|
sher yozamiz
|
|
| Dovud | Date: Dushanba, 12/12/24, 2:25:39 PM | Message # 76 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Mehmon bo'ldi tushimda onam Ko'zlarida tashvish iztirob, Hayolida ming bir savollar Yuzlarida ming bitta azob Boshim uzra bo'lib ovora Ming dard bo'lib farovush Atrofimda bo'lib parvona Savol bilan boqadi homush Oh sochlari hiyol to'zg'igan Qadoq qo'llar boshim silaydi Ko'zlarimga tik boqib zimdan Savoliga javob so'raydi Eshitilar yurak urishi So'zlarida mungli hayajon O'glim gapir bu qandoq xolat Nima bo'ldi senga bolajon Aytgin bolam gunohing nima To'rt devorga mahkumsan nechun Bu qandayin temir panjara Temir eshik nahot sen uchun Aytgin o'g'lim yashirma mendan
|
| |
|
|
| Dovud | Date: Juma, 12/12/28, 2:05:47 AM | Message # 77 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan Tilovatga shayla do`stim zaboningni Namozingni o`qi ukam namozingni.
Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati Go`zal bo'lur insoniyat oxirati Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni Namozingni oqi ukam namozingni .
Duolarda so`ragin sen Ollohimdan Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini Namozigni o`qi ukam namozingni.
Namoz erur iymoningning ustunlari Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni Namozingni qoldirmagin namozingni.
Message edited by Dovud - Juma, 12/12/28, 2:06:54 AM |
| |
|
|
| Dovud | Date: Shanba, 12/12/29, 6:42:23 PM | Message # 78 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut. Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut. Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut. Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut. Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut. Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut. Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Seshanba, 13/01/01, 9:39:47 PM | Message # 79 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| "Rasululloh Yig`lagan Kecha!" Azon aytib yig`lar Bilolim, Rasululloh yig`lagan kecha! Tong ottirding qanday, hilolim, Rasululloh yig`lagan kecha?! Eng mukammal azal qoida Rayhon isi turar poyida, Qanday turar osmon joyida Rasululloh yig`lagan kecha?! Anga hamroh haqiqiy erlar, Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar Yulduzlar ham to`kilay derlar Rasululloh yig`lagan kecha!
|
| |
|
|
| Dovud | Date: Chorshanba, 13/01/02, 4:01:12 AM | Message # 80 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| OLLOH BOR.
Ko'ringan guyohdan ifor izlama,
Shabnamga termulib g'ubor izlama,
O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,
Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh
Tiriksan ,tugamas sira armoning,
Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,
Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,
O'zingni o'zingdan etolsang ogoh
Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh
Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,
Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,
Himoyaga topsang vujudingda kuch,
O'zing o'zgalarga qazimasang choh,
Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.
Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda,
Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,
Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,
Dod solma, axir bor boshingda panoh,
Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.
Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,
Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,
Mangu makoningga etishdan qo'rqma,
dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,
Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Payshanba, 13/01/03, 1:50:49 PM | Message # 81 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo ‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko ‘ngil ham ancha to‘qdir. Bugun qalblar rohat ila masjidga qo ‘ymish qadam, Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam. Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf Horig ‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf. Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga. Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha O ’n bir oylik chang- g‘uborni boshladi bir-bir yecha.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Payshanba, 13/01/03, 1:51:49 PM | Message # 82 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Kimdir dil shaydosi muhabbat bilan,
kimgadir mashxurlik mol-davlat bilan,
Birovlar oshno g'am-g'urbat bilan,
Bu dunyo g'am-shoddan kechguvchi dunyo,
Ne qilsa baribir ötkinchi dunyo.
Kimlardir umirbod g'aflat dog'ida
umri ötib ketar dard söqmog'ida,
Kimdir kuz kim bahor umir bog'ida
bu dunyo bizdan ham qolguvchi dunyo,
Ne qilsa baribir ötkinchi dunyo.
|
| |
|
|
| Dovud | Date: Payshanba, 13/01/03, 1:58:23 PM | Message # 83 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| "Rasululloh s.a.v. Yig`lagan Kecha!"
Azon aytib yig`lar Bilolim, Rasululloh yig`lagan kecha! Tong ottirding qanday, hilolim, Rasululloh yig`lagan kecha?!
Eng mukammal azal qoida Rayhon isi turar poyida, Qanday turar osmon joyida Rasululloh yig`lagan kecha?!
Anga hamroh haqiqiy erlar, Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar Yulduzlar ham to`kilay derlar Rasululloh yig`lagan kecha!
Kulganida oq dur sochilgan Gulharirdan bir nur sochilgan, Ammo qalblar beun ochilgan Rasululloh yig`lagan kecha!
Kiyik bilan bo`ri do`stlashmish, Osmon ila zamin yuzlashmish, Etim ko`ngli g`amgin bo`zlamish Rasululloh yig`lagan kecha!
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Payshanba, 13/01/03, 1:59:29 PM | Message # 84 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Saytdoshlarim!!! Diydor qachon deya yuragim halak Men Sizni sog'indim forumdoshlarim.
Welcomebackuz.com sevimli saytimsan O'zing Sen-la go'yo qayta tug'ilgan edim. Entikib eslayman har bitta so'zing Welcomebackuz.com-im Seni juda sog'indim.
She'rlaringiz o'qib kuch olar edim, Shu kuchdan ko'pgina she'rlarni bitdim. She'r tura tursin eng asosiysi Saytdoshlarim Sizni juda sog'indim.
Yo'q, yo'q. bu forum oddiy forummas, Unda bor oila, bor to'y tomosha. Qayerda bo'lmayin unutmam aslo Qadrdonlar sog'inaman Sizni hamisha.
Internet olamin shuncha kezdim-u, Lek bundan qiziqroq saytni ko'rmadim. Welcomebackuz.com ning ulkan mehrini sezib, Saytdan ko'ngil uzib keta bilmadim.
|
| |
|
|
| Dovud | Date: Payshanba, 13/01/03, 2:01:25 PM | Message # 85 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| GO`ZAL QAVM
Odamlar bir-birin hech xafa qilmas Do`sti go`shtini eb qornin to`yg`izmas Dilozorlik bo`lmas, haqorat bo`lmas Mehr-oqibat kuchli bo`lgan qavmda
Namoz unutilmas, hech qazo bo`lmas Tahajjud vaqti bandaning uyqusi kelmas Jum`a kuni masjidda bo`sh joy topilmas Ibodat-amal kuchli bo`lgan qavmda
Tarozidan hech kim gumon ham qilmas To`ng`iz go`shti va aroq also topilmas Issiq non sovug`idan qimmat sotilmas Bozorida halollik bo`lgan qavmda
Kindiklar ko`rinmas, tizza ko`rinmas Ayol qaddu-qomati hech ham sezilmas Buqa ham ipini qaerda uzishnin bilmas Zaifalari hijobda bo`lgan qavmda
Etimlar ota-onasin yo`qligin sezmas Norasida ko`chada tilamchi bo`lmas Saharlab etim oshini kimsa ham yemas Etimning haqqidan qo`rqqan qavmda
Pora olib odamlar farzandin boqmas Qarz berganda also foiz so`ramas Bir parcha qog`ozga hecham sig`inmas Iymoni mustahkam bo`lgan qavmda
Farzni ado etar, haromni qilmas Savob ishdan keyin minnati bo`lmas Inshaalloh bundaylar do`zahga tushmas Allohga muhabbat bo`lgan qavmlar
|
| |
|
|
| ilyosbek | Date: Payshanba, 13/01/03, 2:02:57 PM | Message # 86 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Derazamdan asta boqib Ko'zim tushdi qo'shni qizga O'tirardi tasbeh ushlab Jaynamozning ustida
Kalta-kulta kiyinmagan Yoki sochin kesmagan Hijob ila to'sgan yuzin Ohiratin o'ylagan
Ko'chalarda yurmas hech Chiroyin ko'z-ko'z qilib O'tiradur ayvonida Yaratganga shukr qilib
Yasan-tusanni qilmas O'yin-kulgini bilmas Noshukurlik begonadur Alloh esa yagonadur
Havas qilgay hamma unga Yo Alloh Og'zidan sira tushmas Bismilloh Aytadur "Lo iloha illaloh" So'ng der "Muhammadur Rasululloh"
Yo'qotmagan sira ham iymonini Tilovatla ulg'aytirur zabonini Ibodatda sajda qilur har tunlari Sabr bilan obdom etar ramazonni
Qirq kokili o'par go'yo tovonini Nurday libos yopib turar avratini Farishtalar mashg'ul yozar savobini Dayus qilmas, shunday mag'rur o'g'lonini
Noni namoz bo'lsa, Quroni suvdur Bularni ado qilsa ko'ngli ham to'qdur U uchun bundanda afzali yo'qdur Masturam siz kabi iymoni but yo'qdur
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Payshanba, 13/01/03, 2:04:04 PM | Message # 87 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Dunyo shunday yaralgan asli, Kimga visol, kim yor vasli. Nasib etsin Sizga ham jonim, Olloh qurgan buyuk baxt qasri.
Eng toza tuyg'ularim, Armonlarga ulashdim. Bu hayotda bir bora, Sizni sevib adashdim.
Dunyo ko'p qirrali qirrasiga boq, Bugun tirikmizu ertaga tuproq. Go'zal umrimning shirin kunida, Hech narsa topmadim sendan azizroq!
Qalbimda nolalarim oh urar unsiz, Senga talpinaman kechayu kunduz. Balki sen yasharsan go'zalim mensiz, Men qanday yashayman dunyoda sensiz?
Olislashganim sayin mehrim sizga ortadi. Ovoz kelib bir mayin siz tomonga tortadi. Ishqim sizga talpinar xasta yurak titroqda. Men sizni ko'rgim kelar ammo sizchi yiroqda
|
| |
|
|
| Dovud | Date: Payshanba, 13/01/03, 2:05:26 PM | Message # 88 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| BENAMOZLIK
Mo'minlikka da'vo bo'lmas benamozlik, Bir kunga ham ravo bo'lmas benamozlik, Bu dunyo-ku besh mahaldek o'tar - ketar, Lek qabrda xavo bo'lmas benamozlik, Jazolarga davo bo'lmas benamozlik.
Qur'onda ham uning misli kelgan qavm bu, G'iybat-la o'z do'sti go'shtin yegan qavm bu, Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu, Peshonasin qoraytirmish - benamozlik, Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!
Bu gunohki, ko'ngillarni mast qilguvchi, Inson degan sharafni-da past qilguvchi, Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi Gunohlarning kabirasi - benamozlik, Asli shirkning nabirasi - benamozlik!
Joynamozlar sarpolarga joylanadi, Ayting, qo'llar qachon Haqqa boylanadi, Nahot inson do'zax sari shaylanadi?! Shayton tuhfa etgan tug'yon - benamozlik, Yaratganga eng zo'r isyon - benamozlik,
Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb, Og'ir kunda tag'in aytar "panoh ber!" deb, Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik, Namozshomda go'yo uyqu - benamozlik!
Bobolari sajdadan bosh ko'tarmagan, Yaratgandan o'zga iloh axtarmagan, Ox bu farzand, nechun desang ko'karmagan - Daryo qurib o'rnida cho'l - benamozlik! Do'zax sari eng qulay yo'l - benamozlik!
|
| |
|
|
| ROBIYA | Date: Payshanba, 13/01/03, 7:53:46 PM | Message # 89 |
Group: Muslima
Messages: 2503
Status: 
| Гуноҳларим кўз ёш бўлиб Юзларимни ювади, Ҳаёлларим бебош бўлиб Ҳар ён мени қувади. "Аллох!"десам юрагимда Ажиб бир хис туяман Энди кимни суйсам фақат Аллох учун суяман!
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
| |
|
|
| Asadulloh | Date: Payshanba, 13/01/03, 10:58:31 PM | Message # 90 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Ibodat ne? Yaratganga itoat ham ibodatdur Haqiqiy bandalik birlan Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi O‘tar ka’ba tavofidin Alar ko‘nglini shod etsang Bu xizmat ham ibodatdur.
Umrni etmayin isrof O‘zing ro‘za vujuding sof Agar pok holda uxlarsan Bu rohat ham ibodatdur.
Butun borliq nabotot ham Yaratganga etar tasbeh Bobodehqon ekib yursa Ziroat ham ibodatdur.
Ibodatdur biror johil Jafokorga desang haq so‘z Va nodonga sukut qilsang Sukunat ham ibodatdur
Agar juftihalol birla Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang Falak shohid Malak hozir Bu suhbat ham ibodatdur.
Tamal imoni ixlosdur Bu qullik bandaga xosdur Xudo deb qilganing har ish Va niyat ham ibodatdur.
Sevib Mirzo aziz do‘stlar, Ko‘nglini shod ayla Agar Olloh uchun sevsang Muhabbat ham ibodatdur.
|
| |
|
|