RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Модератор форума: MASTER, DURDON, SAKINA  
sher yozamiz
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:15 | Сообщение # 151
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Azon aytib yig`lar Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha!
Tong ottirding qanday, hilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha?!

Eng mukammal azal qoida
Rayhon isi turar poyida,
Qanday turar osmon joyida
Rasululloh yig`lagan kecha?!

Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar
Yulduzlar ham to`kilay derlar
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulganida oq dur sochilgan
Gulharirdan bir nur sochilgan,
Ammo qalblar beun ochilgan
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kiyik bilan bo`ri do`stlashmish,
Osmon ila zamin yuzlashmish,
Etim ko`ngli g`amgin bo`zlamish
Rasululloh yig`lagan kecha!

Ey jamiki hilqat, tinglangiz,
Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas kulsangiz
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulgisiga oftob ham shaydo,
Shafoat, deb yig`lar Xuvaydo,
Oy yuzida dog` bo`lmish paydo
Rasululloh yig`lagan kecha!

Umar yerga yotmish yuztuban,
Usmon tikar o`ziga kafan,
Aliy quchib yig`lar daf`atan
Rasululloh yig`lagan kecha!

Kulgichdan nur ufurgan sayin,
Zavjalarning so`zlari mayin.
Xafsa, Oisha ahvoli tayin
Rasululloh yig`lagan kecha!

So`zim tugar, sen ham insonsan
Yo`ling egri, ne hol-nodonsan?!
Ey Xayrulloh, nechun shodonsan
Rasululloh yig`lagan kecha?!


 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:16 | Сообщение # 152
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
OLLOH BOR.

Ko'ringan guyohdan ifor izlama,

Shabnamga termulib g'ubor izlama,

O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,

Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh

Tiriksan ,tugamas sira armoning,

Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,

Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,

O'zingni o'zingdan etolsang ogoh

Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh

Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,

Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,

Himoyaga topsang vujudingda kuch,

O'zing o'zgalarga qazimasang choh,

Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.

Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda,

Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,

Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,

Dod solma, axir bor boshingda panoh,

Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.

Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,

Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,

Mangu makoningga etishdan qo'rqma,

dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,

Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.


 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:16 | Сообщение # 153
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Odamlar bir-birin hech xafa qilmas
Do`sti go`shtini eb qornin to`yg`izmas
Dilozorlik bo`lmas, haqorat bo`lmas
Mehr-oqibat kuchli bo`lgan qavmda

Namoz unutilmas, hech qazo bo`lmas
Tahajjud vaqti bandaning uyqusi kelmas
Jum`a kuni masjidda bo`sh joy topilmas
Ibodat-amal kuchli bo`lgan qavmda

Tarozidan hech kim gumon ham qilmas
To`ng`iz go`shti va aroq also topilmas
Issiq non sovug`idan qimmat sotilmas
Bozorida halollik bo`lgan qavmda

Kindiklar ko`rinmas, tizza ko`rinmas
Ayol qaddu-qomati hech ham sezilmas
Buqa ham ipini qaerda uzishnin bilmas
Zaifalari hijobda bo`lgan qavmda

Etimlar ota-onasin yo`qligin sezmas
Norasida ko`chada tilamchi bo`lmas
Saharlab etim oshini kimsa ham yemas
Etimning haqqidan qo`rqqan qavmda

Pora olib odamlar farzandin boqmas
Qarz berganda also foiz so`ramas
Bir parcha qog`ozga hecham sig`inmas
Iymoni mustahkam bo`lgan qavmda

Farzni ado etar, haromni qilmas
Savob ishdan keyin minnati bo`lmas
Inshaalloh bundaylar do`zahga tushmas
Allohga muhabbat bo`lgan qavmlar


 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:17 | Сообщение # 154
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
KUZINGNI OCH BRODARIM!!!

MEHMONGA KELDIK BU DUNYOGA BIZ
BIR KUNI BARIBIR KETAR HAMMAMIZ
5 KUNLIK DUNYOGA E’TIBOR BERMAY
BORAR JOYIMIZNI DO’ZAX QILYAPMIZ

BOYLIK ORTTIRISHDA POYGA O’YNAYMIZ
MA’SIYTGA BOTIB JUDA QUVNAYMIZ
HALOL HAROM NIMA EKANIN BILMAY
AHIR AYTING QAYOQLARGA KETIB BORAMIZ

HAR DOIM O’YLAYMIZ FAQAT O’ZIMIZ
NIMALARNI KO’RMADI BU KO’R KO’ZIMIZ
IYMON DEGAN LAZZAT QALBGA JOYLAMAY
OXIR MANZILIMIZ BARBOD QILYAPMIZ

BILIMLAR OLYAPMIZ OLIM BOLYAPMIZ
DINGA ASLO YETMAS TAFAKKURIMIZ
BIR KUN FONIY DUNYO TUGASHIN BILMAY
TAYORGARLIK QILMAY O’TIB BORYAPMIZ

ALLOH BUYUKLIGIN KO’P TAKRORLAYMIZ
NECHUN KALOMINI HAQ DEB BILMAYMIZ
OYATLAR MA’NOSIN TO’LIQ ANGLAMAY
TOZA BO’LSA BO’LDI DEYMIZ QALBIMIZ

YOQDIR HATTO 5 VAQT FARZ NAMOZIMIZ
NECHUN OCHIQ YURAR AYOLLARIMIZ
QALB TOZA ALLOHGA ITOAT QILMAY
ANA ENDI BIZ QANDAY BANDAMIZ

BIZ UCHUN AZIZDIR QIZU-O’G’LIMIZ
ULAR UCHUN BERAMIZ JONU DILIMIZ
NAMOZ O’QIMASA E’TIBOR BERMAY
QAYOQQA ULARNI OLIB BORAMIZ

TIKAN KIRISHIDAN AXIR ASRAYMIZ
GAR KIRSA DARDIDA BIZ HAM KUYAMIZ
GULHANLARDA KUYISH OLDINI OLMAY
QIZLARGA SHIMLARNI OLIB BERAMIZ

OMON QOLISH YO’LIN KO’P ESHITAMIZ
BIROZ O’YLAYMIZU YANA QAYTAMIZ
TUZUKROQ BAHONA O’YLAB TOPOLMAY
HAMMA NE BO’LSA BIZ HAM SHU DEYMIZ

GUNOHNI O’ZGAGA YUKLAY OLAMIZ
QACHONGACHA SHUNDAY YASHAY OLAMIZ
O’ZIMIZDAN HECH-HAM AYIB TOPOLMAY
O’TINLIKKA MUNOSIB BO’LIB BORAMIZ

MANA ENDI KELDI O’LAR KUNIMIZ
PUSHAYMONGA TO’LDI JASAD HOLIMIZ
BIROZ BO’LSA HAM TINIM NE BILMAY
OLOVLAR ICHRA YASHAYAPMIZ BIZ


 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:18 | Сообщение # 155
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Siyratingiz o'qib o'rganganim choq
G'aflatdan uyg'ondim, tarqadi mudroq
Taniganim sari sizni yaxshiroq
Qalbimni o'rtaydi sog'inchli firoq.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Sizni yoningizda bo'lgim kelyapti
Ashoblaringizni ko'rgim kelyapti
Qay tomon yursangiz sira ajramay,
Ortingizdan izma-iz yurgim kelyapti.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Anasdek jon fido qilolmasam ham,
Abu Dujonangiz bo'lolmasam ham
Ularning hayotin o'qiganim dam
Avj olar sog'inchim ko'zlarimda nam.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Umardek xizmatingiz qilsaydim qani,
Kel Umar desangiz qaniydi mani
Buning uchun rozi edim bir necha kunlab
Ochlikdan qornimga toshlar osgani.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Uxud jangin o'qib, ko'zimga yoshlar to'ldi,
Xandaq sabab Salmon, ahli-baytingizdan bo'ldi
Mening esa eng sharafli baxtim sizga ummatlik
Allohga cheksiz hamdlar Habibiga ummat qildi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Qani edi jannatda yoningizda tursaydim
Nur yuzlik chehrangizga to'ymayin termulsaydim.
Siz-la yonma-yon turib Alloh yuzin ko'rsaydim
Siz birla bir havodan to'yib nafas olsaydim.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Toifliklar zulmi qalbim tirnaydi,
Makkalik mushriklar tinmay tergaydi,
Evaziga tog'dek-tog'dek oltin bersa ham,
Madinalik ansorlar sizni bermaydi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Mehr ko'rsatishar otam ham onam,
Ko'nglimni ko'tarar dilkash hamxonam,
Bunday g'amxo'rlikdan quvnayman bir dam,
Ammo sog'inch xissi tinmas shunda ham.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Dunyo-dunyo chiroydan bezganda yurak,
Aytmangiz menga latifa, ertak,
So'rasangiz gar: - Ne aytay bo'lak,
Xadis aytib bering, menga shu kerak.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!



 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:19 | Сообщение # 156
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Ollohim ko`rsatgin, olov azobin,
Badanim gulhanda qizdirgin bir dam
Suvsiz qoldirgin, qiynagin sokin
Suvsizlik dahshatin bilayin men ham

Shunchalr qiynaki, tushunayin ohir: -
Gunohning ajrini, qahringni Olloh.
Do`zahning taftini aylagin zohir
Iymonga kelsin deb notavon, gumroh

Sinoving oson qil, qiynama meni
Yaqinlar umrini etmasdan hazon
O`zimga ber azob, ko`rmayin uni
Judolik qayg`usi emas (e)kan oson

Yoki, ber aqil topmoqqa Iymon
Birovlar ibratin ko`rgan mahal
Kitobing anglayin o`qigan zamon
Badbaht qavmidan bo`lmasdan amal

Imtihon tongida kuydirma Olloh
Shaytondan asragin qalbu iymonim
Qo`ymagin bandangni qilmoqqa gunoh
Quvvat ber nafsimga, o`zing panohim


 
ilyosbekДата: Juma, 04-Yan-2013, 12:20 | Сообщение # 157
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Қуёш ғарбга кетди шўнғиб,
Ухлолмадим, кечир раббим!
Силтадилар: "йиғлагин", деб
Йиғлолмадим, кечир раббим!

Кўкка нолон нидо қилдим,
Чок-чок бўлган кўксим тилдим,
Ўзимни гуноҳкор билдим,
Йиғлолмадим, лекин Раббим!

Кимнинг иши тушса гар, бас,
Ёрдамим тутдим ҳар нафас,
Яхшиликдан бошим чиқмас,
Йиғлолмадим, лекин Раббим!

Кўзимда нур, ёвуз кулгу,
Қалбимда ишқ тўла туйғу,
Ҳар кун бошим меҳробда-ю,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Ишим менинг саҳоватдир,
Билмаганим - ҳаловатдир,
Бу қандайин мусибатдир:
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Ёмғирпўшдан топиб паноҳ,
Ёмғирда ҳам қилдим гуноҳ.
Ҳушъу менга ёт бўлди, оҳ...
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Кўкка порлаб чиққач офтоб,
Сенга нолон қилдим хитоб...
Бир қатра ёш бўлди камёб,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Истадим-у, қалбимда ғам,
Дод-вой солди тоғ-у, тош ҳам,
Вале айлаб кўзимни нам,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Раббим, сокин ухлат мени,
Бағрим ўйиб тиғлат мени
Не қилсанг ҳам йиғлат мени...
Йиғлолмадим, кечир Раббим


 
DovudДата: Shanba, 05-Yan-2013, 11:36 | Сообщение # 158
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:
Erkak va ayol haqinda hayol!!

Ko’pdir ayollik sha’niga befarq boqqan ayollar,
Oqibatda ko’z yoshlari soydek oqqan ayollar,
Gulday ayollaring kirib go’zallik degan uyga.
Go’zal bo’ldim deb chiqsalar tushib kulgili ko’yga.

Uzun sochlar kalta bo’lib aylanar sap-sariqqa
Yarim ochiq ko’kragida ko’zing tushar ariqqa
Qalin, qaro qoshlar go’yo igna misol terilgan.
Qoshlar terib tashlashgamas, husn uchun berilgan.

Ko’z, qovoqlar ko’m-ko’k huddi eri uch kun urganday,
Labga turli bo’yoq bergan, haligini surganday.
Gulday yuzga uch to’rt qavat sun’iy suvoq suvalgan.
Bo’ynidachi shoda simlar, chuvalchangday chuvalgan

Bul yasama qo’g’irchoqqa qalbing qanday ochasan?
Tirnoqlaring ko’rgandayoq, joning saqlab qochasan!
Yeng, yoqasiz kalta ko’ylak huddi tars yorulgudek.
Shumi chiroy, bo’lsa kim u tuproqqa qorulgudek?!

Ziyon-zaxmat tegmasin ayt Alloh bergan chiroyga
Axir pardoz bermaslarku dog’li sanalgan oyga
Bunday o’zdan ketishlar, bo’ldi o’zidan ketsn.
Bosit bilib bergan borki chiroyga nima yetsin?

Ba’zi xotin honadonda erga tashlanar erlikka,
Xonadonda ho’jayinday da’vo qilar erlikka,
Er dodin berib bu er, bu ishi kamday tag’in
Ko’cha kuyda ham zo’r erur, jilovlamasdur jag’in.


 
DovudДата: Shanba, 05-Yan-2013, 11:37 | Сообщение # 159
Peshqadam
Группа: Мoderator
Сообщений: 2351
Статус:
Qiyomat yaqin

Qiyomat yaqinlab qoigani ayon,ayollar erlarni libosin kiymish.
Avratu hoyoni kuchasin toptab.hatto mayin bulib suzlamay qolmish.
Rasullulloh(sav) birkun qurqib suzlagan,kunlar boshimizda turipti qarang.
Atrofning yolongoch turgan holiga,kutaramiz hatto boshimiz arang.
Tuyaning urkachin tasvirlab guyo,Jannatning hididan vos kechgan ayol,
Nahot umri buyi vaqt topib birkun,uziga bir bora bermagan savol.
Hoy men kimman uzi jinsim ne erur,yarasharmi menga shu yovuz hilqat
Ayollik libosin bir chetga otib,asl guzallikdan ayrildim faqat.
Bolamning nigohi menga yovqarash,erimning kunglidan yuqolgan hohish.
Men qancha urinmay aslimdan shuncha uzoqlashib kettim tinganday tovush.
Ovozim erkakcha yurishim galat,shimning urtasida yiglaydi hayo
Ajabo shunchalik horlik bulurmu,tubanlik bulurmu dustlar ajabo.
Ayolning kunglida insofi bulsa usbu savollarnin berardi birkun.
Hechqumsa uzidan qochib borayotgan ugillari u-n qizlari u-n.
Afsus ushbu holga faqat ayolmas balki erlarning ham ayblari bordur.
Rashk utin uchirgach,zinoyu fahshila dayuslik kasbiga kurar taraddud.
Dardidan boishini kutara olmay ayollarga turmush yukulagan qopin
Odamdan yahshilik kurmoqchilarga ayturmiz olimlar aytgan hitobin
Ular uzlarini erkak desalar bulurlar dunyoda eng katta kazzob
Chunki nikoph kuni bergan ahtiga qilmishlar hiyonat berolmay javob


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:24 | Сообщение # 160
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
din uchun shu bugun nia qildingiz?
Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol,
Siz o'zi dunyoga nega keldingiz.
Choyhonadan chiqing sizga bir savol,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin,
Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin,
Yodingizda turdi kun bo'yi qorin,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Har hil rejalardan olib iqtibos,
Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos,
Ertani gapirmay turing iltimos,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa,
Amriga shamoldek uchib yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jujuqlar tashvishi aylabon tobe,
Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole,
Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Namoz chala-chulpa, duolar mubham,
Tilda oayt, qalbda foydali dirham,
Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz,
Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz,
Xo'rozqand olishni unutmadingiz,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ajabo sayrga chiqqaningizda,
Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am,
Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ikkinchi uyingiz nomidir bozor,
Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol,
Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy,
Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy,
She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy,
Din uchun shu bugun nima qildingiz


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:25 | Сообщение # 161
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Uyqu shirin nomoz undan shirinroqdir,
Dunyo go'zal jannat undan go'zalroqdir.
Sabr qiling ibodatga ajri bordir,
Jannat go'zal Alloh undan go'zalroqdir!


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:26 | Сообщение # 162
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Hayotni sen hayot etgan umidlarda muborak et,
O’g’il-qiz, onalar ham mo’ysafidlarda muborak et.

Sano et tillarini ham Salovat et, Taborak et,
Azizu avliyo azmin muridlarda muborak et.

Munavvar et Jaloliddin jaloli-la ko’ngillarni,
Farididdin kabi fazli faridlarda muborak et.

Duolar aylagan bir el, duo tole kalitidir,
Bu el mushkullarin shunday kalitlarda muborak et.

Saodatli bu kunlarda sabohatlik, saodatlik
Satrlarni Sirojiddin sayyidlarda muborak et.

Sinovlar, ranju zahmatlararo bergan shu umringni
Ilohi, barchamizga uyd – hayitlarda muborak et!


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:26 | Сообщение # 163
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:27 | Сообщение # 164
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
RASULULLOH SIZNI QATTIQ SOG’INDIM
Yashashga mador yo’q, ho’p toldim yo’ldan.
Saodat davriga hosdir sog’inchim,
Yo’lboshchi axtarib adashdim yo’ldan
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Nasihat olmagach, dilbandim farzand,
Biror bir go’zallik qilolmas hursand.
Otam ham tuzukroq berolmadi pand,
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Galakaz ichida tentirab, horib.
O’zimni sezyapman tamoman, g’arib
Oisha onamni tushimda ko’rib
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Hech qanday foyda yo’q, ming bir ta’birlar
Hatto to’shagimda ilon g’imirlar
Xiyonatning boshi bugun amirlar
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Tamom gunohkorman, qo’ysam bir qadam,
Shahrimda topolmam tuzik bir odam.
Dalda bo’lolmagay, hatto volidam,
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Ahlimda ko’rinmas, haqning talabi,
Yopilib is bosgan ISLOM maktabi.
Quchib qo’yvormagan ukkoshi kabi,
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

O’ttiz yil teran bir nigohla o’sdim,
Ohir do’stlik o’yin ko’nglimla buzdim.
Dushmanga aylandi eng yaqin do’stim.
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Omon-omon yurti deganlar balli?!
Og’ir kun tushganda yo’qdir tasalli.
"Ustoz" deb nom olmish munofiq fe’lli
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Sizning boshingizga nurin sochib bir,
Ajabki shams nechun yig’lamayotir,
Bugungi kunimdan ketib havotir.
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!

Sezdim buyog’iga omadim kulmas,
Qolgan umrimdan ham yuragim to’lmas.
Sal toza iymonda ketmasam bo’lmas
Rasululloh sizni qattiq sog’indim!!!


 
ilyosbekДата: Shanba, 05-Yan-2013, 19:28 | Сообщение # 165
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 2946
Статус:
Yahshilarga yahshilik yor
Yomonga ham atalgan bor.
Bu dunyo goh kengga ham tor,
Insonga Iymon bo'lsin yor!


 
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online