RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Oshhona uchun foydali maslahatlar
BAXORДата: Payshanba, 23-Iyun-2011, 20:43 | Сообщение # 1
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
Oshhona uchun foydali maslahatlar!

Menimcha sarlavhadan hammasi ayon.Izohga hojat yo'q deb oyladim.Shunday qilib bir-birimizga maslahat berishni boshladik


smile299


 
BAXORДата: Payshanba, 23-Iyun-2011, 20:48 | Сообщение # 2
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:


1. Yangi tova sotib olganingizda avvalo ichiga bir miqdor sirka solib qaynating. Shunday qilsangiz, kelajakda qizartmalaringizni tovaga yopishib qolishini oldini olgan bo'lasiz.

2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg'ichdan o'tkazing, shakar bilan aralashtiring va bankaga solib muzxonaga qo'ying. Bu aralashma uzun muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi:)

3. Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo'ying.

4. Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa, ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring".
5. Tomatingiz judayam nordon bo'lsa, ichiga 1 dona sabzini qiring. Sabzi nordonligini oladi.

6. Qo'ziqorinlaringiz yana ham lazzatli bo'lsin desangiz, tozalagandan keyin ustiga tuz va limon suvi seping. 5 daqiqadan keyin pishirishingiz mumkin:)
7. Qo'ziqorinlarni kilolab olgan bo'lsangiz. Ularni birinchi navbatta qaynatib qo'ying, chunki qo'ziqorin tez ayniydi. Qaynatib qo'ysangiz hohlagan payt taomlar uchun ishlatsangiz bo'ladi.
8. Noningizni suvi ketib qolgan bo'lsa, mantiqasqon listlariga terib, 10-15 daqiqa parda ushlang. Shundan so'ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortib, oila a'zolaringizni hursand qilasiz.


 
MASTERДата: Juma, 24-Iyun-2011, 02:10 | Сообщение # 3
Adminstrator
Группа: ADMINISTRATOR
Сообщений: 7547
Статус:
Foydali maslahatlar yahshi bo'libdi

وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
BAXORДата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 21:24 | Сообщение # 4
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:



Dasturxonni bezash usullari

Dasturxonni qanday bezash afzalqor?

Dasturxonning eng afzalli va yoqimlisi bu nonushtadir. Nimaga?..

Birinchidan, nonushtaga dasturxonni va uning buyumlarini tanlash insonga xuzurbaxsh baxt ato etadi.

Ikkinchidan, nonushtaga shirinliklar, yengil taomlar, pechenye va boshqa oson pishiriladigan taomlar bilan dasturxonni bezash mumkin.

Har kungi nonushtaga o'zgacha bezaklar bilan dasturxonni tayyorlab uydagilaringizni lol qoldirib o'z mahoratingizni namoyon eting!!!

Tajriba mobaynida dugonalaringizni taklif eting va ular bilan maslahatlashing. Bir kalla yaxshi, ikkalasi undanam yaxshi deb bejiz aytilmaydi. Mexmon kutish yaxshi, ularni chiroyli kutish esa insonnig aql- farosati, ziyrakligi va qanchalik orzu-xavasli uybekasi ekanligini ko'rsatadi.

Demak ishni dasturxon va chochiqlarni bir xil tanlab yoyishdan boshlaymiz. Dasturxonni paxtagulli sirviz (yeyish, ichish uchun kerakli idish-tovoqlar) bilan miliy shaklda yo'ki zamonaviy idishlar bilan servirovka tayyorlanadi. Mexmonlar qaysi paytga kelishi juda muhimdir. Chunki nonushta, tushlik va kechki ovqatga chaqirilgan mexmonlarni xar hil kutib olinadi va ularning yoshi va jinsi inobatga olinib dasturxon tayorlanadi.


 
BAXORДата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 21:30 | Сообщение # 5
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:





Mehmon kutish san’ati siri

Odatda qo'shiqchi va aktyorlarga nisbatan keng qo'llaniladigan san'at so'zi nazarimda tor doirani egallagandek. "san'at sohasi" deya faqat shu ikki kasb egallariga murojat qilinadi. Aslida yaxshi notiq va filologga nisbatan ham "so'z san'atkori", usta chevarga nisbatan "san'atkor tikuvchi"degan sifatni qo'llasak , mutlaqo xato bo'lmaydi. Xuddi shu qatorda fikromizni biror soha yoki kasbga emas, aksincha kimlarningdir nazaridagi "bekor o'tiradigan", uy bekalarning doimiy mashg'uloti hisoblangan mehmon kutishga qaratmoqchimiz. Va so'zimiz avvalida uni san'at deya baholab, quyida "MEHMON KUTISH SAN'ATI"haqida to'xtalamiz.

Xullas, uy bekasi. Kun bo'yi uyda o'tirib, keldi-ketdilardan baxobar ayolning barchasi ham oqila uy bekasi emas, albatta. Keluvchilarning to'rttasiga xushmuomolada bo'lsayu, birginasiga xurmatsizlik yoki qopollik qilsa, bezak haqida to'rtta tarafdor bo'lganda ham oqila bezak deya olmaymiz.

Aksincha, kunning ertasidan shomiga qadar o'tirmasada, har qachon eshik qoqqan kishiga ochiq chehralik va xush tavoze'lik bilan muomolada bo'ladigan, ko'nglini oladigan erkagu ayol nafaqat bekalik , balki mezbonlik fazilatiga ega, boshqacha so'z bilan aytganda mehmondo'stlik san'ati sohibi va sohibalaridir.

Mehmondo'stlik san'atiga ega bo'lish kishidan mashshaqatli mehnat yoki kuchli bilim talab etmaydi. Kengfe'llik va shirinsuxanlik -mana shu ikki fazilat insonni insonga bog'laydi, o'rtada hurmat paydo qiladi. Demakki, eshik qoqqan kishiga bag'rikenglik bilan xushmuomolada bo'lgan mezbon mehmon kutishning dastlabki sirini oshkor etibdi.

Mehmon kutish haqida.

Mehmondorchilik- ya'ni mehmon kutish va kuzatish odati Dunyodagi aksariyat xalqlarga xos xususiyatdir. O'zbek xalqi esa bu borada, nafaqat ulardan ajralib turadi, balki ularning tahsiniga sazovor bo'lib keladi.

O'zbek xalqi bu jo'mard odatni juda qadim zamonlardan ixtiyor etgan. Shuning uchun ma'daniyatimizning ko'hna manbalarida mehmondorchilik insonning, oilaning , qabila va xalqning odamiylik , sahovat , ma'daniy va ma'naviy aloqasi, muloqt mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O'zbeklar "mehmonxonang tor bo'lsa han mehri diling baland bo'lsin", deyishadi. Sharq xalq orasida mashhur bo'lgan Hotami Toy hikoyatlar buyuk mutafakkir Alisher Navoyi asarlari orqali ko'pchilikka tanish , albatta. Ulardan eng so'nggi luqmasigacha sahiylik bilan mehmonga tutqazgan, oila va qabila sha'nini saqlab qolgan ajoyib inson haqida hikoya qilinadi. Xalqimiz qadim zamondanoq "mehmon otangdek ulug'", deya eshikdan kelgan odamni hurmat-ehtirom bilan kutib olib, izzatini joyiga qo'yib, kuzatib qo'yishgan.

Kutilgan mehmon tashrifi

Mehmon kutish va mehmonga borish barcha xalqlar, millatlar singari bizning an'analarimizga ham mos keladigan madaniyat hisoblanadi. Biror qonun yoki rasmiy xujjatlar bilan aniq tarzda belgilab qoyilmagan mehmonnavozlik udumlari yozilmagan axloq qoidalari sanaladi va u insondan insonga o'rnak va fazilat sifatida o'tib, asrlar osha bu qiymatini saqlab kelmoqda.

O'z xursandchiligingizni yaqinlaringiz, yor-birodarlaringiz bilan qarshi olishingiz, sizning ko'ngli ochiqlik fazilatiga ega ekanligingiz alomatidir.

Demak, siz mehmon kutmoqchisiz. Mehmon kutishning mezbon tomondan dastlabki talabi bu -taklif.

Sababidan qat'iy nazar, siz biror munosabat bilan mehmon kutar ekansiz, avvalo mehmoningizga taklifingizni bildiring. Xoh yuzma-yuz, xoh biror kishi orqali, xoh telefon yoki noma tarizidagi aloqa vositasi yordamida. Chaqirilgan mehmon alohida tavoze' bilan kutib olinadi. Bunda mehmon ham mezbon ham o'zgacha tayorgarlikka ega bo'ladi.

Xullas, taklifga binoan uyingizga mehmon tashrif buyurdi. Siz nimalarga alohida etibor qaratishingiz lozimligini bilasiz, biz esa eslatib o'tmoqchimiz, xolos. Birinchidan, ohang-gapirish tarzingiz muloyimligi mehmoningizni ko'ngliga yanada yaqin bo'lishingizga sabab bo'lar. Baland ovoz va qo'pol ohang mehmonni nafaqat ko'ngliga tegadi, xatto ranjitishi mumkin.

Ikkinchidan, munosabat- agar mehmonlaringiz ko'pchilik bo'lsa, ularga birdek munosabatda bo'lishingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Katta davrada kimgadir ortiqcha e'tibor qaratib boshqa bir mehmonni nazaringizdan chetda qoldirsangiz, nafaqat ikki mehmon, balki boshqalar ko'nglida ham o'zingizga nisbatan ijobiy bo'lmagan fikr uyg'otishingiz tabiiy.

Uchinchidan, sukut- be'mantiq gapdan sukut afzal, degan purma'no gap mehmonlar davrasida juda ahamiyatli hisoblanmaydi. Sababi sukut mehmonlar o'rtasiga sovuq jimjitlikni olib kelishi mumkin. Bu ikki sababga ko'ra, birinchidan davra mehmonlarini bir-birlarini mutlaqo tanimasligi, ikkinchidan mezbonning nihoyatda kamgapligidan kelib chiqadi. Bu mehmondorchilikning fayzli kechishiga to'siq bo'lar ekan, mezbon buni oldini olishga harakat qilishi lozim. Muamoni mehmon chaqirishdan avval ularni bir davra ahli ekanliklariga ishonch hosil qilish hamda mezbon tabiatan kam gap bo'lganda ham gapni gapga ulab turishga imkon axtarish bilan hal qilish mumkin.

To'rtinchi talab,sarishtalik- mehmon kam o'tiradi, ko'p ko'radi, degan nahl xaqiqatan jonli ekanligiga mehmonga borganingizda o'zingiz amin bo'lishingiz mumkin. Deylik, siz mehmonga bordingiz. Mezbon kirib-chiqib yurganda yoki qarshingizda o'tirganda ham ko'zingiz beixtiyor atrofni kuzatadi. Nafaqat jihozlartartibiga, balki ularning sarishtaligi, chang-g'ubordan xoli ekanligi sizni befarq qoldirmaydi. Demak, mehmoningizda ham sizning xislatingiz bo'lishi tabiiy. Shu sabab uyingizning barcha burchagi, servatingizdagi chinnilar ozadaligiyu qandilingizning changdan xoliligini mehmonlaringiz tashrifidan avval qayta ko'zdan kechiring. Darvoqe,uyingizdagi yoqimli ifor mehmonlaringiz kayfiyatini ko'tarib yuborishi mumkin. Aksi bo'lmasligiga ehtiyot bo'ling.

Beshinchidan,pazandalik- uy bekasini mehmonlar qarshisida qadrini oshiruvchi vositalardab biri uning pazanda ekanligidir. Dasturxonga tortilgan mezbon tomonidan tayorlangan shirinligu salatlar, xushta'm taomlar mezbon haqida ijobiy fikrlar ko'payishiga omil bo'ladi. Mezbonning usta oshpaz yoki qandolatchi ekanligi boshqa davralarda ham ta'kidlanishi, uyda esa mehmonlar tahsiniga sazovor bo'lishi tabiiy. Mehmonnavozlik nihoyatda nozik fazilat. Millatimizga xos bu sifatni ochiq chehralik hamda tabassum bilan ado etib, mehmonlarimizni yuqoridagi qoidalarga binoan kutib olaylik. Toki, hurmatini joyiga qo'ygan mehmonimiz bizga ham shunday iltifot bilan munosabatda bo'lsin. Ko'ngillar faqatgina ko'ngillardan suv ichishini unutmaylik.



 
DURDONДата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 21:34 | Сообщение # 6
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Binafsha, ofarin,rahmat sizga

 
BAXORДата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 21:36 | Сообщение # 7
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
durdon rahmat

 
BAXORДата: Seshanba, 28-Iyun-2011, 10:47 | Сообщение # 8
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:




Чой ҳақида

Чой нима? – деган саволга кўпчилик: "Битта ичимлик-да" деб жавоб беради. Шундайку-я, Ўзбекистонда чой турмуш тарзининг анъанавий бир бўлаги, одамлар ўртасида ўзаро муносабат воситаси, кўпгина касалликлар учун дори-дармон, чанқоқбосди ичимлик ҳисобланади. Ўзбек халқи турмуш тарзидаги ўзаро алоқаларнинг тарихий такомили жараёнида, ҳатто меҳмондўстликнинг чой билан боғлиқ айрим шакллари ҳам мавжуд.

Чунончи, "Чойхона базми" – бир чойнак чойни резалаб, дўстлар билан суҳбат қуриб ҳордиқ чиқариш. "Келинчак қўлидан чой" – янги турмуш қурганларнинг мазкур оила ҳаётидаги дастлабки меҳмон кутиш издаҳоми. "Бир пиёла чойга таклиф" – меҳмоннавозликнинг бемаврид шакли бўлиб, дўстларни чой билан сийлаш.

Барча меҳнат ва бўш вақтимиз ҳам у ёки бу тарзда чой ичиш билан кечади: нонуштада чой ичамиз, меҳмондорчиликлар бир пиёла чойдан бошланиб, чой билан якунланади. Дўстларни, таниш-билишларни, ҳамкасбларни учратиб қолсак: "Чой қуйиб бераман", деб уйга ёки чойхонага таклиф қиламиз. Уйда ёлғиз қолсак, зериксак ҳам чой дамлаб ичамиз, ишда бўлсак, зарарли папирос чекиш ўрнига чой ичиб хумордан чиқамиз. Йўлда бўлсак ҳам чой, чўлда бўлсак ҳам чой, боғда ҳам чой, тоғда ҳам чой. Қизиғи шундаки, қишда совқотсак бир пиёла чой ичишимиз билан танамизни иситади. Ёзнинг жазирамасида ичилган қайноқ чой чанқоқни босиб салқинлатади. Шундай ҳам бўладики, вақтида овқатлана олмасак, оч қоринга ичилган чой нафсни ором олдиради. Агар кўп овқат еган бўлсак ҳам чой, ёлғиз чой ҳазм қилишга ёрдам беради. Барча спиртсиз ичимликлар қаторида чой биз учун асосий ўринда туради, сиҳат-саломатлигимиз учун ҳам муҳим аҳамиятга эга. Уйқусираб қолганда чой ичилса сергаклантиради, ухлаб туриб ичилган чой чеҳрани очади. Бош оғриғини чой қолдиради, кўнгил айниса чой босади.

Ана шундай хосиятга эгалиги учун чойни гўдакдан тортиб қариягача, соғлом кишидан беморгача – барча ичади. Чой шундай неъматдирки, у асабларга ором бериб, танани бардам, бақувват қилади. Шуларни ўйлаб: "Агар чой ичмасанг, қувватни қайдан оласан?" – деган халқ нақлининг бежиз айтилмаганига ишонч ҳосил қиласан киши.

Чойнинг ажойиб хусусиятлари қаламкашларни ҳам илҳомлантирган. Унга атаб шоирлар шеърлар, достонлар битишган, олимлар китоблар бахшида этишган. Чой ҳақида ёзилган шеърлардан энг мақбули чой мамлакати – Ҳиндистоннинг атоқли шоири ва мутафаккири Рабиндранат Тагор қаламига мансуб бўлиб, унда қуйидаги мисралар бор:

Чиқар ҳордиқ доим ичсанг чой,
Чойдир нафосат, куй,
ғазал, чирой.
Чоп, азизим, кел, чой
ичайлик, чой,
Чойдан ол мадад, чой
қувватга бой.

Дарҳақиқат, чой – қувватга бой неъмат, ҳордиқ чиқарувчи, тетиклаштирувчи, сермалтирувчи бўлиши билан бирга уни парҳез, шифобахш ва дори-дармон воситалари қаторига қўшмоқ зарур.

(Карим Маҳмудовнинг "Чойнома" китобидан)


 
OSIYOДата: Chorshanba, 29-Iyun-2011, 07:11 | Сообщение # 9
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
malades binashka
 
BAXORДата: Dushanba, 01-Avg-2011, 17:27 | Сообщение # 10
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:


Pazandachilikka oid foydali maslahatlar

Sariyog’ solingan idish issiq havoda sho’r suvda ho’llangan sochiq bilan o’rab qo’yilsa, yo’g’ erimaydi.

· Tovada qizdirilayotgan yog’ga bir chimdim tuz tashlansa, yog’ kamroq sachraydi.

· Duxovkadagi pechenya, pirog, non kuymasligi uchun qolip tagiga ozgina tuz sepish kerak.

· Ba’zan baliqlardan balchiq suv hidi yoki boshqa o’simlik hidi keladi, uni sho’r sovuq suvda yuvilsa, boyagi ko’ngilsiz hidlar yoqaladi.

· Baliqni tozalashda qo’ldan sirg’anib ketmasligi uchun barmoqlarni tuzga botirib olgan ma’qul.

· Yorilgan tuxumni qaynatib pishirayotganda oqib ketmasligi uchun uni sho’rroq suvda qaynatish lozim.

· Sabzavotni qaynatishdan oldin bir oz vaqt sho’r suvda ivitib qo’yish kerak.

· Duxovkadagi tunuka patnis zanglab qolsa, zangini elakdan o’tkazilgan qumga bulg’alangan kartoshka parraklari bilan ishqalab ketkazish mumkin.

· Xamir qorishdan oldin har qanday unni elab oling. Bunda unda tarkibidagi kislorod ortib, xamiringiz muloyim va bo’rsildoq chiqadi.

· Xamirning tuzini past qilib qo’ygan bo’lsangiz, tuz har qancha mayda bo’lsa ham o’zini shunday sepmang. Oldin suv yoki sutda eritib oz-ozdan qo’shib qoring.

· Masalliq yuziga tuxum surtganda cheti qolsin, aks holda chetiga silqib tushgan tuxum pishayotgan xamirning ko’tarilishiga imkon bermaydi.

· Suvda pishgan kartoshkani sovutib, mayda ko’zli qirg’ichda qirgandan so’ng, oshirilgan xamirga aralashtirib yuborilsa, non yumshoq va bo’rsildoq bo’ladi (bir kg unga ikki dona kartoshka hisobida).

· Xom sabzidan tayyorlanadigan salatni chuchitilgan paxta yog’i yoki smetanaga qorilsa, kishi organizmi 60 %ni o’zlashtiradi. Aksincha yog’ yoki smetana qo’shilmay tayyorlansa, 6 %gina o’zlashtiriladi xolos.

· Idish sovuq suv bilan chayilsa, sut kuymaydi.

· 1 litr sutga 1 choy qoshig’ida shaker solib qaynatilsa, surt 3 kungacha achimaydi.


 
BAXORДата: Dushanba, 01-Avg-2011, 17:32 | Сообщение # 11
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:


Taomlar va ovqatlanish haqida

Inson yashamoq, mehnat hamda ijod qilmoq uchun taom iste’mol qilishi kerak. Uning tarkibida kishi tanasi uchun zarur bo’lgan farmokologik va biologik faol moddalar mavjud bo’lib, inson salomatligi mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.Agar taom yaxshi va sifatli bo’lib undan kerakli miqdorda tanovul qilinsa u kishi salomatligini yuqori darajada saqlab turadi, aks holda esa uni turli betoblikka olib kelishi mumkin. Hammamizga ma’lumki, jismoniy mehnat odamdan katta kuch talab qiladi, uni qoplash uchun tez-tez yangil hazm bo’ladigan, kuchli quvvatga ega taom iste’mol qilib turish kerak. Negaki, inson tanasida har daqiqa tirik hujayralar o’lib turadi, ular o’rnini yangilari qoplaydi. Yangi hujayraning qanday bo’lishi o’z-o’zidan sifatli obqatlanishga bog’liq.
Taomning turi judayam ko’p.Taomda yetarli miqdorda oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar, turli vitaminlar va suv bo’lishi lozim.
Oqsillar. Olimlar oqsilni protein deb atashgan. Protein yunoncha “birinchi o’rinni egalovchi” degan ma’noni anglatadi.Aslida ham shunday, oqsillarsiz yashab bo’lmaydi. Tanamizdagi butun hujayralar oqsillardan tuzilgan.

Oqsillar:1. O’simlik oqsillari- dukkakli, boshoqli donlarda, ayrin zabzavot va ho’l mevalarda uchraydi. 2. Hayvon oqsillari-sut, tuxum, go’sht, baliq, tvorog va shunga o’xhsahs mahsulotlarda uchraydi. Taomda oqsillar yetishmasligi organizmning infektsion kasalliklarga ko’proq moyil bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bir kunlik oqsil normasi-80-100 gr.

Uglevodlar. Bular eng ko’p iste’mol qilinadi. Kundalik oziq miqdorining 70% ni tashkil qiladi. Uglevodlarning boshqa moddalardan farqi inson organizmida tez va oson hazm bo’ladi. Uglevodlar energiya manbai hisoblanadi. Ular deyarli hamma o’simliklarda, meva, sabzavotlarda mavjud. Uni to’g’ridan to’g’ri shakar, qand, asal, kraxmal va boshqalar orqali iste’mol qilish mumkin. Bir kunlik normasi- 350-500 gr.

Yog’lar. Inson organizmi uchun energiya manbaidir va eng muhim to’yimli moddalardan biridir. 1 gr yog’ 9,3 kilokaloriya energiya issiqlik beradi. Bu esa oqsil va uglevodlarga qaraganda ikki baravar ko’pdir. Yo’glar ikki hil bo’ladi: 1. Hayvon yog’lari- mol, qo’y, cho’chqa, baliq, parranda va boshqa hayvonlardan olinadi; 2. O’simlik yog’lari- zig’ir, paxta, kunjut, bodom, oliv, pista va boshqa o’simliklardan olinadi.O’simlik yog’lari hayvon yog’lariga nisbatan tez va oson hazm bo’ladi.Kunlik normasi-85 gr.

Mineral moddalar. Tanamizdagi barcha a’zolar, to’qima va suyuqlikda mineral moddalar bor. Tanadagi na biror a’zo, na biror hujayra natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor va boshqa mineral moddalarsiz yashay olmaydi. Bu elementlar odatda tuzlar tarkibiga kiradi. Masalan, natriy va xlor mineral moddasi osh tuzi, oqsillar va boshqa birikmalar tarkibida bo’ladi.

Vitaminlar. Ovqatni ratsional tashkil qilishda oqsil, yog’ va uglevodlarning yetarli bo’lishidan tashqari , turli vitaminlarga boy sabzavotlarga, poliz ekinlari va mevalardan ko’p iste’mol qilish tavsiya etiladi.Agar organizmga vitaminlat yetishmasa, moddalar almashinuvi izdan chiqadi, hujayralar faoliyati biziladi. Inson tezda charchaydigan, kam quvvat, tez kasalga chalinadigan, nimjon bo’lin qoladi.Olimlar sabzavot va mevalar tarkibida 30 xildan ortiq vitaminlar mavjudligini aniqlaganlar.Bu ne’matlarning inson organizmiga kunda kerak bo’ladigan asosiylari A, B1, B12, C, D, E, K, P, Pp va boshqalardir.

Suv. Inson organizmi bir kecha-kunduzda kamida ikki litr suv talab etadi. Chunki tanamizning 2/3 qismi suvdan iborat.
Xullas, inson salomatligi, umrining go’zal o’tishi uchun albatta, tabiat in’omlaridan bahramand bo’lmog’i kerak. Ovqatlanishning ham me’yori va tartibini saqlamoq kerak.


muzlatkich


 
BAXORДата: Dushanba, 08-Avg-2011, 18:56 | Сообщение # 12
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:


Уй ишларида..


Бизнинг ота-боболаримиз шолғом, турп, бодринг, сабзи, қизил лавлаги каби полиз маҳсулотларидан ва саримсоқ, сирка, туз, мурч қўшиб хом ҳолича, баъзан эса ўз хоҳишлари бўйича совуқ, озгина қайнатиб ёки димлаган ҳолда бир оз юмшатиб, турли гўштли овқатлар еганлар. Албатта, улар бунинг фойдасини билганлар. Карам мияни тозаловчи, бош оғриғини қолдирувчи ва кўзнинг кўриш фаолиятини яхшиловчи доривор сифатида ишлатилган.

Шунингдек, овқат таъмини яхшилаш, хушбўй ҳидлар бериш, ҳазм қилишини яхшилашда туз, сирка, ишланган сабзавотлар, мевалар, қора ва қизил мурч, зира, долчин, қуритилган кашнич, кардамон (ҳил) бодиён, зарчава, чиннигул кишининг ўз табиати ва таъсирига қараб қўлланилган.

Ҳафта давомида ишдан чарчаб, ҳориб келиб, у ёқ бу ёқни бироз эпга келтириб кўйгандек бўласиз. Лекин дам олиш кунлари бор кучингизни уйни тозалашга сарфлайсиз. Мана шу масъулиятли ишингизда сизга асқотиши мумкин бўлган қуйидаги маслаҳатларни ишга солишингизга ишончимиз комил.
Уй тозалашни дастлаб гилам тўшанчиларни чиқариб қоқишдан бошлаймиз.
Гиламларни ички томонидан қоқиб, юза қисмини супурги билан супуриб ташлаш тавсия этилади. Чанглардан қоқилиб тозаланган гилам сиркали сувга ботириб олинган латта билан артилса ранглари «очилиб» асл ҳолига келади. Гиламларингизнинг янада «ялтиллаб» туришини истасангиз ош тузини сепиб, сўнгра уни супурги билан яхшилаб супуриб ташлаш керак. Туз гиламдаги қолган чангларни шимиб олади ва уни ялтиратади. Қишда қор устида тозаланган гиламлар кўзни қувнатади.
Гиламлардаги қаҳва, чой доғларини эса глицерин аралашмали сув ёрдамида кетказиш мумкин (1л совуқ сувга 1 ош қошиқ глицерин).
Шарбат ва шунга ўхшаш суюқлик доғларини кир ювиш кукуни солинган илиқ сувда тозалаш мумкин. Сўнгра ўша жойни илиқ сиркали сув билан ювиш даркор (0,5 литр сувга 1 чой қошиқ сирка).

Чангютгич билан гиламлар тозаланганда уларни устки томони билан эмас, балки тескари томонидан тозалашни тавсия этамиз.

Нон узок, вақт давомида яхши сақланиши учун хаво утказадиган матодан килинган сочиққа ураб, тахтадан ясалган нон идишда сақаш лозим.

Нон идиши ичига олмалар кесиб қўиилса ёки тозаланган 1 картошка туғраб куиилса, унинг ичидаги нон узок мудаат яхши сакланади.

Нон елим халтага уроғлик ҳолда минус 18 даража хароратда музлаткичда турганда, 3 ойгача яхши холатда булиши мумкин.

Қотган нон янги ёпилган нонга нисбатан фойдалирок, булса-да, янги ёпилган нон кўпроқ истеъмол қилинади. Қотган нонни юмшатиш учун нонни намлаб, сўнг қиздирилган духовкага 1-2 дақиқага солиб куйиш лозим.

Дафна (лавр) япроғи, хушбуйлантирувчи ёки янчилган кора мурчларни овқат пишиши ёки димлаш олдидан солган маъқул, чунки овқат узоқ қайнаганда уларнинг хушбуйлантирувчи хусусияти камайиб, тайёр булган таом мазасини тахир қилиб қуяди.

Куриб қолган хантал (горчица)ни аввалги ҳолатига келтириш учун унга бир чимдим шакар сепиб, озгина сирка куйинг ва яхшилаб аралаштиринг.

Сиркани зич беркитилган шиша идишга солиб, салқин ва қоронғу жойда сақланг.

Сапатларга, соусларга, маринадларга янада маза ва хушбуйлик киритиш учун фойдаланишга мўлжалланган сиркага аччиқ кизил қалампир (ёки аччиқ калампирнинг бошқа навлари), саримсоқ, укроп, экстрагон, лимон қобиги, корагат (смородина) барги, антонов олмасини солиб қўйилади. Ушбу тайёрланган сирка икки хафта сақлангач, сузиб олинади.

Калампирнинг барча турларини куритиш мумкин. Бунинг учун калампирнинг ўртасидан, чучук қалампирни эса бандидан ипга тизиб шода қилиш лозим. Қалампир тезроқ қуриши учун хар бирининг банди яқинидан тешиб, шамол яхши тегадиган жойга илиб қуйинг.

Майда туғралган гуштни қовурмоқчи бўлсангиз, товага керагидан ортиқча мой солманг.

Жигарни қовуриб бўлгандан кейин тузлаш керак, агар олдин тузланса! гўшти қотиб қолиши мумкин,

Балиқдан келаётган балчиқ ҳидини йўқотиш учун тузли сувда ювиш тавсия этилади.

Биллур идишларии дастлаб совуқ сувда ювиб, сўнгра синька солинган сувда чайиб олинса ялтирайди.

Пишлоқни қирғичдан ўтказишдан аввал унга ўсимлик ёғи суртиш керак, шундай қилинса пишлоқ ёпишмайди ва қирғични ювиш ҳам осонлашади,

Қишки кийимларни куя ҳужумидан халос этиш учун уларнинг орасига, чўнтакларига куритилган апельсин пўстлоғини, герань ва тамаки баргларини солиш кифоя.

Мебелдаги қирилган жойлар йод аралашмаси билан артилса, излар йўқолади,

Агар кир совун совуқ жойда сақланса яхши кўпиради.

Қорайган алюмин идишларни сирка солинган аралашма билан тозалаш мумкин.

Балиқ сақланган идишни дастлаб хантал билан ювиб, кейин совуқ сувда чайиб ташлаш зарур.

Сочиқ ва дастурхонлар тузли сувда ивитилса, тез ва осон ювилади


 
ROBIYAДата: Dushanba, 08-Avg-2011, 19:03 | Сообщение # 13
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус:
rahmat sizga

chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
OSIYOДата: Dushanba, 03-Okt-2011, 17:59 | Сообщение # 14
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
ГЎШТ ҲАҚИДА БИЛМАГАНЛАРИМИЗ



Қовуришдан аввал гўшт бўлакларига озроқ шакар кукунидан сепилиб, сўнг қовурилса, гўшт бўлаги мазали, қизғиш ва қирсиллама бўлиб етилади.

Гўштни тўғраётганда унинг тўқима йўналишлари бўйлаб тўғраш лозим. Иссиқ пишган гўштнинг кесилиши, совиганига нисбатан қийинроқ кечади. Гўштнинг қаттиқроқ жойларини димлама учун ёки қийма сифатида фойдаланиш тавсия этилади.

Гўштни газ печида пиширмоқчи бўлсангиз, уни пергамент қоғозига ўраб олган маъқул. Газ печида гўшт пиширилаётганда, энг маъқул ҳарорат 170-200 даража иссиқликни ташкил этади.

Гўшт бўлаги юмшоқ ва лаззатли бўлиб етилиши учун пиширишдан аввал, уни бир неча соат давомида сутга ботириб қўйиш керак.


Гўшт қовуришда қиздирилган ёғга нам бўлакларни солмай, яхшиси, уларни салфетка ёрдамида артиб, кейин қовуриш даркор. Шунда қовурилган гўшт бўлаклари чиройли қизғиш тус олади.

Агар гўшт бўлагининг тузи ўтиб қолган бўлса, уни туз солинмаган соусга солиш кифоя. Яхшиси, тузланган гўштни совуқ сметанали соусга солиб, гўшт совиши билан ажратиб олса бўлади. Сметана гўшт совигунга қадар, гўштдаги ортиқча тузни ўзига тортиб олади.

Қопқоқ ёпиқ ҳолида гўштни қовуриб бўлмайди. Бу қовурма гўшт таъмининг ўзгаришига олиб келади.
 
SaodatДата: Seshanba, 04-Okt-2011, 09:13 | Сообщение # 15
Yangilardan
Группа: Ishonchli
Сообщений: 955
Статус:
Фойдали маслаҳатлар

Ширинликлар учун сметанали крем муваффақиятли чиқиши учун уни тайёрлашда қўлланиладиган идиш ва аралаштирувчи миксер винтлари етарлича совуқ бўлиши лозим. Бунинг учун уларни аввалдан музлаткичга солиб, совитиб олиш тавсия этилади.
Агар пишириқ куйиб қолса, уни сақлаб қолишга уринслик даркор. Чунки пишириқда нохуш куйинди иси сақланиб қолади. Мабодо, фақатгина бир чети тагига олган бўлса, у ҳолда қирғич ёрдамида куйган қисмини қириб олиш лозим.
Агар металл қолипга кекслар ёпишиб, уларни ажратиб олиш қийинлашса, қолипдаги кексларни бир неча бор паст оловдан ўтказиб олиш керак. Натижада қолип қизиб кенгаяди ва уларни тўнтариб, тубига салгина уриш билан кексларни қолипдан осонроқ ажратиб олса бўлади.
Бисквит хамирига крахмал қўшилса, торт янада яхши чиқади.

Аввалдан қиздириб олинган ёнғоқ пишириқ ёки тортга солинса, ёнғоқ хушбўй ҳидли бўлади.
Ёнғоқлар ёмон бўлиб қолмаслиги учун уларни қуруқ ҳамда ҳаво айланиб турувчи жойда сақлаш лозим.
 
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online