RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
ABU BAKR AS-SIDDIQ
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:24 | Message # 1
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Abdusodiq Irisov

CHAHORYORLAR

MASHHUR TO’RT XALIFA HAIDA RISOLA




TOSHKENT-1993
O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti.

Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambardan keyin dastlabki to’rt xalifa islomning keng tarqalishiga asosiy rol o’ynagan kishilar edilar. Ularning nomlarini zikr qilish bilangina kifoyalanib qolmay, balki ular haqida kengroq ma’lumotlar tarqatish Islom ma’rifat ahlining burchiga aylanib qolgan.
Bu yerda zikr qilinadigan to’rt halifa haqida Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambarning hadislari ham bor. “Haq taolo, - do’stlarimni butun insonlarga fazilatli qilib yaratgan. Bu do’stlarim ichida to’rt kishi – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining fazilatlarini yuqori etdi. Ularni do’stlarimni eng yaxshisi qildi”. Yana boshqa yerda keltirilgan hadisi sharifda “do’stlarim go’yo yulduzlar singarilar. Qaysi biriga ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”, deydilar.
Birinchi hikoyamiz – hulafoyi roshidiyn – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi halifalarning avvalgisi sanalmish Abu Bakr as-Siddiq haqida


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:26 | Message # 2
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
ABU BAKR AS-SIDDIQ


Islom olamida Payg’ambarimiz Muhammad Alayhi vassallomdan so’ng eng mashhur yirik siymo — Abu Bakr as-Siddiqiydir. Uning asl ismi Abdulloh ibn Abu Kuhofadir. Islomni dastlab qabul qilgan va keyinchalik uning yirik namoyandalaridan biri bo’lib qolgan zot — shu Abu Bakr payg’ambarga o’ta sodiq, o’ta fidokor kishilardan bo’lgan. Uning hayot yo’li boshqalarga ko’p jihatdan o’rnak bo’ladigan, ruhi tetik, yurish -turishi ibratomuz, sadoqatparvar,
ko’pchilikning hurmat-ehgiromiga sazovor bo’lgan.
Abu Bakr milodiyning 572 yilida Makkada dunyoga kelib, 634 yili vafot etadi. Islomdan oldingi nomi unut bo’lib, unga Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambar bergan nom — Abdulloh bilan atalib yashadi. Otasining oti Usmon, uning kunyasi1 Abu Kuhofa deb mashhur bo’lgan. Onasining oti Salma, uning kunyasi Um-ul-xayr (yaxshilik onasi)dir. Abu Bakr aslida payg’ambarimiz bilan ilk suxbat qurganlardan biri bo’lib, tonggi namozni doimo u kishi bilan birga bajo keltirgani uchun Abu Bakr (Тong otasi) deb ataladi.
Bu kishiga hurmatan aytiladigan gaplardan biri shuki, unga payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) doim: «Sen Allohning jahannamdan uzoqlashtirilgan bandasisan. Kimki jahannam o’tidan uzoq turuvchi bir kishini ko’rmoq istasa, Abu Bakrning yuziga qarasin!»— der ekanlar.
U kishi juda to’g’ri so’z, payg’ambarga g’oyat sodiq bo’lganidan hamda payg’ambar hadislarini boricha, o’zidan biror so’z qo’shmay naql etganligidan «Siddiq» («to’g’ri») deb atalgan. Abu Bakr Siddiq Islomni qabul qilmasidan ilgari ham o’zining odamlarga mehr-oqibati, kambag’allarga ko’makdosh, ularga shafqat va marhamati bilan tanilgan kishi edi.

Johiliyat davrida ko’pchilik odamlar sanamlarga sig’inar, sig’inmaydiganlari esa barmoq bilan sanarli bo’lgan. Ana shunday «barmoq bilan sanaladigan» shaxslarning biri Abu Bakr edi. Kitoblarda naql etishlaricha, bu kishi u davrda sanamlarga sig’inganlardan xatto nafratlanib yurar ekanlar.
Islomdan avval Abu Bakr Makka shahrida «xun»ni olib beradigan bir lavozimda bo’lgan. Bunda kimki birovni o’ldirib qo’ysa, o’ldirganning jazosini belgilash, qotil o’ldirilgan odam haqqini to’lashi yoki da’vogar qotilni o’ldirishi kerak edi. Bordiyu ikki tomon kelishtirilguday bo’lsa, u holda mablag’ to’lab qutulish ham mumkin edi. Bunday ma’suliyatli ishning boshida o’ta adolatli, sermulohaza kishi turishi lozim ko’rilardi. Abu Bakrday insofli, tadbirkor kishining bunday katta ahamiyatga molik ishga bosh-qosh bo’lishi esa ko’pchilikning manfaatiga mos kelar edi.
Saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko’ra, Abu Bakr islomdan oldinlari ham payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) bilan lozim do’st edi, ular birgalikda savdo karvonlarida sayohatda ham bo’lganlar.
Bir kuni Abu Bakr tush ko’ribdi. Qarasa bir to’lin oy ko’kda suzib yuribdi. Ko’z tikib tursa, usha oy Makka shahri tomon suzib kelibdi, keyin u kichik-kichik shu’lalarga aylanib, parchalanib, butun shahardagi uylarga kirib ketibdi. Hayron bo’lib qarab turganicha ketibdi. Тushini ba’zi do’stlariga so’zlab ham beribdi. Ular Abu Bakrga yaqin kelajakda Makkada muhim bir hodisa yuz berishi kerakligi, bunda uning ham ulushi bo’lajagi, bu tushni ko’rish nasib bo’lganidek, yuz beradigan o’sha hodisalarda ham bu kishining nasibasi borligini aytibdi.



وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:27 | Message # 3
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Kitoblarda naql qilinishicha, payg’mbarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ga vahiy kelgan kezlarda Abu Bakr tijorat ishi bilan Yaman tomonga ketgan bo’ladi. Safardan qaytgach, Abu Bakr bilsa, odamlar orasida mish-mish tarqalgan, hammaning og’zida payg’ambar, unga vahiy kelganligi va u kishining dushmanlari Abu Bakrni u kishidan sovitish maqsadida har xil bo’xtonlarni tarqatayotgan ekan. Ular Abu Bakrni musulmon bo’lishdan qaytarish tadorigini ko’rib shunday siyosat tutayotgan ekanlar.
Ammo Abu Bakr as-Siddiqning fikr qilish tarzi o’ziga xos edi, mulohaza doirasi keng, dovyurak kishi edi. U safardan qaytgach, bo’lgan voqyeani odamlardan surishtirdi.
— Men yo’g’imda nima bo’ldiyu, qanday hodisa yuz
berdi, — deb surishtirdi.
— Yo’g’ingda qiziq hodisalar yuz berdi, bundan sening xabaring yo’q. Abu Тolibning yetimi Muhammad payg’ambarlik da’vosini qilib yuribdi,— degan javob oldi.
— Тo’xta, to’xta, bu da’voni kimdan eshitding?— deb
so’radi u.
— Muhammadning o’zi gapirdi,— deyishdi.
— Rost,— dedi boshqasi,— o’zi shunday deb sanamlarimizni yomonlab yuribdi.
— Uning o’zi so’zladi, dedingmi?— deb qaytadan so’radi Abu Bakr.
— Ha, o’zi gapirdi, o’z qulogim bilan eshitdim,— dedi u.
— Agar o’zi aytgan bo’lsa — to’g’ridir, hozir qaerda u kishi?— deb so’radi Abu Bakr.
— O’zining uyida,— deyishadi.
Abu Bakr kiyinib, darhol do’sti huzuriga otlandi. U kishi bilan hol-ahvol so’rashib turib:
— Payg’ambar bo’lganing to’grimi?—deb so’radi.
— Ha, to’gri, Abu Bakr, men senga va sen kabi insonlarga elchi bo’ldim. Odamlarni Allohga ibodat qilishga va sanamlarga sig’inmaslikka da’vat etmoqchiman.
Abu Bakr bir dam hayolga cho’mib turdiyu Allohdan Muhammadga vahiy kelganini eshitib darhol imon keltirdi. Shu bilan u kishi islomni birinchi qabul qilgan ulug’ zot bo’ldi.

Abu Bakrning o’sha davr mezoniga ko’ra qirq ming dirham jamg’armasi bor edi, bu davlatning hammasini islom uchun sarf eting, deb payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga topshirdi. U islomni qullab-quvvatlab, ham moddiy, ham ma’naviy yordam berishga kirishdi. Hatto uning vositasi va sa’yu-harakati natijasida bir qancha makkaliklar islomni qabul qildilar. Bulardan bir k,ismi, chunonchi, Usmon ibn Affon, Тalha bin Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Raqqos Abu Ubayd ibn Jarroh, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf kabilar islom tarixida muhim xizmatlar ko’rsatgan buyuk zotlar sanaladi. Abu Bakr vositasi bilan yana qanchadan-qancha kishilar islomni qabul qildilar. Shu bilan birga muxolif kuchlar ham jim turmas, ular ham islomga kirganlarni bu yo’ldan qaytarib, ularni o’zlari yurgan noto’g’ri yo’lga solishga urinar va bu yo’lda bor kuchlarini, molu dunyolarini sarf etar edilar.
Islomni barqaror etish ishi uchun payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning uylarida yig’ilish qilinar edi. Bu xil yig’ilishlar janobi payg’ambarimiz (sallallohu alayhi vassallam) rahbarliklarida Abu Bakr vositasi bilan to’planar va islomni yanada keng yoyish rejalari tuzilar edi.



وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:29 | Message # 4
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Bir kuni musulmonlar Abu Bakr maslahati bilan Ka’baga bordilar. Abu Bakr u yerda turgan mushrikiylarga yaqinlashib:
—Sanamlarga sig’inmanglyar, yakkayu-yagbna Allohga imon keltirib, musulmon bo’linglar,— dedi.
Mushrikiylar darhol yopirilib, ular rahnamosi Abu Bakrni yerga yotqizib urishga, tepishga tushdilar, yuz-ko’zini qonga beladilar, ammo tarafdorlari Abu Bakrni qutqaradi. Behosdan qilingan hujum va kaltak zarbidan u behush bo’ldi. Uyiga olib kelishdi va ahvoli durust bo’lgancha bir necha kun yotdi. U sal uziga kelib, ko’zini ochgach, alaxsirash asnosida birinchi aytgan gapi shu bo’ldi:
— Rasululloh qalay? Unga bir narsa bo’lgani yo’qmi?
Onasining ko’z yoshi bilan:
— Biror narsa yeb-ichasanmi?— degan so’rog’iga yana:
— Rasululloh qaerda? Uning ahvoli qalay?— deb
so’rar va yana ko’zini yumib uyquga ketardi.
Onasi hech narsadan xabari yo’qligini aytganda, u yana ko’zini ochib:
— Darhol Umar ibn al-Хattobning qizi Ummu Jamil oldiga bor, undan Rasulullohning hol-ahvolini so’rab kel— dedi.
U payg’ambar haqida ma’lumot olmagunicha, xotirjam bo’la olmas, o’z ko’zi bilan ko’rib, unga biror zarar yetmaganiga ishonch hosil qilmoqchi edi. Nihoyat ular ko’rishadilar, yuz bergan hodisadan afsuslanib, quchoqlashdilar. Abu Bakr payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) bilan ko’risharkan, ko’ziga yosh oladi. Payg’ambar uni bag’riga bosib, o’pdi, hatto bu holini ko’rib, uning ham ko’zi yoshlandi. Muhammad(sallallohu alayhi vassallam) bu kishidagi ulug’vorlik, sodiqlik va mehru oqibatni hurmatlardi, doim u kishi bilan kengashardi. Ular shunday yaqin edilarki, hatto urush chog’ida ham, tinchlik damlarida ham birga bo’lardilar. O’rtadagi bu hamdamlik Abu Bakrning qizi Oyshaga Muhammad(sallallohu alayhi vassallam)ning uylanishi bilan yana oshib ketdi.
Islom manba’larida ta’kidlanishicha, Abu Bakr islomni qabul qilgach ko’pdan-ko’p muhim va hayrli ishlar qildi, aholi o’rtasida islomga da’vat qilish ishlarini keng ko’lamda olib bordi. Bu kishining da’vati bilan ko’p odamlar islomni qabul qildilar. Bir turli odamlar islomni qabul qilmagan bo’lsalarda, ammo uning da’vat etilishiga qarshilik qilmadilar, ularning ko’pi keyinchalik musulmon bo’ldilar.
Zotan Muhammad(sallallohu alayhi vassallam)ning o’zlari ham do’sti va suxbatdoshlarining orasida eng muhtaram, serfazilat kishi Abu Bakr ekanligini, uni juda hurmat qilishlarini va mulohazalari bilan hisoblashishini gapirib yurar edi.
Shunisi aniqki, der ekanlar paygambar(sallallohu alayhi vassallam), do’stlarim ichida menga eng ko’p ehson qiladigani Abu Bakrdir. Agar ummatim orasida o’zimga bir do’st topgan bo’lsam, o’sha kishi Abu Bakrdir. Bilinglarki, islomiyat borasida topilgan yaqinlik shaxsiy do’stlikdan afzaldir.
Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etgach, mahid qo’yilgan joyga Abu Bakr kirib yig’ilganlarga qarata dedi:
«E, xaloyiq! Muhammad payg’ambarga ummat bo’lganlar bilsinki, u vafot etdi. Ammo, Allohga imon keltirganlar bilib qo’ysinlarki, U o’lmaydi. U abadiydir!» So’ngra Qur’oni karim oyatini uqidi: «Muhammad faqat elchidir, ungacha ham elchilar bo’lgan. Agar u vafot etsa, yoki o’ldirilsa, nahotki sizlar orqaga qaytasizlar? Kimki orqaga qaytsa, u Allohga hech zarar keltirilmaydi, shukr qilganlarga esa Alloh O’z ajrini beradi» (Oli Imron surasi, 144-oyat).
Shundan so’ng yig’ilganlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ni dafn qilish marosimiga tayyorgarlik ko’rishga kirishdilar. Nihoyat dafn marosimi ham bo’lib o’tdi.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:32 | Message # 5
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
davomi

Endi har bir davr, har bir zamonda bo’lganidek, bu paytda ham bir sarkor, bir ish boshi, rahbar bo’lishi kerak edi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) islom dini bayrog’i ostida odamlarni to’pladi, shaharlar, mamlakatlarda xayrixohlar chiqib, islom olami ancha kengaydi, tevarak-atrofga qanot yoydi, ammo ulug’ dohiy, rahnamo vafot etgach, unga endi boshqa bir yo’lboshchi bo’lishi kerak edi. Bu masala barcha sarkardalar nazdida ko’ndalang turardi. Bunday boshliq bo’lishga da’vogarlar ham ko’plab chiqdi, ular o’z da’volarini isbotlashga urindilar. Shu orada qanchadan-qancha sohta, yolg’onchi payg’ambarlar paydo bo’ldi, ma’lum qabila yoki guruhga boshchilik qilib, butun mamlakat taqdirini qo’lga olmoqchi bo’lganlar ham topildi. Ularning ba’zilari mamlakatga rahbarlik qilishni da’vat qilishga urinardilar. Ulardan bir guruhi «namozni uqiymiz, ro’zani tutamiz, ammo zakot bermaymiz» degan aqidani ko’tarib chiqadilar. Bunday sharoitda siyosat olib borish ham ancha mushkul edi.
Bu orada islom rahnomolari —mashhur sahobalar maslaxatga to’plandilar. Bunda kim davlatga boshliq bo’ladi, degan masala muhokama qilindi. Bir tomonda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) amakivachchasi va kuyovi Ali ibn Abu Тolib turar va uning tarafdorlari ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga qarindoshligi jihatidan, ham u kishiga kuyovligi jixatidan uni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’rniga o’tkazishni istashar edi. Muhammad(sallallohu alayhi vassallam) esa o’zidan so’ng kim o’rinbosar bo’lishi haqida hech qanday ochiq ko’rsatma bermagan edilar.
Ammo bu qiyin masalada fikr-andisha ishga tushdi. Odamlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bilan bo’lgan voqealarni, u kishining so’zlarini esladilar va payg’ambar aytgan o’sha ibratli so’zlardan xulosa chiqardilar.
zakot degan yig’im bo’lardi. Bunda tushgan daromadning qiriqdan birini musulmonlar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga keltirib topshirar, u kishi ra’yi bo’yicha bu daromadlarni musulmonlar jamoasining zaruratlariga sarf qilishar edi. Shu holni nazarda tutib, sahobalar payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
— Sizdan keyin zakotlarimizni kimga beramiz?
— Abu Bakrga beringlar,— dedilar.
— Undan keyin kimga beramiz?—deb so’rashganida:
— Umarga,— dedilar.
— Umardan keyinchi,— deb so’ralganda, u kishi(sallallohu alayhi vassallam):
— Usmonga,— deb javob berganlar.
Demak islom olami sanalgan mamlakatda kim birinchi shaxs ekanligi bu so’zlardan birmuncha ayon bo’lib qolgan edi. Bundan Abu Bakrni Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’rinbosari, ya’ni xalifa bo’lishi lozimligini anglab yetdilar. Bu yerda hozir bo’lgan sahobalarning birortasi ham bunga qarshi bo’lmadilar.
Yana shunday bir voqea ham bunday qaror bo’lishiga sabab bo’lgan ekan. Sahihi Buxoriy asarida keltirilishicha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) hasta bo’lganliklari uchun u kishi amri bilan Abu Bakr as-Siddiq imomligida bomdod namozi o’qilayotgan ekan. Shu payt payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’z xonalaridagi pardani xiyol ochib, tapqariga nazar solibdilar: do’stlari imomligida namoz o’qilmoqchi bo’lib turilgan ekan. Bu holni ko’rib, sevinib kulib qo’yibdilar.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:33 | Message # 6
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
davomi

