A resized and cropped image
/ Sayt yangiliklari / Amerika shok xabarlari / Tramp to‘lov evaziga AQSHda yashash huquqini beradigan dasturni ishga tushirdi
25/12/04

Tramp to‘lov evaziga AQSHda yashash huquqini beradigan dasturni ishga tushirdi

AQSH hukumati Green Card’ga o‘xshash xorijiy fuqarolarga mamlakatda yashash huquqini tezlashtirgan tartibda beradigan Trump Gold Card (“Trampning oltin kartasi”) dasturini ishga tushirdi. Bu haqdagi qarorni prezident Donald Tramp 19-sentyabr kuni yangi farmon imzoladi.

Trampning ta’kidlashicha, ushbu dastur AQSHga “juda muvaffaqiyatli” va “juda samarali” insonlarni jalb qilishga qaratilgan. “Ular bu yerga kelish uchun katta mablag‘ sarflaydi”, dedi u. Prezidentning fikricha, dastur mamlakatga milliardlab dollar olib kiradi, bu mablag‘lar soliqni kamaytirish, davlat qarzini to‘lash va boshqa foydali ishlarga yo‘naltiriladi.

Yangi dastur AQSHni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, 1 million dollar to‘lashga rozi va yuqori malaka yoki qobiliyatga ega xorijiy fuqarolar uchun yangi turdagi vizani nazarda tutadi. Shuningdek, AQSH kompaniyalari ham o‘zining xorijlik xodimiga tezlashtirilgan tartibda yashash huquqi olish uchun hukumatga 2 million dollar to‘lashi mumkin.

Dastur saytida yana bir variant ko‘rsatilgan: 5 million dollar to‘lagan xorijiy fuqaroga Trump Platinum Card (“Tramp platina kartasi”) beriladi. Ushbu kartaga ega bo‘lgan shaxslar AQSHdan tashqarida olgan daromadlari uchun AQSHda soliq to‘lashdan ozod qilinadi.

AQSH savdo vaziri Govard Latnikning ta’kidlashicha, dastur mamlakatga “yangi biznes ochadigan va amerikaliklar uchun ish o‘rinlari yaratadigan” insonlarni jalb qiladi. Unga ko‘ra, ushbu dastur orqali AQSH byudjetiga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ kelib tushadi.

Shu kuni Tramp yana bir farmon imzoladi. Unga ko‘ra H-1B turidagi maxsus vizalar berish qoidalari o‘zgartirildi. Ushbu vizalar AQSH kompaniyalariga boshqa davlatlardan yuqori malakali mutaxassislarni ishga olish imkonini berardi. Endi esa kompaniyalar xorijiy mutaxassisni olib kelmoqchi bo‘lsa, davlatga 100 ming dollar to‘lashi shart. Ma’muriyat bu o‘zgarishlar amerikaliklarni ishga olish va ularni o‘qitishga ko‘proq undaydi, deb hisoblaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring-Поделитесь в социальных сетях

Izoxlar3

0  
@Shaxona0423 25/10/30 9:06:03 PM [Материал]
Men geen karta oynab ko'raman bundan ko'ra
0  
Mars 25/10/29 7:27:41 AM [Материал]
Juda qimmatku a?Lekin shu narxga ham oladigan odamlar topilsa kere
0  
SSayyod 25/10/29 11:05:20 PM [Материал]
1 mln$ borlar oladi. 1 mln$ ga mulk olasiz US dan. ham mulkli ham vizali bo'p qolasiz. 1 o'q bilan 2 quyon
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilargina izox qoldira olishadi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Azolik | Kirish ]
Saytga kirish
Reklama uchun joy
Kategoriya
Shtat xabarlari [8]
Chicago shtati bo'yicha yangililar
Umumiy xabarlar [11]
Umumiy har hil xabarlar uchun bo'lim
Truck olami [0]
Trucklar olamidagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida bo'lim
Amazon yangiliklari [2]
Amazon kompaniyasida sodir bo'lyotgan va yangiliklar uchun bo'lim
Sayohat/Travel [1]
Amerikaning go'zal maskanlariga sayohat
Amerika shok xabarlari [6]
USA bo'yicha bo'lgan shok xabarlar
Tehnalogiya yangiliklari [2]
Tehnaloiya olamidan yangiliklar
O'zbekiston xabarlari [2]
O'zbekiston hayoti va faoliyati xabarlari uchun bo'lim
Instagram
View this profile on Instagram

Uziga Bek (@uzigabekcom) • Instagram photos and videos

YouTube kanalimiz
Shtatlarda Dizel Narxlari
 
200
Kalendar
«  Oktyabr 2025  »
Yak Du Se Cho Pa Ju Sha
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Kalendar
Barcha azolar: 2518
Hozir saytda: 2
Mehmonlar: 2
Azolar: 0
Bugun tashrif qilganlar!

6ta forum ilgorlari!
  • DURDON
  • MASTER
  • OSIYO
  • BAXOR
  • CryGirl
  • SANJAR80