HIKMATLAR HAZINASI
|
|
Rider | Date: Juma, 15-Yan-2010, 23:31 | Message # 1 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Нафсга энг оғир келадигани бу – ихлосдир. Чунки, унда нафснинг насибаси йўқ. Саҳл ибн Тустарий ===================== Сизлардан олдинги қавм 3 сабаб туфайли: кўп гапиргани, кўп егани ва кўп ухлагани туфайли инқирозга юз тутди. Иброҳим Наҳаий ===================== Олимлардан ташқари ҳамма – ўликдир. Илмига амал қилувчилардан бошқа барча олимлар – сархушдирлар. Ихлослилардан бошқа барча амал қилувчилар – алдангандирлар. Ихлосли киши эса оқибати нима билан тугашини билгунича хавфдадир. Саҳл ибн Тустарий
|
|
| |
Rider | Date: Juma, 15-Yan-2010, 23:35 | Message # 2 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Ўғлим, диннинг боши ва охири бўлмиш бир нарсани бой бериб қўйма! Бу – намоздир. Уни барпо этиш билан динга кирилади, ташлашлик билан диндан чиқилади. Умар ибн Ҳаттоб р.а. ----------------------------------------------------------------------------------------- Аллоҳни чин севган киши одамларга танилмасликни яхши кўради. Муҳаммад ибн Аъло ----------------------------------------------------------------------------------------- Темирни, тошни кўтариб кўрдим, бироқ қарздан кўра оғирроқ нарсани кўтара олмадим. Луқмони Ҳаким ----------------------------------------------------------------------------------------- Ҳар кишики, Пайғамбарни суннатини ўзига ҳакам қилса – унинг сўзи ҳикматдир. Ҳар кишики, нафснинг ҳохишига тобеъ бўлса – унинг сўзи бидъатдир. Абу Усмон Жаририй ----------------------------------------------------------------------------------------- Қабрда ётаётганларни пушаймон қилаётган ишлар устида тириклар бугун бир-бирлари билан қирпичоқ бўлмоқдалар. Имом Ғаззолий
|
|
| |
Rider | Date: Payshanba, 22-Apr-2010, 21:00 | Message # 3 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning o‘rinbosarigina to‘ldiradi. Ali ibn Abu Tolib
|
|
| |
Rider | Date: Juma, 23-Apr-2010, 23:09 | Message # 4 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Qalb kasallarini davolash besh ish bilan bo‘ladi: Qur’onni tadabbur bilan (ma’nosini anglab) tilovat qilish, Kechasi tahajjud namozi o‘qish, Saharlarda Allohga yolvorish, Do‘stlar bilan suhbat va kam yeyish. Ibrohim Havvos
|
|
| |
Rider | Date: Yakshanba, 25-Apr-2010, 22:09 | Message # 5 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo'ymaydi. Ibn Ma'sud Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsalar, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi. Hasan Basriy Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan uzoq bo‘lish, sabr - do‘zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan mukofotlanishdir. Abu Muso al-Ash’ariy Amallarning eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq". Ali ibn Abu Tolib r.a.
|
|
| |
Rider | Date: Yakshanba, 25-Apr-2010, 22:11 | Message # 6 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Taqdirga rozi bo‘lishlik Allohning eng katta eshigidir. Dunyoning jannati, obidlar va ahli rizolarning halovatidir. Ular o‘zlariga yetgan balolardagi savob va yaxshiliklarni mulohaza qiladilar. Qazoga zarracha shubha bildirmaydilar. Gohida taqdirga rozi bo‘lishning savobini o‘ylab, musibatlarning alamini ham unutadilar. Gohida balo yuborayotgan Zotning ulug‘ligiga, kamolotiga qaraydilar. Shunda bu ulug‘vorlikni yanada chuqurroq his qiladilar, hatto alam va sitamlarni sezmay qoladilar. Aksincha, o‘zlari suygan Zotni qalblarida yaqinroq tuyganlari uchun lazzat oladilar Abdulvohid ibn Yazid
|
|
| |
Rider | Date: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:19 | Message # 7 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo‘ladi Ali ibn Abu Tolib
|
|
| |
Rider | Date: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:21 | Message # 8 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Hushu'siz o'qilgan namozda, bekorchi so'zlardan tiyilmay tutilgan ro'zada, tafakkursiz o'qilgan qiroatda, parhezsiz ilmda, ehson qilinmagan molda, bir-birini himoya qilinmagan birodarchilikda, doimiy bo'lgan ne'matda, ihlossiz qilingan duoda hech qanday yahshilik hayr yo'qdir. Ali ibn Abu Tolib r.a.
|
|
| |
Rider | Date: Yakshanba, 09-May-2010, 21:08 | Message # 9 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Qur’on amal qilishingiz uchun nozil bo’lgandir. Faqat o’qib yurishingiz uchun emas. Ali ibn Fuzayl
|
|
| |
Rider | Date: Payshanba, 20-May-2010, 21:32 | Message # 10 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Ўлим дунёнинг бор-йўғини очиб ташлади, ақл эгаси учун унда бирор-бир қувонч қолдирмади. Ҳасан Басрий Дўстингизни тез-тез зиёрат қилиб туринг, зеро юрилмаган йўллар устини тикан ва бўталар қоплайди Ҳаким Одамлар билан оловга муомала қилгандек муносабатда бўл. Фойдалилардан баҳраманд бўлгину, куйдирадиганларидан огоҳ тур. Шақиқ Балҳий
|
|
| |
Rider | Date: Payshanba, 20-May-2010, 21:37 | Message # 11 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Ҳақиқатни одамларга қараб танима, балки, аввал ҳақиқатни топиб ол, шундан кейин уни ахлини танийсан Ҳазрати Али р.а. Эй одам фарзанди, агар сенга намозинг қадрсиз бўлса, у ҳолда динингдаги қайси нарса сен учун азиз? Ҳолбуки, сен Қиёмат кунида биринчи бўлиб намозингдан сўраласанку! Ҳасан Басрий Нафсга энг оғир келадигани бу – ихлосдир. Чунки, унда нафснинг насибаси йўқ Саҳл ибн Тустарий
|
|
| |
Rider | Date: Chorshanba, 02-Iyun-2010, 22:14 | Message # 12 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Одамларга ҳам, ўзимга ҳам ҳайронман. Ҳудди ҳеч нимани билмагандай, ҳудди жаннат калитини чўнтагмизга солиб қўйгандай бемалол ухлаяпмиз, бемалол тунни ўтказаяпимиз, буюк ҳақиқатни ичимизга ютиб. Маҳмуд Носир Игна билан тоғни қазимоқ – кибрни кўнгиллардан чиқармоқдан осонроқдир Абдулҳошим Суфий Ким дунё муҳаббати билан ҳолиқнинг муҳаббатини бир қалбда жамладим деса, аниқки у ёлғон сўзлабди. Имом Шофеъий
|
|
| |
Rider | Date: Seshanba, 31-Avg-2010, 22:38 | Message # 13 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Инсон гапиришдан олдин ўйлаши, ҳеч қандай зарар бўлмаслигига кўзи етгач, сўзлаши лозим. Агар сўзлашдан зарар бўлиш эҳтимоли бўлса, сукут сақлагани маъқул. Имом Шофеъий Ким ичкарисин ўнгласа, Аллоҳ таоло унинг ташқарисини ўнглайди. Умар ибн Ҳаттоб р.а. Одамларнинг ким билан юрганларига эътибор беринглар. Улар ўзларига ўхшаганлар билан бирга бўладилар. Абдуллоҳ ибн Масъуд р.а.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:33 | Message # 14 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| DEVONI HIKMAT Xoja Ahmad Yassaviy
- 1 -
Ayo mo’min, kirgil yo’lg'a murod istab, Jon bahridin o’tgin Rahim Rahmon uchun. Gunohingga pushaymon bo’l sidqing birla, Tavba qilg'il rahm etguvchi G'ufron uchun.
Tanda joning mehmon erur necha kunlar, Qon yig'lag'il qayg'u birla uzoq tunlar. Nechuk bo’lg'oy holim debon yiroq yo’llar, Shoyad qabul qilg'oy sandek hayron uchun.
Lutf aylasa, mushkul ishlar bo’lur oson, Ug'on Izim bandam desa qolmas armon, Ne’mat berur dunyo ichra turluk alvon, Bino qildi sakkiz behisht mehmon uchun.
Zohid qullar taqvo qilib namoz o’qur, Nasib qilsa anda borib hurlar quchur, Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur, Qurbon bo’lur dor ustida jonon uchun.
Harom erur oshiqlarg'a g'ayr az Xudo, Xato erur talab qilsa har du saro. Muhabbatsiz toatlaring - bodi havo, Mag'rur bo’lma dunyo, uqbo, rizvon uchun.
Yo Rabbano, xo’b bilursan jumla asror, Ko’btur munda jurmu isyon, qilma izhor, Qahr aylama man osiyga Izim Jabbor, Bag'ishlag'il ul hurmati Furqon uchun.
Qul Xoja Ahmad, lof urubon ayding muni, Lof urursan muhabbatdin, ahding qani? Na eranlar bu dunyodin bo’ldi foniy, Nafs ilgida o’ldung misli hayvon uchun.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:34 | Message # 15 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 2 -
Oshiqlari zikrin oytib hormas ermish, Borg'on sori yigit bo’lur, qormas ermish. Halqa topsa, oshiq ishga hormas ermish, Kahf itidek orif so’ngidin qolmas ermish.
Orif so’ngig'a erishgonlar mazo topti, Mazo topib, Haq yo’lida rizo topti. Jismu jonin fido qilib g'izo topti, Chin oshiqlar ursa-so’ksa tonmas ermish.
Qitmir itdin ibrat olg'il oshiq ersang, Oqsoqlanib yo’ldin qolma sodiq ersang. Erlar sevur yaxshi qulg'a loyiq ersang, Loyiq bo’lg'on qullar yo’lda qolmas ermish.
Tavfiq tilab eranlarg'a yovuqlang'il, Ko’ngul uzub taalluqdin sovuqlang'il. Dunyo qo’yub, oxiratg'a ozuqlang'il, Ozuq olg'on aro yo’lda qolmas ermish.
Oshiq qullar jafo tortsa, qonlar yutar, Harna jafo tegsa, oni rohat tutar, Mehnat tortmay, jafo chekmay qachon yetar, Bu holatda bo’lg'on oshiq qolmas ermish.
Oshiq qullar ingroyurlar tun-kun tinmay, Zor ingrabon na’ra uror bag'ri tolmay, Zokir qullar arra tortor doim hormay, Suhbat topsa jon o’ynotib hormas ermish.
Ergashgonlar yaxshilarg'a zoe’ qolmas, Sidqi birla chin ixloslig' topmay qolmas, Chin yo’llarg'a qadam qo’yg'on ursa qoytmas, Tolib qullar matlubidin qolmas ermish.
Qul Xoja Ahmad, oriflarg'a moyil bo’lgil, Harna desa, bo’yunsunib qoyil bo’lgil, Xizmat qilib yugrub yurub soyil bo’lgil, Xizmat qilg'on murodina yetor ermish.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:35 | Message # 16 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 3 -
Oxir zamon shayxlaridin so’zloyin, Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish, Ilm o’rganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay, Oxiratda qaro yuzluk bo’lor ermish.
Shayxman teyu mehrob ichra o’lturg'oylar, Halqa ichra xalqg'a zahmat yetkurgoylar, Hoyu Hu deb sarmastlig'in bildurgoylar, Ondog' johil qandog' shayxliq qilor ermish.
Mundog' shayxning qiyomatda yuzi qaro, Nodonliqda shayxliq qilur – ishi riyo, Ro’zi mahshar rasvo bo’lur, ko’zi a’mo, Avval-oxir zalolatda bo’lor ermish.
Shayx bo’lmoqg'a jam’ ul-jam’ adno maqom, Hozir bo’lub, ogoh bo’lsang alad-davom, Pir xizmatin necha yillar qilsa tamom, Yo’q ersa, zolu muzill bo’lor ermish.
Omi shayxlar quloq, dumsiz himor bo’lg'oy, Himmatlari dunyo molin yig'or bo’lg'oy, Xaloyiqni yo’l ozg'urub ketor bo’lg'oy, Ondog' shayxlar bahoyimdin batar ermish.
O’zlarini xalqlar aro tutqoy ulug', Botinlari ichra yo’qtur zarra furug', Man ortuq, deb yurgonlarni joyi tamug', Do’zax ichra qottiq azob tortor ermish.
Aybin oytsa, ochchig'lanib urushqoylar, O’zi bilmay yamon ishga yurushgoylar, Qaro yuzluk mahshar kuni turushqoylar, Nadomatda boshi qotib yurur ermish.
Ey mo’minlar, o’shal shayxni bayonini, Man oytoyin, yaxshi tinglang ayonini, Qiyomatda yuklar murid gunohini, Sirot uzra titrab-qaqshab turor ermish.
Mundog' shayxning oqilini degil ahmoq, Omiliqda shayxliq qilur ermish mutloq. Botin ichra anga tegor doim to’qmoq, Qiyomatda hasrat qilib yuror ermish.
Chin shayx bo’lsa, dunyo molin suymas, biling, Tongla borsa, do’zax ichra kuymas, biling, Alloh debon kechalarda uymas, biling, Yuzin ko’rsang, to’lg'on oydek bo’lor ermish.
Qo’lin tutsang dunyo mehri dildin ketor, Halqasida moumanlik jumla ketor, Nazar qilsa, ikki olam ishing bitor, Ondog' murshid lomakonda yuror ermish.
Shayxliq otin anga qilmoq erur vabol, Jon berorda iymonig'a xavfu zavol. Oxiratda anga bo’lur har dam nakol, Rahmon egam mundog' quldin bezor ermish.
Odam ersang, to’g'ri yo’lda yuro ko’rgil, Payg'ambarni qilmishlarin qilo ko’rgil, Jonu dilda tabiatin oyto ko’rgil, Bu yo’l yurgon maqsudig'a yetor ermish.
Qul Xoja Ahmad, agar bo’lsa aqling salim, Quruq otqa takya qilmoq xuni azim. Tavba qilsang, shoyad qabul qilg'oy Rahim, Tavba qilsang, Xudo rahmat qilor ermish.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:35 | Message # 17 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 4 -
Aqlim ketti, boshim qotti, nechuk oytoy? Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano. Umrum o’tti, vaqtim yetti, qoyda boray? Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Vo darig'o, tong otquncha ko’pub yottim, Shayton bilan ishrat qilib, dinim sottim, Bu olamda Haqni suymay beg'am o’tdim, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Gunohimdin tog'u tuzlar hazar qildi, Na yer ketoy, yozuqlarim malak bildi, Kotiblari shohid bo’lub, xatg'a oldi, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Gunohim ko’b yolboroyin dargohinga, Yaqom tutub, yig'lab boroy borgohinga, Sattor egam, yo’l ko’rsatgil gumrohinga, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Tavfiq bersa bo’ynum egib yo’lg'a kiray, Xizmat qilib eranlardin yo’lni so’ray. Sensan meni panohimsan, qoyda boray? Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman, Ilgim olib afv etmasang, darmondaman, Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Gunohim bor benihoyat, sanga ma’lum, Lab tashnaman, qiyomatda qilma mahrum, Qo’l qovshurub uzrim oytoy g'arib, mazlum, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Yuz ming-yuz ming gunohimdin lutfung baland, Shayton lain yo’ldin ursa, qilmam pisand, Ming bir oting tasbeh qilsam, og'zimda qand, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Gunohimdin uyotlig'man, oting Rahim, Rahmatingdin qatra bersang, oting Karim, Dargohinga yig'lab keldim, Hayyu Qadim, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Qul Xoja Ahmad, gunohkorman boshim quyi, Ro’zi mahshar pok etmasa kavsar suyi, Osiy, jofiy, tarso, juhud fe’li xo’yi, Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:36 | Message # 18 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 5 -
Ishqim toshti, bag'rim shishti, ruhum qochti- Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano? Aqlim shoshti, o’pkam shishti, haddin oshti- Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Muhabbatning jomin ichib devonaman, Majnunsifat xelu xeshdin begonaman. Ey yoronlar, sham’in ko’rub parvonaman, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Yurak pora, ko’nglum yora, aqlim hayron, Diydor izlab fano bo’lg'on xonavayron, Qoyda borsam, motam tutub ko’zum giryon, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Ishq o’tig'a kuygon oshiq bilmas o’zin, Behush yurar, xaloyiqg'a oytmas so’zin. Haqqa boqar, dunyo sori solmas ko’zin, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Tong otquncha yoshim oqor, holim xarob, Ko’nglum sinuq, rangim sorig', bag'rim kabob, Haq sorig'a banda bo’lsang qilg'il shitob, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Baxtim qaro - bir qatra may totolmadim, Ahlu iyol, xonumondin o’tolmadim, Jondin kechib pir etogin tutolmadim, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Shum tole’man, tegmas qo’lg'a mani jomim, Toatim yo’q, a’mo sifat tobmam yo’lum, Bulbul sifat nola qildim, kelmas gulim, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Vo darig'o, shavq o’tig'a kuymay o’tdum, Dunyo tilab yalg'uz Haqni suymay o’ttum, G'aflat birlan pir etogin tutmay o’tdum, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Turluk-turluk alomatlar bo’ldi, do’stlar, Rostliq ketib, yalg'on da’vo to’ldi, do’stlar, Haq Mustafo oyg'onlari keldi, do’stlar, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Haq Mustafo oyg'onlarin bil nasihat, Hayf odam, bir-birini qilmas izzat. Masjid kirib, toat qilmay qilur g'iybat, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Qul Xoja Ahmad, qulman dersan, so’zung yalg'on, Bu dunyoda sendek yo’qtur yo’lda qolg'on, Haqdin kechib, shayton bilan ulfat bo’lg'on, Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:36 | Message # 19 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 6 -
Tavba qilib Haqqa yonsam bo’lormukin, Tavbasizdin o’lub ketsam, netgum mano. Piri mug'on mani yo’lg'a solormukin, Yo’lg'a kirmay o’lub ketsam, netgum mano?
Yamon so’zdin bu tilimni emdi yig'sam, Egri yo’lg'a kirgonlarni urub-so’ksam. Namoz o’qub, riyozatda belim buksam, Belim bukmay o’lub ketsam, netgum mano?
Tavba qilsam, piri mug'on tortormukin? Kundin-kunga toatlarim ortormukin? Nafsim mani yomon yo’ldin qoytormukin, Qoytormayin o’lub ketsam, netgum mano?
Tavba qilsam, Xojam qabul etormukin? Hama nodon bu dunyodin o’tormukin? Hasrat bilan g'aflat tongi otormukin, Tong otmayin o’lub ketsam, netgum mano?
Azroil bir kun kelsa jon olg'oli, Ul holatda majol bo’lmas so’z oyg'oli. Azroil qo’ymas sani dam urg'oli, Dam urolmay o’lub ketsam, netgum mano?
Ahlu iyol, xonumoning turub qolur, Barchasini hisobini sandin olur. Holing nechuk kechor ermish - Tangrim bilur, Bu holatda o’lub ketsam, netgum mano?
Imonliq qul o’lub borsa, jannat kirgoy, Jannat kirib, hurlar bilan ishrat qilg'oy. Har yonidin Rizvon kelib salom qilg'oy, Javob oytmay o’lub ketsam, netgum mano?
Haq bandasin nomalarin qo’lg'a berur, Xos bandalar qo’lg'a olib ani o’qur. Uchor qushdek parvoz qilib qanot to’qur, Parvoz qilmay o’lub ketsam, netgum mano?
Qul Xoja Ahmad, tavba qilg'il o’lmas burun, Haq taolo so’ro’g'-savol qilmas burun. Ro’zi mahshar tarozusin qurmas burun, Amal qilmay o’lub ketsam, netgum mano
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:36 | Message # 20 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 7 -
Oriflarni suhbatidin bahra olg'on, Xudoyig'a yaqin bo’ldi, bildim mano. Piri komil mukammilga xizmat qilib, Ixlos bilan sir-asrorin bildim mano.
Sir-asrorin bilgonlarga - rahmat in’om, Xos bandam deb Haq yubormish ming yo’l salom, Ondin so’ngra Haqdin kelgoy anga payom, Hozir turub Arsh ustida ko’rdum mano.
Arsh ustida namoz o’qub, tizim buktum, Rozim oytib, Haqqa boqib yoshim to’ktum, Yalg'on oshiq, yalg'on so’fiy ko’rdum, so’ktum, Ma’shuqimg'a ming bir savol qildim mano.
Savolimg'a Haqdin keldi yaxshi javob, Ro’zi mahshar a’molingni qilmam hisob, Qudrat birlan kotib bitib berdi xitob, Haq "kul!" dedi, ta’zim bilan kuldum mano.
Yo’lsiz erdim, ulug' bobom qildi madad, Duo qilib, xos buzruglar berdi quvvat, Xizr bobom hozir bo’lub, qildi shafqat, Shafqatidin xosiyatlar ko’rdum mano.
Xosiyatni sizga oytoy xalqi jahon, Bandasig'a nido keldi, Haqdin pinhon, "Kel abdi!" deb sahar chorlar Haq mehribon, Yelib-yugrub, eranlardin so’rdum mano.
Qayu tolib hikmatimni tutsa aziz, Qoyda borsa, boshi - aziz, so’zi - laziz, Yaxshi so’zni fahm aylamas har betamiz, Ul sababdin dono izlab yurdum mano.
Mayxonag'a kirgon bilur may qadrini, Ishqdin xabar olg'on bilur nay qadrini, Har nojinsdin so’rsang bilmas ishq qadrini, Ishq qadrini bilgonlardin so’rdum mano.
Men daftari soniy oydim, solg'il quloq, Qon yosh to’kub yig'lamaslar misli buloq, Banda bo’lsang, dunyo uqbin qilg'il taloq, Taloq qilib diydorini ko’rdum mano.
Haq taolo oshiqlarg'a berdi ishqin, Toliblarg'a tuhfa berdi shavqu zavqin, Kazzoblarg'a shayton berdi riyo dalqin, Riyoliqni so’zlar bilan urdum mano.
Riyo qilg'on shayxni ko’rdum - bezor bo’ldum, Zarra bo’yi tegdi menga, bemor bo’ldum, Haq yo’lida sarmast edim, hushyor bo’ldum, Oning uchun dushman tutub yurdum mano.
Qul Xoja Ahmad, toat qilsang, pinhon qilg'il, Lab nomahram, dam nomahram, o’zung bilgil, Balki dil ham nomahramdur, hozir bo’lg'il, Haqdin o’zga talablarni surdum mano.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:37 | Message # 21 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 8 -
Avval saning hamding oytoy, Qodir Xudo, San zabonim joriy qilg'il hozir iloh. Gunah dardi bemor qildi, bergil davo, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Gunohimni bayon qilsam, yerga sig'mas, Sandin o’zga kimga boroy, qo’lum olmas, Hodiy o’zung, sansiz hech kim yo’lg'a solmas, Gunohimdin yig'lab sanga keldim mano.
Gunahkorman, harna bo’lsam sanga bo’ldum, Rahmon egam, yuz o’gurma, sig'nib keldim. Ayo mahbub, lutf etmasang, yo’lda qoldim, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Yo Iloho, gunohimdin darmondaman, Sanga loyiq amal qilmay armondaman. Harna qilsang, o’zung qilg'il, sharmandaman, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Gunohimni har kim ko’rsa, mandin bezor, Lutfu karam o’zung qilsang, hama bekor. Giyoh unmas yerga boqsang, bo’lur gulzor, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
San ozodlig' barotini bersang oson, Rahmat daryo qatra tomsa, holim xandon. Fayzu futuh to’lo bersang jonim qurbon, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tavba qilib, gunohimdin sanga yig'lay, Muhabbatni o’ti birlan yurak dog'lay. Haq yo’lida boshim berib, iymon o’ynay, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Banda bo’lsang, tavba qilg'il holo fursat, Yigitlikda riyozat qil, dam g'animat. Qarib-cho’kub qilolmassan Haqqa toat, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ikki olam bandangdurman, G'afforimsan, Shayton lain yo’ldin ursa, g'amxorimsan. Yerga sig'mas gunoh qildim, Sattorimsan, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Bu yo’llarni uqbasi ko’b boshim qotti, Yig'lamaymu, g'ariblikni o’qi o’tti. Mandin burun borcha tolib Haqqa yetti, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Jonim guvoh - jismim gunoh, dilim gunoh, Na til birlan munda man dey sanga, iloh. Man yig'lamay kim yig'lasun, holim taboh?! Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tanim isyon, so’zum yalg'on, korim xato, Gunohim ko’b behad erur, vo hasrato. Rahmat lutfung qamug' qilsang bizga ato, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo, Na til birlan oytoy sanga hamdu sano. Dargohingga yig'lab keldim, bergil davo, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ey yoronlar, kofir nafsga oltmish bosh bor, Har boshida yuz ming shayton lashkari bor. Xos buzurglar nafs ilgida tufroqdin xor, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Riyozatni qirq kun chekib bir bosh ketti, Subhi sodiq boqib ko’rdi: unub chiqti. G'arib Adham nafs ilgida turfa shoshti, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ilgin ochib, munojotin Haqqa qildi, Jonu dilda tavba qilib, bexud bo’ldi. Nadomatda sochu saqol yulub oldi, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
G'arib Adham nafs ilgida dod ayladi, Taxtdin kechib, Rahmonini yod ayladi. G'arib, yetim ko’nglin ovlab, shod ayladi, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Dargohingga yig'lab keldi Qul Xoja Ahmad, Umidim ko’b, qiyomatda qilsang rahmat. Parvoyim yo’q shayton lain qilsa zahmat, Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:37 | Message # 22 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 9 -
Ishq dardini oshiqlarg'a tuhfa berdi, Shavq o’tida o’rtab-yonib kuydum mano. Muhabbatni sharobini to’yo berdi, Sarmast bo’lub raqsu samo’ urdum mano.
Ishqi tushti g'arib boshg'a, turolmadim, Xalq ichinda toqat qilib yurolmadim. Majnun sifat xelu xeshim ko’rolmadim, Biyobonni vatan qilib yurdum mano.
Biyobonni qumlarini ko’zga surttum, "Jondin kech!" deb nido keldi jondin o’ttum. Bu dunyoda yuz ming turluk jafo torttum, Bihamdilloh vafosini ko’rdum mano.
Ko’zum ochtim, Layli demay Alloh dedim, Dunyo demay oxiratni g'amin yedim. Shak kelturmay birligingga bo’yunsundim, To o’lguncha bir ahdimda turdum mano.
Ixlosimni ko’rub ma’shuq qo’lum oldi, Fayzu futuh to’la berib yo’lg'a soldi. Bo’ynum egib moumanlik yakson qildi, Tufroq bo’lub o’lmas burun o’ldum mano.
Oshiqlarg'a ishqin berib oshiq qildi, Rahmon egam o’z yo’lig'a sodiq qildi, Chin tolibni dargohig'a loyiq qildi, Loyiq bo’lub tariqatga kirdim mano.
Ishq xanjari ko’ksum teshti, qildi xarob, Yig'lamaymu, shavq o’tida bag'rim kabob. Mehnat torttim hech bermadi (mango) sharob, Cho’llar aro hasrat qilib yurdum mano.
Xos ishqidin bahra olg'on hayron bo’lur, Rasvo bo’lub, xalq ichinda vayron bo’lur. Diydorini talab qilib giryon bo’lur, Yig'lay-yig'lay bo’yi Xudo oldim mano.
Ishq kulbasi bag'rim ichra makon qildi, G'amu shukri aqlim olib payhon qildi. Kimdin yig'lay, harna qildi, jonon qildi?! Jononimg'a arz olg'ali keldim mano.
Qul Xoja Ahmad, oyg'on so’zung boldin shirin, Ko’zung yoshlig', ko’nglung sinuq, so’zung hazin. Inshaalloh, bo’lg'ung oxir Haqqa yaqin, Sajda aylab dargohig'a keldim mano.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:38 | Message # 23 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 10 -
Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay? Yozuqlarim yerga sig'mas kimga oytoy? Sattor egam, aybim yobsang o’lub ketay, Qaro yerning orosinda qoldim mano.
Sochu soqol xo’b oqordi, ko’ngul qaro, Tongla borsam yo puchakman yoxud saro. Kim "alastu bi rabbikum" demish vaqto, Bilolmasman qayu jam’din bo’ldum mano.
G'ariblikni o’qi tegdi boshim qotti, Essiz, umrum g'aflat bilan zoe’ o’tti. Kofir nafsim tug'yon qilib mani yutti, Vo hasrato, na yuz birla borg'um mano.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:38 | Message # 24 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 11 -
Muhabbatning daryosig'a o’zum ottim, Rahmat suyi - ulug' daryo cho’mub bottim. Ming oltunliq qiymatimni birga sottim, Banda bo’lub tegdi qulluq yo’li mango.
Kichiklikda qilg'on ishdin emdi yondim, Tavba to’nin kiydim, tavfiq qurin tongdim. Nafs qofini markab qilib, tepib mindim, Ondin tegdi tariqatni yo’li mango.
Tiriklikda hayron o’lub yo’lda qoldim, "Rabbi" deyu kecha yig'lab, kunduz kuldum. Boshdin sochu yuzdin saqol anda yuldum, Ondin so’ngra ruhlar salom qildi mango.
Kecha Alloh, kunduz Alloh dedim munda, Subhon Azim, Subhon Alloh dedim munda. Sakkiz uchmoh qabul qilib turdi anda, Ochib salom qildi behisht huri mango.
Qul Xoja Ahmad, kundek yorur ko’nglum nuri, Holatim yo’q, qonim yo’q, rangim sori. Qudrat qanot berdi, uchtum Arshdin nori, Ro’zi qildi dargohida borin mango.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:38 | Message # 25 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 12 -
Irodatqa kelduk ersa, ey yoronlar, Kalomidin xush ajoyib sirni ko’rdum. "Mutu qabla an tamutu" xabar berdi, Ul sababdin necha yillar yo’lni ko’rdum.
Havzi Kavsar to’rt burjida to’rt chahoryor, Yuzlaridin oqib turg'on nurni ko’rdum. Arshdin farshga uchor ul dam hayrat ichra, Lavh ul-mahfuz taxtasida durni ko’rdum.
Jon bulbuli sayrab qo’bti so’zni boshlab, Bu so’zlarni daftar qilg'on durni ko’rdum. Oshiqlarni kirguzurlar behisht ichra, Kecha-kunduz boqib turg'on hurni ko’rdum.
Ko’zum yoshi ravon bo’ldi chashma yanglig', G'urbat ichra irodatni qorshu ko’rdum. Haq rizosin bilgonlarga hamroh bo’ldum, Eranlarni xizmatida hurni ko’rdum.
(Qul) Yassaviy, kech uyg'onding deb oydilar, Eranlar(ni) pandin olib, yo’lni ko’rdum.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:39 | Message # 26 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 13 -
Ishqsiz yurub toat qilur nodon zohid, Betuz oshdek toatingni mazosi yo’q, Oshiqman deb da’vo qilur yalg'on oshiq, Valloh-billoh, chin oshiqni havosi yo’q.
Ishq o’tida kuyub-yonib toat qilg'il, Oqil ersang, yig'lamoqni odat qilg'il, Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat ko’rgil, Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yo’q.
Xalq ichinda toat qilding, barcha riyo, Ayo zohid, qilg'on ishing bori havo, Hech naf’i yo’q ushbu toat, balki riyo, Mundog' ishga Haqni aslo rizosi yo’q.
Pinhon yurub toat qilg'il, Xudo bilsun, Ko’z yoshingni daryo qilg'il, rahmi kelsun, Ondin so’ngra Haq dardinga davo qilsun, Ayo do’stlar, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Tasbeh, tahlil ushbularni havosi bor, Tongla borsa yuz ming ofat-balosi bor, Yoshdin bo’lak barcha ishni riyosi bor, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Banda bo’lsang, Haq qahridin qo’rqmasmusan? Har tun, sahar nadomat deb turmasmusan? Dargohig'a yoshing to’kub bormasmusan? Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ko’p nodonlar ko’z yoshini qadrin bilmas, Haq qoshida ko’z yoshidek tuhfa bo’lmas, Tasbeh, tahlil ko’z yoshig'a teng kelolmas, Yig'lab yurgil ko’z yoshini riyosi yo’q.
Bu olamda Haq Mustafo yig'lab o’tgan, Yig'lamoqdin ko’zlarining nuri ketgan, Yig'lay-yig'lay murodini hosil etgan, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Necha yillar yig'lab o’tti Odam ato, Ondin so’ngra rahm ayladi boqib Alloh, Ko’zda yoshin qurutmadi Haq Mustafo, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ko’b eranlar yig'lamoqdin tobti murod, Necha osiy duosidin tobti najot, Yaxshi bilsang, ko’z yoshidur obi hayot, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Yetti ming yil ul Azozil toat qildi, Mag'rur bo’lub toatiga, havo qildi, Riyo qilib dargohidin mardud bo’ldi, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
G'arib Mansur bir tun, sahar ko’b yig'ladi, Holin ko’rub eranlar rahm ayladi, Ondin so’ngra chiltan boqib sharob berdi, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Tongla bo’lsa qiyomat kun, ayo do’stlar, Paydo bo’lg'oy turluk-turluk alomatlar, Yuz ming qayg'u, dog'u hasrat, nadomatlar, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
O’shal vaqtda maloikka farmon bo’lg'oy, Avval-oxir barcha xalqni hozir qilg'oy, Bir-birini, yaxshi-yamon holin so’rg'oy, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Avval boshlab xos qullardin ulamoni, Olib kelgay dargohig'a ushbularni, Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qoni?" Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
"Tinmay yurub olimlardin ilm o’rgonduk, Harna bilgon ilmimizga amal qilduk, Yo Qodiro, ulug' zoting anglab bilduk..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Alloh aydi: "Bandam, muni yalg'on ayding, Qachon Meni rizom uchun ilm o’rgonding? Yotsang-tursang hozir erdim, har ish qilding... Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Aytib erding ilm o’rganib ulug' bo’lsam, Xalq ichinda oncha izzat-hurmat ko’rsam, Dunyo yig'ib yesam-ichsam, o’ynab-kulsam..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra shahidlarni olib kelgay, Dargohig'a barchalari boqib turg'ay, Olib kelgon tuhfang bo’lsa keltur, degay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
"Din toloshib kofir birlan urush qilduq, Ba’zilarni o’lturubon g'oziy bo’lduq, Ba’zilarin imon-islom yo’lg'a solduq, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Oxir qo’ymay kofir oldi jonimizni, Boshni kesib yerga to’kdi qonimizni, Sarf ayladuk ham yo’lingda molimizni..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
"Ayo bandam, bu so’zlarni bari yolg'on, Ko’ngul sirrin mendin tutub bo’lmas pinhon, Zohir-botin har ishingdur menga isyon, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Hollaringni, bandalarim, xo’b bilurman, Qayda bo’lsang, saning bilan hozirdurman, Dilingdagi neku badni men bilurman, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Aytur erding, kofir bilan urush qilsam, Urush qilib g'oziy bo’lub boshin olsam, Ulug'larni in’omini to’la olsam..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra olib kelgoy zohidlarni, Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qani? Izzat-hurmat bilan tuttum man silarni..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Zohid aytur: "Rizong uchun toat qilduq, Tong otquncha namoz o’qub qiyom turduk, Kecha namoz kunduzlari soim bo’lduq..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Qachon toat qilding meni rizom uchun, Xalq ichinda izzat-hurmat ko’rmog' uchun, Xalqni yo’ldin urub molin olmog' uchun, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra g'aniylarni olib kelgay, Dunyo molin oncha sanga berdum degay, Menga qani olib kelgon tuhfang, degay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
G'aniy aytur: "Rizong uchun xayr qilduq, Taom berib yaxshilardin duo olduq, Faqir, miskin, yetimlarni holin so’rduq..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Alloh aytur: "Ori, qilding xayru saxo, Xalq ichida qilding hama, barcha riyo, Riyo ishni, valloh, qabul qilmam aslo... Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Eshitib, o’qub olim pandin olmadinglar, Pinhon yurub xayru ehson qilmadinglar, Dunyoda hech rizolig'im tobmadinglar..." Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra kelgoy hama devonalar, Haq ishqida jonu tandin begonalar, Diydor izlab har tarafga jo’yonalar, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Oshiqlarni dargohig'a olib borg'ay, Bari Haqdin qo’rqub yana yig'lab turgay, Ug'on Izim tuhfang bo’lsa keltur degay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Oshiq aytur: "Tuhfamiz yo’q g'ayr az gunoh, Qilg'onimiz doim erur jurmu xato, Lutfung bilan afv etmasang holim taboh, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Barchalari yig'lab aytur: "Sen bilursan, Izzing ulug', harna qilsang, Sen erursan, Lutf aylasang, yo’lsizlarg'a yo’l berursan, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Qay kun bizga ishqing tushti, oshiq qilding, Fahmu xirad aqlimizni tugal olding, Kayfiyyatni jomin berib behush qilding, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Alloh aytur: "Oshiqlarim, rost aytursiz, Mendin qo’rqub bag'ringizni qon qilibsiz, Hasrat qilib, ko’zlaringdin yosh to’kubsiz, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ko’z yoshidin menga yaxshi tuhfa bo’lmas, Mundin yaxshi dargohimg'a hadya bo’lmas, Farishtalar toatlari teng kelolmas, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ko’z yoshini shisha uzra quyub olg'ay, Maloiklar g'assol bo’lub, ani yuvg'ay, Haq taolo amri bilan ani yuvg'ay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ko’rdunguzmu, maloiklar, bandam, degay, Bu oshiqdur, men ma’shuqman, biling, degay, Hurlar qarshu chiqib anga salom qilg'ay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Tuydungmu, deb oshiqlarg'a nido kelgay, Kimni ko’rsang shafoatni sen qil, degay, Gohi behisht, gohi Arshqa uchub qo’ng'ay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Huru jannat Xudoyig'a arz aylag'ay, Ushbu aziz kimdur, bayon qilg'il, degay, Bir soatki bizga mehmon bo’lsun degay, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Nido kelgay ilohimdin "do’stum" dedi, Bag'ri kuyub, yoshin to’kub, ko’b yig'ladi, Xorliq, zorliq, mashaqqatni rohat bildi, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra Buroq, hulla keturgoylar, Boshiga toj, hulla, Buroq mindurgoylar, Taxti behisht uzrasiga qo’ndurg'oylar, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Banda bo’lsang, ishqqa qadam qo’ymasmusan, Ishqdin ulug' toat yo’qtur, ko’rmasmusan, Hasrat qilib, bag'ring ezib yurmasmusan, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Qul Xoja Ahmad ishq dardidin aydi muni, Necha ulug' kitoblardin oldi muni, Hasrat qilib, yig'lar erdi tuni-kuni, Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:39 | Message # 27 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 14 -
Eranlar tubsiz daryo ichra pinhon, Tekma g'avvos andin guhar olg'oni yo’q, Oshiqlari ul tengizg'a cho’mub o’ynar, Jondin kechmay, ul guharni olg'oni yo’q.
Tariqatning bo’stonidur xush guliston, Toliblari bulbul sifat qilur javlon. Muyassar bo’lg'oymu deb durru marjon, Ixloslik qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q.
Bu yo’llarning jafolarin har kim tortsa, Tosh yostonib, pir eshigin saqlab yotsa, Subh yanglig' ko’ngul tongi nogoh otsa, Ixlosliq qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q.
Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay, Ajal kuni tug'ib, nogoh oyi botmay. Mavt sharobin Azroildin nogoh totmay, Ixlosliq qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:40 | Message # 28 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 15 -
Qudrat bilan farmon qilsa bandasig'a, Bu olamda hech kim o’lmay qolg'oni yo’q, Bu omonat jonni berdi Mavlom bizga, Qobiz kelib ani olmay qo’yg'oni yo’q.
Qobiz kelib aziz jonni qo’ymay olg'ay, Dunyoparast nojins odam g'ofil qolg'ay, Jonin kelib qabz etorda tavba qilg'ay, Tavbasini Xojam qabul qilg'oni yo’q.
Sihatlikda tavba qilg'il, maqbul bo’lsun, Saharlarda zori qilg'il, qo’lung olsun, Eranlarga xizmat qilg'il, yo’lg'a solsun, Xizmat qilmay hech kim yo’lni bilgoni yo’q.
Quloqsizga oyat, hadis, hikmat harom, Essiz, hikmat ich-qornimda bo’lsun tamom, Nodonlarg'a tokay aytib, yig'lay mudom, Dod aylasam, hech kim quloq solg'oni yo’q.
Yer ostig'a kirib yedim xuni jigar, Imon-islom qo’lg'a olib qildim safar, Shayton lain qilolmadi menga zarar, Munkar, Nakir mendin savol qilg'oni yo’q.
Munkar, Nakir haddi bo’lmas qilsa savol, Imon-islom hozir turub tobsa kamol, Go’r ichinda Haq ko’rsatsa menga jamol, Ondog' qullar ikki olam o’lgoni yo’q.
So’zni aytgil so’z qadrig'a yetgonlarga, Ixlos bilan so’zga quloq solg'onlarg'a, So’zni chaynab mazosig'a yetgonlarga, Beixloslar so’z qadrig'a yetgoni yo’q.
So’zga yetmas bexabarga essiz ma’ni, So’zni aytsang, donog'a ayt, durni koni, Xizmat qilmay yetgon bormu, bilsang muni, Xizmat qilmay eranlarg'a yetgoni yo’q.
Dur konini mendin so’rsang shayxi sodiq, Ondog' qulni xulqi xushi Haqqa loyiq, Ko’ngli vosi’, joni masih, o’zi oshiq, Ondog' eshon Haqdin mahrum qolg'oni yo’q.
Ondog' eshon paydo bo’lsa, joning bergil, Har bir bosqon izlarini ko’zga surgil, Piri komil mukammildur, beshak bilgil, Gilaro’lar pir qadrini bilgoni yo’q.
Gilaro’ni yomon-yaxshi har kim piri, Ixlosi yo’q pirga ma’lum doim siri, Necha aytsam, ketmas andin ko’ngul kiri, Gilaro’lar pirdin ulush olg'oni yo’q.
Haryon boqsang Xudo hozir gilaro’lar, Alloh yodin baland aytib yig'lasanglar, Yalg'onu chin Haqqa ma’lum, rost yig'langlar, Yalg'on girya Haqqa maqbul bo’lg'oni yo’q.
Chin darvishlar tosh ustida toat qildi, Qottiq yerni bistar qilib, odat qildi, Yuz ming balo boshqa tushsa, toqat qildi, Toqat qilmay Haq vaslig'a yetgoni yo’q.
Tavbam qabul bo’lsun desang, sahar yig'la, Jondin kechib, moldin kechib, beling bog'la, Muhabbatning o’ti bilan yurak dog'la, Mundog' bo’lmay Haqqa vosil bo’lg'oni yo’q.
Xos darvishlar Haqni izlab jondin kechti, Riyozatni qottiq tortib, ko’ksin teshti, Ondin so’ngra vahdat maydin to’yo ichti, Yalg'onchilar vahdat maydin totqoni yo’q.
Ishq poyasi Arshdin baland qo’lung yetmas, Vahdat maydin to’yo ichgon taom totmas, Ishq soyasi tushgon oshiq xalqqa boqmas, Yalg'onchidur men deb eshitib ko’rgoni yo’q.
Mayxonag'a kirgon tolib holi o’zga, Oyat, hadis bayon qilsang, yetar so’zga, Ahlin tobsa, izin olib, surar ko’zga, Ondog' oshiq bu olamda turg'oni yo’q.
Haqparastlar har yon boqib Haqni ko’rar, Jazba kelsa, har tarafga o’zin urar, Yalg'onchilar ko’rdum debon do’kon qurar, Ko’rdum derlar, Alloh haqqi, ko’rgoni yo’q.
Yalg'on darvish bayonini oytor sanga, Qo’lda tasbeh, dilda - hiyla, fikr - tanga, Oqil ersang, ixlos qilma zinhor anga, Ul nodondin hech kim bahra olg'oni yo’q.
Haqni tobqon tufroq bo’lub yo’lda yotor, Tufroq sifat olam ani bosib o’tor, Manmanliklar boshin bosib, tebib ketor, Bosh ko’torib anga suxan qilg'oni yo’q.
Qul Xoja Ahmad, harna bo’lsang faqir bo’lg'il, Qoyda borsang, bo’ynung qisib, haqir bo’lg'il, Oshiq bo’lsang, ishq ilgida asir bo’lg'il, Asir bo’lmay hech kim murod tobqoni yo’q.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:41 | Message # 29 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 16 -
Oshiqlari o’ynasa, bu halqaning ichinda, Hu-Hu teyu jon bersa, bu halqaning ichinda. Ishq o’tig'a qoynasa, aqlu hushi o’ynasa, Alloh teyu jon bersa, bu halqaning ichinda.
Jomi sharob ichilur, durru guhar sochilur, Jonni ko’zi ochilur, bu halqaning ichinda. Ishq bahrig'a cho’msam men, nola-faryod qilsam men, "Hu-Hu" teyu o’lsam men, bu halqaning ichinda.
Ruhi holat zikrulloh, la ilaha illalloh, Ismi a’zam huvalloh, bu halqaning ichinda. Har kimiga zavq hola, bo’lsa bo’lur bu vola, Soqiy sunar piyola, bu halqaning ichinda.
Zokir qullar jam’ bo’lub, faryod urub, jon uzub, Soqiy yuror o’rgulub, bu halqaning ichinda. Kuysa-yonsa, kul bo’lur, o’lsa, uchsa, o’z bo’lur, Kong'a tushsa, tuz bo’lur, bu halqaning ichinda.
Xizru Ilyos hozir ul, g'avsu g'iyos nozir ul, Botin ko’zi zohir ul, bu halqaning ichinda. Toliblarni murshidi, Qul Xoja Ahmad deb oydi, Bosh o’ynag'il sen dedi, bu halqaning ichinda.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:41 | Message # 30 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 17 -
Oshiqlari doim tilar diydorini, Saharlarda g'aflat birla yotmas bo’lur. Nodonlardin ushbu sirni pinhon qilib, Johillarg'a oshiqman deb oytmas bo’lur.
Orif, oshiq dunyo uchun g'am yemadi, Bu dunyoda izzat-hurmat ber demadi. Kecha-kunduz ko’z yoshidin oyrilmadi, Faflat birla g'amlarig'a botmas bo’lur.
Oriflarning dargohidur guhar koni, Ul tengizda la’lu guhar yo’q imkoni, Hisobini bilur anda Ishq Sultoni, Oshiqlarni aqli anga yetmas bo’lur.
Oshiqlari g'avvos bo’lub cho’msa daryo, Chiqsa andin ulug' durlar bo’lur paydo. Jondin kechmay jonon yuzin ko’rmoq qoyda? Emgak birlan tobg'on qo’ldin ketmas bo’lur.
Foniy fano bo’lmay ko’rmas fano mulkin, Oshiq bo’lsa, pinhon qilur vujud ko’rkin. Hasrat tongi hasrat birla o’tormukin? G'am tog'idin emgonmayin o’tmas bo’lur.
Ul uqbadin himmat birla oshomag'ing, To’rt yuz qirq to’rt yoshing (birla) yoshomag'ing, Uch yuz oltmish bandi bog'ing bo’shomag'ing, Mehnat tortmay rohat tongi otmas bo’lur.
Qul Xoja Ahmad eranlarni yod aylabon, Hikmat oytib, ushbu so’zni qildi bayon, Tinglangizlar, ushbu so’zni, barcha yoron, Yalg'on so’zni xaloyiqg'a yoymas bo’lur.
|
|
| |