Shu payt Abu Bakr as-Siddiq payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) derazasiga qarab qo’yadi. U kishi payg’ambar namozga kelib, imomlikka o’tsalar kerak, deya taraddudlanadilar. Ammo payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) namozni o’qiyvering, ishorasini qilib, ohista deraza pardasini tushirib qo’yadilar. (Ahmad Foruh, Ashobi Kirom. Istanbul, 1988, 171-6). Shu kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etadilar3.
Yana sahobalar shunday voqeani ham esga olishgan ekan. Hadis olimlarining so’zlariga ko’ra, bir ayol payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan bir narsani so’rab olsam maylimi, debdi. U kishi, mayli, so’ra, debdi. Shunda xotin:
— Yo Rasululloh, bir narsa so’ramoqchi bo’lsamu,
lekin sizni topolmasam, nima qilaman?— debdi. Shunda
payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) unga:
— Meni topolmasang, Abu Bakrdan so’ra,— deb javob
beribdilar.

Тarixchilarning ko’rsatishicha, Abu Bakr payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)ning misoli bir vaziri edi, barcha ishlarni u kishining maslaxati bilan bajo keltirardilar va haqiqattan ham u kishi payg’ambardan keyingi yirik shaxs edi. Hatto dushmanlardan qochib, g’orda bekinganida ham, mashhur Badr urushi paytida ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bu kishi bilan birga bo’lganlar. Birga bo’lgan vaqtlarida payg’ambar u kishi o’rniga boshqa hech kimni oi’tqazmas ekanlar. Umar ibn al-Хattob haqida ham payg’ambarimiz ko’p iliq so’zlarni deganlar. Тermiziyda zikr etilgan Aqoba ibn Omirning keltirgan hadisida aytilishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vassallam) “Mendan keyin payg’ambar keladigan bo’lganda edi, u holda Umar ibn Хattob payg’ambar bo’lib kelardi” deganlar. Bunda ul zotning Umarga bo’lgan katta hurmati va yuksak bahosi ifodalanganlar.
Mashhur muhaddislardan Ibn Mojaning keltirishicha, Anas ibn Molikda shunday gap bor.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
— Aytingchi, eng yaxshi ko’rganingiz kim?
— Oysha,— debdi u kishi.
— Erkaklardan-chi,— deb so’rashganda.
— Oyshaning otasi,— deb javob bergan ekanlar.
Ma’lum bo’ladigan mulohaza shuki, paygambarga eng
yak,in zotlar Abu Bakr bilan Umar ikkalovi ekan.
Islom tarixchilarining ko’rsatishlaricha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) anjumanda bo’lganda hech kim u kishiga tik qaray olmas ekan. Faqat Abu Bakr bilan Umar u kishiga qarab so’zlar, ba’zan o’zaro kulib gaplashib o’tirishar ekan.
Bir gal do’stlar orasida payg’ambar o’z yaqin odamlarini fath etilgan mamlakatlarga yuborishi va u yerlarda islom tartibi o’rnatilishi haqida gapirib qoladilar. Shunda kimdir:
— Abu Bakr bilan Umarni ham yuborasizmi?— deb
so’rab qoladi. U kishi esa:
— Yo’q, bular ikkalasi doim yonimda bo’ladi, bular
misoli mening qulog’imu ko’zimdur,— degan ekanlar.
Bir kuni Abu Bakr bilan Umar qo’qqisdan sahobalar bilan suhbat qurib o’tirgan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzurlariga kirib qolishadi. Shunda payg’ambar oi’tirganlarga qarab:
— Хudoga shukrki, bu ikkovi meni baquvvat qildi,—
deganlar.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:33 | Message # 7
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Mana shu kabi ko’p fikr va mulohazalar o’rtaga tashlandi. Boshliqlik kursisiga da’volar va bular jarayonida bahslar paydo bo’ldi. Ko’p bahslardan so’ng Abu Bakr nomzodiga to’xtalinganday vaziyat yuzaga keldi. Shunda sahobalardan Abu Bakr tarafdori bo’lib gapirganlar dalili boiqalardan ustun keldi.
Ularning bir dalili shu edi. Ya’ni yuqorida eslaganimiz: “Bugun namozga Abu Bakr o’tib bersinlar”,— degan so’zlari asos bo’ldi. Shunda Abu Bakr imomlikka o’tib, namozni ado etganlar. Bu hol namrzxonlar xotirasida qoladi. Nega payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’zlari imomlikka o’tmay, Abu Bakrni o’tkazdilar. Nega boshqa bir odamga — Umargami, Usmongami, Aligami, yo biror botshqaga tayinlamay, aynan Abu Bakrga tayinladilar — bu ham odamlar mulohazasida edi. U kishi haqida hech narsa demasdan qo’qqisdan shunday dedilar, demak, boshqalarga nisbatan u kishida ustun bo’lgan yaxshi hislatni ko’rgan, bilganlar. Shundan bu yo’lni tutganlar.
Хullas ko’p mulohazalardan keyin payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga o’rinbosarlikka Abu Bakr loyiq topildi, shundan xalifalik lavozimi yuzaga keldi va birinchi bo’lib bunga Abu Bakr sazovor bo’ldi.

Abu Bakr davrida ko’p o’lkalar zabt etildi, Dajla va Frot daryosi o’rtasidagi o’lkalar egallandi, nixoyat Eronga ham askar yuborildi. Vizantiya tomonga ham yurish qilishdi. Bu vaqtda Vizantiya qo’shinida ikki yuz ming askar bor edi, arablarda esa bor yo’g’i o’n ming askar bor edi, xolos. Sarkarda Хolid ibn Valid Shom (Suriya) tomonga yurish qildi. U Busra amirligiga yurish qildi, uni va uning atroflarini egallab, askarlari soni dushmanga nisbatan oz bo’lishiga qaramay, zafar qozondi. Abu Bakrning qisqa xalifalik davrida islom mamlakati bir muncha kengaydi.
Qur’onni tartibga tushirish va uni bir jild holiga keltirish ishiga ham birinchi bor Abu Bakr kirishadi. U Qur’onni tartibga tushirish uchun bir hay’at ham tashkil etadi.
Abu Bakr payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) yo’lini mahkam tutar, har bir muayyan masalada u kishining yo’rig’i bilan ish ko’rar edi.
Abu Bakrning olti farzandi bor edi. Ularning uchtasi ug’il va uchtasi qiz edi. Bular — Oysha, Abdulloh, Asmo, AbdurRahmon, Ummu Kulsum va Muhammad bo’lib, katta o’g’il Abdulloh yoshligida vafot etib ketgan, qolgan o’g’illari oila qurib, bola-chaqa qilganlar. Oysha payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muhtaramalari bo’lgan. Asmoga sahobalardan bo’lmish Zubayr, Ummu Kulsumga esa Тalha uylangan edilar.

Suriya yurishi kezida Abu Bakr qattiq kasalga chalinib qoladi. Shunda u kishi behosdan undan so’ng xalifalikka kim o’tirishi haqida bosh qotiradi. Uni ko’rgani kelgan safdoshlari bilan kengashadi, turli muloxazalar o’rtaga tashlanadi, hech kim nomzod ko’rsatishga jur’at etmasdi. Abu Bakr nomzod qilib Umarni ko’rsatadi. Buni eshitib hamma sukutga ketadi. Bu orada ba’zi saxobalar Umarning qattiqqo’lligi, bir so’zligi, o’z fikridan qaytmasligi bor, deb undagi yutuq va kamchiliklarni o’rtaga tashlaydilar.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Yakshanba, 05-Okt-2008, 16:34 | Message # 8
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Ammo ko’pchilik uning nomzodini ma’qul topadi. Shu bilan Abu Bakr Umarni chaqirtirib, taqdiri iloxiy ila mabodo unga jon taslim qilish vaqti kelsa, hech qanday g’alago’vurga yo’l qo’ymay, u kishi xalifalik kursisiga o’tirishi zarurligi, yana o’lkalarni zabt etib, u yerlarda islomni yoyish kerakligi haqida vasiyat qildi. So’ngra o’zini ham payg’ambar yoniga ko’milishini vasiyat qildi.
Abu Bakrning janozasi jamoat jam bo’lgach, payg’ambar, hujrasi bilan minbari o’rtasidagi Ravza (jannat, bog’) deb atalgan maydonda o’qildi.
Shunday qilib payg’ambardan so’ng xalifalik kursisiga o’tirgan ochiq chehrali, yumshoq ko’ngil, salobatli, dovyurak, taqvodor, butun mol-dunyosini islom yo’lida sarf qilishga bel bog’lagan fidoyi Abu Bakr as-Siddiqni tabarruk yer o’z bag’riga oldi. Uning qabri ham payg’ambar qabri yonida, ular ikkisi qabrda hamsoya bo’lib qoldilar.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:19 | Message # 9
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Islom tarixida Abu Bakr bilan payg’ambar hayotiga doir ko’p voqealar qayd etilgan. Hatto mushrikiylar g’olib kelganda, ulardan yashirinib bir g’orga berkinganlari va g’orda bir necha kun qolib ketganlari Qur’onning to’qqizinchi Тavba surasida zikr, etilgan: «Agar sizlar Unga (ya’ni Muhammadga) yordam bermasangiz, lekin Alloh unga yordam berdi. Kofirlar uni (Makkadan) haydaganlarida g’orda yashirishgan ikki kishidan biri u edi. U o’z hamrohiga «Qaygurma, Alloh biz bilan» degandi. Uning ustiga Alloh taskinlik tushirdi, sizlarga ko’rinmaydigan lashkar bilan qullab-quvvatladi, kofir bo’lganlarning so’zlarini tuban qildi. Allohning so’zlari esa balanddir. Alloh qudrat va xikmat sohibidir» (9, 40).
Naql qilishlaricha, dushmandan berkinib g’orda Abu Bakr bilan payg’ambar uch kun o’tirishadi. Abu Bakrning qizi Asmo g’orga yemak-ichmak keltirib turadi. Abu Bakrning ug’li Abdulloh ham ularga zarur narsalar keltirib, bularning holidan xabar olib turar edi. Ular faqat kecha qorong’usida kelishar, kunduzlari esa yaqin yo’lamas edilar.
Oradan uch kun o’tdi va payg’ambar bilan Abu Bakrning iziga tushgan mushrikiylar tinchigach, ular Madina shahri tomon yo’l oldilar. Shu tariqa Madinaga ko’chdilar. Bu ko’chish, ya’ni xijrat yangi bir taqvimga boshlanma sifatida islom tarixiga kirib qoldi. Musulmonlar o’z kalendarlarini shu ko’chishdan boshlaydigan bo’ldilar.
Abu Bakr Madina shahriga ko’chgach ham doimo payg’ambar bilan birga bo’lib, undan uzoqlashmadi. Unga doimiy bir sadoqat bilan hamroh bo’ldi. Abu Bakr hech qachon u kishining gapini ikkita qilmas zero ul zotga tamoman ishonib kelgan edi.

Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafot etganida Abu Bakr u kishining yonida bo’lmagan, boshqa joyda bo’lgan. Bu habarni eshitib, darhol mayyit yoniga yetib boradi va yuzlariga yopilgan pardani ko’tarib, uning peshonasidan o’padi. Keyin bir ho’rsinib vazminlik bilan deydi:
— Barchamiz Allohning bandalarimiz va albatta, Uning huzuriga qaytamiz, ota-onam singa fido bo’lsin, sin hayot chog’ingizda go’zal edingiz, o’lgan chog’ingda ham go’zalsin. Haq Тaolo singa bu o’lim shiddatini ikkinchi bor
yubormaydi. Peshonada bo’lgan bu o’lim so’qmogini o’tishga otlanibsiz.
Ammo do’stu dushman degandek, u kishiga ta’na toshini otadiganlar ham chiqib:
— Agar u chindan ham Alloh elchisi bo’lganida, o’lmagan bo’lar edi,— deyishdi.
Buni eshitgan Umar darg’azab bo’lib, qilichini qinidan sug’irdi va odamlarga qarab:
— Payg’ambar o’lmagan, kim bunday deydigan bo’lsa, qilich bilan bo’yniga ururman,— dedi.
Bu holni ko’rgan Abu Bakr darhol Umarning yoniga keldi, u bu so’zlarini qayg’u-alam ustida aytganini payqab, qarshilik qilganday ohangda dedi:
— Payg’ambar hayot vaqtida Alloh uning ulishi haqida habar bergan edi. Payg’ambar o’ldi, faqat Allohning o’zigina abadiydir.
Shundan keyin u Qur’oni karimdan Oli Imron surasining 144-oyatini o’qiydi (Yuqorida bu oyatning tarjimasi keltirildi).
U so’zida davom etib, bosiqlik bilan shularni aytdi:
— Allohning dini yashaydi, qo’limizda Alloh kitobi bor. U misoli nur va dardimizga shifodir. Alloh payg’ambarni shu Qur’oni karim bilan to’gri yo’lga solgan, halol va harom qilgan narsalari ham uning ichida.



وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:21 | Message # 10
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Abu Bakr birinchi xalifa deb e’lon qilishingan kunning ertasiga masjid minbariga chiqdi va kamtarona ma’ruza qildi:
— Ey insonlar! Men sizlarning eng yaxshilaringiz bo’lmaganim holda sizlarga amir bo’ldim. Qur’on va payg’ambar sunnati bizga o’rgatildi. Хalifalik lavozimida men uchun biror bir rohat bo’lmaydi. Kuchim yetgancha bu og’ir ishni bajo keltiraman. Bu vazifani ado etish uchun yana ham kuchli bir kishining kelishini
istardim. Vazifamni durustroq bajo keltirishim uchun menga yordam beringlar, mabodo noto’g’ri yo’lga kirib qolsam, to’gri yo’lga solinglar. Тo’grilik omonatdir,
yolg’onchilik xiyonatdir. Men Allohga va Uning elchisiga itoat etganimdek sizlar ham menga itoat etinglar. Alloh va Uning elchisiga isyon ko’tarsam, menga itoat qilishingiz kerakmas. O’zim va sizlar uchun Allohdan gunohimizni kechirishini so’rayman.
Ba’zi kitobnavislar «Abu Bakrni davlat raisi va payg’ambarning xalifasi — o’rinbosari edi» deyishardi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muhtaramalari bo’lgan Abu Bakrning qizi Oysha otasining xalifa bo’lganligi haqida gapirib shunday degan:
— Bu vazifa shunday bir og’ir yuk ediki, agar u tog’ tepasiga tushganda, u ham cho’kardi, yo parcha-parcha bo’lardi. Bu ishga Abu Bakrday salohiyatli odam bardosh berdi, Allohning madadi va mo’minlarning qo’llab-quvvatlashi tufayli uni o’rniga qo’ydi. Xalifaligi davrida sahobalar unga keragicha maslahatlar berib
turdilar.

Buyuk shaxslarning vafoti munosabati bilan unga nisbatan mehr-oqibatda bo’lganlar albatta, shunday tashbehlar ishlatganlar, boshqalar lafzida aytilmagan
o’ziga xos o’xshatish, so’z-iboralar ishlatganlar. Ammo Abu Bakr o’z vazifasiga juda jiddiy yondoshuvchi va har bir ishga sidqidildan munosabatda bo’ladigan odam edi.
Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) sahobalardan so’rab qoldilar:
— Qani aytinglar-chi, bugun qaysi biringiz ro’zasiz?
Hamma jim, sukutda edi.
— Men, yo Rasululloh,— deb javob berdi shunda Abu Bakr.
— Kim bugun janozaga bordi?— deb so’radilar.
— Men,— debdi Abu Bakr.
— Kim bugun bir faqir kishining qornini to’yg’azdi?
— Men to’yg’azdim,— dedi Abu Bakr.
— Qaysi biringiz hasta kishini ziyorat etdi?
— Men, - deb javob berdi Abu Bakr.
Payg’ambar bu javoblardan ma’mnun bo’lib:
— Bu hislatlar kimda to’plansa, o’sha kishi jannatga kirur,— dedilar.

Abu Bakr ko’p hushovoz edi. U Qur’onni yaxshi tilovat qilardi. U kishining tilovati shu daraja ta’sirli bo’lardiki, hatto uni o’qiyotganda ko’zlaridan tirqirab yosh oqardi, eshitayotganlarning ham ko’zlaridan yosh to’kilardi.
Abu Bakr as-Siddiq shunday ko’p xislatli bir odam edi.
Abu Bakr xalifalik lavozimiga o’tirgach, ishga jiddiy kirishdi, har bir holatda ehtiyotkorona ish tutdi. U kishi har bir amalga loyiq kishini suyishga harakat qilar edi. U kishi amaldorlarga derdi:
— Bir narsani qilaman dedingmi, qil, so’z bergandan keyin va’dangni o’rniga qo’y. Ogohlantirishdan qo’rqma, faqat shunisi borki, bir ishni bajo keltirish borasida nimani so’zlab, nimani so’zlamaganingga diqqat qil. Aybdorga zarur jazodan ortiqchasini berma. Aybdorga jazo berish haqiqat bo’ldimi, uni kechiktirma.
Abu Bakr xalifa bo’lgandan so’ng ham oila harajatini davlat mablag’idan olmay, o’z hissasidan, jamg’armalaridan sarf qilib yurdi. U kishining aksar mablag’i savdo-sotiq ishidan kelardi.
Хalifalik taxtiga o’tirgandan so’ng, bir kuni u bozorga ketayotgan edi, yo’lda Umarni ko’rib qoldi. Hol-axvol so’rashib bo’lgach Umar u kishiga davlat xazinasidan ehtiyojlari uchun maosh olishi zarurligini aytdi. Shundan so’ng ikki yil davomida xazinadan maosh olib yurdi. Ammo vafotidan oldin barcha olgan maoshlarini o’z merosidan to’ladi. Shu tariqa Abu Bakrdagi bu xislat boshqalarga o’rnak bo’lib qoldi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) vafotidan so’ng Yamoma, Yaman kabi bir qator o’lkalarda isyon ko’tarildi. Ularning boshliqlari o’zlarini payg’ambar deb e’lon etdilar, bu holat islomga katta zarba beradigan darajada edi. Bu isyonchilarning hammasi payg’ambar vafotini kutgan edilar va fursat kelgach, undan o’z vaqtida foydalanmoqchi bo’ldilar.
Abu Bakr ahvolni payqab, ular huzuriga islom ulug’lari va sarkardalaridan Holid ibn Valid, Muhojir ibn Abu Umayya, Amr ibn al-Os kabilarni jo’natdi va bo’lajak fitnaning oldi olindi. Abu Bakr islom kuch-quvvatini kuchaytirish maqsadida ko’p qo’shinlar xozirlash tadorygini ko’rdi. Bulardan bir qismini Хolid ibn Valid boshchiligida Iroq tomon yo’lladi. Ular Iroqda islom bayrog’ini tikdilar. Iroq qo’lga kirgach, Хolid ibn Validni Suriyaga yo’lladi. Ammo Shomning bir qismi qo’lga kirar-kirmas Abu Bakr dunyodan ko’z yumdi.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:22 | Message # 11
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Abu Bakr nomi ila bog liq bo’lgan muhim ishlardan yana biri shu ediki, payg’ambar vafotidan so’ng bir qancha arab qabilalari islom dinidan chiqa boshlagan edi. Bu borada yaxudiylar, masihiy-xristianlar va boshqa xalqlar ham payg’ambar vafotini bahona qilib, harakatga keldilar, odamlarni islomdan saytarmoqchi bo’ldilar. Bu ishda Abu Bakrning tadbirkorligi qo’l keldi, uning tutgan siyosati natijasida musulmonlar birmuncha yengil tortdilar.

Abu Bakrning ulkan ishlaridan yana biri Qur’on suralarini to’plash bo’lgan edi. Bu kishi Makka va Madina davrida nozil bo’lgan oyatlarni to’platdi, ularni yozdirdi. Qur’on oyatlarini payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan eshitgan savodli kishilar qog’oz parchalari, terilar, yassi oq toshlar, tuyaning kurak suyaklari, xurmo daraxti po’stlari kabilarga yozib olgan edilar. Abu Bakr yozilgan barcha parchalarni to’pladi, ularni bir joyga yig’dirdi. Ular ustidan nazorat o’rnatdi. Bundan tashqari Qur’onni yod bilgan hushovozlarni to’plab, ular bilgan sura va oyatlarni o’qitib, ularni yozdirib oldi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotlik davrida Qur’on asosan yozuvlarda va hushovoz hofizlarning yodlarida saqlangan va to’plangan edi. Shungacha Qur’on oyatlarini yaxshi yod biladigan hofiz-sahobalarning ko’pligi tufayli uni tartibga tushirish va kitobat qilishga zarurat sezilmagan edi. Ammo Yamoma urushi vaqtida Qur’on hofizlari bo’lgan ko’p zotlarning shahid bo’lishi munosabati bilan bunga ehtiyoj turildi.
Qur’on saxifalarining bir yerga to’planishi zarurligini dastlab sezgan va bu ishning tadorykini ko’rishga chog’langan kishi Umar ibn Hattob bo’lgan edi. Bu kishi o’zaro urushlar natijasida xofizlarning qirilib ketishidan va Qur’on oyatlari yozilgan parchalarning yuqolib ketishidan xavfsirab, Abu Bakrga o’z mulohazasini aytgan edi. Shu sababli u yozilgan Qur’on parchalarini bir yerda to’plash masalasini o’rtaga qo’yganda, Abu Bakrga bu gap ma’qul tushdi. Garchi bu ishni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot vaqtida boshlashimiz kerak edi, dedi u kishi. Хayr, ezgulikning kechi yo’q, deyishib, Qur’on yozilgan barcha parchalarni bir yerga to’plashga qaror qildilar.
Ular kelishishib Qur’on sahifalarini to’plashni iqtidorli va savodli yoshlardan bo’lgan Zayd ibn Sobitga topshirishdi. Bu vaqtda u yigirma yoshlarga to’lgan, oxirgi besh yil davomida payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga kotiblik qilgan, o’zi ham Qur’onni boshdan oyoq yod bilar edi.




وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:23 | Message # 12
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7529
Status:
Davomi

Хalifa Abu Bakr buyrug’i bilan Zayd ibn Sobit ishga kirishdi. U barcha Qur’on bitiklarini yig’ishga tushdi. Sahobalar ham bu muhim ishga bel bog’ladilar, qo’llarida bo’lgan barcha yozuvlarni va parchalarni keltirib berdilar. Zayd Qur’on oyatlarini tartibi bilan joy-joyiga qo’ya boshladi. Shu tariqa Qur’on yozuvlarining parchalari bir yerga to’plandi.
Abu Bakr rahbarligida Qur’on tartibga tushirish hay’ati tuzildi. Shunda tartiblangan barcha oyatlar hay’at qoshida boshdan-oyoq o’qildi, hech kishi o’sha o’qilgan nusxaga e’tiroz bildirmadi.
Abu Bakr bu to’plangan Qur’on nusxasini o’z huzurida saqlab yurdi, uning vafotidan so’ng xalifa Umar qo’lida turadigan bo’ldi. Undan keyin esa o’sha to’plangan Qur’on Umarning qizi va payg’ambarning xotini Hafsaning uyida asrab saqlandi.

Abu Bakr haqida saqlanib qolgan ma’lumotlarda uning o’ta taqvodor, darveshtabiat kishi bo’lgani bayon etiladi. Shu bilan birga Qur’onni anglashda, uni talqin qilishda unga yetadigan odam yo’q edi. Chunki u umr bo’yi paygmbar(sallallohu alayhi vassallam) bilan birga bo’lgan, ko’p vaqtini u kishi hamrohligida o’tkazgan edi. Shuning uchun ham u kishi payg’ambardan islom va Qur’on sohasida bo’lgan barcha nozik tushunchalarni anglab olgan edi. Shuning uchun ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ba’zi hollarda u kishiga fatvo berish uchun ijozat berar edi. Chunki Abu Bakr qaysi oyatni qachon, qay holatda nozil bo’lganini yaxshi bilgan va bu xususda atroflicha ma’lumotli kishilardan sanalgan.
Abu Bakr ancha badavlat, o’ta sahiy bir kishi bo’lgan.
Umar ibn Хattob bu borada o’z xotirasini so’zlagan ekan:
— Bir gal payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) islomga da’vat etish uchun mablag’ga zarurat borligini so’zlab qoldilar. Men darhol mablag’imning yarmini keltirib berdim. Shunda payg’ambar:
— Oilangga nima qoldirding?— deb so’radilar. Men:
— Sizga keltirganimcha,— dedim.
Ko’p o’tmay u yerga Abu Bakr kirib qoldi. U barcha pullarini keltirib payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga tutkazdi. Payg’ambar u kishiga ham savol berib:
— Oilangga nima qoldirding?— dedilar.
— Ularga Alloh va uning elchisining sevgisini qoldirdim,— dedi.
Men uning bu himmati nazdida ortiqcha hech narsa deyolmadim. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ham bu kishining bu qabila oliyjanob xislatlarini maqtardilar. Bir gal xatto u kishi menga «mol-dunyosi va suxbati bilan eng saxiy bo’lgan kishi — bu Abu Bakr deganlar».
Boshqa bir munosabat bilan payg’ambarimiz «Qilgan ishlariga ko’ra mukofotini bermagan kimsamiz qolmadi. Undan faqat Abu Bakr mustasno. Bizga Abu Bakrning xizmatlari shu daraja bo’lgan ki, uni faqat qiyomat kuni Allohning O’zi qaytaradi»,— deganlar.
Umar ibn al-Хattobning o’g’li shunday hikoya qiladi:
«Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hazratlari uylaridan chiqib masjidga kirdilar. O’ng tomonida Abu Bakr, so’l tomonida Umar ibn al-Хattob bor edi. U kishi ikkalovlarining qo’lidan tutgan holda shunday dedilar: «Biz kiyomat kuni ham shu tarzda tirilamiz». Bu gap payg’ambarimizning o’ngu so’lidagi odamlarga bergan yuksak bahosi edi.
Abu Bakr payg’ambar hadislaridan bir yuz qirq ikkitasini rivoyat qilgan ekan. Bu qadar oz hadis rivoyat etilganiga sabab qilib, payg’ambardan so’ng Abu Bakrning ikki yilgina yashaganini aytishadi.
U kishi rivoyat qilgan hadislar ichida mana shular bor:
“Sizlarga doimo to’g’ri bo’lish kerakligini tavsiya qilaman. Тo’g’rilikdan ayrilmang. Chunki to’g’rilik bilan yaxshilik bir xil oraliqdadir.
Тo’g’ri ham, yaxshi ham — ikkalovi jannatiydurlar.
Yolg’ondan saqlaning, chunki yolg’on yomonlik bilan teppa-teng. Ularning har ikkovining ham makoni jahannamdir.
Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga dushmanlik qilmang, bir-biringiz bilan ahil bo’ling, ey Allohning bandalari!


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:34 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:


Message edited by Osiyo11 - Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:37
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:38 | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:


Message edited by Osiyo11 - Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:41
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:40 | Message # 15
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:


Message edited by Osiyo11 - Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:42
 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online