terisini qoldirib ketibdi, — debdi.
Tulkiboy:
— Echkini topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.
Chol:
— Bisotimda birgina nor tuyam bor, oq echkining o‘rniga beraman, — debdi.
Tulkiboy nor tuyani yetaklab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya» deb, xursand bo‘lib jo‘nabdi.
Tulkiboy nor tuyani yetaklab yurib, qizi bilan ip yigirib o‘tirgan kampirga uchrabdi. Tulkiboy:
— Ona, mana shu nor tuyani ertagacha sizga omonat qoldirib ketaman, erta bilan kelib olaman, — debdi.
Kampir nor tuyani hovlisiga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi. Kechasi kampir uxlaganda, tulkiboy nor tuyani hovlidan olib chiqib, bir changanlzorga olib borib qo‘yibdi, ertasi kampirning oldiga kelib:
— Ona, kechagi qo‘yib ketgan omonat nor tuyani bering, — debdi. Kampir qarasa, nor tuya bog‘langan joyida yo‘q, axtarib topa olmabdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo‘ymayman, — debdi.
Kampir tulkidan qo‘rqib:
— Nor tuyang o‘rniga berishga hech qanday molim yo‘q. Birgina oydin qizim bor, ona-bola ip yigirib kun kechiramiz, — debdi.
Tulkiboy:
— Nor tuyam o‘rniga shu oydin qizingizni bering. Bermasangiz, ona-bola ikkovingizni ham yeb ketaman, — debdi.
Kampir nochor, noiloj, yolg‘izgina oydin qizini tulkiboyga beribdi.
Tulkiboy oydin qizni olib xursand bo‘lib kampirga qarab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz» deb, oydin qizni qopga solib, qopning og‘zini bo‘g‘ib, orqasiga ko‘tarib jo‘nabdi. Bir to‘qaydan o‘tib ketayotsa, uzoqdan itini yetaklab kelayotgan bir ovchi ko‘rinibdi. Tulkiboy orqasidagi qopni yerga qo‘yib, o‘zi bekinibdi. Ovchi kelib qopni ochib qarasa, ichida bir qiz o‘tirgan ekan. Ovchi qopdan qizni chiqarib olib, qiz o‘rniga itini qopga solib og‘zini bo‘g‘ib boylab qo‘yibdi. Ovchi ketgandan keyin tulkiboy kelib «ovchidan qutilib qoldim» deb suyunib, qopni orqalab jo‘nabdi Yo‘lda ketayotsa, qopning ichidan ovoz chiqibdi. Tulkiboy: «Yig‘lama oydin qiz, yig‘lama, hozir uyga yetamiz» deb, qadamini ildam tashlab uyga yetib kelibdi. Qopning ichidan yana ovoz kelibdi. Tulkiboy: «Oydin qiz, qopning ichida zerikkanga o‘xshaysan. «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz chiq!» deb qopning og‘zini ochibdi. Qopning ichidan quloqlarini shalpaytirib ovchining iti chiqibdi. Oydin qiz chiqishini kutgan tulkiboy ovchi itning haybatini ko‘rib qochib ketibdi. It tulkining ketidan quvlab ketibdi. Tulki o‘zini bir shudgor tomonga olibdi. Tulki yugurib ketayotib quyon tutish uchun qo‘yilgan qopqonga tushib qolibdi. Qopqonning egasi kelib tulkining terisini shilib olibdi.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:36:40 AM | Message # 37 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| KETMON VA ISHTAHA  Bir boyning Zarifboy ismli yolg`iz erkatoy o`g`li bo`lgan ekan. Kunlarning birida Zarifboy ertalab turib, yuz-qo`lini yuvib, noz-ne'matlar to`la, yasatilgan dasturxon ustiga kelib o`tiribdi-yu birdan ishtahasini yo`qotib qo`yibdi. Jahli chiqqanidan burni qizarib, ovozining boricha dodlay boshlabdi.
Xizmatkorlar atrofida girdikapalak, ota-onasining ham hushi boshidan uchibdi. Shunda Zarifboy tantiqlanib: — Ota, ishtaham yo`qolib qoldi, topib bering, — debdi. Otasi darhol xizmatkorlariga Zarifboyning karnay ishtahasini topishlarini buyuribdi. Chunki Zarifboy chaynagan mazali taomlar xasday bemaza tuyulib, ko`ngli ozib ketaveribdi-da. Kunlar o`tgan sari erka o`g`ilning toqati toq bo`lib, o`zi ham ishtahasini qidirishga tushibdi. U ishtahasini daraxtlardan, qushlardan, tovuqlardan so`rabdi. Ular bu sir yechimini faqatgina ketmon bilishini aytishibdi. Zarifboy hovlining bir chetida zanglab yotgan ketmonga yuzlanib: — Hoy ketmon, mening ishtaham qayerdaligini bilarkansan, tez ayt! — debdi qo`pollik bilan. — Kechirasan-u, uni men yashirib qo`yganim yo`q, o`zing yo`qotgansan. Lekin mana shu hovlidagi daraxtlardan birining tagiga berkinib olganini aniq bilaman, — debdi ketmon. — Men bilan ularning tagini chopib ko`rsang, albatta topasan. Zarifboy rozi bo`lib, apil-tapil ishga kirishibdi. Тushgacha rosa ter to`kib, ancha ishni bitkazib qo`yibdi. Quyosh tikkaga kelganda qorni shunaqangi ochibdiki, qo`lini ham yuvmasdan dasturxonga tashlanibdi. Quloqlari tinganidan xizmatkorlar quvonibdi, ota-onasi sevinibdi. Shu kundan boshlab Zarifboy ishtahasi qayerda ekanligini bilib olibdi. Zarifboyning ketmoni ham ancha quvvatga kirib qolibdi. Shunga aytadilar-da: «Ish-ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar», deb.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:38:12 AM | Message # 38 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| BOTIR QAYSAR VA SEHRGAR MUSHUK 
Bir bor ekan, bir yo`q ekan. Ulkan bir shaharda dangasa bola bo`lgan ekan. Uning ismi Botir bo`lib, u haqiqatdan ham hech kimdan qo`rqmas ekan. Ammo Botir bolalar bilan urishib, kattalarning aytganini qilmas, hayvonlarga ham azob berishni xush ko`rar ekan. U hatto ota-onasi, aka-ukalarining gapiga ham kirmas ekan. Bir kuni u bolalar bilan har kungidek urishib, ularni xafa qilib, xo`rozlarga tosh otib uyiga qaytayotgan ekan, bir payt orqasidan qora mushuk uni kuzatib kelayotganini payqab qolibdi. Orqasiga qarab, unga ham tosh otmoqchi bo`lib, tosh izlay boshlabdi. Bu mushuk sehrgar bo`lib, Botir qaysarni anchadan beri kuzatar va uni qanday qilib adabini berish va to`g`ri yo`lga solishni o`ylab yurardi. Mushuk esa Botirdan qo`rqish o`rniga unga qarab to`g`ri kela boshlabdi. Botir bu holdan hayron bo`libdi, chunki barcha bolalar-u, hayvonlar uni ko`rishi bilan juftakni rostlab qolisharkan-da. Shu payt to`satdan mushuk gapira boshlabdi. Bu voqeadan hayron qolgan Botirning esa qo`lidan toshi tushib ketibdi. Esankiragan Botir mushukka o`zi bilmagan holda: — Qoch yo`limdan, yo`qol! — deb baqirib yuboribdi. Mushuk esa: — Men qochmayman, chunki seni taziringni berishim kerak! Men sen azob bergan hayvonlardan emasman, men sehrgar mushukman. Xohlasam, seni bir zumda oddiy xo`rozga aylantirib qo`yishim mumkin, tushundingmi? — debdi. Mushukni gapiga ishonib-ishonmay Botir baribir o`z so`zida turib olibdi va: — Qoch yo`limdan, mendan hamma qo`rqadi, qochmasang mana bu tosh bilan bir urib majaqlayman, — debdi. Jahli chiqqan mushuk Botir qaysarni bir zumda xo`rozga aylantirib qo`yibdi. Botir ko`zini ochib, oyog`iga qarasa, xo`rozning oyog`i emish. Botir bo`lgan voqeaga ishonmasdan yonidagi ko`lmak suvga borib, o`z aksini ko`rib ko`zlariga ishonmabdi. Chunki ko`lmakda o`zining emas, balki kattakon dakang xo`rozning aksini ko`ribdi-da. Botir kechgacha nima qilishini bilmasdan aylanib yurib-yurib, oxiri uyiga kirishga qaror qilib, eshigini asta taqillatibdi. Ichkariga endigina kirmoqchi bo`lgan ekan, bizni uyimizda xo`rozga balo bormi, deb dadasi uni uydan haydab chiqaribdi. Botir nima qilishni bilmay, uyi yonidagi katta daraxtning ustida o`tirib, ertalabgacha mijja qoqmay yig`lab chiqibdi. Birinchi kuni qorni rosa ochibdi va yegulik topish uchun pastga tushibdi. Qorni ochganidan nima qilishini bilmay, yerdagi don-dunlarni, qurt-qumursqalarni ham terib yeyishga majbur bo`libdi. Xo`rozga aylanib qolgan Botir kunduzlari bir amallab qornini to`yg`azar, kechalari esa qaysar va yomon bola bo`lganidan afsus chekar, yana o`z holimga qaytsam, hech kimga ozor bermayman, ota-onamning aytganini qilaman, o`rtoqlarimdan kechirim so`rayman, faqat besh baholarga o`qiyman, deb o`ziga-o`zi so`z berar ekan. Kunlardan bir kuni qornini don-dunlarga va qurt-qumursqalarga arang to`yg`azgan Botir suv ichgani yonidagi ko`lmak suvga borib, endi suv ichmoqchi bo`lsa, kutilmaganda shunday ovoz eshitilibdi: — Yordam beringlar, bu ko`lmakda o`lib qolaman! Yaxshilab qarasa, suvda kichkina oltin baliqcha zo`rg`a nafas olib turgan emish. Botirni baliqchaga rahmi kelganidan suv ichish ham esidan chiqib ketib, qanday qilib baliqchaga yordam berishni o`ylay boshlabdi. Xo`rozga aylanib qolgan Botir yirik barglardan bir amallab suv o`tmaydigan savatcha yasab, ozgina suv va oltin baliqchani savatchaga solib yaqin oradagi oqar suvga olib boribdi va oltin baliqchani oqar suvga tashlabdi. Shunda suv yuziga kattakon oltin baliq suzib chiqib, o`z bolasini o`limdan qutqargani uchun Botirga minnatdorchilik bildiribdi. So`ng, tila tilagingni, deb unga murojaat qilibdi. Botir o`z boshiga tushgan musibatni oltin baliqqa aytib ho`ng-ho`ng yig`lab yuboribdi. Shunda oltin baliq hech qayg`urma, bugun kun botganda o`z holingga qaytasan, debdi-yu, suvga sho`ng`ib ketibdi. O`zida yo`q xursand bo`lgan Botir kech bo`lishini intizorlik bilan kuta boshlabdi. Shirin xayollar va orzular qilib, qorni ochganini ham bilmay qolibdi. O`z uyi oldida aylanib yuraverib kunni kech qilibdi. Qorong`u tushishi bilan Botir yana o`z holiga qaytib, xursandligidan yorilib ketay, debdi. Uyiga qaytib kelgan Botirni ko`rgan ota-onasi, aka-ukalari ham uni bag`rilariga bosib xursand bo`lishibdi. Shu kundan boshlab dangasa, qaysar, hammaga ozor beradigan Botir butunlay o`zgaribdi. Voqeaning yaxshilik bilan tugashini oldindan bilgan sehrgar mushuk ham Botirning batamom o`zgarganligidan, uni to`g`ri yo`lga solganligidan mamnun bo`lib, mo`ylovlarini silab qo`yibdi.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:39:53 AM | Message # 39 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| UCH O`G`IL Ertaksevar bolalar uch o`g`il haqidagi bir necha ertaklar bilan yaxshi tanish. O`sha ertaklarda kenja o`g`il akalariga nisbatan donoligi, aqlliligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. Lekin bizning ertakdagi kenjatoy esa dangasa, qo`lidan hech bir ish kelmaydigan bola. Shunday qilib, qadim zamonlarda bir bog`bon yashagan bo`lib, uning uchta o`g`li bor ekan. Ota farzandlarining aqlli, vatanparvar, mehnatsevar inson bo`lib kamol topishlarini xohlar ekan. Bog`bonning mevali bog`i, bedapoyasi bor ekan. Katta o`g`il tirishqoq, mehnatkash bo`lsa, ikkinchisi kuchli, baquvvat, har ishni qoyil qiladigan yigit bo`lib voyaga yetibdi. Ammo kenja o`g`il ishyoqmas, uyqudan bosh ko`tarmaydigan bola bo`lganligi uchun otasidan tinmay dakki eshitardi. Oylar ketidan yillar o`tibdi. Bog`bon ham keksayib, kasallikka chalinib kuchdan qolibdi. Shunday kunlarning birida ota o`g`illarini yoniga chorlab shunday debdi:
— Hayotim davomchilari, umrim intihosida yiqqan-tergan boyliklarim, bog`-u rog`larimni sizlarga taqsimlab bersam deyman. Lekin avval har biringiz menga o`z hunar va qobiliyatingizni namoyish etishingiz kerak. Buning uchun sizlarga bir kun muhlat beraman. Тo`ng`ich o`g`il o`ylab ko`rib, men o`t o`ra olaman, debdi. Ertasi kuni tong yorishmasdanoq bedapoyaga borib o`t o`rib, arqonga bog`lab otasining oldiga olib kelibdi. O`rtancha o`g`il, men daraxtlarni yaxshi parvarishlayman, chirigan shoxlarini kesib o`tin qila olaman, deya tong sahardan bog` tomon yo`l olibdi. Keksaygan, meva tugishdan qolgan daraxtlarni ag`darib, o`tin qilibdi. Ot aravasiga yuklab otasi huzuriga keltiribdi. Navbat uchinchi o`g`ilga yetibdi. Akalari allaqachon ishga kirishgan paytda u zo`rg`a uyqudan uyg`onibdi-da, nima ish qilsam ekan, deya bosh qotira boshlabdi. Yaxshisi men qo`shiq ayta qolaman, deb otasi yotgan uyning oldiga kelib baland va yoqimsiz ovozda qo`shiq aytishga tushibdi. Ammo u kuylagan qo`shiqlar hech kimga yoqmabdi. Shubhasiz, ming uringanim bilan qo`limdan boshqa ish kelmaydi, undan ko`ra yotib uxlayman, deya kun botguncha o`rindan turmabdi. Тong ham otibdi. Ota o`g`illarini yana yoniga chaqirib: — Har biringiz nimaga qodir ekanligingizni ko`rsatdingiz, — debdi. So`ng to`ng`ich o`g`liga yuzlanibdi: — Sen yaxshigina o`t o`rar ekansan, barcha o`tloqlar-u bedapoyalarni sening ixtiyoringga topshiraman. Sen esa daraxtlarni parvarishlashni, ortiqcha shoxlarni kesib, o`tin qilishni yaxshi uddalading, shu bois bog`-rog`larimni senga qoldiraman, — debdi o`rtancha o`g`liga mamnunlik bilan. Va nihoyat kenja o`g`liga qarab shunday debdi: — Sen meni juda ranjitding. Biron bir ish bilan mashg`ul bo`lmading, akalaringdek mehnat qilmading, ilm olishga ham qiziqmading, shuning uchun senga hech qanday mol-mulk qoldirmayman. Vaqt-soati yetib keksa bog`bon vafot etibdi. Ikki katta o`g`il mehnatiga yarasha mukofot olishibdi. El-yurt ichida shu mehnatlari bilan hurmat-e'tibor qozonibdi. Тanballigi uchun hamma narsadan quruq qolgan kenja o`g`il esa keyinchalik uydan chiqib ketishga majbur bo`libdi. U hozir qayerda, nima ish bilan mashg`ul, biron narsaga erishdimi, yo`qmi, hech kim bilmas emish...
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:41:51 AM | Message # 40 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Olmani o'rniga qo'yilgan shart
 Bir kuni bir yigit yo'lda ketayotsa, oldiga bir olma "to'p" etib kelib tushibdi. Yigit uyoq-buyoqqa qarab, olmaning egasini ko'rmabdi. Shunda u qirmizi olmani olib, oqib turgan suvga yuvibdi va bir tishlabdi. Bir payt oldidan bir barvasta kishi chiqib:
- Hoy yigit, sen nega mendan so'ramasdan mening olmamni o'g'irlab yemoqdasan? - deb doq uribdi.
- Yo'q, amaki, kechirasiz, men olmangizni o'g'irlaganim yo'q, olma oyog'im ostiga kelib tushgan edi, olib yeyapman,-debti yigit.
Lekin u kishi juda qaysar ekan, "yo'q, o'g'irlading", deb turib olibdi.
- Ho'p, mayli, o'g'irlagan bo'lay, bu gunohimni nima qilsam kechirasiz? - deb so'rashga majbur bo'libdi yigit oxiri.
-Bu gunohingni yuvish uchun mening qizimga uylanasan, - debdi u odam.
- Mayli, uylanaman, - debdi yigit.
- Lekin, bilib qo'y, qizimning ikki oyog'i shol, ikki qo'li shol, ikki ko'zi ko'r - debdi u kishi.
- Yigit so'zi bitta, - debdi yigit, - nima bo'lsa ham qizingizga
uylanaman. Shunday qilib yigit bu kishining qiziga uylanibdi. Go'shangada ko'rsa-ki, oy desa og'zi bor, ko'zlari cho'lpon, lablari g'uncha, qoshlari kamron, yuzlari shirmonday,sochisumbul, qo'llari ipakdek mayin, qaddi-basti kelishgan sarvqomat qiz ekan.
Yigit qaynotasining gaplaridan hayron bo'libdi. To'ydan keyin gaplashib o'tirishgach, bir kuni u yurak yutib:
- Dada, nega o'shanda qizingizni ko'zi ko'r, qo'li shol, oyog'i cho'loq degan edingiz? - deb so'rabdi.
- Ko'zi ko'r deganimki, qizim hali voyaga yetib, sendan boshqa yigitni ko'rgan emas. Oyog'i shol deganim, ostona xatlab, ko'chaga chiqmagan, qo'li shol deganim, sendan boshqani qo'li qizimning qo'liga tegmagan, - deb javob beribti qaynota. Yigit qaynotasining bu lutfiga tasanno aytgan va yori bilan qo'sha qarigan ekan.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:43:19 AM | Message # 41 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Sirli g’or Otam keng qoYa yonidagi tosho'choqqa olov yoqib, ovqat pishirardi. Yaylovning boshqa tomonidan ham qo'ralar, o'tlayotgan qo'y-qo'zilar va tayoqlarga suyanib atrofni kuzatayotgan cho'ponlar ko'zga tashlanardi. Yaylov atrofidagi yuksak cho'qqilar qori erib ulgurmagan, oltin zarralariday yaltirardi.
Biz - bolalar turli tomonlarga yugurib, qo'y-qo'zilarni quvlab o'ynardik. Bu paytga kelib qo'ylar qo'zilagan, etiga etqo'shilib borardi.
- Hoy, Zilola, kelinglar, sho'rva pishdi! - yaylov uzra otamning ovozi yangradi.
Ortimga o'girilib, bolalar ketidan maysalar ustida chopa ketdim. Saldan keyin qoYa yonidagi oYovga bolalar, boshqa choponlar ham yig'ilishdi.
- Qo'ylar qisib qo'ygan shekilli... - dedi u atrof- dagilarga. Saldan keyin g'ordan birin-ketin qo'ylar ma'rashib tashqariga chiqishdi. Jigarrang bir qo'y ichkaridan otilib chiqdida, cho'pon ko'tarib chiqqan haligi jonsiz qo'zichoq tomon chopdi. Hamma qotib qoldi. Ona qo'yning bolasiga mehri hammani hayratga soldi... Charchab-horigan otam o'tovga asabiylashishar, g'orga kirishga kirdi. Lining to'ni etaklari urinib, uddasidan chiqolmasdi, yirtilgandi.
- Bu ayiqlarning ishi, - dedi q'orqa nazar tashlar ekan.
- Ayiq degani odamning g'ashiga tegishni yaxshi koVadi. Awal birorta qo'zini olib chiqinglar. Qo'zilar chiqqach, qo'ylar ichkarida turisholmaydi. Yoshroqlaring arqon bog'lab ichkariga kiringlar.
Cho'ponlardan bin oyoq-lariga arqon bog'lab emaklagancha ichkariladi.
- Qo'zini sudrab olib chiqaver, - ovoz berdi haligi keksa cho'pon.
Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach, cho'pon arqonlarni silkitdi. Darhol arqonni tortishdi. Cho'pon bir qo'zi-choqni tashqariga olib chiqdi. Qo'zichoqjonsizedi...
- Qo'ylar qisib qo'ygan shekilli... - dedi u atrofdagilarga. Saldan keyin g'ordan birin-ketin qo'ylar ma'rashib tashqariga chiqishdi. Jigarrang bir qo'y ichkaridan otilib chiqdida, cho'pon ko'tarib chiqqan haligi jonsiz qo'zichoq tomon chopdi. Hamma qotib qoldi. Ona qo'yning bolasiga mehri hammani hayratga soldi...
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Dushanba, 12/12/24, 11:48:06 AM | Message # 42 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Eshikli xonadon
Qizcha bu gal incjamadi. Xosiyat xola ayvondagi qoziqqa dasturxonni ila turib. «eshikli uy, bolam», dedi. Bu gal endi qizcha biroz hayron bo'ldi: «Dunyoda eshiksiz uy ham bo'larkanmi, tavba?», deb qo'ydi buyisiga jilmayib. Hamma gap shunda-da, bolam, - miyig'ida kuldi Xosiyat xola. Bir vaqtlar eshiksiz uy boisa-bo'lgandir. Biroq odam borki. eshigini bekitib, bemalol dam olgisi keladi.
Qizaloq buvisining gaplaridan yayrab ketdi.
Darvozalari kengayib, amaki va ammalari kirib kelayotgandek, ularning yonlarida bolalari, hamma-hammalari buvilari bag'riga oti layotgandek bo 'ldi. Kimni ngdir qo 'lida chiroy atirgul (buvisi hammadan ham gulni yaxshi ko'radi-da). yana birlari shirinlik ko'tarib olgan. Oh-oh, hammasidan ham shunisi zo'r bo'ldi-da, chunkl hammalari maza qilib yeyishadi...
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Seshanba, 12/12/25, 3:11:28 AM | Message # 43 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Olma ter!
Qani, top-chi, Fotima, Buving qopida nima? Piyozlarmi yo tugma? Balki guruch, balki un? Topsang, albatta buving, Birqopqizilvashirin Olma beradi, olma! Tez bo'l, sovg'asiz qolma!
Nonushta payti Nasiba dadasidan so'radi:
- Dada.yozgita'tildanimaqilaman?
- Dam olasan, o'rtoqlaring bilan o'ynaysan, yaxshi ishlar qilasan, - dedi dadasi.
Nasiba ertalab yuz-qo'lini yuvgach, derazadan qaradi. Quyoshning charaqlab turganidan sevinib ketdi. Yaxshi ish qilgisi kelib, o'yga toldi. Yoniga singlisi keldi:
Singlisi indamay, xonasiga kirib ketdi.
- Nasiba, uy ishlarida menga ko'maklashib yubor, xonangni yig'ishtirib qo'y. - dedi onasi.
- Ko'rmayapsizmi, men o'ylabo'tiribman! Qanday yaxshi ish qilsam ekan deb, topa olmayapman. Siz bo'lsangiz, halaqit berayapsiz.
Onasi jilmayganicha tashqariga chiqdi-da, hovlini supura boshladi. Nasiba hamon o'ylab o'tirardi:,, Qanday yaxshi ish qilsam ekan-a?"
Kuchukchasi yugurib kelib, unga erkalana boshladi.
- Nari ket! O'ylashga halaqitberma!
Kuchukcha chopganicha o'tlar kirib ketdi. Nasiba esa hayoliga kelmaganidan hafsalasi pir onasining yoniga bordi.
- Oyijon ertalabdan buyon, qanday yaxshi ish qilsam eka o'ylayverib charchadim.
Onasi Nasibaning boshini silab, o'tqazdi: orasiga bir fikr bo'lib, bugun , deb
- Qizim singlingga uy vazifasini bajarishga yordam ber, menga uy ishlarida ko'maklash, xonangni yig'ishtir, kuchukchangni o'ynat. Mana shulaming bah - yaxshi ishlaming boshidir.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Seshanba, 12/12/25, 3:12:36 AM | Message # 44 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| [c]Shaxzodaning soyaboni Shahzod tuflisini o'zi kiyib, bog'ichini o'zi bog'ladi. Onasi esa: - Bo'laqol tezroq, bog'chaga kech qolyapmiz, - deb turardi. U esa shoshilmaygina cho'ntagiga samolyotini soldi. Hovliga chiqa turib:
- Oyijon soyabonimni ham olay, - dedi.
- Yo'q, yomg' ir yog' mayapti-ku!,- dedi oy isi, -Birdaniga yog'ibqolsa-chi?
Onasi soatga qaradi-da, mayli olsang olaqol, - dedi. Shahzod suyunib ketdi. Soyaboni og'irmas. Bekat ham bog'chaning yaqinida joylashgan. Avtobusdagilar unga hayron qarashdi. U esa onasining orqasiga berkinib oldi. Mana bog'chaga ham yetib kelishdi. Daraxtdagi qushlar chug'irlashib quvnoq qo'shiq aytishardi:
Charaqlab turganda kun,
Soyabon kerak nechun?
Shahzod onasi bilan xayrlashib, soyabonni ushlagancha, guruhi tomon ketdi. Ayvonchada o'tirgan bolalar ham uni ko'rib, kulib yuborishdi vachug'urlab:
- Shahzodlarning tomonida yomg'ir
yog'ayotgan ekan-da, juda, yomon-ku, - deyishdi. Lekin Karina gulli soyabonga qiziqish bilan qaradi.
Nigora esa:
Chiroyli ekan, xuddi yaponlarnikiga o'xshaydi-ya, deb ham qo'ydi va Shaxzoddan uni olib rosa ochib-yopdi.
Bo'ldi, o'ynayvermanglar, sindirib qo'yasizlar, dedi - Mavluda opa.
Rasm darsi boshlandi. Hamma bahorning rasmini chizdi. Shahzod esa kuchukchasi va yomg'irli kun rasmini chizdi.
- Nimalarni chizding Shahzod? - deb bolalar yana uning ustidan kulishdi.
Tushlikdan so'ng, birdan qattiq shamol turib, yomg'ir yog'a boshladi. Shahzod jovonidan issiq kiyimi va soyabonini oldi-da, ayvonchaga chiqdi. Yomg'irda ivibqolishni xohlamay turgan bolalarga soyabon tutib,ularni bekatgacha kuzatib qo'ydi. Onasi ham o'g'lini shu yerda kutib turardi. Ust-boshi xo'l ammo, o'z ishidan xursand bo'lgan Shahzod uyga kelib, soyabonini burchakka ochib qo'yarkan, «Sen bugun juda yaxshi ishlading», - deb uni silab ham qo'ydi.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Seshanba, 12/12/25, 3:13:33 AM | Message # 45 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Qaldirg’och
— Ey, sen bola, nima qilyapsan?!
Akrom otasining serzarda ovozidan cho'chib ketdi. Dovdiragan ko'yi pastga tushdi.
— Daraxt tepasida nima qilib o'tiribsan, deb so'radim sendan. Boshqa zaril ishing yo'qmi? — deya Qiyom aka o'g'lini tag'in qiyin qistovga oldi. Akrom arang pichirladi.
Akrom erta-yu kech dalada ishlovchi otasining badjahl, tajang fe'lini yaxshi biladi. Shu bois ham botinib unga biror narsa deyolmadi. Faqatgina o'pkasi to'lib, ko'zlariga yosh quyilib keldi, xolos.
Qiyom aka shunchaki yo'liga do'q-po'pisa qilib ketmagan ekan. U kechga yaqin daladan qaytgach, uy tevaragiga jiddiy razm solib qaradi. Yopib qo'yilgan eshik-derazalar atrofida bezovta charx urib uchayotgan, ichkariga kirishga behuda urinayotgan qaldir-g'ochlami ko'rib, ko'ngli joyiga tushganday bo'ldi.
— Ana, bu boshqa gap, — deb qo'ydi u hovlidagi chorpoyaga xomush suyanib turgan Akrom tomon bosh irg'ab.
Akrom indamay yerga qaradi. Uy ichkarisiga kirolmay, bezovta tarzda charx urayotgan qaldir-g'ochlarga uning juda-juda rahmi kelardi.
Bola chidayolmadi, kechqurun otasining buyrug'ini momosiga aytib berdi. Momosi ham o'g'lining bu qilig'idan afsuslandi. Kechki ovqat payti momosi o'g'liga noto'g'ri yo'l tutayotganini aytdi. Ammo Momo nevarasiga "Endi ilojimiz yo'q, shekilli", deganday bosh chayqab qarab qo'ydi.
Ertasi kuni g'alati bir voqea yuz berdi. Endigina maktabdan qaytgan Akrom tushlik qilib, sport to'garagiga otianib turardi. Momosi chorpoyada burni ustiga ko'zoynagini qo'ndirib allanimalarni tikib o'tirardi. Onasi odatdagidek oshxona yumushlari bilan band. Shu payt Qiyom aka daladan kelib qoldi. Ketmonini bir chekkaga qo'yib, chorpoya tomon yurdi. Bir mahal havoda uchib yurgan qaldirg'ochlar Qiyom akaning atrofida charx ura bosh-I, ladi. Ular go'yo Akromning otasiga hujum qilisha-O—^ yotgandek edi.
— Ob-bo, yaramaslar-ey, — deb po'ng'illadi Qiyom aka qo'llarini u yon-bu yon siltab, qushlardan himoyalangan bo'lib, — meni cho'qilamoqchi bular!
Ammo qaldirg'ochlar battar «vijir-vijir» qilib ,- Qiyom akaning yon-verida charx urishda davom etishardi. Akromning otasi qushlarga otish uchun biror narsa izlab yerga engashdi. Shu payt uning chaponi yoqasidan allaqanday xunuk, qop-qora quit sidrilib yerga tushdi. Qaldirg'ochlardan biri chapdastlik bilan yer bag'irlab, tag'in o'rmalay boshlagan xunuk hasharotni cho'qilab tashladi.
Qiyom aka hangu-mang qotib qolgan edi.
— O'lishimga sal qoldi-ya, — dedi u arang g'udranib, — choponim yoqasida qoraqurt bor ekan, bugun eski chaylani buzgandik, bu gazanda o'sha joydan menga ilashgan. Qaldirg'ochlarga rahmat-ey, ular meni qutqarishdi!
Momo mamnun bosh irg'adi.
Akromjon eshik-derazalarni ochish uchun chopqillab ketdi.[/c]
|
| |
|
|