sher yozamiz
|
|
Dovud | Date: Shanba, 12-Yan-2013, 10:04 | Message # 196 |
 Peshqadam
Group: Мoderator
Messages: 2351
Status: 
| Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin, Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin, Yodingizda turdi kun bo'yi qorin, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Har hil rejalardan olib iqtibos, Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos, Ertani gapirmay turing iltimos, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa, Amriga shamoldek uchib yelmasa, Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:10 | Message # 197 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Ohirat kelmoqda, hisob kunin yaqin. Kimnidur qo'ymagin o'zingda haqqin. Tolamoq ko'p mushkul, u zamon qarzlar. U kunga yetmasdan et ani talqin.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:10 | Message # 198 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:10 | Message # 199 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Nimaga bu dunyo har ishda birkam? Tinglamas gohida ohu-nolamiz. Ne istadim bo'ldi unda nedur albat kam... Eh isyonga ko'mib o'zni, o'zdan tolamiz.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:11 | Message # 200 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Аё дўстлар, хўп шошилманг осийлар даврасига, Бир кун келиб ҳар бир ишин жавоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, елинг тезроқ яхшилар халқасига Ул масканда ҳар бир онга савоби бор дунёнинг.
Аё дўстлар, аёлларнинг макри бўлармиш ёмон, Алардин узоқ бўлганнинг қалби бўлармиш омон. Номаҳрамлар ичра бўлган ҳар иш бўлармиш, Авратин ёпиб қўйингки, ҳижоби бор дунёнинг.
Аё дўстлар, кибр бирлан риёлик дуруст ишмас, Кибр қилган киши бирла Аллоҳ асло келишмас. Қалб ичинда йиғланмаган дуо ҳаққий нолишмас, Холис бўлмас - қиёматда азоби бор дунёнинг.
Аё дўстлар, етимларга саҳий бўлган мўминдир, Унинг қалби иймон ила тўлиқдир, лиммо-лимдир. Бу дунёга келган ҳар бир бош топгани - ўлимдир, Мағрурланманг, йиқилгувси туроби бор дунёнинг.
Аё дўстлар, бу тақдирга исён қилманг ҳеч қачон, Ундаги бор ёзув-чизув битилган қай бир замон. Мукофотга лойиқ бўлиб боқинг сўнг манзил томон, Ўн беш кунга ой чиқар, сўнг офтоби бор дунёнинг.
Аё дўстлар, бир кун келиб ҳамма топгайдир вафот, Бевафо ёр учун қайғу чекмакдин на бор нажот?! Яхшиси, иймонимизни чорласин боқий ҳаёт, Муддат ўтиб иморатин ҳароби бор дунёнинг
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:11 | Message # 201 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Nolishim nihoya topmas bo'ldi, gunohim savobga yetmas bo'ldi. so'rdig'im, so'rdig'ingdin ziyod bo'ldi Allohim rahmatingdan be nasib etma!!!
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:12 | Message # 202 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| To'htab qolgan daryo oqar baribir, Qaytgusidir sherlar ham bir kun izga. Insofi bor dunyo tinmay hayqirar: "Kerak emas islomsiz hayot bizga!"
Bilaman, dunyo deb siz hech tolmaysiz, Yugursa gar, orqasidan qolmaysiz. Ehtimol siz pulsiz yashay olmaysiz, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
Bu yo'l go'zal, garchi bordir og'iri, Lazzat bo'lib singgar qalbga taxiri... Asli chirkin,xorlik bo'lgan oxiri, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:12 | Message # 203 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol, Siz o'zi dunyoga nega keldingiz. Choyhonadan chiqing sizga bir savol, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin, Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin, Yodingizda turdi kun bo'yi qorin, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:13 | Message # 204 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Na kerak? Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir, Bir dilga bitta gul tanho kerakdir, Bir elga mehrdan daryo kerakdir, Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?
Tiriklik bir aziz ne’matdir azal, O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal, Nasimlar navodir, yaproqlar – g’azal, Balog’at bazmida sharob na kerak?
Siymu zar havosi ranglaringdadir, Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir? Ey inson, hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisobu kitob na kerak?
Siymu zar havosi ranglaringdadir, Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir? Ey inson, hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisobu kitob na kerak?
Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa, Farosat ahlidan nazar bo’lmasa, Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa, Ul husnu jamolga hijob na kerak?
Suv uza yarq etgan shu’ladir umring, Osilgan omonat tugmadir umring, Magar Haq yo’lida o’tmadi umring, Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?
Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni, Eng avval supurgil ko’ngil uyingni, Savolu javob et har bir kuningni, Savoling bo’lmasa, javob na kerak?
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:13 | Message # 205 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| Mahshar yaqin… Mahshar yaqin, taqdir – o’q, Zumda eltar hammani. Tahorat yoq, tahsin yoq, Niyat qani – ahd qani?
Yetmasmu bu shaytonning Shunchalar avragani? Tarovati imoning- Ruku, qomat – shahd qani?
Mudom istarsan parvoz, Nedur qanoting sani? Allohga eng yaqin roz- Qa’da, sajda – taxt qani?
Tilovat yoq, takbir yo’q, Namoz qani – baxt qani? Bundan o’zga tadbir yoq Asl Yorni ko’rgani…
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:13 | Message # 206 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| YODINGDA TUT Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut. Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut. Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut. Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut. Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut. Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut. Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:14 | Message # 207 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| (Eng)Mehribon va (eng)rahmli alloh nomi bilan boshlayman! Namozingni o`qi ukam namozingi
Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan Tilovatga shayla do`stim zaboningni Namozingni o`qi ukam namozingni.
Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati Go`zal bo'lur insoniyat oxirati Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni Namozingni oqi ukam namozingni .
Duolarda so`ragin sen Ollohimdan Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini Namozigni o`qi ukam namozingni.
Namoz erur iymoningning ustunlari Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni Namozingni qoldirmagin namozingni.
Sherni yozgan va bizlarga jo'natgan Allohning bandasidan
Alloh rozi bo'lsin.
|
|
| |
Asadulloh | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:14 | Message # 208 |
 Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| YIG`LA" Musulmonlik undoq ish ermas, Munofiqlik unga berar zeb. Gar da`vatlar quloqqa kirmas, Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Farq yo`qolsa ne harom, halol, Yig`lar ko`kda holingga hilol. Bomdod qazo bo`lsa bemalol Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Hayolingni shahvat band qilsa, Bundan vujud zavq shavqqa to`lsa, Sunnat ishga qalbing gar kulsa Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Mol-dunyo deb uhlay olmasan, Din deb yurak tig`lay olmasang, Qur`on o`qib yig`lay olmasang, Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Jaholatni qolsang sog`inib, Hayolingda behol yo`g`rinib, Zakotingni bersang og`rinib, Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Ramazonda ro`zani tutsang, Ammo anda nadomat yutsang. Tamaki deb Iftorni kutsang Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Chin o`rnida bilib hazilni, Ishlatib ko`r har-hil usulni, Ko`rolmasang tushda Rosulni, Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Osiylikka tutinsang sarmast, Balki qadim dardinr tuzalmas. Yolg`on so`zga yuzing qizarmas, Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Yurmasang Rob muddaosiga, Talpinmasang ishq sadosiga. Seskanmasang Haq nidosiga Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Do`stingga gar Islomni ravo Ko`rmayotgan bo`lsang , bil, aslo Mo`minlikka qilmagin da`vo Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
Gar qalbingga da`vatdan g`urur, Yo`llaringni yoritmagay nur. Ey Xayrulloh, shodlanmayin tur Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
|
|
| |
Nurbek | Date: Dushanba, 14-Yan-2013, 00:23 | Message # 209 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 200
Status: 
| Oftob chiqdi olamga yugirib bordim xolamga xola xola kulcha ber xolam dedi otin ter yugirib chiqdim adirga ortogim bilan birga otin terdik bir quchoq sezmadik sira charchoq xolam qildi xamir kulcha yopti 1 tandir oftob chiqdi olamga yugirib bordim xolamga.
|
|
| |
Nurbek | Date: Seshanba, 15-Yan-2013, 21:44 | Message # 210 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 200
Status: 
| Yas otuz bes yolun yarasi eder. Dente gibi ortaasindayiz omru. delikanli cagimizdaki cevher, Yalvarmak, yakarmak nefile bugun, Gozunun yasina bakmadan gider.
Sakaklarima kar mi yagdi ne var? benin mi Allahim bu cizgili yuz? Ya gozler altindaki mor halkalar? Neden boyle dusman gorunursunuz, Yillar yili dost bildigim aynalar?
|
|
| |