RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Модератор форума: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
SAKINAДата: Seshanba, 02-Okt-2012, 15:22 | Сообщение # 46
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Onalar, opalar, singillar,
Muborak bo‘lsin bu to‘yingiz.
O’zbekcha aytganda, har doim
Barakaga to‘lsin uyingiz.

Onalar, opalar, singillar,
Shodlikka jo‘r bo‘lsin kuyingiz.
Faqat bolalarning baxtini o‘ylab,
Kechar bo‘lsin ezgu o‘yingiz.

Onalar, opalar, singillar,
Hayotning shavqini tuyingiz.
Vatanni jondan ham ortiqroq,
Allohim qadarli suyingiz.

Onalar, opalar, singillar,
She’rimni faxrga yo‘yingiz.
Bir do‘stim degandi so‘nggi dam,
Onamning yoniga qo‘yingiz..
 
SAKINAДата: Seshanba, 02-Okt-2012, 15:24 | Сообщение # 47
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
OTA DUOSI


O’g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog‘u salomat.

Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog‘u salomat.
 
SAKINAДата: Seshanba, 02-Okt-2012, 15:27 | Сообщение # 48
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Bu fursat OLLOX ila turar yuzma-yuz,
Go'yo daraxt bargin quchganidek shabnam,
Dunyoda jamiyki azizdan aziz,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
Faqat unga hosdir kunduz-u tuni,
O'tgan damlariga etmaydi alam,
Bir chetga surolgan dunyo g'amini,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
Mayli gavdanida gunoxlari bor,
Balki komillgi yetmagan bu dam,
Qaradim chexrasi nurli ulug'vor,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
Iymonsiz to'dalar sarson sargardon,
Qalbiga topolmay yurgandek malham,
Maxluqot ichimda eng yaxshi inson,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
U xaqida kim? nima desa gapirsin,
Yozsa tugab bitsin jamiykiy qalam,
U Salom berguncha dunyo jim tursin,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
Axir nokastlar bor yurtdashlaridan,
Madad bering debonsalar vassalom,
Bir qarang yig'laysiz ko'z yoshlaridan,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
U balki mendirman balki sizdirsiz,
Balki biz tanimam g'arib bir olam,
Nima bo'lganida ham suyganim yolg'iz,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
Qancha bezalmasin qoplanmas bidad,
Xaqiqat parchalanib ketguvsi shaxdam,
Maxluqot ichimda eng go'zal holat,
Joy Namoz ustida o'tirgan odam.
 
ShohruhbekДата: Yakshanba, 25-Noya-2012, 04:03 | Сообщение # 49
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1247
Статус:
Эй биродар, жавоби йўқ саволлардан йироқ бўл!
Жарлик эмас, қулатгувчи зилоллардан йироқ бўл!
Риё бирлан халқ оғзина тиқарлар не топмишлар,
Асли ҳаром, вале номи халоллардан йироқ бўл!
Букун бутлар замонимас, меҳробларда тоғутлар...
Кўринмас бут ясайдирғон кулоллардан йироқ бўл!
Сени йўлдан бурувчилар ошкор бўлсалар, қўрқма!
Гуноҳлар қопин кўтарган ҳаммоллардан йироқ бўл!
Тоза кўнгил буюрган иш сени асло уялтирмас
Нақд фикрни ол, насия хаёллардан йироқ бўл!
Маҳмуд айтар: дин аҳкомин ўрган мутаққийлардан
Ёлғон азон чақиргувчи Билоллардан йироқ бўл!


 
ShohruhbekДата: Yakshanba, 25-Noya-2012, 04:04 | Сообщение # 50
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1247
Статус:
Dunyo lazzatlari aldab qo'ymasin,
Bu mal'un dunyo deb dining kuymasin,
Qalbing gunohlarni aslo suymasin,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.

Hech kimsa dunyoning ustuni bo'lmas,
Iymonda o'tganlar qayg'uni bilmas,
Haqning qiyomatdek hech kuni bo'lmas,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Ogoh bo'l - aldanma nafs-u shaytonga,
Bu dunyo sinovdir har bir insonga,
Bir marta kelgaysan bu imtihonga,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Senga tuhmat, bo'hton qilingan vaqtda,
Susaymagin aslo - sobit tur ahdda,
Tog'utlar abadiy qolmagay taxtda,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Haq yo'lda ozorlar yetgay bu sunnat,
Sabrni o'zingga aylagin ziynat,
Taqvodorlar uchun oqibat - Jannat,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.

Chiroyli va solih amallar qilgin,
Haq yo'lda bir go'zal namuna bo'lgin,
O'lsang ham chin mo'min holingda o'lgin,
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.
Unutma o'lim haq, Qiyomat ha


 
ShohruhbekДата: Yakshanba, 25-Noya-2012, 04:07 | Сообщение # 51
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1247
Статус:
Саждага йиқилдим, дилимда оҳим,
Кўзларим косаси ғам билан тўлган.
Елкамни тешмоқда бигиз нигоҳинг,
Саждадан туролмай вужудим ўлган.
Суяклар гўштидан пора қилинди,
Руҳим учиб кетди Чинвотни излаб.
Балким насабимда бордир Ал-Киндий,
Тарихга илтижо қилдим минг бўзлаб.
Ақлу заковатим етган жой - Замин,
Осмону фалакдан умидим йўқдир.
Ўзинг буюргансан, борар жой таъмин,
Ўзинг-ку белгилаб қўйган - шу тақдир.
дам. Мен нажот изладим, шафқат сўрадим,
Оҳларимни ёздим муножотларда.
На азлом, на илҳом… нажот кўрмадим,
Буроқ эмас, чопдим кўк Қиротларда.
Тақдирга тан бермоқ - райимда йўқдир,
Ўзинг ато қилдинг, менда ихтиёр.
Умр ўтиб борар, у учар ўқдир,
Сўзсиз муножотлар менга бўлсин ёр.
Атроф гўзалликдан шодман мен бугун,
Лек тақдир косамда лиқ тўла Қамдир.
Келиб муножотни куйламоқ учун,
Яшаш инсон учун энг гўзал дамдир.
Ўамон муножотим менинг бир камдир


 
ShohruhbekДата: Shanba, 01-Dek-2012, 03:13 | Сообщение # 52
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1247
Статус:
Мен китоб укиб йигласам у факат "КУРЬОН" булади.
Мен севсам бу дунёда у факат "ОЛЛОХ" булади.
Мен урнак олсам у факат "Пайгамбар" булади.
Мен согиниб яшасам бу дунёда у факат "ОНАМ" булади.
Мен хаётимда кимгадур суяаниб яшасам у факат "ОТАМ" булади!!!


 
UmidshoxДата: Shanba, 01-Dek-2012, 04:14 | Сообщение # 53
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 343
Статус:
NIMAGADIR BO'LSA KERAK
NIMALARNIDIR BILSAM KERAK
BEJIZ BO'LMAS HECHBIR ISH
NIMALARGADIR KO'NSAM KERAK


UMIDSHOX
 
SAKINAДата: Chorshanba, 05-Dek-2012, 12:17 | Сообщение # 54
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
"Bismillahir rohmanir rohim...”
Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad.
Uning hukmidadir osmonu zamin.
Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:
"Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”
Borligiga keltir imon,
Tog‘u toshlar bunga shohid.
Alloh birdir, bunga inon:
"Innama ilahun vahid...”
Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni,
Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim.
Taqdir etgan Udir har ishimizni:
"Zalika taqdirul azizir-rohiim...”
U iroda etsa mutlaq bo‘ladir,
Unga pinhon emas har yon, har iqlim.
Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir:
"Vahuva bikulli shay’in aliym...”
U qulni kechirgay, U rahm qilar,
Go‘zal ismlari Raufu Rohiym.
Tavba qilganlarni bilgin afv etar:
"Innahu huvat-tavvabur-rohiym.
Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing,
Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat.
Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang:
"Va aqimus-solata va atuz-zakat...”
Inson tafakkurda, harakatda hur,
Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling.
Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur:
"Vallohu basiyrun bima ya’malun...”
Uning izmidadir zaminu samo,
Har ish amri ila bo‘ladi sodir.
U har ishga mohir, qodir doimo:
"Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”
Alloh sabr aylagan qulni sevadi,
Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin.
Alloh sabrlilar bilan birgadir:
"Innalloha maas-sobiriyn...”
Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor,
Zero, U har damda - sizdan xabardor.
U bilar chin shokir banda asli kim.
"Fainnalloha shakirun aliym...”
Uning oyatlari ko‘p,
Kofiy bunga ko‘k va suv.
Undan o‘zga Tangri yo‘q:
"La ilaha illa hu...”
Kim u o‘zin sanar juda quvvatli?
Axir hamma uchun hisob bor, hisob.
Allohning azobi, qattiq shiddatli:
"Va innalloha shadidul azab...”
U afv etguvchidir, kechirgay albat,
Nadomat chekib, chin tavba qilaylik.
Alloh gunohlaring aylar mag‘firat:
"Innalloha g‘ofurur rohiym...”
Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor,
Yaxshilik, go‘zallik - shiori dinning.
Alloh ehson etgan qullarni sevar:
"Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”
Fasod bir ilondir, boshin darhol ez,
Fasodchining ishi oxiri barbod.
Alloh fasodchini yomon ko‘radi:
"Vallohu la yuhibbul fasad...”
Insonlar barchasi bir asldandir,
Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan.
Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir:
"Kanan - nasu ummatan vahidatan...”
Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq?
U hammasin ko‘rar, bilar - qolmas sir.
Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost:
"Innalloha bima ta’maluna basiyr...”
Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen,
Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim.
Har neni eshitib ham bilasan Sen:
"Innaka antas-sami’ul aliym...”
Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas,
Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin.
Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas:
"Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”
Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarin sevar:
"Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”
 
DovudДата: Chorshanba, 05-Dek-2012, 23:21 | Сообщение # 55
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:

Bugun shunday kun erurki, ul
kunning tengi yo ‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u,
ko ‘ngil ham ancha to‘qdir.
Bugun qalblar rohat ila masjidga
qo ‘ymish qadam, Bu kun Alloh
kalomini tinglagay har bir odam.
Bukun go‘yo farishtalar
osmondan tushib saf-saf
Horig ‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib
ketmishlar sadaf. Sadaflar asli
iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.
Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O ’n bir oylik chang- g‘uborni boshladi bir-bir yecha.


 
DovudДата: Chorshanba, 05-Dek-2012, 23:24 | Сообщение # 56
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:
Yullаrimni poylаb o`tdilаr
Хаtolаrim yillаb kutdilаr
Omаdimdа qonlаr yutdilаr
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Dаvlаtimdа kup edi do`stlаr
Bugun yuqdir, ushа yuzsizlаr
Bunchа boylik quli eh sizlаr
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Bеchorаgа qulimni chuzdim
Nomаrdlаrni yulini buzdim
Yiqilishim lеkin kеch sеzdim
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Vujudimda jush urar nafrat
Aytay do`stlar achchiq haqiqat
Pul va mansab, dardlaring faqat
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Biring boylik uchun do`st menga
Biring uchsan qiz va xotinga
Uxshaysanlar alvasti, jinga
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Muxabbatning cheki yuq , lekin
Soxta so`zlab, yeb-ichar tekin
Boylik ketsa, qochar u sekin
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Davlatingda kupdir to`gang xam
Xizmatingda ini-og`ang xam
Yuz ugurar amma-holang xam
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim

Bugunchi to`rt devor xamrohim
Qo`lla meni o`zing allohim
Yozgin Oshiq Baxrom Oh-vohim
Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim


 
DovudДата: Shanba, 08-Dek-2012, 00:22 | Сообщение # 57
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:

Караманг жилмайиб турган юзимга
Караманг жавдираб турган кузимга
Караманг шеърларни битган сузимга
Йигит йигламайди йигламасин хеч.

Бошимни балога уриб булганман
Ок-у кораларни куриб булганман
Дустларга мард булиб туриб булганман
Йигит йигламайди йигламасин хеч.

Яхшилик килдиму олдим ёмонлик
Бошга кулфат тушса йук, сиз томонлик
Келар яхши кунлар булса омонлик
Йигит йигламайди йигламасин хеч.

Севгимни узгага бериб булганман
Юракдан ёшларни териб булганман
Куксимга мушт ила уриб булганман
Йигит йигламайди йигламасин хеч.

Ошик Бахром дея тахаллус куйдим
Шеъримда мен факат ошикман куйдим
Энди хеч севмайман севгидан туйдим
Йигит йигламайди йигламасин хеч.


 
ROBIYAДата: Dushanba, 10-Dek-2012, 17:48 | Сообщение # 58
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус:
Qalbimizda bir tilak ...
Sawoblardan beradi darak ...
Yaqinlarini eslap ...
Hol ahwol sorash kerak ...


chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
DovudДата: Dushanba, 10-Dek-2012, 22:10 | Сообщение # 59
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:

Qalbim navosin ko’rib, junbushga to’lib,
Senga kunglim sirini ochgan men emas….
Yo’larimga ko’zimga bir bor termulib,
Qalbing qulifini ochgan sen emas....

Hayol ila utkan, dilim sirlarin
Yoki armon bo’lgan qalb satrlarim…
Tunda yig’lab kunda kuyganim
Senga yetish uchun sarson kezganim…
Buni Faqat tangrimga biladi,
Sabr toqatni ham tangrim beradi!

Balki bugun sening toqating to’lib,
Yonarsan kuyarsan bahtga cho’lg’anib…
Yoki o’shal kecha hayotdan so’nib
Meni yodga olarsan armon bog’lanib

Balki bu kun unitib meni,
Jononalar qarshingda seni....
Xatto bir dam esga olmasan,
Esga olsang yodga solmasan….

O’shandachi seni o’ylayman…
Har bir so’zing uchun dildan so’ylayman,
Sog’inchim armonim deya nomlayman…
Qalb isxori yo’lida seni tanlayman,
Lekin unitma meni shirin armonim,
Yodda tut sen mening bir qahramonim


 
ShohruhbekДата: Seshanba, 11-Dek-2012, 11:51 | Сообщение # 60
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1247
Статус:
Yaqin nima, yaqin qiyomat,

Yaqinroqchi o'limdir albat,

Ajab nima tug'ilgan go'dak,

Ajabliroq foniyni sevmak,

Shirin nima farzand arjumand,

Shirinroqchi tanda issiq jon,

Mehribon kim otam-volidam,

Mehribonroq yaratgan egam,

Go'zal nima odamzod shakli,

Go'zalroqchi ALLOHning vasli,

Lazzat nima nafsni to'ydirmoq,

Lazzatliroq jannatga kirmoq!!!




Сообщение отредактировал Shohruhbek - Seshanba, 11-Dek-2012, 11:52
 
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online