Ustozlarga she'r

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Firim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’usaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!