ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ
|
|
BAXOR | Date: Dushanba, 04-Iyul-2011, 15:54 | Message # 1 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (1)
Аллоҳ инсонни эркак ва аёл қилиб яратди ва бу инсонга яшашида асос бўладиган низомни вужудга келтириб берди. Шу боис демак, эркак ва аёлнинг ҳар бирига бу уйғонишни рўёбга чиқариш учун бажариш албатта зарур бўлган бир қатор вожиб вазифаларни фарз қилиб юклади.
Ислом хотин кишига аёл сифатида қараб унинг аёллик вазифаларини тартибга солиб берди ва уни шу вазифаларга йўллади. Ислом шунингдек эркак кишига эркак сифатида қаради ва эркак билан аёлнинг ҳар бирига вожиб вазифаларни белгилаб берди ҳамда ҳар бирига ўз табиатига мос келадиган ҳақ-ҳуқуқларни берди. Шу боис айрим ҳукмлар иккаласининг табиати ҳар хил эканлигига қараб турлича бўлади. Фақат Исломгина аёл кишига эркак билан тенг ҳуқуқли деган инсоний назар билан қаради. Исломни унинг аёлга бўлган муносабатида ундан олдин ўтган бошқа низомлардан ва ундан кейин пайдо бўлган янги мабдалардан ажратиб турувчи энг муҳим нарса унинг ўз шаръий қонунлари ва тушунчаларининг барчасида аёл ва эркакка инсон деган назар билан қараганлиги ҳамда аёлга аёл деб қараш билан бир қаторда эркакка эркак деб қараганлигидир
|
|
| |
BAXOR | Date: Chorshanba, 13-Iyul-2011, 18:38 | Message # 2 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Ayol – Alloh nuri Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)”.(Baqara,187)
Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini belgilab berishda faqat Islom ummatigagina emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: “O‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir”. Payg’ambar alayhissalomdan «Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida: «Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan:
Xotin-qizlar, xushbo’ylar mehri, Bu dunyoda dilga bo’ldi jo. Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi, Dil yupanchi namozda ammo.
Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.
|
|
| |
BAXOR | Date: Yakshanba, 17-Iyul-2011, 01:02 | Message # 3 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Islomda ayolning huquq va majburiyatlari
1. Ilm Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam dedilarki: “Har bir musulmon uchun ilm olish farzdir” (At-Tabaroniy rivoyati). Hadis erkak va ayolga birdek qaratib aytilgan. Ilm so’zi oqrali har bir musulmon uchun zarur hisoblangan Qur’on va Hadis ilmidan tashqari dunyoviy ilmni ha o’z ichiga oladi. Islom tarixida erkaklar bilan bir qatorda yaxshi ilm beraoladigan ustoz sifatida hurmat topgan ayollar ham bor. Ko’pchilik hadis kitoblarida sahih hadislarning rivoyat qiluvchilari deb Oisha va HAfsa onalarimizning ismlari zikr qilinadi.
2. Ibodat Erkak ham, ayol ham Allohning qiludir. Va shu sababli ular Allohga ibodat qilishlari va Unga bo’ysinishlari shart. Bundan tashqari ular namoz o’qishi, ro’za tutishi, zakot berishi, Haj qilishi, zino qilmasliklari, Alloh ta’qiqlaganlaridan qaytib, Uni buyurganiga amal qililari, va hokazolarni bajarishlari lozim. Ayyolraning ona sifatida majburiyatlari ko’pligi, bu mashaqqatli ish hech qachon tugamasligi nazarda tutilgan holda ular Jum’a namozi yohud har kuni besh mahal masjidda namoz o’qish majburiyatidan ozod qilinganlar. Ammo agar ayol kishi buni qilishga hohish topsa, uni bundan hech to’xtatishga haqli emas.
3. Sadaqa berish Ayollarning ham erkaklar qatori sadaqa berishlari rag’batlantirilgan, va agar ayol kishi erining pulidan saqada qilsa, bundan uni hech narsa to’xtatmaydi. Oisha raziyallohu anhu Payg’mabarimiz sallallohu alayhi va sallam shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Ayol o’z erining hisobidan sadaqa qilsa ham, Alloh unga savob yozadi. Bunda er uning uning pulini saqdlagan shaxs ham huddi o’shncha savobga ega bo’ladilar”. Asmo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga dedi: “Yo Rasululloh, menda erim Zubayr uyga olib keladigan narsadan boshqa hech nima yo’q.” Shunda Rasululloh dedilarki: “Ey Asmo, sadaqa bergil, aks holda rizqing qulflanadi”
4. Shaxsiy mulk va boylikka ega bo’lish Ayol kishi o’z boylik yoki mulkini saqlashga, uni ishlab topgan yoki merosga olgan bo’lishidan qat’iy nazar, o’sha boylkini istaganicha sarflashga haqli. Sharq ayollari bu huquqqa ega bo’lganliklariga hali ko’p bo’lmadi. Masalan, India ayollariga bunday huquq 1956 yilga qadar berilmagan edi. Qur’oni karimda shaxsiy mulk haqida quyidagilar keltirilgan: “Alloh biror ne’mat bilab biringizni biringizdan ortiq qilib qo’ygan bo’lsa, sizlar uni (hasad – adovat bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o’z mehnatlaridan nasiba olurlar, ayollar ham o’z mehnatlaridan nasiba olurlar. Sizlar (birovlarga berilgan ne’matlarga ko’z olaytirish o’rniga) Allohning fazlu marhamatini so’ranglar. Albatta Alloh hamma narsani bilguvchi bo’lgan zotdir!” (Niso:32)
5. Fikrni ifodalashda erkinlik Ayrim shunday jamiyatlar ham borki, unda oddiy fuqaro davlatni boshqaruvchi shaxs bilan yuzma-yuz gaplashib, o’z huquqini talab qila oladi. Ko’pchilik davlatlarda aynan ayollar bunday imkoniyatdan mahrum qilingan bir paytda, bu amallar islom dinida doimo erkin bo’lgan. Bu Umar raziyallohu anhu halifalik qilgan davrda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlangan. Bir kuni u zot r.a. odamlarga qarata nikoh payti juda katta miqdordagi mahrni qo'ymaslikni buyurayotgandilar. Shunda bir ayol o’rnidan turdi va baland ovozda: “Ey Umar, siz Alloh belgilab qo’ygan qonunni o’zgartirasizmi?” dedi va Qur’ondan quyidagi oyatni keltirdi: “Agar bir xotinni qo’yib, boshqa xotinga uylanmoqchi bo’lsangizlar, avvalgisiga sanoqsiz molu – dunyoni mahr qilib bergan bo’lsangiz-da, undan biron narsani qaytarib olmangizlar! Uni bo’hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?" (4:20) Buni eshitgan Umar r.a.: “Men adashdim, bu ayol haq” dedi.
6. Jihodda ishtirok etish Urush maydoni ayollar tugul hatto erkaklarni ham qo’rquvga soladigan joydir. Jangning shiddatli va vahshiy ozorlari tufayli faqat erkaklargina unda qatnashish majburiyatini olganlar, ayollar esa bunday ishdan ozod qilinganlar. Bir kuni bir ayol Payg’ambarimiz sallalohu alayhi va sallamdan jihodda ishtirok etganlarga va’da qilinga ajru-mukofot va savoblar tufayli ularga ham jihodda ishtirok etishga ruhsat so’radilar. Shunda U zot s.a.v. “Ayollar uchun jihod urushsizdir” dedilar. Bu bilan Rasululloh hajj va umrani nazarda tutayotgan edilar. Ammo shunday bo’lsada, payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ayollarga urushda qatnashgan, yarador bo’lganlarga hamshiralik qilishga izn berganlar. jifar qabilasidan ayollar kelishib, ulardan biri Haybar janggiga tayyorlanayotgan Payg’mbarimizga s.a.v. shunday deydi: “Yo Rasululloh,biz jangda yaralanganlarga qarash, sizlarga yordam qilish maqsadida siz bilan ushbu jangda bormoqchimiz”, deydi. Shunda Rasululloh “Alloh sizlardan rozi bo’lsin, kelinglar” deganlar. Ansoriy ayollardan biri Ummu Atiyya shunday degan: “Men Payg’ambarimiz bilan yettita jangda ishtirok etdim. Mujohidinlar yo’qligida ularning tuyalariga ko’z-quloq bo’lish, ovqat tayorlash va yaradorlarga qarash bilan mashg’ul bo’ldim”. Muoz bin Jabal uning jiyani Asmo bint Yazidning Yarmuk janggi paytida to’qqizta rim askarini o’ldirganligini habar qilgan.
7. Ayolning er tanlash huquqi Turmushga chiqadigan qizning valiysi, hoh u otasi yoki akasi yoki amakisi bo’lsa ham, qizga mos umr yo’ldoshi topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bu valiylarga hech qachon qizning hohishiga qarshi boorish huquqini bermaydi. Qiz valiysining taklifini qabul qilish yoki rad qilish yoki o’zi mustaqil tanlash huquqiga ega. Hanso bint Huzom ismli bir ayol Payg’ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: “Otam odamlar oldida o’z nufuzini oshirish maqsadida meni amakivachchamga majburlab turmushga berdi”, dedi. Shunda Rasululloh unga otasining hohishini rad qilib, o’zi istagan kishiga turmushga chiqishga haqqi borligini aytdi. U ayol “Men otamning qarorini qabul qildim, ammo men boshqa ayollar otalari ularni majburlab erga berish huquqiga ega emasliklarini istayman” dedi. (Ahmad, Nasa'i and Ibn Mojja)
8. Bola asrash huquqi Ajrashish er va xotinga baravar qiyin muammo bo’lib, bu ayniqsa farzandli bo’lganda juda ko’p qiyinchilik tug’diradi. Chunki har ikkala tomon farzandni o’zlarida saqlab qolishga intiladilar va shu huquqni qo’lga kiritish uchun bir-birlariga tuhmat qilishgacha yetib boradilar. Islom dinida esa bu masalaga yaqqol yechim mavjud. Unga ko’ra, yosh o’g’il va qiz farzandlar onaga qoladi. O’g’il farzand tahminan yeti yoki to’qqiz yoshga yetgach, ota qaramog’iga o’tadi. Qiz farzand esa turmush qurguniga qadar onasi bilan qoladi. Agar ona qayta turmush qurishni lozim topsa, qiz farzand buvi yoki holasiga qoldiriladi. Bu yechim Payg’mabarimizning sallallohu alayhi va sallam so’zlariga asoslangan bo’lib, u zot shunday degan edilar: “Bola asrash huquqi sizlardan birortangiz qayta turmush qurguningiz qadar siz tomondadir”.
9. Hayrli ishlarga bir-birlarini undash va gunoh ishdan qaytarish Qur’oni Karimda bu haqda shunday deyilgan: "Mo’min va mo’minalar bir-biriga do’stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to’xtatadilar, namozni to’kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, Alloh va Uning payg’ambariga itoat etadilar"
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:18 | Message # 4 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (2) Ҳар бир жамиятнинг аёлга нисбатан бўлган қараши бу жамиятнинг уйғонишига зўр даражада таъсир этибгина қолмай, балки унинг уйғониш сари қадам ташлашига ҳам жуда кучли таъсир ўтказади. Зеро, аёл киши - айтганларидек - жамиятнинг ярмидир, балки аёллар сони эркаклар сонидан ортиқдир. Аёл эркакнинг тенг ярими, биродаридир. У она, сингил, қиз фарзанддир. Бу тушунчалар қанчалик чуқур сингиб, аниқ бўлиб, тушуниб борилса бу йўл ва ана шу тушунчаларнинг тўғрилиги шунчалик аниқ бўлиб боради.
Аёл киши аёл ва эркакнинг баб-баробар инсон эканига ишонадиган жамиятда инсон сифатида, Яратувчининг махлуқи сифатида ўзининг ижтимоий ролини адо эта олади, ўз Яратувчисининг низомларига бўйсуниб, эркак билан турли соҳаларда ўз ҳиссасини қўшади ва ана шу соҳаларда энг ажойиб намуналарни тақдим этади.
Бунга тескари ўлароқ аёл - унга инсон сифатида қарашни ортга улоқтириб, фақат аёл сифатида қарайдиган жамиятда - ана шу қараш сабабли қисиниб-қимтиниб қолади, бундай қараш доирасига кирмайдиган ҳар қандай ролни адо этишдан маҳрум бўлади, балки жамият уни бунинг ўрнига ўз аёллигини турли хил кўринишларда кўз-кўз қилишга ва эркакни лаззатлантирадиган нарсаларни ифодалашга мажбур қилади.
Бунинг энг яхши тасдиғини Ислом бағрида яшаган аёл тарихида ва бошқа турли ҳазорат-цивилизациялар шароитида яшаган аёл тарихида топамиз. Аёлнинг роли жамиятнинг унга бўлган қараши табиатига ва эркакнинг аёл ҳақидаги тушунчасига қараб турли бўлади ва ўзгаради
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:25 | Message # 5 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (3) Ислом ҳазорати-цивилизацияси бағрида яшаган аёл тарихи ҳақида гапиришдан аввал бошқа турли ҳазорат-цивилизациялар шароитида яшаган аёл ҳақида сўз юритсак.
Келинг, сўзни аввало юнон аёлидан бошлайлик. Масалан, қадим тарихда ўз цивилизацияси ва маданиятига эга миллатлардан бири ҳисобланган юнонларда юнон аёли даражасини юксалтириш ва уни у яшаётган ибтидоий, қадим гирдобдан олиб чиқиш, халос қилиш учун уринишлар бўлган. Дарҳақиқат, юнонлар бунга муваффақ ҳам бўлишган. Лекин ниманинг ҳисобига ва қандай ундов билан?
Аёлнинг жисмоний тузилиши ва тана кўриниши ҳисобига, бошқа нарса эмас. Чунки юнонлар яланғоч ҳайкалларни йўниб ишлашда ва яланғоч суратларни чизишда жуда уста бўлиб кетишди. Улар аёлни гўзаллик, муҳаббат, ишқ рамзига, ҳайвоний шаҳватлар ва ваҳшиёна истак-хоҳишлар манбаига айлантиришди. Бу билан юнонлар аёлни инсон сифатида тубан жарликдан олиб чиқмоқчи бўлиб, уни уятсиз суратлар ва бронза ҳайкалларга кўтаришди, бу сурат ва ҳайкаллар олдида ўзлари бўрттириб тасвирлашган гўзаллик кўринишларини олқишлаб, бўйин эгиб таъзим қиладиган бўлишди. Ҳиссий шаҳватлар ортидан елиб-югуришлари оқибатида уларга моддийлик устун бўлиб олди, ҳайвоний ғаризалар оқими уларни оқизиб кетди, тийиқсиз истак-хоҳишлар уларга ҳукмрон бўлди. Ваҳоланки, бу омиллар миллатлар цивилизациясини вайрон қилувчи ва уларнинг тарихдаги ўрнини ном-нишонсиз йўқ қилувчи энг кучли емирувчи қуроллардир. Шунинг учун биз юнон аёли тарихда фақат бирор мусаввир-рассом мўйқалами чизган сурат ёки бирор ҳайкалтарош йўниб ишлаган ҳайкал сифатида тилга олинишининг гувоҳи бўламиз. Ҳа, шундай, юнон аёли учун қолган бор-йўқ нарса шулардир. Чунки бу аёл ана шунинг ҳисобига ва ана шу сабабга кўра қўштирноқ ичидаги «улуғворлик шоҳсупаси»га кўтарилди.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:32 | Message # 6 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (4) сухбатимизни Исломга ёт бўлган хазоратларда бағрида яшаган аёл қиймати хақида давом эттирамиз. Энди, римликларга келсак, бу миллат ичида аёл бошидан кечирган кўтарилишлар ва пастликка қулашлар силсиласини кузатамиз. Аёл ўз эри хоҳлаганча ўйнайдиган бир итоатли ўйинчоқ эди. Ҳатто айрим ҳолларда унинг ҳаёти ҳам эри учун ўйинчоқ эди. Римликлар маданият ва юксалиш сари қадам ташлашга урина бошлаганидан кейин уларнинг аёл ҳақидаги ваҳшиёна фикрлари аста-секин йўқолиб борди. Натижада улар аёлнинг даражасини кўтармоқчи ва уни жамиятда ўз ўрни бўлган бир жонзотга айлантирмоқчи бўлишди. Хўш, улар нима қилишди? Ўзларидаги аёл даражасини қайси нарса билан кўтаришди? Маданиятга эришишга бўлган ана шу уринишда рум аёлининг роли нимадан иборат бўлди?
Уларнинг қилган иши фоҳишаларни кўкларга кўтариб мақташ, шаҳватларни муқаддаслаштириш, аёлларни шарм-ҳаёсиз қилиш бўлди, холос. Ҳатто айрим фоҳишалар давлат аҳволи ва ишлари билан ўйнашадиган ҳам бўлиб қолди. Бу фоҳишаларнинг уйлари кўплаб давлат арбоблари ва нуфузга эга ҳар бир кимса тўпланадиган жой бўлиб қолди. Бунинг оқибатида ҳамма ёқни ҳайвоний бебошлик қамраб олди, давлат низомига путур етди ва бу миллат уммат сифатидаги ўрнини йўқотди.
Дарҳақиқат, римликлар давлати тугаб битди ва уларнинг ҳазорати йўқ бўлиб кетди. Рим аёлидан тарихда бир миллат ҳазоратини емиришга ўз ҳиссасини қўшган аёл, деган номдан бошқа ном қолмади.(давоми бор)
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:39 | Message # 7 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (5) Исломга ёт бўлган хазоратлардан бири Европа хазоратига келсак, у ўз қонун ва низомларида аёлнинг эркак билан тенг ҳуқуқлилигини кўз-кўз қилишга уринди ва зоҳирдан қараганда тенглик бўлиб кўринадиган нарсага эришди. Лекин уларнинг бу тенгликлари воқелиги ҳақиқий тенгликка тўғри келмас эди. Бу хом хаёл тенглик эвазига эркак аёлдан хоҳлаган нарсасини ҳеч бир чекловсиз ёки шартсиз оладиган ва унга бир арзон товар сифатида қарайдиган бўлди. Аёл ўзининг иззат, ҳурмат, иффат, ҳаё, ор-номус, шарафдан иборат барча аёллик хусусиятларини йўқотганидан кейин ва аёллигини, аёл сифатидаги борлиғини, ўрнини бой берганидан кейин ана шундай товарга айланиб қолди ва унинг ҳаётдаги роли фақат эркак кишининг истак-хоҳишларини рўёбга чиқариш ва ўз гўзаллигини кўз-кўз қилиши учун унга бу эркак қандай сабабларни ўйлаб топса, бузуқлик ва беҳаёликнинг қандай йўлларини унга муҳайё қилиб берса, шуларга кўр-кўрона эргашишдангина иборат бўлиб қолди.
Ҳозирги Европа аёли эришган барча нарса аслида мана шулардир, бугун бу аёл ўзида кўрсатаётган ва эртага, бутун олам бўйлаб ҳақиқат нур сочадиган кунда сўзлаб берадиган барча нарсалар мана шулардир. Унга инсон сифатида эмас, фақат аёл сифатида қарайдиган жамиятда аёлнинг аҳволи мана шундай бўлади.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:42 | Message # 8 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
ИСЛОМДА АЁЛ КИЙМАТИ (6) Энди Исломдан олдинги даврга тўхталадиган бўлсак, жоҳилият аҳли қиз болаларни ор қилиб ва қашшоқликдан қўрқиб тириклай кўмиб юборишар эди, аёл кишининг ҳеч қандай эътибори йўқ эди. Масалан, Умар р.а. ҳадисида шундай дейилган:
«Биз аёллар билан ҳечам ҳисоблашмас эдик ва уларни ишларимизга аралаштирмас эдик». Ундан қилинган баъзи ривоятларда эса бундай дейилган:
«Ҳеч ким аёли билан сўзлашмас эди. Фақат агар ундан қондириб оладиган эҳтиёжи бўлсагина ўша эҳтиёжини қондириб олар эди».
Агар эркак вафот этса хотин мерос бўлиб қолар эди, чунки айримлари бу аёл устига кийимни ташлар, натижада уни мерос сифатида никоҳлаб олар эди. Агар аёл чиройли бўлса, унга уйланар, агар хунук бўлса, уни ўлгунча ўз ҳузурида ушлаб туриб, ўлганидан кейин ундан қолган меросга эга бўлиб олар эди.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 10:54 | Message # 9 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
солиха аёл Яхши СолиҲа аёл
Яхши солиҳа аёл дунё матосининг энг яхшисидир.
Муслим Абдуллоҳ ибн Умар Gдан ривоят қилиб келтирган ҳадисда Расулуллоҳ A дедилар: «Дунё матодир, дунё матосининг энг яхшиси яхши солиҳа аёлдир». Ҳоким «Мустадрак»да Анасдан келтириб, уни саҳиҳ деган ҳадисда Расулуллоҳ A дедилар: «Кимга Аллоҳ Таоло яхши аёлни насиб қилган бўлса, демак, унинг динининг ярмига ёрдам берибди, иккинчи ярмида Аллоҳдан қўрқсин».
Яхши солиҳа аёлнинг зийнатлари қуйидагилар:
Биринчи: Аллоҳга ва эрига итоат этмоғи. Аллоҳ Таоло айтади:
الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللَّهُ
„Эркаклар хотинлари устида раҳбардирлар. Бунга сабаб Аллоҳ уларнинг бировларини бировларидан (яъни эркакларни аёллардан) ортиқ қилгани ва эркаклар (хотинлари ва оилалари учун) ўз мол-мулкларидан сарф-ҳаражат қилганларидир. Бас, ибодат-итоатли ва эрлари йўқлигида Аллоҳнинг ҳифзу ҳимояти билан (эрларининг мол-мулкларини ва ўз иффатларини) сақловчи хотинлар яхши хотинлардир“. [4:34]
Аллоҳ Таолонинг (قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ) қавлидаги қивомат (раҳбарлик) сўзи умумий эмас, фақат бошқарувга чекланган раҳбарлик маъносида келган. Ва яхши солиҳа аёл эрига итоат этгувчидир. Абу Наим аёлнинг зийнати ҳақида ривоят қилган: «Саъид ибн Мусайяб Gнинг аёли: «Биз эрларимизга фақат: Сизлар амирларингизга: Аллоҳ сизни ислоҳ қилсин, Аллоҳ сизни ҳифзу ҳимоясида сақласин, деганингиздек гапни айтар эдик», деди». Термизий Абу Ҳурайра Gдан қуйидаги ҳадисни келтириб, уни ғариб ҳасан ҳадис деган. Расулуллоҳ A дедилар: «Агар бирортани бирор кишига сажда қилишга буюрганимда эди, аёлни эрига сажда қилишга буюрган бўлар эдим». Бу ҳадисни Ҳоким ва ибн Ҳиббон саҳиҳ ҳадис деган. Ибн Ҳиббон бу ҳадис лафзини қуйидагича ривоят қилган: «Агар бирор нарсани бирор нарсага сажда қилишга буюрадиган бўлсам, аёлни эрига сажда қилишга буюрардим. Жоним Унинг қўлида бўлган зотга қасамки, аёл эрининг ҳаққини адо этмасдан туриб, Парвардигори ҳаққини адо этолмайди…». Ибн Можжа Аби Умома Gдан қуйидаги ҳадисни келтиради, Набий A дедилар: «Мўмин Аллоҳ Азза ва Жалланинг тақвосидан кейин агар буюрса итоат қилган, унга қараса хурсанд қилган, унга қасамёд қилса оқлаган, ҳузурида бўлмаганда ўзининг иффатида ҳам, эрининг мол-мулкида ҳам унга самимий турадиган яхши аёлдан кўра яхшироқ нарсага эришган эмас». Байҳақий «Шуъаб»да келтиради: «Асмо ибн Хорижа ал-Физорий қизини эрга бераётганда унга: Эй қизим, эрингга чўри бўлгин, у сенга қул бўлгай, унга кўп яқинлашмаки, малоллангай, ундан узоқлашмаки, унга ташвиш келтиргайсан. Онангга айтганимдек бўлгин:
Марҳаматимга сен сазовор бўл,
муҳаббатим давом этгай,
Ғазаб ўти ёнса гар, сўйламагил,
муҳаббатим давом этгай.
Бирлашмагай қалбда ҳаргиз
озор ила муҳаббат,
Магар қалбга озор етса,
кетиб қолгай муҳаббат,
Билдим - қалбда озор қолиб,
Кетиб қолгай муҳаббат».
Ва ҳар қандай аёлга, эри ундан рози бўлган ҳолда вафот этса, жаннат умид қилинади, негаки Термизий Умму Салама р.адан ҳасан деб қилган ривояти бор. Расулуллоҳ G дедилар: «Ҳар қандай аёл, эри ундан рози бўлган ҳолатда вафот этса, жаннатга кирур».
Иккинчи: Эри учун безанмоғи.
Расулуллоҳ Aнинг ибн Можжанинг Аби Умомадан: «Агар унга қараса хурсанд қилган…», деб ривоят қилган мазкур ҳадислари ва «… аёл саодатидан бири сиз уни мафтун этадиган ҳолида кўрмоғингиз, ҳузурида бўлмаганингизда ундан иффатини ва мол-мулкингизни сақлашидан хотиржам бўлмоғингиз…», дейилган. Буни Ҳоким ҳам келтириб, саҳиҳ деб Саъд р.адан ривоят қилган. Ва яна Ҳокимда келтирилиб, Муслим саҳиҳ деган Абу Ҳурайра ривоят қилган ҳадисда Набий Aга: «Аёлларнинг қайси бири яхшироқдир?» деб савол берилганда, у киши: «Аёлларнинг яхшиси агар эри қараса қувонтирган, буюрса итоат қилган, ўз иффатида ва унинг мол-мулкида унга қарши иш қилмаганидир», дедилар. Ибн Абдулбиррнинг «Тамҳид»ида: «Ўз иффатида ва унинг мол-мулкида у ёқтирмайдиган нарса билан унга қарши иш қилмаганидир» лафзи ривоят қилинган.
Учинчи: Ўз уйини бошқармоғи, иффатини ва эрининг мол-мулкини сақламоғи.
Аёл аслида она ва хонадон мураббиясидир. Бунга ибн Умар Gнинг Набий Aдан ривоят қилган муттафақун алайҳ ҳадислари: «Ҳар бирингиз бошлиқсиз ва ҳар бирингиз аҳлингиздан масъулсиз. Амир бошлиқдир, киши ҳам ўз хонадонига бошлиқдир. Аёл ҳам эрининг уйига ва унинг фарзандларига бошлиқдир. Демак, ҳар бирингиз бошлиқсиз ва ҳар бирингиз ўз аҳлингиздан масъулсиз»; ва Набий Aнинг Саъднинг собиқ ривоятидаги: «Унинг ҳузурида бўлмаганингизда унинг иффатидан ва мол-мулкингиздан хотиржам бўлмоғингиз»; ва ибн Аббос G ривоятидаги: «Агар эр унинг ҳузурида бўлмаса, аёл уни ҳимоя қилади»; Аби Умома ривоятидаги: «Агар эр унинг ҳузурида бўлмаса, ўзининг иффатида ҳам, эрининг мол-мулкида ҳам унга самимий турадиган»; Муслимда келтирилган Абу Ҳурайра Gнинг ривояти: «Туя миниб келган аёлларнинг яхшироғи Қурайшнинг фарзандига раҳмлироғи ва эрининг қўлида уни риоя қилувчироғи бўлган аёлдир»; яна Муслимда келтирилган Асмонинг ҳадисидаги: «Мен Зубайр Gнинг уй ишларини қилар эдим. Унинг оти бор эди - унга қарар эдим. Мен учун отга қарашдан оғирроқ хизмат йўқ эди. Унга ҳашак ўриб келиб, бошида туриб едирардим», ҳадислари далилдир.
Тўртинчи: Эрига охират ишида ёрдам бермоғи.
Ибн Можжа Савбон Gдан ривоят қилиб келтиради. У киши деди: «Тилла ва кумуш ҳақидаги оят нозил бўлгач, саҳобалар мол-мулкнинг қайсисини оламиз, дейишди. Умар: Мен сизларга билиб бераман, дедиларда, туяларига миниб Набий Aга етиб олдилар. Мен у кишининг изида бораётган эдим. Умар: «Эй Расулаллоҳ, қайси мол-мулкни оламиз?» дедилар. Шунда Расулуллоҳ: «Сизларнинг бирингиз шукрона қилувчи қалб, зикр айтувчи тил ва охират ишига ёрдами тегувчи мўмина аёлни олсин», дедилар». Ибн Аби Шайба Абдурраҳмон ибн Абазийдан ривоят қилади. У: «Киши ҳузуридаги яхши аёл мисоли подишоҳ бошидаги тилла қопланган тожга ўхшайди, яхши киши ҳузуридаги ёмон аёл мисоли қария елкасидаги оғир юкка ўхшайди», деди.
Бешинчи: Диндор бўлмоғи.
Ибн Можжа Абдуллоҳ ибн Амр Gдан ривоят қилади. Расулуллоҳ A дедилар: «Аёлларга ҳусни туфайли уйланманглар. Чунки уларнинг ҳусни уларни ҳалок қилиши мумкин. Уларга мол-мулклари туфайли ҳам уйланманглар, негаки уларнинг мол-мулклари ҳам уларни туғёнга етаклаши мумкин. Бироқ аёлларга дини сабабли уйланинглар. Бурни тешик қора диндор канизак афзалдир». Байҳақий «Сунан»да Аби Азина ас-Судафийдан мурсал санад билан келтиради, Расулуллоҳ A дедилар: «Энг яхши аёлларингиз, агар Аллоҳдан тақво қилса, меҳрибон, тез-тез туғувчи, муносиб ҳамдард бўлганидир». Байҳақий «Шуъаб»да Умар ибн Хаттобдан ривоят қилади. У киши дедилар: «Аёллар уч турлидир. Иффатли муслима, хушмуомала ва меҳрибон, мусибатларда аҳлига ёрдами тегадиган ва аҳлига қарши мусибатни авжига чиқармайдиган аёл. Бунақасини топиш қийин. Ва фарзанд туғишдан нарига ўтмайдиган идиш ҳисобидаги аёл. Учинчиси эса малолланиб юрувчи кишандир». Ибн Аби Шайбада «битлиқи» лафзи келган. Аллоҳ Таоло бунақасини хоҳлаган бандасига насиб қилади. Агар ундан олишни хоҳласа, олиб қўяди. Битлиқи ва исқирт дегани тўғрироқдир. «Лисон»да ҳам шундай келтирилган. Ибн Асир ҳам шундай деган. Аёллар ва эркакларнинг динини бузаётган нарсалар ахборот воситаларида, шунингдек, тубан йўлдан урувчи сериалларда тарқатилаётган куфр ва адаштириш фикрларидирки, улардан четланиш лозим.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:03 | Message # 10 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Олтинчи: Эрига яхши рафиқа ва уни рози қилишга иштиёқманд бўлмоғи.
Байҳақий «Шуъаб»да, ибн Асир, Абу Хотим ар-Розий, ибн Абдулбарр ва Абу Наим барчалари ривоят қилганларки: «Асмо бинти Язид ал-Ашҳалийя Расулуллоҳ A ҳузурларига саҳобалар орасида турганларида келди ва деди: «Ота-онам сизга фидо бўлсин, ё Расулаллоҳ, мен аёллардан сизга элчиман. Шубҳасиз, шу чиқишимни эшитгану эшитмаган, шарқу ғарбдаги ҳар қандай аёл менинг фикримда бўлса керак. Аллоҳ Таоло сизни барча эркак ва аёлларга пайғамбар қилиб юборди. Биз сизга ва илоҳингизга иймон келтирдик. Биз аёллар уйларингизда ўтирувчи, шаҳватингиз адо қилинувчи ва фарзандларингизни кўтарувчи заифа, ожизалармиз. Сиз эркаклар бизлардан тўпланиш, жамоа бўлиш, касалларни кўриш, жанозаларга қатнашиш, изма-из ҳаж қилишлар билан афзалсизлар. Булардан ҳам афзали эса Аллоҳ йўлидаги жиҳоддир. Ё Расулаллоҳ, биз ушбу яхшиликларда сизлар билан шерик бўлмаймизми?» Набий A тўлиқ юзлари билан саҳобаларга юзланиб, сўнгра: «Ушбу аёлдан кўра дини ҳақида чиройли қилиб савол берган бирор аёлнинг гапини эшитганмисиз?» дедилар. Улар: «Ё Расулаллоҳ, аёл бундай нарсаларга йўл топади деб ўйламаган эдик», дейишди. Сўнгра у киши: «Сиз, эй аёл, қайтингда, ортингизда қолган аёлларга: Сизлар эрингизга яхши рафиқа бўлиб, уларнинг розилигини истаб, кўнглини топишингиз шуларнинг барчасига тенг эканлигини билдиринг», дедилар. Ҳалиги аёл такбир ва таҳлил этиб қайтиб кетди». Ва яна аёлнинг эрига яхши рафиқалик сифатларидан бири эрининг ҳузурида унинг рухсатисиз нафл рўза тутмаслиги ва ўз маҳрамларини эрининг рухсатисиз уйига олиб келмаслигидир. Зеро, Абу Ҳурайрадан ривоят қилинган муттафақун алайҳ ҳадисда Расулуллоҳ A дедилар: «Аёл эрининг ҳузурида рўза тутиши ва эрининг уйига унинг рухсатисиз йўл қўйиши ҳалол эмас». Ва яна Табароний ибн Аббосдан ҳасан санад билан ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ A дедилар: «Аёл (ўз маҳрамларига) эрининг уйига рухсатисиз йўл бермагай. Ва тўшагидан туриб эрининг рухсатисиз нафл намоз ўқимагай». Муслимда Асмодан ривоят қилинади: «Менга бир одам келиб: Эй Абдуллоҳнинг онаси, мен камбағал кишиман, ҳовлингизнинг соясида савдо қилишни хоҳлагандим, деди. Мен: Агар мен сизга рухсат берсам, бундан Зубайр оғринади, келиб унинг ҳузурида сўранг. Мендан сўраманг, дедим. У кейинроқ келиб: Эй Абдуллоҳнинг онаси, мен камбағал кишиман, ҳовлингиз соясида савдо қилишни хоҳлагандим, деди. Шунда мен: Сизга Мадинада менинг ҳовлимдан бошқа жой йўқми? дедим. Шу вақт Зубайр менга: Сенга нима бўлди, камбағал кишини савдо қилишдан қайтаряпсанми? деди. Натижада у то фойда қилгунича савдо қиладиган бўлди». Ва яна эрига яхши рафиқалик сифатларидан бири эр ғазабланганда унга ёқишга ҳаракат қилмоқлигидир. Негаки Байҳақий «Сунан»да мажҳуллиги бор, «Шуъаб»дагидан ўзга санад билан ҳамда матрук ҳисобланган Табароний келтиргандан ўзга санад билан Абдуллоҳ ибн Аббосдан ривоят қилади. Расулуллоҳ A дедилар: «Сизларга жаннат аҳлидан ҳисобланган аёлларингизни айтиб берайми? Улар меҳрибон, тез-тез фарзанд кўрувчи, агар ранжитса ёки ранжиса эрининг ёнига келиб, ҳаттоки унинг қўлидан ушлаб: «Аллоҳга қасамки, то рози бўлмагунингизча мижжа қоқмайман», дейдиганидир».
Булар аёл киши сифатланиши лозим бўлган ижобий сифатлардир. Ва яна улар сақланиши лозим бўлган салбий сифатлар ҳам мавжуд. Улар:
Биринчи: Эрини ранжитмоғи. Термизий Муоз ибн Жабалдан ривоят қилинган ҳасан ҳадисда Набий A дедилар: «Аёл эрини дунё туфайли ранжитмасинки, унинг оҳу кўз ҳурларидан бўлган аёли: Уни ранжитма, сени Худо кўтарсин, у сенинг ҳузурингда вақтинча бўлади, яқинда сендан ажраб бизга келур, дер».
Иккинчи: Эридан шикоят қилмоғи. Саид ибн Мансур «Сунан»ида Саъид ибн Мусайяб ёки Ҳасандан (Ҳаммод ибн Зайд иккиланган) ривоят қилган мурсал ҳадисда Расулуллоҳ Aнинг қизлари ул зот ҳузурларига эрларидан шикоят қилиб келади. Шунда Расулуллоҳ A дедилар: «Қайтиб бор, чунки мен аёл киши эридан шикоят қилиб, этагини судраб юришини ёқтирмайман». Байҳақий «Шуъаб»да Зайд ибн Собитдан мавсул ҳадис келтиради, унда: «Мен аёл киши эридан шикоят қилишини жуда ёмон кўраман», деганлар. Шубҳасиз, Расулуллоҳ A аёлларнинг баъзи шикоятларини эшитганлари собит бўлган. Энди далиллар ораси жамланганда Расулуллоҳ Aнинг шикоятни ёқтирмай, ёмон кўришлари ота ўрнидаги ҳолатга боғлиқлиги маълум бўлади. Аммо бошлиқ сифатида ишларни бошқарганларида шикоятни эшитганлар, шикоятчи кишини ёқтирмасликлари зоҳир бўлмаган. Демак, аёллар эрларидан шикоят қилиб келганларида оталар ва оналар валийлари Набий A қизларига айтган нарсани айтишлари мустаҳабдир. Бироқ, шикоят мавзуси сукут сақлаш мумкин бўлмаган иш бўлса, бундан мустаснодир.
Учинчи: Уйдан кўп чиқмоғи. Аёлнинг ўз уйида бўлиши эркакларга кўринишидан яхшироқдир, ошхонасида шуғулланиши, фарзанди, тикув-йигируви ёки мусҳафга эътиборини қаратиши эркаклар билан тиқин, аралаш оммавий жойлар ва оммавий транспорт воситаларида қанот қоқиб юришидан афзалроқдир. Ушбу нафис шишаларни сақланглар, чунки уларнинг синиғини тузатиб бўлмайди. Уларга товламачилар ҳужуми ҳам жуда ёмон.
Булар яхши аёл сақланиши лозим бўлган салбий сифатлардир. Юқоридагилари эса яхши аёл безаниши лозим бўлган зийнатлардир. Оқибатда аёл киши шулар сабабли Расулуллоҳ A билан бирга бўлган самимий мўминалар сийратига қайтиб, самимий иймонли эркакларнинг ҳақиқий рафиқалари бўлурлар. Аллоҳ уларни шундай сифатлаган:
لِيُدْخِلَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَكَانَ ذَلِكَ عِنْدَ اللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًا -5,
– „У мўмин ва мўминаларни остидан дарёлар оқиб турадиган, улар мангу қоладиган жаннатларга киритиш учун ва улардан ёмонлик-гуноҳларини ўчириш учун (уларнинг дилларини Ўзи буюрган кофирларга қарши жиҳод қилиш каби ҳукмларидан таскин-ором оладиган қилиб қўйди). Ва бу Аллоҳ наздида улуғ бахт бўлди“.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:32 | Message # 11 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
АЁЛДАГИ ГУЗАЛЛИК
Аёлдаги гЎзаллик меЪёри хусусида Ғарб билан Ислом Ўртасидаги фарҚ (1)
2002 йилнинг декабр ойида Лондонда эллик иккинчи халқаро «Гўзаллик маликаси» мусобақаси зўр шовқин-сурон билан ўтказилди. Бу мусобақа беҳаё либослардаги бир гуруҳ аёллар яланғоч баданларини бемалол кўз-кўз қиладиган бу турдаги томошаларга қарши кўчаларни тўлдириб намойиш ўтказган Нигерия мусулмонларига рад жавоби сифатида ўтказилди. Ўша мусобақада Туркиянинг «гўзаллик маликаси» Азро Акиннинг ғолиб чиқиши мусулмонларни масхара қилишнинг бир кўриниши бўлди. Бу аёл шу мусобақада қатнашган бирдан-бир мусулмон аёл эди. (Бу аёлнинг ғолиб чиқиши мусобақа натижаларининг қанчалик ёлғон эканлигини ва улар фақат сиёсий натижалар эканлигини яққол кўрсатиб турибди). Азро Акин ғолиб чиққанидан кейин шундай деб интервpю берди: «Мен дунё аёлларини гўзал суратда кўрсатишни орзу қиламан. Дунёнинг «гўзаллик маликаси» бўлиш мен учун шарафдир. Ишонаманки, бундай мансабни қўлга киритиш аёл киши учун яхши натижадир. Мен тубдан ўзгаришни рўёбга чиқаришни орзу қиламан».
Азронинг шу мавзу хусусидаги бундай назарига қарши ўлароқ ер юзининг турли бурчакларидаги жуда кўпчилик аёллар - уларнинг орасида мусулмон аёллар ҳам, мусулмон бўлмаган аёллар ҳам - бор. Улар бу турдаги «гўзаллик мусобақа»ларини аёллар учун шарафли нарса деб ҳисобламайдилар. Аксинча, жуда кўп аёллар бундай мусобақалар аёл шаoнини ерга уради, чунки уларда аёл киши, содда қилиб айтганда, эркакларнинг рағбатини қондирадиган воситага айланиб қолади, деб ишонадилар.
Бугунги кунда аёл киши ҳақида Ғарб оламининг «узун қоматли, нозик, мулойим ва айб-нуқсонлардан холи бўлган сарғиш сочли аёл гўзал аёлдир», деган фикр-тушунчаси олам бўйлаб хукм сурмоқда.
Аёл ҳақидаги бу фикр унинг ташқи кўриниши - либосларда ҳамда ўз баданини бутун оламга кўз-кўз қилиш мақсадида эга бўлишга зўр бериб интиладиган шакл-шамойил (фигура)да акс этиб турибди. Аёл кишининг қиёфасини гавдалантирадиган бу сурат, яoни аёл киши ўз ҳаёт кўринишларининг барчасини, қандай либослар кийиши лозимлигини ва эркаклар билан бўладиган алоқаларни ўзи белгилайди деган фикрга таянадиган бу сурат, аёлдан бошқа ҳеч ким, ҳатто аёлни яратган Парвардигор ҳам бу суратни белгилаб бермайди, деган фикрга таянади. Бутун олам, шу жумладан Ислом олами бўйлаб аёл суратининг намунаси бўла олиши учун Ғарб аёлининг сурати таянадиган қиёфа шундан иборатдир. Ғарбнинг оммавий ахборот воситалари бу суратни мусиқа ва филмлар орқали тақдим қилишда, мода ва косметик воситаларни намойиш қилишда, журнал ва рекламаларда пардоз буюмларини реклама қилишда катта рол ўйнайди. Радио ва телевидение орқали бутун олам бўйлаб халқаро «гўзаллик маликаси» мусобақасини ёритиб бориш ҳам шундай рол ўйнайди. Масалан, 2002 йилнинг декабрида ўтказилган ана шу мусобақани дунё бўйлаб икки миллиарддан ошиқ одамлар томоша қилди. Ғарб аёлининг ана шу суратидан келиб чиқиб, мусулмон аёлга хунук ва қолоқ аёл деган назар билан қаралади. Масалан, Британия бош вазирининг хотини Шерри Блэр 2001 йилда ўтказилган матбуот анжуманида мусулмон аёлининг Исломий либосига шундай деб очиқ баҳо берди: «Мен ёпинчиқдан кўра аёлнинг қолоқлигини кўрсатадиган нарса йўқ деб биламан». Франциялик сиёсатчи Жан-Мари Лебен эса ҳижоб ҳақида шундай деди: «Ҳижоб бизни хунук аёллардан узоқлаштиради». Бу сурат ва ташқи кўриниш Ғарб аёллари доим банд бўладиган манба бўлиб қолди. Бу аёллар гўзалликни муваффақият ва ишончга эришишнинг ҳамда жамиятда қадр-қиймат ва ҳурматга эга бўлишнинг гарови деб биладилар. Гўзаллик ҳақида баҳс юритиш ихтиёрий масалами ёки мажбурийми? Ғарбдаги аёл гўзаллик излаш, гўзал бўлиш тўғрисида бош қотиришни ихтиёрий масала деб билади. Шунинг учун у ҳаётда ўзи ёқтириб танламоқчи бўлган сурат ва кўринишни белгилаб олишда ўзини эркин деб ҳисоблайди. Аслида эса ҳақиқат бундай аҳмоқона қарашдан бутунлай узоқ. Ғарб жамияти гўзал аёл қандай бўлишини кўрсатадиган ўлчовларни белгилаб олган. Бу ўлчовлар бўйича, агар аёл узун бўйли, нозик, чиройли, сарғиш сочли ва ҳисларни жунбишга келтириб, завқлантирадиган бўлса, гўзал аёл ҳисобланади. Гўзаллик ва модага бағишланган минг-минглаб журналлар гўзалликка нисбатан бундай қараш билан тўлиб-тошиб ётибди. Бунга мисол қилиб «Vogue», «Glamour» номли журналларни келтириш мумкин. Бу журналлар Лондон, Париж, Рим ва Нpю Йорк кўчаларида ҳар куни сотилади. Гўзаллик ва косметика воситалари саноати гўзал бўлиш хақидаги изланишларни рағбатлантиради. Реклама саноатида ишлайдиган модел манекен (тайёр кийимларни кийиб кўрсатувчи) аёллар ва фотомодел аёллар бу изланишлар натижаларини намойиш қилади. Реклама орқали идеал (намунавий) бадан ва ташқи кўриниш ҳар куни миллионлаб кишиларнинг хонадонларига узатилади. Бунга мисол қилиб Клаудия Шиффер, Синди Кроуфорд ва Наоми Кемпбелларнинг реклама саноатини келтириш мумкин. Бундай ўлчовлар аёллар зўр бериб интиладиган ўлчовларга айланиб қолди. Гўзалликка бундай тизгинсиз ва жамиятга ҳукмрон бўлиб олган қараш сабабли Ғарбдаги аёллар жамиятдаги эркаклар кўзига жозибали кўринаётганлиги ёки кўрина олмаётганлигига ишонч ҳосил қилиш учун узлуксиз стресс (сиқилиш) ҳолатини бошдан кечирадиган бўлиб қоладилар. Эркак кишиларга ҳам, ўз навбатида, гўзаллик ҳақидаги шундай тушунчалар ўз таoсирини ўтказади. Ҳақиқатда Ғарб аёли истеoмол қилинадиган товар ва хар қандай масаладан кўра ўзининг ташқи кўриниши билан овора бўлувчи фанат (ўта берилган) аёлга айланиб қолди. Масалан, Қўшма штатлардаги ишчи аёллар ўз даромадларининг учдан бир қисмидан кўпроғини ўз чиройини сақлаб қолишга бағишлайдилар. 55% аёллар аёлдаги энг жозибали нарса ташқи кўринишдир, деб ҳисоблайдилар. Фақат 1%гина аёллар аёлдаги жозибали нарса заковатдир, деб биладилар. Гўзаллик ҳақида кутилган натижаларга эришишда рақобат қилишнинг бундай сиқилиш ҳолати ғарблик аёлда: «Жуда семизманми ёки ориқманми? Жуда узунманми ёки паканаманми?», дейиш каби ташқи кўринишга тааллуқли нарсалар хусусида доимий хавфсираш ва қўрқадиган бўлган ақлияни вужудга келтиради. Масалан, 1985 йилда «Нpю Йорк таймс» рўзномасида чоп этилган бир хисоботда шундай дейилган эди: «Кўпинча қадди-қомат жиҳатидан келишган эркаклар ўз қоматлари хусусида тўла мамнун эканликларини билдирган бир пайтда, қадди-қомати эoтиборни жалб қилишга қодир бўлган жозибадор аёлларда бундай мамнунликни кўрмаймиз. Кексалик масалалари билан шуғулланувчи Америка тадқиқот муассасаларининг бирининг бошлиғи доктор Арчер К. Полин 1988 йилда шундай деган эди: «Хунукликка чиройли қилиш лозим бўлган камчилик сифатида эмас, балки касаллик сифатида қараш келгусида врачларга кўпдан-кўп фойда келтириши мумкин». Гўзаллик хақида бундай изланишлар гирдобида аёл киши ишончнинг етишмаслиги уни доимий таoқиб қилиши сабабли сурункали хавотирга тушадиган бўлиб қолди. Ҳатто манекенчи ва фотомодел аёллар ҳам ўзларининг шакл-шамойилларига ишонмайдиган бўлиб қолдилар. Масалан, «Индепендент» рўзномаси яқинда нашр қилган бир мақола шундай аёллардан бир қанчаси руҳий изтиробга мубтало бўлганлигини кўрсатиб ўтиб, Карен Молдерни бунга мисол қилиб келтиради. Бу аёл иштаҳа йўқотиш ва тушкунликка тушиш касалидан азоб чекади. Сўнгра у ухлатувчи дориларнинг ортиқча дозасини қабул қилиб, беҳушлик ҳолатига тушиб қолади. Шундан очиқ кўриниб турибдики, гўзаллик саодатга элтади деган фикр бўлмағур хомхаёл ва алаҳсирашдир. Энди «Ғарб аёли қандай либос кийиши лозим эканлигини, жозибали ва жозибасиз нарса нима эканлигини ўзи белгилайди», деган фикр хусусида баҳс юритадиган бўлсак, ҳақиқат бундан бутунлай бошқа эканлигини кўрамиз.
Чунки 105 миллиард доллар миқдорда даромади бўлган (бу дунёдаги қурол-аслаҳа ишлаб чиқарувчи саноатга сарфланаётган маблағдан ҳам кўпроқ даромаддир) халқаро мода саноати аёл кишига қандай либос мақбул ва қандай либос номақбул эканлиги асосини чизиб бериб, қандай кўриниш жозибали ва қайсиниси жозибали эмаслигини ҳам белгилаб беради. Бу эса аёл кишини модага тақлид қилиш босимини яна бир марта ҳис қиладиган қилиб қўяди. Аёл киши ўз жамиятига қабул қилиниши ва ёру дўстлари ёки ҳамкасблари унинг устидан кулмасликлари учун мода кетидан қаттиқроқ қува бошлайди. Аёл киши ўзини қандай кўз-кўз қилиши хусусидаги ўлчовларни ишлаб чиқадиган кимсалар оламдаги машҳур моделpерлардир. Уларнинг кўпчилиги эркак кишилар, бунга Версачи ва Жон Галpянорларни мисол қилиш мумкин. Ўзларининг дунёвий эoтиқодларидан келиб чиқадиган ва эркинлик мабдасига иймон келтирган бундай кимсалар аёл кишини ўзлари орзу қилган ҳар қандай вазиятда кўриш бобида ўзларини эркин деб ҳисоблайдилар. Улар аёл кишининг шакл-шамойили ва баданини яққол кўрсатиб турадиган либосларни гўзал либослар деб биладилар. Уларнинг назарида либос аёлнинг баданини қанчалик кам беркитса, шунчалик гўзал либос бўлади. Шунинг учун қадди-қомат гўзаллиги ҳақида изланиш Ғарб аёлига нисбатан ихтиёрий масала эмас. Аёл ўз шаклини ўзи танлаш эркинлигига эга деган фикрат ҳам шунчаки бир уйдирмадир, холос. Бу эса аёл кишида ўзига бўлган ишонч ва ҳурматни пайдо қилмайди. Аксинча, бу нарса хотиржамликни йўқотиш ва ўзининг ташқи кўриниши ортидан қувиш ақлиятини вужудга келтиради
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:35 | Message # 12 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
АЁЛДАГИ ГУЗАЛЛИК (2) Ғайривоқеий бўлган кутишлар
Оламдаги ҳар қандай жамият учун муайян узунлик, муайян вазн, тери ва сочнинг муайян ранги, муайян шакл ва муайян ёш нормасига эришиш(ни кутиш) мантиққа тўғри келмайдиган ғайривоқеий ишдир. Бу иш уни ўзларига лозим деб биладиган аёллар топилса - касаллик ҳолатига айланади. Масалан, Цинцинаттидаги медицина университети 1984 йилда ўтказган сўров натижаси 18 ёшдан 35 ёшгача бўлган 75% аёллар ўзларини семиз деб ҳисоблашларини кўрсатди. Ҳолбуки уларнинг 25%гина тиббий жиҳатдан ортиқча вазнга эга эдилар. Вазни талаб даражасидан паст бўлган 45% аёллар эса ўзларини жуда семиз деб хисоблар эканлар. Шунга ҳам эътиборни қаратиш лозимки, гўзаллик жиҳатини аниқлашда қўлланиладиган вазн ўлчовлари тиббий стандартларга ҳам мос келмайдиган ўлчовлардир. Шунинг учун бу ўлчовлар хусусида фикр юритиш ҳақиқатга тўғри келмайди. Бундан ташқари, реклама саноати манекенчи аёлларни ўз журналлари, косметик воситалари ва замонавий (модали) либосларининг янада кўпроқ сотилишини таъминлайдиган шаклда кўрсатади.
«Life» журналида санъат бўлимини бошқарган Боб Кияно шундай дейди: «Юз терисини таранг қилиш учун уни қайта-қайта торттирмаган бирон аёлнинг сурати топилмайди». Аёллар учун чиқариладиган икки журналнинг муҳаррири бўлмиш Долмейхен исмли аёл шундай дейди: «Ёши 60дан ошган машҳур кишиларнинг суратлари - улар ўзларининг ҳақиқий ёшларидагидан кўра кўркамроқ ва ёшроқ бўлиб кўринишлари учун - бошқача қилиб ўзгартирилади. 60 ёшдаги аёлнинг юзи 45 ёшли аёлнинг юзига ўхшаши учун таранг қилиб тортилади». Бу иш кўпроқ компpютер орқали кўрсатиладиган тасвир устида олиб борилади. Чунки компpютер воситасида манекенчи аёлларнинг ташқи кўриниши ва юзларидаги ажинларни ўзгартириб кўрсатиш осондир. Ғарбдаги гўзаллик тимсоли ҳисобланмиш машҳур аёллар муайян шакл ва идеал (баркамол) юзга эга бўлиш учун ҳатто пластик операциялар қилдирадилар. Масалан, пластик операциялар маликаси бўлмиш қўшиқчи Шер бир марта шундай деган эди: «Эпақага келтириш учун бу юзга неча марта упа суртишимни билмайман».
Идеал қадди-қоматга эришиш мақсадида аёл кишида қўзғатилаётган бундай минтақасиз натижалар кутиш оддий аёлни гўзал бўлишни хоҳловчи аёллар сафига қўшилиш учун хатарли операцияларга рози бўлишгача олиб боради. Масалан, Америка пластик хирургия жамияти жамлаган статистик маълумотларга кўра, сўровда иштирок этган аёлларнинг 80% билан жарроҳлик ва терапия йўли билан 8,5 миллион пластик операциялар ўтказилган. Энг машҳур ҳисобланмиш 5та пластик операциялар қуйидагича: бадандаги ёғни йўқотиш операцияси, кўз қовоғини ўзгартириш операцияси, кўкракларни катталаштириш, бурун шаклини ўзгартириш ва юзнинг терисини таранг қилиб торттириш.
Муайян шаклга эришишни бундай интизорлик билан кутиш мантиқсиз бўлибгина қолмасдан, жуда хатарли ҳамдир. Чунки у бир қанча муаммолар ва изтиробларни келтириб чиқаради. Бунга мисол келтирадиган бўлсак, манекенчи ва актриса аёлларнинг баданидаги ёғ даражаси тана вазнининг 10%дан камдир. Ваҳоланки, тиббий жиҳатдан талаб қилинган миқдор 22-26% бўлиши лозим. Бундай кам миқдорга эришиш учун, яъни озуқа моддаларининг танага сўрилиб сингиб кетишига йўл қўймаслик учун, соддароқ айтадиган бўлсак, камроқ овқат ейиш учун манекенчи ва актриса аёллар сурги дориларни тановул қилишга ва оғир гимнастик машқлар билан шуғулланишга мажбур бўлади. Шакл ва тана вазнига бўлган бундай ҳавас таом ейишдаги изтиробни, тана ҳарорати даражаси ва қонбосиминининг тушиб кетиши, юракнинг нотекис уриши ва бепуштликни келтириб чиқаради. Гоҳида эса бундай ҳавас ўлимга олиб бориши ҳам мумкин. Қўшма штатлардаги халқаро ақлий саломатлик муассасасининг таъкидлашича, америкаликлар йилига ўртача 109 миллиард долларни парҳез таомларга сарфлайди. Ҳар 20 аёлдан биттаси иштаҳаси йўқлигидан қийналади, доимий парҳезда юрадиган ҳар уч аёлдан биттасида эса ёқимсиз ахлоқ пайдо бўлади ва ҳар икки кишидан биттаси овқатланишдан қисман изтироб чекади. «Полемия» жамиятининг ҳисоб-китобларига қараганда, ҳар йили 1000та аёл иштаҳа йўқлиги касаллиги сабабли вафот этади. 2000 йилда Британия медицина жамияти бир ҳисобот тарқатди. Бу ҳисоботда Британияда иштаҳа йўқлиги касаллигининг тобора кўпайиб бориши сабаблари ҳақида баҳс юритилади. Унда жумладан шундай иборалар бор: «Оммавий ахборот воситаларининг озғин манекенчи аёлларга ружу қўйиши кичик ёшдаги қизлар ўртасида овқатланиш тартиби бузилиши авж олишига жуда аламли тарзда ҳисса қўшмоқда». Ҳатто интернетда ҳам аёлларни озғинликка тарғиб қиладиган сайтлар пайдо бўлди. Бунга мисол қилиб «Озғин бўлиш учун тавсиялар» номли сайтни келтириш мумкин. Бу тавсиялар жумласига «Агар озғин бўлмасанг, демак, сен жозибали эмассан»; «Озғин бўлишинг соғлом бўлишингдан ҳам муҳимроқдир»; «Энг муҳим нарса - вазндир»; «Овқат емай озғин бўлишинг - муваффақият ва қувватнинг ҳақиқий аломатларидир», каби тавсиялар киради
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:38 | Message # 13 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
АЁЛДАГИ ГУЗАЛЛИК (3) Ғарбдаги аёлнинг қадр-қиймати
Ғарбда аёлнинг қадр-қиймати унинг заковати билан эмас, балки унинг қанчалик гўзал эканлиги билан ўлчанади. Шунинг учун Ғарб ақлиятини кўтариб юрадиган жуда кўпчилик эркаклар ўз алоқаларида заковат ўрнига шаклни қидирадилар. Улар териси оппоқ, узун бўйли, қадди-қомати келишган аёлларни «овлаш» учун қидириб юрадилар. Агар шундай «ов» ёки «мукофот»ни қўлга киритсалар, ёру дўстлари ва оилалари олдида мақтанадилар. Шунинг учун ғарбдаги аёл кишининг ўз шакл-шамойилига тааллуқли нарсалар хусусида хотиржамликни ҳис қилмаслиги тасодифий ҳол эмасдир. Негаки у эрининг ёки кўнгил қўйган кишисининг бошқа - чиройлироқ ёки қадди-қомати келишганроқ ёки узун бўйлироқ ёки оқ баданроқ - қиз билан қочиб кетишига йўл қўймасликдан ожиздир.
Шунингдек, аёл кишини бирон вазифага тайинлашда ва иш жойидаги мансаб пиллапояларидан кўтарилиб боришида унинг ташқи кўриниши катта аҳамиятга эгадир. Бу омил ҳаётнинг барча жабҳаларини ўз ичига олади. Масалан, Қўшма штатларда бир америкалик аёл ўзининг бошлиғи олдиндан огоҳлантирмасдан, унинг ўрнига бошқа аёлни ишга тайинлаб: «Мен маънавиятим кўтарилиши учун ёшроқ аёлга қарашни истайман», деб айтганлиги ҳақида куйиниб сўзлади. Ғарбда аёл қўлга киритиши мумкин бўлган ва эркаклардан кўра кўпроқ маош олиши мумкин бўлган иш ўринлари мода кийимларини намойиш қилиш ва фоҳишалик билан шуғулланишдир. Янги либосларни намойиш қилувчи битта машҳур манекенчи аёл гоҳида бир кунда ўн минг доллар маош олиши ҳам мумкин.
Кўпчилик аёллар мансаб пиллапояларидан ўз вазифаларини яхши адо қилганлиги учун эмас, балки бошлиғи уларга, содда қилиб айтганда, ноз-карашма билан рағбат-истакларини қўзғайдиган нарса сифатида қараши асосида кўтарилиб боради.
Жинсий зўрлашга келсак, бу ифлос иллат Ғарб жамиятининг барча қатламларида кенг тарқалгандир. Масалан, Америка университет аёллари жамияти томонидан 1993 йилда ўтказилган тадқиқот ўқув юртларида таълим олаётган қизларнинг 85% жинсий тегажонликка дучор бўлган. Британиянинг бош идораси тақдим қилган рақамлар бўйича эса Англия ва Уэлсдаги ҳар 20 аёлдан 1таси ҳар куни зўрлашга дучор бўлади. Американинг «Миссис» журнали берган маълумотга қараганда эса 83,5% эркаклар «Баъзи аёллар уларни зўрлашларини истайдигандек бўлиб кўринадиларми?» деган саволга «Ҳа, шундай», - деб жавоб берганлар.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:40 | Message # 14 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
АЁЛДАГИ ГУЗАЛЛИК (4) Гўзаллик устида савдолашиш
Шундай қилиб, ҳақиқий аҳвол ушбу тарзда кўзга яққол ташланади. Ғарбда гўзаллик аёлга ҳурмат олиб келмайди, ҳатто унинг обрўсини ҳам кўтармайди ёки унинг ҳаётини қадр-қийматли қилмайди. Ҳақиқатан, ғарбдаги аёлга фикр ва заковати асососида баҳо берилмайди, балки у ташқи кўриниши билан баҳоланадиган бир товарга айланиб қолди. Кофирлар ҳақида Аллоҳ Таоло шундай деб жуда ҳақ сўзни айтди:
وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَعْمَالُهُمْ كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ مَاء حَتَّى إِذَا جَاءهُ لَمْ يَجِدْهُ شَيْئًا وَوَجَدَ اللَّهَ عِندَهُ فَوَفَّاهُ حِسَابَهُ وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَاب -39,ِ
– „Кофир бўлган кимсаларнинг қилган амаллари эса саҳродаги саробга ўхшайди. Ташна одам уни сув деб ўйлаб, токи қачон унинг олдига келгач, ҳеч нарса эмаслигини кўрур ва Аллоҳни унинг (яъни, қилган амалининг) олдида топур. Бас, У зот унинг ҳисоб-китобини комил қилур. Аллоҳ жуда тез ҳисоб-китоб қилгувчидир“. [24:39]
Расулуллоҳ с.а.в. ҳам улар ҳақида шундай деб жуда тўғри айтганлар: «Динорга қул бўлган, дирҳамга қул бўлган, ҳамиша (безакли кийим)га қул бўлган кимса бадбахтдир, агар унга (нимадир) берилса рози бўлади, берилмаса ғазабланади. Бундай кимса бадбахт бўлди ва юз тубан қулади». (Бу ҳадисни Бухорий ривоят қилган).
Воқелик ва уни тасдиқлайдиган тадқиқотлар ва статистик маълумотлар шундан иборат экан, у ҳолда «Нима учун ғарб аёли ўзининг бу нуқтаи назарига маҳкам ёпишиб олмоқда? Нима учун аёллар ўзларининг ҳар куни алданаётганларини мулоҳаза қилмаяптилар? Нима учун энди ғарб аёли оламдаги барча аёллар учун тақлид қилинадиган намуна сифатида тақдим қилиниши керак?» - деган саволлар туғилади.
Буларга жирканч капиталистик ширкатлар айбдордир. Чунки пул, фоизлар, чирой ва косметика савдоси, пластик хирургия савдоси кабиларнинг тизгини миллиардлаб доллар сармояга эга бўлган ширкатлар қўлидадир. Бу ширкатларнинг асосий сармоялари сақланиб қолиши учун гўзал бўлиш йўлларини излаш жараёни давом этиши керак. Наоми Вулф ўзининг «Гўзаллик ҳақидаги сафсата» номли китобида шундай дейди: «Ғарб аёлининг суратини оламнинг турли жойларидаги аёлларга намуна сифатида тақдим қилиш баъзи очкўз ширкатлар директорлари ва компаниялар эгаларининг карнай бўлган иштаҳаларини қондириш учун узлуксиз олиб борилади».
Бирлашган қироллик (Британия)даги косметика саноати даромад нуқтаи назаридан ҳар йили 809 миллион фунт стерлинг фойда келтиради. Мода либослари саноатининг бутун олам миқёсида оладиган даромади эса 105 миллиард доллардир.
«Тайм» журналининг 1988 йилда берган маълумотига қараганда, Қўшма штатларда парҳез воситалар саноати ҳар йили 74 миллион доллар даромад кўради. Пластик операция қилувчи битта жарроҳ йилига бир миллион доллар ишлаб олиши мумкин. Шунинг учун Ҳиндистон халқаро гўзаллик конкурсида икки йил кетма-кет ғолиб чиққан пайтда, бир неча аёллар ташкилоти бунга ҳинд гўзалининг кишини ром қилувчи жамоли эмас, балки оламдаги машҳур косметика ширкатларининг Ҳиндистон бозорига кириб боришдаги очкўз истаклари сабаб бўлганлигини кўрсатиб ўтдилар. Бунга қўшимча тарзда телевидение ва журналлар гўзал аёл суратини тақдим қилиш учун бериладиган рекламалардан юз миллионлаб фойда оладилар. Бунда кўпроқ гўзал аёлнинг ғарб ширкатлари маҳсулотларидан фойдаланиши ёки шу ширкатлар либосларини кийиши реклама қилинади.
Бундай баён қилишдан кейин ҳам аёл киши ғарблик аёлни ҳар томондан ўраб олган ёлғонлар ва алдов кўринишларига ҳадеб алданавериши керакми? Ёки тўғри шахсият ва ҳаёт тарзида ҳамда эга бўлиш лозим бўлган кўриниш ҳақида тўлиқ фикр юритиш лозимми?
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 18-Iyul-2011, 11:42 | Message # 15 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
АЁЛДАГИ ГУЗАЛЛИК (5) Бахтга қарши Ғарбнинг тушунчасига асосланган гўзаллик меъёри Ислом оламидаги кўп аёлларга ўз таъсирини ўтказди. Бу иш фавқулодда юз бергани йўқ. Зеро, Ғарб сақофати мусулмонлар зеҳнларига ҳужум қилган эди. Уларнинг эътиборига қаратилган оммавий ахборот воситаларининг назаридаги идеал аёлнинг шаклини кўчиришда катта таъсири бўлди. Ғарб яшаш тарзи ҳақида гапириб, идеал аёл кўринишини кўрсатадиган «Vъgue», «Cъsmъpъlitan» ва «Mary Clair»га ўхшаш мажаллалар Покистон, Бангладеш, Туркия, Ливан, Миср шаҳарларида ва қолган арабий ва Исломий шаҳарларда тарқатилади. Ғарб аёлининг марғуб сурати (фигураси)ни кўрсатишга эътибор қаратадиган гўзаллик салонлари очиқ-ойдин кўпайиб бормоқда. 2002 йил октябр ойида «Би-би-си» Афғонистон ҳақида «Афғон қизил лаблари эркинлиги» қиссасини тақдим қилди. У қисса Кобулда аёллар ишлари бўйича Афғонистон вазирлиги бўлими назорати остида қурилиб, 2003 йил май ойида битказиладиган, Ғарб услубидаги гўзаллик мактаби билан Афғонистон аёлларини таъминлаш учун Қўшма штатлар томонидан маблағ билан таъминланган лойиҳани муҳокама қилади. У мактабнинг ғояси айрим Афғонистон аёлларини соч кесиш ва гўзаллик савдосига ўргатиб, «Revlъn» ва «Max Factъr» каби машҳур пардоз-андоз буюмлари ишлаб чиқарадиган компаниялар томонидан ишлаб чиқарилган косметик воситалар билан таъминлашдир. Афғонистонда аёллар дучор бўлаётган очлик, тоза сув танқислиги ва турли касалликларнинг кенг тарқалиши каби муаммолар орасидан Ғарб афғон аёлининг бирламчи масаласи аёллар зеҳнига Ғарбдаги аёл кўринишига тақлид қилиш рағбатини экишни қарор қилган кўринади.
Афсуслар бўлсинким, иккинчи марта ҳам жуда кўп муслима аёллар Ғарб шахсиясига асосланган ғарбча аёл кўринишини ва динни давлатдан ажратишга асосланадиган Ғарбнинг ҳаётга бўлган кўз қарашини қабул қилдилар. У аёлларда гўзаллик меъёрлари узун қоматли, оқ-сариқ сочли, ёш, озғин, чиройли бўлишга айланди. Турмуш қуриш учун қиз бола изланганда, кўпинча йигит ёки йигитнинг ота-онаси «оқ-сарғишроқ қиз чиройлироқ бўлади», деган фикратга амал қилиб, иймони кучли қизни излаш ўрнига ўша сифатларга мос келадиган қизни излашмоқда. Қизлар териларининг ранги оқаргунча турли хил нарсалардан фойдаланиб, уларнинг оқибатларига парво ҳам қилишмаяпти. «Жюлpен» деб номланадиган оқартирувчи маҳсулот турларининг бири айни саратон (рак) келтириб чиқаради. Ашурая Рой исмли ҳинд актрисаси оқ бадани ва мовий кўзлари билан кўпчилик осиёлик аёлларни тонг қолдиради. Айни пайтда эса пластик хирургия ва энурекция (иштаҳа йўқлиги касаллиги) Ғарбда ва Ислом оламида яшаётган муслима аёллар орасида кенг ёйилган. Яқинда «Дин ва мода» ҳужжатли кўрсатуви «Би-би-си» телеканалида аёл киши қандай қилиб муслима бўлиши ва шу вақтнинг ўзида мода доирасининг бир бўлаги бўла олиши мавзусини аниқлаб, муҳокама қилди. Бу кўрсатув кўзлаган асосий мақсад Ғарбда яшаётган муслима аёл Ғарбнинг гўзаллик ҳақидаги фикратини қабул қилиши учун унга эътибор қаратиб, жамиятга Ғарб услубида қоришиб кетиши мақсадида унга гўзаллик андозасини чиқариб бермоқчи, токи бу нарса унинг Исломий шахсиядан маҳрум бўлишга ва муслима аёл сифатида ўз масъулияти ва мажбуриятларини ёддан чиқаришига
|
|
| |