RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Sahobalar hayoti
Yulduzlar hayoti bizlar uchun albatta ibratdir.
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 18:39 | Message # 196
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
USMON MUSULMONLARNING XALIFALARI

Usmon xalifalikka 23-hijriy yil zulhijja oyining oxirgi kuni saylandilar. 24-hijriyning birinchi muharram oyida davlat kursisini qabul qilib oldilar. Shu vaqtda yoshlari hijriy yil hisobida 70 da edi.

Usmonni xalifalikka saylanishlari Umar (r. a.) Sho‘batuoni Mug‘iraning quli majsusiy Abu Lu'luaning qo‘lidan xanjar yeganlaridan keyin sodir bo‘lgan. Umarning o‘lishlari aniq bo‘lib qolganidan keyin sahobalar oldilariga kirishib u kishidek xalifalikka biror kishini tayinlab qoldirishlarini so‘radilar. Shunda Umar, agar bu ishni shunday qoldirib ketsam, mendan avval, mendan ko‘ra afzalroq zot, ya'ni Muhammad alayhissalom qoldirib ketgandilar. Va agar tayinlab ketsam, mendan ilgari, mendan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan zot, ya'ni Abu Bakr tayin etib ketgandilar. Men olti kishini, ya'ni Alini, Zubayrani, Usmonni, Talxani, Abdurahmonni, Sa'd ibni Abu Vaqqosni saylovchilar qilib qoldiraman. Chunki Rasululloh vafot etib ketgan onlarida mazkur olti kishidan rozi bo‘lgan holda ketdilar. Abdulloh ibni Umar ham saylovda hozir bo‘ladi. Lekin saylanishda hech qanday ovozga ega bo‘lolmaydi. Mazkur olti shaxsdan birlaringizni xalifa etib saylab olinglar. Agar o‘rtada xiloflik chiqsa yoki ikki kishiga ovozlar teng bo‘lib qolsa, Abdullohni hakam etinglar. Mabodo Abdullohni hakam etishga rozi bo‘lmasangizlar, unda Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni saylanglar. Saylov uchun uch kun kengashinglar. Biroq to‘rtinchi kuni xalifa saylangan bo‘linishi shart. O'rtada fitna tug‘ilib, ixtilof kuchayib ketmasligi uchun Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni xalifa etib saylashga qolgan boshqa guruh qarshilik ko‘rsatsa, qilichdan kechiringlar. Uch kunga qadar Suxayb kishilarga namozda imom bo‘lib tursin, deya vasiyat etaman, dedilar.

Umar (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng yuqoridagi nomlari kechgan kishilardan Talxa ibni Ubaydullohdan boshqalari Misvar ibni Maxrajning hovlilariga to‘plandilar. Talxa ibni Ubaydulloh bu vaqtda Madinada emasdilar. Tezda o‘rtalarida tortishuv kelib chiqdi. Lekin Abdurahmon ibni Avf tortishuvning alanga olib ketishidan saqlab qoldilar. Ularga qarab shunday taklif kiritdilar: «Sizlardan kimki o‘zini saylashlaridan bosh tortsa - o‘sha sizning eng afzalingizdur!» Hech kim bu taklifga javob bermadi. Shunda o‘zlari «Men o‘zimni saylashlaridan voz kechdim», dedilar. Alidan boshqa hammalari rozi bo‘ldilar.

Abdurahmon: «Ey Abu Hasan, siz nima demoqchisiz?» deb so‘radilar. Ali (r. a.) Abdurahmonga qarab: «Siz menga faqat haqni tanlayman, xohishimga ergashmayman, men qarindoshlarni qarindosh bo‘lganliklari tufayli boshqalardan ko‘ra xosroq etmayman, deb so‘z bering», dedilar. Abdurahmon hammalariga qarab: «Sizlar menga kimni o‘zgartirsam va almashtirsam mening bilan birga bo‘lishlikka hamda Ollohga ont ichib, qarindoshimni xos qilmayman deb bergan ahdimga ko‘ra, men kimni sizlarning ichingizdan xalifalikka tanlasam rozi bo‘lmoqlikka so‘z beringlar», dedilar. Keyin Abdurahmon ulardan bir-bir ahd oldilar. O'zlari ham ularga ahd berdilar. Shundan so‘ng u zot sahobalar va harbiy boshliqlar va katta kishilar bilan nomzodlar o‘rtalarida xalifalikka qay birlari loyiqroq bo‘ladilar, deya maslahatlasha boshladilar. Ba'zilari Usmonni ko‘rsatishdilar. Abdurahmon Ali (r. a.)dan «Agar siz bu ishga saylanmay qolsangiz kimning bo‘lishiga rozilik berardingiz»? deb so‘radilar. Hazrati Ali «Usmonning bo‘lishiga rozilik berardim» deb javob berdilar. Shuningdsk Zubayr va Sa'd (r.a.) dan so‘raganlarida ular ikkovlon «Usmonga rozi bo‘lardik», deb javob berishdi. Usmonning o‘zlaridan so‘raganlarida «men Alining bo‘lishlariga rozi bo‘lardim», deb javob berdilar. Oxirida xalifalikka saylanishlik Ali bilan Usmon o‘rtalarida xos bo‘lib qoldi. Hazrati Umar shart etgan to‘rtinchi kun yetgach, Abdurahmon (r. a.) odamlar ichlarida yurib voqeani o‘rganganlaridan keyin tong namozi paytida masjidga kirdilar va o‘rinlaridan turib: «Ey odamlar, kishilar o‘zlarini saylagan kishilarini bilishlikni istaydilar», dedilar. Ammo ibni Yosir o‘rinlaridan turib: «agar odamlar ixtilof qilishmasun, desangiz Alini saylang», dedilar. Miqdod ibni Asvad ham Ammorning gaplarini qo‘llab-quvvatladilar. Abdulloh ibni Sarh esa o‘rinlaridan turib: «agar qurayshlar o‘rtasida ixtilof kelib chiqmasun, desangiz tezdan Usmonni saylangda, ikki firqa o‘rtasidagi janjalni, toki ularni bo‘lib tashlamay turib, pasaytirib qo‘ying», dedilar. Said ibni Abu Vaqqos Abdurahmonga qarab: «odamlar fitnaga tushmay turib ishni hal etib qo‘ya qoling,» dedilar. Bu gaplarni tinglab bo‘lganlaridan keyin Abdurahmon «men tekshirib chiqdim va kengashdim, sizlar janjallashmay turinglar», dedilar.

Bir vaqt Alini chaqirib: «Ey Ali, OLLOHning kitobi va Rasulining sunnati hamda u zotdan keyingi ikki xalifalarning siyratlari bilan amal qilaman, deb OLLOHga qasam ichishingiz lozim bo‘ladi», dedilar. Ali ham «men kuchimni yetganicha, bularga amal etaman, deb umid qilaman», dsya javob berdilar. Keyin Usmonni ham chaqirib Aliga aytgan gaplarni qaytarib aytdilar. Usmon ham shunday qilishlikka qat'iy so‘z berdilar. Abdurahmon shu onda Usmonni xalifalikka saylab bay'at qildilar. Shuning bilan saylov nihoyasiga yetdi. Usmon (r. a.) xalifa etib saylandilar.

Usmon (r. a.) bay'at berilgan vaqtidan boshlab musulmonlar o‘rtalarida umaviylarga, hoshimiylarga, alaviylarga taqsimlanish yuz berganligini mulohaza etamiz.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:32 | Message # 197
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abdulloh ibni Abbos r.anhu:

Rosul Akramning amakivachchalari. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilimlarning olimidir. Sahobai kiromning mashhurlaridan. Hijrattan oldin Makkada tavallud topganlar. 68 yili Toifda vafot etganlar.

Abulloh ibni Abbos r.anhu tavallud topganlarida otalari u zotni Rosul Akramning oldilariga olib bordilar. Payg'ambarimiz S.A.V tupruklarini uzotning tomoqlariga surkadilar hamda Abdulloh ibni Abbosning haqlariga duo qiladilar. Holalari Maymuna binti Horis r.anho Rosul AKramning zavjalari bo'lganligi bois Rosul Akramning uylariga tez tez kelib turganlar. Ba'zan kechalari ham o'sha yerda qolganlar. Tahorat olishni va namoz o'qishni Rosul Akramning o'zlaridan o'rganganlar.

Makkaning fathidan keyin Madinaga hijrat qilganlar. o'sha vaqtda 11-12 yoshlarda edilar. Rosul Akram zamonlaridan Qur'oni Karimning bir qismini yodlagan edilar. Rosul Akram vafot etganlarida 13-15 yoshlarda edilar. BUndan keyin Qur'oni karimni to'la yodlab Ubay ibni Ka'b r.anhu va Zayd ibni Sobit r.anhularga boshidan yoddan o'qib berdilar. Hz.Umarning ilm suhbatlarida juda ko'p qatnashib u zotdan ilm o'rgandilar. Abdulloh ibni Abbos r.anhu Qur'oni karimning tafsirida juda katta ilmga sohib edilar. Shu bois u zotga Tarjimanul Qur'an laqabi berilgandir. Ibni Mas'ud r.anhu u zot haqlarida "U Mufassirlarning sultonidir" deb e'tirof qiladilar.

Abdulloh ibni Abbosning tafsir kitoblari yo'qdir. Ammo muhtalif rivoyatlari bor. Islom olimlari u zotning rivoyatlari bilan tafsir kitoblarini bezaganlar.

Abdulloh ibni Abbos r.anhumo Rosul Akramdan juda ko'p hadis rivoyat qilganlar. ba'zi manbalarning xabar berishicha u zot rivoyat qilgan hadislar soni 1660 tadir. U zot umrlarining oxirlarida ko'zlari ko'r bolib qolgan. 68 yili bir hafta kasallikdan so'ng olamdan o'tganlar. Janozalarini Hz. Alining o'gillari Muhammad Al Hanafiyya o'qiganlar.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:32 | Message # 198
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abdulloh ibni Amr ibni Os r.anhumo:

Sahobalarning buyuklaridan, otalaridan oldin imon bilan musharraf bo’lga zot. Islomga kirmaslaridan oldin ismlari Os edi, keyin Rosul Akram Abdulloh deb o’zgartirganlar. Otalaridan 12 yosh kichik bo’lganlar. Tahminan 65 hijriyda vafot etganlar.

Ashobi kirom orasida buyuk ilmga sohib bo’lgan zotlardan. Qur’oni karimning to’laligicha yod olgan hofizlardan edilar. Abdulloh ibni Amr r.anhumo Rosul Akramning o’zlaridan juda ko’p ilm oldilar. Uzotdan eshitgan hadislarini to’plab yozib yurdilar. Bu haqda Ashobi kiromning ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot Abu Hurayra r.anhu shunday deydilar: Ashobi kiromning ichida mendan ko’ra ko’p hadis biladigan va yod olgan zot yo’q magar Abdulloh ibni Amr mendan ko’proq hadis biladi va yod olgan. Chunki u hadislarni yozardi men esa yozmas edim.”

Ibni Amr r.anhumo Rosul Akramdan eshitgan hadislarini Sahifai Sodiqa nomli majmuada to’plaganlar. Rosul Akramdan tahminan 700 tacha hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislaridan ba’zilari shunlardir:

“Bizga qarshi qurol ko’targan bizdan emasdir”

“Yeyinglar, ichinglar, sadaqa beringlar, isrofsiz va takabbursiz kiyininglar. Janobi Haq ne’matlarini bandaning ustida ko’rilinishini hohlaydi”

“Shahidning Qul haqqidan boshqa barcha gunohlari o’chiriladi”
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:33 | Message # 199
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abdulloh ibni Umar r.anhu:

Ashobi kiromning buyuklaridan, fiqh, tafsir, hadis ilmida ustun bo’lganlaridan. Kunyalari Abu Abdurrahmon. Musulmonlarning qorako’zi Hz. Umar ul Faruqning o’g’illari. Onalari Zaynab binti Ma’uni Jumayhidir. Makkai Mukarramada hijratdan 14 yil oldin dunyoga kelganlar. Shu yerda 73 hijrida vafot etganlar. Qabr lari Muhassabdadir.
Otalari iymonga kelishlari bilan kichik yoshda iymon keltirganlar. Madinai Munavvaraga hijrat etib Islom tarbiyasi bilan kamolga yetganlar. Yoshlari kichik bo’lganligi sababli Badr va Uhud g’azotlarida ishtirok etmaganlar. Birinchi bor Handaq g’azotida ishtirok etganlar. Bayati Rizvonda otalaridan oldin bay’at qilganliklari rivoyat qilinadi. Misr va Shimoliy Afrika fathlarida ishtirok etganlar. Xuroson va Tabariston safarlarida ishtirok etganlar. Otalari shahodat topganl vaqtlarida o’g’illarini halifalikka tayin qilishlikni so’raganlarida otalari “ Bir uydan bir shahid yetadi” deb marhamat qildilar. Saylanmaslik sharti bilan Sho’roga a’zo bo’lganlar. Hz. Usmonning shahodatlaridan keyin halifalikka nomzod qilib ko’rsatilganlarida qabul qilmadilar. Hz. Ali r.anhuga bay’at qildilar. Faqat ichki hodisalarga aralashmadilar. “Jihod islom mamlakatida musulmonlar orasida bo’lmaydi. Jihod kofirlarga qarshi bo’ladi” deb o’z fikrini bildirdi. 15 ta farzandlari bo’lgan. 14 o’g’il va 1 qiz.
Abdulloh ibni Umar r.anhumo Rosul Akramga juda bog’li edilar. U zoti bobarokotning yo’llaridan yurmoqlikni va ahloqlari bilan ahloqlanmoqlikni istardilar. Huzur’i saodatlaridan ayrilmoqlikni istamazdilar. Qayerga borsalar orqalaridan ta’qib qilib borar edilar. Juda ko’p hodisalarga guvoh bo’lib hadis sharif eshitishga muvaffaq bo’ldilar. Ibodatda, suhbatda va g’azotlarda hamda Vidalashuv hajjida Rosul Akramning doim yonlarida edilar. Rosul Akramga hizmat qilish sharafiga muyassar bo’lishliklari bilan barcha ilimlarda mohir ustod bo’lib yetishdilar. Harom va shubhalilardan saqlanishlari, ilmlari va dunyoga e’tibor bermasliklari o’rnak qilishlikka arziydigan ahvolda edi. Qur’oni karimning tafsiriga oid masalalarda ashobi kiromining ichida ko’zga ko’ringalaridan biridirlar. Halol va haromga oid ko’p hadis shariflarni u zot rivoyat qilganlar. Jami 2630 hadis rivoyat qilganlilari turli manbalarda yoritilmoqda.
Imomi Molik r.a Abdulloh ibni Umar r.anhumo to’g’risida shunday deydi: Abdulloh ibni Umar Rosul Akramdan keyin haj mavsumida va boshqa vaqtlarda odamlarga 60 yil fatvo berdi. Fatvo berishda juda ehtiyotkor birisi edi.” Tobiinlarda Mihron shunday deydi: Ibni Umardan ko’ra faqihroq birisini ko’rmadim.
Ozod qilgan qullari Imomi Nafe shunday deydi: Abdulloh ibni Umar 1000 kishi ozod qilmasdan jonini taslim qilmadi. Ba’zan oylab go’sht yemazdi. Faqat Ramazonda va mehmoni bo’lganda go’sht yeyardi. Biror bir narsaga ortiqcha ko’ngil qo’yishi bilan uni unga ehtiryoji bo’lgan birisiga in’om etardi.’
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:33 | Message # 200
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abu Muso Al Ash'ariy r. anhu:

Ismlari Abdulloh. Abu Muso kunyasi bilan tanilaganlar. Otalarini ismi Qays, onalariniki esa Toyyiba binti Vahb ibni Oq. Vahiy kelmasdan avval Yaman ning Zabid hududida tug’ilganliklari rivoyat qilinadi. Ammo tarihi aniq emas. 42 hijrida Kufada yana boshqa bir rivoyatda Makkai Mukarramada vafot etganlar.
O’zlari musulmon bo’lganliklarini shunday ta’riflaydilar: Biz Yamandalik vaqtimizda Rosul Akramning habarlari bizga keldi. Men va ikki akam(Abu Burda va Abu Ruham) va Ash’ariy qabilasidan 52 yoki 53 kishi bir kemaga chiqdik va Rosulallohni ko’rmoqlik uchun yo’lga chiqdik. Ammo kemamizni shamol Habashiston tomonga olib borib tashladi. U yerda Ja’far ibni Abu Tolib r.anhu bilan ko’rishdik va musulmon bo’ldik. Ja’far “ Bizni Rosulalloh s.a.v bu yerga jo’natdilar va bu yerda ma’lum muddat qolmoqligimizni amr qildilar. Sizlar ham biz bilan bu yerda qoling” dedi. Biz ham u yerda qoldik.
Keyin Rosul Akramning murojaatlariga binoan Habashiston hukumdori bizlarni ikki kemaga chiqarib Madinaga jo’natdi. Biz Madinaga kelganimizda Rosul Akram Haybar fathida edilar. Bu urushda qatnashmaganlarga ulush berilmagani holda bizga ulushda berdilar…”
Rosulalloh s.a.v zamonlarida Zabid, Adan va Yaman voliligini bajardi. Hz. Umar davrlarida Kufa va Basra voliysi bo’ldi. Bu yerda voliylik qilgan vaqtida Ahvaz, Isfahon va Nusaybin fath edildi. Hz. Usmon vaqtida ham Basra va Kufa voliylik ishlarini bajardi. Hz. Ali vaqtida Kufaga voliylik qildi. Jamal voqeasida qatnashmadi. Ammo Siffiyn muhorabasidan keyin sulh uchun Hz. Alining vakillari bo’ldilar. Hz. Muoviya davrida vafot etdilar.
Abu Muso al Ash’ariy r.anhu Qur’oni Karimning to’la yod olganlardan edilar. Hz. Abu Bakr vaqtlarida Qur’oni Karimni to’plagan hay’atning a’zosi edi.
Islom taqvimini yozilarida ilk bor qo’llagan zot bu kishidir.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:34 | Message # 201
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Abu Zar G'iforiy r. anhu:

Ilk musulmon bo’lgan zotlardan. Ismlari Jundab ibni Junoda. Musulmon bo’lmasdan oldingi kunyalari Abu Mamla. Musulmon bo’lganlaridan keyin unga Rosulalloh s.a.v Abu Zar kunyasini berdilar. Laqablari Masihul Islomdir. Bani G’ifor qabilasidanlar. Tug’ilgan yillari noma’lum bo’lib hijriy 32 da Madina atrofidagi Rabaza deyilgan joyda vafot etganlar.
Qovmi orasida jasurligi bilan shuhrat qozongan, kuchi va quvvati bilan u yerlarda mashhur bo’lganlar. Faqat u bularning hammasidan hech bir lazzat olmas, insonlarning o’zlari qo’llari bilan yasab olgan butlariga sig’inishlariga hech chiday olmasdi. Nihoyat bir kun butun koinotning yaratuvchisi borligini anglab yetib insonlardan alohida hayot kechirishga kirishdi. 3 yil shunday davom etdi. Abu Zar G’iforiy hidoyatda odim odim ildamlab turgan bir paytda Janobi Xaq Rosul Akramga vahiy yubordi. Insonlar sekin asta musulmon bo’lishni boshlagan. Atrofda turli tuman gap ko’paygan bir payt. Kunlarning birida Makka tarafdan kelgan bir inson Abu Zarning La ilaha illalloh deyayotgani eshitib unga Makka tarafda ham bir inson chiqib Allohdan o’zga iloh yo’q ham U Allohnng elchisiligini e’tirof etmoqda dedi. …
Bu habarni eshitar eshitmas Abu Zar u zotning qaysi qabiladan ekanligini so’radi. Qurayshtan degan javobni olishi bilan ukasi Unaysni Makkaga jo’natdi. Unays Makkada Sarvari Koinot Rosul Akram s.a.v haqlarida ma’lumot olib keldi. Shundan keyin Abu Zar bir oz ozuqa olib Makkaga keldi. Makka borib hech kimga o’zi to’g’risida gapirmadi. Ka’baning oldiga kelib Rosul Akram s.a.v ni ko’rmoqlik uchun bir qulay fursat kelishini kutib o’tirdi. U vaqtlarda Rosulallohning qayerda ekanliklari begonalardan sir tutular edi. Shu bois Abu Zar hech qanday ma’lumot bila olmadi. Oqshmga yaqin Hz Ali Abu Zarni Ka’baning oldida ko’rib g’arib bir ahvolda ekanliklarini bilib o’z uylariga olib ketdilar. Abu Zar o’z sirini Hz. Aliga bildirmadi. Ertalab yana Makka ko’chalarini aylanib kechgacha Rosul Akram to’g’rilarida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmadi. Oqshomga yaqin Hz Alini Abu Zarni ko’rib yana uylariga olib ketdilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:36 | Message # 202
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Uning bu yerlarda nima qilib yurganini so’radilar. Abu Zar : Agar menga to’g’ri ma’lumot berishlikka ont ichsangiz aytaman- dedi. Hz. Ali rost ma’lumot berishlikka va’da berdilar. Shundan keyin Abu Zar nima maqsadda kelganliklarini Hz. Aliga aytdilar. Hz Ali u zotni Koinotning Sarvari Xotamal Anibiyo bo’lgan Rosul Akram s.a.v ning oldilariga olib bordilar. Shu tariqa Islom ne’matidan bahramand bo’ldilar. Iymon keltirishlari bilan Ka’baga borib bor ovozlari bilan Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad s.a.v uning elchisidir dedilar. Buni eshitgan mushriklari hamon u zotning ustilariga kelib rosa do’pposladilar. Ularni qo’lidan Hz. Abbos r.anhu qutqarib qoldilar. Hijratga qadar Abu Zar r.anhu Rosul Akram o’z qavmini Islomga da’vat qilishlikka buyurdilar.
Madinaga hijrat qilgan Abu Zar r.anhuni Payg’ambarimiz s.a.v yana o’z qabilasiga Islomni yoyishlik uchun jo’natdilar. Abu Zar r.anhu Handaq urushidan keyin Madinaga joylashtilar.shundan keyin Rosul Akramning yonlaridan ayrilmadi. Butun vaqtini ilm o’rganishlikka sarfladi. Hamma narsani Rosul Akramdan so’rar edi.
Tabuk urushiga ketilayotganda qo’shindan orqada qolgan Abu Zarni ko’rib Rosul Akram shunday dedilar: Alloh taolo yolg’iz yurgan va yolg’iz vafot etadigan va yolg’iz ko’miladigan Abu Zar’ni rahmat qilsin.
Abu Zar G’iforiy Hz. Usmon r.anhu zamonlarida Madina yaqinidagi Rabaza degan joyda vafot etdilar.
Abu Zar r.anhu ba’zi rivoyatlarga ko’ra Rosul Akramdan 281 hadis sharif rivoyat qilganliklari bildirilmoqda.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:41 | Message # 203
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Fotima binti Hattob.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘ntaga yetib qolgan. O‘sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi.
Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni yaxshi taniysiz. U zot (r.a.) hayotlik davrida jannat bilan bashoratlangan o‘n sahobaning birlaridir.) Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o‘qishar, o‘rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sayd Alloh va Rasuli (s.a.v.) yo‘liga fidoyi ekan, ayni paytda uning akasi Umar u paytda Payg‘ambarning beayov dushmani, o‘taketgan johil, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi.
Butunlay iskanja va zulm ichida ham, musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori o‘sha biz suygan Umar ham ta’rifsiz qo‘rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo‘lsa-da, musulmonlarning yo‘lini kesishni o‘ylardi. Nihoyat ular, Muhammadni (s.a.v.) o‘ldiramiz, degan bir to‘xtamga kelishdi. O‘zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo‘yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar, masala xal bo‘ldi, deya oldindan hukm chiqarib qo‘yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo‘lga tushdi. Qo‘lida qilich. Ne ajabki, Alloh taolo unga yo‘lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni ro‘baro‘ qildi...
Umarning niyatidan xabardor bo‘lgan Nuaym uni butunlay niyatidan qaytarolmasa-da, yo‘lini boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Saidning musulmon bo‘lganini aytib, uni qattiq g‘azablantirdi.
Hazrati Habbobdan Kur’on o‘rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So‘ng eshikni ochishdi. Lekin biroz oldin eshik ortidan eshitilgan Qur’on Umarning g‘azabini yangilab ulgurgan edi.
- Men sizlarning Muhammadning dinida ekaningizdan xabarim bor, - dedi va kuyovi Saidni kaltaklay ketdi. Fotima (r.a.) erini akasining qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lganida, g‘azabnok quvvatli musht uning ham yuziga tushdi va yorib yubordi. Ko‘ziga o‘lim ko‘rinib turgani holda Fotima Umarga bunday deb hayqirdi:
- Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To‘g‘ri, biz musulmon bo‘ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamizki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo‘lingdan kelganini qil!
Fotimaning bu so‘zlari o‘ziga o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko‘ringki, bu qahramonlik Umarning ichiga talotum soldi. Qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuz Umardek bag‘ritosh qotilning qalbini titratdi, uning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi.
Oradan bir oz o‘tib, Umar shunday dedi:
- Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko‘ray.
Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi:
- Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo‘l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi.
"Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!"
Umarning yumshaganini ko‘rib, Hazrati Habbob ham bekingan joyidan chiqdi.
Keyin to‘rtovi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzuri muboraklariga borishdi. Umar kalimai shahodat keltirdi va... endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi.
Hazrati Fotimaning (r.a.) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) kabi bir zotning islomiyat bilan sharaflanishiga sabab bo‘ldi. Zero, Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaymasdan Fotima binti Xattobning ham daftariga yoziqlikdir.
Fotima (r.a.) eri bilan birga Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Umrining so‘ngiga qadar fazilatli yashadi. Akasining xalifa bo‘lganini, adolatli idora qilganini ko‘rish saodatiga muyassar bo‘ldi, Va uning davrida Alloh dargohi sari rixlat etdi.
Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin! Omin.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:41 | Message # 204
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
ХАЗРАТИ МАЙМУНА БИНТИ ХОРИС
(Уммул-мўминин)

Маймунанинг, розийаллоху анхо, Исломни кабул килиши дин учун хам, мусулмонлар учун хам хайр ва баракот василаси бўлди. Чунки унинг мусулмон бўлиши узок йиллардан бери Исломга карши уруш эълон килган баъзи кишилардан жахолат пардасини кўтарди, кин ва кибр билан тўла калбларни тозалади.

Маймуна, розийалоху анхо, Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, уйланган энг сўнгги аёлдир. Унинг Хазрати Пайгамбаримиз вафотларидан кейинги узун хаёти Расулуллохнинг, алайхиссалом, хотираларига хурмат ва такво билан яшашнинг гўзал намунаси бўлди.

Насаби

Мўминлар онаси Маймуна, розийаллоху анхо, Курайшнинг обрў-эътиборли кишиларидан бўлган Хорис ибн Хилолнинг кизидир. Унинг онаси Макканинг фазилат ва юксак насаби билан машхур аёлларидан бири Хинд бинти Авф, Холид ибн Валиднинг холасидир.
Маймунанинг Уммул Фазл ва Салма исмли опалари бор эди. Аббос ибн Абдулмутталиб, розийаллоху анху, Уммул Фазлга, шахидларнинг улуги Хамза ибн Абдулмутталиб, розийаллоху анху, Салмага уйланган эдилар. Бу акраболик ришталари жуда мустахкам эди.

Тугилиши

Маймуна Набийнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, пайгамбар бўлишларидан олти йил аввал Маккада тугилди.
Исломият келганида хали яхши-ёмонни ажрата олмайдиган бир ёш кизча эди. Бутларга сигинган ота-она тарбиясини олиб, бузук эътикод ва урф-одатлар таъсирида ўсиб-улгайди. Аммо у пайгамбарлик, вахий хакида эшитар, тушунишга харакат килар эди.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:42 | Message # 205
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
* * *

Бўйи етгач, уни Макканинг кўзга кўринган йигитларидан Масъуд ибн Амрга узатишди. У Аббос ибн Абдулмутталибнинг завжаси бўлган опаси Умму Фазлнинг уйига тез-тез бориб турарди. Опасидан Ислом дини, мусулмон мухожирлар, Бадр ва Ухуд газотлари хакидаги хабарларни эшитар, бу вокеалар унинг калбига бошкача таъсир килар эди.
Хайбар газоти хакидаги ёлгон хабарни эшитган мушриклар жуда севиндилар. Аббос ибн Абдулмутталибга, розийаллоху анху, азият берувчи сўзлар айтиб, масхаралай бошладилар. Аммо орадан кўп вакт ўтмай, хакикий хабар етиб келди. Мусулмонлар жангда галаба козонган ва яхудийлар Хайбардан кувилган эдилар.
Аббос, розийаллоху анху, ўрнидан турди, энг чиройли кийимларини кийди. Худди байрамдагидек ясаниб, викор билан одамлар олдига чикди. Бу сафар у мушрикларга гапирди. Бир оз олдин ёлгон хабарни ёйган киши унинг сўзларини тасдиклагач, мушриклар жим бўлиб, пушаймонда колдилар.
Аббос мусулмонларнинг Хайбар жангида зафар козонганини айтаётганида Маймуна опаси Уммул Фазлнинг уйида эди. Бу хабардан унинг хам боши осмонга етди. Уйига кайтиб эри Масъуд ибн Амрни тушкун холатда кўрди. Масъуд завжасининг хурсандлигидан аччикланиб, у билан тортишиб колди ва охир-окибат, уни тарк этганини айтди. Маймуна хам ортик унинг олдида колмай, яна отасининг уйига кетди.

Ажралиш

Худайбийа сулхи тузилганига бир йил тўлди. Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, мусулмонлар билан бирга умра ибодатини адо этиш учун Макка томон йўл олдилар. Шахарга якинлашгач, барча мусулмонларни тўхташга буюрдилар. Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, бу ерда жангдагидек бир усул кўллашни режалаштириб, мусулмонларни икки кисмга ажратдилар. Биринчи кисм Каъбани тавоф килиш учун Маккага кирадиган, иккинчи кисм эса, куролланган холатда Макка ташкарисида тайёр турадиган, бирор хавф тугилса, мушрикларга хужум киладиган бўлдилар.
Хаммага вазифалар аник бўлгач, яна йўлга чикишди. Нихоят узокдан бир йилдирки кўришга интизор бўлганлари, улар учун эшиклари ёпилган Макка кўринди. Уни кўрар-кўрмас хаммаёкни мусулмонларнинг «Лаббайк Аллохумма лаббайк...» деган овозлари тутиб кетди.
Мусулмонлар улугворлик ва хайбат билан Хазрати Пайгамбаримизнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, атрофларини ўраб олган эдилар. Хамма жўр бўлиб такбир ва тахлил айтарди. Мусулмонларнинг овозларини эшитганлар тогларга караб югурдилар, дархол шахарни бўшатдилар. Чунки улар Мухаммад, соллаллоху алайхи ва саллам, ва асхобининг неча йиллар илгари коронги тунда Маккани тарк этган заиф кишилардек эмас, кувватли ва хайбатли кўринишда куппа-кундузи шахарга бемалол кириб келишларини тасаввур хам килолмас эдилар.
Маккада факат кекса эркаклар, бир неча аёллар колишди, хоlos.
 
OSIYODate: Dushanba, 18-Iyul-2011, 18:43 | Message # 206
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Маймунанинг таклифи

Маймуна мусулмон бўлган, аммо имонини яширин тутар эди. Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам ва асхоби бир куёшдек Макка уфкларидан кўтарилгач, у жасоратланиб, Аллохга имон келтирганини хаммага билдирди.
Бу хайрли вокеадан сўнг, Маймуна Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, завжа бўлиш истагида Аббос ибн Абдулмутталибни, розийаллоху анху, элчи килиб юборди.
Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, унинг истагини кабул этдилар ва унга махр сифатида 400 дирхам бердилар.
Худайбийа сулхида кўрсатилган уч кунлик мухлат битди. Курайшийлар Набийга, соллаллоху алайхи ва саллам, элчи юбориб: «Маккада колиш пайтинг тугади, энди чикиб кет», дедилар.
Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, кулимсирадилар ва: «Мени ўз холимга кўйинг. Ундан кўра бир тўй килиб, сиз учун таом хозирлатсам ва тўйимга сиз хам келсангиз бўлмайдими?” дейишди.
Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, Маймунага уйланишлари сабабли Маккада колиш муддатини узайтиришни ва курайшийлар билан кайта битим тузишни мўлжаллаган эдилар.
Тўй учун дастурхон тузалди. Курайшнинг улуглари таклиф этилди. Аммо улар кабул этмадилар.
— Сенинг амалингга бизнинг эхтиёжимиз йўк. Тезрок чикиб кет, — дейишди.
Улар бу гапларни Расулуллохнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, Маккада уч кундан ортик колишларидан кўркишларини яшириш учун айтишди. Зеро, Пайгамбаримизни, соллаллоху алайхи ва саллам, зиёрат этиш баъзи кишиларнинг акли ва рухига таъсир килгани кўрина бошлаган эди. Масалан, Маймуна хаммадан яшириб келган имонини мусулмонлар Маккага киришлари биланок очик эълон этди. Устига устак, Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, завжа бўлди. Бу хол мушрикларни газаблантирган эди.
Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, ушбу мажлисда Маймунага уйланганларини эълон килдилар. Аммо Худайбийа сулхига амал килиб, дархол Мадинага кайтиш тадоригини кўрдилар. Маккадан ўн мил узокликдаги Сараф деган жойга келганларида Маймуна, розийаллоху анхо, билан гўшангага кирдилар.
 
OSIYODate: Shanba, 13-Avg-2011, 06:42 | Message # 207
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
 
OSIYODate: Yakshanba, 14-Avg-2011, 01:42 | Message # 208
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
 
DURDONDate: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:49 | Message # 209
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Abu Hurayra
ABU HURAYRA (602 - 679, Madina) - mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. Rasululloh tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini ko‘rgan Rasuli Akram, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab bilan shuhrat topgan.

Tijorat va boyligi yoxud ma'lum bir mashg‘uloti bo‘lmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulotdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih bo‘lib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga ko‘tarilgan.

Umar (ra) tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon (ra) zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi bo‘lgan. Favqulodda quvvai-hofizaga ega bo‘lgan.

Abu Hurayra uch yil muttasil Nabiy (as)ning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akram(sav)ning so‘zlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan.

5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolg‘iz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.


 
DURDONDate: Yakshanba, 14-Avg-2011, 08:50 | Message # 210
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Abu Hurayra r.anhu
Mashhur sahobiylardan birlari. Ashobi kirom ichida eng ko'p hadis rivoyat qilgan zot. Ismlari haqida turli rivoyatlar mavjud. Eng sahihrog'i Abdurrahmon ibni Sahr. Yamanning Davs qabilasidanlar. Kunyalari Abu Hurayra. Haybar yili iymon keltirganlar. 59 hijrida 78 yoshlarida vafot etganlar.
Hijratning 7 yili iymonga kelganlar. Bu Haybar g'azoti vaqtida ro'y bergan. Shundan keyin Abu Hurayra r.anhu Rosul Akramni hech ham tark qilmaganlar. Madinada qolib Ashobi Suffa ning a'zolaridan biri bo'lishgan. Juda faqir bo'lganlar. Masjidda qolib ibodat bilan mashg'ul bo'lganlar. Chunki u zotning tijorat va mol qayg'usi bilan mashg'ulliklari bo'lmagan.
Madinaga kelishliklarini o'zlari shunday anglatadilar: Rosulullloh s.a.v Haybardalik vaqtlarida Madinaga muhojir sifatida keldim. Bomdod namozini Rosululloh s.a.v Madinaga voliy qilib tayinlab ketgan kishilari Sibo' ibni Urfuta r.anhu imomliklarida o'qidim. Birinchi rak'atga Maryam surasini ikkinchi rak'atga Mutoffifun surasini o'qidi. Namozdan keyin Sibo'ning yoniga bordik. U bizlarga taom berdi."
Rosul Akramning yonlarida juda ko'p bo'lishliklari u zotga juda ko'p hadis eshitish va rivoyat qilish imkonini berdi. Rosul Akramning oldilariga kelganliklaridan keyin faqat U zoti bobarokotga hizmat qilishlik bilan mashg'ul bo'ldilar. Bilmaydigan hamma narsalarini Rosul Akramning o'zlaridan so'rab o'rgandilar. Rosul Akramga 4 yil hizmat qildilar. Bir zot Abdulloh ibni Umar r.anhumolardan so'radi: Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v dan shunaqangi ko'p hadis rivoyat qiladi, shu to'g'rimi?

Ibni Umar shunday javob berdilar: Allohga qasamki, hech qaysisida shak va shupha yo'qdir. Chunki Abu Hurayra hamisha Rosul Akramdan savol so'rar va olgan javoblarini yodlar edi".
Yana bir marta Oishai Siddiqa r.anho onamizda so'radilar: Rosulloh s.a.v ning so'zlarini va hollarini sizmi yaxshi bilasiz yoki Abu Hurayra? Hz. Oisha shunday dedilar: Abu Hurayra biladi. Chunki men uy ishlari bilan band bo'lganimda u Rosulullohing yonlaridan ayrilmas edi.
Mulla Aliyul Qorining habar berishlaricha Abu Hurayra r.anhu jami 5364 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan esan tahminan 500 ga yaqin kishi rivoyat qilgan. U zotdan hadis rivoyat qilganlardan biri Bashir ibni Nuhayqdir. U Abu Hurayradan eshitib yozganlarini to'plab keyin Abu Hurayraga o'qib berib izin olgandir.
Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v ning vafotlaridan keyin eng sevgan ishi U Zoti bobarokotdan hadis rivoyat qilishlik bo'lgan. Hz. Abu Bakri Siddiq r.anhu davrlarida idora ishlari bilan mashg'ul bo'lmaganlar. Hz. Umar r.anhu davrlarida esa Bahraynga volilik qilganlar. Hz. Usmon r.anhu davrlarida Makkaga qozilik qildilar. Hz. Muoviya davrlarida Madina voliysi bo'ldilar. . Har Juma kuni namozdan oldin hadisi sharif darslarini berganlar.
Usmon an Nahai shunday buyuradi: Abu Hurayra r.anhuni yeti kun mehmon qildim. Kechalarini namoz o'qib Qur'on o'qishlik bilan o'tkazardi."


 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online