A resized and cropped image
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ro'za haqida hadislar
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:09:30 AM | Message # 181
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
15-bob. E’tikofda o‘tirmoq va Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yigirma kun bo‘ldi, deganda e’tikofni tugatib, tashqariga chiqishlari haqida

Abu Saloma ibn Abdurrahmon Abu Sa’id Xudriydan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Laylat ul-Qadr to‘g‘risida gapirganlarini eshitganmisiz?»-deb so‘radilar. Ul kishi: «Ha»,- dedilar-da, quyidagilarni rivoyat qilib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligidz e’tikofga o‘tirdik, yigirma kun bo‘ldi, deganda ertalab e’tikofni tugatib chiqdik. Shunda, Janob Rasululloh bizga va’z aytdilar-da: «Laylat ul-Qadr kuni menga tayyn qilinib .erdi, ammo ul yodimdan ko‘tarilib qoldi. Uni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida, toq kunlarda kutingiz. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman. Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, masjidga qaytsin!»-dedilar. Odamlar masjidga qaytib kirishdi. Shu paytda osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi, birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam loy yerda sajda qildilar, hattoki men Janob Rasulullohning muborak peshonalari va burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:09:54 AM | Message # 182
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
16-bob. Mustahozaning (ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e’tikof kilmogi haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xotinlaridan biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va sariq suyuqlik kelib turardi, biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:10:20 AM | Message # 183
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
17-bob. Ayolning e’tikofda o‘tirgan erini ko‘rgani bormog‘i haqida

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda) erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi. Janob Rasululloh Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob Rasulullohga bir nigoh tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib: «Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton insonning qon tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib, yomon xayolga bormangiz, deb xavotir oldim»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:10:46 AM | Message # 184
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
18-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi shubhani o‘zidan soqit qiladirmi?

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘tirganlarida huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida Janob Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har xil fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,- dedilar».

Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha, kechasi»,- deb javob bergan erkanlar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:11:12 AM | Message # 185
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
19-bob. Ertalab e’tikofni tugatib chiqsa...

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Yigirmanchi kuni ertalab narsalarimizni ko‘tarib, Rasulullohning xuzurlariga keldik. Shunda, Janob Rasululloh: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, yana joyiga qaytsin (e’tikofni davom ettirsin), chunkim shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadirgan kun ayon qilindi. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman»,- dedilar. Janob Rasululloh joylariga qaytdilar hamki, yomg‘ir yog‘a boshladi, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shal kuni kechgacha yomg‘ir yog‘ib, shox-shabba tashlangan masjid tomidan chakka o‘tib ketdi. Keyin, men Janob Rasululloh (sajda qilayotganlarida) burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:11:37 AM | Message # 186
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
20-bob. Shavvol oyida e’tikofga o‘tirmoq haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har Ramazonda e’tikofga o‘tirar erdilar. Bomdod vaqti bo‘lgach, turib namoz o‘qirdilar-da, yana qaytib e’tikofga o‘tirardilar»,- deydilar. Oisha onamiz Janob Rasulullohdan e’tikofga o‘tirmoqqa ruxsat so‘raganlarida, unga ijozat berdilar. Shunda, Oisha raziyallohu anho o‘zlariga chodir qurib oldilar. Buni eshitib, Hafsa ham o‘zlariga chodir qurib oldilar. Keyin, Zaynab ham eshitib, chodir qurib oldilar.. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan so‘yg kelib, to‘rtta chodir turganini ko‘rib, . «Bu nesidir?»-dedilar. Janob Rasulullohga chodirlar ayollariniki ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Ne sababdan bundoq qilishdi, yaxshi niyatdami? Olib tashlangiz, men ikkinchi ko‘rmayin!»-deganlaridan so‘ng, chodirlarni olib tashlashdi. Shundan keyin, Janob Rasululloh Ramazon oyidagi e’tikoflarini to‘xtatib, Shavvol oyining oxirgi o‘n kunligida uni davom ettirdilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:11:57 AM | Message # 187
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
21-bob. E’tikofda o‘tirgan kishi ro‘za tutmasa ham bo‘ladir

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida, Masjid ul-Haromda bir kecha e’tikof qilg‘aymen, deb ahd etgan erdim»,- dedilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-dedilar (biroq ro‘za tutmok, haqida indamadilar). Keyin, Hazrat Umar bir kecha e’tikofga o‘tirdilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:12:18 AM | Message # 188
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
22-bob. Johiliya davrida e’tikof qilishga ahd qilib, so‘ng musulmon bo‘lsa...

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Hazrat Umar raziyallohu anhu Masjid ul-Haromda (nazarimda, bir kecha) e’tikofga o‘tirmoqqa ahd qilgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-deb aytdilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:12:42 AM | Message # 189
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
23-bob. Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:13:09 AM | Message # 190
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
24-bob. E’tikofga o‘tirgan kishi e’tikofni to‘xtatmoqchi bo‘lsa...

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar.

O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:13:29 AM | Message # 191
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
25-bob. E’tikofdagi kishi yuvdirmoq uchun boshini darchadan chiqaradir

Oisha raziyallohu anho: Janob Rasulullohning muborak boshlarini, e’tikofda bo‘lganlarida hayz ko‘rganligimga qaramay, yuvib-tarab qo‘yardim»,- deydilar. Janob Rasululloh masjidda turib, darchadan boshlarini chiqarar erdilar. Oisha onamiz hujralarida turib, muborak boshlarini yuvib-tarab qo‘yardilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:13:52 AM | Message # 192
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh s.a.v. dedilar:"Besh vaqt namoz,juma namozi kelgusi jumagacha, ramazon kelgusi ramazonga qadar o'rtalarida sodir bo'lgan katta gunohlardan boshqa kichik gunohlarga kafforatdir".
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:14:13 AM | Message # 193
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Rasululloh s.a.v. dedilar:"Ramazon ro'zasini iymon va savob umidida tutgan odamning o'tgan gunohlari kechiriladi".

"Sunan" mualliflari rivoyat qilishgan.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:14:34 AM | Message # 194
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Said r.a. dan:"Rasululloh s.a.v. dedilar:"Ramazon ro'zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish lozim bo'lgan narsalardan saqlangan odamning bu ibodatlari o'tgan gunohlariga kafforatdir".

Imom Ahmad va Bayhaqiy rivoyati.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:14:54 AM | Message # 195
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Rasululloh s.a.v. dedilar:"Ro'za va Qur'on qiyomat kunida banda uchun shafoat so'raydilar. Ro'za:"Rabbim, men uni taom v maylliklardan to'sdim, mening u haqdagi shafoatimni qabul qil",deydi. Qur'on:"Men uni tunlari uyqudan to'sdim, mening u haqdagi shafoatimni qabul qil",deydi. Shundan so'ng ularning shafoatlari qabul qilinadi".

Imom Ahmad rivoyati.
 
Search: