A resized and cropped image
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sheriyat olamiga sayoxat
SANJAR80Date: Chorshanba, 09/12/23, 4:09:08 PM | Message # 136
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Bevafo dunyo azizam,ikkimizga tor bo`ldi,
Shu bir kam dunyoda erkam,Ikki yurak zor bo`ldi.
Sen menga yetmay,men esa senga,
Ko`zlarimiz to`ldi yoshga,
Biz tortgan azoblar kimga,kimlarga darkor bo`ldi
Bizlarga baht bo`ldi hayol,
Go`yo o`tkinchi bir shamol,
Chin sevgimiz bo`ldi uvol,
Kimlargadir malol bo`ldi,
Kuydirdilar,qo`ymadilar,
Taqib etib to`ymadilar,
Erkimizga qo`ymadilar,
Ko`rganimiz ozor bo`ldi.
Bevafo dunyo azizam,ikkimizga tor bo`ldi,
Shu bir kam dunyoda erkam,Ikki yurak zor bo`ldi.


 
SANJAR80Date: Chorshanba, 09/12/23, 4:11:06 PM | Message # 137
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Majnundek, sahrolar kezaman,
Sen meni sevmaysan, sezaman.
Og’ringan dilimni ezaman,
U deydi:” Baribir sevaman”.

U faqat nomingni so’zlaydi,
Qashshog’-u osmonni ko’zlaydi,
O’q yegan ohuday bo’zlaydi,
“Baribir, baribir sevaman”.

-Qo’y,- deyman, - o’zingni bos,- deyman,
-Biz unga emasmiz mos, -deyman.
-O’zgani sevishi rost, -deyman,
-Deydi u , “Baribir sevaman”.

Sevgimni oshkor rad etsang ham,
Yarmini o’g’irlab ketsang ham,
Deydi dil: “Mayli-da, netsa ham,
Unimas, ko’nglini sevaman”.


 
SANJAR80Date: Chorshanba, 09/12/23, 4:11:44 PM | Message # 138
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Qalbimga birdan sovuq shamol esib,
Butun vujudimni qattiq titratar.
Achchiq xotira meni doim ezib,
Eslaganda meni xar gal yiglatar.

Ikki sevishganlar yurardik birga,
Ko’rganlar bizga qilardi xavas.
Endi esa tan beraman taqdirga,
Seni quchib xech olomam nafas.

O’sha mudxish kular yodimda xamon,
Operatsiyaga kirib ketding sen.
Endi seni yashashing edi gumon.

Bir mushtipar ona zor-zor yiglardi,
Barchaning konglini qilib vayrona.
Mening xam qalbimni battar tiglardi,
Gamgin ko’nglim bo’ldi endi payxona.

Seni yer bagriga keldilar qo’yib,
Nechun ajal seni tortdi qariga.
Men esa bu payt uyda yiglardim to’yib
Zor yig’lashdan o’tolmasdim nariga.

Menga armon endi sening visoling,
Faqat sening yoding bilan yashayman.
Ko’z oldimdan kemas go’zal visoling,
Endi muxabbatni butkul tashlayman.


 
SANJAR80Date: Chorshanba, 09/12/23, 4:14:35 PM | Message # 139
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Muxabbat olovi ichra kuydim men,
Yurak bagri tosh bir qizni suydim men.
Kechayu kunduz o'ylab u xaqda
Muxabbat sinovlaridan to'ydim men.

Negadir ilk sevgim javobsiz qoldi,
Xudoyim qalbimga azobni soldi.
Dilimdagi ul cho'g' meni kuydirib
Shul xijron dastidan alanga oldi.

U qizni bagri toshmas ekan yumshoq,
Otasi shavqatsiz ekan-ku biroq.
O'z qizini unashtirgan ekan-ku,
Men uning vasliga yashapman mushtoq.

Unashtirilganim eshitganim on,
Yuragim tilka-pora buldi vayron.
Go'yo shu on butun vujudim titrab,
Tanamda uzilganday buldi jon.

Bunday ayriliqqa berolmay bardosh,
ZOXIR ko'zlarida tomchiladi yosh.
Endi yorug' dunyo menga qorong'u,
Muxabbat osmonimda yuqdir quyosh!


 
SANJAR80Date: Chorshanba, 09/12/23, 4:15:44 PM | Message # 140
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yyrak kulbasida yashar muҳabbat,
Boshni makon etmish aql va fikrat.
Baland qasrlardan aql izla-yu
Va lekin muhabbat izlama faqat!!!


 
MASTERDate: Shanba, 09/12/26, 12:11:10 PM | Message # 141
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7592
Status:
Рхматинга мушарраф кил Парвардигор
Сени эслаб калбим яшнар
Мисли бахор
Мен сенники булдим энди
Кетди озор
Мухаббатим этай исхор
Такрор- такрор
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Сени севиб эришганим иймон булди
Тугри йулда юришликга имкон булди
Муъамолар ечилиши осон булди
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Икки дунё Адолатли Подшохимиз
Сен доимо суячимиз Панохимиз
Кечир бизни билмай килган гунохимиз
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Кодир Эгам кадамларни собит килгин
Муминларни динда узинг обит килгин
Ислом учун бизни содик зобит килгин
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/12/28, 11:00:48 PM | Message # 142
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
SO‘ROQ

Qoshlaring kamon deymi,
Yuragim nishon deymi,
Kipriging paykon deymi,
Jigar-bag‘rim qon deymi,
Ko‘zlaring cho‘lpon deymi,
Ko‘zlarim giryon deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
Tunda qo‘ling axtargan
Qo‘limdan so‘zlasammi,
Ko‘zyoshlarim quritgan
Gulimdan so‘zlasammi,
Faqat senga eltuvchi
Yo‘limdan so‘zlasammi,
Nigohing qaratgani
O‘limdan so‘zlasammi,
Jon deymi, jonon deymi,
Bu nechuk hijron deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
Eshigingdan ichkari
Jannatligin aytaymi,
Har qadaming mo‘’jiza
San’atligin aytaymi,
Tabassuming olamga
Minnatligin aytaymi,
Sensiz yashashning o‘zi
Mehnatligin aytaymi,
O‘zingga oson, deymi,
So‘zimga ishon, deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
Sochlaring rayhon, deymi,
Borlig‘ing bo‘ston, deymi,
Zulfing parishon, deymi,
Bir taraf Qo‘qon deymi,
Bir yon Andijon deymi,
Hama el hayron deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?

 
SANJAR80Date: Shanba, 10/01/02, 3:27:55 PM | Message # 143
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yuragimdan sitamlarni sitib oldim,
Men ko‘nglimni osmonlardan tutib oldim,
Qayg‘ularning qafaslarin parchaladik,
Men baxtimni ostonada kutib oldim.

Sochqi sochdim muhabbatning diydoriga,
Yuzim bosdim sadoqatning ruxsoriga,
Yorning oppoq kaftlaridan quvonch ichib,
Birga kirdik oqibatning gulzoriga.

Baxtiyorlar bekatini balqitdik biz,
Alam-alam, ag‘yorlarni chalg‘itdik biz,
Ishq jomiga diydor otlig‘ gulob quyib,
Jon jomini lazzatlarda qalqitdik biz.

Bu dunyoning shirin so‘zi diydor ekan,
Diydor ahli bu dunyoda bedor ekan,
Ayo do‘stlar, oshiqlarga tosh otmangiz,
Sog‘inganda Mahmud kabi bemor ekan.




Message edited by SANJAR80 - Shanba, 10/01/02, 3:28:43 PM
 
SANJAR80Date: Shanba, 10/01/02, 3:36:07 PM | Message # 144
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Esimda sinfingga ilk o'tgan kunim,
Seni o'ylab o'tar edi xar tunim.
Sinfingda bo'lganding ilk suxbatdoshim,
Seni sevgandim suyukli sinfdoshim.

Kun kelib sevgimni qildim oshkora,
Aytmaganimda do'st bo'lardik zora.
Kunlikka kichkina bo'lsa xam yoshim,
Seni sevgandim bilimdon sinfdoshim.

Sevganimdan senga ko'rindim yomon,
Negadir rangim xam bo'ldi-ku samon.
Bu ishingdan tik bo'ldi teppa sochim,
Seni sevgandim suyukli sinfdoshim.

Shundan boshlab qizg'onding so'zlaringni
Olib qocharding doim ko'zlairngni.
Qadrimga yetmading sen qalamqoshim,
Seni sevgandim oxuko'z sinfdoshim.

Xijrondan uch yil qiynaldim yomon,
Zimdan boqishlaring esimda xamon.
Hajringdan qotti-ku yoshgina boshim,
Seni sevgandim qirqkokil sinfdoshim.

Menga gapir desam nechun yig'laysan,
Murg'ak yuragimni battar tig'laysan.
Yig'lay olmayman, ko'zda to'ldi yoshim,
Seni sevgandim yig'loqi sinfdoshim.

Sevganmidim seni unutmoq uchun,
Ayt, ko'zinga yomon ko'rindim nechun.
Seni unutmoqqa yetmas bardoshim,
Seni sevgandim suyukli sinfdoshim.

Kuydim, suydirding-u suymading biroq,
Endi kuydirmoqda bu dardi firoq.
O'zing edi ko'klardagi quyoshim,
Seni sevgandim og'irfel sinfdoshim.

Ishon seni bir ko'rmoqlikka zorman,
Lanati ishq dardi dastidan xorman.
O'zgani suyolmayman bag'ritoshim,
Seni sevgandim suyukli sinfdoshim.

Endi ko'rishsak burmagin yuzingni,
Eshitsaydim "Zoxir" degan so'zingni.
Xech bo'lmasa bo'larding do'st-sirdoshim,
Seni unutdim-ku afsus sinfdoshim!


 
SANJAR80Date: Shanba, 10/01/02, 3:37:56 PM | Message # 145
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Sevgi bu men uchun muqaddas saroy,
Ostonasiga ilk qo'ydim-ku qadam.
Olloh shunchalar baxsh etibdi chiroy,
Saroyda sargardon yuribman mudom.

Saroyda ikki xil iloxiy tuyg'u,
Ularga erishish chinakam baxtdir.
Gar biri bo'lmasa keltirar qayg'u,
Sevish toj bo'lsa ,sevilish taxtdir!

Sevgi toji bugun mening boshimda,
Taxtni esa orzu qilaman doim.
Azob ekan sevgi mening yoshimda,
Kun kelib taxtni xam berar xudoyim!


 
SANJAR80Date: Dushanba, 10/01/04, 8:28:34 PM | Message # 146
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:


Mexringiz Ummondir goh g`arq bo`laman,
So`zsiz darmondir baxtga to`laman.
Sizni sadoqatli do`stim deb bilaman,
Sizni tozaqalbingiz uchun yahshi ko`raman.


 
SANJAR80Date: Dushanba, 10/01/04, 8:29:00 PM | Message # 147
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Kuz ham kirib keldi qalbim bog’iga
Gullagan nihollar sarg’ayar, to’kilib
Qora bulutlar qo’nar hayot tog’iga
Yuragim yig’laydi men unga qo’shilib


 
SANJAR80Date: Dushanba, 10/01/04, 8:30:57 PM | Message # 148
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yurak nega qiynaysan senga ne gunoh qildim
Lahzalardan entikkan ko’zlar ne ayb qildi
Sog’inchlardan bir yolg’iz surat panoh qildim
Bemahal mehmon bo’lgan bu tuyg’u ne ayb qildi

Yurak nega qiynaysan senga ne gunoh qildim
Kechalari maktublar ishq doston bayon qildi
Azoblar malol kelmas qalamni panoh qildim
Seni ko’rgan dam yuzlar sevishim ayon qildi

Yurak nega qiynaysan senga ne gunoh qildim
Meni dardim tinglagan sokin tun nima qildi
Dam xavotir, dam shoshgan o’zingni panoh qildim
Yurak sevish uchun ekan! U nima gunoh qildi?!

Yurak nega qiynaysan senga ne gunoh qildim
Yurak sevish uchun ekan! U nima gunoh qildi?!


 
SANJAR80Date: Dushanba, 10/01/04, 8:32:54 PM | Message # 149
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Yomg’ir yog’di bu oqshom
Yig’layotgan falakmas,
Armonlardan bolishim
Endi orom kerakmas.

Nega-nega bilmayman
Men o’zimni qiynayman
Endi suhbatlar sensiz
Menga so’zlar kerakmas

Quvmoq bo’ldi bu taqdir
Meni sening yoningdan
Xohlamadim lek baribir …
Joxil taqdir kerakmas

Yupantirmoq bo’laman
Men o’zimni har o’y-la
Qalb e’tibor qilmas ming yaxshidan so’yla
Meni nochor aylagan bunday qalb ham kerakmas

Kunlarimdan mazmunni izlayman men tinimsiz
Yo’qotilgan manzilga intilaman sabrsiz
Behollikka yuz tutar, oshiq ekan to’zimsiz
Senday zulmkor yordan o’zga hech kim kerakmas


 
SANJAR80Date: Dushanba, 10/01/04, 8:35:02 PM | Message # 150
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Bugun sizga xat yozdim
bilmam nechanchisi bu.
Bir xato bo'lsa chizdim
xato axir yomon-ku.
Xatim ohir bo'lmasdan
ko'zlarim yoshga to'ldi.
Sizni sog'inganimdan
yuragim ado bo'ldi.
Agar xatim yoqmasa
qarz bo'lsin javob noma.
Gar vaqtingiz bo'lmasa
uzr qildim ovvora.


 
Search: