RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
HIKMATLAR HAZINASI
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:50 | Message # 61
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 48 -

Ayo do’stlar, ketmak uchun munda kelduk,
Kelib ketmak boisini bildingizmu?
Asli vatan uldur, munda musofirsan,
Savdo uchun kelib savdo qildingizmu?

Karvonboshi xabar berdi kulli jong'a,
Savdo qil deb buyurdilar har qayong'a,
Savdosini qildi ziyon ko’b nodong'a,
Sudu ziyon qilg'onini bildingizmu?

Oqil qullar savdosini qildilar taxt,
Savdosini qilg'on qullar bo’lur nekbaxt.
Bozorini qilib bog'lar yuklarin saxt
Tayyor bo’ldi, siz ham tayyor bo’ldungizmu?

Sardori karvonboshi qilsa xabar,
Savdo qilg'on, ozuq olg'on qilur safar,
Yuk tongug'lig' shodu xandon (yo’lg'a tushar),
Jahdu jadal qilib yukni tongdungizmu?

Ba’zi nodon kirdi bozor oldi do’kon,
Hamroh bo’ldi ul nodong'a anda shayton,
To qurug'lig' o’lturdilar shodu xandon,
O’shal do’kon dunyo erur, bildingizmu?

Savdo qiloy desa shayton qo’ymas, bilgil,
Oytur anga qo’yg'il bugun, tongla qilg'il.
Umrung uzoq, dam g'animat, ishrat qilg'il,
Oytur anga, ishrat qilib to’ydungizmu?

Bu so’z birla naqdi umrin qo’ldin bergoy,
Umrung bo’ldi bu do’kondin chiqqil degoy.
Vo darig' deb qo’lin tishlab afsus yegoy,
Savdo uchun emdi afsus yedingizmu?

Bu holatda amir karvon kelgoy yetib,
Yurugil deb asl vatan hukmin oytib.
Savdo qilmay muncha o’tdung netak yotib,
Ozuq olmay yo’lg'a kirib yeldingizmu?

Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay,
Umrung kuni bitmas, ajal kuni yetmay.
Nogahon(da) ajal kelib yaqong tutmay,
Ajal kelur vaqtin, do’stlar, bildingizmu?
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:50 | Message # 62
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 49 -

Ayo shayxo, toliblarga yo’lni ko’rguz,
Shariatning bayonini qilmasmusan?
Tariqatda qulovuzsiz yo’lg'a kirsa,
Haqiqatning yo’llarini oytmasmusan?

Shayxman teyu ulug' tutding o’zing doim,
Ko’nglung kibru manlik bilan, tiling soim.
Nafsing uchun uzun tunlar turub qoim,
O’qub Qur’on hech o’zungga kelmasmusan?

Shayxman teyu zolimlarga xizmat qilding,
Mulozamat pesha aylab izzat qilding.
Ne’mat bersa joning birla hurmat qilding,
Johil bo’lub zolim sifat bo’lmasmusan?

Ma’ni Qur’on tuz bilmading havo birlan,
Toat qilding xalq ichinda riyo birlan,
Zangor bosg'on ko’ngul yo’qtur ziyo birlan,
Ma’no o’qub riyo qurin solmasmusan?

Faqir bo’lub malomatni to’sha qilg'on,
Dunyo solur oxiratni pesha qilg'on.
Dil ayvonin xilvat qilib go’sha qilg'on,
Ondog' erning xizmatida bo’lmasmusan?

Qul Xoja Ahmad, kimga oyding ushbu so’zni,
Xo’b bilursan, hech bilmassan rohi tuzni.
Bilur qarib yo’l bilguchi qulovuzni,
Gardi poyin qaro yuzga surtmasmusan?
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Message # 63
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 50 -

Umrung o’tti, ayo g'ofil, zoe’ munda,
G'aflat ko’zin ochib bedor bo’lmasmusan?
Yotur yering tor lahaddur yalg'uz go’rda,
O’lmas burun fikrin munda qilmasmusan?

Ajab yo’ldur borur yering, xatar bisyor,
Qaroqchilar doim anda turur tayyor,
Himmat qilib bu dunyodin aylab guzor,
Oxiratning yarog'ini qilmasmusan?

Yurdung doim shodu xurram, surur birlan,
Mag'rur bo’ldung hoyu havas, g'urur birlan,
Yeding shubha-haromlarni makruh birlan,
Do’zax ichra jazosini tortmasmusan?

Mo’min degon bo’lur doim tafakkurda,
Fikr aylab zikrin oytur uzoq tunda,
Bo’lmas manlik bir zarrae vujudinda,
Ondog' erni etogini tutmasmusan?

Aro yo’lda paydo bo’lur ikki manzil,
Ondog' qulg'a qilg'il munda joning sabil,
Solg'oy sani yaxshi yo’lg'a yori qobil,
Xizmat qilib jannat mulkin olmasmusan?

Jon olg'oni bir kun kelur malakul-mavt.
O’lmas burun o’lum birla bo’lg'il ulfat,
Uzoq yo’lg'a ozuq olg'il - tort riyozat,
Izzat raxtin sotib, xorliq olmasmusan?

Oshiq bo’lsang, malomatdin qilg'il vatan,
G'am tig'idin zaxm aylasun mulki badan,
Ham ochilsun botiningda turluk chaman,
Jondin kechib diydorini ko’rmasmusan?

Rohat topar mehnat sori qadam qo’yg'on,
Zoe’ qo’ymas xizmat qilsang piri mug'on,
Xizmat qilmay da’vo qilsang bari yalg'on,
Qul Xoja Ahmad, pir oldida o’lmasmusan?
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Message # 64
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 51 -

Ayo do’stlar, bu yo’llardur qorong'uluq,
Shayton yo’lin o’zdin yiroq solmasmusan?
Band etibon shayton sani gumroh qilur,
Haq qoshida yuzi qaro bo’lmasmusan?

Tama’ qilma xojaman deb eshiklarda,
Aql yo’qtur ixlos qilg'on kishilarda.
Sharmu hayo ketti ulug'-kichiklarda,
Oxir zamon nishonasin bilmasmusan?

Shayxman teyu ma’rifatni qildi bayon,
Zohir-botin, avval-oxir qilsa ayon.
Shunqor yanglig' ruhi aning qilsa tayron,
Mundog' bo’lub murid yo’lg'a solmasmusan.

Tuni-kuni toat qildi Sayyid abror,
Yemay-ichmay yoshlig'ida yaxshi kirdor.
Ummat uchun qayg'u birla bo’ldi bedor,
Rasululloh tab’iyatin bilmasmusan.

Tong otquncha ikki ayoq tamom shishti,
Oto-ono, Ibrohimdin taqi kechti.
Tilab ummat qayg'u birlan aqli shoshti,
Ayo shayxo, ko’rub ibrat olmasmusan?

Qul Xoja Ahmad, bu yo’llarni oson bilma,
Haq rahmati bisyor yetib mag'rur bo’lma.
Xavfu rajo ichra turg'il, ko’ngul qo’yma,
Qahr ichinda lutfin anglab yurmasmusan.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:51 | Message # 65
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 52 -

Na muhabbat ermish,
man o’torimni bilmasman,
Shaydo qildi ishq mani,
qoyda borg'um bilmasman.

Kuyor bag'rim toshlari,
oqor ko’zum yoshlari,
Ayo Haqning do’stlari,
qoyda borg'um bilmasman.

O’t na bo’lur yolinsiz,
suv na bo’lur jilosiz,
Mani dardim davosiz,
izlab doru tobmasman.

Dardim bilar tabib yo’q,
holim so’ror rafiq yo’q,
Mandek munglug' g'arib yo’q,
mungu zorim oymasman.

O’tlarni suv o’chirur,
bu o’t suvni kuydurur,
O’tlar o’ti bu erur,
yalg'on teyu oymasman.

Kim kish kiyar, kim chopon,
kim podshohdur, kim cho’pon,
Kim tuz yurur, kim yamon,
muni aslo bilmasman.

