RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
ABU BAKR AS-SIDDIQ
DURDONDate: Dushanba, 03-Okt-2011, 20:34 | Message # 31
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o’tkazmoqdasiz. Agar qo’lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o’tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo’ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo’lmang. Tezroq bo’ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O’limdan qo’rqing, otalardan, o’g’illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o’lganidan so’ng ular ortda qoldirayotgan go’zal narsalarga havas qiling…”


 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:18 | Message # 32
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
BIRINCHI XALIFA ABU BAKR SIDDIQ (Raziyallohu anhu) DAVRLARI

Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu fil yilidan ikki yilu to‘rt oydan so‘ng tug‘ilganlar. Rasululloh alayhissalomdan ikki yoshu to‘rt oylik kichkina edilar. Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me'roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya'ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar.

Yahudiylar Rasululloh alayhissalomdan Isro voqeasini eshitgan so‘zlariga ishonmasdan, Abu Bakr huzurlariga keladilar. «Sohibingiz mana shunday deyapti, siz shunga ishonasizmi?» - deb so‘raydilar. Shunda Olloh va Rasulining do‘sti, Islom ravnaqi yo‘lida butun borlig‘ini fido etuvchi zot bo‘luvchi Abu Bakr makkor yahudiylarga shiddat-la qarab: «Agar bundan ham boshqa ajabliroq narsalarni Rasululloh hazratlari aytsalar men ko‘nglimga zarracha shubha va shak keltirmagan holimda hech bir to‘xtovsiz darhol tasdiq etaman», dedilar, Ushbu kundan boshlab Islom jon fidosining taxalluslari laqablari Siddiq bo‘lib qoldi. Qiyomatga qadar, inshoolloh, shunday bo‘lib qoladi.

Olloh Kalimasining yuksalishi yo‘lida sof niyatli, xolis ixlosda xizmat qiladigan har bir muxlis mo‘‘minning nomi albatta jahon ayvonida mana shunday yuksak fazilatli nomlar qatorida avlodlar qalbiga muhrlanib, to qiyomatga qadar unutilmay qolajakdur. Nodonlik va nafosatsizlik, befarosatlik kasalligiga yo‘liqqanliklari sababli OLLOH kalimasining yuksalish yo‘llariga g‘ov solishga behuda chiranib urunuvchi badbaxtlarning nomlari esa asrlar osha la'nat tamg‘asiga uchrab avlodlar nafratiga sazovor bo‘lajakdur.

Bu ikki yo‘ldan birini o‘zingiz tanlab olavering, misollar esa atrofingazda qalashib yotibdi.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:19 | Message # 33
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
ISLOMDAN AVVALGI HAYOTLARI

Abu Bakr (r. a), Makkada o‘sib ulgayganlar. Balog‘atga yetganlaridan keyin Makka ahlining odatiga ko‘ra savdogarchilik bilan shug‘ullanganlar. Johiliyat zamonida ham Abu Bakr (r. a.) to‘g‘riliklari, sharifliklari, xushxulqlari, murosago‘yliklari bilan xalq ichida tanilgan edilar. Abu Bakr hazratlari aslo araq ichmagan edilar. Araqni o‘zlariga o‘zlari xarom etgandilar. Bunga sabab bo‘lgan voqeani tarixchilar quyidagicha ta'riflaydilar:

Bir kuni Abu Bakr mast bo‘lib uchib qolgan odamning yonidan o‘tib ketayotgan edilar. Qarasalarki, mast kishi siydigiga qo‘lini tiqib yuziga surtayotibdi. Bunday jirkanch manzarani ko‘rib behad nafratlangan holda, «Men aslo bunday noma'qulchilik qilmayman», deb o‘zlariga so‘z bergan ekanlar. Mana shundan keyin hatto bir tomchi ham tatib ko‘rmaganlar.

Tarix bizga u janobning butlarga aslo sajda qilmaganliklarini ham hikoya etadi. Otalari bir kuni u janobni olib, ahli Makka odatiga ko‘ra, butlarga sajda qilmoqlik uchun Ka'baga borgan ekanlar. Keyin katta butni ro‘parasiga olib kelib «Mana, shu sening ilohing bo‘ladi», deb uzlarini yolg‘iz qoldirib ketgan ekanlar. Otalari nari ketgach, u janob butning yoniga yaqin borib, «men ochman, to‘yg‘iz» debdilar. Butdan sado chiqmagach, yana «men yalang‘ochman, kiyintir», debdilar. But esa jim, serrayib turaveribdi. Buni ko‘rgan Abu Bakr yerdan katta bir toshni olib butning yuziga qarab otibdilar-da, hech narsaga qaramay yugurgancha tashqariga chiqib ketibdilar. Shundan keyin aslo butlarga sajda qilmagan ekanlar.

Quraysh qabilasi u janobni rostgo‘yliklarini, ochiq-ko‘ngalliklarini bilganlari sababli juda yaxshi ko‘rardilar, xurmat qilardilar. Janobda mujassam bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlar qurayshlar qalbida o‘zlariga nisbatan muhabbatni paydo qilgan edi. Johiliyatda Abu Bakr harir savdosi bilan mashhur edilar. Bundan juda katta foyda ham ko‘rardilar.

Rasululloh hazratlari bilan o‘rtalarida ayrilmas do‘stlik aloqasining barqarorligaga asosiy sabab - har ikki janobning yuksak sifatlarda hamohang bo‘lganliklari edi, Yoshlari qariyb tengdosh, hovlilari hamsoya, o‘zlari esa omonatdorlik va rostgo‘ylik sifatlari bilan bezanganliklari sababli johiliyat zamonida, Rasulullohga payg‘ambarlik kelmasdan avval ham ul janoblar bir-birlariga yaqin edilar.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:19 | Message # 34
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
ISLOMGA KIRISHLARI

«Xiro» g‘orida Rasululloh hazratlariga vahiy nozil bo‘lib, Jabroil alayhissalom «Siz Rabbil olamin tomonidan yuborilgan payg‘ambarsiz», deb xabar bergan zahotlariyoq tezdan Xadicha onaning oldilariga kelganlar va mazkur xabarni aytganlar. Xadicha ona o‘shal ondayoq hech bir ikkilanmay, imon keltirganlar. Qalblariga qo‘rquv ketar-ketmas, Rasululloh hovlilaridan chiqib Baytullohni tavof qilgani borayotganlarida yo‘lda Abu Bakrni uchratganlar. Rasululloh hazratlari Abu Bakr raziyallohu anhuga Islomni arz etganlar. Hazrat ham xuddi Xadicha ona kabi hech bir ikkilanmay, darhol tasdiqlab, qabul qilganlar. Bu to‘g‘rida so‘ralgan paytida, «Men Muhammadni aslo yolg‘on gapirganligini bilgan emasman. U janob yuksak omonatdorliklari, husnu xulqlari sababidan payg‘ambarlikka loyiq zotlar», deb javob bergandilar. Shu tufayli Rasululloh hazratlari u janob haqlarida shunday degandilar:

- Men kimni Islomga da'vat etsam bir oz to‘xtalar, taraddudga tushar edi. Abu Bakr esa men arz etgan chog‘imda hech qanday taraddudsiz darhol qabul qilgandur.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:20 | Message # 35
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
RASULULLOH ALAYHISSALOM BILAN BIRGA BO'LGANLIKLARI

Abu Bakr Siddiq (r,a.), Rasululloh alayhissalom bilan Islomni e'lon qilgan kunlaridan boshlab doimo birga hamsuhbat bo‘lganlar. U janob qurayshlardan va boshqa nodonlardan juda ko‘p izo jafo chekkanlar. Boyliklari ham, nasablari ham, xalq orasida tutgan o‘rinlari, e'tiborlari ham, xushxulqlari ham qurayshlarning izosidan qaytara olmagan. Islom diniga birinchilardek musharraf bo‘lganliklari Rasulullohning eng yaqin hamkorlaridan bo‘lganlari sababli qurayshliklar u janobga har turli izo jafolarni yetkazganlar. U janobning Rasulullohning juda ko‘p o‘rinlarda mushriklardan mudofaa qilganliklari tarix kitoblarida bitilgandur, U janob Rasulullohni himoya qilish yo‘lida mushriklar izosidan zarracha qo‘rqmay, jafolarini pisand etmay, jonfidoliklar etganlar. Siyrat kitoblarda bu haqda quyidagi voqea bayon etilgan.

Quraysh mushriklari baytulxaramdagi Ismoil hujralariga to‘planishib o‘zaro suhbat qurganlar. Gaplari asosan mana shu xususda bo‘lgan:

- Biz hanuzgacha bu kishi kabi o‘zidan juda katta ketgan odamni ko‘rgan emasdik. Mana bu odamning o‘z qavmiga yangiliklar kiritgani kabi biron kishining yangaliklar kiritib fitna qo‘zgaganini ham bilmaymiz. Endi u dinimizni ayblamoqda, aqlimizni kamsitmoqda, olixalarimizni esa obro‘sizlantirmoqda. Boshimiz qotib, nima qilishni ham bilolmay qoldik.

Mushriklar shunday deb turgan paytlarida Rasululloh hazratlari behosdan kirib kelib, rukn oldiga yetib qoladilar. Ularning yonlaridan o‘tayotganlarida ular axmoqona so‘zlar aytib Rasululloh hazratlarini masxaralashdi. Rasululloh hazratlari tavof qilib bo‘lgach, yana ularning oldilaridan o‘tadilar. Mushriklar beandisha gaplarini yana takror aytishadi. Shunda Rasululloh hazratlari ularga qarab: «Ey, quraysh jamoalari, men sizlarga qurbonlik keltirdim», deydilar. Odamlar biror narsa deb javob berishga yarolmay jim bo‘lib qolishadi. Keyin tarqalib ketishadi. Ertasiga yana to‘planishib, kechagi bo‘lib o‘tgan gaplarni eslashadi. Shunda bittasi o‘rnidan turib, ularga: «Ey, qurayshlar, kecha uni yo‘qligida rosa chaynadinglar. Oldingizga kelganida esa lom-mim deyolmay qoldinglar-ku?» dedi.

Ular suhbatlashib turgan onlarida Rasululloh hazratlari baytulxaramga adl qadamlar bilan kirib keladilar. Shunda ular janobi sarvari olamga har tomondan itday tashlanib, «senmi hali bizga falon-falon gapni aytgan», dsb so‘roqqa tutadilar. Sarvari koinot dadil «Ha!» deb javob berganlaridan so‘ng oralaridan bittasi belbog‘ini yechib Rasulullohning muborak bo‘yinlariga solib bo‘g‘moqqa boshlaydi. Bu holni ko‘rgan Abu Bakr ularning oldiga tezlik bilan yetib keladilar. Ularga qarab: «Qanday badbaxt kishisizlar! Axir «rabbim - yagona olloh!» degan kimsani bekordan-bekorga o‘ldirmoqchimisizlar?!»- deydilar. Ular endi Abu Bakrga tashlanib, uzun soqollaridan tortqilab, urmoqqa boshlaydilar. Ular hech ayamay rosa do‘pposlab, urib azob berishadi. U janob uylariga boshlari yorilgan holda, og‘riq zo‘ridan aziyat chekib, arang yetib keladilaru hushlaridan ketib qoladilar. Ancha vaqt behush bo‘lib yotadilar. Hushlariga kelgach, birinchi savollari «Rasulullohning ahvollari qanday?»- deb so‘rashlik bo‘ladi. «Yaxshi» deyishlariga ham qanoat qilmay, ko‘ngillari xotirjam bo‘lmay, onalariga va yana bir qo‘shnilariga suyanib Rasulullohning hovlilariga yo‘l oladilar. Rasululloh alayxissalomning nodonlar qo‘lidan eson-omon qutulganlarini ko‘rib, xursandliklaridan o‘zlarini tutib turolmay Rasululloh hazratlarini quchoqlab oladilar.

Ha! Islom yuksalishi yo‘lida mana shunday jonfidoliklar ko‘rguzishgandi! Olloh yo‘lida jonlari o‘zlariga hech qanday qiymatsiz tuyulgandi. Ular jonlarini aziz bilib, uzoq tinch yashab yuraylik, deb quyon yuraklik qilishmay, «bizning hayotimizdan ko‘ra olloh kalimasining yer yuzida o‘rnashib oliy bo‘lishligi qiymatliroq, muhimroqdir», deb bilishgandi. Zero, ular insoniyatni jon-dillaridan sevadigan, unga yaxshilikni xolis dil bilan istaydigan yuksak ong egalari, ko‘zi ochiq kimsa edilar. Shuning uchun narsalar qiymatini baholashda xatoga hech yo‘l qo‘yishmagandi. Harakatlari zoe ketmadi. Nomlari abadiyat taxtasida hurmat-ikrom martabasiga yozilib qoldi.


 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:20 | Message # 36
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
OLLOH YO'LIDA QILGAN SARFLARI

Abu Bakr Siddiq (r. a.), o‘zlarining sodiqlaridan, sevikli habiblaridan bir nafas ham ajralmay, uzoqlashmay, doimo birga bo‘lishga harakat etardilar. Faqat bir narsa oldi-sotti qilgani biror yoqqa borganlaridagina biroz fursat ajralishga majbur bo‘lardilar. Ishlarini bitkazgach, tezdan yana do‘stlarining yonlariga qaytib kelardilar. O'zlarida bo‘lgan bor narsalarini xoh arzon, xoh qimmat bo‘lsin, din g‘alabasi yo‘liga ayamay sarf etardilar. Bir kuni Umay ibni Xalaf ismli kofirlar sardori Bilol ibni Rabboh degan xabash qulni Islom dinidan qaytarish uchun azoblayotganini, qumloq sahroga olib chiqib qaynoq qumlarga yotqizib ustlariga og‘ir toshlarni bostirib qiynayotganini ko‘rdilar. Berilayotgan azob qulning faqat iymonini ziyoda qilardi xolos. Shunchalik qiynoq va azoblar chekib turgan paytida ham og‘zidan yagona «AHAD», «AHAD» degan so‘z chiqardi, xolos. Abu Bakr, Umayya shaytondan Bilol ibni Rabbox raziyallohu anhuni katta pul barobariga sotib oladilar. Keyin esa Olloh uchun va rabbil olamin hidoyat qilib yo‘llagan Islom muhabbati uchun uni ozod qilib yuboradilar.

Umar ibni Hattobning Zamir Rumiya ismli cho‘rilari bo‘lar edi. U ayol Umardan avvalroq Islom diniga musharraf bo‘lgandi, Hazrat Umar uni qattiq qiynab, juda ko‘p martaba urganlari natijasida cho‘rining ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgandi. Ammo shu holatida ham rabbil olamin ko‘rsatgan yo‘lidan chetga toymagandi. Ko‘zidan ajralsa-da, iymonidan ayrilmagandi. Abu Bakr bu cho‘rini sotib oladilar. Keyin esa ollohning rizoligi yo‘lida ozod etib yuboradilar. Cho‘rining kuzlari ojiz bo‘lib qolgan paytda qurayshlar, «mana bu mochag‘ar Lot va Manotning qarg‘ishrga qoldi», deb gap-so‘z yuritgandilar. Ularga qarab baxtli ayol shunday degandi:

- Bu gaplaringiz behuda. Lot va Manot hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi ham. Mening mehribon rabbim esa hamma narsaga hatto meni ko‘zimni qayta ochib qo‘yishga ham qodirdur!

Ertasiga tong otganda ollohning marhamati tufayli ayolning ko‘zi qayta ochilib yorug‘ dunyoni yana ko‘rishga muyassar bulgandi. Qurayshlar buni kurib, bu Muxammad ibni Abdullohning sehridan bo‘lgan ish degandilar. Qurayshlar yolg‘on aytgandilar, buyuk Olloh esa rost aytgandi.

Abu Bakr Siddiq (r. a.) faqat mana shu ikkovlariiigina ozod etib qolmagandilar. Balki Omir ibni Fuxayrni, Ummu Unaysni va Abr ibni Juminaning joriyasi bo‘lgan ikki qizni ham va bulardan boshqa yana qancha-qancha kishilarni ozod etgandilar. Shunchalik ko‘p mollarini Olloh yo‘lida sarflaganlari sababidan hatto Olloh taolo u janob haqlarida oyat nozil qilgandi. Mazmuni: «Kimki bersa va taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa bas, biz uni skonlikka yo‘llab qo‘yamiz».

U janob mana shu martabaga loyiq bo‘lganlar. Islomga dohil bo‘lgan vaqtlarida boyliklarining qiymati qirq ming dirhamga yetgandi. Mana shu ulkan boylikdan Madinaga xijrat etayotgan paytlarida faqatgana besh ming dirxam qolgandi, xolos. Boshqasini Olloh dinining g‘alabasi yo‘lida sarf etib yuborgandilar. Rabbilariga yo‘liqqan onlarida esa yonlarida hech qanday boyliklari xam kolmagandi.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:21 | Message # 37
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
MADINAGA HIJRATLARI

Sayyidino Abu Bakr Makkada Rasululloh sallallohu alayhi vasalam bilan doimo birga turdilar, Xabash viloyatiga ko‘chib boruvchilar ichida bormadilar. Bechorahol musulmonlar Makka mushriklarining izosi nihoyatda qattiq tus olgan paytda Xabashga ko‘chib ketishganda ham Abu Bakr Makkada qoldilar. Dastlab ko‘chib ketmoqchi ham bo‘lgandilar. Biroq, yo‘ldan tez qaytib kelib, Makkada o‘zlarini butunlay Islom yo‘liga baxsh etdilar. Kishilarni islom yo‘liga va diniga hormay-tolmay chaqirdilar. Mehnatlari evazi o‘laroq Makka atroflaridan bir necha guruh Abu Bakr qo‘llarida Islomga musharraf bo‘ldilar. Usmon ibni Affon, Abdurahmon ibni Afa, Zubayr ibni Avom, Talxatubni Ubaydulloh, Sa'd ibni Abu Vaqqos va bulardan boshqa yana qancha-qancha Makka ahlining atoqli kimsalari Abu Bakrga ishonganlari va u janobning faqat to‘g‘ri yo‘lga da'vat etishlariga amin bo‘lganlari sababli, chaqiriqlariga labbay, deb javob berdilar. Islom dinini qabul qildilar.

Quraysh kofirlarining musulmonlarga nisbatan zulmlari kuchaygan va sohibi-da'vat sallallohu alayhi vasallam aqaba bay'atidan keyin da'vatlarini keng yoyish uchun Madinada osoyishtalik va tinch joy topganligidan so‘ng musulmonlarning Makkada quraysh mushriklaridan haddan ziyoda izo jafolar chekayotganlarini ko‘rib, ularga bemalol ibrat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish hamda dinlarining asosini kenglikka yoyishga erisha olishga sharoit yaratish uchun Madina shahriga ko‘chib borishlariga ruxsat etdilar. Juda ko‘p musulmonlar Makkadagi yer-suvlardan, hovli-joylaridan ba'zilari esa boyliklaridan xam kechib Madinaga ko‘chib ketishdi. Makkada juda oz musulmonlar qolishdi. Shular qatorida Abu Bakr ham hanuz jo‘nab ketmagan edilar. Ustozlari va yo‘l ko‘rsatuvchilari bo‘lgan Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib birodarlari va hamkorlariga ergasharoq Madinaga ko‘chib borishlikka ruxsat so‘radilar. Shunda Risolat panoh sallallohu alayhi vasallam: «Kutib turing, shoyad Olloh subxonahu vataalo sizga biror yo‘ldoshni belgilasa», dedilar. Hazratning gaplarini eshitib Abu Bakr sohibin nazir va bashir janoblarining o‘zlari ushbu tarixiy safarda hamroh bo‘lishliklarini his etdilar. Rasululloh alayhissalom har kuni kechqurun Abu Bakrning hovlilariga borardilar. U yerda ko‘p vaqtlarini o‘tkazardilar. Quraysh mushriklari esa o‘zlarining majlisxonalariga to‘planib bu janob taqdirini nima qilish tug‘risida bosh qotirardilar. Mana u Madinada o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchilarga ega bo‘ldi, juda ko‘p safdoshlari Madinaga ko‘chib borib o‘rnashdi. Endi nima qilishim kerak?» deya tinmay kengashlar o‘tkazishardi. Mana shu majlislarida shayton boshliqlaridan bo‘lgan bir iblisi la'in, ularning hozir qanday qaror qabul qilishlarini kuzatib turardi. Ular turli takliflarni o‘rtaga tashlashdi. Shaytonsifat chol esa hammasini rad etaveradi. Oxiri munfiqlar sardorlaridan bo‘lgan Abu Jahl o‘rnidan turib majlis a'zolariga har bir qabiladan bittadan qonxo‘r yigitlarni atrofdan taklif etdi. Abu Jaxlning rejasi bo‘yicha, bu qonxo‘r yigitlar Rasululloh eshiklari yonida payt poylab, ertalab Rasululloh odatlariga binoan, masjidga namoz o‘qimoq uchun hovlilaridan chiqqanlarida birdaniga tashlanishlari, hazratning aziz jonlariga qasd qilib, o‘ldirmoqlari zarur edi. «Shunday qilinsa,- dedi u la'in,- Muhammadning qoni butun qabilalarga tarqalib ketadi, natijada Abu Mannof urug‘i majburan xunbahosini olishdan o‘zga chorasi qolmaydi». Ushbu taklifdan Iblis benihoya shodlandi va uni qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin tayyorgarlik ko‘rishga kirishdilar. (Ular ham tadbir ko‘rdilar, Olloh ham tadbir ko‘rdi. Olloh eng yaxshi tadbir ko‘ruvchidir!) Olloh subhonahu o‘z payg‘ambarini kofirlar qilayotgan yashirin xiylalaridan xabardor etdi va Madinaga xijrat etmoqliklariga amr qildi. Safar yo‘llarini Olloh subhonahu ko‘rsatib berdi. Shundan so‘ng Rasululloh alayhissalom darhol Abu Bakrning hovlilariga jo‘nadilar. Borib xabarni aytdilar. «Safarga tayyorgarlik ko‘ravering», dedilar. Abu Bakr (r. a.) esa allaqachon safar jabduqlarini tayyorlab, ikkita nor tuyani uzoq yo‘lga mo‘ljallab boqib turardilar. Abu Bakr Rasulullohdan xabarni eshitgan onlarida ko‘zlaridan sevinch yoshlari oqdi. Ummul Mo‘‘minin Oyisha onamiz shunday deydilar:

- «Men hech kimni Rasululloh Abu Bakrga, «siz men bilan Madina safarida hamroh bo‘lasiz», degan paytlarida shodlikdan yig‘laganlaridsk yiglaganini aslo ko‘rmadim.»

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tuzib berilgan ko‘rsatma bo‘yicha do‘stlari va rafiqalari Abu Bakr (r. a.) bilan birgalikda uylaridan chiqib Savr nomli g‘orga yetib keldilar. G'orga avval Abu Bakr kirib, ichini tekshirib, do‘stlariga zarar yetkazadigan biror hasharot yo‘qligiga ishonch xosil qilib xotirjam bo‘ldilar. Yo‘lda borishayotganda Abu Bakr goh oldinga o‘tib, goh esa orqada qolib yurdilar. Rasululloh alayhissalom nega bunday qilayotganlarini so‘raganlarida «Goho oldinga o‘tib ketishim - yo‘lni tekshirib biror xavf yo‘qligini bilib kelish uchundir. Gohida orqada kolishim - yana orqamizdan biror kimsa ergashib kelayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib men yo‘liqay deganligimdan edi», dedilar. Ular g‘orda berkinib yotganlarida izlariga tushganlar yaqiniga kelib izlashganda Abu Bakr Rasulullohni xavfdan ogoh etib, qattiq xayajonga tushdilar. «Agar birontasi shunday pastga qarasa, bizni ko‘radi», dsganlarida, Rasululloh u janobga qarab: «Ey, Abu Bakr, ikki kishining uchinchi xamrohi Ollohning o‘zi bo‘lsa, nsga gam qilasiz», dsya tasalli berdilar.

Abu Bakrning Rasululloh hazratlariga mehribonliklari benixoya edi. G'orda Rasululloh u janobning tizzalariga bosh qo‘yib uxlab stganlarida Abu Bakrni chayon chaqib oladi. Og‘riqning qattiqligiga qaramay, sarvari olam bezovta bo‘lmasinlar, deb Abu Bakr qimir etmay turadilar. Og‘riq zo‘ridan ko‘z yoshlari o‘z-o‘zidan quyilib kelaveradi. Shunda mehribon va shafqatli zot bilib qoladilar. O'rinlaridan turib muborak qo‘llari bilan chayon chaqqan yerni silab qo‘yadilar. Abu Bakr o‘sha zahotiyoq og‘riqdan forig‘ bo‘ladilar.

Abu Bakr hazratlarining xijrat qilmaslaridan avval juda ko‘p safarlarga borishlari odamlarga ma'lum edi. Abu Bakr bilan Rasululloh hazratlari yo‘lda ketayotganlarida uchragan odamlar Abu Bakrdan «kim bilan ketyapsiz»? deb so‘raganlarida u janob «yo‘l ko‘rsatuvchim bilan ketyapman», deb javob berardilar. Yo‘lda hech kim Rasulullohning ishlaridan xabardor bo‘lolmadi. Ikkovlon uzoq mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tib,, eson-omon Madinaga yetib keldilar.

Suvsiz sahro yo‘lida, quyoshning o‘tli nafasiga chidab, sanoqsiz qum barxonlarini oshib o‘tib qariyb 500 chaqirim yo‘l bosishning o‘zi bo‘lmaydi. Bunda aziz jonini garovga tikib, ko‘zlangan maqsad sari chidam, sabr va matonat bilan xarakat qilishlik talab etiladi. Safar mashaqqatidan sillasi qurigan yo‘lovchi ko‘ziga olis-olis ufqlar go‘yo keti yo‘q kabi tuyulib yurakni ezadi. Sahro quyoshi yo‘lovchini qadam baqadam ta'qib etib shunday boshini qizdiradiki, bir lahza bo‘lsin, tin olgani yo‘l bermaydi.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:22 | Message # 38
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
MADINADAGI AHVOLLARI

Abu Bakr Siddiq Madinaga ko‘chib borilganidan keyin ham Rasululloh alayhissalomdan ajralmay birgalikda hamkorlikda bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari Abu Bakrni nihoyatda izzat, hurmat etganlaridan qizlari Oyisha onamizga uylandilar Bu xususda Makkadalik vaqtlarida ahd boylangan edi. Madinaga ko‘chib borishganvdan keyin dohil bo‘lganlar. Oyisha ona Rasululloh hazratlarining eng sevikli va qalblariga eng yaqin ayollaridan edilar. Abu Bakr (r. a.) Rasululloh alayhissalom bilan birgalikda hamma g‘azotlarda ishtirok etadilar. Badr jangida Rasululloh hazratlari bilan chodirda hamnishin edilar. Harbiy asirlarni fidya, ya'ni pul barobariga ozod etishlik fikrini ham Abu Bakr taklif etgandilar. Badr g‘azotida Abu Bakr musulmonlarning ehtiyojlariga qarab, o‘rtaga ushbu fikrni tashlagan kimsa edilar. Bergan maslahatlariga binoan asirlar fidya muqobiliga ozod etilgandi. Zero, o‘sha kunlarda musulmonlar moliyaviy holatlarining nochorligidan mablag‘ga nihoyatda ehtiyojli edilar. Buyuk qonunchi sallallohu alayhi vasallam mana shu maslahatga amal qilganlari uchun Olloh taolo tomonidan itob, ya'ni tanqid etilgandilar.

Uxud g‘azotida Abu Bakr Rasululloh hazratlarining himoyachilari ichida sobitqadam turgandilar. Umumlashkar parokandalikka uchrab, holat og‘irlashgan bir paytda sarvari olamni dushmanlar o‘qidan bahodirona himoya etgan shijoatli sahobalar safida Abu Bakr Siddiq (r. a.) ham jonlari ham ko‘zlariga ko‘rinmay, ilohiy nur hidoyatchisining omonligi yo‘lida sabotla mardona turgandilar.

Xudaybiyya sulhida munofiqlarning aldovlariga tushib qolmay, ularga qarshi keskin raddiya bergan sahobalardan birlari Abu Bakr (r. a.) bo‘lgandilar. Tabuk g‘azotida esa eng katta bayroqning bayroqdori vazifasida qatnashgandilar. Hijratning to‘qqizinchi yilida Rasululloh hazratlari Abu Bakrni o‘zlariga noib etib, hajga ketayotgan karvonga xojiboshi qilib tayinlagandilar. Abu Bakr juda ko‘p musulmonlarga boshchilik qilib hajga borib va u yerda kishilarga haj farzlarini o‘rgatgandilar. Abu Bakr Siddiq (r. a.) hech bir fikrda va hech bir maslahatda yo‘lboshchilari bo‘lgan Rasululloh hazratlariga ixtilofda abadiy bo‘lmaganlar. Janob sarvari olam sallallohu alayhi vassallamning ko‘rsatmalaridan bo‘yin tovlamay to‘xtovsiz ravishda bajo keltirganlar. Biror ra'yilariga qarshi o‘laroq fikr ham bildirgan emasdilar. Qanday bir masala ko‘ndalang kelmasun, har qanday hodisa yuz bermasun Rasululloh, hazratlari hamma holda Abu Bakr (r. a.) uchun, o‘z bolalaridan, ahli ayollaridan ko‘ra va moli dunyolaridan ko‘ra ham sevikliroq bo‘lardilar. Janob risolat maob xushliklari boisida Abu Bakr (r. a.) har bir narsa-laridan hech qanday qaroxiyatsiz voz kecha olardilar. Abu Bakr (r. a.) Ollohga bo‘lgan iymonlarining natijasi o‘laroq, uning payg‘ambariga mana shunday jon fidoliklar qilardilar. Rasululloh alayhissalom bir safar Oyisha onamiz bilan o‘z o‘rtalarida yuz bergan bir voqeada hukm chiqarmoq uchun Abu Bakrni chaqirtirib kelganlarida Abu Bakrning tutgan yo‘llari bunga eng yaxshi misol bo‘la oladi. Rasululloh alayhissalom Oyisha onamizga qarab «men gapirib beraymi yoki siz gapirasizmi?» deganlarida, Oyisha onamiz «siz gapiring, ammo faqat haqiqatni ayting, deydilar. Shunda Abu Bakr o‘rnilaridan shartta turib qizlarining yuziga tarsaki tushiradilar. Va «Ey beadab, hali Rasululloh haqiqatdan tashqari gapni gapirarmidilar!» deydilar. Ehtimol mana shu xodisa va bunga o‘xshash yuz bergan hodisalar Abu Bakr (r. a.) ning iymonlari janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam vasf etgan darajaga yetkanligiga dalil, hujjat bo‘lib isbot etsa kerak. Janob sarvari olam «Butun yer yuzi aholisining iymoni Abu Bakr iymoni bilan tarozuda solishtirilganda, albatta, uning iymoni ularning iymonlaridan bosib ketgan bo‘lardi», deb marhamat etgandilar.

Hazrati Sodiqul amin alayhissalom Abu Bakr to‘g‘rilarida «agar men do‘st tutadigan bo‘lsam edi, albatta Abu Bakrni do‘st tutardim. Lekin Islom birodarligi o‘zi kifoya qiladi», deganlarida Abu Bakr sha'nlariga ko‘p gapirilgan bo‘lmaydi. Balki janob risolat maobning u janob haqlarida «Quyosh chiqishi va botishida Abu Bakrdan ko‘ra boshqa yaxshiroq kimsaga duch kelmaydi», demaklariga ajablanmasa bo‘ladi. Abu Bakr raziyallohu anhu zaiflarga g‘oyatda shafqatli, xushxulq, latofatli bo‘lishliklari bilan birgalikda din dushmanlariga benihoya qattikqo‘l edilar Xususan, Madina shahriga to‘lib kettan yahudiylarga nisbatan chek siz nafrat-la shiddatli muomalada bo‘lardilar. Ularning tilyog‘lamaliklariga aldanib, yolg‘on maqtovlariga uchib, bergan ba'zi bir sovg‘alaridan xush bo‘lib o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasdilar Mo‘‘minlar buyoqda qolib, ularni maqtashga o‘tib ketmasdilar.

Rasululloh hazratlarining payg‘ambarliklarshi o‘zi tavrotdan o‘qib bilgani holda inkor etganida Pinxos ismli yahudiyga qattiq tanbeh berganlari va «Olloh kambag‘al, biz boymiz, Olloh bizga muhtoj bo‘ladi», degan vaqtida og‘ziga qarab ayamay urganlari u janobning iymonlari qanchalik quvvatli ekanligiga, ishonchlari mustahkamligiga dalil bo‘lolsa kerak. Xalifalik mansabiga minganlaridan keyin ahli riddalarga qarshi urushmoqlik uchun muzokara ketayotgan vaqtda tutgan o‘rinlari u janobning sobitqadam bir kishi ekanliklarini isbot etsa kerak. Umar (r. a.) «Zakot berishdan bosh tortganlarga qarshi urushmang», deb iltimos qilganlarida Abu Bakr qatiy suratda rad etganlari va bu bilan dinning haybatini va sharafini saklab qolishda o‘zlarini tutishlari u janobni qanchalik sohibi ra'y kishi ekanliklarnni ko‘rsatolsa kerak. Qur'oni karim bir necha mavzularda Abu Bakr Siddiq sha'nlariga ishora qilgandur. Surai Laylda shunday deyiladi: «Bas, kimki bersa va o‘zi taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa, biz uni tezda osonlikka yo‘llaymiz».

Surai Nurda qarindoshlarn bo‘lgan Mistah bo‘hton qiluvchilarga qo‘shilib Oyisha onamizni bo‘hton qilganligi uchun unga berayotgan ehsonlarini bermayman deb qasam ichgan paytlarida u janobga ishoratan shunday deyilgan: «Sizlardan bo‘lgan boylar va ne'mat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va Ollohning yo‘lidagi muxojirlarga ehson qilmoqlikdan qasam ichmasun. Ularni avf etsunlar va kechirsunlar. O'zingiz ham Olloh sizni kechirishini istamaysizmi. Olloh kechiruvchi mehribon zotdur».

Ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyin Abu Bakr eshitgan zahotlariyoq darhol uylariga borib, oziq-ovqat va boshqa narsa-lardan olib, qarindoshlari Mistoxning hovlisiga ko‘tarib jo‘nab qoldilar. Yo‘lda bora-borguncha «Ollohning mag‘firatini istayman, Olloxning mag‘firatini istayman», deb ketdilar.

Rasudulloh sallallohu alayhivasallam, Abu Bakr (r. a.) Najd o‘lkasidagi Bani Qilob jangiga askarboshi qilib yuborganlar. Shu kabi Fazora jangiga ham askarboshi qilib jo‘natganlar. Mazkur janglarda Abu Bakr hazratlari kofirlar ila shiddatli jang qilganlar va zafar qozongan holda qaytib kelganlar.

Xajjatul vado'da janob risolat maob hazratlari arofotda odamlarga xutba o‘qib turgan onlarida Olloh taoloning: «Bugun dinlaringizni mukammal etdim va ne'matlarimni sizlarga to‘la ayladim, hamda sizlarga Islomning din bo‘lishligiga rozilik berdim»- degan oyati nozil bo‘lgan vaqtida Abu Bakr hazratlari yig‘lab «vahiy to‘xtatishga yaqin qolibdi-da», degandilar. Sevikli habiblariga va murshidlariga dorul fanodan dorul baqoga safar etishga izn berilganligini his etgandilar. Bir arab shoirining baytini misolga o‘qigandilar:
Har ish avjiga yetsa,
boshlandi puhsoni,
Quyosh chiqsa qiyomga
boshlangay zavoli.
 
OSIYODate: Juma, 07-Okt-2011, 09:25 | Message # 39
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
ABU BAKRNING XALIFALIK DAVRLARIDA YURITGAN BIRINCHI AMALLARI

O'n birinchi yil safar oyining oxirlarida Rasululloh hazratlari Usoma ibni Zayd qo‘mondonliklari ostida askar tortib etib, Zayd ibni Xorisa va u janobning safdoshlarini shahid etgan Rumlarga qarshi urushmoq uchun yubormoqchi bo‘lgandilar. Faqat bu davrda Rasululloh xastalanib qolganliklari sababli askarlar sog‘ayishlarini kutib jihodga chiqmay to‘xtab turishgandi. Askarlarning harbiy qarorgohi Madina shimolida joylashgan «Jurf» degan qishloqda edi.

Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar.

Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta'siri ostida Islom davlati ichida paydo bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr (r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat'iy lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini aytdilar.

Abu Bakr (r. a.) qat'iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta'yinlash lozimligini maslahat tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e'tibor bermay Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni e'zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib tayinladilar. O'zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar.

Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,- deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, Islom askariga bo‘lgan tavozu'lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e'tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan norozi holda bo‘lganlar ham Abu Bakrning qilgan ishlarini ko‘rib lom-mim deya olmay qoldilar. Vidolashuv vaqtida askarlarga qarab xutba o‘qidilar:

- Xiyonat qilmangaz, ahdlaringizni buzmangiz, birovni qiynab o‘ldirmangiz, yosh bolalarni, qari kishilarni, ayollarni o‘ldirmangiz, mevali daraxtlarni sug‘urib tashlamangiz, o‘t qo‘yib kuydirmangiz, qo‘y, mol va tuyalarni faqat yeyish uchun so‘yingiz, cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yingiz, ularga tegmangiz. Yelkalariga shayton minib olgan yovuz kishilarni ko‘rsangiz bo‘yinlarini qilich bilan uzib tashlangaz. Olloh nomi bilan madad tilab ish yuritingiz.

Shundan keyin Usomaga qarab Rasululloh amrlarini qattiq tutishlikni ta'kidlab tavsiya etdilar. Askar jo‘nab ketdi, Usoma ham Abu Bakrning tavsiyalarini o‘rniga keltirib Kuzoa va Rum yerlariga hujum qildilar. Usoma ham ushbu safarda ikki oydan ortiqroq yurib, oxiri eson-omon mo‘l-ko‘l g‘animatlar bilan Madinaga qaytib keldilar. Kutib olgan bir necha sahobalar hamrohligida Abu Bakrning o‘zlari ham Madinadan tashqariga chiqdilar, Zafar quchib kelayotgan Islom lashkarining shavkatli jangchilarini takbir va tahlil aytgan hollarida kutib oldilar. Usoma askarlarini yuborishlik Islom ahliga ma'naviy jihatdan juda foydali bo‘ldi. Chunki arab qabilalari buni eshitib, ahli Islomda yetarli kuch borligini bildilar. Agar bularda yetarli kuch bo‘lmasa edi, chet qo‘shinlar bilan urushmoq uchun bunga ko‘p askarni jo‘natolmas edilar, deb o‘yladilar. Shu tufayli ba'zi bir Islom davlatiga qarshi chiqishlikni o‘ylab turgan qabilalar o‘z ra'yilaridan qaytishga majbur bo‘ldilar. Chunki atrof qabilalar Muxammad alayhissalom vafotlaridan so‘ng barpo etilgan davlat parchalanib kstadi, chet qabilalarni o‘z ta'sir doirasida tutib turmoqqa yarolmaydi, deb xom xayol qilgandilar. Biroq o‘z dinini saqlab olamga yetkazishlarini iroda etgan Olloh taolo Abu Bakr kabi to‘g‘ri fikrli, sobit qadam kishini ish boshiga keltirib, ularning xomxayollarini puchga chiqardi. Zero, ular Islom Muhammad alayhissalomning o‘zlari o‘ylab topgan xayollarining samarasi deb gumon etardilar. Islom Olloh taolo yoqqan nurdan bir mash'ala ekanligini, shoxlari yetti qavat osmonda cho‘zilib ketganligini, asllari esa yetti qavat yerning ichiga mahkam o‘rnashganligidan bexabar g‘ofil edilar. Butun xayollari puchga chiqdi, Islomning porloq nurini butun yer yuzi uzra sochmoqqa muvaffaq bo‘ldi. Kelajakda ham shunday bo‘ladi, inshoolloh, Omin!..
 
ROBIYADate: Dushanba, 09-Yan-2012, 17:06 | Message # 40
Group: Muslima
Messages: 2503
Status:
ABU BAKR RA BIR TIJORAT SAFARIDAN KELAYOTGANLARIDA OZI BILAN JUDA KOP MOL BOLADI . WA TUSHGAN JOYIDA MUSULMONLAR NARSAGA MUHTOJ BOLADI . WA ABU BAKR RA BOR TIJORAT MOLLARINI MOMINLARGA TARQATADI . WA HONAGA KIRIB OTIRSALAR BIR ODAM ESHIK TAQILLATIB NARSA SORAYDI LEKIN ABU BAKR RA BILAN HECH WAQO QOLMAIDI . WA USTIDAGI KIYIMLARINI YECHIB BERADI . KEYIN ESA BIR ODAM KELIB ROSULULLOH SAW SIZNI CHAQIRYABTILAR DEYDI . ABU BAKR RA SHOSHIB QOLADI CHUNKI USTIGA KIYISHGA NARSA YOQ HONANI BURCHAGIGA QARASA BIR QOP TURGAN EKAN MANA SHU QOPNI OLIB IKKIGA BOLIB BIRINI OLDI IKKINCHISINI ORQA TOMONGA QILIB KIYWOLADI WA ROSULULLOHNI HUZURLARIGA KIRIB QARASA PAYGAMBARNI HUZURIDAN HUDDI MASHNACA ABU BARK RA DAQA BIR HIL QOPNI IKKIGA BOLIB KIYWOGAN ODAMNI CHIQIB KETAYOTGANINI KORADI WA RASULULLOH SORAYDI YA ABO BAKR BILASIZMI BU ODAM KIM EDI ? ABU BAKR RA : " ALLOH WA UNI RASOOLI BILUWCHIROQ " PAYGAMBARIMIZ AYTADI BU ODAM JABRAIL EDI ALLOH JABRAILDAN SIZGA SALOM YUBORIBDI WA AYTIBDIKI MEN ABU BAKRDAN ROZIMAN WA SORANGCHI ABU BAKR ROBBISIDAN ROZIMI ?????????????
QANAQA ZOR HOLATA QANI BIZAM ABU BAKRGA OXSHAB SHUNAQA SAHIY BUSAK . BIZDANAM ALLOH HUDDI MASHNAQA ROZI BULARMIKIN .......


chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
BAXORDate: Dushanba, 09-Yan-2012, 17:14 | Message # 41
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
rahmat , Alloh rozi bulsin

 
DURDONDate: Yakshanba, 01-Apr-2012, 15:45 | Message # 42
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Расулуллоҳ (с.а.в.) Абу Бакр (р.а.) билан ўтирган эдилар. Бир одобсиз киши келиб, Абу Бакр (р.а.)нинг шаънларига ёмон сўзлар айта бошлади. Сарвари Коинот (с.а.в.) бу ҳаёсизликка сукут билан жавоб қайтардилар. Аммо ҳолат ҳаддан ортиқ даражага етди ва Абу Бакр (р.а.) чидолмай бояги кишига ғазаб билан гапирдилар. Шу заҳоти Расулуллоҳ (с.а.в.) ўринларидан туриб, кетиб қолдилар. Абу Бакр (р.а.) ҳам у зотнинг ортларидан эргашдилар ва етиб олгач, сўрадилар: – Ё Расулуллоҳ, бояги кишининг одобсизлигига ҳеч нима демадингиз. Лекин унга жавоб қайтаришим билан кетиб қолдингиз, мендан жаҳлингиз чиқдими? – Ўша ҳаёсиз одам сизга қарши гапиришни бошлаган заҳоти Аллоҳ таоло уни қувиб юбориш учун бир фаришта туширди. Сиз ғазабга миниб, унга жавоб қайтарганингизда фаришта кетиб, ўрнига иблис келди. Иблис бўлган жойда мен турмайман. Шу воқеадан кейин ҳазрат Абу Бакр Сиддиқ (р.а.) оғизларига тош солиб юрадиган бўлдилар.Қачон бирор нарса гапириш керак бўлса, бир муддат тафаккур қилар, лозим топсаларгина оғизларидан тошни чиқариб, гапирардилар. Кейин яна тошни оғзиларига солиб, тасбеҳ, таҳлил билан машғул бўлардилар... Саодат асри ибратларга лиммо- лим. Фақат биз уларни ўрганиб, амал қилсак; шу қаторда юқоридаги воқеадан ҳам ибрат олсак, фойдасиз сўзлардан тийилиш билан қанчалаб кўнгилларни оғритишдан сақланган, дунё- ю охиратимиз учун яхшиликларни қўлга киритган бўлардик...

 
OSIYODate: Juma, 21-Sen-2012, 03:22 | Message # 43
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abu Bakr Siddiqning r.a. hikmatli so'zlari.
Avsat ibn Ismoil aytadi:"Rasululloh s.a.v. vafotlaridan 20 kun o'tib Abu Bakr r.a. minbarga hutba qilish uchun ko'tarildilar.
"O'tgan yili mana shu o'rinda,-dedilar u zoti sharif,- Rasululloh s.a.v. turgan edilar". Shu gapni aytib yig'lab yubordilar. So'mg so'zlarida davom etib:"Ey, insonlar, sidq rostgo'ylikni mahkam tutinglar.Chunki sidq yahshilik bilan birga va u ikkalasi jannatdadir. Yolg'ondan saqlaninglar, chunki yolg'on fujur bilan birga va uikkisi jahannamdadir. Alloh azza va jalladan ofiyat-omonlik tianglar. Chunki iymondan keyin bandaga ofiyatdan ko'ra yahshiroq narsa berilmagan.O'zaro aloqalaringni uzmanglar,adovatlashmanglar,bir-birlaringga hasad, g'azab qilmanglar va Allohning og'a ini bandalari bo'linglar",dedilar".


Message edited by Osiyo11 - Juma, 21-Sen-2012, 03:35
 
OSIYODate: Juma, 21-Sen-2012, 03:37 | Message # 44
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan. Holbuki, Abu Bakr Islomning ilk kunlaridan to Rasululloh s.a.v. vafotlarigacha u kishining doimiy yonlarida bo’lgan ishonchli mulozimlaridan edilar.
 
DURDONDate: Seshanba, 11-Iyun-2013, 07:25 | Message # 45
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Зайд ибн Арком хикоя килади:
— Бир сафар Абу Бакр билан бирга эдик. У сув истади. Абу Бакрга сув урнида асал шарбати келтиришди. Ичмокчи булиб орзига олганда, йиглади. Ёнидагиларни хам йиглатди. Улар бир оздан сунг тинишди, аммо Абу Бакр тинмади, йиглашда давом этаверди. Сунгра ичмокчи булиб, яна огзига олди ва яна йиглади. Ёнидагалар унинг бу холини тушуна олмай: «Эй Расулуллох (с.а.в.)нинг халифаси, сени йиглатган нарса нима?» - деб сурадилар. Абу Бакр изох берди:
«Мен Расулуллох (с.а.в.) билан бирга эдим. У узидан бир нарсани даф этмокда, узоклаштирмокда эди. Холбуки, ёнида менга хеч нарса куринмас эди. «Эй Аллохнинг Расули, дедим, - узингиздан узоклаштирмокчи булаётган нарсангиз нима? (нимани хайдаяпсиз?)» Дедики: «Бу дунё хаёти менга таслим холида курсатилди. Мен унга: «Мендан узокпаш!» дедим. Узоклашди, сунгра кайтиб келиб: «Сен мендан кочяпсан, лекин сендан кейингилар мендай кочмагай» - деди.


 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online