A resized and cropped image
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Hadisi Quddusi
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:05:50 PM | Message # 1
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan boshlayman
QAZOGA ROZILIK MO’MINNING SIFATI

«Guvohlik beramanki, yakka O’zimdan boshqa iloh yo‘q. Mening sherigim ham yo‘q. Muhammad Mening qulim va rasulimdir. Kim qazoi qadarimga rozi bo‘lmasa, balolarimga sabr, ne’matlarimga shukr qilmasa, berganlarimga qanoat etmasa, Mendan boshqa xudoga ibodat qilaversin. Kim dunyo uchun g‘am cheksa, go‘yoki Menga g‘azab qilgan bo‘ladi. Kim musibatimdan shikoyat etsa, go‘yo Mendan shikoyat qilgan bo‘ladi. Kim boyning huzuriga kirib, boyligi uchun unga tavoze etsa, dinining uchdan birini ketkazibdi. Kim ahlidan biror kishi vafot etgani uchun yuziga ursa, go‘yo Men bilan urishish uchun nayza olibdi. Kim qabr ustidagi shoxni sindirsa, Ka’bam eshigini qo‘li bilan buzgandek bo‘libdi. Kim qaysi eshikdan yeyayotganiga (ya’ni, harom narsaga) parvo qilmasa, Alloh uni qaysi eshikdan jahannamga kiritishiga ham parvo qilmabdi. Kimning dinida o‘sish bo‘lmasa, u noqislikdadir. Kim noqislikda bo‘lsa, uning uchun o‘lim yaxshiroqdir. Kim bilgan narsasiga amal etsa, Alloh taolo u bilmagan ilmni unga meros qoldiradi. Kimning orzu-havasi ko‘paysa, amali xolis bo‘lmaydi»
.


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:18:54 PM | Message # 2
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
QANOATLI BO’L, BEHOJAT BO’LASAN

«Ey Odam farzandi! Qanoatli bo‘l, behojat bo‘lasan. Hasadni tark qil, rohatda yashaysan. Haromdan saqlan, diningni xolis qilasan. Kim g‘iybatni tark etsa, unga muhabbatim namoyon bo‘ladi. Kim odamlardan uzlatda bo‘lsa, ulardan omonda yuradi. Kimning so‘zi oz bo‘lsa, aqli komil bo‘ladi. Kim oz rizqqa rozi bo‘lsa, Alloh bilan bog‘lanibdi.
Ey Odam farzandi! Sen amal qilmaydigan narsangni bilasan-u, nechuk bilmagan narsangni bilishni talab qilaverasan?
Ey Odam farzandi! Dunyoda xuddi ertaga o‘lmay-digandek harakat qilasan. Go‘yo abadiy yashaydigandek mol-dunyo to‘playsan.
Ey dunyo, senga hirsu ochko‘zlik bilan tashlangan odamdan yuz o‘gir. Sendan yuz o‘girgan odamga intil. Senga nazar soluvchilarning ko‘zidan xoli bo‘l».

DUNYO G’AM CHEKISHGA ARZIMAS

«Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech qachon tugamaydigan g‘am solib qo‘yadi. Shunday mashg‘ulotga band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha olmaydi. Orzular berib qo‘yadiki, doimo o‘sha orzular bilan band bo‘lib qoladi.
Ey Odam farzandi! Har kuni o‘zing bilmagan holda umringdan qisqartirasan. Har kuni rizqingni keltirishadi, sen esa hamd aytmaysan. Na oziga qanoat qilasan, na ko‘piga to‘yasan.
Ey Odam farzandi! Biror kun yo‘qki, huzurimdan senga rizqing borib turmagan bo‘lsin! Biror kecha yo‘qki, farishtalar sen tomondan bir buzuq amalni olib kelmagan bo‘lsin. Rizqimni yeb, Menga osiylik qilasan. Holbuki, sen Menga duo qilib (so‘raganingda) duolaringni ijobat etaman. Yaxshiligim senga tushguvchidir, yomonliging Menga yetguvchi. Bas, Men senga qanchalar yaxshi Xojaman! Sen Menga qanchalar yomon bandasan! Sening ketma-ket sodir etgan yomon, sharmandali ishlaringni yopaman. Men sendan hayo qilaman, sen esa Mendan hayo qilmaysan. Mendan boshqasini eslaysan-u, Meni unutasan. Odamlardan qo‘rqasan-u, Mendan xotirjam yurasan. Odamlarning nafratidan hayiqib, Mening g‘azabimdan (go‘yo) omonlik topgansan»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:19:44 PM | Message # 3
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
TILING BILAN DILING BIR BO’LSIN

«Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzu-havasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, qanoat etmaydigan, bermasa, sabr qilmaydiganlardan bo‘lma. Yaxshilikka buyurib, o‘zi uni qilmaydigan, yomonlikdan qaytarib, o‘zi undan qaytmaydiganlar jumlasidan bo‘lma. Solihlarni yaxshi ko‘rib, o‘zi solih bo‘l-maydigan, munofiqlarni yomon ko‘rib, o‘zi munofiq bo‘ladiganlar jumlasidan bo‘lma. Bajara olmaydigan narsasini gapiruvchi, buyurilmagan narsani bajaruvchi, vafodorlikni talab etib, o‘zi vafo qilolmaydigan kishilar jumlasidan bo‘lma.
Ey Odam farzandi! Biror yangi kun yo‘qki, Yer senga o‘zining tilida: «Ey Bani Odam, ustimda yurasan, keyin qo‘ynimda g‘amga ko‘milasan, ustimda nafsing tusaganini yeysan, qo‘ynimda qurtlarga yem bo‘lasan», demasa. (Biror kun yo‘qki, Yer senga o‘z tilida:) «Ey Bani Odam! Men qo‘rqinch uyiman, sen so‘roq qilinadigan uyman, kimsasiz uyman, zulmat uyiman, ilonlaru chayonlar uyiman, bas, meni xarob qilavermasdan obod etmaysanmi?» demasa»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:21:47 PM | Message # 4
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
YARATILISH MAZMUNI

«Ey Odam farzandi! Sizlarni avval oz bo‘lib, keyin ko‘paytirish uchun xalq qilmadim. Qo‘rqinchda Menga hamroh bo‘lish uchun yo ojiz bo‘lib qolganimda yordam so‘rash uchun yoki manfaat hosil qilish uchun yoxud zararni daf etish uchun sizlarni yaratganim yo‘q. Balki uzoq vaqt Menga ibodat qilib, ko‘p shukr keltirib, ertayu kech Menga tasbeh aytishingiz uchun sizlarni yaratdim.
Ey Odam farzandi! Agar sizlarning avvalgiyu oxirgilaringiz, jinlaru inslaringiz, kichiklaru kattalaringiz, hurlaru qullaringiz Menga toat qilishga jam bo‘lishsa, mulkimdan zarra miqdoricha ham ko‘payib qolmaydi. Kim jiddu jahd qilsa, o‘zi uchun qiladi. Alloh esa butun olamlardan behojat Zotdir.
Ey Odam farzandi! Ozor berganingdek senga ham ozor beriladi. Amal qilganishta yarashasi beriladi».

AMALINGNI XOLIS QIL

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz. Uylaringizni baland etib, Mening uyimni pasaytirdingiz. Sizlar na yaxshi, na ozodsiz, balki dunyoning qulisiz. Sizlarga o‘xshaganlarning jamlanishi bamisoli tashi suvab qo‘yilgan qabrlarga o‘xshaydi. Bu qabrlar tashqarisidan chiroyli ko‘rinsa-da, ichi xunukdir. Sizlar ham shirin tillaringiz, chiroyli fe’llaringiz bilan odamlarga yaxshi bo‘lib ko‘rinasizlar-u, (aslida) tosh qalblaringiz va rasvo ahvolingiz bilan (ulardan) uzoqlashasiz.
Ey Odam farzandi! Amalingni xolis qil va (hojatingni faqat) Mendan so‘ra. Chunki Men senga so‘rovchilar so‘raganidan ham ko‘prog‘ini beraman»
.


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:22:55 PM | Message # 5
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
TAVBAGA SHOSHIL

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz. Toatimga sabr qilishingiz ma’siyatimga sabr qilishdan, gunohni tark qilishingiz do‘zax olovidan (qo‘rqib) Mendan uzr so‘rashingizdan, dunyo azobi oxirat azobidan yengilroqdir.
Ey Odam farzandi! Barchangiz adashgansiz. Faqat Men hidoyat qilganlargina unday emas. Barchangiz yomonlik qiluvchisiz, faqat Men (yomonlikdan) saqlaganlargina unday emas. Menga tavba qilinglar, sizlarga rahm qilaman. Sirlaringiz maxfiy qolmaydigan Zot huzurida sirlaringizni fosh etmanglar»
.
QATTIQ QALBGA NASIHAT BEKOR

«Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la’natlamang, la’nat o‘zingizga qaytadi.
Ey Odam farzandi! Osmon Ismlarimdan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va’z-nasihatim bilan ham to‘g‘ri emas! Ey insonlar! Tosh suvda yumshamaganidek, va’z ham qattiq qalbga ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Ey Odam farzandi! Sizlar Allohning bandasi ekaningizga guvohlik berib, keyin yana qanday Unga osiylik qilasiz? Ulimni haq deb gumon qilasiz-u, yana uni qanday yomon ko‘rasiz? Bilmagan narsangizni tillaringiz bilan gapirasiz, Allohning nazdida ulug‘ bo‘lgan narsani arzimas sanaysiz»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:25:55 PM | Message # 6
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
HAMMAGA YAXSHILIK QILING

«Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q. Balki mo‘minlar shunday kishilarki, Alloh va rasuliga iymon keltiradilar, yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qiladilar, aloqani uzgan kishi bilan aloqani tiklaydilar, mahrum qilgan kishini avf etadilar, xiyonat qilgan kishiga ishonadilar, xo‘rlaganni hurmat qilishadi, arazlagan kishi bilan so‘zlashishadi. Albatta Men sizlardan xabardor Zotdirman».

OXIRATNI UNUTMANG

«Ey insonlar! Bu dunyo hovlisi yo‘qlar uchun hovlidir, moli yo‘qlar uchun moldir. Mol-dunyoni aqli yo‘qlar yig‘adi. Fahmi yo‘qlar esa mol-dunyoga xursand bo‘ladi. Tavakkali yo‘qlar unga hirs qo‘yadi. Ma’rifati yo‘qlar esa dunyo istaklarini talab qiladi. Kim yo‘q bo‘luvchi ne’mat, uzuq-yuluq hayotni xohlasa, o‘z nafsiga zulm etib, Robbisiga isyon qilibdi. Yana oxiratni unutib, dunyosiga aldanibdi. "Gunohning ochig‘ini ham, maxfiysini tark qilingiz!" Albatta gunoh qiluvchi kimsalar o‘zlari qilib o‘tgan gunohlariga jazo olajaklar» (An’om, 120).
Ey Odam farzandi! Mening rioyamni qiling, Men bilan tijorat qiling, Men bilan muomala qilinglar, foydalaringiz naqd, darhol xazinamga jo‘nataveringlar. Chunki huzurimda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hamda inson qalbi his qilmagan narsalar bordir. Xazina tugab ham, kamayib ham qolmaydi. Men saxovat va ulug‘lik egasi bo‘lgan Zotman»
.
AHDGA VAFO QILING

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O’z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni o‘zlaringiz orangizdagi misskinlar roziligidan izlang. Ulamolar majlisi orqali rahmatimga rag‘batli bo‘ling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi.
Alloh taolo: «Ey Muso! Aytayotganlarimni eshit. Haqqi rostki, kim miskinga takabburlik qilsa, Qiyomat kunida uni (zarra yoki mayda chumoli) suratida tiriltiraman. Kimki miskinga tavoze’li bo‘lsa, dunyo va oxiratda u(ning darajasi)ni ko‘taraman. Kimki miskinni obro‘sizlantirish uchun sirini yoysa, Qiyomat kunida uni siri pardalanmagan holda tiriltiraman. Kimki qashshoqni xorlasa, bas, u Meni jangga chorlabdi. Kim Menga iymon keltirsa, dunyo va oxiratda farishtalar u bilan qo‘l berib so‘rashadi», dedi»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:27:57 PM | Message # 7
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
SHUKR QIL

«Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi. Qancha sog‘lom kishilar bor, doim sog‘ yurish ularni fasodga eltdi. Qancha olimlar bor, ilmi ularni buzdi. Qancha johillar bor, nodonligi ularni fasodga g‘arq qildi. Agar ruku’dagi keksalar, xushu’li yoshlar, emizikli go‘daklar va o‘tloqdagi hayvonlar bo‘lmaganida albatta osmonni ustingizga temir, yerni yaydoq tekislik, tuproqni esa kul qilgan, sizlarga osmondan bitta ham tomchi tushirmagan, yerda birorta don o‘stirmagan va ustlaringizga azobni yog‘dirgan bo‘lar edim».
OSIYLIKDAN SAQLANING

«Ey Odam farzandi! Ehtiyojingiz miqdorida Mendan so‘rang. Jahannamga toqatingiz miqdorida (agar toqat qilolsangiz) Menga osiylik qiling. Kechiktirilgan ajallaringiz, oldingizdagi hozir bo‘lgan rizqingiz va yopib qo‘yilgan gunohlaringizga qaramang. «Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar Uning yuzi - O’zigina (mangudir)» (Qasos surasi, 88-oyat
)».
OFIYAT - BEBAHO NE’MAT

«Ey Odam farzandi! Agar diningiz salomat bo‘lsa, amalingiz, go‘shtingiz va qoningiz ham salomat bo‘ladi. Agar diningiz fasod topsa, amalingiz, go‘shtingiz, qoningiz ham buziladi. Sizlar o‘zini kuydirib, odamlarga ziyo tarqatadigan sham kabi bo‘lmang. Qalbingizdan dunyo muhabbatini chiqarib tashlang, chunki Men hech qachon dunyo muhabbati bilan Uzimga bo‘lgan muhabbatni bir qalbda jamlamayman. Rizqni to‘plashda nafsingizga muloyim bo‘ling. Chunki rizq taqsimlab bo‘lingan. (Mol yig‘ishga) hirsli bo‘lgan kishi (moldan) mahrumdir. Baxil esa yomonlikka duchor. (Bu dunyo) ne’mati bir kun poyoniga yetadi, uni qattiq talab qilish badbaxtlikdir. Ajal ma’lumdir, haqiqat ma’lum. Alloh hikmatlarining eng yaxshisi -xushu’dir. Boylikning eng yaxshisi - qanoat. Eng yaxshi zaxira - taqvo. Qalbga atr etilgan eng yaxshi narsa yaqiyn, ya’ni o‘ta kuchli ishonch. Sizlarga berilgan narsaning eng yaxshisi - ofiyatdir»
.


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:29:20 PM | Message # 8
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
PASHSHAGA QO’NGAN ASAL

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar o‘tyapti, nimani kutyapsizlar?! Balki o‘limdan saqlaydigan narsangiz bordir?! Yoki qo‘lingizda do‘zaxdan (xalos bo‘lganingizni asoslovchi) hujjat bormi? Yo jannatlarda najot topdingizmi? Yoki siz bilan Parvardigoringiz orasi (faqatgina) rahmatu marhamatdan iborat deb o‘ylayapsizmi? Yo (mo‘l-ko‘l) ne’matlar havolantirib, (qilingan) yaxshilik(lar) sizlarni buzdimi? Yeki dunyoning uzundan-uzoq orzu-havaslari sizlarni chalg‘itdimi? Sihatu-salomatlikni g‘animat bil-mayapsizlar, axir kunlaringiz belgilangan, oladigan nafaslaringiz sanoqli-ku!..
Ey Odam farzandi! Albatta sen amalingdan o‘zib ketyapsan. Har bir o‘tgan kuning umringdan bir kunni yakson qilyapti. Onangning qornidan chiqqan kuningdan buyon har kuni qabringga yaqinlashyapsan, toki unga kirasan.
Ey Odam farzandi! Sen bu dunyoda bamisoli pashshaga o‘xshaysan: pashsha asalga qo‘nar ekan, chiqolmasdan botib qoladi, sen ham xuddi shundaysan. Boshqalarga olov bo‘lish uchun o‘zini kuydirgan o‘tin kabi bo‘lma».

DUO QACHON IJOBAT BO’LADI?

«Ey Odam farzandi! Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi.
Ey Odam farzandi! Agar so‘zing muloyim, amaling qabih bo‘lsa, u holda sen munofiqlarning raisisan. Agar zohiring chiroyli, botining xunuk bo‘lsa, u holda sen halokatga duchor bo‘lguvchilardansan. Ular Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, ammo o‘zlari sezmagan holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.
Ey Odam farzandi! Jannatga faqat Mening buyukli-gimga tavoze’ qilganlar, kunini zikr bilan o‘tkazganlar, faqat Men uchun nafsini shahvatlardan tiyganlar kiradi. Albatta Men g‘ariblarni panohim, qashshoqlarni himoyam ostiga olaman. Ota o‘z farzandiga (qancha) rahmdil, beva ayolga er (qancha) mehr-shafqatli bo‘lganidek, Men yetimni (shunchalik) hurmatlayman. Kim mana shu sifat bilan vasflansa, unga javob beruvchi bo‘laman. Qachon duo qilsa, ijobat etaman. Qachon so‘rasa, so‘raganini beraman»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:34:35 PM | Message # 9
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
QACHONGACHA?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?! Qachongacha Menga itoatsizlik qilasan, holbuki Men bandaga zulm qilguvchi emasman?! Qachongacha ne’matimni inkor qilasan? Qachongacha Kitobimni arzimas sanaysan, holbuki senga toqatingdan tashqari narsa yuklamadim?! Qachongacha Menga xunuk muomalada bo‘lasan, Meni inkor qilasan, holbuki Mendan o‘zga Parvardigoring yo‘q?!
Agar bemor bo‘lsangiz, Mendan boshqa qaysi tabib dardingizga shifo beradi?! Mendan norozi bo‘lib, qazoi qadarimdan nafratlandingiz. Samodan ustingizga sharros yomg‘ir yog‘dirgan Menman. Siz esa: «Mana bu yulduz tufayli bizga yomg‘ir yog‘di», deb Menga kufr, o‘sha yulduzga iymon keltirdingiz. Men sizlarga rahmatimni taqdirga muvofiq belgilab, o‘lchab, sanab, tortib, taqsimlab berguvchi Zotman. Agar sizlardan birortangizga uch kunlik rizqi kelsa ham, «Mening ahvolim yomon, yaxshi emas», deydi. Ne’matimga aniq noshukrlik qiladi. Kim molidan zakot berishga qarshi bo‘lsa, Kitobimni tahqirlabdi. Kimki namoz vaqtini bilaturib unga hozir bo‘lmasa, Mendan g‘ofil qolibdi
».
UMRING ZIYODA BO’LGAY

«Ey Odam farzandi! Sabr qilib, tavoze’li bo‘l, O’zim seni baland qilaman. Menga shukr qil, O’zim seni serob qilaman. Menga istig‘for ayt, O’zim gunohlaringni kechiraman. Agar Menga duo qilsang, ijobat etaman. Menga tavba qil, qabul etaman. Mendan so‘ra, ato qilaman. Sadaqa ulash, rizqingni barakali qilib qo‘yaman. Qarindoshlar bilan aloqani uzmagin, umringni ziyoda qilaman. Davomli sihat bilan Mendan ofiyatni talab qil. Tinchlik tanholikdadir. Ixlos rag‘batdadir. Tavbada Allohga taqvo bor. Boylik qanoatdadir.
Ey Odam farzandi! Qorning to‘q bo‘laturib, ibodatga qanday xohishing bo‘lishi mumkin?! Mol-dunyoga mehring bo‘laturib, qanaqasiga Allohning muhabbatini tama’ qili-shing mumkin?! Qashshoqlikdan qo‘rqib, yana qanday Allohning qo‘rqinchini orzu qilasan?! Dunyoga hirs bo‘laturib, qanaqasiga taqvoni tama’ qilasan?! Miskinlarsiz Allohning roziligiga qanday yetishing mumkin?! Baxillik bilan Allohning rizoligini qanday topishing mumkin?! Dunyoga muhabbat va maqtovu olqishlarlar bo‘laturib, qanaqasiga jannatni orzu qilishing mumkin?! Ozgina ilm bilan qanday qilib saodatni istashing mumkin?!»

ODOBDAN YUKSAK MUHABBAT YO’Q

«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q.
Ey Odam farzandi! Ibodatimga mashg‘ul bo‘l, qalbingni boylikdan to‘ldiraman, rizqingga baraka beraman, rohatni jismingga joylayman. Meni zikr qilishdan g‘ofil bo‘lma! G’aflatda qolsang, qalbingni qashshoqlikka, badaningni charchog‘u mashaqqatga, ko‘kragingni g‘amga to‘ldiraman. Agar umringdan qolganini ko‘rganingda bundan buyon orzu-havas qilmagan bo‘larding.
Ey Odam farzandi! Men ato etgan tinchligu salomatlik tufayli toatimga toqatli bo‘lding. Tavfig‘im tufayli farzlarimni ado qilding. Bergan rizqim bilan Menga itoatsizlik qilishga kuch topding. Xohishim tufayli xohlagan narsangni xohlading. Irodam tufayli nafsing neni istasa, istading. Ne’matim tufayli turding, o‘tirding, qaytding. Himoyatim bilan kunni bottirib, tongni ottirding
.Fazlim bilan maishat kechirib, ne’matim bilan to‘kis yashading. Ofiyatim bilan bezanding. Keyin Meni unutib, o‘zgani zikr qilding. Nega haqqimni va shukrimni ado qilmayapsan?!»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:37:00 PM | Message # 10
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
QALB ALLOHNING NAZARGOHIDIR

«Ey Odam farzandi! O’lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga osiylik qilayotganingni bilmaysan. Mening makrimdan omon qololmaysan. Chunki makrim qorong‘u kechada Safo tog‘idagi chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroqdir.
Ey Odam farzandi! G’azabimni eslab, yana Menga osiylik qildingmi? Qaytarganlarimdan qaytdingmi? Farzimni senga buyurganimdek ado qildingmi? Molingdan berib, miskinlarning ko‘nglini oldingmi? Senga yomonlik qilganga yaxshilik qildingmi? Senga zulm etganni kechirdingmi? Sendan uzilgan kishi bilan bog‘landingmi? Senga xiyonat etgan kishiga insof qildingmi? Sendan arazlagan kishiga gapirdingmi? Farzandingga tarbiya berdingmi? Qo‘shningni rozi qildingmi? Olimlardan dining va dunyoingga bog‘liq ishlar xususida so‘radingmi? Albatta, Men sizlarning na suratlaringizga, na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga nazar solaman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman».

BOLANING SOCHINI OQARTIRGAN KUN

«Ey Odam farzandi! O’zingga va jamiki maxluqotlarimga nazar sol. Agar o‘zingdan azizrog‘ini topsang, uning hurmatini qozon. Illo, o‘zingdan azizini topolmasang, nafsingni tavba va solih amal bilan e’zozla. Allohning senga ato etgan ne’matini va U Zotning sizlar bilan bog‘lagan ahd-miysoqini esla. Sizlar o‘shanda «Eshitdik va itoat etdik», degan edingiz. Qiyomat kuni, "Tag‘obun" kuni (ya’ni, bir-birlarini aldash - ziyon yetkazish Kuni. Chunki bu dunyoda mo‘‘minlarni aldab, ularga ziyon yetkazish harakatida yurgan kofirlar u Kunda do‘zaxga giriftor qilinishlari bilan o‘zlarining ziyon ko‘rib, aldanib qolganlarini bilishib, nadomat qilurlar), Al-Haqqa (aniq ro‘y beruvchi) kun, miqdori-uzunligi (dunyo hisobida) ellik ming yil bo‘lgan bir Kun, bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kun, balo va dahshatli qichqiriq kuni kelishidan oldin Allohdan qo‘rqinglar. U kunda dahshatli azobdan yuzlar tirishib, burishib qoladi. U kunda hech bir jon (boshqa) bir jonga biron narsa qilishga (ya’ni, biron foyda yetkazishga yoki undan biron ziyonni ketkazishga) ega bo‘lmas! U kunda barcha ish yolg‘iz Allohniki bo‘lur! U to‘xtovsiz davom etadigan kundir. U zilzila kuni, qalblarni qattiq qoquvchi "qoria" kunidir. U kunda tog‘lar titraydi. U kun ibratli jazolar boshlanadigan, kun tez botadigan, dahshatli qichqiriq va eng so‘ngga yetiladigan, bolalarning sochlarini oqartirib, chollarga aylantirib qo‘yadigan kundir. O’zlari eshitmagan (ya’ni, anglab, iymon keltirmagan) hollarida eshitdik, degan kimsalar kabi bo‘lmangiz!»

TIL OFATI

«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar, ertayu kech Unga tasbeh aytinglar. Ey Muso ibn Imron, ey bayon qiluvchi Zot! So‘zlarimni eshit! Men mukofot beruvchi podshohdirman. Men bilan sening o‘rtangda tarjimon yo‘q. Ribo yeyuvchi kishiga Rahmonning g‘azabi va do‘zaxning ziyoda azobi bo‘lsin.
Ey Odam farzandi! Agar qalbingda g‘ashlik, badaningda bemorlik, rizqingda mahrumlik, molingda kamchilik topsang, demak, bilginki, sen befoyda narsani (ko‘p)gapiribsan.
Ey Odam farzandi! Tilingni to‘g‘ri qilmaguningcha, dining to‘g‘ri bo‘lmaydi. Robbingdan hayo qilmaguningcha, tiling to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Ey Odam farzandi! Agar o‘z aybingni unutib, odamlarning aybiga nazar solsang, unda sen shaytonni rozi qilib, Rahmonning g‘azabini keltiribsan.
Ey Odam farzandi! Tiling sher (kabi)dir. Agar uni qo‘yib yuborsang, seni o‘ldiradi. Sening halokating tilingni qo‘yib yuborishingdadir».


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Payshanba, 09/03/05, 8:40:30 PM | Message # 11
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
SHUNDAY KUN KELADI...

«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga to‘playdigan, jinoyatchi kofirlarni esa jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunda sizlarga va’da va va’idlar bor. Men o‘xshashi yo‘q Allohdirman. Mening sultonligim kabi sultonlik yo‘qdir. Kim o‘z vaqtida Men uchun ro‘za tutsa, turli-tuman (ne’mat)lar bilan iftor qildiraman. Kim kechasini ibodatda bedor o‘tkazsa, e’tiborimdan biri unga bo‘ladi. Kim ko‘zini harom narsalardan yumsa, do‘zaximdan saqlayman. Men Parvardigorman, Meni taninglar. Men ne’mat beruvchiman, Menga shukr qilinglar. Men saqlovchiman, Mendan saqlashimni so‘ranglar. Men yordam beruvchiman, Mendan yordam so‘ranglar. Men gunohlarni kechiruvchiman, Mendan mag‘firat tilanglar. Men maqsad qilinadigan Zotman, Men sari yuringlar. Men ato qiluvchiman, Mendan so‘ranglar. Men Ma’budman, Menga ibodat qilinglar. Men har narsani bilguvchi Zotman, Mendan ogoh bo‘ling».
ALLOH KIBRLILARNI SUYMAS

«Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi. Alloh barcha narsalarning eng yaxshisi jannatda ekanining xabarini berdi. Kim Allohni xolis holatda tanisa, keyin U Zotta itoat etsa, najot topdi. Kim shaytonni tanib, unga itoat etmasa, salomat bo‘ldi. Kim haqni tanib, unga ergashsa, (xavf-xatarlardan) omon qoldi. Kim botilni tanib, undan saqlansa, g‘olib bo‘ldi. Kim shaytonni va dunyoni tanib, ularni tark etsa, saodatga erishdi. Kim oxiratni tanib, keyin uni talab qilsa, hidoyat topdi. Albatta Alloh O’zi xohlagan kishini hidoyat qiladi va yolg‘iz Unga qaytarilajaksiz.
Ey Odam farzandi! Modomiki, Alloh taolo senga rizqingning kafolatini bergan ekan, nega bu yo‘lda uzundan-uzoq tashvish chekasan?! O’rnini qoplash Allohdan ekan, baxillik nega kerak?! Iblis Alloh taoloning dushmani ekan, g‘aflat nechun? Jahannamda azob bor ekan, rohat nechun?! Allohning savobi jannat ekan, gunoh qilish nechun?! Barcha narsa Mening qazoi qadarim bilan bo‘lar ekan, sabrsizlik nechun?!
Boy berganlaringizga g‘am chekmasligingiz uchun qo‘lingizga kirganlariga ham suyunib ketmang. Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas».

UZUN YO’LNING OZIG’I

«Ey Odam farzandi! Yo‘l ozig‘ini ko‘proq g‘amla, chunki yo‘l olis. Alloh uchun qoyim bo‘lishni kanda qilma, negaki dengiz chuqur. Amallarni tatbiq qilinglar, chunki sirot ko‘prigi nozik. Ishing xolis bo‘lsin, chunki tekshiruvchi ziyrak. Istaklaring jannatda, rohating oxiratdir. (Chunki u payt) Huzuringda ohu ko‘z hurlar (bo‘ladi). Men uchun (hozir) ekansan, Men ham sen uchun (hozir) man. Dunyoni xor tutib, Menga yaqinlash. Yaxshilarga muhabbatli bo‘l. Chunki Alloh muhsinlarning mukofotini zoe qilmay


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Chorshanba, 09/03/11, 9:38:42 PM | Message # 12
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
O’ZINGIZGA RAHMINGIZ KELSIN

«Ey odam farzandi! Quyoshning haroratiga toqat etolmayapsanu, yana qanday gunoh qilayapsan?! Jahannam yetti qavatdir. Ularda bir-birini yeyayotgan olovlar bor. Har qavatda olovdan bo‘lgan yetmish ming dara bor. Har darada yetmish ming hovli bor. Har hovlida yetmish ming uy bor. Har uyda yetmish ming quduq bor. Har quduqda olovdan bo‘lgan yetmish ming sandiq bor. Har sandiqda olovdan bo‘lgan yetmish ming chayon bor. Har sandiqda yetmish ming zaqqum daraxti bor. Har daraxt ostida yetmish ming qo‘mondon bor. Har qo‘mondonning yonida olovdan bo‘lgan yetmish ming farishta va olovdan bo‘lgan yetmish ming ilon bor. Har ilonning uzunligi yetmish ming ziro’dir (61.6 sm). Har ilonning qornida qora zahar dengizi bor. Har chayonning mingta dumi bor. Har dumining uzunligi yetmish ming ziro’dir. Chayonning har dumida yetmish ming ratl (0,5 l) qizil zahar bor.
O’zimga qasam, "Tur (tog‘iga), ochiq sahifaga bitilgan Kitobga (Qur’onga), Baytul-Ma’murga (obod uyga), (baland) ko‘tarilgan tomga (osmonga) va to‘lib-toshgan dengizga qasamki, Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz, voqe bo‘lguvchidir" (Vat-Tur, 1-7).
Ey Odam farzandi! Jahannam olovini har bir kofir uchun, chaqimchi uchun, ota-onasiga oq bo‘lgan kishi uchun, riyokor uchun, molidan zakot bermaydigan kimsa uchun, zinokor uchun, sudxo‘r va aroqxo‘r uchun, yetimga zulm qiluvchi uchun, xoinga xizmat qiluvchi uchun, o‘likka bo‘kirib yig‘lovchi uchun va qo‘shnilarga ozor beruvchi har kimsa uchun, faqat shular uchun yaratdim. "Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh Mag‘firatli, Mehribon bo‘lgan Zotdir" (Furqon, 70).
O’zingizga rahmingiz kelsin, ey bandalarim! Chunki, badanlar zaif, safar uzoq, yuk og‘ir, ko‘prik nozik, kuzatuvchi o‘tkir, hakam butun olamlar Parvardigoridir"


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Chorshanba, 09/03/11, 9:41:35 PM | Message # 13
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
RAHMONNING HADYASI

«Ey insonlar! Dunyo foniy va yo‘q bo‘lishini hamda hayot uziluvchi ekanini bilib turib nima uchun dunyoga rag‘bat qilasizlar? Albatta itoatkor kishilar uchun jannat bo‘lib, uning sakkizta eshigidan kiradilar. Har bir jannatning yetmish ming bog‘i bor. Har bir bog‘ning yoqutdan yetmish ming qasri bor. Har bir qasrning zumrad toshdan yetmish ming hovlisi bor. Har bir hovlining qizil tilladan yetmish ming uyi bor. Har bir uyning oq kumushdan yetmish ming ayvoni bor. Har ayvonda yetmish ming oq dasturxon bor. Har bir dasturxonda yetmish ming gavhardan tovoqlar bor. Har bir tovoqda yetmish ming alvon
taomlar bor. Har bir ayvonda yetmish ming qizil oltindan so‘ri bor. Har bir so‘rida yetmish mingta ipak, kimxob, duxobalardan to‘shaklar bor. Har bir so‘ri atrofida hayot suvi, sut, asal, sharoblardan yetmish mingi bor. Har bir anhor o‘rtasida mevalarning yetmish ming turi bor. Har bir uyda to‘q qizil rangda yetmish ming chodir bor. Har bir to‘shakda hurlar bo‘lib, ular oldida yetmish ming xizmatkor qizlar bor. Ular go‘yoki yashirib qo‘yilgan oq narsaga o‘xshaydi. Har bir qasrning boshida yetmish ming qubba bor. Har bir qubbada Rahmon tomonidan ato etilgan yetti ming hadya bor. Bu ne’matlarni biror ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson qalbi his etmagan».

DUO SENDAN, IJOBAT MENDAN

«Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Mening molimdir. Sen esa Mening qulimsan. Molimdan senga hech nima qolgani yo‘q. Illo, yeb yo‘q qilding yoki kiyib to‘zdirding yoxud sadaqa qildingu, saqlab qolding.
Menga va senga (atalgani) uch qismdir: bir qismi Men uchun, yana bir qismi o‘zing uchun, qolgan bir qismi Men bilan sening o‘rtangdadir. Joning meniki, amaling o‘zingniki, duo sendan, ijobat Mendandir.
Ey Odam farzandi! Taqvo qil va qanoatli bo‘l, Meni ko‘rasan. Ibodat qil, Menga qaytasan. Izla, Meni topasan.
Ey Odam farzandi! Agar sen fisqu-fujurlari tufayli jahannamga kiruvchi amirlarga o‘xshasang, gunohga botgan (johil) arablarga, hasadgo‘y olimlarga, xiyonatkor savdogarlarga o‘xshasang, zulmkor johillarga, riyokor hunarmandu obidlarga, takabbur boylarga, yolg‘onchi kambag‘allarga o‘xshasang, bas, u holda jannatni kim talab qiladi?»


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Chorshanba, 09/03/11, 9:43:54 PM | Message # 14
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
ILM AMAL BILAN GO’ZAL

«Ey mo‘minlar! Allohdan haq-rost ko‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringizda dunyodan o‘tinglar» (Oli-Imron, 102).
Ey Odam farzandi! Amalsiz ilmning misoli xuddi yomg‘irsiz chaqmoq va momaqaldiroqqa o‘xshaydi. Amalsiz olim xuddi ipsiz kamonga o‘xshaydi. Zakotsiz mol xuddi qoyaga tuz ekkan kishiga o‘xshaydi. Ahmoq huzurida qilingan mav’iza xuddi hayvon yonidagi duru gavharga o‘xshaydi. Ilmi bo‘laturib, qalbi qattiq bo‘lgan kishi xuddi toshloq yerga o‘xshaydi. Rag‘bat qilmaydigan kishiga qilingan nasihat qabrlar oldida nay chalishga o‘xshaydi. Haromdan qilingan sadaqa xuddi kiyimidagi iflosliklarni siydigi bilan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Poklanmasdan o‘qilgan namoz xuddi jonsiz tanaga o‘xshaydi. Tavbasiz olim xuddi poydevorsiz binoga o‘xshaydi. Ular Allohning azobidan omon qolamiz, deya xotirjam bo‘lishyaptimi? Bas, Allohning azobidan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi»
.


Assalomu alaykum birodarlar
 
AbubakrDate: Chorshanba, 09/03/11, 9:44:17 PM | Message # 15
Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status:
IKKI DUNYO SAODATI

«Ey Odam farzandi! Menga bo‘lgan qalbingdagi muhabbat sening dunyoga bo‘lgan mayling miqdoridadir. Albatta Men O’zimga bo‘lgan muhabbat bilan dunyo muhabbatini hech qachon bir qalbda jamlamayman.
Ey Odam farzandi! Taqvo qil, Meni taniysan. Och yur, Meni ko‘rasan. Ibodatimga beril, Menga yetasan. Amalingni riyodan xalos et, muhabbatim senga libos bo‘lajak. Zik-rimga vaqt ajrat, farishtalar huzurida seni eslayman.
Ey Odam farzandi! Qalbingda Allohdan o‘zgasi bo‘laturib, Allohdan o‘zgasidan umid qilaturib, Allohdan o‘zgasidan qo‘rqaturib, yana qachongacha (dilda emas, faqat tilda) «Alloh oliy», deysan?! Agar haqni taniganingda Allohdan o‘zgasi seni mashg‘ul qilolmas, Allohdan o‘zgasidan qo‘rqmas, Allohning zikridan tilingni to‘xtatmas eding. Tavba qilgan holda gunohda davom etish yolg‘onchilarning tavbasidir.
Ey Odam farzandi! Agar qashshoqlikdan qo‘rqqaning kabi do‘zaxdan qo‘rqqaningda edi, kutilmagan joydan (rizq berib), seni boy qilib qo‘ygan bo‘lardim.
Ey Odam farzandi! Agar dunyoga qiziqqaningdek jannatga rag‘bat qilganingda edi, ikkala diyorda (dunyo va oxiratda) ham seni saodatmand etar edim. Bir-birlaringizni eslagandek, zikr qilgandek Meni ham zikr qilganlaringizda edi, farishtalar ertayu kech sizlarga salom yo‘llagan bo‘lardi. Agar dunyoni yaxshi ko‘rganingizdek ibodatimga muhabbat qo‘yganingizda edi, sizlarni ham payg‘ambarlarga ko‘rsatilgan hurmat bilan hurmatlagan bo‘lardim. Bas, qalbingizni dunyo muhabbati bilan to‘ldirmang, chunki dunyoning zavoli yaqindir»


Assalomu alaykum birodarlar
 
  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • »
Search: