Ayol burchi
|
|
OSIYO | Date: Payshanba, 25-Avg-2011, 07:27 | Message # 1 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Qizim!
O`zing ulg`aygan oiladan chiqib, mutlaqo notanish-begona bir uyga borasan, hech ko`rishib-gaplashmagan, xulq-atvorini bilmagan bir kishining umr yo`ldoshiga aylanasan. Sen uning xizmatkori bo`lginki, u ham senga yordamchi bo`lsin!
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 25-Avg-2011, 07:43 | Message # 2 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
|
Bundan bir necha yuz yil oldin arab qabila boshliqlaridan Avf ibn Milham ismli kishi bo`yi yetgan qizi Ummu Inasni qabila peshvolaridan biriga turmushga berishga qaror qilgan edi. Milhamning ayoli Umoma o`zga xonadonga uzatilayotgan qizini qarshisiga o`tqazib ushbu qimmatli nasihatlarni aytgan:
«Jonim bolam!
Bir kishini yaxshilikka undash uchun pand-nasihatlar beriladi. Odob-axloqli yoki boy bir kishining farzandi bo`lish yoki barchaga maqbul xislatga egalikning o`zi insonga kifoya qilganida edi, senga nasihat qilib o`tirmasdim. Aslida, nasihat va tavsiya unutilganlarni o`rgatadi. Shunga ko`ra, nasihatlar juda foydalidir.
Suyukli qizim!
Agar bironta qiz ota-onasi boy bo`lganidan turmushga chiqishga muhtoj bo`lmasaydi, sening hech qachon xo`jayinga ehtiyojing qolmasdi. Ammo hayot sen o`ylagandek emas. Erkaklar biz uchun, biz esa erkaklar uchun yaratilganmiz.
Qizim!
O`zing ulg`aygan oiladan chiqib, mutlaqo notanish-begona bir uyga borasan, hech ko`rishib-gaplashmagan, xulq-atvorini bilmagan bir kishining umr yo`ldoshiga aylanasan. Sen uning xizmatkori bo`lginki, u ham senga yordamchi bo`lsin!
Bolam!
Kel endi, ba`zi nasihatlarni berayin. Ularni yaxshilab o`rganib chiroyli amal qilsang, umr bo`yi rohatda yashaysan. Umr yo`ldoshing bilan hech qachon orangiz buzilmaydi. Bu dunyoda baxtli hayot kechirganing kabi, oxiratda ham abadiy saodatga erishasan.
1. Qanoatli bo`l! Ya`ni umr yo`ldoshing keltirgan oziq-ovqat, kiyim-kechakning hammasnni mamnuniyat bilan qabul kil. Chunki qanoat qalbga huzur-halovat bag`ishlaydi.
2. Aytilayotgan gaplarni doimo diqqat bilan eshit va hamisha itoatda bo`l. Umr yo`ldoshingga e`tiroz bildirma, u bilan hamfikr va yaqdil bo`lishga harakat qil. Bunday harakatlaring bilan Janobi Haqning roziligiga ham yetishasan.
3. Umr yo`ldoshing ko`zi tushishi mumkin bo`lgan hamma joyga e`tibor ber, shunday qilki, uning ko`zi zinhor nojo`ya holatlarga tushmasin.
4. Yomon hid chiqishi ehtimoli bo`lran narsa va yerlarga diqqat qil. Ularni topib, tozala. Uyingdan har doim xushbo`y hidlar taralib tursin.
5. Shuni yaxshi bil: tozalik va latofat suvga bog`liq. Har qanday narsa suv bilan toza bo`ladi. Uyda suvlarning toza turishiga ahamiyat ber.
6. Eringning ovqatlanish soati va uyqu vaqtiga diqqat qil. Ovqatni hamisha uning odati bo`yicha tayyorla. Vaqtida uxlashi uchun ishlaringni vaqtida tamomla. Chunki ochlik kishini tajanglantiradi, uyqusizlik esa, xafalikka sabab bo`ladi.
7. Uyingdagi mol-mulk, jihozlarni ehtiyot qil, bu narsa sening ishbilarmonligingni ko`rsatadi.
8. Eringning yaqinlariga chiroyli muomalada bul. Bu narsa sening yaxshi uy bekasi ekaningni bildiradi.
9. Eringning sirlarini zinhor birovga aytma. Agar sirlarini atrofga yoyadigan bo`lsang, sendan ranjiydi. Bevafolik yo`liga kirib ketishi ham mumkin.
10. Eringni hurmat qil, buyruqlarini bajar, gap qaytarib unga qarshi chiqma. Agar qarshi borib isyon etsang, jahli chiqib ranjishiga, hatto dushman kabi harakat qilishiga sabab bo`lasan. Ering g`amgin na xafa bo`lgan vaqtida o`zingni xursand tutma, uning g`am-tashvishiga sherik bul. U xursand bo`lsa, sen ham shunday kayfiyatda bo`lishga harakat qil.
Qisqasi: Qizim! Eringga qanchalik hurmat va itoat qilsang, shunchalik suyukli bo`lasan. Qanchalik rozi qilsang, shunchalik muhabbat ko`rasan. Shuni ham ta`kidlab o`tishim lozimki, bu aytganlarimni faqat uning istaklarini o`z hoy-havaslaringdan, uning roziligini o`z orzularingdan ustun qo`yish bilangina uddalay olasan.
Umomaning o`z turmush tajribalariga asoslanib qiziga qilingan bu pand-nasihatlari umuman eri bilan shirin hayot kechirish, oilani yaxshi boshqarish va huzur-halovatda xotirjam yashashni hohlaydigan har bir ayol amal qilishi lozim bo`lgan ishlardandir. Bu nasihat barcha xonimlarning quloqlariga qo`rg`oshindek qo`yilishi, o`zlariga mana shu o`gitlarga muvofiq yo`l tanlashlari kerak.
Janobi Haq bizga o`zining kuch-qudratini ko`rsatish uchun yaratgan maxluqotlarini dunyomizda ko`paytirib qo`ydi. Shu sababdan erkak bilan ayolni bir-birlariga muhtoj qildi, aql-zakovat bilan sharafladi, ularni boshqa maxluqotlardan ustun etdi.
Insonlar birlashib yuzaga keltirgan jamiyatlar kuchli va mustahkam bo`lishi uchun ayol va erkakning o`zaro munosabatini nikoh vositasida shar`iy holga keltirdi: ehtiyojlarining ta`minlanishiga shu yo`sinda izn berdi.
Erkak va ayolning birgalikdagi turmushi shar`iy nikohga asoslanadi. Bu buyruq (amr) olamning nizomi, insonlarning go`zal axloqli bo`lishlari va sog`lom jamiyatlarning vujudga kelishi uchundir.
«Tafsiri Kabir» muallifi Faxriy Roziy hazratlari «Va ja`alna baynakum mavaddatav va rohmatan» oyati karimasini shunday tafsir qiladilar: «Er-xotin o`rtasidagi sevgi faqat insoniy lazzatdan iborat emas. U muhabbat bevosita Allohning lutfiga oid kayfiyatdir. Chunki nafsoniy lazzatsiz ham muhabbat davom etaveradi. Agar er-xotin orasidagi rishta faqat shahvatdangina iborat bo`lsaydi, shahvat bo`lmagan vaqtlarda o`zaro kelishmovchilik kuchayib ayrilishlar yuzaga kelardi». Demak, shar`iy nikoh sevgiga, murosa ila yashashga va yaxshi hayot kechirishga sabab bo`ladigan yagona bog`dir.
Shuning uchun, «nikohda karomat bordir» iborasi ham shu tajribalar tufayli maydonga kelgan haqiqatdir.
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 25-Avg-2011, 07:47 | Message # 3 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Davomi
O`zaro chiroyli munosabat insonlar uchun juda zarur. Zero, dunyo hayoti ham bizdan shuni talab qiladi. Rasululloh (s.a.v.) hazratlari: “Siz hammani molingiz bilan o`zingizdan mamnun qilolmaysiz. Hech bo`lmasa, axloqingiz bilan mamnun eting”, deya marhamat qilganlar.
Olim Abul Lays Samarqandiy bu mavzuda shunday deganlar: «Inson yumshoq so`zli, go`zal axloqli bo`lishi kerak. Hech kimga yaltoqlanmasligi va birovni yuziga maqtamasligi lozim».
«Axloq va maslagi buzuq kishilar bilan suhbatda ehtiyot bo`lish kerak. Ularning noto`g`ri fikrlarini ma`qullayotganga o`xshab jim turish juda katta xatodir».
Bundan tashqari hamma bilan yaxshi munosabatda bo`lish, yomonlikdan yiroqlashish lozim.
Janobi Haq Muso va Horun (a.s): «Fir`avnga yumshoq so`zlar bilan gapiring», deb buyurmaganmidi?
Biz Muso va Horundan (a.s.) ham go`zal xulqlimizmi?!
Insonlar orasidagi munosabatlarda shirinso`z va ochiq yuzli bo`lishga buyurilgach, er-xotinning bir-biriga mehr-muhabbati ortishi tabiiy. Demak, nikoh tufayli yuzaga keladigan sevgi va boshqa munosabatlar har ikkala tomon tashabbusi bilan yanada kuchayishi kerak. Er-xotin zimmalaridagi vazifalarni chiroyli bajarishlari bilan bu munosabatning yanada mustahkam bo`lishiga zamin tayyorlaydilar. Bir-birlarining arzimas kamchilliklariga ahamiyat bermasdan hayotlarini tinch-totuv o`tkazadilar. Aks holda, ya`ni o`zaro yomon muomala-munosabat, o`z haqlariga amal kilmaslik oqibatida oradagi mehr-muhabbat yo`qoladi. Keyin arzimas mayda kamchiliklar ko`zga tuya bo`lib ko`rinadi, shu taxlit kelishmovchilik yuzaga keladi. Urush-janjal, shovqin-suron kun sayin kuchaya boradi. Bunday oiladan halovat ketadi, tinch-totuv yashash mumkin bo`lmay qoladi.
Mana shu sababdan ayollar erlariga oid haq va vazifalarini bilib, unga amal etishlari kerak. Erlarining tabiatlarini o`rganib, uni rozi qilishlari osoyishta hayot kechirib dunyodan o`tgach, yaxshi xotira bilan eslanishlari kerak.
Sha`biy ismli tobe`in (sahobalarni ko`rgan kishilar) uylanish mavzuida Qozi Shurayh aytib bergan bir hodisani shunday naql qiladi: «Qozi Shurayh bir suhbatda menga:
- Ey Sha`biy! Agar uylanishni istasang Bani Tamim qabilasidan uylangin, - dedi va o`zining uylanish voqeasini so`zlab berdi:
- Yoshligimda Bani Tamim qabilasidagi bir janozaga borgan edim. Qaytib bir eshik oldida keksa ayol bilan yosh kizning o`tirganini ko`rib qoldim. Qiz juda
go`zal edi. Yaqiniga bordim, keksa ayoldan suv so`radim. Bahonada qizni yanada yaxshiroq ko`rmoqchi edim. Ayol qizga suv olib kelishni buyurdi. Suv ichib bo`lib ayoldan:
- «Bu go`zal kimning qizi, ismi nima?» deb so`radim. «Xudayrning qizi, ismi Zaynab», dedi ayol. «Oilalimi?»
«Yo`q».
«Nikohimga olishimni istab qolsam, menga berasizmi?» degan savolimga:
«Tengi bo`lsang, beramiz» - deya javob berdi.
Keksa ayolning javobini eshitib, uyga qaytdim. Qizga uylanishga qaror bergan edim. Qarindoshlarim bilan qizning uyiga bordik. Maqsadimizni aytdik. Xudayr: «Juda yaxshi bo`ladi», deya taklifimizni qabul qildi.
Oradan hech qancha vaqt o`tmay, nikohlandik. Ammo bu paytda men ichimdan pushaymonlik his qila boshlagan edim. Chunki bu orada qabila ayollarining juda qattiq bo`lishlarini eshitib koldim. Lekin oxirini kutishga qaror qildim. Tun kirdi. Qizning yoniga kirganimda u menga:
«Hazratim! Kuyovning Alloh rizosi uchun ikki rakat namoz o`qib, Janobi Haqqa iltijo qilib, xonimining xayrli umr yo`ldoshi bo`lishini so`rashi, yomonligidan asra, deb Haqqa sig`inishi sunnatdir», dedi.
«Ha shunday!» deya namozga turdim. O`qib bo`lganimda uning ham namoz o`qiyotganini ko`rdim. Keyin menga:
«Men sizning tabiatingiz va mnjozingizdan bexabar bir qizman. Nimalarni yoqtirishingiz va xush kurishingizni menga aytsangiz, sizning roziligingizga qarab harakat qilaman, xizmatingizda bo`laman. Yana yoqtirmaydigan narsalaringizni ham aytsangiz ulardan saqlanaman, bezovta bo`lishingizni oldini olaman. Siz ham boshqa bir ayol bilan, men ham boshqa bir erkak bilan turmush qurishimiz mumkin edi. Lekin taqdiri azal hukmi shu ekan, birga oila qurdik. Bu ilohiy amrni yo lutf va karam ila qabul eting yoki Haqning buyrug`ini bajaring. Alloh taolodan ikkimizni ham mag`firat kilishini so`rayman», dedi. Shunda aytdimki:
«Jonim! So`zlaring shunday teranki, aytganlaringni bajara olsang, meni baxtiyor qilasan. Endi mendan nimani hohlaysan, qani ayt?». «Qarindoshlarimning kelib turishlariga qanday qaraysiz?».
«Uzluksiz kelishlarini yoqtirmayman. Tez-tez kelishmagani ma`qul».
«Qaysi qo`shnilar bilan muomala qilamiz? Bilib qo`ysam shunga qarab ish tutaman».
«Falon qo`shnilarimiz solih kishilar. O`zi-so`zi to`g`ri, nomusli, yaxshi insonlar, bordi-keldi qilsa bo`ladi. Falonchilar bilan esa gaplashmaganing ma`qul, chunki badxulq kishilar, ularning kelishlarini ham xohlamayman», dedim.
Ey Sha`biy! Shunday qilib, qiz mening ra`yimga muvofiq ish boshladi. Kun sayin unga muhabbatim ortaverdi. Oradan bir yil o`tdi. Bir kuni uyga kelsam, bir keksa ayol o`tiribdi. «Unday qilma, bunday qil», deb xotinimga bir nimalarni o`rgatyapti.
«Bu kim?» deb so`radim.
«Qaynonangiz», deb javob qildi xotinim.
Hol-ahvol so`radim va hurmatini joyiga qo`ydim. «O`g`lim, ayolingizdan mamnunmisiz?» dedi qaynonam. Juda xursandligimni, yaxshi tarbiya berishganini aytdim.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 14-Sen-2011, 05:49 | Message # 4 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| «Bolam! Ayollar asosan ikki holatda axloqsizlik ko`rsatadilar. Birinchisi, o`g`il bola tuqqanlarida, ikkinchisi esa, erlaridan yuz burganlarida. Agar xotiningizda shunday holat sezilsa, darrov tarbiya qiling, dedi va so`zida davom etib: - Qasam ichib aytamanki, erkakning uyidagi eng xunuk holat, eridan yuz burib, nozlanib yurgan dilbarlarning holatidir, dedi. Keyin mendan so`radi:
- O`g`lim! Xotiningizning qarindoshlari sizni qachon ziyorat qilishlarini hohlaysiz?».
«Hohlagan paytda kelishaversinlar».
Xullas, qaynonam har yili yil boshida biznikiga kelib, qiziga chiroyli nasihatlar berib ketardi.
Ey Sha`biy! Yigirma yil men bilan birga yashab, bir yostiqqa bosh qo`ygan ayolimdan hech kamchilik ko`rmadim. Bir qo`shnim bor edi. Ayoli odob-axloq ko`rmagan ayol edi. Uylaridan urush-janjal hech arimasdi. Har gal ularni ko`rsam xotinimni eslayman va ushbu she`r xayolimdan o`tadi:
Ko`rdimki, bir qancha erkaklar,
Xotinini tinimsiz kaltaklar.
Zaynabimni Alloh qo`risin,
Qo`l ko`tarsam, qo`lim qurisin.
Gunohsiz ham hech urilarmi?
Beayb urilsa, adolat qolarmi?
Tarbiyali, or-nomusli va go`zal axloqli ayollar o`zlari haqida madhiyalar yozilishiga sabab bo`lishgan.
Badxulq, tarbiyasiz xotinlar esa, osoyishta hayot nimaligini bilmaydi va ayni choqda odamlarda yomon xotiralar qoldiradilar.
Yuqoridagi fikrimizdan: «Erkaklar ayollariga hohlagancha muomala qiladilar, ozor beradilar, so`kadilar, uradilar. Erkaklar haq, ayollar nohaq, mutloq itoat etishga majbur» degan xulosa chiqarish to`g`ri bo`lmaydi.
Holbuki, erkaklarning ham ayollari oldida ba`zi vazifalari bor.
Ayollarning kiyinishi va yeb-ichishlari erkaklar tomonidan ta`minlanishi kerak. Erkak kishidan ayoliga zulm va aziyat yetkazmaslik, ba`zan sabr-toqatli bo`lish talab etiladi.
Rasululloh (s.a.v.) hazratlari: «Mo`minlarning imoni eng mukammal va axloqiy jihatdan eng go`zali ahli ayoli, bolalari va qarindoshlari xususida eng lutfli bo`lganlaridir», deganlar. Yana bashqa bir hadisi sharifda esa: «Kibrlanib, bola-chaqasiga qo`pol munosabatda bo`lgan kishiga Janobi Haq (azza va jalla) nafrat bilan qaraydi», deb marhamat qilganlar.
|
|
| |
OSIYO | Date: Payshanba, 29-Sen-2011, 06:36 | Message # 5 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
|
Qisqasi, ayollarning erlari oldida vazifalari bo`lgani kabi, erlarning ham ayollari oldida vazifalari bor. Vaqti-vaqti bilan erlar ayollarining ko`nglini olib turishlari lozim. Bo`lar-bo`lmasga ularga zulm qilish zolimlikdir. Hatto ayolini behuda jazolash ehtimoli bo`lgan badxulq erkakning uylanishi shariatda makruh sanayaadi.
Erkak kishi ayolini yaxshi narsalarga odatlantirishi, yomon narsalardan saqlanishi kerak. Ayollar esa, tabiatan erining ko`rsatmalariga itoatda bo`lishlari lozim. To`rt-besh farzandli ona ko`pincha kecha-kunduz bolalari tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lib qoladi. Bunday holatlarda erini: «Kiyimlarim dazmollanmagan. Kir kiyim vaqtida yuvilmabdi, ovqatlar ko`ngildagidek emas», deyishi yoki shunday bahonalar bilan ayoliga baqirib-chaqirishi, ustiga-ustak so`kishi va kaltaklashi juda katta zulmdir.
Zolimlarni Alloh taolo ham, Payg`ambarimiz (s.a.v.) ham xush ko`rmaydi. Chunki tayoq bilan tarbiyalab bo`lmaydi. Hatto hayvonlar ham bunday tarbiya qilinmaydi.
«Ayollar erkaklarga Janobi Haqning omonatidir».
Payg`ambarimiz (s.a.v.) hazratlari musulmon erkak va ayol o`rtasidagi muomala-munosabatlarni quyidagi hadisi shariflarida bayon etganlar: «Ayollar qovurg`a suyagiga o`xshaydi. Uni to`g`rilamokchi bo`lsang, sindirasan. O`z holiga qo`ysang, yana ham egiladi. Egri holda undak foydalanishing mumkin».
|
|
| |
OSIYO | Date: Dushanba, 03-Okt-2011, 08:38 | Message # 6 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| «Bir erkakning ajralishidan Arsh larzaga keladi».
«Bir kishi ayoliga muhabbat bilan boqsa va ayoli ham unga shu kayfiyatda yuzlansa, Aaloh taolo ikkisiga ham rahmat nazari bilan qaraydi. Va qo`llarini qo`llariga qo`yganlarida ikkisining ham gunohlari barmoqlari orasidak to`kilib ketadi».
Sahobalardan biri Payg`ambarimizdan (s.a.v.):
- Yo Rasululloq! Ayolning eri zimmasidagi haqlari qaysilar? — deb so`raganimda, Rasuli Akram (s.a.v,):
- Yeganingdan yedirish, o`zing yangi kiyim kiyganingda unga ham kiydirishdir. Ayolning yuziga urma! Xunuk harakatlarni qilma va quvlama! Biror aybi sababli o`zingdan uzoqlashtirmoqchi bo`lsang, bu ishni uying ichida qil! — deya javob berdilar.
«Mo`min erkak mo`mina ayoldan nafratlanmasin. Undaga bir xulqni yoqtirmasa, boshqa xulqidan zavqlanishi mumkin».
Agar er kishi ayolining yeb-ichishini ta`minlab har xil kiyim-kechak, taqinchog`u xushbo`y atirlar olib berib ko`nglini ovlashga intilsa, ayol bunga javoban eriga to`la itoat etishi va xizmatlarini ayamasligi kerak.
Shubhasiz, bundan o`zaro mehr-muhabbatli diniy oilada huzur-halovat va tinch-totuvlik bardavom bo`ladi. Zero, Ummu Inasning onasi ham:
«Qizim! Sen eringning xizmatkori bo`lginki, u ham senga yordamchi bo`lsin», degan edi.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 02-Fev-2013, 16:19 | Message # 7 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Эркак ва аёл Аллоҳ таолога муқарраб бўлишда тенгдир. Аллоҳ таоло эркагу аёлга қурбиятни ҳосил қилиш эшикларини очиб қўйган. Аллоҳ таоло бу ҳақда шундай марҳамат қилади: مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ. “Эркагу аёл, ким мўмин ҳолида яхши амал қилса, Биз унга яхши ҳаёт кечиртирамиз ва, албатта, уларни қилиб юрган амалларининг энг гўзалига бериладиган ажр ила мукофотлармиз” (Наҳл 97-оят). Аёлларда, валилик даражасига кўтарилиш эркакларнинг ишлари деган нотўғри тушунча мавжуддир. Улар намоз ўқиш, рўза тутиш ва уй юмушлари билан машғул бўлиш бизнинг ишларимиз деб, ҳаётни шу тарзда ўтказиб юборадилар. Ислом тарихига назар солсак, бу умматнинг аёллари ислом майдонида қанчалар камолот топганлари ва илм денгизида қанчалар шўнғиганлари бизга кундек равшан бўлади. Аёллар дин ишларида кечаю кундуз банд бўлганлар ва вилоят даражасини топишда эркаклардан ортда қолмаганлар. Аллоҳ таолога қурбат ҳосил қилиш, Уни таниш, ва розилигига эришиш эркакларга қанчалар муҳим бўлса, шунчалар аёлларга ҳам аҳамиятлидир. Бу муҳим истакларга эришиш учун диний илмларни ўрганиш ва уларга ихлос билан амал қилиш талаб этилади.
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 05-Fev-2013, 20:40 | Message # 8 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| “Dunyo matolari ichida eng yaxshi mato SOLIHA AYOLDIR” Paygambarimiz s.a.v. Mumin kishi turmish qurishdan oldin Alloh Azza va Jallani shariatidan yani Allohni kitobi va Rasululloh s.a.v. sunnatlaridan urganmoqligi lozim buladi.Mumin kishi tyurmush qurishdan oldin nikoh ahkomlari va e'r-hotinni bir-birlariga bo'lgan haq-huquqlarini bilmoqlari vojib buladi. Shundan sung e'r kishi ayolini tanlaydi.Ayol kishi turt narsa uchun nikohlanadi:nasabi,moli,jamoli va dini,huddi Rasululloh s.a.v. aytganlaridek va bu turt narsadan din egasi bulganini tanlanadi.Soliha ayolga turmush qurgandan keyin e'r kishi ayolini boshini silab Rasululloh s.a.v. O'rgatgan va sohih hadis vorid bulgan duo bilan duo qiladi.Bu sunnatda vorid bulgan amallar solih zurriyot paydo bulishligining sabablaridan bir sababidir. Albatta ayol kishi agar din e'gasi bulsa farzandlariga islom ahloqlari va Shariat hukmlarini talim beradi va bolalarni Rasululloh s.a.v. sunnatlari buyicha tarbiyalaydi. Biron-bir uy yuqki e'r-hotin urtasida kelishmovchilikdan holi bulgan.Bu holatlarda e'r-hotinlar uz haq-huquqlarini bilib unga amal qilmoqlari va ikkalovlari gazabdan tinchlanishlari va bazilari bazilarini isloh qilishga shoshilishlari lozim buladi.Alloh Taolo bu haqida aziz kitobida aytganki:"Ayollar erkaklarga libosdir va e'rkaklar ayollarga libosdirlar."Ayol kishi agar e'rini hatosini kursa uni berkitib isloh qilishga harakat qiladi va e'rkak kishi agar ayolini hatosini kursa berkitib uni isloh qilishga harakat qiladi.
|
|
| |