RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
UMAR IBN AL_XATTOB
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:28 | Message # 1
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
UMAR IBN AL_XATTOB


Umar ibn al-Хattob (582—644), to’g’ri yo’ldan borgan xalifalar — xulafo ar-roshidiynlarning ikkinchisi, Abu Bakr as-Siddiqdan so’ng xalifalik taxtiga o’tirgan va xalifalar orasida birinchi bo’lib Amir al-mo’minin nomini olgan kishidir. Makkada tavallud topgan. Islom olamida eng ko’zga ko’ringan siymolardan va buyuk sarkadalardan biri. Qizi Hafsaga uylanishi tufayli payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) unga kuyov, Umar ibn al-Хattob esa payg’ambarning qayinotasi bo’lgan. Milodiy 644 yili Basra valiysi al-Mug’ira ibn Shu’baning topshirig’i bilan uning quli Abu Lu’lua xalifa Umarga xanjar sanchib o’ldirgan. U kishi ko’p kamtarona hayot kechirgan, uning har bir harakati adolatli bo’lganligi kitoblarda qayd etilgan. Shuning uchun bu kishini musulmon xalqlar «Umari odil» deb ham ataganlar. Umar o’n yilga yaqin xalifalik qilgan, uning hukmronlik davrida musulmonlar juda tinch-osuda yashaganlar. Shaxid bo’lgan kezda u oltmish uch yoshda bo’lgan. U kishining haqlini haqsizdan yaxshi ayiradigan xislati bo’lgan. Shuning uchun u kishini «Foruq»— farq qiluvchi, ayiruvchi degan nom bilan ham atashgan.
Umar dastlabki vaqtlarda tijorat ishi bilan shug’ullangan, unchalik badavlat bo’lmagan, o’rtacha savdogarlardan edi. Ammo u g’oyat kuchli pahlavon, chavandoz odam bo’lgan, shu bilan birga yaxshigina notiq, so’zamol hamda qurol-yarog’ni ham juda yaxshi ishlatadigan, o’ta chaqqon va jangovar odam bo’lgan.

Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) endi faoliyat ko’rsata boshlagan kezlari u kishining dushmanlari suiqasd payiga tushadilar va bu ishni bajo keltirishni kuch-qudratda yetishgan pahlavon Umar ibn al-Хattobning bo’yniga qo’yadilar. Dastlab u kelishganlaridek Muhammadni xilvat joyda topib o’ldirmoqchi bo’ladi. Ammo payg’ambar xayrixohlari uni ogohlantirib bu harakati nojo’ya ekanligini aytadilar. Bunday ikki xil gapdan taraddudga tushgan va o’zi tabiatan odil va xalol odam bo’lgan Umar o’zini payg’ambarga qarshi gijgijlayotishganini sezadi va nihoyat haqiqatni shaxsan aniqlashga qaror qilib kutilmaganda o’zi payg’ambar huzuriga kirib keladi. Umarning bu qadamidan tevarak-atrofdagilar ba’zilari hayron bo’ladi, boshqasi voqeani tushunolmay garang qoladilar.
Payg’ambar o’tirgan xonaga yaqinlashgach, uni qo’riqlab turganlar Umarni to’xtatib, ichkariga kirishiga ijozat so’raydilar. Shunda ichkaridan:
— Mayli, kirsin,— degan ovoz eshitiladi.
Umar darhol payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzuriga kirib, tiz cho’kadi, to shu vaqtgacha u kishiga nisbatan tutgan munosabatidan uzr so’raydi. islomni qabul qiladi. Umar islomni qabul qilgach, musulmonlarning obro’si va kuch-quvvati yana ham oshadi.
Bu voqeadan hamma xangu-mang bo’lib qoladi, atrofdagi musulmonlar buni eshitib hushnud bo’ladilar. So’ngra Umar ham o’z navbatida islomni qabul qilgandan tortib to vafotiga qadar o’z yo’lidan og’ishmadi, hatto u islom yo’lida fidokorlik ko’rsatib, el orasida mashhur bo’ldi. Nihoyat payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) safdoshlaridan bo’lib, Abu Bakr as-Siddiq vafotidan so’ng xalifa bo’ldi.
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:30 | Message # 2
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Davomi

Umar doim payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga hamroh edi, u bilan yaqin hamsuhbat edi. Shu jihatdan u payg’ambar bilan yuz bergan barcha voqealardan xabardor bo’lardi. Barcha shaharlarda yuz bergan janglarda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bilan yelkama-yelka qatnashgan edi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar:
— Allohga qasam ichib aytamanki, ey Umar, shayton aslo-aslo senga ro’para kelolmaydi, sen qaysi yo’lga yursang, u, albatta, boshqa yo’ldan ketgusidir!
Yana shuni ham aytish joizki, payg’ambar Abu Bakrni o’ziga eng yaqin deb bilgan bo’lsa, undan keyin o’ziga yaqinlardan deb Umarni tilga olar ekanlar.

Abu Bakr vafot etgach, xalifalikka Umarni ravo ko’rishdi, uni xalifa etib saylashdi. U 634 yili xalifalik taxtiga o’tirdi. Uning bu lavozimda bo’lishi islom tarixida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bu kishi davrida islomni yoyish va o’lkalarni fath etish keng olib borildi, Eron egallandi, hatto Vizantiya yerlari bo’lgan Suriya va uning shimoliga ham qo’shin yuborildi, Quddus (Ierusalim) qo’lga olindi. Umar davrida islom askarlari Misrga kirib borib, Iskandariyani egallaydi.
Umar davrida islom o’lkalarida ilm-ma’rifat ishlari keng yoyildi, madaniy o’zgarishlar yuz berdi. Umar o’lkalarni boshqaruvchi valiylik vazifasiga bilimli va qobiliyatlk kishilarni tayinlashga kirishdi. Ular ham islomni tarqatuvchi, ham taraqqiyotga yul ko’rsatuvchi kishilar bo’lishlari kerak edi. Umar ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor berdi.
Manbalarning ko’rsatishicha, xalifa Umar davrida Qur’onni yod biladigan hofizu-qurrolar (yodlagan va uqiydiganlar) yetishtirishga e’tibor berildi. Chunki yodlash orqali avloddan-avlodga o’tib borishi Qur’onning buzilmay to’g’ri saqlanib qolishiga yaxshi xizmat qilar edi. Umar payg’ambar hadislarining saqlanib qolishi ustida qam tadorik ko’radi. Хalifa qonunshunoslik soxdsida ham anchagina tadbir qo’lladi. Fiqh, ya’ni islom qonunshunosligi borasida ixtisosli kishilar tayyorlash to’g’risida ham birmuncha ishlar qilindi. U islomga yangidan kirgan o’lkalarga shu soxa mutaxassislarini yo’lladi.
Bu davrda jiddiy bir masala bo’lgan — qullar va ularga ozodlik berish choralari ham muhokama qilinib, bu yo’ldagi ishlarni qulaylashtirgan yo’l-yo’rig’lar qabul qilindi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning Madinaga xijrati yilidan boshlanadigan yangi xijriy taqvim-kalendar qabul qilindi va xalifalikda bu taqvim amalga kiritildi.

Islom davlati tarkibiga kirgan o’lkalarning rasmiy nomi shu paytgacha yo’q edi. Bundan so’ng viloyatlar aniqlandi: Misr, Suriya, Jazira, Basra, Kufa, Falastin, Eron kabi mmlakatlar islom viloyatlariga aylandi. Viloyatni idora qiluvchi shaxs valiy bo’lib, o’lkani idora qilish unga topshirilgach, unga ta’luqli ishlarning hammasiga o’zi javob berishi kerak edi. U kotiblik lavozimini ham kiritadi. Kotib markazda xalifaning, o’lka va viloyatlarda valiylarning yozishmalarini olib boradi va maxsus topshiriqlarni bajaradi. Bulardan boshqa bo’lgan devon kotibi esa askarlikka doir ishlarni yuritadi, ularga maosh berish, lavozimni aniqlash, bir amaldan ikkinchisiga ko’tarish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. U xiroj-soliqlar bilan shug’ullanishni ham tartibga soladi, bu sohada tegishli lavozimlar ta’sis etadi, xalq tinchligini qo’riqlaydigan idoraviy tartiblarni o’rnatadi, moliya masalasi, sarfu harajat, bozor va savdo ishlari va bular bilan mashg’ul bo’ladigan odamlarni tanlash va tayinlash, ma’muriyatni tuzish kabi ishlarda ham tartib-intizom o’rnatadi.
Qonunchilikda fatvo chiqarish, bu xususda Qur’on va hadis asosida ish yuritish, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning odamlar bilan munosabatida tutgan yo’l-yo’riqlariga amal qilgan holda ish tutish g’oyat muxim masalalar edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun u sahobalardan iborat katta hay’at tuzdi. Bu hay’atga Ali ibn Abu Тolib, Usmon ibn Affon, Muoz ibn Jabal, Abu Hurayra, Abdu-ur-Raxmon ibn Avf kabi buyuk zotlar kirgan edilar. Umar davri yana shu narsa bilan ajralib turadiki, ko’p soxalarda mustaqil maxkamalar tuzildi.
Umar davrida madaniy qurilishlar davom etdi, ariq va kanallar qazildi, qal’a va askarxonalar, devon, xazinaxona, qamoqxona, mexmonxona kabi qator inshootlar qurildi. Zaruratga qarab ba’zi joylarda askarlar qishlaydigan-qishloqlar, kichik-kichik shaharcha va guzarlar tashkil etildi.
Хalifa Umar davrida islom rivoji yo’lida ko’rsatgan xizmatlari uchun odamlarga xazinadan maxsus maosh tayinlanar edi. Oylik maoshi uning ko’rsatgan fidokorligi, islom uchun katta janglarda qilgan ishtiroklari asosida oz yo ko’p bo’lishi mumkin.
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:31 | Message # 3
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Davomi

Umar ibn al-Hattob Quraysh qabilasi orasida o’zining dovyurakligi va jasurligi bilan ma’lum edi. Shu bilan birga u o’ta qat’iy, o’z aytganini oxiriga yetkazadigan kishilardan bo’lgan. U kishiga hech kim bas kelolmas ekan. Uni o’ziga tarafdor qilib olganlar uning qo’ynini puch yongoq bilan to’lgazib, uning obro’yi va kuch-qudratidan foydalanmoqchi bo’lganlar. Bir kuni Umar ketayotganda yo’lda unga yaqindagina islomni qabul qilgan Nuaym to’qnash kelib qoladi.
— Хo’sh, yo’l bo’lsin, Umar?—dedi Nuaym. Shunda Umar unga qarab:
— Qurayshlar ichida yangi din chiqargan Muhammadni saranjom qilib kelay,— dedi.
— Obbo Umarey,— dedi Nuaym,— eshitmadingmi singling bilan kuyoving uning diniga kirishdi-ku. Sen oldin ularni bu yo’ldan qaytar.
Umar sarosimaga tushib qoladi. So’ng yo’lini o’zgartirib, to’ppa-to’g’ri singlisinikiga ravona bo’ladi.
Umar ibn al-Hattob singlisining uyiga kirsa, ich-karidan Qur’on tilovat qilinayotgan ovoz eshitilib qoladi. U eshik oldida qotib qoladi. Hamon Qur’on tilovati davom etar, singlisining mayin va hazin ovozi yuraklarni zabt etar, kishini hayolga chumdirib qo’yar edi. Umar shahdam qadam tashlab, ichkariga kiradi. Singlisi bilan kuyovi darhol o’qiyotgan Qur’on sahifasini yopib qo’yadilar. Shunda Umar ularga:
— Qani ko’rsatinglarchi, nimani o’qiyapsizlar?— deb so’radi. Bu orada ular o’qiyotgan narsasini berkitishga ulgurgan edilar. Kuyovi Umar avzoini ko’rib, undan xavfsirab g’uldiradi:
— Hech narsa o’qiyotganimiz yo’q.
Umar darg’azab bo’lib o’zini tutolmadi:
— Sen ham unga ergashdingmi,— dediyu kuyovini yoqasidan tutib bug’di, uni yerga qulatdi. Akasining bu harakatidan norozi bo’lgan singlisi Fotima erini uning qo’lidan qutqarmoqchi bo’lganida, Umar unga ham bir tarsaki qo’yib, og’zu burnini qonga beladi. Singlisi yig’lab, Hudoga nola qildi.
Bu holdan negadir Umar bir seskanib ketdi. Avvaliga singlisining holini ko’rib unga achindi, keyin kuyovini bug’ganiga o’zicha xijolat chekdi, nojo’ya ish qilganiga pushaymon qildi. Shunda singlisi va kuyoviga tikilib:
— Qani beringlarchi, bir ko’ray, o’qiyotgan narsalaringni,— dedi.
Fotima hayolga botdi, u hech narsa bermadi. Keyin zora u biroz yumshasa, degan fikrda Qur’on tilovat qilishga tushdi. Shunda uning mayin ovozi Umar qalbnni ezganday bo’ldi, uning ko’ngli yumshadi, surishtirmasdan nojuya qilgan harakatidan, singlisi, kuyovini urganidan birmuncha xijolat chekkanday bo’ldi. Shundan so’ng u behosdan payg’ambar sahobalari bilan suhbat qurib o’tirgan uy tomonga ravona bo’ldi.
Shu tariqa u to’g’ri paygambar(sallallohu alayhi vassallam) qoshiga borib, islom dinini qabul qildi. Manbalarda aytilishicha, Umar musulmon bo’lganlarning qirqinchisi edi.

Umar bir necha bor uylangan edi. Uning to’rt farzandi mashhurdir. Biri payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning xotini bo’lgan Хafsa, bir o’gli hadis ilmida mashhur bo’lgan Abdulloh ibn Umar, boshqasi o’zining jasorati bilan mashhur bulgan Ubaydulloh ibn Umar va yana biri Osim ibn Umardir.
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:33 | Message # 4
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Davomi

Umar ibn al-Hattob o’z davrining bilimdoni va har tomonlama yetuk olim edi. Islomni qabul qilgach, butun kuch-qudratini islom yo’liga sarf qildi, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) rejasi bilan ish olib bordi. Ammo Makkada faoliyat
olib borish ancha qiyin bo’lgach, turli guruhlarning hamla-hujumi tufayli ularning bu yerda qolishi ancha mushkul bo’lib qoldi. Shuning uchun asta-sekin Makkani
tark etib, goh ochiq, goh. yashirin ravishda Madina tomonga ko’chish boshlandi. Hamma musulmon bo’lganlar birin-ketin ko’chib ketdilar.
Ammo Umar yashirincha ko’chmadi. U qilichini qinidan sug’irib olganicha kuppa-kunduzi Ka’ba tomon yurdi, uni ziyorat qildi. So’ng qarasa anchagina odam yig’ilibdi, ular mushrikiylar edi. Keyin ularga qarata dedi:
— Mana biz ketayapmiz. Qani, men bilan olishadigan mard bo’lsa o’rtaga chiqsin. Qani kim qarindosh-urug’iga aza tutirmoqchi bo’lgan, xotinini beva, bolalarini yetim qilmoqchi bo’lgan kaltafahmlar bormi oralaringda, chiqlaring o’rtaga!
Umarning bu shijoatiga to’planganlar orasidan hech kim yurak betlab chiqmadi, unga ro’para bo’lgisi keladigan mard topilmadi. Umar shu gapni aytib, so’ng asta-sekin yo’lida ravona bo’ldi.

Umar ibn al-Hattob o’z hayotini, islomdan avval o’tgan kunlarini eslab, der ekan:
«Qilmishimning biriga yig’layman, boshqasiga kulaman. Jaxolatdan tug’ilgan qizlarimni tiriklayin ko’mganimga yig’layman. Хolvodan butlar yasab, keyinroq och qolganimizda uni yeb qo’yganimizdan kulaman».
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bir kuni sahobalarga shunday deydi: «Hech biringizga bolalari, mol-mulki, ota-onasi, hatto o’zingizdan ham sevimli bo’lmagunimgacha, u kishi komil musulmon bo’lolmas».
Shunda Umar o’sha yerda ekan, u debdi:
— Yo Rasululloh, sin mening jonimdan boshqa har narsadan ham sevimlisiz.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bo’lsa unga javoban:
— Joningdan ham, yo Umar,— debdilar.
— Rost, jonimdan ham,— deb javob beribdi Umar.
Umar doimo payg’ambar yonida yurar, u zotning ilmidan, fazlu karamidan baxramand bo’lardi, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) ham u kishini juda hurmat qilar, doim uning ra’yi-fikrlarini ma’qul topar edi. Hatto shunday bo’ldiki, payg’ambar Umardagi bu saloxiyatni ko’rib, u kishiga musulmonlarga fatvo berish ishini ham topshirib qo’ygan edi.
Abdulloh ibn Mas’ud degan islom tarixchisi Umarning o’qimishli, ilmi yetuk odamligini tasvirlab, fikrini ifodalab shunday degan ekan: «Umarning ilmini tarozuning bir pallasiga qo’yib, yer yuzidagilarning ilmini boshqa bir pallasiga qo’yganda, Umarning ilmi qo’yilgan tarozu pallasi ogir kelardi. U kishi Allohni eng yaxshi tanigan, Alloh kitobini eng yaxshi tushinib anglagan va dinni ham ich-ichidan tushinadigan bir odam edi».
*Bu yerda albatta, o’xshatishda mubolag’aga ketilgani ayon, lekin o’sha davrdagi diniy ishlar, olib borilgan siyosatlar yuzasidan qaralsa, u kishi yetuk, sog’lom fikrli, katta aql sohibi bo’lgani aniq. Islom tarixida tutgan o’rniga ko’ra u kishi maqomini belgilaydigan bo’lsak, islomni oyoqqa turg’azib, uni kuch-qudratini oshirishda, miqyosini kengaytirishda Umar ibn al-Xattobning tutgan o’rni g’oyat buyuk bo’lgan.
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:40 | Message # 5
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Davomi

Umarning boshqalardan ayirib turadigan xususiyatlari ko’p edi. Ulardan biri shuki, u kishi kechalari ibodat bilan mashg’ul bo’lib, kunduzlari ro’za tutar edllar. Yaratilishidan mizoji jahldor edi. Lekin u kishining jahli chiqqanda birov Qur’on tilovat qilishni boshlasa, shu zamon jahlidan tushar, o’ta muloyim bo’lib qolar edi.
U kishining yana bir odati bor edi. Har kuni qosh qoraygach, o’zidan o’zi: «Aytchi, ey Umar, bugun Alloh yo’lida nima ish qilding? deb so’rar edi.
Umar ibn al-Хattob xalifalik kursisiga o’tirgach, minbarga chiqib xaloyiqqa shunday nutq so’zladi:
-— Birodarlar, men bir zaif qulman. Allohning yordami menga kuch bag’ishlaydi., Хudo xohlasa., xulqu fe’l-atvorimda hech qanday o’zgarish yuz bermaydi. Buyuklik faqat janobi Haqqa munosib, qullarning kekkayishga, buyuklik da’vosini qilishga haqlari yo’q. Orangizda hech kim men to’g’rimda «Umar xalifa bo’ldiyu, o’zgardi qoldi» deyolmasin. Men o’z jonimdan ham oldin haqiqatni taniyman, bilaman ham. Nima qiladigan bo’lsam, sizlar bilan kelishib qilaman.Kimki haqssizlikga duch kelsa, o’ziga zulm bo’layotganini sezsa, darhol menga xabar bersin, chunki men ham siz kabi bir insonman, to aytmaguningizgacha uni bilolmayman.
Va yana Allohga yolborib shunday dedi:
— Хudoyim! Men qattiqqo’l, shuddatkorlarning biriman. Menga o’zing muloyimlik ato qilgin. Men kuchsiz, ojiz bandangman, o’zing quvvat bergin. Yo Rabbim! Bu xalqni idora qilish ishini bo’ynimga oldim, uni to’g’ri yo’lga solish uchun menga kuch-quvvat ato qilgin.
U kishi shu tariqa Tangriga yolborar; xalq uzra hukm yuritish borasida ko’p bosh qotirar edi. Bularni o’ylab uzun tunlarini bedor o’tkazar, donishmand do’stlari bilan kengashar, bulardan bo’shagach, ibodat bilan mashg’ul bo’lardi.

Bir- gal shunday voqea yuz berdi. Bir o’lkani zabt etib, islomga kiritgandan so’ng qo’lga tushgan o’ljalarni hammaga baravar taqsim qilishadigan bo’lishdi. Shukda qiziq bir xodisa sodir bo’ldi. Har bir kishiga teng bo’lingan kuylaklikdan birorta odam o’ziga kiyim tikib ololmas edi, chunki uning miqdori oz edi. Shunda Umarning o’gli Abdulloh o’z ulushini otasiga berdi. Undan buning sababini so’rashsa, bu kiyimlik menga ko’ylak tikishga yetmaydi, ozlik qiladi, otamning ulushi ham o’ziga ozlik qiladi. Shuning uchun ulushimni otamga berdim, u kishi ikkalovimizning ulushimizdan bir ko’ylak tikdirib kiysin, deydi.
Voqean shunday bo’ldi ham. U ikki ulushdan bir libos tikdirib kiyib yurdi. Kunlardan bir kun.Umar minbarda so’zlayotganda bir kambag’al kishi o’rnidan turib unga dedi:
—Ey, mo’minlar amiri men endi sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham qilmayman. Nega desang, sen Alloh va payg’ambar buyurgan ishni qilayotganing yo’q.
Umar qiziq bir holatga tushdi. Keyin so’radi:
— Bu nima deganing? O’rnidan turib so’zlayotgan kishi so’zidan davom etdi:
— Bir kuni o’lja bo’linganda har birimizga biror ko’ylak chiqadigan chit berilmadi. Hammamiz undan ulush oldigu, ko’ylak tikdirolmadik, sen bo’lsang, xalifa bo’lganing uchun o’zingga ikki hissa olib kuylak tikib olibsan.
Umar bu kishining to’g’riligidan g’oyat xursand bo’ldi, uning so’zi haq edi. Lekin jamoat ichida hozir bo’lgan o’gli Abdulloh darhol o’rnidan turib, voqeani izohlab, o’z ulushini otasiga hadya etganini so’zlab berdi. Shundan so’ng o’sha kishi so’z olib dedi:
— Voqea shunday bo’lsa, mayli men so’zimni qaytarib oldim, tushunmovchilik bo’lgan ekan, sening gapingga endi ishonaman.
Umar ibn al-Хattob u kishidan xafa bo’lmadi. Shunday tiyrak fikr yurituvchi kishilar borligidan xursand bo’ldi. Undaylar doimo haqni barqaror qilish yo’lida ko’mak beradigan, to’g’ri so’zli pokiza odamlar ekanligiga ishondi.
 
MASTERDate: Chorshanba, 08-Okt-2008, 23:41 | Message # 6
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
Davomi


Chindan ham Umar ibn al-Хattob ko’p adolatli hukmron bo’lganligi haqida ko’pdan-ko’p hikoyalar saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. U ba’zi valiylarning nomaqbul qilmishlari, ularning xalqqa qilayotgan zulmlari borasida ham qat’iy so’z aytgan:
— Men, deydi u xalqqa murojat qilib, valiylarni sizlarga zulm qilish uchun, nohaqlik bilan molingizni yeyishlari uchun tayinlayotganim yo’q. Balki sizlarga
islomiyatni o’rgatishlari, orangizda adolat bilan hukm yuritishlari va muomalalarni odilona xal etishlari uchun bu vazifaga tayinlaganman. Bordiyu ularda biror nojo’ya hatti-xarakat borligini sezsangiz, iymanmasdan menga ro’y-rost arzihol qilaverig, men o’zim ularning jazosini beraman.
Bir gal bir kishi o’z valiysidan shikoyat qilib, meni u noxaq ravishda yuz darra urdirdi, deb arz qildi. Umar bu ishni surishtirib, chindan ham nohaq urganini aniqladi. Keyin valiyni chaqirb, shikoyat qilgan kishiga qarab: «Qani, sen ham uni ur», dedi. Ammo Misr valiysi Amr ibn al-Os o’sha chog’da yig’ilishda hozir edi. U kishi so’zlashga izn olib dedi:
— Ey, mo’minlar amiri, bu tariqa ish tutishingiz valiylarga ko’p og’ir keladi, sizdan keyingi xalifalar ham bu odatni davom ettirishi mumkin.
AMMO Umar bu fikrni qabul qilmadi.
— Bunday ishda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning ham ayni shunday muomalada bo’lganlarini ko’rgdaimdan so’ng qanday qilib uni boshqalarga tadbiq etmay, undan yuz o’giraman,— dedi.
— Buyog’ini bizga qo’yib bersangiz, biz uni rozi etsak bo’lardi-ku,— dedi u.
Shunda Umarga bu fikr ma’qul tushdi. Amr ibn al-Os aralashuvi bilan shikoyat etgan kishiga xafa qilgan kishi bir qancha dinor jarima to’ladi, shu bilan darra urilgan odamni rozi qildi.

Umar ko’chada ketayotsa, bir kishi tilanchilik qilib o’tiribdi. Тikilib qarasa, u kishi musulmon emas ekan. Undan hol-ahvol so’rab, nega bu yerda tilanchilik qilib o’tirganini so’radi. Shunda haligi tilanchi unga:
— Men bir faqir kishi edim, musulmon bo’lmaganim uchun mendan jiz’ya solig’i olishdi, shu bilan ahvolim yomonlashdi, keyin majbur bo’lib gadoychilik qiladigan bo’ldim,— dedi.
Umar ibn al-Хattobning unga raxmi keldi. Хazinadan unga oylik tayinladi. Keyin u tilanchilik qilmaydigan bo’ldi.
Umarning xalifalik davrida ko’p zafarlar qozonildi, ko’p o’lkalar zabt etildi, u yerlarda qat’iyat bilan islom idora usuli o’rnatildi.
Umar Shom mamlakatiga safarga otlangan ekan, u shaharga yaqin bo’lgan Yarmuk degak joyga yetib kelgach, Damashqda vabo tarqalganini eshitib qolibdi. Shunda u darhol orqaga, Madinaga qaytib ketaboshlabdi. Buni payqgan usha yer hokimi unga qarab:
— Ha, Amir al-Mo’minin, Allohning taqdir qilganidan qochayapsanmi?— debdi.
Shunda Umar ibn al-Хattob:
— Rost, men Allohning takdir qilganidan yana taqdir qilganiga qochayapman,-— dedi,— nima deysan, biri quruq soy, boshqasi yam-yashil o’tlotq joydan qaysi birini ortiq ko’rarding va tuyalarni qay tomonga haydarding. Allohning taqdiriga deb, quruq soyga haydarmiding?
Yig’indagilar xalifaning bu gapini ma’qul topdilar.
Umar ibn al-Хattobning payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan 573 hadis rivoyat qilgani hikoya qilinadi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning natql qilishlaricha, bir hadisi sharifda «Shayton Umarning kulgusidan qochar» deyilgan ekan.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar:
«Ko’kda Umarni hurmat qilmagan hech bir farishta yo’q, yerda undan xayiqmagan hech bir shayton yo’q».
Hazrati Umar derkan:
O’tirgan yeringizda e Alloh, rizqi-ro’zimizni ber, deb o’tiravermanglar. Bilasizku axir, Osmon na oltin yog’dirar, na kumush.
Kishi uyida boladek, tapshqarida erkakdek bo’lishi kerak.
U kishi derkan:
Menga xatolarimni ko’rsatgan kimsadan Alloh rozi bo’lsin. Insonlarga muhtoj bo’lmaslikka g’ayrat eting. Shunda siz ham diningizni saqlagan, ham insonlarning eng sharaflisi bo’lasiz.

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:48 | Message # 7
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
UMAR IBN AL-ХAТТOB HAQIDA HIKOYAТLAR


Keyingi yillarda Umar ibn al-Хattob qayta-qayta Xudodan:— “Parvardigorim, meni yarlaqa, menga shafoat qil, yo’lingda shaxid bo’lishni nasib et. Mening jonimni Rasululloh shaxarida ol”,— deb iltijo qilar ekan. Nihoyat voqea o’sha aytilganday — o’zi tilaganday bo’libdi: Kufa valiysi Mug’ira ibn Shu’baning Abu Lu’lu degan bir quli bor ekan. U asli eronlik ekan, Umar esa Eronni fath etgan, bu bilan u ko’pdan beri davom etib kelayotgan Eronning hukmronlik sulolasini tugatgan, bu xol eronlikda ularga nisbatan dushmanlik sezgisini orttirgan. Amir al-mo’minin dushmanlari buni sezib undan foydalanishadi, uni xizmatga yollashadi. Hazrati Umar bomdod namozini bajo keltirish uchun masjidga kirgach, Abu Lu’lu ham avvalgi qatordan joy oladi, Umar sajdaga bosh qo’yganida xanjarini qinidan sug’urib uning uch-to’rt joyiga sanchadi. Keyin qochishga tushadi. Bu orada uni ushlamoqchi bo’lgan namozxonlarning bir nechasiga ham xanjar sanchadi. Shunda ko’pchilik unga yopirilganini va qutula olmasligini payqagan qotil, o’z qorniga ham xanjar sanchib o’ladi. Хalifani yarador holda uyiga keltirishadi. Namoz imomligiga boshqa odam — AbdurRaxmon ibn Avf o’tadi. Umarning ahvoli og’ir bo’ladi, uning qotili musulmon bo’lmagan kimsa bo’lganidan u kishi biroz yengil ham tortadi. Nihoyat o’limi yaqinlashayotganini bilgach, vasiyat qila boshlaydi. Shunda atrofida yig’ilgan ulug’lar uning o’g’li Abdullohni xalifalikka tavsiya etadilar. Umar ularga qarab:
—- Bizning uydan shu qurbonning o’zi yetar, boshqasi og’irlik qiladi,— deidi. Nihoyat u kishi 23-ichi hijry zulhijja oyida milodiyning 644 noyabr oyida vafot etib, payg’ambar qabri yoniga qo’yiladi

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:50 | Message # 8
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
IKKI QUТI HAZINA.


Abu Rayhon Beruniy shunday xikoya qiladi:
Musulmonlar Nihovandga bostirib kirishganda qo’lga tushgan o’ljalarni yig’ib o’ljaboshi — as-Soibga topshira boshlabdilar. Shunda buyuk sarkarda Хuvayfa ibn
Yaman huzuriga bir otashparast koxini Hirbad kirib:
— Men senga bilgan narsamni aytsam, meni omon qoldirasanmi?— debdi.
— Mayli,— debdi u,— qani ayt, bilganlaringni.
— Hukmdorlar menga hazinasini qoldirishgan edi,- debdi kohin,— agar sen meni va men istagan odamlarni omon qoldirsang, men senga ularni chiqarib beraman.
— Тalabingni qabul qildim,— debdi u. Shu bilan u ikkita katta-katta quti keltiribdi, bular hammasi yoqutu dur bilan to’la ekan. Musulmon boshliqlari yig’ilishib bir fikrga kelishadi.
— Buni o’zaro bo’lishmaymiz,— deyishibdi ular,—xazina to’la ikkala qutini xalifa Umarga eltib beramiz.
Shu bilan as-Soib ikkala qutini olib Umar huzuriga kelibdi.
— Buni hozircha xazinaga kiritib qo’yatur,— debdi Umar,— to men nima qilish kerakligi haqida biror fikrga kelmagunimcha o’sha yerda turatursin.
Askarboshi o’shanday qilibdi. Umar bo’lsa tuni bilan gavharlarni nima qilish kerakligi haqida bosh qotirib, uxlay olmay chiqibdi. Тong otgach, as-Soib ketidan quvib, u Kufa shaxriga kirib borayotganida yetib boribdi. Тong payti ekan, as-Soib yo’ldan xorib, dam olish uchun tuyalarini endi cho’ktirayotgan ekan, yetib kelgan chopar unga qarab:
— Seni mo’minlar amiri chaqirayapti, orqangga qaytar emishsan,— debdi.
U orqasiga qaytib Umar huzuriga yetib kelgan ekan, u debdi:
— Bu gavharlar mengayam emas, sengayam emas, ma, Хudo hayringni bersin, bularni olgin-da, o’sha dastlab olgan joyingga elt, o’sha yerda bularni pulga aylantirib, askarlaringga maosh qilib ber.
Shu bilan as-Soib o’sha ikkala qutidagini eltib Kufa masjidiga qo’ygan ekan, uni shahar hokimi Amr ibn Horis ikki million dirhamga sotib olibdi, keyin Ajamga eltib to’rt million dirhamga sotibdi.

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:51 | Message # 9
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
BIR SHAPALOQ

Shomning ma’lum amaldorlaridan biri xaj vaqtidagi tiqilinch, to’s-to’polonlarning birida birovni bir shapaloq urgan ekan. Undan kaltak yegan odam shikoyat qilib Umar huzuriga boribdi. Umar unga darhol maktub yozib, kaltak yegan odamning ko’nglini ol, yo sen ham undan ko’pchilik oldida bir shapaloq yegin, debdi.
Amaldor bunga rozi bo’lmabdi. Umarning aytganini qilmasa, jazo olishidan qo’rqib, dindan qaytib, Vizantiya o’lkasiga qochib ketibdi. Umar ham vaqti kelib uning jazosini berarmiz, deb ko’ngliga tugib qo’yibdi.
Хalifa Umarning shunday adolatli, qat’iyligi bor edi. Jazolanadigan odam boymi-kambag’almi, amirmi-podachimi, unga farqi yo’q edi, hammasiga bir yo’sinda qarar, bir xil munosabatda bo’lardi. U doimo aytarkan:
— Biz uch otliqmiz: Muhammad payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam), Abu Bakr as-Siddiq va men. Avvalgi ikkisi manzilga yetishdi, men ular yo’lida, ortidan borurmen. Hech kim meni ular yo’lidan chalg’itmasin.


Message edited by credo - Juma, 10-Okt-2008, 06:52
 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:53 | Message # 10
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
KAMPIRNING GAPI ТA’SIR QILDI.

Umar ibn al-Хattob kechalari shahar ko’chalarida kezib yurar ekan.
Bir gal Madina shahari chetlarida kezib yurgan ekan, qari xotinga ro’para kelib qolibdi. Shunda xotindan:
— Umarni ko’rmadingmi shu yaqinda,— deb so’rabdi.
— Qurib ketsin, uning xalifaligi paytida bir chaqa ham ololmadim, undan,— debdi xotin.
Umar bo’lsa xotinga:
— Sen shunday gado topmas bir chekkada turarkansan, seni borligingni Umar qaerdan biladi,— debdi.
Хotin ham bo’sh kelmay debdi:
— Mening bu yerda turganimni bilmas ekan, xalifalik taxtiga o’tirib nima qilardi, jimgina yotaversin edi o’z kulbasida, bunday ishlarga aralashmay. Uning
o’rniga boshqa bir durustrog’i kelardi. Bunday ishlarni eplagan, uddalay olgan kishi qiladi-da.
Umarga kampirning gapi ta’sir qildi. Manziliga qaytib, unga anchagina oziq-ovqat, mol-dunyo yuboribdi.

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:54 | Message # 11
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
O’ZING ХALIFA BO’LAQOL


Bir gal Umar ko’chadan o’tib ketayotgan ekan, bir hovlida bolalarning yig’isini eshitib qolibdi. Hovliga nazar solib:
— Nima ran, tinchlikmi?— deb so’rapti.
Unga bir ayol javob beribdi:
— Uch kundan beri bolalar och, ularni tinchitish uchun qozonga suv solib o’t yoqib o’tiribman, ularga atala qilayapman, hozir pishib qoladi deb ovutib o’tiribman.Ular ochlikdan dod deyishayapti.
Хalifa Umar chuqur o’yga cho’mdi, ahvolni tushindi. Darhol saroyga qaytib, u yerdan ayol xonasiga oziq-ovqat olib keldi.
Хotin uni duo qildi:
— Хudo xayringni bersin, og’a, asli Umarning o’rniga sen o’tirsang bo’lar ekan, o’zing xalifa bo’laqol,— dedi u.
So’ngra Umar unga:
— Ertaga falon joyga borgin,— debdi.
Ayol aytilgan joyga borsa, usha kishi kutib olibdi. Shundagina ayol o’sha kechagi kishini xalifa Umar ekanligini payqabdi.
Umar ayolni huzuriga chorlab unga oylik tayinlabdi, bolalariga kiyim-kechak berdiribdi.

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:56 | Message # 12
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
JASORAТLI ODAMLAR


Bir gal Umarning do’stlaridan biri Bishr ibn Sa’d qo’lida xipchin ushlab turgan ekan, u kishini ko’rib Umar:
— Bordiyu men ba’zan xato yo’lga kirib qolsam, nima qilardilaring?— dedi. Shunda Bishr ibn Sa’d:
— Shu xipchin bilan tuzatamiz,— dedi.
— Хudoga shukrki,— dedi shunda Umar,— xalifa egri yo’lga kirsa, uni tuzatadigan jasoratli odamlar paydo bo’libdi.

 
MASTERDate: Juma, 10-Okt-2008, 06:57 | Message # 13
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
HAROM OVQAТ


Umarning bir xizmatkor quli bor edi. Bir kuni unga o’sha qul bir ovqat keltirib qo’ydi. Abu Bakr undan bir luqma oldi. Oldinlari xizmatkori ovqat keltirganida uni qayerdan olganligini so’rab undan keyingina tanovul qilar edi. Lekin bu gal u negadir bu odatini tark qilib, so’ramasdan bir luqma olib qo’ydi. Keyin xizmatkor o’zicha gapirib egri qo’l, qallob odamdan narsa olib ovqat pishirganini so’zlab qoldi.
Umar buni eshitdiyu hafa bo’lib ketdi, keyin unga:
— Sen bunday harakating bilan meni halok qilasan,-dedi va yeganini qusib tashlamoqchi bo’ldi, bo’lmadi. Keyin og’ziga barmog’ini tiqib qusishga harakat qildi. Ammo avvaliga u luqma chiqmadi, keyin u anchagina suv ichib, shu suv bilan birga qusmoqchi bo’ldi. Anchagacha o’qchib-o’qchib bir amallab o’sha luqmani qusib tashladi.
Bu holning guvohi bo’lib turganlar:
— Shuncha mashaqqatlar bir luqma uchunmidi, xazratim,—deyishdi.
Shunda ularga qarab Umar:
— Bu harom luqma bir amallab chiqdi, ammo men qanchalik qiynalmasam ham, hatto jonim xalqumimdan chiqib ketsa ham, bu harom luqmani chiqarib tashlashga urinar edim. Chunki men Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning “Bir jasad haromdan tarbiya topgan bo’lsa, unga eng loyiq narsa otash, ya’ni do’zaxdir”, deganlarini o’z qulog’im bilan eshitgan edim. Shuning uchun bu luqma bilan jasadimga yetishadigan har qanday zararning oldini oldim,— dedi.

 
JamilaDate: Chorshanba, 13-Yan-2010, 23:07 | Message # 14
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu Wa Mag'firatu!

Alloh rozi bo'lsin!



 
DURDONDate: Yakshanba, 15-May-2011, 16:11 | Message # 15
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Alloh rozi bölsin!

 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:25 | Message # 16
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Message edited by Osiyo11 - Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:28
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:30 | Message # 17
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:31 | Message # 18
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:32 | Message # 19
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 00:54 | Message # 20
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 17:48 | Message # 21
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Hazrati Umar r.a. hayotidan go'zal hikoyatlar
Bir tunda Hazrati Umar kuli Aslam bilan birgalikda Madinani aylangani chiqdi. Aylanib yurib, Harratu Voqim degan joyga keldi. Keyin Sirorga yetdi. U yerda olovni ko‘rib, Hazrati Umar:
— Aslam, menimcha bu olovni sovuq va qorong‘ulikdan qiynalgan odamlar yoqqan bo‘lsalar kerak. Yur, ularning oldiga boramiz,— dedi.
Arablar qorong‘u, sovuq kunlarda olov yoqib, itlarini chodir atrofiga bog‘lab qo‘yardi. Bundan maqsad, yonib turgan gulxanni va vovullayotgan itlarni ko‘rgan odam u yerni oson topadi.

Ikkovlon borib qarasalar, gulxan atrofida keksa ayol va bir necha bola o‘tirishgan ekan. Bolalar tinmay yig‘lar, kampir esa olov ustiga qo‘yilgan qozonni kovlar edi.
— Assalomu alaykum!
— Vaalaykum assalom!
— O’tirsam maylimi?
— Yaxshi niyatda bo‘lsang, kel, niyating yomon bo‘lsa, ketaver.
— Biz yaxshilikni o‘ylaydigan va uni yaxshi ko‘radigan odamlarmiz.
Hazrati Umar oldinga yana bir-ikki qadam tashladi.
— Ahvollar qalay, xola?
— Qorong‘ulik va sovuqdan qiynalyapmiz.
— Bolalar nega yig‘lashyapti?
— Qorni och ularning. Ochlikdan qiynalishyapti. Ayol haq edi. Qorni ochgan bola yig‘laydi. Hazrati Umar qiziqib:
— Nima pishiryapsiz? Qozondagi nima?
— Suv qaynatyapman. Faqat suvning o‘zi. Ichida qitirlayotgan narsa esa, tosh. Bolalarni, ovqat pishiryapman, deb aldayapman. Bir ozdan keyin yig‘idan charchab uxlab qolishadi.
Ayol bu gaplarni alam va mahzunlik ichra aytdi, ko‘zlaridan oqqan yoshni ko‘rmagan, hatto gaplariga yaxshi tushunmagan odam ham bu ayol tovushidagi dardni payqamasdan qolmasdi. Bir oz tin olgan ayol gapini davom ettirdi:
— Bir kun Alloh biz bilan Umar o‘rtasida hakam bo‘ladi.
Oxirgi gapni ayol yurak tubidan chiqarib aytdi. Hazrati Umar bir qalqib tushdi. Lekin «Nimalar deyotganingni bilasanmi, ahmoq kampir?» demadi.
Shunday desa bo‘lardi, hatto qo‘llaridagi tayoq bilan bir-ikki tushirsa ham, bo‘lardi. Lekin bu bilan nimalarnidir hal qilib bo‘lmasdi. Hazrati Umar bunday qilolmasdi, balki boshqa Umar qilishi mumkin edi. U adolat, sabr, yaxshilik va ehson timsoli edi. Nafs amriga bo‘ysunib, bir-ikki do‘pposlasa, bir oz muddatdan keyin unutilib ketardi. Ammo bu bilan asrlar osha tantiliklari ila insoniyatga o‘rnak siymo bo‘lib qololmasdi.
— Xudo xayringizni bersin, Umar ahvolingizni qaydan bilsin?
— Amir bo‘lishni, ishimizni gardaniga olishni bilsa-yu, ahvolimiz bilan qiziqmasa, nima qilib xalifa bo‘lib yuribdi? Bir kun kelib, Alloh undan bizning hisobimizni so‘ramaydimi?
— Siz haqsiz, xolajon, haqsiz...
Hazrati Umarning peshonalaridan ter okib, oyoq-qo‘llari holsizlandi. Vijdoni esa, ikki tegirmon toshi orasiga tushib qolgandek edi. Ayolga qolsa, yana nimalar demasdi. Undagi dard yuki shu darajada og‘ir edi. Zero, bolalariga tosh pishirayotgan, ularning yig‘lab-siqtab uxlab qolishlarini kutayotgan ayolning butun g‘am-alami ikki jumlaga jo bo‘lolmasdi. Ayolning dardini dasturxon qilishi va Hazrati Umarning uni sabr-matonat bilan eshitishi ham mavjud muammoni xal qilib berolmasdi yoki bolalarning qornini to‘ydirib qo‘ymasdi. Shuning uchun:
— Ketdik, Aslam, — dedi Hazrati Umar. Ikkovlon u joydan shosha-pisha ketarkan, ortlaridan bir juft ko‘z hayron qarab keldi. Ayol qo‘lidagi kapgir bilan qozonni kavlab: «Hozir pishadi, bolajonlarim», deyishda davom etardi.
 
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 17:48 | Message # 22
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Tez-tez yurib Baytulmolga yetib kelgan Hazrati Umar u yerdan bir qop un va ko‘zada yog‘ oldi.
— Unni ustimga ort, Aslam, — dedi.
— Buni men olaqolaman.
— Aytganimni qil!
— Lekin uni men tashishim kerak.
— Onang seni yo‘qotsin, Aslam! Qiyomat kuni ham mening gunohlarimni gardaningga olib, menga yengil nafas oldirasanmi? Vaqtni o‘tkazmay, qopni ort.
Yonida xalifa yelkasiga qop ortib ketarkan, o‘zining bunday erkin ketishi Aslamga erish tuyuldi. Lekin boshqa iloji ham yo‘q edi. Aslam yog‘ni olgandan keyin qadamlar tezlashdi.
Nihoyat, gulxan ko‘zga tashlandi. Aslam yengil nafas oldi. Chunki oddiy odam ko‘tarolmaydigan qopni yerga qo‘ymay, deyarli yugurib kelishi Hazrati Umarni ancha holdan toydirgani aniq edi.
Bu safar izn ham so‘ramay chodirga kirishdi. Ayol hanuz mashg‘ul edi, bolalari esa tinmay yig‘lardi.
Hazrati Umar yelkasidagi unni yerga qo‘yib, qozondagi suv va toshlarni to‘kib tashladi. Unga ozgina yog‘ soldi. Keyin hayrat to‘la minnatdor ko‘zlari bilan qarab turgan ayolga:
— Unni sol, men qoraman! — dedi.
Bu safar rostakamiga ham ovqat pishirilayotganini bolalar ham sezdilar. Hazrati Umar xamir qora boshladi. Orada olov o‘chib qolay deganda, egilib, puflay ketdi.
Voqeani aytib berarkan, Aslam: «Hazrati Umarning quyuq soqollari orasidan chiqqan tutunni hozir ham ko‘rib turgandekman», degan edi.
Nihoyat, taom tayyor bo‘ldi. Hazrati Umar ayoldan lagan so‘radi. Ovqatni laganga suzib bir oz sovushini kutdi, keyin uni bolalar oldiga qo‘ydi. O’zi bir chekkaga o‘tib, ularni kuzata boshladi. Tutun va is bosgan yuzida tabassum paydo bo‘ldi. Ayol ham bundan mamnun holda:
— Xudo haqqi, xalifalikka Umardan ko‘ra sen loyiqroqsan. Alloh rozi bo‘lsin, senga yaxshilik va ehsonlar ato etsin, — der edi.
— Alloh sizlarga ham yaxshiliklar bersin. Ertaga mo‘minlar amirining oldiga bor. Meni o‘sha yerda uchratasan. Senga yordam berib yuboraman.
— Unday qilolmayman, — dedi ayol. — Borib uning oldida ko‘z yoshi qilolmayman.
Bolalar ham qorni to‘ygach, tabassum qila boshladi. Ular bir-biri bilan hazil-huzul qilib o‘ynardi. Oxiri uyqulari kelib, bir chekkaga cho‘zilishdi. Hazrati Umar ham o‘rnidan turdi.
— Alloh rohat bersin, — deb chiqib ketdi. Ayol u kishining ortidan duo qilgancha qoldi. Ko‘nglida kechayotganlari ko‘z yoshlaridan ham ko‘proq edi.
Bir oz yurgach, Hazrati Umar Aslamga o‘girildi:
— Ochlik ularning uyqulariga mone’lik qilgan edi. Men ularning to‘ygani va kulishlarini ko‘rmay ketishni istamadim. («Tarixi Tabariy»)
Bu ajoyib fazilat edi. Rasululloh: «Kim bir mo‘minni dunyo g‘amidan xalos qilsa, Alloh ham qiyomat kuni uning g‘amlaridan birini ketkazadi», deganlar. Hazrati Umar shuning uchun ham xursand edi. Shu bilan birga, bu kabi oilalar qancha. Xalifa huzuriga kelib: «Biz bolalarimiz qornini to‘ydirolmayapmiz», deya olmaydigan qanchadan-qancha odam hayotning achchiq lahzalaridan ezilib, tushkunlikda yashamoqda.
Hazrati Umar tunni bedor o‘tkazdi. Lekin shu birgina tun miriqib uxlaydigan kechalardan afzal edi. Bu kecha tarixda qoladigan kecha edi. Uning qahramonlari — buyuk xalifa, uning sabrli quli va Umarning oldiga borib ko‘z yoshi to‘kmay, qanoat ichra yashagan ayol. Ularning haqqiga o‘n to‘rt asrdan keyin ham duolar qilinajak, salomlar yo‘llash uchun Alloh azza va jalla tomon qo‘llar ko‘tarilajak.
Kuyovi shahid ketgan, qizi vafot etgan bu ayol nabiralarini qachongacha boqa oladi? Bir kun kelib, sabri tugaydi yo o‘sha sabr ularni o‘limgacha olib boradi.
Ertasiga Hazrati Umar huzuriga kelgan ayol kecha kim bilan uchrashganini fahmladi:
— Siz kecha holimizdan xabar olgan o‘sha kishimisiz? Nega kimligingizni aytmadingiz?
— Muhimi Umarni tanishingiz emas, ehtiyojingiz qondirilishidir. Alloh madadkoringiz bo‘lsin!
 
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 17:49 | Message # 23
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning (yoki Yarfa) ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek kahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan narsa keltiring", deyishlari kerak edi.
Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur kilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: kul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!"
 
OSIYODate: Seshanba, 21-Iyun-2011, 17:50 | Message # 24
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi.
Uning fikru zikri o‘sha uyda bo‘ldi. Hatto ertalab o‘rnidan turganda ham o‘sha manzara ko‘z o‘ngidan ketmasdi. «Buning tagiga yetmasam bo‘lmaydi».
Shunday qilinsa, noma’kul xayoldan qutulgan bo‘lardi. Keyin ko‘chaga chiqib, to‘g‘ri o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Yetib kelib, eshik qoqdi. Lekin hech kimsa ochmadi. Talha yana eshikni taqillatdi. Ichkaridan ayol kishining: «Kiraver», degan ovozi eshitildi.
Ovoz nihoyatda titroq bo‘lib, kampir ekani ma’lum edi.
Talha ichkariga kirib, bir burchakda o‘tirgan ko‘zi ojiz kampirga ko‘zi tushdi va shu zahoti bo‘shashdi:
— Assalomu alaykum, xolajon!
— Vaalaykum assalom, o‘g‘lim!
— Hech kimingiz yo‘qmi?
— Allohdan boshqa hech kimim yo‘q.
Oyoqlari shol kampirning yurishga ham imkoni yo‘q edi. Talha ichidan zil ketdi. Bu zil ketish bema’ni xayollarga berilganidan edi.
— Kecha bir kishi shu yerdan chiqib ketayotgan ekan...
— U Umar ibn Hattob edi. Alloh rozi bo‘lsin, anchadan beri kechalari kelib, uyimni supurib-sidiradi, yotog‘imni tozalaydi, yana boshqa ishlarimni ham qilib ketadi.
Javobdan Talhaning qalbi larzaga kelib, yig‘lab yubordi. Ayol bilan xo‘shlashib uydan chiqdi.
«Onang sendan ayrilib qolsin, Talha! Umarning ayblarini qidirib nimaga erishding? Sen uyingda maza qilib dam olayotganingda, Umar qo‘lidagi aso bilan ko‘cha kezadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, to‘shakka mixlangan kasallarning tagini tozalaydi. Sen bo‘lsang, Qur’on hukmlarini sariq chaqaga olmay, birovlar nima qilayotganini kuzatib yuraver. Boshqalar taqvo zinapoyasidan ko‘tarilaversin», derdi Talha o‘ziga o‘zi. Birovning aybini qidirish oson. Lekin birovda bir fazilatni ko‘rib, uni kasb qilish uchun ancha harakat qilish kerak.
 
OSIYODate: Payshanba, 11-Avg-2011, 14:12 | Message # 25
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
DURDONDate: Juma, 19-Avg-2011, 07:48 | Message # 26
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
DURDONDate: Juma, 19-Avg-2011, 07:49 | Message # 27
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
OSIYODate: Yakshanba, 18-Sen-2011, 18:32 | Message # 28
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Hazrati Umar r.a. hayotidan go'zal hikoyatlar

Bir tunda Hazrati Umar kuli Aslam bilan birgalikda Madinani aylangani chiqdi. Aylanib yurib, Harratu Voqim degan joyga keldi. Keyin Sirorga yetdi. U yerda olovni ko‘rib, Hazrati Umar:
— Aslam, menimcha bu olovni sovuq va qorong‘ulikdan qiynalgan odamlar yoqqan bo‘lsalar kerak. Yur, ularning oldiga boramiz,— dedi.
Arablar qorong‘u, sovuq kunlarda olov yoqib, itlarini chodir atrofiga bog‘lab qo‘yardi. Bundan maqsad, yonib turgan gulxanni va vovullayotgan itlarni ko‘rgan odam u yerni oson topadi.

Ikkovlon borib qarasalar, gulxan atrofida keksa ayol va bir necha bola o‘tirishgan ekan. Bolalar tinmay yig‘lar, kampir esa olov ustiga qo‘yilgan qozonni kovlar edi.
— Assalomu alaykum!
— Vaalaykum assalom!
— O’tirsam maylimi?
— Yaxshi niyatda bo‘lsang, kel, niyating yomon bo‘lsa, ketaver.
— Biz yaxshilikni o‘ylaydigan va uni yaxshi ko‘radigan odamlarmiz.
Hazrati Umar oldinga yana bir-ikki qadam tashladi.
— Ahvollar qalay, xola?
— Qorong‘ulik va sovuqdan qiynalyapmiz.
— Bolalar nega yig‘lashyapti?
— Qorni och ularning. Ochlikdan qiynalishyapti. Ayol haq edi. Qorni ochgan bola yig‘laydi. Hazrati Umar qiziqib:
— Nima pishiryapsiz? Qozondagi nima?
— Suv qaynatyapman. Faqat suvning o‘zi. Ichida qitirlayotgan narsa esa, tosh. Bolalarni, ovqat pishiryapman, deb aldayapman. Bir ozdan keyin yig‘idan charchab uxlab qolishadi.
Ayol bu gaplarni alam va mahzunlik ichra aytdi, ko‘zlaridan oqqan yoshni ko‘rmagan, hatto gaplariga yaxshi tushunmagan odam ham bu ayol tovushidagi dardni payqamasdan qolmasdi. Bir oz tin olgan ayol gapini davom ettirdi:
— Bir kun Alloh biz bilan Umar o‘rtasida hakam bo‘ladi.
Oxirgi gapni ayol yurak tubidan chiqarib aytdi. Hazrati Umar bir qalqib tushdi. Lekin «Nimalar deyotganingni bilasanmi, ahmoq kampir?» demadi.
Shunday desa bo‘lardi, hatto qo‘llaridagi tayoq bilan bir-ikki tushirsa ham, bo‘lardi. Lekin bu bilan nimalarnidir hal qilib bo‘lmasdi. Hazrati Umar bunday qilolmasdi, balki boshqa Umar qilishi mumkin edi. U adolat, sabr, yaxshilik va ehson timsoli edi. Nafs amriga bo‘ysunib, bir-ikki do‘pposlasa, bir oz muddatdan keyin unutilib ketardi. Ammo bu bilan asrlar osha tantiliklari ila insoniyatga o‘rnak siymo bo‘lib qololmasdi.
— Xudo xayringizni bersin, Umar ahvolingizni qaydan bilsin?
— Amir bo‘lishni, ishimizni gardaniga olishni bilsa-yu, ahvolimiz bilan qiziqmasa, nima qilib xalifa bo‘lib yuribdi? Bir kun kelib, Alloh undan bizning hisobimizni so‘ramaydimi?
— Siz haqsiz, xolajon, haqsiz...
Hazrati Umarning peshonalaridan ter okib, oyoq-qo‘llari holsizlandi. Vijdoni esa, ikki tegirmon toshi orasiga tushib qolgandek edi. Ayolga qolsa, yana nimalar demasdi. Undagi dard yuki shu darajada og‘ir edi. Zero, bolalariga tosh pishirayotgan, ularning yig‘lab-siqtab uxlab qolishlarini kutayotgan ayolning butun g‘am-alami ikki jumlaga jo bo‘lolmasdi. Ayolning dardini dasturxon qilishi va Hazrati Umarning uni sabr-matonat bilan eshitishi ham mavjud muammoni xal qilib berolmasdi yoki bolalarning qornini to‘ydirib qo‘ymasdi. Shuning uchun:
— Ketdik, Aslam, — dedi Hazrati Umar. Ikkovlon u joydan shosha-pisha ketarkan, ortlaridan bir juft ko‘z hayron qarab keldi. Ayol qo‘lidagi kapgir bilan qozonni kavlab: «Hozir pishadi, bolajonlarim», deyishda davom etardi.
 
OSIYODate: Yakshanba, 18-Sen-2011, 18:33 | Message # 29
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
* * *

Tez-tez yurib Baytulmolga yetib kelgan Hazrati Umar u yerdan bir qop un va ko‘zada yog‘ oldi.
— Unni ustimga ort, Aslam, — dedi.
— Buni men olaqolaman.
— Aytganimni qil!
— Lekin uni men tashishim kerak.
— Onang seni yo‘qotsin, Aslam! Qiyomat kuni ham mening gunohlarimni gardaningga olib, menga yengil nafas oldirasanmi? Vaqtni o‘tkazmay, qopni ort.
Yonida xalifa yelkasiga qop ortib ketarkan, o‘zining bunday erkin ketishi Aslamga erish tuyuldi. Lekin boshqa iloji ham yo‘q edi. Aslam yog‘ni olgandan keyin qadamlar tezlashdi.
Nihoyat, gulxan ko‘zga tashlandi. Aslam yengil nafas oldi. Chunki oddiy odam ko‘tarolmaydigan qopni yerga qo‘ymay, deyarli yugurib kelishi Hazrati Umarni ancha holdan toydirgani aniq edi.
Bu safar izn ham so‘ramay chodirga kirishdi. Ayol hanuz mashg‘ul edi, bolalari esa tinmay yig‘lardi.
Hazrati Umar yelkasidagi unni yerga qo‘yib, qozondagi suv va toshlarni to‘kib tashladi. Unga ozgina yog‘ soldi. Keyin hayrat to‘la minnatdor ko‘zlari bilan qarab turgan ayolga:
— Unni sol, men qoraman! — dedi.
Bu safar rostakamiga ham ovqat pishirilayotganini bolalar ham sezdilar. Hazrati Umar xamir qora boshladi. Orada olov o‘chib qolay deganda, egilib, puflay ketdi.
Voqeani aytib berarkan, Aslam: «Hazrati Umarning quyuq soqollari orasidan chiqqan tutunni hozir ham ko‘rib turgandekman», degan edi.
Nihoyat, taom tayyor bo‘ldi. Hazrati Umar ayoldan lagan so‘radi. Ovqatni laganga suzib bir oz sovushini kutdi, keyin uni bolalar oldiga qo‘ydi. O’zi bir chekkaga o‘tib, ularni kuzata boshladi. Tutun va is bosgan yuzida tabassum paydo bo‘ldi. Ayol ham bundan mamnun holda:
— Xudo haqqi, xalifalikka Umardan ko‘ra sen loyiqroqsan. Alloh rozi bo‘lsin, senga yaxshilik va ehsonlar ato etsin, — der edi.
— Alloh sizlarga ham yaxshiliklar bersin. Ertaga mo‘minlar amirining oldiga bor. Meni o‘sha yerda uchratasan. Senga yordam berib yuboraman.
— Unday qilolmayman, — dedi ayol. — Borib uning oldida ko‘z yoshi qilolmayman.
Bolalar ham qorni to‘ygach, tabassum qila boshladi. Ular bir-biri bilan hazil-huzul qilib o‘ynardi. Oxiri uyqulari kelib, bir chekkaga cho‘zilishdi. Hazrati Umar ham o‘rnidan turdi.
— Alloh rohat bersin, — deb chiqib ketdi. Ayol u kishining ortidan duo qilgancha qoldi. Ko‘nglida kechayotganlari ko‘z yoshlaridan ham ko‘proq edi.
Bir oz yurgach, Hazrati Umar Aslamga o‘girildi:
— Ochlik ularning uyqulariga mone’lik qilgan edi. Men ularning to‘ygani va kulishlarini ko‘rmay ketishni istamadim. («Tarixi Tabariy»)
Bu ajoyib fazilat edi. Rasululloh: «Kim bir mo‘minni dunyo g‘amidan xalos qilsa, Alloh ham qiyomat kuni uning g‘amlaridan birini ketkazadi», deganlar. Hazrati Umar shuning uchun ham xursand edi. Shu bilan birga, bu kabi oilalar qancha. Xalifa huzuriga kelib: «Biz bolalarimiz qornini to‘ydirolmayapmiz», deya olmaydigan qanchadan-qancha odam hayotning achchiq lahzalaridan ezilib, tushkunlikda yashamoqda.
Hazrati Umar tunni bedor o‘tkazdi. Lekin shu birgina tun miriqib uxlaydigan kechalardan afzal edi. Bu kecha tarixda qoladigan kecha edi. Uning qahramonlari — buyuk xalifa, uning sabrli quli va Umarning oldiga borib ko‘z yoshi to‘kmay, qanoat ichra yashagan ayol. Ularning haqqiga o‘n to‘rt asrdan keyin ham duolar qilinajak, salomlar yo‘llash uchun Alloh azza va jalla tomon qo‘llar ko‘tarilajak.
Kuyovi shahid ketgan, qizi vafot etgan bu ayol nabiralarini qachongacha boqa oladi? Bir kun kelib, sabri tugaydi yo o‘sha sabr ularni o‘limgacha olib boradi.
Ertasiga Hazrati Umar huzuriga kelgan ayol kecha kim bilan uchrashganini fahmladi:
— Siz kecha holimizdan xabar olgan o‘sha kishimisiz? Nega kimligingizni aytmadingiz?
— Muhimi Umarni tanishingiz emas, ehtiyojingiz qondirilishidir. Alloh madadkoringiz bo‘lsin!
 
OSIYODate: Yakshanba, 18-Sen-2011, 18:34 | Message # 30
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
* * *

Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning (yoki Yarfa) ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek kahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan narsa keltiring", deyishlari kerak edi.
Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur kilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: kul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!"
 
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Search: