sher yozamiz
|
|
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:19 | Message # 181 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Men kimga suyangum Allohdan boshqa
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon: - Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon. Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Tinimsiz aldasa muhit, makoning, Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning. Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Noshukur emasman dunyoda garchand, Qaydadir menga ham bor balki dilband Va lekin tiriklay kuydirsa farzand, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Insofu ishonch ham shirin so‘z bari, Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari. To hayot ekansan qochgaydir nari, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Shunchalar kaj erur dunyoi gardun, Undan diyonatni axtarmoq nechun, Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni, Joningmas, martabang, balki shoningni, O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega, Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega. Malomat qilurman, olomon, senga: Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar, Balki ularning ham dilida kadar, Hoynahoy mendaylar degay muqarrar: Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Umr ham oxirlab bormoqda sekin, Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin. Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin, Men kimga suyangum Allohdan boshqa
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:20 | Message # 182 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Talpinding yig'lading yelding dunyoga, So'ylagil sen nechun kelding dunyoga. Buzuldi ayt nima qilding dunyoga, O'zingni kim? deya bilding dunyoga. Tilingni tiymaysan besharm so'ylar, Ko'zingni tiymaysan buzuqqa bo'ylar. O'yingni tiymaysan nelarni o'ylar, Hech jazo yo'qmikan bundoq (zino)ga. Malomatning toshi tegmagan boshing, Mag'rur tutmoqlikdan tiymagan boshing. Xattoki ONAenga egmagan boshing, Berdinki bu havoiy puchak safoga. Tengsiz tariflarni o'qigan ko'zing, Ulug' tarixlarni o'qigan ko'zing. Qutluq xarflarni o'qigan ko'zing, Ne uchun tikding bu yuzi qaroga. Qishda qushlarga don sochgan qo'lingni, No'pok luqmalardan qochgan qo'lingni. OLLOX deb duoga ochgan qo'lingni, Uzatding yeyishi ishi xaromga. To'ydirib o't qonga to'ygan yurakni, O'ldirib xaq deya to'lgan yurakni. So'ldirib ishq ila kulgan yurakni, Sen qandoq sig'yapsan yorug' dunyoga.?
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:21 | Message # 183 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Dars bering.... Dunyoning jamiki yulini ko'rdik, Endi bir pokiza yulni ko'rsating. Yolg'on tarixlardan yuzimiz burdik, Iymondan dars bering, Islom o'rgating.
O'rgandik jadvalning ne bo'lsa qismin, Hatto bilib oldik hayvonlar jismin. Va lek bilmay o'sdik Allohning ismin, Iymondan dars bering, Islom o'rgating.
Tarixu, jug'rofiy, kimyolar yaxshi, Ko'zimiz ilg'amas dunyolar yaxshi. Aljabr fanidan baholar yaxshi, Iymondan dars bering, Islom o'rgating.
Angladik iymonsiz fanlar mo'rtligin, Guyo darvozasiz, shoxsiz yurtligin. Bildik ikki karra ikki to'rtligin, Iymondan dars bering, Islom o'rg'ating.
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 09:39 | Message # 184 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| din uchun shu bugun nia qildingiz? Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol, Siz o'zi dunyoga nega keldingiz. Choyhonadan chiqing sizga bir savol, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin, Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin, Yodingizda turdi kun bo'yi qorin, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Har hil rejalardan olib iqtibos, Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos, Ertani gapirmay turing iltimos, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa, Amriga shamoldek uchib yelmasa, Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Jujuqlar tashvishi aylabon tobe, Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole, Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Namoz chala-chulpa, duolar mubham, Tilda oayt, qalbda foydali dirham, Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz, Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz, Xo'rozqand olishni unutmadingiz, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Ajabo sayrga chiqqaningizda, Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am, Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Ikkinchi uyingiz nomidir bozor, Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol, Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy, Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy, She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy, Din uchun shu bugun nima qildingiz
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 09:40 | Message # 185 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Hayotni sen hayot etgan umidlarda muborak et, O’g’il-qiz, onalar ham mo’ysafidlarda muborak et.
Sano et tillarini ham Salovat et, Taborak et, Azizu avliyo azmin muridlarda muborak et.
Munavvar et Jaloliddin jaloli-la ko’ngillarni, Farididdin kabi fazli faridlarda muborak et.
Duolar aylagan bir el, duo tole kalitidir, Bu el mushkullarin shunday kalitlarda muborak et.
Saodatli bu kunlarda sabohatlik, saodatlik Satrlarni Sirojiddin sayyidlarda muborak et.
Sinovlar, ranju zahmatlararo bergan shu umringni Ilohi, barchamizga uyd – hayitlarda muborak et!
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 09:41 | Message # 186 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh, Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh, Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda? Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz, Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz. Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor, Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron, Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON, Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada, Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada. Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz. Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari
|
|
| |
ilyosbek | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 09:50 | Message # 187 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 2946
Status: 
| Yahshilarga yahshilik yor Yomonga ham atalgan bor. Bu dunyo goh kengga ham tor, Insonga Iymon bo'lsin yor!
|
|
| |
Asadulloh | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 09:50 | Message # 188 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
|
Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma!
Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti Abdulaziz, Ollohingni unutma!...
|
|
| |
Dovud | Date: Yakshanba, 06-Yan-2013, 13:50 | Message # 189 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Nurundan yoksun karanlık gecelerimde gözyaşlarıyla ellerimi açıp
Seni istiyorum Yâ Resûl
Anam, babam Sana feda olsun, bu günahkar kul yoluna kurban olsun Yâ Resûl
Yüreğim , çorak bir toprak gibi, kızgın bir çöl gibi Sana susadı Yâ Resûl
Senin aşkına susadım, Aşkınla yandım Ya Resûl
Sen benim Sevgi yağmurumsun,
Message edited by Dovud - Yakshanba, 06-Yan-2013, 13:51 |
|
| |
BAXOR | Date: Juma, 11-Yan-2013, 12:56 | Message # 190 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
| Deydilar insonni alam yig'latar, Deydilar insonni g'amlar yig'latar. G'am bilan alamni qilmang gunohkor, Aslida insonni inson yig'latar.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 11-Yan-2013, 14:51 | Message # 191 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Qaykun qizigandan qizidi gurung, Atrofni band etdi, hiring-hiringlar, Do'stlar, o'n daqiqa indamay turing, O'limni eslashga fursat beringlar.
Tashqari shovqindir uy g'ala-g'ovur, Hayot lazzatidan qalbimda surur, Jondan aziz qizim quchoqlamay tur, O'limni eslashga fursat beringlar.
Dardli o'y ko'ryapman qay tomon kezmay, Juftginam sendan ham bo'larmi bezmay, Faqat “go'sht qani?” deb ko'ksimni ezmay, O'limni eslashga fursat beringlar.
Ishga borganimda dunyo tashvishi, Tirikchilik deyman bahor, yoz,qishi, Berkinmachoq o'ynar ohirat ishi, O'limni eslashga fursat beringlar.
Haholab o'tirsak ko'rpa yiqquncha, Pishillab uhlasak quyosh chiqquncha, Foniylik qariga itarmang buncha, O'limni eslashga fursat beringlar.
|
|
| |
Dovud | Date: Juma, 11-Yan-2013, 18:48 | Message # 192 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Yahshilarga yahshilik yor Yomonga ham atalgan bor. Bu dunyo goh kengga ham tor, Insonga Iymon bo'lsin yor!
|
|
| |
Dovud | Date: Juma, 11-Yan-2013, 18:48 | Message # 193 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 12-Yan-2013, 05:13 | Message # 194 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Yurakni aylab parcha, ochdim dunyoga darcha, dardim aytib baqirsam, parvosi yo'q bir karcha.
|
|
| |
Dovud | Date: Shanba, 12-Yan-2013, 10:01 | Message # 195 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Dunyo otmoqdadir daryodek oqib Allohga emas bandasiga boryapmiz yoqib Savobdan voz kechib gunohga botib Yolgonchi dunyoga aldanib qoldik Yahshilik qilganda minnat qilamiz Yomonlik qilganda tabbassum bisyor Kayfu-safo uchun vaqt topamizu Namozga kelganda charchab qolamiz Ammo shunda hamki Alloh dildadir Ne bolsa ham unga sajda qilamiz Gunoh ish qilsak kozga yosh olib Faqat yaratgandan umid qilamiz
|
|
| |