sher yozamiz
|
|
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:11 | Message # 166 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila, Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing. Har ishni boshlagin Alloh nomi-la: "Bismillahir rohmanir rohim...”
* * *
Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad. Uning hukmidadir osmonu zamin. Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat: "Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”
* * *
Borligiga keltir imon, Tog‘u toshlar bunga shohid. Alloh birdir, bunga inon: "Innama ilahun vahid...”
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:12 | Message # 167 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni, Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim. Taqdir etgan Udir har ishimizni: "Zalika taqdirul azizir-rohiim...”
* * *
U iroda etsa mutlaq bo‘ladir, Unga pinhon emas har yon, har iqlim. Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir: "Vahuva bikulli shay’in aliym...”
* * *
U qulni kechirgay, U rahm qilar, Go‘zal ismlari Raufu Rohiym. Tavba qilganlarni bilgin afv etar: "Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:13 | Message # 168 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Izlaydi Bandang ikki dunyo baxtin ko'zlaydi, Ko'nglin ochar Senga, holin so'zlaydi. Tilda shukronayu dilda istig'for, Sening rizoliging yo'lin izlaydi.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:13 | Message # 169 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Umid Umid O'zingdandir, yo'lim et ravon, Dunyo ayvonida kezibman hayron. Oldinda nelarni ko'rajak ko'zim, Rahmating-la yorug' aylagin yuzim.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:13 | Message # 170 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Izmingda Mehring ummon, lekin manmanga yotsan, Banda ne tilasa, berguvchi Zotsan. Sening izmingdadir yeru koinot, Sening izmingdadir hayotu mamot.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:14 | Message # 171 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Seni yod aylasam Seni yod aylasam, qalbimda bahor Nafasi gurkirab, xushnud etadi. Seni yod aylasam, tez uchar xayol, Go'yo jannatlarga boshlab ketadi.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:14 | Message # 172 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Tavba Tavbadir dillarni poklovchi amal, Istaymanki, tavbam bo'lsin mukammal. Kun kelar yaxshilik, savob asqotar, Chin tavba ortida shodliklar yotar.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:14 | Message # 173 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Istak
Quyoshning o'rnini bosolmaydi oy, Axir daryo bo'lib oqolmaydi soy, Qalbi qashshoq odam bo'lolmaydi boy, Ko'ngli to'q bir bandang bo'lay, Xudoyim.
Vo ajab! Yuz marta urganda yurak, Yuz matra o'zgarar dildagi tilak. Ko'nglida jannatning dardidan bo'lak G'ami yo'q bir bandang bo'lay, Xudoyim.
Boshidan oyog'i rahmatga cho'mgan, Yuzidan iymonning nurlari tomgan, Yuragi Islomning g'amida yongan, Qalbi cho'g' bir bandang bo'lay, Xudoyim
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:15 | Message # 174 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Авф этингиз, чекмангиз озорлар, Гар китобда учраса, саҳву хато. Ҳар ўқир чоғи китобим, ёрлар, Ёд этиб, сиз ҳаққима айланг дуо
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:15 | Message # 175 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Fursat borda aytolmadim dilda ne g'am, Xatolardan poklanayin bugun men ham.
Qalbim to'la ko'zim yoshin to'kolmayman, Chalg'itdi deb, shaytonga ham to'nkolmayman.
Men do'st tutib ansorlarning barchasini, Sog'inaman sahobalar davrasini.
Payg'ambarim nurli yuzin ko'rarmanmu? Qudratli HAq nomin aytib o'larmanmu?
Namanganlik Matluba ismli birodarimizni dil nolalari...
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:16 | Message # 176 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| MO’JIZALAR ONASI Ramazonda bir oydin sahar Alloh shunday qildi iroda- Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,1 Uchrashdilar g’ori Hiroda.
Dedi: Gumroh qolmishdir basher, Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga. Alloh hukmi – O’qi! Payg’ambar, Odamlarni boshla haq yo’lga!
Arshdan aziz boshingga indi Muqaddas ishq – muborak davlat. To qiyomat zimmangda endi “Tur, ogoh et!” – imonga da’vat.
Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan, Xadichaga so’zladi holing. Zukko ayol uning ko’zida Ko’rdi asrlarning kamolin.
Ibodat-la kechdi har oni, Alloh nomi tushmay tilidan. Varaqaning2 ojiz armoni Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.
Ne jafolar ko’rmadi Rasul, Haqoratu masxara, tahdid. Lekin har dam uqtirgani shul – Biru Birga ibodat – tavhid.
Yillar kechdi. Haq Rasul bilan Balqdi Islom – nur aro Ka’ba. Iqror, tasdiq, taslim dil bilan Ahli imon topdi martaba.
Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi, Elni baxtga boshladi irfon. Ming shukrkim, mukammal bo’ldi Mo’jizalar onasi – Qur’on
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:16 | Message # 177 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Ahli islom jannati, Muhammadning ummati. Islomdir sizga sarbon, Muborak hayit ayyom! Rahm, sabr, itoat, Duoingiz ijobat! Dinimiz faqat islom Muborak hayit ayyom!
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:17 | Message # 178 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| MAHSHAR YAQIN… Mahshar yaqin, taqdir – o’q, Zumda eltar hammani. Tahorat yoq, tahsin yoq, Niyat qani – ahd qani? Yetmasmu bu shaytonning Shunchalar avragani? Tarovati imoning- Ruku, qomat – shahd qani? Mudom istarsan parvoz, Nedur qanoting sani? Allohga eng yaqin roz- Qa’da, sajda – taxt qani? Tilovat yoq, takbir yo’q, Namoz qani – baxt qani? Bundan o’zga tadbir yoq Asl Yorni ko’rgani…
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:17 | Message # 179 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| OLLOHINGNI UNUTMA Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma! Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma! Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma! Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma! Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!... Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti Abdulaziz, Ollohingni unutma!...
|
|
| |
Asadulloh | Date: Shanba, 05-Yan-2013, 22:19 | Message # 180 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Yigit keldi qizning oldiga. Undan Ko'zlarini biroz yashirib.. Sevgi izxorini aytib qoldiku. Mashuqasin shanin talon oshirib.
Men sizni sevaman sizni sevaman. Siz uchun bog'lardan gullar teraman. xoxlaganiz bo'ladi bajo. xoxlasez yuragim sizga beraman.
Yigitni izxorin tinglar ekan qiz. Be toqat bo'lardi malikalardek. - Tushuning axir mos emasmiz biz. Yo'q degan javobni bera oldi tik.
Shundan kegin yigit kutardi najot. Eng chin muxabbati bo'lgandi barbod. Tunlari uxlamay yiglardi yigit. O'ylardi bir umr baxtsizman naxot?
Eslamayman endi xech qachon dedi. Lek Tunlari Yiglab xoldan tolguncha. Yigit girt telbaga aylangan edi.. toki bir kitobni topib olguncha.
Qaydandur taralgan serjilo xitob. Asriy zanjirlarni parchalay dedi. Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob. Ustiga TAVXID deb yozilgan edi.
Kitobni o'qirkan yigit be xazl. Satrlar ko'zlarin namlab yoshladi. Umuman yolg'ondan bezigan ko'ngil. Xaqiqat eshigin ocha boshladi.
Ilox yo'q OLLOXDAN O'zga deb nogox. Lablari pichirlay boshlaganida. Be ozor bir ajib Iloxiy panox. Samoviy muxabbat tuydi tanida.
Oldin bo'lgan ekan go'yoki bir it. Etibor bermagan oz-moz. Qizning oldiga bordiyu Yigit. Suralar o'qidi chiqarib ovoz.
Xikoya shu yerda tugasa qandoq. Ne deysiz Shundayin bo'lsa imtixo? Ko'ryapman yuzingiz aytmoqda shu chog'. Biz bunday yakundan emasmiz rizo.
Bizga Xikoyani oxiri kerak. Dunyoviy sevgining ne dur poyoni.? Boshlashga boshlashlabon go'yo bir ertak. Tugatib qo'y axir bul voqeani.
Xo'p mayli aytaman, yakunin be or. Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga. QURON tilovatin tinglagan dildor. Paranj o'rab keldi, yigit oldiga.
|
|
| |