sher yozamiz
|
|
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 22:00 | Сообщение # 91 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| 1 Бир куни гузаллар каргайди мени, Каровсиз мукаббат учун каргайди. Мен пинак бузмайман, хадик тортмайман, Онамнинг дуоси мени асрайди.
2. Mo’minu musulmon Olloh bandasi, Qalbi pok, pokiza kiygan jandasi. Takror aytadurlar ul Rasululloh, Haqni so’zlaganni sevguvchi olloh, G’ofillar bo’lmangiz ahli diyonat, Birovning moliga etmang xiyonat, Haromning jomiga bormangiz zotan, Haromxo’r o’tguvchi asli bevatan. Jo’shqin, hadisdagi o’qi har bobni, Qo’lingdan qo’ymagil ushbu kitobni, Islomning yo’lidir, Ollohning yo’li, Doimo bo’lgin sen, sen haqning quli.
3. Na bo’lg’ay yashashni sal oson ko’rsang, Qil sig’magan ko’ngling shul’aga to’lsin. Har namoz orasin ramazon bilsang, Bir kunda besh hayit muborak bo’lsin!
4. Tilimda bol tommas, achchiq ham emas, Yaraydi qalbdagin izhor etishga. Uzunmas unchalik, qisqa ham emas, Yetadi bo’ynimdan tortib ketishga.
5. Расулим йўлида юрганим учун, Динимизни яхши кўрганим учун, Нафсимга тўси?лар ?урганим учун, Сўз билан жонимин ўймайсизларми?! Мўъмин бўлишимга ?ўймайсизларми?
6. O’lim shunday bir ko’prik-ki, undan hamma o’tajak, Kafan shunday bir kiyim-ki,uni hamma kiyajak. Tobut shunday bir ulov-ki,uni hamma minajak, Qabr shunday bir makon-ki,unga hamma kirajak. Mahshar shunday bir maydon-ki,hamma hisob berajak, Do’zah shunday bir azob-ki,unda kofir qolajak. Jannat shunday bir manzilki,unga muslim kirajak, Alloh shunday bir go’zalki,gaqat mo’min ko’rajak…
7. Yaqin nima, yaqin qiyomat Yaqinroqchi, o'limdir albat ajab nima tug'ilgan go'dak ajabliroq, foniyni sevmak Shirin nima, farzand arjumand Shirinroqchi, tanda issiq jon. Mehribon kim, otam-volidam Mehribonroq yaratgan egam Go'zal nima, odamzod shakli Go'zalroqchi, Allohning vasli Lazzat nima nafsni to'ydirmoq Lazzatliroq, jannatga kirmoq.
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 22:01 | Сообщение # 92 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Ҳаёлардан қочиб-қочиб, Бориб охир, хато топдим. Хатоларнинг юзин очиб, Бориб йўлдан асо топдим.
Йиқилдиму, дедим: “Аллоҳ” Гуноҳимга жазо топдим. Шукр дебон, сўрдим паноҳ, Бу дардимга даво топдим.
Баҳоуддин изларидан, Юриб-юриб, дуо топдим. Дуоларнинг сўзларидан, Ҳурматидан ҳаё топдим.
Ҳаё олиб бордим унга, Қайтишимда зиё топдим. Хамир қилди қориб унга, Жафолардан вафо топдим.
Сенки, Хоксор топмадинг ҳеч, Нафс балосидан ўзгани Кўнгил айтар: “Ўзингдан кеч!” Қўй, Ризосидан ўзгани.
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 22:02 | Сообщение # 93 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Dinimiz faqat ISLOM bo'lsin, Qo'limizda faqat QUR'ON bo'lsin. Do'st-u birodarlarimiz ham NAMOZDA bo'lsin, Musulmonlar JUM'A ayyomingiz muboraKunlarim omonat xayot g`animat, Eshitib turganingiz, so`zim g`animat. Har lahza OLLOXning inoyatidir, Nasibamiz tugasa xayot g`animat. JUMA ayyomingiz muborak bo'lsin! bo'lsin!
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 22:03 | Сообщение # 94 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Hech o''ylab ko''rdingmi ushbu hadisni La''natlab turgay Alloh shim kiygan ayolu qizni Nahot zolim bo''lsang o''zingga o''zing Nahot haqni botil ko''rsatsa ko''zing? Tor-tig''iz kiyarsan, Alloh sbrli Sochingni kesarsan, Alloh sabrli Zinolar qilarsan, Alloh sabrli, Ammo bil bu dunyo barbir qabrli Ko''chada yurarsan, chiroying sochib Nomaxram erkakka bag''ringni ochib Ox, oxirat azobidan bo''larmu qochib Alloh qaxrlidir, Alloh sabrli. Sochingni kesganda o''ylab ko''rdingmi, U qanday qayerdan o''sib chiqadi? Qoshingni terganda o''ylab ko''rdingmi, Shuncha tersang ham yana o''sib chiqadi? Sen, avval, yaratgin bir tola sochni Peshonangga qadab ko''r bir tutam qoshni O''saverar negadir sen kesgan soching Chiqaverar negadir sen tergan qoshing. Yana o''sib chiqqanda hayron bo''lmagin YAna o''sib chiqdi deb labing burmagin Qoshingni o''sishi, sochni o''sishi TAvba qilib qaytish uchun senga bir imkon Buni anglab yetmagan bo''lar pushaymon Lekin senga yoqmas sochingning rangi Senga hatto yoqmas yuz-ko''zingni rangi Nechun shukr qilmaysan, ey nodon banda Axir shukr qil deb buyurgan Tangring. O''z uyingda yurarsan sochlaring to''zib Hunuk ko''ylaklarda lablaring burib, Yasanib chiqarsan ko''chaga yurib KO''zlaring bo''yarsan, Alloh sabrli Oh qanday er ekan, dayusmikan u? Ayolin ko''chaga chiqarsa shunday, Tor-tanqis shimlarda yarim yalang''och O''zga erkak boqmasmu zino qilguday? Oh, qanday ona u, qanday ota u, Qiziga avratin yopgin demasa? Oxirat azobi qattiq azobdir Jon qizim Allohdan qo''rqgin demasa Ey ota, ey ona o''ylab ko''ringiz Sizga omonatdir farzandlaringiz. Yetar endi shuncha o''ynab kuldingiz Oxirat javobin fikr qilingiz, Yoqangizdan olmasdan og''il-qizingiz Farzandlaringiz bilan tavba qilingiz. Tavba qil, ey ayol, gunohing ko''pdir Ko''chada yurganda zinoing ko''pdir, Sajda qil, tavba qil vaqting g''animat Bilib qo''y DO''ZAXDA AYOLLAR KO''PDIR
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 22:05 | Сообщение # 95 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Nahri zilol, bag`ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Tuproqqa jon etmish ato Momo havo, Odam Ato, Loydan odam yasar kulol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Shoir tilak-ta’bim o`shal, Ruhim o`shal, Rabbim o`shal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal!..
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:25 | Сообщение # 96 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma!
Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti Abdulaziz, Ollohingni unutma!...
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:26 | Сообщение # 97 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| G‘aflatlarga berib qadr tonglarini, Tinglamabman muazzinlar bonglarini. Yig‘lolmadim, ko‘zim shuncha zangladimi? Qanday yuvay osiy dilning changlarini?!
(Ko‘zlarimni yulib otsam, shart, Kirlaridan og‘irlashar yer... Osmon, menga yig‘lashni o‘rgat, Osmon, menga ko‘z yoshingdan ber!...)
Vo, darig‘o, ko‘zim qiymay ishratlardan, Kecholmabman shaytonnusxa ulfatlardan. Yuz o‘girib ulamoi ummatlardan Sazo bo‘ldim nurdan qochib zulmatlarda.
(Mador ketdi, ingradim faqat, Vujudimni bosdi sovuq ter... Chaqmoq, menga yonishni o‘rgat, Chaqmoq, menga shiddatingdan ber!...)
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:27 | Сообщение # 98 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Bir kosa mayidan mast bo`lib qolsam, O`zimni bilmasam ,o`zimdan tonsam. iymonim sustlashib seni unutsam, Meni ziyofatdan saqla Ollohim.
Bandangning olqishi man uchun nadur, tamagirlik yohud riyo turadur. Kibr havosidan yurak uradur, Meni shavkatlardan saqla Ollohim.
Bizlar kim aslida mo`min-mushriklar, ozimizdan o`tganda namli kipriklar. Biz o`tsak qulaydi temir ko`priklar Meni jaholatdan saqla Ollohim.
,,Adashgan dili yoq dilsiz bandaman, tilovat qilolmagan tilsiz bandaman. Tangrisini unutgan ruhsiz tandaman,, meni g`aflatlardan saqla Ollohim
Ish farzim,qoladi nomozlar qazo, bilaman,kutajak eng og`ir jazo. Bir kuni o`qishsa menga janozo, Meni nafratlardan saqla Ollohim...
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:31 | Сообщение # 99 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Men dunyoga dunyoman.... Men dunyoga ozorman, Dunyosidan bezorman. O`zim baqqol va xaridor, to`zg`igan bir bozorman.
Men dunyoga tashvishman, Dunyosidan sarxushman. O`zim tuproq, o`zim mayit, unitilgan mozorman.
Men dunyoga karvonman Dunyosidan sarbonman. O`zim matoh,o`zim kuloh, uxlab qolgan bedorman.
Men dunyoga omonman, Dunyosidan yomonman. O`zim malham,o`zim tabib, dardi yo`q bir bemorman.
Men dunyoga zamonman, Dunyosidan tamomman. O`zim shayton,o`zim Rahmon, arosatda devorman.
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:32 | Сообщение # 100 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Duo qiling,duo ayt demang, Menda yo`qdir e`tiqot-iymon. Duo qiling,duo ayt demang, tangrim meni bilmog`i gumon.
Duo qiling,duo ayt demang, kaftlarimdan gunoh to`kilar. Shayton bo`lgan yo`lda hamrohom ulfatlarim shaytonvachchalar.
Duo qiling,duo ayt demang, Bismillohga aylanmas tilim. Tangrim meni qanday eshitsin, bir ibodat bilmagan umrim.
Duo qiling,duo ayt demang, Joynomozga qadamim harom. men bir osiy,men bir gunohkor topmaganim bir hovuch iymon.
Duo qiling,duo ayt demang, Duolarim asli kerakmas. Duo qilsam,omin deguvchi, Farishtam ham islomdan emas.
Duo qiling,duo ayt demang, men bir osiy,men bir gunohkor...
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:32 | Сообщение # 101 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Alloh yodi oshiqlardin xoli bo'lmas, Haqiqat er bu dunyog'a mayl qilmas. Hayron bo'lub bu dunyoni ko'zga olmas, Man taqi bu dunyoni qo'ygum kelur.
Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub, Muhabbat gavharlarin olg'um kelur. Tariqat maydoninda parvoz qilib, Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:33 | Сообщение # 102 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Xoliqo! Qoyilman o'z nuqsonima, Ko'b jafo qildim o'zumni jonima. Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa, Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.
Xoliqo! Qildim faoli kundani, Qilmog'il rasvo mani - sharmandani. Sen agar rahmat niqobin yopmasang Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.
Xoliqo! To'ktum ibodat tosini, San tuzarsan bandani kam-ko'sini. Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a Oqizursan mag'firat daryosini.
Xoliqo! Qildim gunohi beadad, Jon berar holatda san bergil madad. Nafsi shayton ilkidin qutqormasang, Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!
Xoliqo! Yo avvalo,yo oxiro, Nafsi shayton jonima bo'ldi balo. Garchi Olloyor O'tarchidur yomon, Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.
Xoliqo! Tutdim farog'at xobini, Istadim doyim jahon asbobini. Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh, Och ango o'lganda rahmat bobini.
Xoliqo! Umr ayladim foniy bilan, Endi bandang zor yilor joni bilan. Garchi Olloyor erur zoru zabun, Jonin ol niri imoni bilan.
Xoliqo! Poishlarim bosh aylasang, Xirmani rahmat mango chosh aylasang. Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber, Onda imonimni yo'ldosh aylasang.
Xoliqo! Afv ayla o'tgan yoshima, Yaxshi qullarni ato qil qoshima. Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.
Xoliqo! Diydamg'a ashki zori ber, Ko'ngluma doim muhabbat yori ber, Obi kavsardin mani serob etib, Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.
Xoliqo! Lutf et gadoyi zoring'a, Bandadurman,zorman har bir koring'a. Mag'firat daryosig'a g'arqob etib, Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.
Xoliqo! Tuz aylagaysan rohimiz, Mustajob etgil duoi ohimiz. Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a, Mustafoni qil shifoatxohimiz.
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:33 | Сообщение # 103 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Biz dunyodan ketar bo‘ldik, Qolganlarga salom o‘lsin. Bizning uchun ezgu duo Qilganlarga salom o‘lsin.
Ajal bukar belimizni, So‘ylatmayin tilimizni, Bemor edik, holimizni So‘rganlarga salom o‘lsin.
Tanim oshkor ochilgaydir, Yoqasiz to‘n bichilgaydir, Bizni o‘pgay bir vajh ila Yuvganlarga salom o‘lsin.
Azroil olgaydir jonimiz, Qurir tomirda qonimiz, Yoyib, tanga kafanimiz Urganlarga salom o‘lsin.
Ketar bo‘ldik Do‘stimizga, Yetolmadik qasdimizga, Namoz uchun ustimizda Turganlarga salom o‘lsin.
Bunda har kim ketmay netar Borsa kelmas yo‘lga ketar, Bizning holimizdan xabar Olganlarga salom o‘lsin.
Miskin Yunus so‘zlar so‘zi, Qonli yoshga to‘lmnsh ko‘zi, Bilmaslar ne bilsin bizi Bilganlarga salom o‘lsin!
|
|
| |
Asadulloh | Дата: Payshanba, 03-Yan-2013, 23:35 | Сообщение # 104 |
 Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус: 
| Kupdur ayolik shaniga befarq boqqan ayyollar Oqibat kuz yoshlari soydek oppan ayyollat Guldek ayyollarin kirib guzalik digan uyiga Guzal bulib chiqtim disalar tushub kulgili kuyga Uzin sochlar kallta bulib aylanar sap.sariqqa Yarim ochiq kukragida kuzin tashar ariqqa Qalin qalin qoshlar igna misol terilgan Qoshlar terib tashlashga mas xusun uchun berilgan Kuz qovoqlar kum kuk eri uchkun urgande Labiga turli buyoq bergan xaligini surgande Gulde yuzga 3.4 suni suvoq suvalga Buynidachi shoda simlar chuvalchendek chuvalgan Bu miyyasi qug'irchoqa qalbin qande ochasan Tirnoqlarin kurib jonin saqlab qochasan Yeng yoqasi kalta kuylak tars yorulgudek Shumi chiroy bulsa u tuproqa qorulgudek Ziyon zaxmat tegmasin ayt OLLOH bergan chiroyga Axir pardoz bermaslar dog'li sanalgan oyga Bunday uzdan ketishlar buldi uzidan ketsin Bosib bergan borki chiroyga nima yetsin Bazi xotin xonadonda erga tashlanr tikka Xonadonda xujayinde davo qilar erlikka Er dodini berib bu el tag'in kucha kuyda xam zur jilovlamas jag'ini Er erini kurmay erkikda bigiz barmor sanchar Erni xaydab oshi ochiq yurganlar soni qancha Qilar ishi sharob xurlik tortib turli tamaki Tunlardachi turli mexmon turli tuman ammaki Chala yarim pardoz qilib qulga quyib xinolar Qilar ochiq oydin gunoxlar ochiq oydin zinolar Buni guyo guzal xayot bilib kayfin surishar Yo alxazar bu nee bilsang basharalar burishar Digin kelar ayol bulib burchin bilganin qani Erga ayol bulgani bunga bosh ekkani Unutmagin ayoligin xar kech xar tong ertalab Xaqa surasin bulishing xar kech ertalab Xar bir ayolda iffat xayo ibo bulmasin xech mosivo Xar ayolga insof surab qul ochib qilgim duvo
|
|
| |
Dovud | Дата: Juma, 04-Yan-2013, 00:30 | Сообщение # 105 |
 Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус: 
| , Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan Tilovatga shayla do`stim zaboningni Namozingni o`qi ukam namozingni.
Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati Go`zal bo'lur insoniyat oxirati Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni Namozingni oqi ukam namozingni .
Duolarda so`ragin sen Ollohimdan Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini Namozigni o`qi ukam namozingni.
Namoz erur iymoningning ustunlari Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni Namozingni qoldirmagin namozingni.
|
|
| |