Bolalar uchun she'rlar
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:


Kir-chir jo'ja ko'zguda
O'z aksin ko'rib qoldi,
Jahli chiqib bir zumda
Ko'zguga qarab soldi.

"Nima bo'lyapti senga?" -
So'radi ona tovuq.
"Nega o'qrayar menga?
Anovi turqi sovuq?!"
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
ZOR SHERLAR EKAN RAHMAT
BAXOR foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4104
Holati:
САМОЛЁТ

Осмонларни тўлдириб
Самолёт ўтиб кетди.
Унинг кучли овози
Оламни тутиб кетди.

Эй Ватаним қурган қуш,
Тўхта, мени олиб кет!
Тўхта, бир хат берайин,
Қанотингга солиб кет.

Осмонларда менинг ҳам
Битта лочин акам бор.
Хатимни бер, ўқисин,
Ўқисин такрор-такрор.

Ватаннмиз ёвига
Омон берма — деб ёздим.
Орден олмасдан туриб,
Уйга келма — деб ёздим.

Осмонларни тўлдириб,
Самолёт ўтиб кетда.
Унинг кучли овози,
Оламни тутиб кетди.

Hamid Olimjon
BAXOR foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4104
Holati:
Bilim oling do'stlarim !

Bilim oling do'stlarim,
Aqlli bo'ling doim,
Hormang ilm olishda,
Oqillardek bo'lishda,
Dono bo'ling har ishda,
Ilmlilar xor bo'lmas,
Rostdir bu, yolg'on emas!

Ilhom Nasafiy
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Болаларга

Шодлигим кўкка сиғмас,
Битмас бахтим бор маним.
Мени бахтиёр қилган,
Шу енгилмас ватаним.

Душманга омон бермас,
Ҳарбир аскар отган ўқ.
Дунёда меникидай
Катта ва зўр ватан йўқ.

Ёвнинг ўқи, ҳечқачон
Аскаридан ўтмайди.
Нишон олса осмонни
Самолётга етмайди.

Шунинг учун қишлоқлар
Кун кечирар эркин, тинч,
Шаҳарларнинг қалбида
Кеча ва кундуз севинч.

Xabarni tahrirlagan: ilyosbek - Yak, 12/12/16, 6:05 PM
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Болаларга

Лола боқчага чиқиб
Кечга қадар гул терди.
Этак-этак тўплади,
Ҳар кунгидан мўл терди.

Сочига гул боғлади,
Чаккасига тақди гул.
Елкаларидан ташлаб
Гулга кўмилдт буткул.

Сўнгра уйга келдию
Бирпас ётиб дам олди,
Киприги юмулди-да.
Гул каби ухлаб қолдн.
Xabarni tahrirlagan: ilyosbek - Yak, 12/12/16, 6:03 PM
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Pahlavonsan desalar

Oyi, sizda gapim bor,
Hammaga ayting takror.
Kim: "mittivoysan" desa,
Ayab rahmimni yesa,
Ezilib ketar ichim,
Yo'qolib qolar kuchim.

Pahlavonsan desalar,
Qahramonsan desalar
Kattalar qilolmagan,
Kattalar bilolmagan
Bir zo'r ish qilgim kelar,
Eng polvon bo'lgim kelar.
Xabarni tahrirlagan: ilyosbek - Yak, 12/12/16, 6:04 PM
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:

“2” БАҲО

Бир куни жажжи Анвар,
Опасидан сўради:
– Опа “2” нинг думи
Қай томонда бўлади?
Коптогини кўтариб,
– Шошиляпман, – дер Зилол,
– Кундалик дафтаримни
Очиб ўзинг кўрақол.
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Bilim oling do'stlarim,
Aqlli bo'ling doim,
Hormang ilm olishda,
Oqillardek bo'lishda,
Dono bo'ling har ishda,
Ilmlilar xor bo'lmas,
Rostdir bu, yolg'on emas!
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Savol-Javob

– Xursand qilib bobongni,
Ko`rsat, qani, bahongni.
– Javob bermadim, bobo,
Olmadim biror baho.
– Dars chog`i qo`zichog`im,
O`tirdingmi shundoq jim?
– E, o`tirish qayoqda,
Turib chiqdim oyoqda.
– Yetmadimi parta yo?
– Burchakda edim, bobo!
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Осмонларни тўлдириб
Самолёт ўтиб кетди.
Унинг кучли овози
Оламни тутиб кетди.

Эй Ватаним қурган қуш,
Тўхта, мени олиб кет!
Тўхта, бир хат берайин,
Қанотингга солиб кет.

Осмонларда менинг ҳам
Битта лочин акам бор.
Хатимни бер, ўқисин,
Ўқисин такрор-такрор.

Ватаннмиз ёвига
Омон берма — деб ёздим.
Орден олмасдан туриб,
Уйга келма — деб ёздим.

Осмонларни тўлдириб,
Самолёт ўтиб кетда.
Унинг кучли овози,
Оламни тутиб кетди.

ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:
Bolalarga

Siz bor bo'lsangiz,
Hayot farovon.
Shirin tashvishdan
Uylar charog'on.

Yashaymiz xurram,
Olg'a intilib.
Har bir kun ko'rkam
G'am unutilib.

Xafaligini
Oshkora soylar,
Yig'lasa - yig'lab,
Kulsa chin kular.

Siz bolalarga
Aytar so'zim shu:
Sinmasin qanot,
So'nmasin orzu.

Yashang quvonib,
Quvnatib ko'zni.
Axir sizlarda
Ko'ramiz o'zni!
BAXOR foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4104
Holati:
Товус ва болалари

Аҳмад Шавқий

Товус бир кун кибр ила юрди,
Болалари юришин кўрди,

Тумшуқларин қилишиб осмон,
Унга тақлид қилдилар чунон.

Бу не қилиқ? Деди у ёниб,
Дедилар: Биз олдик ўрганиб.

Ўзингизни тузатинг унда,
Одобимиз кўрасиз шунда.

Айтгансизку: "У ким бўлса ҳам,
Ўргатганни тутади маҳкам".

Не қилайлик, бизлар боламиз,
Ота қилган ишни қиламиз.
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:

Bu dunyodan qochib ketgim kelar,
Onam mexri endi osmon uzra yelar,
Qani ayting onajonim qayerda kim bilar,
Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Bosgan izlarizdan bordim sizni topolmadim,
Sizni eslab ko'z yumib uxlolmadim,
Ne qilay onajon mexrizga to'yolmadim,
Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Go'yo tanho qolgandayman bir o'zim,
Yetmadi sizga qilgan nolam, so'zim,
Yig'lasa xam befoyda bu qora ko'zim,
Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Sizsiz tor bu dunyoda armonlar bisyor, Ovutar yonimda qalamqoshli yor,
Ne qilay onajon yurak sizga zor,
Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Ko'nikolmay sizsiz g'urbatli bu olamga,
Parvo qilmas xechkim qilgan nolamga,
Buvim qani desa nima dey bolamga, Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Bilaman osmonlardan menga qaraysiz,
Yuragimdagi dardni lekin ona bilmaysiz,
Nega endi men bechorani buncha qiynaysiz,
Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.

Ko'zimga uyqu kelmas sizni eslayman,
Xar soniya ALLOHDAN sizni so'rayman,
Ne qilay endi men g'arib bilmayman,

Onajonim yig'lasam xam kelmadingiz.
ilyosbek foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 2946
Holati:


ONA

Ona borki dunyoda yorug'dir olam,
Onam yo'q endi kimga yetar bu nolam,
Qani bo'lsa nurididam bir dam yonimda,
Sizni eslab sher yozishga yetmadi qalam.
Search: