HIKMATLAR HAZINASI
|
|
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:42 | Message # 31 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 18 -
Kecha-kunduz Haq yodini oyg'on oshiq, Ma’shuq yodin tildin hargiz qo’ymas bo’lur. Xorliq-zorliq mashaqqatni rohat bilgon, Bu dunyoning izzatini suymas bo’lur.
Fikru zikri Haq egamni sanosidur, Diydor talab qilib yurgon gadosidur, Haqni zikri jumla dardni davosidur, Dunyolig'din qo’lg'a zarra olmas bo’lur.
Rahm aylasang, bo’ston qilg'ung tog'u cho’lni, Yo Allohim, yorliqag'il jumla qulni. Yo’ldin ozg'on gumrohlarg'a ko’rguz yo’lni, Oshiqlarni izin izlab qolmas bo’lur.
Ayo oshiq, kecha-kunduz Haqni izla, Zohir yurub, botiningda Arshni ko’zla. Hikmat o’qub oyat-hadis so’zin so’zla, Xazon yanglig' qizil yuzi so’lmas bo’lur.
Domlar qo’yub xaloyiqni yo’ldin urgon, Yalg'on oshiq bo’lub (davu) do’kon qurg'on. Kecha-kunduz ishrat qilib davron surgon, Dunyo molin ko’rub ko’zi to’ymas bo’lur.
Saharlari erta qo’pub zori qilg'on, Yaxshilarga xizmat qilib duo olg'on. Piri mug'on sori yurub xizmat qilg'on, Piri mug'on etogini qo’ymas bo’lur.
Piri mug'on - Haq Mustafo beshak biling, Oti chiqsa, durud oytib, ta’zim qiling. Sunnatlarin mahkam tutub, ummat bo’lung, Ummat bo’lg'on shar’ yo’lidin yonmas bo’lur.
Oshiq bo’lsang, saharlarda tinmay yig'la, G'ariblarni izin izlab, ko’nglin ovla. Dunyoparast nojinslardin bo’yun tovla, Chin oshiqlar bu dunyoda kulmas bo’lur.
Qul Xoja Ahmad, oshiq bo’lsang, zori qilg'il, Halqa qurub kim zikr oytsa, yori bergil. Zikrin oytib, suhbat ichra durlar tergil, Guhar olg'on hargiz g'ofil bo’lmas bo’lur.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:42 | Message # 32 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 19 -
Orif-oshiq jon mulkida alam tortsa, Yetti a’zo toqat qilmay larzon bo’lur. Ishq daryosi vujud ichra jo’sh aylasa, Bexud bo’lub girdob ichra hayron bo’lur.
G'avvos kerak ul daryog'a o’zin solsa, Qarmoq solib nahanglarin sayd aylasa, Durru maqsud andin keyin qo’lg'a olsa, Ondog' murshid xalq ichinda pinhon bo’lur.
Tariqatning yo’li uzoq qilsang safar, Kimi yetar, kimi yetmas, kimga xatar. Izlaganlar eranlarg'a oxir yetar, Er nazari tekkon kishi mardon bo’lur.
Yo’lun topqon mardonlarg'a xizmat qilur, Ko’b anjuman orosida xilvat qilur. Ahlu iyol, molu mulkdin uzlat qilur, Mushkul ishlar bilmon nechuk oson bo’lur.
Har kim kiysa malomatning xil’atini, Botin rostlab, vayron qilsa suratini. Hech tortmasa maxluqotning minnatini, Mundoq oshiq borsa, anda sulton bo’lur.
Oqil ersang, to’g'ri yo’lg'a qadam urg'il, Mardonlarni suhbatidin bahra olg'il. Ashobi Kahf itin ko’rub, ibrat olg'il, Ibrat olg'on xos qullari jonon bo’lur.
"Yo Rabbano, fag'firlano, zunubano!", Gunohimg'a iqror bo’lub keldim mano. Qahr aylasang, qohir sano, qodir sano, Lutf aylasang, yuz ming osiy xandon bo’lur.
Qul Xoja Ahmad, uzoq yo’lda hayron bo’ldung, Amaling yo’q, kundin kunga giryon bo’ldung, Eranlarga yeta bilmay sarson bo’ldung, Onda borsang nadomatlar chandon bo’lur.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:43 | Message # 33 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 20 -
Haq Mavlomning nazari kimga tushsa, Nodon bo’lsa, bir lahzada dono bo’lur. Uch yuz oltmish tomurlari nurga to’lur, To’rt yuz qirq to’rt so’ngaklari bino bo’lur.
Ondin so’ngra vahdat maydin to’yo ichor, Ahlu iyol, xonumondin tugal kechor. Alloh deyu qoyda borsa, shayton qochor, Yetti a’zo hamdin oytib go’yo bo’lur.
Vahdat maydin ichgon oshiq bexud bo’lar, Mansur yanglig' jondin kechib dorg'a minar. Ixlos birla pir etogin mahkam tutar, Piri mug'on nazar qilsa go’yo bo’lur.
Jismim: "Rabbim - jon Alloh" deb yo’lg'a kirgil, Jonu dilim bir Alloh deb sahar turg'il. "Ma fi qalbi illalloh" deb yig'lab yurg'il, Yo’lsizlarg'a Haq Mustafo hudo bo’lur.
Ishq bahrig'a cho’mgon oshiq guhar olur, Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolur. Tekma nodon, xomtama’lar neni bilur? Guhar olg'on chin oshiqlar daryo bo’lur.
Dunyo suygon g'ofil odam Haqni suymas, Bu yo’llarni uqbasi ko’b hargiz bilmas. Saharlarda chorzarb urub hargiz qo’ymas, Tongla borsa oxiratda xandon bo’lur.
Haqg'a oshiq bo’lg'on kishi jondin kechor, Bexud bo’lub, shavq sharobin to’yo ichor. Ro’zi qilsa jannat kirib hurlar quchor, «La ilaha illalloh» deb shaydo bo’lur.
Fe’ling ozdi, xaloyiqdin shafqat ketti, La’nat yog'di, kundin kunga rahmat ketti. Xoja, mullo, yaxshilardin izzat ketti, Turluk-turluk alomatlar paydo bo’lur.
Munofiqlar fisq etibon o’zni bilmas, Oning uchun yaxshilarni ko’zga ilmas. Ko’ngli qottig', yaxshi so’zga quloq tutmas, Qiyomatda Haq qoshida rasvo bo’lur.
Kunda yuz ming Alloh desang, anga yoqar, Ko’z yoshingni daryo qilsang, ma’shuq boqar. Bag'ring ichra darding bo’lsa, yoshing oqar, Alloh o’zi chin dardlikka davo bo’lur.
Qul Xoja Ahmad, mehnat qilg'il, olam kuysun, Farishtalar sandin kelib ulush olsun. Arshu Kursi, Lavhu Qalam nurg'a to’lsun, Nurdin bahra olg'on ko’ngul safo bo’lur.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:44 | Message # 34 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 21 -
Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda, Na qilurin bilmay tun-kun hayron bo’lur. Zikri fikri Haq visoli bo’lur mudom, Yosh o’g'londek ikki ko’zi giryon bo’lur.
Dunyo birla qolmas ani zarra ishi, Zikrin oytsa, nurga to’lur ichi, tashi. Alloh degach, ravon bo’lur ko’zda yoshi, Ishq o’tida kuyub-yonib, biryon bo’lur.
Moumanni, nafsu havo, hirsni qo’ysa, Piri murshid mukammilg'a o’zin solsa. Adhamlayin ko’ngul mulkin sivo qilsa, Barcha mushkul ishi ani oson bo’lur.
Shariatdin tariqatga qadam qo’ygon, Dunyo ishin tark aylabon Haqni suygon. Haqiqatning asroridin ma’no olg'on, Ma’rifatni maydonida uryon bo’lur.
Mundog' bo’lg'on oshiqlarni nishoni bor, Haq yodini tun-kun oytib qilmas qaror. Umid etmas bu dunyodin molu dunyo, Na so’zlagon so’zi aning imon bo’lur.
Qaysi oshiq halqa ichra jonin bersa, Jondin kechib, shahodatning to’nin kiysa. Zuhd aylabon o’z nafsini ko’zin o’ysa, Eranlarni qatorida mardon bo’lur.
Qul Xoja Ahmad, minay desang qushdek Buroq, Nodonlardin etgil mudom o’zung yiroq. Qayg'u birla hajru mehnat, tortgil firoq, Firoq tortgon oshiq tongla sulton bo’lur.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:44 | Message # 35 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 22 -
Ey do’stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar, Ul suhbatda ma’rifat durlarini sochorlar. Suhbat vaqti hozir bo’l, eranlarg'a nozir bo’l! Ul holatda eranlar, erga nazar qilurlar.
Holat vaqti eranlar daryolarg'a yuzlansa, Tobonlari nam bo’lmay, daryolarni kechorlar. Murid bo’lsang murshidg'a, mahkam bo’lg'il, ey tolib, Muridlarin murshidlar har bob bilan sinorlar.
Himmat tutsa eranlar ko’zni yumub ochquncha, Daryolarni bukarlar, tog'larni ham kesorlar. Tangri suygon kishining, ishi aning bilandur, Har kimni Haq suyubdur, borcha ani suyorlar.
O’zlarining murodin chin oshiqlar tilamas, Ma’shuqining murodin doim alar tilarlar. Qul Xoja Ahmad, voqif bo’l, fayzu rahmat eshigin, Zikru toat vaqtida, farishtalar ochorlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:44 | Message # 36 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 23 -
Ko’ngul ichra kirib javlon qilduq ersa, Ishq otlig' sultonini ko’rduq ersa. Soni’ qudrat ilohimg'a boqtuq ersa, O’shal yerda hol ilmini ko’rung, do’stlar.
Ishq sultoni g'orat qildi aqlimizni, Ham quvladi nafsu shayton, kibrimizni. Shukru lillah, bilduk emdi rabbimizni, Ilhom birla beror ma’no, sezduk, do’stlar.
Ilhom indi Haq taolo rahmatidin, Xojam sundi ushbu vahdat sharbatidin. Bo’lduq emdi ul Muhammad ummatidin, Qol ilmimiz holg'a badal bo’ldi, do’stlar.
Avval fano, oxir fano, bo’lmoq fano - Ul maqomg'a yetgon oshiq qilmas sano. Jononimiz jamolini haqdur ko’rduk, Jon jonga ulandi, bilduk, do’stlar.
Jonimiz jamoli haqdur ko’rduk, Jon ichra bilinur emdi tahqiq bilduk. Ilhom yetti Subhonimdin, emdi sezduk, Na kim kelsa, Haqdin ilhom bilduk, do’stlar
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:45 | Message # 37 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 24 -
Ayo do’stlar, xabar berib shariatdin, Tariqatda Alloh yodin oyting, do’stlar Orif jonlar xabar berur haqiqatdin, Alloh teyu Haq zikrini oyting, do’stlar.
Er - ul turur, qulman teyu qulluq qilsa, Qo’rqub Qahhor otidin ul farmon tutsa. Yetti tamug' uchqunig'a qarshu kelsa, Alloh desa andin qaytar, biling, do’stlar.
Kimki Alloh dedi, anda o’zin tobti, Haqiqatning so’zin so’zlar o’lar vaqti. Necha yillar Shaddod, ko’rung, uchmoh yopti, Kirolmadi, andin ibrat oling, do’stlar.
Bormu eran, ondog' ishdin rozi bo’lsa? Inonmasun dunyosig'a Qorun bo’lsa. Ming yashag'on Luqmon hakim o’lar bo’lsa, Yo’qtur o’lmay qolg'on munda, biling, do’stlar.
Uchmoh ichra o’run bergay qayu jong'a, Kimki toat birla ishlab chiqsa tongg'a. Isrofilni suri kirsa qayu jong'a, Biz Muhammad ummatimiz, biling, do’stlar.
Qul Xoja Ahmad, Haq zikrini oysang mudom, Rahmat yog'or boshing uzra alad-davom. Eranlarning xizmatida bo’lsang mudom, Ozod qilsa, dorus-salom borur, do’stlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:45 | Message # 38 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 25 -
Oshiqlari qolni o’qub holg'a kirsa, Hol bahrig'a cho’msa, g'arqob bo’lor, do’stlar. Qol birla hol bir kemadur, muni bilsa, Qolsiz, holsiz ul daryodin o’tmas, do’stlar.
Bu hol yo’li nozik yo’ldur, xatari bor, Olim qolsiz qadam ursa, uqbalar bor. Piri komil-mukammilsiz o’tmak dushvor, Qol ilmini bilgon omon o’tor, do’stlar.
Ushbu yo’lda rahbarsizlar bisyor erur, Shayton lain kashf ko’rsotib ko’b ozg'urur. Beilm odam bu nisbatga mag'rur erur, Oning uchun aro yo’lda qolor, do’stlar.
Qulluq uldur Qur’on o’qub amal qilsa, Qolni o’qub, holni o’zga darbar qilsa, Piri komil mukammilga xizmat qilsa, Ikki dunyo charog'i deb oyting, do’stlar.
Beilm odam shayxliq qilsa, rivoj tobmas, Nozuk yo’ldur, beilm hargiz bilsa bo’lmas. Ey do’stlarim, shayx bo’lmaqliq oson emas, Rahbar teyu shar’ yo’lida yurung, do’stlar.
Piri komil har tolibga bermas irshod, Tolib bo’lsa tun uyqusin qilsa barbod. Ko’b poygada o’zub kelmas har yaxshi ot, Riyozatni qottiq chekkon o’zor, do’stlar.
Jumla tolib ibodatqa ojiz kelgoy, Tahajjudni vaqti birla tuzolmag'oy, Nisfi shabdin turub virdin qilolmag'oy, Piri komil anga ruxsat bermas, do’stlar.
Alloh degon bandalarni inoyati, Talabida yurgon banda Haq rahmati, "Fazkuruni azkurukum" Haq oyati, Dam g'animat, Alloh zikrin oyting, do’stlar.
Mardu zanga, o’g'ul-qizga ilm farz dedi, "Talab ul-ilmi farizatun" deb rasul oydi, "Ma yajuzu bihis-solat" ilm zaruriy, Tirik borsiz, to o’lguncha o’qung, do’stlar.
Mullo bo’lub, ma’no o’qub, kitob oytsa, Yo’lni topib, yamon yo’ldin rostga qoytsa, Pir etogin mahkam tutub xizmat etsa, Toatlik qul o’lsa armon qilmas, do’stlar.
Ushbu yo’lg'a riyozatlik tolib kerak, Nafs-havoni qo’yub toat qilmoq kerak, Jafo tortib pir nisbatin tutmoq kerak, Riyozatsiz Haqqa vosil bo’lmas, do’stlar.
Beilm shayxliq da’vosini qilib bo’lmas, Aso bo’lmay qarong'uda yurub bo’lmas, Ko’rmas bo’lsa, chuqur yerni ko’rub bo’lmas, Quduq ichra tushgon omon qolmas, do’stlar.
Piri murshid qilsa mudom amri ma’ruf, Muruvvatlik, shirin so’zlik, yaxshi xo’yluk, Kecha-kunduz riyozatni cheksa ul xo’b, Ondog' pirni xizmatida yurung, do’stlar.
Haqqa oshiq bo’lub aydi Qul Xoja Ahmad, Alloh kafil dardimizga, qil ibodat, Qolu holni jondin tortib qil riyozat, Toatlik qul jamolini ko’ror, do’stlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:46 | Message # 39 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 26 -
Qaro otiga minmaguncha, qaro ko’rmas, Qaro lochin qo’nmaguncha, sirni ko’rmas. Sirni ko’rgon oriflari munda turmas, Sahar vaqtda jonni qiynab turung, do’stlar.
Qaro lochin qayrilibon qanot qoqar, Oshiq uldur, tan-jonini o’tqa yoqar. Piri mug'on nazar qilib anga boqar, Shunqor yanglig' qanot qoqib uchar, do’stlar.
Davlat yanglig' shunqor qushi kimga qo’nar, Lochin yanglig' halqa ichra o’zin urar. Jonni qushi parvoz qilib hozir turar, Hozir bo’lub tavba qilib yurung, do’stlar.
Ayo do’stlar, oxir bo’ldi zamonamiz, Hech qolmadi bu dunyoda nishonamiz. Xabar berdi "aduvvan" deb jononamiz, Alloh zikrin tinmay oytib yurung, do’stlar.
Ro’zi "nahnu qasamno"da ulush berdi, Ulush olg'on bandalari yo’lg'a kirdi. Sham’in ko’rub parvonadek o’zin urdi, Jonni jong'a payvand qilib yurung, do’stlar.
Haq rasulning oyg'onlari keldi, bo’lg'oy, Oxir zamon nishonasi bo’ldi, bo’lg'oy. Fisqu fasod dunyo ichra to’ldi, bo’lg'oy, Turluk-turluk da’vo ishni ko’rung, do’stlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:46 | Message # 40 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 27 -
Olimni tutqil izzat, qilg'il ikrom, Olimni Qur’on ichra o’gor, do’stlar. Olimlar ochor jumla mushkulotni, Johillar jahlini kim to’kor, do’stlar.
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur, Halol-harom farqin omi qoydin bilur?! Olimlardin omilar ko’b foyda olur, Bu dunyoda yaxshi otin qo’llar, do’stlar.
Johil avom olim so’zin hech tinglamas, Tekma johil o’zini hech o’nglamas. Olimni Alloh omig'a teng aylamas, Har olim yuz ming omig'a yetor, do’stlar.
Bo’lmasa olim avom nega yaror, Qilmas erdi yeru ko’k, olam qaror. Qilmishi uchun olim yozuq ko’ror, Ko’k tabo oshmas yerda turor, do’stlar.
Dinu dunyo olim bilan bo’lur hosil, Ibodat qilsa qabul, Haqqa vosil. E’tiqod qil, kerak bo’lsa arig' nasl, Chin oshiq bir so’zga bosh egor, do’stlar.
Avom tandur olim erur tanda jontek, Shoh Husayn bo’lsa olim kerak ham tek, Insu jinda olim-malak omi jintek, Tutmangiz ishkal zinhor inkor, do’stlar.
Olimlarni xor ko’rmak ermas ravo, Xor ko’rmagoy ul ham yana yer-ko’k, havo. Nechakim faqir, miskin ul benavo, Olimni xor ko’rmangiz zinhor, do’stlar.
Olimni xor ko’rsa ul kufru nifoq, Nass hadis bor insu jin bil-ittifoq, Olimni suygon mo’min yuzi offoq, Savoli yo’q yozuqidin inkor, do’stlar.
Xoja Ahmadga ilhom berdi oysun teyu, (Har) olimni e’zozini bilsun teyu, Har kim bilsa, muni amal qilsun teyu, Olim izzatin qilg'on jannat kiror, do’stlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:46 | Message # 41 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 28 -
Sahar sayrar bulbullar, gul yodidin har zamon, Sen sayrasang na bo’lg'oy, Haq yodidin har zamon. Har qurtu qush oytodur har nav’ birla sanoni, Qurtu qushcha bo’lmading, Hu demading har zamon.
Subhidamda turg'oylar, roz oytushur Haq bilan, Senda himmat bo’lmadi, roz oytmading bir zamon. Dunyog'a g'arqob bo’ldung, kufru isyong'a to’ldung, Emdi o’zungga kelding, fikr qilg'il har zamon.
Qo’yg'il dunyo fikrini, qilg'il Haqni zikrini, Buzgil shayton mulkini, zokir bo’lg'il har zamon. Chin o’larsan begumon, buzulur bu xonumon, Necha o’qusang Qur’on, imon etgil bir zamon.
Qul Xoja Ahmad, belingni ikki yerdin bog'lagil, Kelsa ajal qo’ymasdur, joning olur shul zamon.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:47 | Message # 42 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 29 -
Keling, do’stlar, pir xizmatin bayon aylay, Eshitib, uqung, xizmat qiling, do’stlarimo. Xorliq-zorliq, mashaqqatni ayon aylay, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Ursa-so’ksa pir etogin mahkam tutgil, Ayo tolib xizmat ichra qonlar yutgil. Jon ber desa ixlos birla jondin o’tgil, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Tolib bo’lsang, yo’l ostida bo’lg'il tufroq, Vaqti kuzda daraxtlardin tushgon yafroq. Oshiq bo’lsang, diydorig'a bo’lg'il mushtoq, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Chin tolibg'a pirdin tegar kunda sonchiq, Zohir sonchiq botin ichra boldin totliq. Jazbi holat in’om qilg'oy ishqi qottig', Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Ingronmag'il pirdin teksa har dam jafo, Diydor talab ikki olam so’rmas vafo. Ro’zi mahshar dillarini qilg'oy safo, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Piru komil mukammilni taniy desang, Xuni jigar yegil, agar tolib bo’lsang. G'oziy der(lar) bul maqomda o’lub borsang, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Piru komil mukammilni farqi bo’lg'oy, Piru komil xulqlar birla qo’lung olg'oy. Mukammal (pir) botin ichra yo’lg'a solg'oy, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir amrini tutmagonni valloh ko’rdim, Do’zax ichra nechuksan deb holin so’rdim. Maloiklar ura berdi, men ham urdim, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Bu olamda yaxshilardin qochib o’ttum, Haqdin kechib shayton so’zin mahkam tuttum. Ey noinsof, dunyo uchun qonlar yuttum... Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'on kishi nuri ravshan, Diydoriga Alloh o’zi va’da qilg'on. Shak kelturub, yalg'on tolib yo’lda qolg'on, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'onlarni bo’yni sinuq, Xizmat qilg'on toliblardin qochg'oy tamug'. Pir ta’rifin hech tuganmas, oytsam qamug', Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmatin qilg'on kishi dasti daroz, Ul sababdin dunyo birla doim aroz. Ashki surxi, rangi, zardi Haqqa niyoz, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xizmat qilg'on yetor oxir Xudoyiga, Piri mug'on zomin bo’ldi gunohiga. Pir yetkurgoy Haq taolo panohiga, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmati, ey toliblar, oson emas, Toliblari pir oldida misli magas. Adab saqlab, pir oldida taom yemas, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pirni lutfi Haqni lutfi tariqatda, Haq in’omi pirga yetar haqiqatda. Hodiy bo’lub yo’lg'a solg'on ma’rifatda, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pir xizmati - Haq xizmati adab qilung, Sahar vaqtda nazar qilur, ogoh bo’lung. Ey toliblar, bedor bo’lub yo’lg'a kiring, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xizmat qilg'on toliblari Haqqa yaqin, Kimni ko’rsa tavoze’liq, so’zi hazin. Inshaalloh, ondog' tolib Haqqa yaqin, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Piring - g'assol, murid - murda so’zlayolmas, Ko’ngul bergon pirdin o’zga ko’zlayolmas. Haqni tobgon Haqdin o’zga izlayolmas, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Pirsizlarning bayonini oytoy sizga, Ro’zi mahshar rangi ro’yi bo’lg'oy o’zga. Tolib bo’lsang, quloq soling yaxshi so’zga, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Zori qilib kimga borsa, qo’lin olmas, Hidoyatda dod aylasa, yo’lg'a solmas. Ondog' qulda iymon-islom dini bo’lmas, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Hodiyman deb shayton lain yo’lg'a boshlar, It suratlik bo’lub ani qopib tishlar. Haybat qilib, do’zax ichra eltib tashlar, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Do’zax ichra vo vaylato, nadomato, Nola qilg'on, qachon bo’lg'oy qiyomato. Haqqa qullug' qilmadim deb nadomato, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xuni jigar yutub aydim sizga hikmat, Duo qilay, sizlarni ham qilg'oy rahmat. G'ayrat qilib, Haq soriga bog'lang himmat, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
Qul Xoja Ahmad, sodiq bo’lub pirga borgil, Etagiga yuzing surub, ulush olg'il. Ilig-ayog' qoim qilib hozir turgil, Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:47 | Message # 43 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 30 -
Yig'lamaymu tavba qilmay haddin oshtim?! Shayton lain makri birla turfa shoshtim. Nazar qildi piri mug'on sori qoshtim, Tavba qilib, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Haq rasulning inoyati bo’ldi mango, Oyat-hadis so’zin bayon qildim sango, Tobe’ bo’lub, oytgonlarin qilg'il anga, Tobe’ bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Ummat bo’lsang, durud oytib tobe’ bo’lg'il, Oti chiqsa, durud oytib ta’zim qilg'il, Rizqu ro’zi harna bersa qone’ bo’lg'il, Qone’ bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Haqiqatlik bandalarga ro’zi berur, Yeyib-ichib ne’matlarin yodin oytur. Otin eshitib, adab qilib ta’zim qilur, Ta’zim qilib, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Haq taolo bo’yin olgon munda turmas, Johil qullar o’zin ko’rar-aybin ko’rmas. Jinsi odam oshiqliqda dam urolmas, Oshiq bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Chin ummatlar jondin kechib diydor ko’rdi, Nav tolibdek halqa ichra o’zin urdi, Qoyda borsa ishq do’konin anda qurdi, Do’kon qurub, diydor ko’rung, do’stlarimo.
Ummatman deb tilda oytur, dilda - yalg'on, Nafsi uchun o’z jonini o’tga solgon. Shayxman teyu kishi molin zo’r(la) olgon, Nazrin olmay diydor ko’rung, do’stlarimo.
Qul Xoja Ahmad, dunyo ko’rsang, qocho ko’rgil, Qanot qoqub havo sori ucho ko’rgil. Ahlu iyol dushman sango, kecho ko’rgil, Judo bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:51 | Message # 44 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 31 -
Xilvat kirib, do’stlarim, yod etoluk doimo, Muhabbatni sharobin no’sh etoluk doimo. Muhabbatning sharobin hech kishiga bermaslar Bag'ir qonin oquzub, oshiq ichor doimo.
Muhabbatning sharobin ichgon oshiq nishoni, Vola bo’lg'on bulbuldek, faryod qilur doimo. Murid - murda, pir - g'assol, o’qub yurur hasbi hol, Ko’ray debon ul jamol, javlon qilur doimo.
Muridlarin tarbiyat, kunda yuz ming xosiyat, O’zlarin cho’pon sifat, cho’pon qilur doimo, Halqa qurub eranlar, Hu zikrini boshlasa, Ul Zikriyo payg'ambar hozir bo’lur doimo.
Ondin so’ngra Haq nurin zokirlarga sochorlar, Maloiklar saf to’lub, arra boshlar doimo. Muhabbat sharobini qo’lg'a olib Muhammad, Zokirlarg'a sunubon, soqiy bo’lur doimo.
Muhabbatni sharobin ichgon uchun Xoja Ahmad, Arsh ustiga qo’nubon, parvoz qilur doimo.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:52 | Message # 45 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 32 -
Ma’rifat bo’stoni ichra kirib, Avval tavhid daraxtini ko’rdum anda. Ul daraxtning har shoxida mevasi bor, Subhon Izim ro’zi qildi oldim mano.
Ul daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish, Tafrid, tajrid chashmalari suvdin ermish. Ul daraxt oshiqlarning yeri ermish, Mushohada qilduq, do’stlar, hazratinda.
Tekma nodon ul daraxtning yeri ermas, Nafsim degon ul mevadin hargiz yemas. Xomtama’lar nafsi uchun nelar demas, Nafsdin kechgon yaqin bo’lur qurbatinda.
Nafsdin kechdim, jon hijobi o’tru keldi, Jondin kechtim, jonim jong'a qorshu keldi. G'aybg'a tushub, g'aybg'a kirib g'oyib bo’ldi, Hasrat uzra hasrat o’ti g'urbatinda.
Avval himmat maqomig'a kirgil dedi, Azamatliq podshohlig'im ko’rgil dedi. Ul tavhid mevasidin yegil dedi, Lutfi birlan yedurdi ishq ne’matinda.
Kimga baxshish berdi ersa, bo’lsun qutlug', Sad hazoron jonim bo’lsa, bo’lsun bulug'. Ul daraxtning sifati(dur), do’stlar, ulug', Shukrin oytur, qulluq qilsun xizmatinda.
Ul daraxtning soyasinda o’lturgoylar, Shavq sharobin ichib ruhin qondurgoylar. Mosuvodin o’zni tamom yig'durgoylar, Qaror qilmas ishq tilayu himmatinda.
Do’st tilagon ul bo’stonda qaror qilmas, Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo’lmas. Ko’ngul mulkin bersa anga ko’zga ilmas, Taqvo qilur ichor nabot sharbatinda.
Do’st uchun dunyo uqbo mulkin solib, Mavt o’ti ichra kirib kuyub-yonib, Necha quvsa dargohidin qorshu kelib, "Arini!" deb zor yig'layur hazratinda.
Qul Xoja Ahmad kirdi ko’rung maydon ichra, Ko’rdi tavhid daraxtini bo’ston ichra. Ul daraxtning sifati(dur) Qur’on ichra, Xabar berdi ul Ibrohim surasinda.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:52 | Message # 46 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 33 -
Ogohsizin kechti do’stlar essiz umrim, Vo darig'o, borib anda na oyg'oyman. Fazli birla hukm qilsa - davlat mango, Adli birla so’ror bo’lsa, na oyg'oyman?
O’ttuz oshti, qirqg'a yetti yoshim mani, Bilmasmankim, nechuk kechti umrum mani. Tongla kuni nechuk bo’lg'oy ishim mani, Miskin bo’lub qayon sori qoyrilg'oyman?
Ma’siyatni daryosig'a g'ariq bo’lub, Yurumishman shayton birla rafiq bo’lub. Tun-kun yig'lab, ko’zda yoshim arig' bo’lub, Rasvo bo’lub borib anda na oyg'oyman?
Ozuqsiz(in) yo’lg'a kirgon o’lmog'i bor, Ko’ksiz daraxt chechaklanib so’lmog'i bor. Mujrim qullar borsa anda so’rmog'i bor, So’rar bo’lsa, man qul anda na oyg'oyman?
Bu dunyoni mungu yo’qin emdi bildim, Bu asig' ishlarimdin emdi yondim. Qul Xoja Ahmad, dargohingg'a sig'nib keldim, Qo’rqadurman qayu so’zg'a tutulg'oyman.
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:53 | Message # 47 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 34 -
Saharlarda chorzarb urub Rabbim desam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?! Hasratida boshdin ayoq vird aylasam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Tunlar qo’pub dargohig'a sano qilsam, Boshim qo’yub hazratig'a duo qilsam. Qon yosh to’kub ko’zlarimdin, bag'rim tilsam. Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Alloh uchun mardonavor jonim bersam, Zor ingrayub zokir bo’lub Rabbim desam. Ahlu iyol, xonumonim yatim qilsam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Mansurdek "Analhaq" deb yig'lab yursam, Shibliydek oshiq bo’lub samo’ qilsam. Boyaziddek tun-kun tinmay Ka’ba borsam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Yaxshilarni suhbatida qoim bo’lsam, Hu-Hu teyu zikrin aytib doim bo’lsam. Oshiqlardek charx urubon jonim bersam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Ayyub sifat qurt ranjig'a sobir bo’lsam, Yahyo sifat ko’zlarimdin qon yosh to’ksam. Muso sifat Tur tog'ida toat qilsam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Yunusdek daryo ichra baliq bo’lsam, Yusufdek quduq ichra tun-kun qolsam. Ya’qubdek Yusuf uchun qon yig'lasam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Ayo do’stlar, hech qilmadim yaxshi amal, Eranlarni izin izlab qilmay jadal. Bexabarman, sharmandaman ro’zi azal, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Men daftari soniy aydim dardga davo, Tufroq sifat bosib o’tsa mani ravo. Yig'lab keldim eshigingga man benavo, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Tili bilan ummatman deb yalg'on so’zlar, Va’zin aytib xaloyiqqa, dunyo izlar. Kishi molin olmog' uchun har yon darlar, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Alloh teyu sidqim bilan tavba qilsam, G'iybat qilg'on tillarimni yuz ming tilsam. Haqdin qo’rqub dunyo ishin ortqa solsam, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Hikmat o’qub ixlos qilib yo’lg'a kirgon, Yaxshilarni izin izlab duo olg'on. Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
Qul Xoja Ahmad, hikmat oyg'il oshiqlarg'a, Sidq bilan yo’lg'a kirgon sodiqlarg'a, Ixlos bilan Haqni degon loyiqlarg'a, Dargohida Xojam qabul qilarmukin?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:53 | Message # 48 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 35 -
Subhon Izim hidoyatni ro’zi qildi, Telim hijob ko’nglimizdin ketormukin? Tuni-kuni hazratiga Alloh desam, Munglug' banda maqsudig'a yetormukin?
Ma’rifatning bo’stonida bulbul bo’lub, Haq yodida doim mudom mashg'ul bo’lub. Qulluq qilsam hazratig'a chin qul bo’lub, Bu holatda rihlat tongi otormukin?
Egri yo’lg'a yurdum, doim xato qildim, Emdi bildim, o’z jonima jafo qildim. Dargohinga yaqom tutub yano keldim, Lutf aylabon tavbam qabul etormukin?
Eranlarni izin izlab yo’lg'a kirsam, Ostonangda duo qilib yuzum sursam. G'ariblarni ko’nglin ovlab duo olsam, Bu ish birlan mani ishim bitormukin?
Nadomatda tuni-kuni yoshim to’ksam, Xudoyimg'a zori qilib arz aylasam. Yaxshilarni hazratig'a shafi’ bo’lsam, Qul niyozi beniyozg'a yetormukin?
Ahmad, sani essiz umrung yeldek o’tti, Dunyo tilab oxiratni sham’i o’chti. Ma’siyat(ni) paymonasi to’ldi-toshti, Rahmon Tangrim gunohimdin o’tormukin?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:53 | Message # 49 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 36 -
Qorong'u tun ichinda yo’l adashtim, Yorug'lig' tongi nogoh otormukin? Qulovuzsiz yo’lg'a kirib turfa shoshtim, Sayqal bersam zangorlarim ketarmukin?
Ayo do’stlar, bu yo’llarda hayron bo’ldum, Boshim qotti, aqlim ozdi, sarson bo’ldum, Ikki olam barbod urub uryon bo’ldum, Otqon tongi g'aflat bilan botarmukin?
Eranlar ushbu yo’lda jondin kechti, Zikrin aytib saharlarda bag'rin teshti, Jafo tortib bu dunyoning zahrin ichti, Ondog' oshiq rohat bilan yetarmukin?
Oshiqlari tunlar qo’pub zori qilg'on, Muhabbatning daryosidin guhar olg'on, Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on, Boyaziddek o’zin bir kun sotarmukin?
Kecha-kunduz samo’ qilib yig'lag'onlar, Xizmat qilib ishq sirrini anglag'onlar, Himmat qurin belga mahkam bog'lag'onlar, Shundog' bo’lmay vahdat maydin totarmukin?
Jafo chekmay, mehnat tortmay vafo yo’qtur, Jafo tortqon oshiqlarni ko’ngli to’qdur, Jafo tortmay, mehnat ko’rmay rohat yo’qtur, G'ofillar(i) hasrat bilan o’tarmukin?
Ayo oshiq, kecha-kunduz tinmay yig'la, Muhabbatning fo’tasini belga bog'la, Chor zarb urub saharlarda yurak dog'la, Oshiqlari rohat bilan yetarmukin?
Vo darig'o, o’tti umrum, to’ymay qoldim, Bu dunyoning muhabbatin qo’lg'a oldim, Dunyo izlab din ishini ortqa soldim, Tavba qilsam Xojam qabul qilarmukin?
Ayo do’stlar, saharlarda nola qilg'il, Ko’z yoshingni oquzubon jola qilg'il, Haq zikrini aytib o’zung vola qilg'il, Vola qilg'on Haq vasliga yetarmukin?
Qul Xoja Ahmad, kechalarda qoim bo’lg'il, Toat qilib kunduzlari soim bo’lg'il, Mansur yanglig' "Analhaq" deb doim bo’lg'il, Oshiq bo’lg'on boshi dorda ketarmukin?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:53 | Message # 50 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 37 -
Rabbim Alloh debon ko’zdin yoshim sochsam, Qulum debon maning holim so’rg'oymukin? Yuz ming turluk gunohimdin tavba qilsam, Rahmi kelib tavbam qabul qilg'oymukin?
Tilim bilan Alloh zikrin joriy qilsam, Sahar vaqtda qo’pub yig'lab zori qilsam. Himmat qilib kecha-kunduz kori qilsam, Dargohida Xojam nazar solg'oymukin?
Masjid kirib namoz qilsam zohidlardek, Ishq o’tig'a kuyub yong'on oshiqlardek. Yalg'on so’zni tilga olmay sodiqlardek, Oriflardek Haqqa vosil bo’lg'oymukin?
Pir etogin tutub Haqdin qilg'oy talab, Har maqsudum bo’lsa pirdin qilsam talab. Ushbu yo’lda doim pirdin madad tilab, Madad bo’lsa, ishim ravon bo’lg'oymukin?
Yo Rabbano, yoding bilan bo’lsam mudom, Bori umrum zikring bilan bo’lsa tamom. …………. Talab qilsam hojat ravo bo’lg'oymukin?
Qo’l ko’torib pirdin duo olsam derman, Belin bog'lab xizmatida tursam derman. Himmat qilib rost yo’lig'a kirsam derman, Ko’ngul borib anda nishon bo’lg'oymukin?
Har kechani qadr bilib uyg'oq tursam, Xizr bilib kimni ko’rsam, duo olsam. Quli bo’lub ma’no so’ray, kimni ko’rsam, Ushbu ishdin murod hosil bo’lormukin.
G'ayrat qilib dargoh sori qadam qo’ysam, Erta sahar g'aflatdaman yotmay tursam. Sivo bo’lub barchasidin Haqni so’rsam, Sivo bo’lsam Haqdin madad bo’lg'oymukin?
Qul Xoja Ahmadni ushbu so’zi orzu erur, Orzusig'a yetolmayin qayg'u yeyur. Taqlid qilib Hu zikrini oytib yurur, Hu-Hu desam sohibdilon bo’lg'oymukin?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:54 | Message # 51 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 38 -
Ishq kimyoyi ahmar, olam do’kon emasmu? Mardi Xudog'a ma’lum, usta do’kon emasmu? Ko’nglumda ishq Turi, tushti tajalli nuri, Har bir oting zuhuri, sham’i jahon emasmu?
Sartosari jahong'a, boqsa baloyi to’fon, Ey qavmi Nuh qo’rqing, Haq kishtibon emasmu? Eman daraxtidinkim Musog'a o’t ko’rundi, "Inni analloh" oytur, asrori jon emasmu?
Isoyi ruhparvar, tarki taalluq aylar, Ko’k sahnida qalandar, yaxshi makon emasmu? Yahyoni yig'i tutti, Odam o’zin unutti, Yunusni nahang yutti, bu imtihon emasmu?
Xush har Hayyu Subhon, xush qudrat, xush ilhon, Jannat ichinda Rizvon, bir bog'bon emasmu? Oshiq murodi dilbar, zohidni mayli minbar, Jomi xurramni istar, Haq lomakon emasmu?
Ayni sahardadur gul, oshufta misli bulbul, Ko’rgoch ani qizil gul, ruxsori qon emasmu? Zinhor, ey suxan var, behuda to’kma gavhar, Ko’ngul xazonasig'a til, posbon emasmu?
Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi, Sohib xuruj g'oziy, chun Arslon emasmu? Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi arg'uvon, Sulton Sotuq Bug'roxon, piri mug'on emasmu?
Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo, Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu? Avlodi anbiyodur, sardori avliyodur, Mardi rahi Xudodur, oliy nishon emasmu?
Davr davri Ahmad, xoyr ul-bashar Muhammad, Dunyovu ding'a sarmad, shar’i bayon emasmu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:54 | Message # 52 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 39 -
"Mutu qabla an tamutu" hadisi bor, Ul olami faxri rasul oytmadimu? Mustafoning so’zin emdi o’qumading, Sen uqmasang, burung'ilar uqmadimu?
Uqoy desang, pir etogin mahkam tutqil, Tavba qilib dunyo molin ortqa solg'il, Urub nafsni shayxing uchun o’zung sotqil, Shundog' pirga murid o’zin sotmadimu?
Erga ilging bergil, joning fido qilg'il, Yurma yiroq, bo’lma nohaq, beri kelgil, O’lmak haqdur, o’lmas burun tavba qilg'il, Ko’b kishilar tavbasizin o’tmadimu?
O’lsa, vale nafsi o’lar, ruhi o’lmas, Sir so’zini nodonlarg'a oytsa bo’lmas. Sir so’zini nodon, johil qabul qilmas, Bo’lsa mahal oqil qabul qilmadimu?
Haqiqatliq er so’zini nodon bilmas, Qilu qoldin so’z so’zlasa, majoz emas. Yancha chobsang, qilich bo’lsa, toshqa o’tmas, Loyg'a chobsang, qilich anga o’tmadimu?
Bersa ilig, tutsa etak, so’zga yetor, Yuz ming aning halovati bekor o’tor. Pirni suygon dunyo molin toshlab ketor, Oxiratlig' dunyo toshlab ketmadimu?
Yetgoymukin tirikligim yozu kuzga, Kelgoy xazon yeli yanglig' ajal bizga. Jonimizni tanimizdin oyrur o’zga, Kim ul jonni oyrib tandin ketmadimu?
Tavba bilan tirikligin qilsa bu qul, Qilsa toat, etsa tavba doim bu qul, Nafsu havo bu shaytong'a bermasa yo’l, Tavba yo’lin yaxshi qullar tutmadimu?
Qul Xoja Ahmad, tavba qurin bog'lag'il san, Nafsu havo dushmanlarni quvlag'il san. San, Tangrini xos qulidek yig'lag'il san, Yig'lag'on qul Haq diydorin ko’rmadimu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:54 | Message # 53 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 40 -
Ayo do’stlar, umrum tongi otor bo’ldi, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu? Jonim tandin oyrilibon yotor bo’ldi, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Beshdin o’ng'a kirdim ersa yoshman dedim, Yigirmada taxt ustida sulton bo’ldum. O’ttuz yoshni olib qo’lg'a o’tru turdum, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Qirqqa kirib, qanot qoqib qoyrilmadim, Gunoh(lar)im to’ldi-toshdi, oyrilmadim. Isyon qilib o’lorimni man bilmadim, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Ellik yoshab yoshim maning bo’ldi tamom, G'animatdur, bilsang, ani har xosu om. Mo’min qulning quloqig'a budur kalom, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Oltmish uchdur payg'ambarning yoshin bilsang, Farzu sunnat buyrug'ini ado qilsang. Qazo yetsa, oxiratqa safar qilsang, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Qul Xoja Ahmad, qo’yg'il emdi dunyo fikrin, Jahd aylagil, tinmay oyg'il Haqni zikrin. Hozir bo’lub o’loringni emdi bilgin, Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:55 | Message # 54 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 41 -
Bildim emdi hazrating'a ko’b yozmishman, Qamug' do’st-la bu yo’l ichra (ko’b) ozmishman. Qulovuzsiz qorong'uga yo’l ozmishman, Ko’nglum tongi otib, ko’rub qo’bmayinmu?
Ko’ngul tongi otti ersa, qurdi bozor, Tafakkurni daryosig'a kirib so’zlor, Shavq sharobin ichsam deyub ko’nglum sezor, Sir sharobin quyo berdi, qo’ymayinmu?
Qamug' do’stlar, kechti, ko’rung, keldi sazo, Yurumishman telbalardek yo’ldin ozo. Sir sharobin ichtim ersa berdi mazo. Oxiratni asbobini qurmayinmu?
Oxiratni asbobini qurdi yoron, Haq rasulni sunnatini tutti yoron. Qani avval sizdin burun o’tgon karvon, Man alarni izin izlab, yetmayinmu?
Vo darig'o, kechti umrum g'aflat birlan, Savol so’rsa, javobi yo’q hujjat birlan. Bermagoysiz o’tru kelsa, mehnat birlan, Emdi muzlab, qordek erib, oqmayinmu?
Vo darig'o, kechti umrum, qoldi boqo, Yigitligim yeldek o’tti, suvdek oqo. Miskinlikni maqomida yirtib yaqo, Tutub tavba o’ti birlan kuymayinmu?
Qul Xoja Ahmad yetti ishqni bisotina, Inshaalloh, Haq yetkurgoy niyyatina. Ishondim man Haq kalomi oyatina, Bo’ldim rafiq, o’tgulardin o’tmayinmu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:55 | Message # 55 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 42 -
Haq rasuli o’lmas burun o’lung dedi, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu? "Mutu qabla an tamutu" bo’lung dedi, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Ayo do’stlar, diydor uchun ado bo’ldum, Bu dunyoda mehnat tortib gado bo’ldum, Fano bo’lub xonumondin judo bo’ldum, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Muhabbatning daryosida cho’mub botib, G'avvos kabi ul daryodin guhar topib, Jonim berib shavq sharobin to’yo ichib, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Avval-oxir xo’blar ketti, qoldim yalg'uz, Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi so’z, Dilim yo’qtur, tilim yo’qtur, quloq ham ko’z, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Anbiyolar o’lmay turub tirik o’ldi, Bu dunyoda jafo tortib nurg'a botti, Kofirlardin ko’b malomat, jafo tortti, O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?
Avliyolar bu olamda gado bo’ldi, Kechib ahlu iyolidin, sivo bo’ldi, Jondin kechib diydor uchun, fano bo’ldi, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
Muhabbatning bozorida savdo qilsam, "Faqru faxri" malomatin anda tortsam, Ikki olam savdosini ko’zdin solsam, O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?
Qul Xoja Ahmad..... "Mutu qabla an tamutu" o’qub erib, Haq Mustafo hadisini mahkam tutub, Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:55 | Message # 56 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 43 -
Dedi olim Qur’on o’shal Tangri so’zi, Qul ko’nglig'a soldi nazar Haq kunduzi. Ul maqomni har dam ko’rar ko’ngul ko’zi, Ko’zum ko’rdi, ko’nglim iqror qilmayinmu?
Pir kelgon so’ng o’n sakkiz ming olam muqirr, Yetti qat yer, yetti qat ko’k tasbeh o’qur. Zaif qulman, o’zum munglug', miskin, faqir, Bo’ldum oxir, dunyo orqa solmayinmu?
Zaif o’zum yonarqudek qudrat bila, Majoz o’zum qushdek uchar himmat bila. Kechti umrum, keldi, ko’rung, navbat bila, Do’stlarimg'a so’zum yodgor qo’ymayinmu?
Oytadurman Izim Alloh yodi birlan, Ichim-tashim nurga yorur yodi birlan. Ehson qildi Alloh kunduz fazli birlan, Tashim guhar xaridorga sotmayinmu?
Zaif o’zum Izim Haqni kalomina, Ko’z ochibon boqma dunyo haromina. Kekurdilar mayi ishqing o’tog'ina, Kirib anda hazor doston oytmayinmu?
Na berurlar oxiratda qurug' so’zga, Qilmish fe’ling uyrulmasun yordin o’zga. Uzoq safar kelib turur emdi bizga, Keyin qoldim ul karvong'a yetmayinmu?
Xulqliq qilib yig'lag'uncha kuysang kerak, Egri bo’lub yuruguncha o’lsang kerak. Qul Xoja Ahmad, tavba birla o’lsang kerak, Asal yanglig' ul dam zahrin totmayinmu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:56 | Message # 57 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 44 -
Subhon Izim xos ishqini qildi in’om, Oshiq bo’lub pok ishqida kuymayinmu? O’zdin o’zga talablarni qildi harom, Banda bo’lsam yalg'uz o’zin suymayinmu?
Qayu banda yalg'uz suysa podshoh qilay, O’n sakkiz ming olam ichra ifsho qilay, Xaloyiqlar toji, saroy insho qilay, Bu so’z eshitib onga jonim bermayinmu?
Haq taolo oshiqlarg'a berdi xil’at, Jon berorda yog'ib o’tti obi rahmat, Oshiqlarni har mo’yida ming xosiyat, Mehnat tortib xosiyatlar ko’rmayinmu?
Alloh aydi: "Rahmatimdin ishq yarattim", Oning uchun oshiqlarni ko’b yig'lattim, Dardu balo, mehnatlarga bel bog'lattim, Belim bog'lab ishq yo’lida o’lmayinmu?
Oshiqlarg'a va’da qildi diydorini, O’zi bilur diydor uchun bemorini, Tunlar qotib ko’b yig'lag'on bedorini, Bedor bo’lub Haqqa qulluq qilmayinmu?
Dunyo talab harislarni bandam demas, Ro’zi mahshar yo’ldin ozsa yo’lg'a solmas, Suvsab, chanqab dod aylasa, qo’lin olmas, Dunyo tebib oxiratni suymayinmu?
Xojam aydi: "Chin bandaga beroy ulush, Sharti uldur manga sori qilsa yurush, Nafsdin kechib shayton bilan qilsa urush... Nafsdin kechib riyozatda so’lmayinmu?
Rahmatimdin umid tutsang, sahar turg'il, Kecha yotmay, kunduz yig'lab Haqni tobqil, Ondin so’ngra arig' bo’lub nafsni tebgil... Nafsni tebib Haqqa qulluq qilmayinmu?
Sirot kechmay banda bo’lsang, qah-qah kulma, Jannat kirmay bu dunyoda xurram yurma, Diydor ko’rmay yig'lamaqni zinhor qo’yma", Munda yig'lab oxiratda kulmayinmu?
Essiz umrum Haqqa yonmay bejo ketti, Muhabbatning jomin ichmay vaqtim yetti, Kimga oytib, kimga yig'lay, boshim qotti, Nadomatda sochu soqol yulmayinmu?
Osiy, jofiy qulung ichra man gunahkor, Gunohimni afu aylasang, o’zung G'affor! Rahmat bilan aybim yobsang, oting Sattor, Umid tutub dargohinga kelmayinmu?
Haq taolo rahmat birlan manga boqti, Rahmat suyi ko’zlarimdin tinmay oqti, Oshiqlarg'a ishq chaqmoqin yoqib choqti, Ishqin o’qub xaloyiqg'a yoymayinmu?
Qulluq ichra odat qilay qilsang qabul, Yo’qluq ichra ado bo’lsam misli rasul, Bu olamda hech kim yo’qtur mandek malul, G'arib bo’lub ostonangda o’lmayinmu?
Lutfu karam ehson qildi, bilolmadim, Shokir bo’lub aning shukrin qilolmadim, Parvonadek ming tasadduq bo’lolmadim, Parvonadek kuyub axgar bo’lmayinmu?
Tun saharlar bedor qildi yig'lasun deb, Yoshin to’kub ishqqa belin bog'lasun deb, O’rtab-kuyub yurak bag'rin dog'lasun deb, Dog'in olib Haq qoshig'a bormayinmu?
Vahdoniyat daryosidin xabar berdi, Alloh o’zi Hodiy bo’lub yo’lg'a soldi, Do’zax ichra qolmasun deb qo’lum oldi, Jonu dilim ondog' Haqqa bermayinmu?
Alloh aydi: "Jonni berdim toat qilg'il, Yuz ming balo sanga solsam toqat qilg'il", Mani izlab yig'lamaqni odat qilg'il, Balosig'a sobir bo’lub yurmayinmu?
Haq taolo salom aydi kuygonlarga, Qonlar to’kub ikki ko’zin o’yg'onlarg'a, Jonni jong'a payvand qilib yurgonlarga, Xanjar olib ko’zlarimni o’ymayinmu?
Haq partavi kimga tushsa, dono qilur, Ko’ngli yorub botinlarin bino qilur. Ma’rifatni oytib o’zin go’yo qilur, Go’yo bo’lub Haq yo’llarin oymayinmu?
Salom aydi do’stlarig'a Haq mehribon, "Munda yig'lang, oxiratda qilay xandon". Haq yo’lida oshiqlarni joni qurbon, Bu so’z eshtib yuz ming jonim bermayinmu?
Man daftari soniy oydim dardga darmon, Biru borim bandam desa qolmas armon. Harna qilsa, O’zi qilur, Haqdin farmon, Farmonida hozir bo’lub yurmayinmu?!
Qul Xoja Ahmad, bu dunyoda beg'am o’tdung, Haqdin qo’rqmay tong otquncha ko’pub yotding. Dunyo tilab Haq zikrini toshlab otding, "Tubu ilayh" o’quy-o’quy o’lmayinmu?!
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 19-Iyul-2011, 11:56 | Message # 58 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 45 -
O’lum elchisi keldi, yarog'ing nega qilmassan? Soqol-soching oqorub, yarog'ing nega qilmassan?
Taningda qolmadi quvvat, vujuding borchasi zahmat, Alardin olmayin ibrat, yarog'ing nega qilmassan?
O’lumni elchisi keldi, sango emdi xabar berdi, Sango na bo’ldi, kelib yarog'ing nega qilmassan?
Qamug' yoronlaring ketti, ko’rsatti bo’yini tutti, Kelib yer qo’ynida yotti, yarog'ing nega qilmassan?
Bu dunyoni nega suydung, g'alat qilding, xato qilding, Qani uqbog'a na qilding, yarog'ing nega qilmassan?
Bu tandin joning olmoqqa, malak keldi oyirmoqqa, Sani qo’ymas dam urmoqqa, yarog'ing nega qilmassan?
Qul Xoja Ahmad, na ish qilding, o’zung asragu qilding, Bu dunyo jirkanib yig'ding, yarog'ing nega qilmassan?
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 16-Sen-2011, 14:49 | Message # 59 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 46 -
Shaki yo’qtur, qiyomat kun kelur, do’stlar, "La uqsimu bi yavmil-qiyamah" deb oytmadimu? O’zin boqiy, o’zgalarni foniy biling, "Kullu shay’in halikun" deb oytmadimu?
Jumla jonlar yer qo’ynig'a oxir kirgoy, Mangu, boqiy Ug'on Izim o’zi qolg'oy. Zamona oxir bo’lsa, ko’k yorilg'oy, "Izas-sama’un-shaqqat" deb oytmadimu?
Qiyomatning alomati bisyor kechgoy, Kalomulloh ma’no ketib, xati o’chgoy. Bulut kukrab, yer tebronib, tog'lar ko’chgoy, "Yavma tarjifur-rojifah" deb oytmadimu?
Alloh bilur kimga rohat, kimga azob, Ug'on Izim qozi bo’lub so’rg'oy hisob. Vo hasrato, banda nechuk bergoy javob, "Yavma yaqumul-hisab" deb oytmadimu?
Qul Xoja Ahmad oytur tun-kun, yo Rab, sani, Zor yig'lag'il ishqing bilan tuni-kuni. Topar banda yursa doim istab sani, "Fatlubni tajidni" deb oytmadimu?
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 16-Sen-2011, 14:50 | Message # 60 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| - 47 -
Dunyo suymak xatolarni boshi turur, Ul Mustafo bizni ogoh qilmadimu!? "Al-faqru faxri" teyu Tangri rasul(i), Ug'onidin darvishlikni olmadimu?..
Qo’ymadi Mustafodek necha yoron, Abu Bakr, Umar, Ali, bilgil, Usmon. Taxti birla uchor erdi ul Sulaymon, Bu o’lum changaliga olmadimu?
Umar erdi dini islom yo’lin ochg'on, Ali erdi kofirlarning bo’ynin chobqon. Sheron ilgi birlan (Xaybar) bobin ochqon, Ul ham ajal sharobidin totmadimu?
"Fatubu ilalloh"g'a bo’yunsung'il, Ma’siyatg'a boqmag'il, ko’zing yumg'il. Nasuhdek olam ichra oting qo’yg'il, Tilaklik qul tilagini olmadimu?
"Alastu birabbikum" demish vaqtda, Ahd qilib "qolu balo" dedim Haqqa. Agar sen tonar bo’lsang al-miysoqa, O’rnung saning jahannamda bo’lmadimu?
Ug'onim fosiqlarg'a urdi masal, "Ulaika kal an’om balhum azall". To’rt ayog'liq chorpolardek yurur alar, Telim erlar andin ibrat olmadimu?
Olam faxri Kabutarga masjid degon, Muhammadning hazratidin bol tilagon. Ushru zakot bergil desa xo’b ko’rmagon, Dunyo uchun dinin yelg'a sotmadimu?
Sig'mas Qorun mol(i) aning yobon yozi, Olam ichra mashhur turur aning so’zi. Dunyo molin yig'ib olsa to’ymas ko’zi, Bir ovuch tufroq birla to’ymadimu?
Er ul bo’lur o’lmas burun molin bersa, Qorun turur o’shal kishi g'ofil tursa. Yalg'uzgina shumlug'idin o’shal Iso, To’rtu(la)nchi ko’kda yalg'uz qolmadimu?
Qul Xoja Ahmad, bedor bo’lg'il toat qilib, Telim yozuq ishlaringdin ibrat olib. Ishonmag'il yigitlikka fasod qilib, Telim ochilib qoytib yana suymadimu?
|
|
| |