UMAR IBN AL_XATTOB
|
|
OSIYO | Date: Yakshanba, 18-Sen-2011, 18:35 | Message # 31 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| * * *
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi. Uning fikru zikri o‘sha uyda bo‘ldi. Hatto ertalab o‘rnidan turganda ham o‘sha manzara ko‘z o‘ngidan ketmasdi. «Buning tagiga yetmasam bo‘lmaydi». Shunday qilinsa, noma’kul xayoldan qutulgan bo‘lardi. Keyin ko‘chaga chiqib, to‘g‘ri o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Yetib kelib, eshik qoqdi. Lekin hech kimsa ochmadi. Talha yana eshikni taqillatdi. Ichkaridan ayol kishining: «Kiraver», degan ovozi eshitildi. Ovoz nihoyatda titroq bo‘lib, kampir ekani ma’lum edi. Talha ichkariga kirib, bir burchakda o‘tirgan ko‘zi ojiz kampirga ko‘zi tushdi va shu zahoti bo‘shashdi: — Assalomu alaykum, xolajon! — Vaalaykum assalom, o‘g‘lim! — Hech kimingiz yo‘qmi? — Allohdan boshqa hech kimim yo‘q. Oyoqlari shol kampirning yurishga ham imkoni yo‘q edi. Talha ichidan zil ketdi. Bu zil ketish bema’ni xayollarga berilganidan edi. — Kecha bir kishi shu yerdan chiqib ketayotgan ekan... — U Umar ibn Hattob edi. Alloh rozi bo‘lsin, anchadan beri kechalari kelib, uyimni supurib-sidiradi, yotog‘imni tozalaydi, yana boshqa ishlarimni ham qilib ketadi. Javobdan Talhaning qalbi larzaga kelib, yig‘lab yubordi. Ayol bilan xo‘shlashib uydan chiqdi. «Onang sendan ayrilib qolsin, Talha! Umarning ayblarini qidirib nimaga erishding? Sen uyingda maza qilib dam olayotganingda, Umar qo‘lidagi aso bilan ko‘cha kezadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, to‘shakka mixlangan kasallarning tagini tozalaydi. Sen bo‘lsang, Qur’on hukmlarini sariq chaqaga olmay, birovlar nima qilayotganini kuzatib yuraver. Boshqalar taqvo zinapoyasidan ko‘tarilaversin», derdi Talha o‘ziga o‘zi. Birovning aybini qidirish oson. Lekin birovda bir fazilatni ko‘rib, uni kasb qilish uchun ancha harakat qilish kerak.
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 07-Okt-2011, 09:11 | Message # 32 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| ABDULLOH ibn UMAR, to‘liq ismi Abdulloh ibn Umar ibn al-Xattob al-Adaviy, kunyasi - Abu Abdurrahmon (taxminan 612-693) - ashobi kiromning eng yuksak olim va mujtahidlaridan biri.
Hijoz fiqhi va huquqining tamal toshini qo‘ygan zot. Oltmish yil fatvo berish bilan shug‘ullangan. Abu Hurayra (ra)dan so‘ng Rasuli Akram (sav)dan eng ko‘p - 2630 hadis rivoyat etgan.
Otasi Umar (ra) bilan Madinaga hijrat qilgan, Usmon (ra) vafot etgach xalifalik taklif qilingan, ammo bu rutbadan bosh tortgan.
|
|
| |
OSIYO | Date: Juma, 07-Okt-2011, 09:12 | Message # 33 |
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
| Abdulloh ibni Umar r.anhu
Ashobi kiromning buyuklaridan, fiqh, tafsir, hadis ilmida ustun bo’lganlaridan. Kunyalari Abu Abdurrahmon. Musulmonlarning qorako’zi Hz. Umar ul Faruqning o’g’illari. Onalari Zaynab binti Ma’uni Jumayhidir. Makkai Mukarramada hijratdan 14 yil oldin dunyoga kelganlar. Shu yerda 73 hijrida vafot etganlar. Qabr lari Muhassabdadir. Otalari iymonga kelishlari bilan kichik yoshda iymon keltirganlar. Madinai Munavvaraga hijrat etib Islom tarbiyasi bilan kamolga yetganlar. Yoshlari kichik bo’lganligi sababli Badr va Uhud g’azotlarida ishtirok etmaganlar. Birinchi bor Handaq g’azotida ishtirok etganlar. Bayati Rizvonda otalaridan oldin bay’at qilganliklari rivoyat qilinadi. Misr va Shimoliy Afrika fathlarida ishtirok etganlar. Xuroson va Tabariston safarlarida ishtirok etganlar. Otalari shahodat topganl vaqtlarida o’g’illarini halifalikka tayin qilishlikni so’raganlarida otalari “ Bir uydan bir shahid yetadi” deb marhamat qildilar. Saylanmaslik sharti bilan Sho’roga a’zo bo’lganlar. Hz. Usmonning shahodatlaridan keyin halifalikka nomzod qilib ko’rsatilganlarida qabul qilmadilar. Hz. Ali r.anhuga bay’at qildilar. Faqat ichki hodisalarga aralashmadilar. “Jihod islom mamlakatida musulmonlar orasida bo’lmaydi. Jihod kofirlarga qarshi bo’ladi” deb o’z fikrini bildirdi. 15 ta farzandlari bo’lgan. 14 o’g’il va 1 qiz.
