A resized and cropped image
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ro'za haqida hadislar
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:53:41 AM | Message # 151
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon deyiladi. Undan faqat ro'zadorlar kiradilar. Ro'zaning mukofoti uchun ularga Alloh taolo bilan uchrashuv va'da qilingan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Ro'zadorga ikki xursandchilik bordir: og'zi ochish paytidagi xursandchilik; rabbisiga yo'liqqan paytdagi xursandchilik.
Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:54:06 AM | Message # 152
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Har bir narsaning eshigi bordir. Ibodatning eshigi ro'zadir.
Ibn Muborak rivoyati

Ro'zadorning uyqusi ham ibodatdir.
Bayhaqiy, Daylamiy va Ibn Najjor rivoyatlari
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:54:29 AM | Message # 153
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Agar Ramazon oyi kirsa, jannat eshiklari ochiladi. Do'zax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Va munodiy nido qiladi: "Ey, yaxshilik talabidagi, kelgin! Ey, yomonlik istovchi, to'xtagin!
Termiziy, Hokim rivoyatlari

Alloh azza va jalla aytadi: "Ey farishtalarim, bandamga qaranglar! Shaxvatini, lazzatini, taomini va sharobini Mening rizoyim uchun tark etdi"
Ibn Sunniy rivoyati
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:54:50 AM | Message # 154
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Albatta shayton odam bolasining qon yo'llarida yuradi. Uning yo'llarini ochlik bilan toraytiring.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Rasululloh SAV Oisha r.a.ga: "Jannat eshigini qoqishda davom et", dedilar.
U zot: "Nima bilan?" - deya so'radilar.
Rasululloh SAV: "Ochlik bilan".
"Avoriful Ma'orif" kitobidan
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:55:12 AM | Message # 155
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Besh narsa ro'zadorning ro'zasini ochib yuboradi: yolg'on, g'iybat, chaqimchilik, yolg'on qasam va shahvat bilan qarash.
Al-Azdiy "Az-Zuafo"da rivoyat qilgan

Albatta ro'za to'siqdir. Agar biringiz ro'za bo'lsa, yolg'on so'z gapirmasin, johillik qilmasin. Agar biror kishi u bilan urishsa yoki so'kishsa, men ro'zadorman, men ro'zadorman, desin.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:55:35 AM | Message # 156
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Rasululloh SAV zamonlarida ikki ayol ro'za tutdilar. Kun oxirida ularni ochlik va chanqoqlik holdan toydirdi, hatta halok bo'layozishdi. Shunda Rasululloh SAVga ro'zalarini ochishga izn so'rab odam yuborishdi. Payg'ambarimiz SAV ularga bir idish yubordilar va: "Ularga aytgin, yegan narsalarini bunga qussinlar", dedilar. Idishning yarmiga ularning biri tiniq qon va yangi go'sht qusdi. Boshqasi ham shunday qusib idish to'ldirdi. Odamlar bundan taajjubga tushishdi. Shunda Payg'ambar SAV: "Bu ikkisi Alloh halol qilgan narsadan ro'za tutishdi va Alloh halol qilgan narsadan ro'za ochishdi, odamlarni g'iybat qila boshlashdi. Bu - go'shtlaridan yeganlaridir.
Ahmad rivoyati

Qancha ro'zador borki, ro'zasidan unga faqatgina ochlik va chanqoqlik qoladi.
Nasaiy va Ibn Moja rivoyati
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:55:56 AM | Message # 157
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Albatta ro'za omonatdir. Sizlardan har biringiz o'z omonatini saqlasin!
Haroitiy "Makorimul axloq"da rivoyat qilgan

Payg'ambar SAV sha'bon oyida ro'za tutishni ko'paytirardilarki, hatto u kishini ramazon oyida deb gumon qilinardi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:56:20 AM | Message # 158
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro'za Allohning oyi - Muharramdadir.
Imom Muslim rivoyati

Harom oyidan bir kun ro'za tutish boshqasining o'ttiz kunidan yaxshidir. Ramazonda bir kun ro'za tutish harom oyida o'ttiz kun ro'za tutishdan yaxshidir.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:56:51 AM | Message # 159
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Sha'bonning yarmi bo'lganda ramazon oyi bo'lguncha ro'za yo'qdur.
To'rt Imom rivoyati

Payg'ambarimiz SAVdan rivoyat qilinishicha, ro'za tutardilar, hatto og'izlari ochiq bo'lmaydi, deyilardi. Og'izlari ochiq bo'lardi, hatto ro'za tutmaydilar, deyilardi. Ibodat bilan qoim bo'lardilar, hatto uxlamaydilar, deyilardi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:00:12 AM | Message # 160
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI TAROVIH KITOBI

1-bob. Ramazon kechalari turib tarovih o‘qimoqning fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon kechasining fazilatiga ishonib va savobidan umid qilib (tarovih o‘qimoqqa) turgan kishining ilgari qilgan barcha gunohlari mag‘firat qiling‘aydir»,- deganlar».

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilgunlaricha ham, Abu Bakr raziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham, Umar ibn Xattob raziyallohu anhu xalifalik qilgan dastlabki yillarda ham kechasi turib tarovih o‘qimoq tartibi o‘zgarmadi. «Men, -deydirlar Abdurrahmon ibn Abdulqori’,- Umar ibn Xattob raziyallohu anhu birlan birga kechasi masjidga chiqqan erdim, har yer-har yerda odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, o‘z hollaricha namoz o‘qishar erdi. Hazrat Umar: «Bularning barchasini yig‘ib, bir qorini boshliq qilib qo‘ysam, yaxshi bo‘lur erdi»,- dedilar. So‘ng, ularga Ubay ibn Ka’bni boshliq qilib qo‘ydilar. Ertasiga kechasi ul kishi birlan yana masjidga chiqdim, odamlar qoriga iqtido qilib namoz o‘qishayotgan erkan. Hazrat Umar (buni ko‘rib): «Qandoq yaxshi bid’at (ya’ni, Janob Rasulullohdan keyin joriy qilingan bir yaxshi tartib ma’nosida), tunning birinchi qismida namoz o‘qib, so‘ng uxlab qolganlaridan ko‘ra, tun oxirida turib, namoz o‘qiyotganlar afzalroqdir!» -dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechasi o‘z masjidlariga chiqib, namoz o‘qidilar»,- deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:00:48 AM | Message # 161
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalaridan birida masjidga chiqib namoz o‘qidilar. Janob Rasulullohga iqtido qilib, odamlar ham namoz o‘qishdi. Bu darhol odamlar orasida ovoza bo‘ldi. Ertasiga masjidga anchagina odam to‘planib, namoz o‘qishdi. Uchinchi kecha yana ham ko‘proq odam yig‘ilib, Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qishdi. To‘rtinchi kecha masjidga odam sig‘may ketdi. Janob Rasululloh bu gal kechasi chiqmadilar, faqat bomdod namoziga chiqdilar, Bomdoddan so‘ng, xutba tashahhudini o‘qib bo‘lgach, odamlarga qarab: «Meni sizlarning ko‘payib ketganligingiz cho‘chitgani yo‘q, balkim bul sizlarga farz bo‘lib qolib, bajara olmay qolg‘aymisizlar, deb qo‘rqg‘aydirmen»,- dedilar. Rasululloh vafot qilgunlaricha qayta bundoq namoz o‘qilmadi».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:01:11 AM | Message # 162
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Saliyma ibn Abdurrahmon Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir edilar? » - deb so‘radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Janob Rasululloh Ramazonda ham, boshqa vaqtda ham namozni o‘n bir rak’atdan oshirmas erdilar, avval to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ham ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng tag‘in uch rak’at o‘qir erdilar. (Keyin o‘rinlariga yotardilar). Shunda men: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimasdan uxlaydirsizmi?» - der erdim. Ul kishi: «Ey Oisha, ikkala ko‘zim uxlag‘aydir-u, qalbim uxlamas»,- deb javob qilar yrdilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:01:56 AM | Message # 163
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida

Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:02:27 AM | Message # 164
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
3-bob. Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida
kutingiz!

Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 7:02:50 AM | Message # 165
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim».
 
Search: