RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Bolalar uchun she'rlar
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:28 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:


Katta bо’lsam

Agar men katta bo’lsam,

Berarman dinga yordam

Bo’lib rostgo’y musulmon.

Sizga o’hshab dadajon,

Dinimni o’rganishga,

Va Robbimni tanishga,

Bo’ling menga yordamchi,

«Yahshi otga bir qamchi».

Jonim bo’lsin fidoiy

Niyatim juda oliy,

Maqsadlarim kattakon.

Ko’zlarim cho’qqi tomon.

Haritam—hadis, oyat,

Yo’l uzoq benihoyat.

Yo’lga ozuqam—taqvo

Ilmdir menga peshvo!


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:37 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:


Bog’bon amaki

Bog’bon amaki, bog’bon amaki,
Mevalar nega buncha hilma-hil?
Shakli, hidi, rangi, mazasi
O’xshamas biriga boshqasi?
Olma, anor, nok, tarvuz, gilos
Berarmisiz bizga ham biroz?

Bolajon, gapimga quloq sol.
Mevalardan to’yguningcha ol.
Hammasini Alloh yaratgan,
Ichlariga to’ldirgandir bol.
Bularni yeb sen kuchga to’lgin,
Va Alloh ga shukrda bo’lgin


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:42 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Mevalar tilidan

Olma


Men olmaman tanib oling,
Gaplarimga quloq soling.
Rangim yashil, qizil, sariq,
Bismilloh deb tishlab oling.

Pishsam shirin va hushbo’yman,
Xomligimda ta’mim nordon.
Temir moddasiga boyman,
Alloh berar qonga darmon



 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:45 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Shaftoli



Shaftoliman shaftoli,
O’zim bog’larning boli.
Rangim pushti, zarg’aldoq,
Tukli, tuksiz, bo’rsildoq.
Yeb qorning to’yganida,
Degin alhamdulilloh.


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:47 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Uzum



Ismim kelgan Qur’onda,
Har makonu har onda,
Yemaganlar armonda,
Yegan esa darmonda.

Dona dona dumaloq,
Qora, qizil, sariq, oq.
Uzib uzib yeganlar,
Bo’lar doim vaqti choq.


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:50 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Qulupnay



Yaratganning san’atiga boq,
Rangim tiniq, kelar havasing.
Bitta tishlab ta’mim biliboq,
Unga ko’proq ortar ihlosing.

Bilsang ichim to’la vitamin,
Shirin hidim qitiqlar dimog’.
Yana ko’rib bo’larsan amin,
Mehribondir naqadar Alloh.


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:55 | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Gilos



Men gilos,
Uyatchangman biroz.
Shuning uchunmi,
Qizilman halos.

Meni yesang,
Va shukr qilsang,
Allohga yoqib,
Bo’lar juda soz.


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 11:57 | Message # 8
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Tarvuz



Dum dumaloq yashilman,
Qora yo’l-yo’l to’nim bor.
Yozda rohat tashirman,
Ichim qizil sharbat, bol.

Dadangiz keltirsalar,
Alloh rozi bo’lsin deng.
Haqlariga duo qilib,
Mazza qilib meni yeng.


 
BAXORDate: Yakshanba, 28-Avg-2011, 12:05 | Message # 9
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:
Hamma mevalar



Biz olma, qulupnay, uzum,
Gilos, shaftoli, tarvuz
Bismilloh deb yeganlardan
Juda juda mamnunmiz.

Har birimizni Alloh
O’ziga hos yaratgan.
Barchamizga ayri ta’m,
Ayri shakl, rang bergan.

Bu ne’matlarni yegach,
Albatta qiling shukr.
Mehribon Allohimga
Son sanog’siz tashakkur!


 
BAXORDate: Yakshanba, 04-Dek-2011, 17:59 | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:



Musulmonmiz!

Go'zal islom din bizga
O'xshar porloq yulduzga
Bu din deydi to'g'ri bo'l
Bu din deydi toza bo'l
Bu dindan yana go'zal
Bormidir boshqa bir yo'l
Payg'ambarim Muhammad (sav)
Ikki dunyo quyoshi
Payg'ambarlar ichida
Yo'qdir uning hech eshi
Kitobimizdir Qur'on
O'qiymiz uni har on
Ko'p shukrlar Allohga
Musulmonmiz, musulmon


 
BAXORDate: Yakshanba, 04-Dek-2011, 18:01 | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:






Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.


 
BAXORDate: Yakshanba, 04-Dek-2011, 18:05 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:


Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.


 
BAXORDate: Yakshanba, 27-May-2012, 08:22 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:


ЛОЛА

Лола боқчага чиқиб
Кечга қадар гул терди.
Этак-этак тўплади,
Ҳар кунгидан мўл терди.

Сочига гул боғлади,
Чаккасига тақди гул.
Елкаларидан ташлаб
Гулга кўмилдт буткул.

Сўнгра уйга келдию
Бирпас ётиб дам олди,
Киприги юмулди-да.
Гул каби ухлаб қолдн.

Hamid Olimjon


 
BAXORDate: Yakshanba, 27-May-2012, 08:28 | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status:




Pahlavonsan desalar

Oyi, sizda gapim bor,
Hammaga ayting takror.
Kim: "mittivoysan" desa,
Ayab rahmimni yesa,
Ezilib ketar ichim,
Yo'qolib qolar kuchim.

Pahlavonsan desalar,
Qahramonsan desalar
Kattalar qilolmagan,
Kattalar bilolmagan
Bir zo'r ish qilgim kelar,
Eng polvon bo'lgim kelar.

Qambar O'tayev


 
SAKINADate: Yakshanba, 27-May-2012, 13:45 | Message # 15
Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status:
“2” БАҲО

Бир куни жажжи Анвар,
Опасидан сўради:
– Опа “2” нинг думи
Қай томонда бўлади?
Коптогини кўтариб,
– Шошиляпман, – дер Зилол,
– Кундалик дафтаримни
Очиб ўзинг кўрақол.


Message edited by asha0625 - Yakshanba, 27-May-2012, 13:56
 
  • Page 1 of 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online