Abdulloh ibni Umar r.anhumo Rosul Akramga juda bog’li edilar. U zoti bobarokotning yo’llaridan yurmoqlikni va ahloqlari bilan ahloqlanmoqlikni istardilar. Huzur’i saodatlaridan ayrilmoqlikni istamazdilar. Qayerga borsalar orqalaridan ta’qib qilib borar edilar. Juda ko’p hodisalarga guvoh bo’lib hadis sharif eshitishga muvaffaq bo’ldilar. Ibodatda, suhbatda va g’azotlarda hamda Vidalashuv hajjida Rosul Akramning doim yonlarida edilar. Rosul Akramga hizmat qilish sharafiga muyassar bo’lishliklari bilan barcha ilimlarda mohir ustod bo’lib yetishdilar. Harom va shubhalilardan saqlanishlari, ilmlari va dunyoga e’tibor bermasliklari o’rnak qilishlikka arziydigan ahvolda edi. Qur’oni karimning tafsiriga oid masalalarda ashobi kiromining ichida ko’zga ko’ringalaridan biridirlar. Halol va haromga oid ko’p hadis shariflarni u zot rivoyat qilganlar. Jami 2630 hadis rivoyat qilganlilari turli manbalarda yoritilmoqda.
Imomi Molik r.a Abdulloh ibni Umar r.anhumo to’g’risida shunday deydi: Abdulloh ibni Umar Rosul Akramdan keyin haj mavsumida va boshqa vaqtlarda odamlarga 60 yil fatvo berdi. Fatvo berishda juda ehtiyotkor birisi edi.” Tobiinlarda Mihron shunday deydi: Ibni Umardan ko’ra faqihroq birisini ko’rmadim.
Ozod qilgan qullari Imomi Nafe shunday deydi: Abdulloh ibni Umar 1000 kishi ozod qilmasdan jonini taslim qilmadi. Ba’zan oylab go’sht yemazdi. Faqat Ramazonda va mehmoni bo’lganda go’sht yeyardi. Biror bir narsaga ortiqcha ko’ngil qo’yishi bilan uni unga ehtiryoji bo’lgan birisiga in’om etardi.
|
|
| |
ROBIYA | Date: Seshanba, 10-Yan-2012, 17:18 | Message # 34 |
Yangilardan
Group: Muslima
Messages: 2502
Status:
| BIR KUNI OMAR RA GULOMI YANI YORDAMCHI BOLASI BILAN KECHQURUNDA YOLGA CHIQDI SHAXAR HOLATINI KORIB TEKSHIRIB KELISH UCHUN KEYIN UZOCDAN OT YOQIB OTIRGAN BIR QAWMNI KORDI ULARGA YAQINLASHIB QARASA BIR AYOL BOLALARI BILAN OTIRGAN EKAN ULARGA EY OT AHLI DEYISHNI HUSH KORMAY EY CHIROQ AHLI SIZLAR NIMAGA BU HOLATDA OTIRIBSIZLAR DEBTI ? AYOL CHUNKI QORONGU WA SOWUQ OT ESA YORITADI WA ISITADI DEB JAWOB BERIBTI . OMAR RA " SIZLARGA YAQINLASHSAM MAYLIMI DEBTI ? " AYOL AGAR NIYATING YAXSHI BOLSA MAYLI AGAR YOMON NIYATDA BOLSANG KET BU YERDAN DEBTI ( u kishi omar ekanidan habari yoq ) OMAR RA YAQINLASHIBDI WA QARASA BOLALAR INGRAYOTGAN YIGLAYOTGAN EKAN . WA SAL NARIDA QOZON QAYNAYOTGANMISH SORABDI NIMAGA BOLALAR YIGLAYABTI WA ANA U QOZONDA NIMA ? AYOL HA BOLALAR OCHLIKDAN YIGLASHYABTI MEN ESA QOZONGA SUW QUYIB ATEDAN QAYNATYAPPAN UHLAB COLISHGUNCHA DEB JAWOB BERIBTI . WA YANA AYOL SHUNDAI DEBTI ALLOHGA QASAMKI BIZNI WA OMARNI ORTASIDA ALLOH TURIBDI ( yani Alloh korib turibdi jawob beradi manosida) OMAR QORQIB KETIBDI WA AYTIBDI HA OMAR SIZLARNI BU HOLINGIZNI QAYERDAN BILSIN ? UNDA NIMA AYB ? AYOL HOO BIZGA WALIY BOLGAN BIZGA BOSH BOLGAN ODAM BIZNI HOLIMIZDAN GAFLATDA QOLADIMI????? OMAR ORQASIGA OGIRILIB GULOMIGA YUR DEBTI BORISHIB BIR QOPDA UN WA YOG OLIB GULOMIGA ORQAMGA YUKLAB QOY DEBTI GULOM YO SAYYIDIM OZIM KOTARWOLAMAN DESA OMAR SEN QIYOMATDA HAM SHU BOYNIMDAGI GUNOHNIYAM KOTARWOLASANMI ? QANI YUKLA DEBTI . WA BORIB AYOLGA SEN OZ OZDAN UN SOLIB BERIB TURASAN MEN SIZLARGA OWQAT PISHIRAMAN DEBTI ( waholanki bu zot butunislom dunyosini podishoxi ) WA OWQAT QILISHNI BOSHLABDI HATTOKI OTINNI PUFLAYOTGANDA SOQOLI UZUNLIGIDAN OT ILASHIB TUTUN CHIQARKAN SOQOLLARIDAN SUBHANALLOH KEYIN OWQATNI TOWOQQA SOLIB BOLALARIGA YEDIRISHIBDI . WA OHIRIDA AYOL SHUNDAY DEBTI ALLOHGA QASSAMKI AGAR SEN OMARNI ORNIGA PODSHIX XALIFA BOGANINDA UNDAN AFZALROQ WA HAQLIROQ BOLARDING DEBTI
QISSADAN HISSA JUDA KOP (( AQL EGALARI UCHUN BUNDA KOP IBRATLAR BOR ))
chiroylik imzo coyaman yaqinda
Message edited by NARGIZA - Seshanba, 10-Yan-2012, 17:21 |
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 04-Fev-2013, 12:58 | Message # 35 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning (yoki Yarfa) ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek kahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan narsa keltiring", deyishlari kerak edi. Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur kilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: kul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!"
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 15-Iyun-2013, 17:25 | Message # 36 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Hazrati Umar r.a. hayotidan go'zal hikoyatlar Bir tunda Hazrati Umar kuli Aslam bilan birgalikda Madinani aylangani chiqdi. Aylanib yurib, Harratu Voqim degan joyga keldi. Keyin Sirorga yetdi. U yerda olovni ko‘rib, Hazrati Umar: — Aslam, menimcha bu olovni sovuq va qorong‘ulikdan qiynalgan odamlar yoqqan bo‘lsalar kerak. Yur, ularning oldiga boramiz,— dedi. Arablar qorong‘u, sovuq kunlarda olov yoqib, itlarini chodir atrofiga bog‘lab qo‘yardi. Bundan maqsad, yonib turgan gulxanni va vovullayotgan itlarni ko‘rgan odam u yerni oson topadi.
Ikkovlon borib qarasalar, gulxan atrofida keksa ayol va bir necha bola o‘tirishgan ekan. Bolalar tinmay yig‘lar, kampir esa olov ustiga qo‘yilgan qozonni kovlar edi. — Assalomu alaykum! — Vaalaykum assalom! — O’tirsam maylimi? — Yaxshi niyatda bo‘lsang, kel, niyating yomon bo‘lsa, ketaver. — Biz yaxshilikni o‘ylaydigan va uni yaxshi ko‘radigan odamlarmiz. Hazrati Umar oldinga yana bir-ikki qadam tashladi. — Ahvollar qalay, xola? — Qorong‘ulik va sovuqdan qiynalyapmiz. — Bolalar nega yig‘lashyapti? — Qorni och ularning. Ochlikdan qiynalishyapti. Ayol haq edi. Qorni ochgan bola yig‘laydi. Hazrati Umar qiziqib: — Nima pishiryapsiz? Qozondagi nima? — Suv qaynatyapman. Faqat suvning o‘zi. Ichida qitirlayotgan narsa esa, tosh. Bolalarni, ovqat pishiryapman, deb aldayapman. Bir ozdan keyin yig‘idan charchab uxlab qolishadi. Ayol bu gaplarni alam va mahzunlik ichra aytdi, ko‘zlaridan oqqan yoshni ko‘rmagan, hatto gaplariga yaxshi tushunmagan odam ham bu ayol tovushidagi dardni payqamasdan qolmasdi. Bir oz tin olgan ayol gapini davom ettirdi: — Bir kun Alloh biz bilan Umar o‘rtasida hakam bo‘ladi. Oxirgi gapni ayol yurak tubidan chiqarib aytdi. Hazrati Umar bir qalqib tushdi. Lekin «Nimalar deyotganingni bilasanmi, ahmoq kampir?» demadi. Shunday desa bo‘lardi, hatto qo‘llaridagi tayoq bilan bir-ikki tushirsa ham, bo‘lardi. Lekin bu bilan nimalarnidir hal qilib bo‘lmasdi. Hazrati Umar bunday qilolmasdi, balki boshqa Umar qilishi mumkin edi. U adolat, sabr, yaxshilik va ehson timsoli edi. Nafs amriga bo‘ysunib, bir-ikki do‘pposlasa, bir oz muddatdan keyin unutilib ketardi. Ammo bu bilan asrlar osha tantiliklari ila insoniyatga o‘rnak siymo bo‘lib qololmasdi. — Xudo xayringizni bersin, Umar ahvolingizni qaydan bilsin? — Amir bo‘lishni, ishimizni gardaniga olishni bilsa-yu, ahvolimiz bilan qiziqmasa, nima qilib xalifa bo‘lib yuribdi? Bir kun kelib, Alloh undan bizning hisobimizni so‘ramaydimi? — Siz haqsiz, xolajon, haqsiz... Hazrati Umarning peshonalaridan ter okib, oyoq-qo‘llari holsizlandi. Vijdoni esa, ikki tegirmon toshi orasiga tushib qolgandek edi. Ayolga qolsa, yana nimalar demasdi. Undagi dard yuki shu darajada og‘ir edi. Zero, bolalariga tosh pishirayotgan, ularning yig‘lab-siqtab uxlab qolishlarini kutayotgan ayolning butun g‘am-alami ikki jumlaga jo bo‘lolmasdi. Ayolning dardini dasturxon qilishi va Hazrati Umarning uni sabr-matonat bilan eshitishi ham mavjud muammoni xal qilib berolmasdi yoki bolalarning qornini to‘ydirib qo‘ymasdi. Shuning uchun: — Ketdik, Aslam, — dedi Hazrati Umar. Ikkovlon u joydan shosha-pisha ketarkan, ortlaridan bir juft ko‘z hayron qarab keldi. Ayol qo‘lidagi kapgir bilan qozonni kavlab: «Hozir pishadi, bolajonlarim», deyishda davom etardi.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 15-Iyun-2013, 17:26 | Message # 37 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Tez-tez yurib Baytulmolga yetib kelgan Hazrati Umar u yerdan bir qop un va ko‘zada yog‘ oldi. — Unni ustimga ort, Aslam, — dedi. — Buni men olaqolaman. — Aytganimni qil! — Lekin uni men tashishim kerak. — Onang seni yo‘qotsin, Aslam! Qiyomat kuni ham mening gunohlarimni gardaningga olib, menga yengil nafas oldirasanmi? Vaqtni o‘tkazmay, qopni ort. Yonida xalifa yelkasiga qop ortib ketarkan, o‘zining bunday erkin ketishi Aslamga erish tuyuldi. Lekin boshqa iloji ham yo‘q edi. Aslam yog‘ni olgandan keyin qadamlar tezlashdi. Nihoyat, gulxan ko‘zga tashlandi. Aslam yengil nafas oldi. Chunki oddiy odam ko‘tarolmaydigan qopni yerga qo‘ymay, deyarli yugurib kelishi Hazrati Umarni ancha holdan toydirgani aniq edi. Bu safar izn ham so‘ramay chodirga kirishdi. Ayol hanuz mashg‘ul edi, bolalari esa tinmay yig‘lardi. Hazrati Umar yelkasidagi unni yerga qo‘yib, qozondagi suv va toshlarni to‘kib tashladi. Unga ozgina yog‘ soldi. Keyin hayrat to‘la minnatdor ko‘zlari bilan qarab turgan ayolga: — Unni sol, men qoraman! — dedi. Bu safar rostakamiga ham ovqat pishirilayotganini bolalar ham sezdilar. Hazrati Umar xamir qora boshladi. Orada olov o‘chib qolay deganda, egilib, puflay ketdi. Voqeani aytib berarkan, Aslam: «Hazrati Umarning quyuq soqollari orasidan chiqqan tutunni hozir ham ko‘rib turgandekman», degan edi. Nihoyat, taom tayyor bo‘ldi. Hazrati Umar ayoldan lagan so‘radi. Ovqatni laganga suzib bir oz sovushini kutdi, keyin uni bolalar oldiga qo‘ydi. O’zi bir chekkaga o‘tib, ularni kuzata boshladi. Tutun va is bosgan yuzida tabassum paydo bo‘ldi. Ayol ham bundan mamnun holda: — Xudo haqqi, xalifalikka Umardan ko‘ra sen loyiqroqsan. Alloh rozi bo‘lsin, senga yaxshilik va ehsonlar ato etsin, — der edi. — Alloh sizlarga ham yaxshiliklar bersin. Ertaga mo‘minlar amirining oldiga bor. Meni o‘sha yerda uchratasan. Senga yordam berib yuboraman. — Unday qilolmayman, — dedi ayol. — Borib uning oldida ko‘z yoshi qilolmayman. Bolalar ham qorni to‘ygach, tabassum qila boshladi. Ular bir-biri bilan hazil-huzul qilib o‘ynardi. Oxiri uyqulari kelib, bir chekkaga cho‘zilishdi. Hazrati Umar ham o‘rnidan turdi. — Alloh rohat bersin, — deb chiqib ketdi. Ayol u kishining ortidan duo qilgancha qoldi. Ko‘nglida kechayotganlari ko‘z yoshlaridan ham ko‘proq edi. Bir oz yurgach, Hazrati Umar Aslamga o‘girildi: — Ochlik ularning uyqulariga mone’lik qilgan edi. Men ularning to‘ygani va kulishlarini ko‘rmay ketishni istamadim. («Tarixi Tabariy») Bu ajoyib fazilat edi. Rasululloh: «Kim bir mo‘minni dunyo g‘amidan xalos qilsa, Alloh ham qiyomat kuni uning g‘amlaridan birini ketkazadi», deganlar. Hazrati Umar shuning uchun ham xursand edi. Shu bilan birga, bu kabi oilalar qancha. Xalifa huzuriga kelib: «Biz bolalarimiz qornini to‘ydirolmayapmiz», deya olmaydigan qanchadan-qancha odam hayotning achchiq lahzalaridan ezilib, tushkunlikda yashamoqda. Hazrati Umar tunni bedor o‘tkazdi. Lekin shu birgina tun miriqib uxlaydigan kechalardan afzal edi. Bu kecha tarixda qoladigan kecha edi. Uning qahramonlari — buyuk xalifa, uning sabrli quli va Umarning oldiga borib ko‘z yoshi to‘kmay, qanoat ichra yashagan ayol. Ularning haqqiga o‘n to‘rt asrdan keyin ham duolar qilinajak, salomlar yo‘llash uchun Alloh azza va jalla tomon qo‘llar ko‘tarilajak. Kuyovi shahid ketgan, qizi vafot etgan bu ayol nabiralarini qachongacha boqa oladi? Bir kun kelib, sabri tugaydi yo o‘sha sabr ularni o‘limgacha olib boradi. Ertasiga Hazrati Umar huzuriga kelgan ayol kecha kim bilan uchrashganini fahmladi: — Siz kecha holimizdan xabar olgan o‘sha kishimisiz? Nega kimligingizni aytmadingiz? — Muhimi Umarni tanishingiz emas, ehtiyojingiz qondirilishidir. Alloh madadkoringiz bo‘lsin!
* * *
Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning (yoki Yarfa) ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek kahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan narsa keltiring", deyishlari kerak edi. Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur kilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: kul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!"
* * *
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi. Uning fikru zikri o‘sha uyda bo‘ldi. Hatto ertalab o‘rnidan turganda ham o‘sha manzara ko‘z o‘ngidan ketmasdi. «Buning tagiga yetmasam bo‘lmaydi». Shunday qilinsa, noma’kul xayoldan qutulgan bo‘lardi. Keyin ko‘chaga chiqib, to‘g‘ri o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Yetib kelib, eshik qoqdi. Lekin hech kimsa ochmadi. Talha yana eshikni taqillatdi. Ichkaridan ayol kishining: «Kiraver», degan ovozi eshitildi. Ovoz nihoyatda titroq bo‘lib, kampir ekani ma’lum edi. Talha ichkariga kirib, bir burchakda o‘tirgan ko‘zi ojiz kampirga ko‘zi tushdi va shu zahoti bo‘shashdi: — Assalomu alaykum, xolajon! — Vaalaykum assalom, o‘g‘lim! — Hech kimingiz yo‘qmi? — Allohdan boshqa hech kimim yo‘q. Oyoqlari shol kampirning yurishga ham imkoni yo‘q edi. Talha ichidan zil ketdi. Bu zil ketish bema’ni xayollarga berilganidan edi. — Kecha bir kishi shu yerdan chiqib ketayotgan ekan... — U Umar ibn Hattob edi. Alloh rozi bo‘lsin, anchadan beri kechalari kelib, uyimni supurib-sidiradi, yotog‘imni tozalaydi, yana boshqa ishlarimni ham qilib ketadi. Javobdan Talhaning qalbi larzaga kelib, yig‘lab yubordi. Ayol bilan xo‘shlashib uydan chiqdi. «Onang sendan ayrilib qolsin, Talha! Umarning ayblarini qidirib nimaga erishding? Sen uyingda maza qilib dam olayotganingda, Umar qo‘lidagi aso bilan ko‘cha kezadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, to‘shakka mixlangan kasallarning tagini tozalaydi. Sen bo‘lsang, Qur’on hukmlarini sariq chaqaga olmay, birovlar nima qilayotganini kuzatib yuraver. Boshqalar taqvo zinapoyasidan ko‘tarilaversin», derdi Talha o‘ziga o‘zi. Birovning aybini qidirish oson. Lekin birovda bir fazilatni ko‘rib, uni kasb qilish uchun ancha harakat qilish kerak.
Ahmad Lutfiy Qozonchining “Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.)”
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 15-Iyun-2013, 17:28 | Message # 38 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Абдуллоҳ ибн Мусъаб ҳикоя қилади: “Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳу бир куни: “Аёлларнинг маҳрини, гарчи у аёл Язид ибн Ҳусойн Ҳорисийнинг қизи бўлса ҳам, қирқ уқиядан оширманглар! Ким мен айтгандан ошириб маҳр берса, ортиқчасини байтул молга мусодара қилдираман” дедилар. Шунда ўтирганлар орасидан бир аёл: “Бундай қилишга ҳаққингиз йўқ” дея эътироз билдирди. Ҳазрати Умар: “Нега?” деб сўрадилар. Аёл: “Чунки, Аллоҳ таоло: “...Аввалгисига гарчи уюм-уюм молни (маҳр қилиб) берган бўлсангиз ҳам, ундан бирор нарсани қайтариб олмангиз...” (Нисо, 20) деган” деди. Бу гапни эшитган Ҳазрати Умар розияллоҳу анҳу: “Аёл тўғри айтди, Умар хато қилди” дедилар”.
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 14-Avg-2013, 01:54 | Message # 39 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Хўжайинининг қулоғини чўзган қул . . . ! ! ! Хазрати Умар (р.а) халифалиги даврида Шом шахрига бориш зарурияти туғилиб қолди. Саодат ва иззат билан сахобаи киромлардан иборат бир жамоани ёнларига олиб, Мадинаи Мунавварадан йўлга чиқдилар. Хазрати Умарнинг (р.а) бир туядан бошқа уловлари йўқ эди. Муғира номли бир қуллари бўлиб, халифа Умар ((р.а) у билан галма-гал туяга минар эдилар. Бир соат хазрати Умар (р.а) туяга минсардилар, Муғира яёв холда туяни етаклаб борарди; бир соат туяга Муғира минарди, ва хазрати Умар (р.а) пиёда борардилар. Аллох таолонинг хикматини қарангки, Шом шахрига кирадиган вақтда туяга миниш навбати Муғирага келганди. Сахобалар хазрати Умарнинг (р.а) ёнига келиб дедилар: - Жанобим, мархаматингизни дариғ тутмай, бу соатда хам туяга ўзингиз минишингизни илтимос қиламиз. Хазрати Умар (р.а) айтдилар: - Бия менинг навбатим эди. Бу соатда туяга миниш гали Муғираникидир. Нега энди мен минишим керак? Сахоби киромлар жавоб бердилар: - Бугун Шом шахрига кириб борамиз. Шахарнинг барча кўзга кўринган вакиллари Сизни кутиб олгани чиқадилар. Улар отлиқ, сиз эса халифа бўла туриб яёв бўлсангиз, одобдан бўлмас . . . Мархаматингиздан умидвормизки, илтимосимизни мақбул кўргайсиз ва илтимосимизни рад этмагайсиз. Хазрати Умар (р.а) норози бўлиб дедилар: - Сизлар халиям шубхадан халос бўлмадингизми? Ислом динининг қадрини шу билан белгилладингизми? Бизга исломий шараф кифоя эмасми? Ислом динидан кўра мукаррам ва шарфлироқ бирор дин борми? Шундай буюк саодат, бу қадар улуғ давлат ва иззатни Аллох таоло бизга эхсон қилди. Дини ислом тожини бошга кийишдай хар кимга хам муяссар бўлавермайдиган улкан тухфани берди. Расулуллох (с.а.в.) олиб келган ислом дуини либосини эгнимизга кийишни насиб қилди. калимаи шаходатни дилимизни ёритгувчи чироққа айлантирди. Қуръони Карим билан қалбимизни чароғон қилди. Воажаб нега Сизлар ислом дининг қадрини англаб етмай ўзингизни халққа от билан, зар тўнлар билан кўрсатмоқчи бўласизлар? Булар орасидаги тафовут тенглаштириб бўларлими ахир? Биргина Расули Акрам (с.а.в.) нинг умматлари бўлиш шарафи сизларга етарли эмасми, - деб жавоб бергач, барчалари бир сўз айтолмай хижолатда қолишди. Хамма сукутга чўмган шундай бир оғир вазиятда Муғира туяни хозирлаб, хазрати Умарнинг (р.а) хузурларига келтирди ва оёқлари остига чўктириб: - Эй халифа, оламларнинг ёлғиз Раббиси бўлмиш Аллох таоло хаққи, қулоқ солинг, сахобаларнинг хохиши билан эмас, Аллох Ўзи кўнглимга солди. Чин қалбимдан бу соатда туяга минишингизни халол қилдим. эхсон айлаб менинг истагимни қабул қилсангиз. Бу соатда туяга Сиз минишингизни ўтиниб сўрайман, - деди. Амирул мўминун олдига эгилиб: - Эй халифа, лутфан оёғинизни устимга қўйиб. савлат билан туяга чиқсангиз, - деб илтимос қилди. Хазрати Умар (р.а) Муғиранинг дилларни эритгувчи ўтинчини рад этолмай, барчани хушнуд туяга миндилар. Шундан сўнг бутун ислом аскарига овоза қилдилар: - Мана бугун Аллохнинг инояти билан Шом шахрига етиб келдик. бу ердан соғ-омон чиқамизми йўқми, буни ёлғиз Аллох таоло билгувчидир. Агар бирор кишининг бизда хаққи бўлса, келиб талаб қилсин. Бутун ислом аскари хазрати Умар (р.а) хаққига дуода бўлдилар. Дедиларки: - Эй Аллохнинг халифаси, сиздан хар биримиз розимиз. Сиздан хеч ким норози эмас. Хеч биримизнинг сизда заррача хаққимиз йўқдир. Жарчилар баланд овоз билан бутун шахарга овоза қилдилар. Бирор кимса келиб хақ талаб қилмади. Барчаси бир овоздан рози эканликларини хабар қилдилар. Халқ орасидан хеч ким хақ талаб қилиб келмагач, хазрати Умарнинг (р.а) Муғира исмли қуллари олдиларига келиб айтди: - Эй амирул мўминин, бир куни хеч айбим бўлмасада, қулоғимни чўқиб оғритган эдингиз. Кимнинг хаққи бўлса, шу дунёда хаққини талаб қилмоғини сўрадингиз, билингки, менинг бу хаққим хамон бўйнингиздадир. Хазрати Умар (р.а) дедилар: - Эй Муғира, кел, сен хам менинг қулоғимни чўз, баробар бўлайлик. Сахобаларнинг бари такбир айтиб юбордилар (арабларда шунга ўхшаш ажабтовур хол содир бўлса, такбир айтиш одати бор) ва: - Эй халифа, дунёда сиз каби одил кўрмаган ва ишонамизки, бундан кейин хам бундай адолатли хукмдор қайта дунёга келмас. Қулнинг бундай густохлик қилишига нега йўл қўйиб бердингиз. Хеч замонда қулинг аразига хам шу қадар жиддий қаралганми? Қулнинг хожасини қулоғини чўзиши жоизми? Қулга қарата "Нега бундай беодоблик қилдинг" деб ранжидилар. Хазрати Умар (р.а) мархамат қилдилар: - Эй сахобалар, лутфан қулимга озор бермангизлар.Чунки охиратда жазосини тортгандан кўра бу дунёда жазоланиб қутулмоқ афзалдир, - кейин - Эй Муғира, кел, қулоғимни чўз. Бу дунёдаа сен билан хисоб- китоб қилиб олайликки, охиратга қолмасин, - дедилар. Муғира хам хазрати Умарнинг қулоқларини ушлаб, озгина чўзиб қўйди. Хазрати Умар (р.а) сўрадилар: - Эй Муғира, нега кўпроқ чўзмадинг? Муғира жавоб берди: - Охиратда қасосидан қўрқаман. Қулоғингизни кўпроқ чўзсам, хаққингиз менинг устимда қолади. Хазрати Умар (р.а) шундай бир хукмдор эдики, қулининг хаққини бу тарзда ўташга истихола қилмай, жазосини шу дунёда олди. Қули хам шундай ажойиб бир кимса эдики, хожани шу тариқа жазолади. Хўжайини шак-шубхасиз бировнинг хаққини емайдиган инсонлардан эканлигини билгани холда, унинг муборак қалбига хеч бир шубха ораламаслигига ишончи комил бўлганлиги учун бундай жасаорат кўрсатган эди. Балки Муғиранинг бу ишидан хазрати Умарнинг (р.а) унга бўлган мухаббатлари аввалгидан хам ортган эди. Хазрати Умарнинг хаёти давомида кўрсатган бу каби ўрнаклари хақида кўп гапириш мумкин. Бу хақида биз ортиқ сўзламоқчи эмасмиз, зеро, Жаброил (а.с) нинг Расулулоллах (с.а.в.) га келтирган оятларида ўн етти ўринда хазрати Умарнинг (р.а) тилга олинганлиги, бундан ташқари турли тафсирларда ва тарихий китобларда қайд қилинганлиги етарли далилдир . . . ! ! ! Турк тилидан Ислима хоним таржимаси
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 08-Sen-2013, 23:43 | Message # 40 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Иттифоқо бир куни мўминлар амири Умар ибн Хаттобнинг (р.а.) ҳузурларига уч йигит кириб келишди. Улар оталарини ўлдирган қотилни тутиб келишганди, ундан қандай қасос олиш масаласини аниқлашни халифага топширмоқчи эдилар. Қотил ҳазрати Умарни алдаб бўлмаслигини тушуниб, айбини бўйнига олди, ҳар қандай жазога розилигини изҳор қилди. Фақат мол-мулкини фарзандларига билдириб қўйиш учун уч кунга муҳлат сўради. Ўша ерда ҳозир бўлган саҳобийлардан Абу Зарр ғифорий қотилнинг кафолатини олди. Уч кун ўтди, қотилдан дарак йўқ эди. Халифа унинг кафолатини олган Абу Заррни топтириб келди. У етиб келиб, қатл этилишга тайёргарлик кўра бошлади. Шу пайтда ўша қотил ҳаллослаганича етиб келди. Халифанинг юзи ёришди. Қотилдан таажжубда сўради: – Қочиб кетишга имконинг бўлатуриб, нега қайтиб келдинг? – Халифаликда ваъдасининг уддасидан чиқадиган қолмабди, дейишларидан қўрқиб келдим, - деди қотил. Шунда халифа саҳобий Абу Заррга юзланиб сўрадилар: – Сен нега танимаган одамингнинг кафолатини олдинг, ахир у келмаганда, унинг ўрнига қатл этилган бўлардинг- ку?! – Халифаликда ҳимматли кишилар йўқ экан-да, дейишмаслиги учун шундай қилдим, - деди саҳобий. Бу манзарани кўриб турган жабрдийда уч йигит Халифага шундай деб мурожаат қилишди: – Биз ҳам отамизнинг қотилини кечирдик, ундан қасос ҳам олмаймиз, тағин бу дунёда афв этгувчилар қолмабди-да, деб юришмасин. Масаланинг бу янглиқ чиройли адолат билан хотима топганини кўрган амирнинг юзларида мамнунлик аломатлари жилва эта бошлади.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:13 | Message # 41 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Мен нега бунинг сўзини эшитмайин?!
Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳу бир куни Жоруд ал-Абдий билан бирга масжиддан чиқиб, йўлда кетишаётганда бир аёлга дуч келишди. Ҳазрати Умар у аёлга салом бердилар, у алик олди ва деди: “Эй Умар, менга озгина вақт ажрат, сенга айтадиган гапим бор”. Ҳазрати Умар: “Гапиринг” дедилар. Аёл гап бошлади: “Эй Умар, кичкиналигингда Уккоз бозорида Умайр деб аталар эдинг. Йигитлар билан кураш тушиб юрардинг. Кейин ҳеч қанча вақт ўтмасдан Умар деб чақириладиган бўлдинг. Яна ҳеч қанча вақт ўтмай, мана, Мўминлар амири деб мурожаат қилишяпти сенга. Сенга насиҳатим, қўл остингдаги раийят, халқ борасида Аллоҳдан қўрқ!”