Qul Xoja Ahmad, haqirman,
yozuqumni o’qurman,
Do’stum guhar, faqirman,
faqirliqdin tonmasman.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Message # 66
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 53 -

Yo ilohim, ishqing solib oshiq etgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
Oshiq bo’lsang, ayo tolib, mehnat tortgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mehnat tortgon oshiqlardin Xudo rozi,
Oshiqlarni Arshga yetgoy, bil, ovozi.
Ul oshiqdin Alloh o’zi bo’ldi rozi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Ayo tolib, oshiq bo’lsang, bo’zlab yurgil,
Dargohiga yetgung oxir izlab yurgil.
San sirringni nodonlardin asrab yurgil,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Oshiqlarni ko’zlaridin qoni oqar,
Ko’zni qonin ko’rub anda ma’shuq boqar.
Ma’shuq o’zi oshiqlarg'a o’tlar yoqar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Alloh suygon oshiqlari ingrab yurar,
Oriflarni suhbatig'a o’zin urar.
Mehnat tobsa oshiqlari javlon qilar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Oshiqlarni ma’shuq o’zi chorlag'usi,
Qoydasan deb, qoydasan deb ingrang'usi.
Alloh dardin tortib oshiq bo’zlag'usi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Alloh suygon oshiq tongla Buroq minar,
Buroq minib mahshargohda javlon qilar.
Huru qusur ko’zlamaslar, diydor tilar,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mahshargohda oshiqlarni bo’ynida g'ul,
G'ul toqilg'on oshiq ishi Haqqa maqbul.
Ul oshiqqa Alloh o’zi ko’rsatur yo’l,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Maloyiklar zanjir toqib olib yurgoy,
Ul oshiqni ahvolini Alloh so’rgoy.
Allohimga oshiqligi maqbul bo’lgoy,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Mehnat tortgon oshiqlarni Alloh suydi,
"Kel beri" deb ul oshiqqa sharob berdi.
Sharob ichgon oshiqlarni Alloh suydi,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.

Qul Xoja Ahmad, oshiqlarga o’zungni qot,
Kecha-kunduz mehnat qilib alamlar tort.
Oriflarni bozorida o’zungni sot,
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Message # 67
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 54 -

Oshiqlarga Tangrim o’zi qilg'oy rahmat,
Qabr ichra partav solib qilg'oy shafqat.
Jannat kirib, diydor ko’rub, ayshu rohat,
Lutfu karam ato qilib yurur bo’lg'oy.

Oshiqlari qoyda borsa xilvat istar,
Erga hojat ermas yaxshi bolin bistar.
Haqni topmay yig'lab yurub bo’lub muztar,
Ishq bog'ida navo qilib yurur bo’lg'oy.

Oshiq kuyor, jondin to’yor, Haqni sevor,
Alloh uchun dunyo, uqbo taloq qo’yor.
Bag'rin teshib, boshdin ayoq qong'a bo’yor,
Oshiq o’zi yakto bo’lub yurur bo’lg'oy.

Ey yoronlar, ishq elini somoni yo’q,
Davo so’rmang, ishq dardini darmoni yo’q.
Bu yo’llarda oshiq o’lsa, tovoni yo’q,
Jonin tandin judo qilib yurur bo’lg'oy.

Joni judo o’tda kuygoy tani o’zga,
Kimni ko’rsa, izin olib surtor ko’zga.
Hikmat o’qub, tolib bo’lub, yetsa so’zga,
Aqlu hushin dono qilib yurur bo’lg'oy.

Bulhavasni tani kuysa, joni kuymas,
Ani uchun ishq qadrig'a yetib bo’lmas.
Yaxshilarni suhbatidin bahra olmas,
Rizqi duo riyo qilib yurur bo’lg'oy.

Bu olamdin sivo qilg'on Alloh o’zi,
Ey ummatlar, Haq Mustafo oyg'on so’zi.
Ro’zi mahshar ravshan bo’lg'oy xalqg'a yuzi,
Dillarini safo qilib yurur bo’lg'oy.

Chin oshiqlar tirik o’lg'on joni bejo,
Parvoz qilib uchay desa saxlar Xudo.
Ichmish-emish, talablari dardu balo,
Ishqin boshqa balo qilib yurur bo’lg'oy.

Qul Xoja Ahmad, darvish bo’lsang, bedor bo’lgil,
Javru jafo, dardu mehnat, g'am istagil.
Yuz ming balo boshg'a tushsa, ingronmagil,
Alloh o’zi jafo qilib yurur bo’lg'oy.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:52 | Message # 68
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 55 -

Haqni tobgon devonalar behush so’zlar,
Dardu holat paydo qilib yurur bo’lg'oy.
Maqomlari baland maqom, Arshni ko’zlar,
Xalqqa o’zin rasvo qilib yurur bo’lg'oy.

Eldin qochib tog'u cho’lni qilg'oy vatan,
Cho’llar aro hamrohlari zog'u zag'an.
Ketor bo’lsa churuk egni anga kafan,
Tuyur vahshiy hamroh qilib yurur bo’lg'oy.

Mundog' bo’lmay jon ma’shuqin tanib bo’lmas,
Bu yo’llarni uqbasi ko’b, oshib bo’lmas.
Jondin kechmay vahdat maydin totib bo’lmas,
May no’sh etib, samo’ qilib yurur bo’lg'oy.

Jononani tobgon kishi o’zi bilmas,
Omi xalqi tolib bo’lsa, qochib kelmas.
Yuz ming nosih bo’lsa, andin pandin olmas,
Elga o’zin gumroh qilib yurur bo’lg'oy.

Yuz ming oshiq kuysa-yonsa bo’lur xurram,
Haq yodini har kim oytsa bo’lur hamdam.
Ro’zi mahshar diydorig'a bo’lur mahram,
Joni imon fido qilib yurur bo’lg'oy.

Alloh uchun jonin bergon zoe’ qolmas,
Ikki olam anga bo’ston hargiz bo’lmas.
Chin oshiqni sirri nihon xalq bilolmas,
Ko’z yoshini guvoh qilib borur bo’lg'oy.

Oshiq o’lmas, qurbi so’lmas, ishqi javon,
Xalq ichida og'zi xandon kuyar pinhon.
Cho’llar kezib bo’zlab yurur Haq lomakon,
Haq ishqini sano qilib yurur bo’lg'oy.

Ishq bog'ini kezgon oshiq o’zin bilmas,
Kecha-kunduz mastu hayron o’zga kelmas.
Go’sha istar xaloyiqqa ulfat bo’lmas,
Haq vaslini fano qilib yurur bo’lg'oy.

Chin dardliklar dardsizlarni ko’zga ilmas,
Zohid, obid, soliklarni tilga olmas.
Qayda ko’rsa ishqsizlarni nazar qilmas,

Chin dardlikka davo qilib yurur bo’lg'oy.
Oshiqlarni bilgonlarin xalq bilolmas,
Huru g'ilmon jumla malak xayl kelolmas.
"Saqohum rabbuhum"ni orzu qilmas,

Diydorig'a vafo qilib yurur bo’lg'oy.
Huru qusur an-tahurdin olib kelgoy,
Rizvon malak qadah sunub, ta’zim qilg'oy.
Oshiqlari ko’zin yumub behush bo’lg'oy,

"Voshuqo!", deb qir ichinda yurur bo’lg'oy.
Haq tomosha qilib, anga rahmat qilg'oy,
Nur ichinda partav solib, shafqat qilg'oy.
Yetmish fariq maloikni ulfat qilg'oy,
Lutfi karam ato qilib yurur bo’lg'oy.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Message # 69
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 56 -

Odam o’g'li o’lgusi,
er ostig'a kirgusi,
Kim yaxshidur kim yamon,
anda ma’lum bo’lg'usi.

Munda o’zin bilgonlar,
Haqqa qulluq qilg'onlar,
Haq yo’lig'a kirgonlar,
yorug' yuzluq bo’lg'usi.

Manman, qulman degonlar,
er yuziga kelgonlar,
Harom-harish yegonlar
bir-bir javob berg'usi.

Munda o’zin bilmagon,
nasihatni olmagon,
Besh vaqt namoz qilmag'on,
anda rasvo bo’lg'usi.

Agar oqil bo’lsangiz,
nasihatni olsangiz,
Besh vaqt namoz qilsangiz,
anda foyda bo’lg'usi.

Qullug' qilg'il qulig'a,
kirgil Haqni yo’lig'a,
Yorliqog'on qulig'a,
hurlar qorshu kelgusi.

Haqdin farmon bo’lg'onda,
Azroil jon olg'onda,
So’rug'-savol qilg'onda,
anda hayron qolg'usi.

Hayron bo’lmas ul kishi,
oqsa ko’zini yoshi,
Haq bilan bo’lsa ishi,
javob oson bo’lg'usi.

Toat qilg'il qishu yoz,
Qul Xoja Ahmad, bo’l gudoz,
Yuzi qaro benamoz,
anda rasvo bo’lg'usi.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Message # 70
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 57 -

Shariatning sharoitin tark etmayin,
Tariqatning ishlarini ado qilsun.
Tariqatda parhez qilib taqvo qilg'on,
Ko’rub, bilib, halolidin judo qilsun.

Haqiqatning daryosidin guhar olg'on,
Ma’rifatning maydonida javlon qilg'on.
Kuyub-pishib ich bag'rini o’tqa solg'on,
Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun.

Qiyomatning shiddatidin motam qursang,
Nav tolibdek halqa ichra o’zung ursang.
Qiyomatning shiddatidin na’ra tortsang,
Mahshargohda ko’z yoshini guvoh qilsun.

Ushbu yo’lg'a kirgon oshiq jondin kechor,
Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichor.
Rihlat qilsa churuk egnin kafan bichor,
Faryod urub eshiklarda sado qilsun.

Qiyomatning shiddatini bilmagonlar,
G'arib, faqir ko’rsa ko’zga ilmagonlar.
Amri ma’ruf, nahy munkar qilmag'onlar,
Xos bo’zurglar sani na deb duo qilsun?!

Haq zikrini oyg'onlarni dushman tutqon,
Manlik qilib yaxshilarni bosib o’tgon.
Halol-harom farqin qilmay olib yutqon,
Ul fosiqni dilin na deb safo qilsun.

Takabburu manlik bilan havo qilg'on,
Xalq ichinda harna qilsa riyo qilg'on.
Kecha-kunduz dunyo uchun savdo qilg'on,
Ul bandani oxiratda gado qilsun.

Xalq ichinda tasbeh qo’lg'a olib yurgon,
Shayxmen teyu nodonlarg'a va’zin oyg'on.
Nazrin olib kelgoymu deb qarab turg'on,
Pir ul turur zohir, botin safo qilsun.

Kecha-kunduz Haqdin qo’rqub turg'on kishi,
O’zin bilur o’zga bilan yo’qtur ishi.
Ondin so’ngra nurg'a to’lur ichu tashi,
Haqdin qo’rqub ko’zda yoshin ravon qilsun.

Qulman teyu Haq amrini qilmag'onlar,
Nasihatni quloqig'a olmag'onlar.
Sudu ziyon bo’lg'onini bilmagonlar,
Ul fosiqlar Haqqa na deb vafo qilsun.

Hikmat eshtib, yig'lamag'on odam emas,
Ko’ngli qattig', ko’zi aning namlig' emas.
Beshak biling, dini aning mahkam emas,
Qon yig'lag'il, ko’zing yoshi davo qilsun.

Ayo g'ofil, nodon bilan ulfat bo’lma,
Nodonlarni suhbatig'a o’zung urma.
Haq qahridin qo’rqub yig'la hargiz kulma,
Qul Xoja Ahmad oshiqlardek navo qilsun.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Message # 71
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 58 -

Haq taolo tavfiq bersa himmat qilib,
Saharlarda tinmay yodin oyg'um kelur.
Junbush qilib a’zolarim dard aylasa,
Tavba qilib hazratig'a yong'um kelur.

Tolib bo’lub, ixlos qilib yo’lg'a kirsam,
Bedor bo’lub, Haq diydorin to’yo ko’rsam,
Parvonadek sham’in ko’rub o’zum ursam,
Yo’q ersa tiriklikni otqum kelur.

Oshiqlarni davosidur Haqni yodi,
Zokirlarni murodidur Haq diydori,
Kecha-kunduz yig'lab qilur Haqqa dodi,
Chin dardlikdin dardu mehnat tortqum kelur.

Tariqatga kirgon oshiq Haqni izlar,
Na so’zlasa hol ilmini so’zin so’zlar,
Saharlarda yodin oytib Arshni ko’zlar,
Boyaziddek bir kun o’zum sotqum kelur.

Haqiqatni daryosig'a cho’mg'on oshiq,
Ul daryodin guhar olib chiqqon oshiq,
Guhar olg'on dargohig'a bo’lur loyiq,
Loyiq bo’lub guhar olib chiqqum kelur.

Fano bo’lub bu dunyodin yig'lab o’tsam,
Haq sharobin ichorman deb tashna ketsam,
Shibliy yanglig' oshiq bo’lub, samo’ qilsam,
Mundog' bo’lub shavq sharobin ichgum kelur.

Qul Xoja Ahmad, oshiqlardek jondin kechgil,
Jondin kechib shavq sharobin to’yo ichgil,
Toliblarga hikmat oytib, durlar sochqil,
Piri mug'on etogini tutqum kelur.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:53 | Message # 72
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 59 -

Ayo do’stlar, tavakkulni qilichini,
Belga bog'lab yo’lg'a qadam qo’yg'um kelur.
"La taqnatu" rahmatidin umid tutub,
Mavaddatning gulzorinda yelgum kelur.

Oshiqlari javlon qilor ul maydonda,
Ilon qamchi qilib minor ul arslong'a,
Sir so’zini oytib bo’lmas har nodong'a,
Sir so’zini donolarg'a oyg'um kelur.

Orif bo’lub oshiq bo’lsa dono ketor,
Ondog' oshiq diydor uchun jonin beror.
Ondog' qulg'a tongmi otor, kunmi botor,
Tuni-kuni tinmay zori qilg'um kelur.

Nishonasi uldur, ani rangi sorig',
Ondog' kishi bu dunyodin bo’lur forig'.
Mosivodin yig'ib, o’zni ko’ngli yorig',
Ma’rifatlar anga raxtin sotqum kelur.

Ayo do’stlar, tariqatda bozor ko’rdum,
Raxtim tobib ul bozorda do’kon qurdum.
G'ofil ko’nglum, o’zum anda bedor bo’ldum,
Ro’zi bersa, tun-kun savdo qilg'um kelur.

Oshiqlari O’zi birla bozor qilur,
Johil qullar mo’min ko’nglin ozor qilur.
G'ofillardin Xudo, rasul bezor bo’lur,
Hozir bo’lub, Haq zikrini oyg'um kelur.

Sidq birlan g'ofil hargiz tavba qilmas,
Essiz umrin g'ofil kechrur hargiz to’ymas.
Foniy umrung ming ishonsang boqiy bo’lmas,
Tavba teyu tavba to’nin kiygum kelur.

Qul Xoja Ahmad, kechti umrung, g'ofil bo’lma,
Nafsing so’zin qilibon botil yurma.
Jahd etibon tun-kun zinhor johil yurma,
Hozir bo’lub, Haqqa qulluq qilg'um kelur.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Message # 73
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 60 -

"Yo Ahmadu, abdi" degon Subhon Izim,
Bordur ani sharbatlari sonsiz telim.
Oshiq qullar ichsun dedi ani Mavlim,
Oshiq bo’lub ul sharbatdin ichgum kelur.

Kecha-kunduz ushbu jondin oshiq bo’lmas,
Oshiqlarni ko’zda yoshi hargiz tinmas.
Jon ayasa yaxshi yo’lg'a kirsa bo’lmas,
Jondin kechib jononag'a borg'um kelur.

Himmat qurin mardonlardek belga bog'lab,
Mansur sifat jondin kechib dorda o’ynab.
Oshiqlar(dek) suhbat ichra qonlar yig'lab,
Subhon Izim dargohiga borg'um kelur.

Qoldin kechmay hol tilini bilsa bo’lmas,
Muhabbatni sharobidin ichsa bo’lmas.
Ma’rifatni bozoriga kirsa bo’lmas,
Qoldin kechib bo’ston ichra kirgum kelur.

Oshiq bo’lmay vafo nayni cholsa bo’lmas,
Hozir bo’lmay Haq zikrini oytsa bo’lmas.
Changu rubob sozlarini tuzsa bo’lmas,
Sozin tuzub hamdu sano oygum kelur.

Sadaf yanglig' ishq o’rnida guharlaring,
Mo’min qulga yaqin turur rahmatlaring,
Oshiq qulga rohat turur zahmatlaring,
Mehnat tortib, Xojam, sanga borgum kelur.

Oshiqlari har go’shada g'avg'o qilur,
Qatra-qatra ko’z yoshini daryo qilur,
Ul daryoda ishq guhari sonsiz turur,
G'avvos bo’lub ul guhardin olgum kelur.

Qul Xoja Ahmad, uzun tunlar uyg'oq bo’lgil,
Johillardin doim yiroq qocho ko’rgil,
Ko’z yoshingni sorig' yuzga socho ko’rgil,
Yoshim sochib hamdu sano oyg'um kelur.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Message # 74
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 61 -

Haq taolo habibi, yo Mustafo Muhammad,
Dardliklarni tabibi, yo Mustafo Muhammad.
Izhor qildi Odamg'a, Odamdin to Xotamg'a,
Nuri to’ldi olamg'a, yo Mustafo Muhammad.

Mahbubi pok sirdon, matlubi shohi mardon,
Maxdumi kulli inson, yo Mustafo Muhammad.
Me’roj yo’lig'a oshqon,..... dek ulashqon,
Ummat uchun talashqon, yo Mustafo Muhammad.

Yetim qoldi otodin ham mehribon onodin,
Taqdir bo’ldi Xudodin, yo Mustafo Muhammad.
Yetim boshin siladi, teva bo’ldi Muhammad,
Jonni jong'a uladi, yo Mustafo Muhammad.

Yetti yoshar yosh o’g'lon, dur qadrini bildi,
Olti yong'oqqa sotti, yo Mustafo Muhammad.
Teva bo’ldi "af" dedi, ummatini tiladi,
Jabroil yetib keldi, yo Mustafo Muhammad.