Бу гапларни эшитиб турган Жоруд ҳалиги аёлга: “Сени қара-ю! Мўминлар амирига шундай гапларни гапиришга қандай журъат қилдинг?!” деди.
Шунда Умар розияллоҳу анҳу: “Уни ўз ҳолига қўй! Сен бу аёлнинг кимлигини биласанми? Бу аёл Аллоҳ сўзини осмонлар тепасидан эшитган Хавла бинт Саълаба-ку! Мен нега бунинг сўзини эшитмайин?!” деб жавоб бердилар. Бу гаплари билан у зот ушбу “(Эй, Муҳаммад!) Аллоҳ Сиз билан ўз эри ҳақида баҳслашаётган ва Аллоҳга шикоят қилаётган аёлнинг сўзини эшитди. Аллоҳ сиз иккингизнинг сўзлашувингизни эшитур. Албатта, Аллоҳ эшитувчи ва кўрувчидир” (Мужодала, 1) оятини назарда тутган эдилар.
Ҳоний Ҳожининг “Солиҳлар ҳаётидан минг бир қисса” китобидан Нозимжон Ҳошимжон таржимаси.
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 11-Sen-2013, 14:09 | Message # 42 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Umar ibn Hattob o‘g‘illari Abdullohga (har ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin) yozgan ekanlar: «Ey o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Zero, kim Allohdan qo‘rqsa, Alloh uni saqlaydi. Unga kim tavakkal qilsa, Alloh kifoya qiladi, kim Unga shukr aytsa, Alloh unga ne’matni ziyoda qiladi. Taqvo sening ko‘z qorachig‘ing, qalbing jilosi bo‘lsin. Shuni yaxshi bilginki, kim Alloh huzuridan savob umid qilmasa, unga ajr ham yo‘qdir. Kimda shafqat bo‘lmasa, unda mol- dunyo bo‘lmas, xulqi yo‘qda tirishqoqlik (yangilik) bo‘lmas. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, aytadilar: — To kishida zaiflikdan bo‘lmagan muloyimlik, ko‘pollikdan bo‘lmagan kuch-qudrat topilmasa, bu ish (boshliq bo‘lish) o‘z samarasini bermaydi.
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 24-Okt-2013, 01:42 | Message # 43 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ibn Umardan, roziyallohu anhu: “Bir kuni Hazrati Umar, roziyallohu anhu, Hazrati Aliga: — Ey Abu Hasan, ko‘pdan beri sendan so‘rashning imkoni bo‘lmayotir. Ba’zan seni topolmaymiz. Seni bu yerdaligingda biz boshqa joyda bo‘lamiz. Meni o‘ylantirib yurgan uch savol bor. Shuni sendan so‘rayman, — dedi. — Qanday savollar ekan? — so‘radi Hazrati Ali. — Ba’zan bir odam boshqa bir odamni, undan hech qanday yaxshilik ko‘rmagan bo‘lsa hamki, yaxshi ko‘radi. Ba’zi kishilar esa boshqa birovga, undan biror yomonlik ko‘rmagani holda buHzu adovat qilishadi. Buning sababi ne? — Ruhlar havoda guruh-guruh holida qo‘nimgohlarda to‘plangan askarlarga o‘xshaydilar, bir-birlari bilan tanishib, do‘stlashadilar, — javob bera boshladi Hazrati Ali. — U yerda tanishib, bir-birlari bilan ahil-inoq bo‘lganlari bu yerda ham topishadilar, o‘zaro kelishadilar. U yerda bir-birini tanimay, bir-birlaridan uzoq qolganlar bu yerda ham kelisha olmaydilar. — Bu birinchi savolim edi. Ikkinchisini eshit. Kishining ko‘rgan tushlaridan bir qismi to‘g‘ri chiqadi. Bir qismining esa haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Nega shunday? — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Erkakmi-ayolmi, har bir banda uyquga ketganidan so‘ng ruhi Arshgacha ko‘tariladi. Arshga yetib borgunicha uyHonmagan ruhlarning ko‘rgan tushlari to‘g‘ri chiqadi. Arshga bormasidan uyHonib qolgan ruhlarning tushlari esa yolg‘onchi tushlardir”, deya marhamat qilganlarini eshitgan edim. — Ikkinchisi ham hal bo‘ldi. Endi uchinchisini aytay. Goho kishi biror narsani tushuntirmoqchi bo‘ladi-yu, o‘sha zahoti unutib yuboradi, oradan ozroq vaqt o‘tib yana esiga tushadi. Nega bunday bo‘larkin-a? — Har bir miyada oyning yuzini pardalagan (to‘sgan) xira bulut parchasi yanglig' bir “bulut” bor. Oy nur socharkan, bir bulut parchasi kelib, yuzini to‘sgani, ko‘p o‘tmay yana ochilgani singari kishi ham gapirayotganida, to‘satdan o‘sha “bulut” kelib, aqlini o‘rab oladi. Shunda kishi tushuntirmoqchi bo‘lgan narsasini unutib qo‘yadi va “bulut” tarqalishi bilan uni qayta eslaydi. — Mana shu uch narsa doim zehnimni xira qilib turardi. Allohga shukrlar bo‘lsin, endi tinchlandim, — dedilar Hazrati Umar, roziyallohu anhu”.
|
|
| |