Bu dunyoni suymadi, farcha nong'a to’ymadi,
Haq qullug'in qo’ymadi, yo Mustafo Muhammad.
Tilamadi otosin ham mehribon onosin,
Qildi ummat duosin, yo Mustafo Muhammad.

Tangri(si)g'a talabgor, kecha-kunduz yig'lar zor,
Bo’ldi ummatga muxtor, yo Mustafo Muhammad.
Muhit daryoga tushti, Arshi a’lo(ni) oshti,
Mavlosiga rozlashti, yo Mustafo Muhammad.

Shariatni so’zladi, tariqatni izladi,
Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad.
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat.
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.

Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini,
Izlab ani yo’lini, yo Mustafo Muhammad.
Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot,
Rasululloh bo’lg'oy shod, yo Mustafo Muhammad.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:54 | Message # 75
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 62 -

Ayo do’stlar, yurak bag'rim bo’ldi kabob,
Ishqsiz odam ishq qadrini bilgon bormu?
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida,
Bevosita Haq diydorin ko’rgon bormu?

Toshqin turgon daryolardek qaynab yurgon,
Dunyo molin ko’rub, anga mag'rur bo’lg'on.
Hoyu havas, moumanlik da’vo qilg'on,
Qorun yanglig' dunyo molin ko’rgon bormu?

Ishq shiddati boshqa tushsa oshiq bilar,
Begonalar toshlar otib anga kular.
Devona deb boshin yorib qong'a bo’yar,
Mansur yanglig' ishq dorig'a mingon bormu?

Oshiq Mansur "Analhaq" deb yoshi oqti,
Chiltan birla hamroh bo’lub qabug' qoqti.
Yurak bag'ri kabob bo’lub erib oqti.
G'or ichinda chiltanlarni ko’rgon bormu?

Shayx Shibliy samo’ qilib doim yurdi,
Taxtu baxtin tashlab Adham do’kon qurdi,
Parvonadek sham’in ko’rub o’zin urdi,
Parvonadek axgar bo’lub kuygon bormu?

Layli teyu sahrolarda Majnun o’tti,
Laylini ko’rgan zamon hushi ketti.
Hayron bo’lub, sarson bo’lub, boshi qotti,
O’tgon oshiq eranlarni ko’rgon bormu?

Shirinni deb tog'lar qazib oshiq Farhod,
Shirinni ko’rgon zamon qildi faryod.
Aqlu hushin taroj qilib berdi barbod,
Oshiq bo’lub o’lmay turub o’lgon bormu?

Zunnun Misriy o’z shahridin chiqib ketti,
Shayx Boyazid yetmish yo’li o’zin sotti.
O’zin bilmay vola bo’lub boshi qotti,
Ondog' erlar da’vosini qilg'on bormu?

Ibrohim o’z o’g'lini qurbon qildi,
Ismoil diydor teyu jonin berdi.
Ko’zin ochib Haq jamolin hozir ko’rdi,
Ismoildek Haq jamolin ko’rgon bormu?

Ko’b oshiqlar bu dunyodin o’tub ketti,
Go’ruston manzilig'a borib yetti.
Ahlu iyol, xonumonin toshlab otti,
Ibrat olib qizil yuzi so’lg'on bormu?

Qul Xoja Ahmad, dardsiz o’tti umrung, angla!
Xizmat qilib, eranlarni so’zin tingla.
Nadomatda yoshing to’kub, tinmay yig'la,
Munda yig'lab oxiratda kulgon bormu?
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:55 | Message # 76
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 63 -

Bu g'aribliq dushvor ermish, ayo do’stlar,
Hech kim kelib, g'arib holin so’rg'on bormu?
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida,
Ichi kuyub, hasrat birla to’lg'on bormu?

G'urbat ichra kechor ermish g'arib holi,
Hech qolmadi ko’ngul ichra qilu qoli.
Har bir kunda o’lor ermish yuz ming yo’li,
Namozu shom, g'arib holin so’rg'on bormu?

G'ariblig'da yurdum man ayshi noxushg'a,
Dushvor ermish takya, yostuq anda boshg'a.
Munglug' bo’lub oto-ono qorindoshg'a,
Rahim qilib, g'arib holin so’rgon bormu?

Qorindoshlar hasratinda bo’ldum xarob,
Yurak-bag'rim kuyub-yonib bo’ldum kabob.
G'ariblarg'a rahm aylasang, ko’btur savob,
Ayo do’stlar, bu dardimg'a davo bormu?

Davom o’rtor ko’ring, mani g'urbat o’ti,
G'ariblig'da topmadim man halovati.
"Man mota g'ariban" deb hadis oytti,
"Faqod mota shahidan" deb o’lg'on bormu?

G'ariblig'da yururdum man g'urbat tortib,
Malomatlar birla xalqdin so’z eshtib.
Tengi to’shum ko’ngul yorutub majol tortib,
Diydor uchun jonin fido qilg'on bormu?

Diydor uchun jonin fido qildi ersa,
Tuni-kuni Haq zikrini aydi ersa,
Qul Xoja Ahmad, bu g'urbatga tushti ersa,
Eshiting, do’stlar, o’lmaslikka imkon bormu?
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:55 | Message # 77
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 64 -

Oshiqlarning so’rog'i, sodiqlarning yarog'i,
Anbiyolar charog'i, xoksor bo’lg'on Muhammad.
O’zin solib mehnatga, turluk-turluk zahmatga,
Osiy, jofiy ummatga, kavsar bo’lg'on Muhammad.

Otodin yetim qolib, o’zini g'amga solib,
Xadicha molin olib, chokar bo’lg'on Muhammad.
Rozi bo’lgon qazoga, rozin oytgon Xudoga,
Ko’kdin kelgon baloga, sobir bo’lg'on Muhammad.

Himmat qurini bog'lab, yurak bag'rini dog'lab,
Sahar vaqtida yig'lab, bedor bo’lg'on Muhammad.
Haqni qullug'in qilib, Haq amrini xalqqa oytib,
Kofir, juhudni qo’rqutub, ajdar bo’lg'on Muhammad.

Anbiyolar xotami, sir-asrori mahrami,
Miskinlarni hamdami, yodgor bo’lg'on Muhammad.
Kunduz ro’zayu namoz, kechasi ajzu niyoz,
Tilab ummatni qish-yoz, muztar bo’lg'on Muhammad.

Shomu sahar yig'lar zor, ummat uchun dilafkor,
Xalqi olamg'a yodgor, yaksar bo’lg'on Muhammad.
Miskinlarg'a yor bo’lg'on, (ummat) tilab zor bo’lg'on,
Bolsizlarg'a (bol) bo’lg'on, shahpar bo’lg'on Muhammad.

Munglug' bo’lg'on muztarga, hozir bo’lg'on gumrohga,
Yetim bo’lg'on g'aribga, sarvar bo’lg'on Muhammad.
Qul Xoja Ahmad miskindur, miskinlardin ma’no so’r,
Miskinliq koni huzur, basar bo’lg'on Muhammad.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:55 | Message # 78
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 65 -

Tong otquncha g'aflatdaman hayron qolg'on,
Yo Mustafo! Ilgim oling yo’lda qoldim.
Vo hasrato ichu tashim isyon to’lg'on,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummat bo’lub ummat ishin qilolmadim,
Bedor bo’lub Haq yo’lig'a kirolmadim.
Yalg'on ummat xizmatida bo’lolmadim,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Saharlarda jonim qiynab, qon yig'lamay,
Alloh oytub, qonlar yutub, zor ingramay.
Yelib-yugurub, eranlardin sir anglamay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Yo Muhammad, yomon qulni mahrum qo’ymang,
Osiy, jofiy ummatlarni yo’lda qo’ymang.
Ro’zi mahshar osiylardin yuz o’girmang,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Banda bo’lsam, yalg'uz Haqni suymasmudim?
Ummat bo’lsam, yo’lg'a qadam qo’ymasmudim?
Qonlar to’kub, ko’zlarimni o’ymasmudim?
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummat debon hech uxlamay o’tti rasul,
Osiy, jofiy ummat uchun bo’ldi malul.
Haq taolo qilg'oymu deb bizni qabul,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Qiyomatda termulturg'oy ummat degil,
Mag'zi sirrim qoynag'onda qo’lum olgil.
Ojiz qulung yo’l odoshsa, yo’lg'a solgil,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim

Gunohimg'a tog'u toshlar toqat qilmas,
Tarso, juhud, kofir mandek gunoh qilmas.
Haq qoshinda sharmandaman hech kim bilmas,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ro’za, namoz qazo qilib, Haqni bilmay,
Yaxshilarni xoki poyi bo’lub yurmay.
Eranlarni duosini munda olmay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Yo Muhammad, gunohimdin sharmandaman,
Yo Muhammad, ilgim oling, darmondaman.
Yaxshi toat qilolmadim, armondaman,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Bu dunyoda qilmishlarim fisqu fujur,
Ummat debon lutf etmasa sadru sudur.
Ul sababdin borsam sori ahli qubur,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummatman deb lof urorman qoni amal?
Alloh uchun man qilmadim hargiz jadal.
Otim ummat, qilg'on ishim jumla zarar,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Qul Xoja Ahmad, amalim yo’q qayon boray?
Piri mug'on xizmatida ko’ksum yoray.
Taqsir oytib kecha-kunduz hozir turay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:56 | Message # 79
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 66 -

Ayo do’stlar, tun-kun tinmay zikrin oyting,
Zikrin oytib qullug'inda bo’lmoq kerak.
Qulluq qilib takbir oytib suhbat qursa,
Harna bori bo’lsa Haqdin ko’rmak kerak.

Ishqqa qadam qo’yg'onlari murod tobti,
Kimni ko’rsa sirrin ko’rub aybin yobti.
G'arib bo’lub yaxshilarni izin o’bti,
Shomu sahar xizmatida turmoq kerak.

Muhabbatni sharobini ondin ichib,
Manmanlikni qilg'onlardin yiroq qochib.
Har kim kirsa ushbu yo’lg'a jondin kechib,
Xoki poyin ko’zlariga surmoq kerak.

Yo’lg'a kirgon eranlardin yo’lni so’rmay,
Harna kelsa rozi bo’lub Haqdin ko’rmay.
Ijozatsiz yo’lg'a qadam qo’yub yurgay,
Ishq do’konin yozib anda qurmoq kerak.

Ushbu yo’lg'a kirgon tolib bo’ldi oqil,
G'aflat birla kuyub-yonib bo’lmas oqil.
Umrin zoe’ kechurgonlar bo’ldi johil,
Ishq lashkarin tutub mudom qarmoq kerak.

Sahrolarda chorzarb urub zikrin boshla,
Hoyu havas, moumanlik yiroq tashla.
Kecha-kunduz takbir oytib tinmay ishla,
Zikrin oytib sidqi birla turmoq kerak.

Bahr ichinda odam nafsi javlon qilur,
Ochlig'idin..... tursa afg'on qilur.
Dunyo tilab din ishini vayron qilur,
Yilon yanglig' halqumidin qirqmoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, nafsdin ulug' balo bo’lmas,
Yeru ko’kda to’’ma bersang hargiz to’ymas.
Tufroq bo’lub yo’lda yotsang, kofir o’lmas,
Piri mug'on xizmatida turmoq kerak.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:56 | Message # 80
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 67 -

Orif uldur, Haq amrini pos aylasa,
Mosivodin nafsin yig'ib xos aylasa.
Shariat hama besh hurufdur rost aylasa,
Ondin so’ngra tariqatga kirmoq kerak.

Tariqat hama besh hurufdur, agar bilsang,
Ta’ayyun bilib, sharoitin ado qilsang.
Besh ko’chasin sayron qilib, yeldek o’tsang,
Ondin so’ngra haqiqatga kirmoq kerak.

Ul ham besh harf yaxshi bilsa Haqqa yetar,
Moumanlik zamiridin beshak ketar.
Bilsa qilsa, ibodatga yo’qtur xatar,
Ma’rifatning maydoniga kirmoq kerak.

Ul besh huruf maydonida javlon qilur,
Zohir botin betavaqquf nolon qilur.
Yetti a’zo ko’zlarini katon qilur,
Murshid bo’lub, irodatga kirmoq kerak.

To’rt maydonni bo’stonida na ishlar bor,
Oytsang, ado bo’lmas anda demishlar bor.
Har damida yuz ming shayx(din) yemishlar bor,
Mundog' in’om lazzatini bilmoq kerak.

Bu yo’llarni tay qilmayin murshid bo’lsa,
Fosiq, johil murid bo’lub, qo’lin olsa.
Mundog' af’ol tongla anda mardud bo’lsa,
Mahshargohni xalqi tamom kulmoq kerak.

Besh kun o’tar dunyo uchun qo’lin olsa,
Ko’rub-bilib nafsi uchun o’tqa solsa,
Yo’l tobmag'on nazrin olib qo’lin olsa.
Vo hasrato, nadomatlar demoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, bu hikmatni nechuk ayding,
Bir harfini bilmay o’zung xalqqa yoyding.
Rost yo’llardin botil yo’lg'a erta yonding,
Xavf-xatar ichra nechuk etmoq kerak.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:56 | Message # 81
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 68 -

Oshiqlar maydonida ilmi hikmat bilinur,
Eranlarni domig'a shunqor, lochin ilinur,
Ming nafasni bir nafas, qilsa himmat qilsa shavq,
Sir eshigi ochilib, jumla arvoh ko’runur.

Sahar bo’lsa yo’l olar, sir ichinda sir ko’rub,
Ondog' suhbat qilg'onlar, beixtiyor bilinur,
Qutb ul-aqtob darvishlar, xos suhbatga kelurlar,
Alar bo’lg'on suhbatda shavq bisyor bo’lunur.

Suhbat baror tobqoylar ul darvishlar kelgonda,
Kimga nazar solsalar, qulfi dili ochilur,
Halqa ichra Haq yodin, oytib tildin qo’ymaslar,
Tug'yon qilib ruhlari lomakong'a ulanur.

Ul suhbatda eranlar halqa (ichra) o’lturur,
Kimga nazar qilsalar, qulfi dili ochilur,
Harchand alar o’lukdur, zohir ko’zga ko’rinmas,
G'oyibdurlar va lekin botin ko’zga ko’runur.

Sen saqlasang odobni, eranlarni oldida,
Bilgil, alar qoshida sonsiz ma’no bilinur,
Darvishlarga ixlos qil, bergil alarg'a qo’lung,
Har kim kirsa bu yo’lg'a, tahqiq domg'a ilinur.

Ishq domig'a tushmag'on, sir ma’nosin bilmagon,
Dunyo mehrin qo’ymag'on, tongla rasvo bo’lunur.
Qul Xoja Ahmad Yassaviy, tinmay emdi yig'lag'il,
Ko’z yoshingni oquzsang, tongla borsang, bilinur.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:57 | Message # 82
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 69 -

Malul bo’ldi bu ko’ngullar, ayo do’stlar,
Tinglasangiz rozin sizga ochorbizo.
Vafosi yo’q yalg'onchidur ushbu dunyo,
Ko’ngul kezib boqiy so’zni ochorbizo.

Ug'on Izim ushbu jong'a qildi farmon,
Bo’yunsunmay taqdirga, anga nadur darmon,
Oqshom tushub sahar bo’lsa ko’chor karvon,
Ul karvonni so’ngin olub ko’chorbizo.

Bizdin burun barcha karvon ko’chub turur,
Boqib tursak bizga navbat yetib turur,
Malak ul-mavt qadah sharbat tutub turur,
Navbat kelsa ul sharbatdin ichorbizo.

Telim nodon erman teyu tuzdi bo’rklik,
Er ul bo’lur iymonini qilsa ko’rkluk,
Qildin yingichka, qilichdin tez Sirot ko’fruk,
Ug'on Izim ro’zi qilsa kechorbizo.

Necha yoqsang, yonmas chirog' yog'in yerda,
Jonlar chiqib tanlar yotur qaro yerda.
Dil chirog'i shu’la uror oshiqlarda,
Ruh bo’lubon bilmam qayon uchorbizo.

Yaqin erur ushbu o’lim ermas yiroq,
Er ul bo’lur oxiratg'a minsa Buroq,
Necha boqsang, oqibat ul o’chor chirog',
Ul chirog'dek bir dam yonib o’chorbizo.

Vo darig'o, o’tti umrum o’ynab-kulub,
Oh urarmen nadomatda qonlar yutub,
Qul Xoja Ahmad, bu hasratdin jonim kuyub,
Ko’z yoshini sorig' yuzga sochorbizo.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:57 | Message # 83
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 70 -

Ayo do’stlar, shunqor qushum uchurdum man,
Qanot qoqib qaysi taraf ravon bo’ldi.
Gahi gahi orqasidin unday qoldim,
Davr olibon ko’zlarimdin nihon bo’ldi.

Ayoq bog'in mahkam tutmay qochurdum man,
Silab-siyfab tobin tobmay uchurdum man.
Nadomatda qoldi umrum kechurdum man,
Emdi maning ishim ohu fig'on bo’ldi.

So’rog' so’rsam topilg'oymu o’shal qushum?
Topilmasa dushvor erur maning ishim,
Hasratinda tinmay oqor ko’zda yoshim,
Emdi maning qilg'on sudum ziyon bo’ldi.

Pirim madad qilsa, qayta qo’lg'a olsam,
Har bir yungin ko’zlarimg'a surma qilsam.
Yaxshi toblab qoz, o’rdakka qorshu solsam,
Bihamdilloh emdi sohib Qur’on bo’ldi.

Mundog' tuhfa ilgingdadur, qo’yma zinhor,
Ayoq bog'in mahkam tutub turg'il bedor.
Oxir bir kun ko’rsatgusi sango diydor,
Diydor ko’rgon qulni o’rni jinon bo’ldi.

"Allohumma yo molik ar-riqob" o’qub,
Ozodlig' baroatini izlab topib.
Tavba debon egri yo’ldin rostqa qoytib,
Tavba qilg'on qullar anda mehmon bo’ldi.

Qul Xoja Ahmad, o’zung g'ofil, aqling zoyil,
Amaling yo’q, dunyo sori ko’nglung moyil.
Bul ayoqing ostidadur chohi Hobil,
Yiqilurin bilgon kishi omon bo’ldi.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:57 | Message # 84
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 71 -

To’ldi umr paymonasi,
man yig'lamay kim yig'lasun?!
Shayton ko’ngul hamxonasi,
man yig'lamay kim yig'lasun?!

Qilmas nasihat hech kishi,
isyon bila bo’ldi ishim,
Mundog' kechib yozuq ishim,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qottig' gunoh bo’ldi ishim,
jahannamda bo’ldi yerim,
Oxir g'azab qilsa Karim,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qur’on xatin ko’rmas ko’zum,
oyat-hadis ermas so’zum,
Qulman desam, yalg'on o’zum,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Na mundadur ro’za-namoz,
na xayr, ehsonu niyoz,
Yo’q haqiqat, xayri niyoz,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Nafsim mani o’tqa solur,
har lahza tandin jon olur,
Dardim davo tobmay qolur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Shayton g'animdur mango,
nechuk aylay yo Rabbano,
Yo Rab, sig'inurman sango,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Yigitlik quvvati ketti,
qariliq navbati yetti,
Keldi yaqin margi ajal,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Tutqoy o’lum jomi sharob,
xonumon qilg'on xarob,
Yo hasrato, alal-abad man yig'lamay,
kim yig'lasun?!

Agar yuz yil muhlat berur,
ajal oxir qorshu kelur,
Jong'a qaro kunlar solur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Dunyo ishi(dur) bir sori,
nafsim erur (dushman) bori,
Uqbo erur hasrat yeri,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qildim base, fisqu fujur,
qoldim netay mahrumu dur,
Ko’nglumda yo’qtur zarra nur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Haqdur Karim yo akram,
Qul Xoja Ahmad, yema g'am,
Darmondalik dambadam,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:57 | Message # 85
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 72 -

Ka’ba sori ketor bo’lduq inshaalloh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling, to ko’rguncha.
Qoyda borsoq Alloh yodi bizga hamroh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ketoy dermiz xonumondin judo bo’lub,
Ahlu iyol, xonumondin sivo bo’lub,
Dunyo uqbin toshlab, bahri Xudo bo’lub,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Yo’lg'a qadam qo’yoy dermiz Haqni izlab,
Yeru ko’kda, oyu kunlar Haqni izlab,
Arshu Kursiy, Lavhu Qalam Haqni izlab,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ahlu iyol, xonumondin judo bo’lub,
Sivo etib, xotunlarni mehrin berib,
Safar qilduq vasli uchun jondin bezib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Arsh istasang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ishq tilasang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ko’ror bo’lsang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ayb etmangiz, Haqni izlab yurodurmiz,
Xosiyatlik Ka’ba sori borodurmiz,
Xo’blar ko’rub, yo’lda ibrat olodurmiz,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Shoyad ko’rsak borib Ka’ba jamolini,
Xizmat qilsak yo’lda sohib kamolini,
Istoydurmiz doim vaslu visolini,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Banda bo’lsoq Xojamizni izlamak xo’b,
Shomu sahar xizmatida kizlamak xo’b,
Yetim qolg'on bo’talardek bo’zlamak xo’b,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Qul Xoja Ahmad, ma’budig'a ko’ngul berib,
Haq vaslini tilar doim javlon qilib,
Ishq yo’lida mandek yo’qtur hech kim g'arib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 14:58 | Message # 86
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
- 73 -

Ayo g'ofil, ko’zung ochgil,
ketibdur jumla yor emdi,
Jahon ko’hna rabotidur,
ki bilsang roh guzor emdi.

Ko’zungni ravshani ehson,
dilingni quvvati imon,
Bu dunyo bevafo yalg'on,
ketorsan bemador emdi.

Kecha-kunduz jadal aylab,
bu dunyo izzatin izlab,
Tun-kun behuda so’zlab,
yurursan sharmisor emdi.

Go’ristonlar aro boqg'il,
xaloyiqni tomosho qil,
Bori hasrat qilib yig'lar,
yotibdur xoru zor emdi.

Nidoyi "irji’i!" kelsa,
na kelturdung ayo bandam?
Bo’lursan sarnigun ul dam,
turursan ustuvor emdi.

Jahong'a e’timod etma,
tiling Haq zikridin qo’yma,
Bu dunyo ayshini surma,
bo’lursan nomdor emdi.

Saharlarda turub yig'la,
ibodatg'a beling bog'la,
Imoningni arig' saqla,
bo’lursan obdor13 emdi.

Bu dunyo zavqidin kechgil,
muhabbat jomidin ichgil,
Boridin bir yo’la kechgil,
yurursan shohsuvor emdi.

Xaloyiq barchasi o’tti,
bori yer qo’ynig'a yetti,
O’g'ul-qizin yetim etti,
buzuldi ro’zgor emdi.

Xoja Ahmad Yassaviy, izzat –
tun-kun yutgoni hasrat,
Saharlar tortibon mehnat,
qila ko’r gashti kor emdi.
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 15:10 | Message # 87
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


[c]Mo'min yaxshi niyatli bolgani uchun aldanadi, surbet yomon niyatli bolgani uchun aldaydi. Termiziy Kamtarlikning izzati va takabburlik la’nati Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikdan yiroq bo‘l, hikmatliso‘zlarni sokinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, ginachilikdan hazar qil. Qayg‘u- alamlar ustingga hujum etsalar, bu hujumlarga o‘z adabsizliging sababchidir.

Jaloliddin Rumiy Boylikdan kerilmoq - aqldan nari, Chunki u o‘tkinchi bulut singari. Abdurahmon Jomiy To‘rt narsa - ya’ni, badfe’llik, badqovoqlik, takabburlik va dilozorlik kishiga xoru zorlik keltiradi.

Ja’fari Sodiq O’z jig‘ildoni uchun ishlagan odam qornini to‘yg‘azib olgan molga o‘xshaydi. Haqiqiy odam insoniyat uchun ishlaydi. Abay Qo‘nonboev Falokatga duchor bo‘lishni istamasang, mag‘rur va mutakabbir bo‘lma. Rohatda yashashni istasang, dilingni hirsdan pok qil. Xor-zorlikni istamasang, ta’magir bo‘lma.

Sayyid Ali Hamadoniy O’lim qanchadan-qancha takabbur odamlarning boshlarini chuqurga, ya’ni qabrga uloqtirgan. Abulqosim az-Zamaxshariy Takabburlik kaltabinlar va insoniylik tariqidan chiqqanlarning xislatidir.

Husayn Voiz Koshifiy Manmanlik va g‘urur botqoqligining quritilishi uchun bir murshidi komilning himmat va fayzi zarur. Jaloliddin Rumiy Ayo odam, keksayib takabbur bo‘lma, u kattalarga teng bo‘la olmay, o‘zingni xorlikka solma. Yusuf Xos Hojib Sendan uzr so‘rasalar, qabul et, uzr so‘rasa-yu qabul qilmagan kishi shaytondir.

Yusufiy Qabrlar oldida odob bilan tur. Umar ibn Xattob Agar sening ko‘ngling bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basini tavof ayla. Jaloliddin Rumiy Kibrsizlik lofin urma, uni ko‘rmoqdan ko‘ra qorong‘u tunda chumolining izini ko‘rmoq osonroqdir. Abdurahmon Jomiy Takabburga salom berma, salomga javob qaytarishi unga og‘irlik qiladi, javob bermagani esa senga og‘ir tuyuladi.

Husayn Voiz Koshfiy Takabburlikni qanchalik xursandlig-u shodlikka tomon aylantirishga urinsang ham, asli loy bo‘lganidan keyin kulol singari, ya’ni tuproqqa (loy ishlariga) qaytishi muqarrar. Abulqosim az-Zamaxshariy Itoat vaqtida o‘zingni xor tut. Umar ibn Xattob Ojizlikdan kelib chiqadigan kamtarlik fazilat emas. Abay Qo‘nonboev Kamtarlikni tahqirlatish darajasiga tushirib yuborishdan asranmoq kerak. Abbos Boqixonov Mansab bilan balandmas odam, Mansab odam bilan muhtaram.

Abdurahmon Jomiy Alloh Adn jannatini yaratdi va unga qarab: «Sen jamiki takabburlarga haromsan!» dedi. Vahb ibn Munabbah Insonning qalbiga kirgan kibr qancha bo‘lsa, aqli ham shuncha kamchilikka ega bo‘ladi. Muhammad ibn Husayn Shaytonning bir talay tuzoqlari bor: Allohning ne’matlari bilan gerdaymoq, Allohning berganlari bilan maqtanmoq, Allohning bandalariga kibr-havo qilmoq, Allohning axloq asoslaridan chiqib, havoyi nafsga berilmoq shunday tuzoqlar jumlasidandir.

No‘mon ibn Bashir Kimki kerilib, o‘zidan mamnun-u mag‘rur bo‘lib yursa, u o‘ziga nisbatan boshqalarning nafratini keltiradi. Ali ibn Abu Tolib Kimki kekkayar manmanlik bilan, Do‘stlari oxiri bo‘lishar dushman. Farididdin Attor Mag‘rur odamning turishi xunuk. Adib Sobir Termiziy Kibr va g‘ururdan uzoq bo‘l, kibr kishini el orasida xor, beqadr-u bee’tibor qiladi.

Muhammad ibn Husayn Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan bo‘lgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yo‘q, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi. Sufyon Savriy Osmon bo‘lsang, yerga egilmoq yaxshi, Tuproq bo‘lsang, ko‘kka intilmoq yaxshi. Mirzo Bedil Kimda-kim «man-man» deb o‘zini baland tutsa, uni na xalq, na Alloh sevadi. Ahmad Yugnakiy Yolvorish lazzati dunyoviy ne’mat emas, balki u jannat zavqlaridandir. Alloh u zavqni mahbublari uchun yaratgan.

Har kas uni ololmas. Abu Homid al-G’azzoliy Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibru havosi tufayli haydalgan. Kibru havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar. Ali ibn Abu Tolib Hech bir musulmon o‘zidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik ko‘ringan musulmon Allohning nazarida kattadir. Abu Bakr Siddiq Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust bo‘lmaydi.

Sufyon Savriy Kimki o‘zini past olib kamtar tutsa, Alloh taolo uning qadrini baland va aziz qiladi. Abul Hasan Bushnakiy Osmonga tupurgan kishining tupugi yuziga tushadi. Mahmud Qoshg‘ariy Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va mag‘rurlanishda. Abdulloh ibn Mas’ud Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi. Masruq Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi.

Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: «Albatta, uning soyasida yuraman», dedi. Shunda haligi birinchi kishi o‘zicha mag‘rurlanib: «Mana bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi», deb o‘yladi. Vaqti kelib, ular ajrashganlarida soya ikkinchi kishi bilan ketdi. Sha’biy Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish bilan, amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilan, shukringning to‘g‘ri bo‘lishi kamchiligingni bilishing bilandir. Umar ibn Xattob Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir.

Mutarrif ibn Abdulloh Ilmda Alloh qo‘rquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi g‘ururlanmoq kifoyadir. Abdulloh ibn Mas’ud Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi. Abu Homid al-G’azzoliy Alloh kitobini o‘rganib, bu dunyoda quturmay yashab o‘tganlar naqadar baxtiyor kimsalardir. Iso ibn Maryam Kibru hasad bermas kishiga orom, Odamni mensimay quvildi shayton. Mirzo Bedil Kimki o‘z fikriga mag‘rurlanib ish tutsa, yo‘ldan adashadi. Kimki o‘z aqliga suyanib, o‘zgalar bilan hisoblashmasa, xorlik tortadi.

Muhammad Zehniy Qiyomat kunida mutakabbirlar odamlar suratidagi mayda chumoli holatida keltiriladi. Ularni har tomonlama xorlik o‘rab oladi. Olovlardan bo‘lgan do‘zaxga yo‘naltiriladi hamda do‘zax ahlidan siqilgan suv bilan sug‘oriladi. Ka’bul Axbor Tavoze’, ya’ni o‘zini past olishlik sharafli kishilarning ovidir. Har bir ne’matga hasad qilinadi, lekin tavoze’da hasad yo‘q. Urva ibn Zubayr Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir.

Tavoze’ esa payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi. Abu Lays Samarqandiy Ey salomatlikni, tinch va rohatda umr kechirishni istagan odam, odobga xilofso‘zlashdan, mag‘rurlik, takabburlikdan hazar qil. Hasad, ig‘vodan qalbing pok bo‘lsin. Jaloliddin Rumiy Yolg‘onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat- obro‘ni barbod qiladi. Junayd Bag‘dodiy Manmanlik qilmang, o‘zingizni boshqalardan yuqori tutmang.

To‘g‘riso‘zlang, to‘g‘ri ishlang, ochko‘zlik va harislikdan uzoqda bo‘ling. Abu Yazid Bastomiy Mutakabbir bo‘lishdan o‘zingni saqla. Takabburlik - johillar odati, aqlli odamlar mutakabbir bo‘lmaydilar. Farididdin Attor O’zingdan kuchsizlarning dillarini og‘ritma, ularga jabru jafo qilma, bir kun o‘zingdan kuchliroqning jabriga yo‘liqasan.

Sa’diy Sheroziy Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin, Siniq ko‘ngillardan ko‘proqdir tashvish. Pahlavon Mahmud Odamni ikki ish halok qiladi: biri - xalq orasida izzatli bo‘lishga intilmoq, ikkinchisi - kambag‘allikdan qo‘rqmoq. Har kishining ko‘ngli shikasta bo‘lsa, shayton uning yaqiniga yo‘lamaydi.

Suhayl ibn Abdulloh Kishida tavoze’ aqldan darak, Ulug‘lik karamdan topadi bezak. Nosir Xisrav Ey inson! Qalbingda zarracha kibr bo‘lsa, sen hali musulmonlikni tushunmabsan. Toat-ibodating Alloh huzurida maqbul bo‘lmaydi. Muhammad Kamol Pilav Sukut - insonning eng harir libosidir.

Umar ibn Xattob
 
OSIYODate: Juma, 16-Sen-2011, 15:20 | Message # 88
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
2-Qism
Ulamolarning jazosi - qalblarining o'lishi, qalblarining o'lishi esa, oxirat o'rniga dunyoni cohlamoqliklaridir. Hasan Basriy Rost so‘zning hikmati va yolg‘onchilik hasrati Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir. Abulqosim az-Zamaxshariy Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz. Imom Shofe’iy Bobolarimiz: «So‘zlaganing kumush bo‘lsa, tek turganing oltindir», deyishgan. Buning ma’nosi shuki, o‘rinsiz, ma’nosiz so‘zlagandan ko‘ra jim turganing yaxshiroqdir.

Nizomiddin ibn Husayn Iste’dodli odamga - dag‘allik, qobiliyatsizga - mansab yarashmaydi. Mu’iniddin Juvayniy O’zingga doimo rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar-da seni rostlik o‘ldirsa ham. Umar ibn Xattob O’zi sazovor bo‘lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir. Abulqosim az-Zamaxshariy So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar. Alisher Navoiy Ko‘p kishilar borki, ular o‘z sirlarini saqlay bilmasliklari tufayli halokatga duchor bo‘ladilar. Xoja Samandar Termiziy Til bilan qadalgan narsa tish bilan yechilmaydi. Mahmud Qoshg‘ariy Xato, ayblari yuziga aytilmagan kishi xatolarini hunar, deb o‘ylaydi. Sa’diy Sheroziy Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini hamso‘ndirib bo‘lmaydi. Abulqosim az-Zamaxshariy Sihhat tilasang, ko‘p yema, Izzat tilasang, ko‘p dema.

Alisher Navoiy Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan madh etsa, unday odamga ishonma. Chunki u senda yo‘q yomon sifatlar bilan boshqa yerda seni yomonlashga qodir. Qayum Nosiriy Menga aytishlaricha, salomatlik o‘n qismdir: to‘qqiztasi - sukut qilishda va bittasi - odamlardan qochishda. Sobit Banoniy Yolg‘on kishining obro‘sini to‘kadi, hazil-mazax ham kishini shunga o‘xshash beizzat qiladi. Yusuf Xos Hojib Haqni haq demaguncha ishlar o‘ngmas. Qo‘rqut ota Til tig‘i bilan gunohsiz kishiga ozor berish - sog‘ qon tomirga nishtar urib nobud qilishdir. Alisher Navoiy Sening joningga xush yoqqan hazil, O’zganing diliga nashtari qotil. Kamoliddin Binoiy Og‘izga kelganni so‘zlashning oxiri voy! Qozi Ahmad G’afforiy Yaxshi so‘zla, ammo mahmadona bo‘lma! Ezmalik kaltabinlikdir. Qobus Qalbdan chiqqan so‘z qalbga yo‘l oladi. Nizomiy Ganjaviy Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.

Alisher Navoiy Odam tili bilan hayvondan ustun. Ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar! Sa’diy Sheroziy So‘z - gul, ish - meva. Al-Xoriziy Ko‘pincha so‘z aytib, bo‘ldim pushaymon, Aytmagan so‘zimdan - doimo shodmon. Abu Abdulloh Rudakiy Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz. Ali ibn Abu Tolib Oltin va kumushning qadriga zargar yetgani kabiso‘z javharini ham faqat so‘z ustalari anglaydilar. Yerga tushgan bir gulni hayvon og‘ziga olib chaynaydi, qadriga yetmaydiganlar bosib-yanchib o‘tadi. Yana shundaylar borki, uni olib hidlaydilar, bahramand bo‘ladilar. Anvar Oydin Gapirmagan gaping ichingda nihon, Har tomon yoyilar aytganing zamon. Abulqosim Firdavsiy O’z tili tagida faxriydir odam.

Farididdin Attor Quruq gapning o‘zi hech qachon dalil bo‘lolmaydi. Abu Ali ibn Sino Agar pinhon xazina - aql, Uning kaliti og‘izdagi til. Amir Xusrav Dehlaviy Yolg‘onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi. Abulqosim az-Zamaxshariy Tiling birla ko‘nglingni bir tut. Alisher Navoiy Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning cho‘michidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, ya’ni dilning ta’mini bayon qiladi. Yahyo ibn Maoz O’zining aybini bilganda odam, Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham. Abulqosim Firdavsiy So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir. Abu Ali ibn Sino Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi. Abu Rayhon Beruniy Shohlar havosiga xilof bo‘lsa hech, Rost gapni ham aytma, bu havasdan kech. Sa’diy Sheroziy Xo‘rozni ko‘rmaysanmi, bemavridu behangom qichqirdi- yu subhi shomga aylandi. Ibn Kamolposhsho Haqiqatdan ham so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. Abulbarakot Qodiriy Odam tilidadir baloning bari, Tilda har kimsaning foyda- zarari. Nosir Xisrav Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranjitadi.

Abulqosim az-Zamaxshariy Javobga shoshilgan kishi xatoga yo‘l qo‘yadi. Muhammad Zehniy To so‘ramasalar, tiling bo‘lsin lol, To chaqirmasalar, oyoq bo‘lsin shol. Mas’ud Sa’d Salmon Odobning boshi - til. Mahmud Qoshg‘ariy Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir. Abdulloh ibn Umar Banda tilin asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi. Anas ibn Molik Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo‘yib bersang, g‘ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak. Ali ibn Abu Tolib Quloqdan dilingga gar kirmasa nur, Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur?! Abdurahmon Jomiy Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan. Abulqosim az-Zamaxshariy Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir. Abu Rayhon Beruniy Yolg‘onchilarning ko‘pchiligi qissa aytadiganlar va ko‘p savol so‘raydiganlardir. Ahmad ibn Hanbal Go‘shtni kesar tig‘ ko‘p olamda, bilg‘il, Lek go‘shtdan bo‘lgan tig‘ - bir zahri qotil. Xusrav Dehlaviy Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur. Umar ibn Xattob Tilingdan chiqqan sadaqang (ya’ni, pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan qo‘lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy Oldin bilib olib, keyin so‘zlagil, Zarni topib, so‘ngra xarjin ko‘zlagil. Nizomiy Ganjaviy Biron xatoga yo‘l qo‘ygan kishi uzrso‘ragani durust. Axir Odam ham uzr so‘raganligidan bir natijaga yetishgan. Abdurazzoq Samarqandiy Qaro bo‘ldi yuzi har kimki, dilozorlik qildi. G’oziy Har kimki dilozordir, Hayoti ohu zordir. Farididdin Attor Rostgo‘y kishi boshqalarning qalbidan chiqadigan narsaga e’tibor bermaydigan va zarracha yaxshiligidan insonlar ogoh bo‘lishini yoqtirmaydigan hamda yomon amallaridan insonlar xabardor bo‘lishini karih ko‘radigan kishidir. Imom Horis Muhosibiy Sening ustingda haq shuki, har so‘zlaganing rost bo‘lsin. Lekin har rostni so‘zlashga sening haqqing yo‘qdir. Har aytganing to‘g‘ri bo‘lishi shart. Lekin har to‘g‘rini aytish to‘g‘ri emas. Badiuzzamon Xaloyiq og‘zini yopmoqdan chunon, Dengiz uzra ko‘prik yasamoq oson. Xusrav Dehlaviy Yolg‘onligi avvaldan ma’lum gapni haqiqat deyishdan ham ortiq hayosizlik yo‘q. Qobus Gunohsiz kishi so‘zga botir bo‘lur. Sa’diy Sheroziy Karga aytmoq bo‘lsang siringni toza, Avval boshqalarga bo‘lur ovoza.

Xusrav Dehlaviy Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab - odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir- biriga ehtiyoj tug‘ilishidir. Abu Rayhon Beruniy Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lgach, uyolg‘on. Alisher Navoiy G’animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi. Sa’diy Sheroziy Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdan qo‘rq. Qobus O’z va’dasida turmaganda turli- tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi. Abulqosim az-Zamaxshariy Har bir kishining so‘zi - o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir. Shuning uchun qisqa va ma’noliso‘zlash lozimdir. Xoja Ahmad Rostgo‘ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar bo‘lishidir.

Abdulqosim Qushayriy O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo‘ylikning hidini ham hidlamaydi. Sahl ibn Abdulloh Tustariy Yolg‘on beviqor qilur odamni, Yolg‘on sharmisor qilur odamni. Sa’diy Sheroziy O’z xislatlarini ko‘p gapiradigan kishi ko‘pincha yaxshi odam bo‘lib chiqmaydi. Javoharla’l Neru Ibodatning asosi uch ustunga ega: ko‘z, qalb, til. Ko‘z - borliqdan ibrat olish uchun, qalb - tafakkur uchun, til - to‘g‘ri so‘zni aytish va Allohni zikr etish uchundir. Abulhasan Zanjoniy Asal yegan og‘iz ham, quruq non yegan og‘iz ham oxir- oqibat tuproqqa to‘ladi. Faqat haqso‘zni aytib yurgan og‘izgina chirimaydi. Haq nazdida eng qiymatli og‘iz shudir. Muhammad Kamol Pilav Erkak uchun eng yaxshi libos - shirinso‘zlik, xotin uchun eng a’lo kiyim -ochiq yuzlik. Mu’iniddin Juvayniy Nechun so‘zlay, so‘zlamagan yaxshi on, Og‘izda til boshga erur posbon. Sa’diy Sheroziy O’z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi. Maxatma Gandi Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt! Alisher Navoiy Alloh taolo bandasiga toza yurak va rostgo‘y tildan uluroq bir narsa ehson etmagandir. Abul Hasan Xaraqoniy Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir. Ali ibn Abu Tolib Bekitikcha so‘zni aytib bo‘lmaydi, Har majlisda aytib, qaytib bo‘lmaydi. Sa’diy Sheroziy Dunyoda tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan yengilroqdir. Abu Lays Samarqandiy Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi. Agar gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham ko‘rinadi.

Yahyo ibn Aksam Agar uch yomonlikdan saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular - tilingning, farjingning va qorningning yomonligidir. Umar ibn Xattob Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa, gohida xato ketadi. Sufyon Savriy Gunoh eldan yashirmoq, jim o‘tirmoq, Vale undan yomon yolg‘on gapirmoq. Farididdin Jurjoniy Rostgo‘ylik oxirat kunida najotga muyassar qilur. Husayn Voiz Koshifiy Qarilik ziynati gapiraverishda emas, balki jim o‘tirishdadir. Xurramiy Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan ko‘proq nishonga tegishi mumkin bo‘lganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoliso‘zlar ham qalblarga ko‘proq ta’sir qiladi.

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
 
mahdiy-80Date: Yakshanba, 13-Noya-2011, 00:01 | Message # 89
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Alloh rozi bulsin sizlardan!

Alhamdulillahi ala kulli hal
 
DURDONDate: Yakshanba, 13-Noya-2011, 01:21 | Message # 90
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
‎- Абдуллох ибн Масъуд (розияллоху анху) айтади: “Сузларнинг тугриси – Аллох каломи; гапнинг улугроги – Аллохни зикр килиш; курликнинг энг ёмони калб курлигидир. Куп булиб, наф бермаганидан, оз булиб, наф бергани яхши. Пушаймоннинг ёмони киёмат кунидаги пушмаймондир. Бойликнинг яхшиси нафс ва калб бойлигидир. Озуканинг яхшиси такводир. Арок гунохларнинг жам килувчисидир. Хотинлар шайтонларнинг ипларидир. Ёшлик жинниликдан бир булакдир. Касбларнинг ёмони рибо (судхорлик) касбидир. Хатоларнинг улугроги тилнинг ёлгончилигидир”.

 
Search: