|
Hadisi Quddusi
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:46:19 PM | Message # 16 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| JANNATGA MUSHTOQ - YAXSHILIKLARGA SHOSHADI «Gunohdan tiyilish uchun ozgina sabr qilishing jahannamning ko‘p azobiga sabr qilishingdan yengilroqdir. "Darhaqiqat, jahannam azobi ketmas, mangu(azob)dir" (Furqon, 65). Toatta ozgina sabr qilishing senga doimiy ne’matdan iborat tuganmas rohatni olib keladi. Ey Odam farzandi! Sening rizqingni o‘zgaga yedirishdan avval seni kafolatlab qo‘yganimga aniq ishonch hosil qilishing lozim. Sendan kechishimdan oldin dunyodan kech! Hisob kuni savoblaring yo‘qolishidan oldin shubhalardan xalos bo‘l. Qalbingni oxirat zikri bilan obod qil, chunki sening qabrdan boshqa maskaning yo‘q. Ey Odam farzandi! Jannatga mushtoq kishi yaxshiliklarga shoshadi, do‘zaxdan qo‘rqqan kishi yomonliqdan tiyiladi. Kimki nafsini shahvatlar (dunyo istaklari)dan qaytarsa, oliy darajalarga erishadi. Ey Muso ibn Imron! Tahoratsiz paytingda senga bir musibat yetgan ekan, nafsingdan o‘zgasini malomat qilma. Ey Muso! Yaxshiliklardan mahrumlik eng dahshatli o‘limdir. Ey Muso! Kim maslahatlashmasa, pushaymon bo‘ladi. Kim istixora qilsa (ya’ni, xayr tilagida bo‘lsa), nadomat chekmaydi».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:47:05 PM | Message # 17 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| QASHSHOQLIKDAN QO’RQMA
«Kim bir amali bilan odamlar orasida ovoza bo‘lishni xohlasa, u bamisoli orqasiga suv ortib, toqqa ko‘tarilayotgan kimsaga o‘xshaydi. Unga charchoq va mashaqqat yetadi, amalidan birortasi qabul qilinmaydi... Ey Odam farzandi! Bilginki, faqat Men uchun xolis bajarilgan amalni qabul etaman. Amalni xolis bajaruvchilar naqadar baxtiyor! Ey odam farzandi! Agar qashshoqlik sen tomon kelayotganini ko‘rsang: "Marhabo solihlar tantanasi!" - degin. Ey Odam farzandi! Agar boylik sen tomon kelayotganini ko‘rsang, «Marhabo, jazosi tezlatilgan gunohlar!» degin. Agar mehmonni bog‘liq holda ko‘rsang (ya’ni, uyingga mehmon kelishi uzilsa, "a’uzu billahi minash-shaytonir rojim" - degin). Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Meniki, sen esa qulimsan, mehmon Mening elchim. Ne’matimni sendan tortib olishimdan qo‘rqmaysanmi? Rizq Mening rizqim, shukr qilish sendan, foydasi ham o‘zingga qaytguvchidir. Senga bergan ne’matlarim uchun Menga hamd aytmaysanmi? Ey Odam farzandi! Zimmangda uchta majburiyat bor: molingdan zakot berish, qarindoshlar bilan aloqani uzmaslik, oilang va mehmonlaringga taalluqli ishlar. Agar buyurganimni qilmasang, (sharmandali jazolash bilan) seni butun olamlarga ibrat qilaman. Ey Odam farzandi! Agar qo‘shningning haqqiga oilang haqqini ado qilgandek rioya qilmasang, senga nazar solmayman, amalingni qabul qilmayman, duongni ijobat etmayman. Ey Odam farzandi! O’zingga o‘xshagan maxluqlarga suyanma. (Suyansang), ularga topshirib qo‘yaman. Maxluqotlarimga takabburlik qilma, chunki kelib chiqishing nutfadandir. Men seni siydik yo‘lidan, erkak kishining beli bilan ayolning ko‘krak qafasi o‘rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaratganman. Sen uchun harom qilgan narsalarimga qarama. Chunki (qabrda) birinchi qurt yeydigan a’zoing ikki ko‘zingdir. Bilginki, sen nazar solganingga ham, muhabbatingga ham hisob-kitob qilinasan. Ertaga oldimda turadigan maqomingni esla. Albatta Men ko‘z ochib-yumguncha ham qalbingdan g‘ofil emasman. Albatta Men qalblarni bilguvchi Zotman»
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:48:32 PM | Message # 18 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| OXIRAT BOQIYDIR «Ey Odam farzandi! Menga xizmat qil, chunki Menga xizmat qilgan kishini yaxshi ko‘raman va bandalarimni ham unga xizmat qildiraman. Albatta sen umringning o‘tgan qismida Menga qancha osiylik qilganingni bilmaysan va qolgan qismida ham qancha osiylik qilishingni bilmaysan. Meni eslashni unutma. Albatta Men O’zi istagan ishni qilguvchi Zotman. Menga ibodat qil, chunki sen xor bir qulsan, Men esa ulug‘ Parvardigorman. Agar Odam farzandi bo‘lgan birodarlaring-u suyukli do‘stlaring gunohlaring hidini sezishganida, gunohlaring bildirgan narsadan xabar topishganida albatta ular sen bilan birga o‘tirmas, senga yaqinlashmas edilar. Bu gunohlar har kuni ko‘payib boraversa, qanday bo‘ladi?! Umring esa tug‘ilganingdan buyon qisqarmoqda. Ey Odam farzandi! Kemasi parchalanib, yog‘och taxta ustida qolgan, dengiz to‘lqinlari o‘rab olgan kishining musibati ham senikidan katta emas. Gunohkor ekaningni aniq bil, amaling (qabul bo‘lmay qolishi)dan xavfda bo‘l! Ey Odam farzandi! Men senga ofiyat nazari bilan boqaman. Gunohlaringni yopaman. Men sendan behojatman. Sen esa Menga hojating bo‘lishiga qaramasdan, gunohlaring bilan Menga yuzlanyapsan. Ey Odam farzandi! Qachongacha aldaysan?! Dunyoni tuzatish payidasan, holbuki u o‘tkinchi. Oxiratni xarob qilyapsan, holbuki u boqiy. Ey Odam farzandi! Agar osmonlaru yer sen uchun mag‘firat tilasa, gunohlaringga yig‘lamog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki hali Menga qay ahvolda yo‘liqishingni bilmaysan. Ey Muso ibn Imron! Aytmoqchi bo‘lganlarimni eshit, haqni aytaman: bandalarimdan birortasi mo‘min bo‘lolmaydi, toki odamlar uning yomonligidan, zulmidan, makridan, chaqimchiligidan, zo‘ravonligidan va hasadidan omon bo‘lmagunicha (ya’ni, odamlarga mazkur yomonliklarni qilmagan kishigina haqiqiy mo‘min bo‘ladi). Ey Muso! Ayting: «Haq Parvardigoringiz tomonidandir. Kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kofir bo‘lsin».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:49:24 PM | Message # 19 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| AMALINGNI RIYODAN XALOS ET «Ey Odam farzandi! Sen ikki ne’mat orasida tong ottirding. Ulardan qay biri senga zararliroq ekanini bilmaysan: odamlardan bekitilgan gunohlaringmi yoki sen haqli bo‘lmagan holda eshitgan maqtovlaringmi? Agar odamlar sen haqingda Mening bilganlarimni bilganlarida senga salom ham berishmas edi. O’sha berganlarimdan ham ulug‘rog‘i ofiyat, odamlarning hojati senga tushib turganida sening odamlardan behojat bo‘lishing, ularning ozoridan himoya qilinishingdir. Menga hamd ayt, ne’matimning qadriga yet, amalingni riyodan xalos et. Doimo safar xavfida bo‘lgan musofir kabi yo‘l ozig‘ini g‘amla. Xayr amalingni Arshim ostiga joyla. Ey Odam farzandi! Tosh qalblaringiz amallaringizni ko‘rib yig‘laydi, amallaringiz jussangizni ko‘rib yig‘laydi, jussalaringiz tillaringizni ko‘rib yig‘laydi, tillaringiz ko‘zlaringizni ko‘rib yig‘laydi. Ey Odam farzandi! Xazinalarim hech qachon tugamaydi. Infoq qilganing miqdorida senga infoq qilaman, baxillik qilganing miqdorida senga baxillik qilaman. Sen bergan rizqimni miskinlardan qizg‘anishing yomon gumon, qashshoqlikdan qo‘rqish va Menga ishonchsizliging tufaylidir. Chunki Men asl xilqatingni rizqqa e’tibor beradigan qilib yaratdim. Bas, qachonki sen rizqqa intilsang-u, Men seni rizqlantirsam, infoq qil, qo‘lingdagi rizq Meniki, bas, bandalarimga baxillik qilma. (Infoq qilgan narsaning) o‘rniga (undan ham yaxshirog‘ini) berishga kafilman, ajrini va’da etdim. Yana nega Kitobimga shak keltirasan?! Va’damni rost deb bilmading. Kim payg‘ambarlarimni tasdiqlamasa, Parvardigorligimni inkor etibdi. Kim Parvardigorligimni inkor etsa, uni yuzi bilan do‘zaxga qulataman».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:51:02 PM | Message # 20 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| VALIYLAR ALLOHNING DO’STLARIDIR
«Ey Odam farzandi! Men Allohdirman, Mendan boshqa iloh yo‘q. Menga ibodat qiling, Menga shukr qiling, kufr keltirmang. Ey Odam farzandi! Kim valiylarim - do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men bilan urishishga bel bog‘labdi. Mendan boshqa yordamchisi bo‘lmagan kimsaga zulm qilgan kishi uchun g‘azabim qattiqdir. Kim taqsimlab qo‘ygan nasibamga rozi bo‘lsa, rizqiga baraka berib, xohlamasa ham, dunyoni u kishining oyog‘i ostiga keltirib qo‘yaman». SO’NGGI PUSHAYMON - O’ZINGGA DUSHMAN «Ey Odam farzandi! Qo‘lingni ko‘kraging ustiga qo‘y. Nimaniki o‘zing uchun yaxshi ko‘rsang, o‘zingdan boshqasi uchun ham uni yaxshi ko‘r. Ey Odam farzandi! Taning zaif, tiling yengil, qalbing esa zolimdir. Ey Odam farzandi! Oxirgi chegara o‘lim, o‘lim kelishidan oldin amal qilib qol. Ey Odam farzandi! To rizqini ham yaratmaguncha, birorta a’zongni yaratmadim. Ey Odam farzandi! Agar seni soqov qilib yaratganimda til uchun, ko‘r qilib yaratganimda ko‘z uchun, kar qilib yaratganimda quloq uchun hasrat chekkan bo‘larding. Bas, bergan ne’matimning qadriga yet, Menga shukr qil, kufr keltirma, chunki Menga qaytajaksan. Ey Odam farzandi! Senga taqsimlab qo‘ygan narsam talabida o‘zingni qiynama. Senga taqsimlagan har bir narsam to tugagunicha, o‘zi seni talab qilib boradi. Ey Odam farzandi! Meni o‘rtaga qo‘yib yolg‘on qasam ichma. Kim Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichsa, do‘zaxga kiritaman. Ey Odam farzandi! Bergan rizqimni yeganingdan so‘ng toatimga kirish. Ey Odam farzandi! Mendan ertaning rizqini so‘rama, chunki Men ham sendan ertaga qiladigan amalingni (bugun) talab qilayotganim yo‘q-ku! Ey Odam farzandi! Men sening ozgina amalingga roziman. Sen esa bergan ko‘p rizqimga ham rozi emassan. Ey Odam farzandi! Agar dunyoni bandalarimdan birortasiga qoldirganimda albatta uni payg‘ambarlarimga qoldirgan bo‘lardim, ular (shu dunyo orqali) bandalarimni toatimga va buyruqlarimni bajarishga chaqirgan bo‘lardilar. Ey Odam farzandi! Ulim senga tushishidan oldin o‘zing uchun amal qil. Xato(lar) seni aldab qo‘ymasin. Chunki (hali) xatolar izidan yurish bor. Hayot va uzun orzu-havaslar seni tavbadan chalg‘itmasin. Negaki, tavbani kechiktirganing uchun pushaymon foyda bermaydigan kunda pushaymonlar ichra qolasan. Ey Odam farzandi! Senga rizq etib bergan moldan Mening haqqimni chiqarmasang va kambag‘allarni u moldagi haqlarini olishdan to‘ssang, ustishta shunday bir zolim hukmron qilinadiki, u sendan molni tortib oladi, Men ham mol tufayli keladigan savobdan seni mahrum qilaman. Ey Odam farzandi! Agar dunyo sen tomon yuz tutsa, o‘limni esla, agar gunohni qasd qilsang, tavbani esla, mol-dunyo qo‘lga kiritsang, hisob-kitobni esla, taomga o‘tirsang, ochlarni esla, nafsing zaifni (jazolashga) undasa, Allohning sening ustingdagi qudratini esla. Agar Alloh xohlasa, qudratini ustingda hukmron qilib qo‘yadi. Agar ustingga bir balo tushsa, «La havla vala quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym»ni aytish bilan yordam so‘ra. Agar kasal bo‘lsang, nafsingni sadaqa bilan muolaja qil. Agar senga biror musibat yetsa, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz" (Baqara, 156) degin».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:52:12 PM | Message # 21 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| YOLG’ON DO’ZAXGA YETAKLAYDI «Ey Odam farzandi! Yaxshilik qil, chunki yaxshilik jannat kaliti va jannatga yetaklovchidir. Yolg‘ondan chetlan, chunki u do‘zax kaliti va do‘zaxga yetaklovchidir. Ey Odam farzandi! Bilginki, bino qilgan narsang ham, umring ham xarob bo‘lish uchun, jasading tuproq bo‘lish uchun, to‘plagan narsang merosxo‘rlar uchundir. (Topgan) noz-ne’matlaring o‘zingdan o‘zgalar uchun, hisobi esa sening zimmangda, jazo va pushaymonlik ham senikidir. Amal qabrdagi hamrohing. Hisobga tortilishingdan oldin o‘zingni hisob qil. Toatimni mahkam ushla. Menga gunoh qilishdan saqlan. Berganlarimga rozi bo‘l, shukr qiluvchilardan bo‘l. Ey Odam farzandi! Kim kulib turib bir gunohni qilsa, yig‘lagan holida jahannamga kiritaman. Kimki qo‘rqinchimdan, o‘tirib yig‘lasa, kulgan holida uni jannatta kiritaman. Ey Odam farzandi! Qancha boylar bor, hisob kuni kambag‘allikni orzu qilib qolishadi. Qancha zolimlar bor, o‘lim ularni xor qilgan. Qancha shirin narsalar bor, o‘lim ularni achchiq qilgan. Bergan ne’matimdan qancha sururga to‘lishlar bor, o‘lim ularni g‘amga botirgan. Qancha shodliklar bor, uzun qayg‘uni meros qoldirgan. Ey Odam farzandi! Agar hayvonlar sizlarning o‘lim haqida bilganlaringizni anglaganida edi, yeyish-ichishdan tiyilib, och va chanqoq holda o‘lib ketardi. Ey Odam farzandi! Senga o‘lim va uning shiddati taqdir qilingan ekan, bas, endi senga na kechasi, na kunduzi orom bo‘lmasligi kerak. Ulim shunchalik ekan, o‘limdan keyingi, o‘limdan ham qattiqroq (azoblar) qanday bo‘ladi?! Ey Odam farzandi! Oxiratda yetadigan ne’matlaring bor ekan, o‘lim sirini orqangda bil. Boy bergan savob ishlaringga afsuslan. Dunyodan keladigan narsaga shodlanma, qo‘ldan ketganiga g‘am chekma. Ey Odam farzandi! Seni tuproqdan yaratdim, tup-roqqa qaytaraman va yana tuproqdan qayta tiriltiraman. Dunyo bilan vidolash, o‘limga hozirlik ko‘r. Bilgin, agar Men bir bandani suysam, u haqda dunyoga xabar beraman, u bandamni oxirat uchun amal qildiraman, unga dunyoning ayblarini ko‘rsatib qo‘yaman. Keyin u dunyoning ayblaridan saqlanib, jannat ahlining amalini qiladi. So‘ngra uni O’z rahmatim bilan jannatga kiritaman. Agar bir bandamga g‘azab qilsam, uni O’zimdan chalg‘itib, dunyoga mashg‘ul etaman, faqat dunyo uchun ishlaydigan qilaman. Oqibat u do‘zax ahlidan bo‘ladi. Keyin uni jahannamga kiritaman. Ey Odam farzandi! Barcha umr o‘tkinchi, garchi u uzun bo‘lsa ham. Dunyo kun og‘ayotgan paytdagi soyaga o‘xshaydi, ozgina (turadi-da), keyin ketadi, sen tomon qaytmaydi. Ey Odam farzandi! Men seni yaratgan, rizq bergan, tiriltirgan, o‘ldiradigan va yana tiriltiradigan, hisobga tortadigan Zotdirman. Yomonlikni bilding, ko‘rding, shunday bo‘lsa ham, o‘zingdan biror zararni daf etolmaysan. Na o‘zingga foyda keltirishga, na o‘limni (kechiktirishga), na hayot ato etishga, na qayta tiriltirishga qodirsan. Ey Odam farzandi! Menga itoat et, Menga xizmat qil, rizq uchun g‘am chekma. Rizqingga Men kafilman. Kafillikka olingan narsaning tashvishini yelkangga ortma. Ey Odam farzandi! Senga taqdir qilinmagan va sen yeta olmaydigan narsani qanday ustingga yuklaysan?! Shuningdek, qilmagan amalning savobini ham olmaysan. Ey Odam farzandi! Yo‘li o‘lim bo‘lgan kishi qanday dunyoga xursand bo‘jshi mumkin?! Qabr uyi bo‘lgan kishi qanday qilib dunyo hovlisidagi uyida shodmon bo‘lishi mumkin?! Ey Odam farzandi! Ozgina rizqing bo‘lib, shukrli bo‘lishing rizqing ko‘p bo‘lib, noshukr bo‘lishdan yaxshiroqdir. Ey Odam farzandi! Molingning yaxshisi (oxirat uchun) taqdim qilganingdir. Molingning yomoni dunyoda qoldirgan molingdir. O’zing uchun (o‘zingdan oldin) yaxshilikni jo‘nat. Senga o‘lim kelishidan avval o‘sha yaxshi amalingni huzurimda topasan. Ey Odam farzandi! Men g‘amgin bo‘lganlarning g‘amini arituvchi, istig‘for tilaganlarni mag‘firat qiluvchi, tavba qilganlarni qaytaruvchi, yalang‘ochlarni kiyintiruvchi, xavfda bo‘lganlarni xavfdan asraguvchi, ochlarni to‘ydiruvchi Zotdirman. Agar bandam Menga itoat etsa, buyrug‘imga rozi bo‘lsa, uning ishini oson qilib, unga yordam beraman, qalbini ochib qo‘yaman. Ey Muso! Kim kambag‘allar va yetimlar moli bilan boyisa, Men uni dunyoda kambag‘al qilib, oxiratda azoblayman. Kim kambag‘al va zaiflarga jabru sitam qilsa, uning uyini xaroba holida qoldirib, o‘ziga do‘zaxdan maskan qilaman. «Darvoqe, bu (pand-nasihatlar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda - Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir» (A’lo, 18-19).
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:53:06 PM | Message # 22 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| BIR QALBGA IKKI MUHABBAT JAM BO’LMAS «Ey Odam farzandi! Dunyo muhabbatini qalbingdan chiqar. Chunki Men O’zimga bo‘lgan muhabbat bilan dunyo muhabbatini hech qachon bir qalbda jamlamayman. Ey Odam farzandi! Zikrim uchun vaqtingni g‘animat bil, Men ham shunda seni farishtalarim huzurida zikr qilaman. Ey Odam farzandi! Qachongacha «Alloh, Alloh», deysiz-u, qalbingiz, mashg‘ulotingiz, himmatingiz Allohdan o‘z-gasi bilan band. Allohdan o‘zgasidan qo‘rqdingiz, bas, endi qaysarlik qilmagan holda Allohdan kechirim so‘ranglar. Chunki qaysarlik bilan (ya’ni, xatodan qaytmasdan) mag‘firat tilash yolg‘onchilarning tavbasidir. Robbing bandalariga zulm qiluvchi emas. Ajaling orzu-havaslaring ustidan kuladi. Qazoi qadarim ehtiyotkorligingta kuladi. Taqdirim tadbiringdan kuladi. Taqsimotim hoyu-havasingga kuladi. (Rizq) talabiga bee’tibor bo‘l. Qazoi qadarimga, taqsimotimga bo‘ysun. Chunki rizqing o‘lchangan, taqsimlangan. Taqdir qilgan narsam muhrlab qo‘yilgan, (solih) amallarni qilib, oxirating uchun shoshil. Bilginki, dunyodagi rizqingni o‘zingdan boshqa hech kim yemaydi. Biz ularning dunyo hayotidagi tirikchiligini o‘rtalarida taqsimladik va ba’zilarining darajalarini boshqalarnikidan ko‘tarib qo‘ydik. Men dunyoga vahiy qildim: «Ey dunyo, do‘stlarimga xor va arzimas bo‘lib ko‘ringin, toki ular diydorimga mushtoq bo‘lishsin». Ey Odam farzandi! Bilginki, garchi yomon ko‘rsang-da, o‘lim senga tushguvchidir. Parvardigoringning hukmiga sabr qil. Sen kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni, sahar paytlarida) ham, Robbingga tasbeh ayt. Ey Odam farzandi! Senda ham, Menda ham xohish bor. Lekin Mening xohlaganim bo‘ladi! Ey odamlar! Kim Men tomon intilsa, taniydi. Kim tanisa, Meni xohlagan bo‘ladi. Kim xohlasa, Meni talab qilgan bo‘ladi. Kim talab qilsa, Meni topadi. Kim topsa, Meni eslaydi. Kim Meni unutmasdan eslasa, Men ham uni eslayman, unutmayman. Ey Odam farzandi! Toki to‘rtta (o‘lim)ni his etmaguningcha amaling xolis bo‘lmaydi: 1) qizil o‘lim - aziyat va qiyinchiliklarga duch kelish; 2) oq o‘lim - uzoq sukut qilib turmoq; 3) sariq o‘lim - e’tibor bilan uzoq tafakkur qilish; 4) qora o‘lim - havoyu nafsga muxolif bo‘lmoq. Alloh taolo bu haqda: «Albatta Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni, qiyomatni) unutib ko‘yganlari sababli kattik, azob bordir», deb aytgan (Sod, 26-oyat)».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 09/03/11, 9:54:10 PM | Message # 23 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| YER AMALLARGA GUVOHDIR «Ey Odam farzandi! Farishtalarim kechasiyu kunduzi ketma-ket kelib, aytgan va qilgan narsalaringni yozib borishadi. Yer esa ustida bajargan amallarishta guvoh bo‘ladi. Osmon ham o‘zi tomon ko‘tarilayotgan amallariyuta guvoh bo‘ladi. Quyosh va oy ham ko‘rayotgan narsalariga guvoh bo‘lishadi. Allohning O’zi guvohlikka kifoya Zotdir. Ey Odam farzandi! Bilgin, albatta halol narsa qatra-qatra bo‘lib keladi. Harom narsa esa sel kabi keladi. Kimning hayoti sof-musaffo bo‘lsa, dini ham sof bo‘lur. Sen boylikka xursand bo‘lma, chunki u abadiy emas. Allohning toatiga sabr qil, chunki Alloh barcha qiyinchilikda yordam beradi. Kambag‘allikdan bezovta bo‘lma, chunki u senga uzil-kesil belgilangan narsa emas. (Ya’ni, Alloh fazliga olsa, boyib ketasan.) Allohning rahmatidan noumid bo‘lma, chunki Alloh kechiruvchi va rahmli Zotdir. Gunohni tark qil, chunki gunoh jahannam tomon ketayotgan gunohkorning ozig‘idir. Boylikka xursand bo‘lma, chunki boylik dunyo hayotida aziz, oxiratda esa xorliqdir. Haqiqatda oxirat azizligi ulug‘ va mangudir. Bilgin, sendan istig‘for, Mendan esa gunohlarni kechirishdir. Sendan tavba, Mendan esa qabuldir. Sendan shukr, Mendan esa ko‘paytirib, ziyoda qilish. Sendan sabr, Mendan g‘alaba. Sen ilm tolibi bo‘l, jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yilasan. Ey Muso ibn Imron! Agar bandamning qalbi ko‘proq dunyoga mashg‘ul bo‘lsa, uning qalbini kambag‘allik bilan mashg‘ul qilib, o‘limni esidan chiqartirib, mol-dunyo ko‘paytirish kasaliga mubtalo qilib, oxiratdan g‘aflatda qoldiraman. Agar bandamning qalbi ko‘proq oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lsa, butun g‘ami Mening ibodatimga yo‘llanib, bandalarimni uning xizmatiga mashg‘ul qilib, qalbini muhabbatimga to‘ldirib qo‘yaman».
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Shohruhbek | Date: Payshanba, 12/12/13, 6:05:26 PM | Message # 24 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status: 
| KATTADAN KATTA RAHMAT OLLOH HAMMAMIZDAN ROZI BO'LSIN
ALLOHGA BO'LGAN SHAVQ VA SEVGISIDAN YIG'LAGAN, KO'Z YOSHI TO'KKAN KO'ZLAR, ALLOH YO'LIDA UYQUSIZ QOLGAN VA BU HAQ YO'LIDA BEDOR BO'LGAN KO'ZLARGA ASLO JAHANNAM O'TI TA'SIR ETMAYDI. BU MUBORAK KO'ZLAR ASLO JAHANNAM AZOBIGA TUTILMAYDILAR. INSHAALLOH HAMMAMIZDAN OLLOHNING O'ZI ROZI BO'LSIN, OMIN
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Shanba, 13/12/07, 3:04:23 AM | Message # 25 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Ҳадиси қудсий таърифи Ҳадиси қудсий Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг Аллоҳ таолодан қилган ривоятларидир. Ҳадиси қудсий баъзан Жибрийл алайҳиссалом орқали, баъзан эса ваҳий, илоҳий илҳом ёки туш воситасида Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламга етказилган. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ўз сўзлари билан асҳобларига сўзлаб берганлар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг Парвардигордан ривоят қилишлари, яъни ҳадиснинг ўзига хос санади уни бошқа ҳадислардан фарқлаб туради. Шу боис, аксарият ҳолларда ҳадиси қудсий Аллоҳ таолога нисбат берилади. Қуръони карим билан ҳадиси қудсий қуйидаги жиҳатлар билан бир- биридан фарқланади: · Қуръони каримнинг лафзи ҳам, маъноси ҳам мўъжиза. Аммо ҳадиси қудсий ожиз қолдириш хусусиятига эга эмас. · Қуръон оятлари намозда ўқилади. Ҳадиси қудсий эса ўқилмайди. · Қуръонни инкор қилган кимса кофир бўлади. Ҳадиси қудсийни инкор қилувчи эса фосиқ бўлади. · Қуръони каримнинг лафзи ҳам, маъноси ҳам Аллоҳдан. Ҳадиси қудсийнинг лафзи Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг сўзларидан ташкил топган, маъноси эса Аллоҳ тарафидан ваҳий қилинган. · Қуръони каримнинг маъносини ривоят қилиб бўлмайди. Ҳадиси қудсий маъносини ривоят қилиш мумкин. · Қуръони каримни нопок ҳолда ўқиш мумкин эмас. Ҳадиси қудсийни ўқиш ёки ушлаш учун таҳорат шарт қилинмайди. · Жунуб одам Қуръонни ўқиши ёки кўтариб юриши мумкин эмас. Ҳадиси қудсийни жунуб одам ҳам кўтариб ёки ўқиб юраверади. · Қуръони каримдан бир ҳарф ўқиган кимсага ўн ҳасанот ёзилади. Ҳадиси қудсий ўқишга бундай ажр- мукофот белгиланмаган. · Қуръони каримни сотиш дуруст эмас (Имом Аҳмад ривоятларига биноан) ёки макруҳ (Шофеийлар сўзига биноан). Ҳадиси қудсийни сотиш ман этилмаган ва макруҳ ҳам эмас. Ҳадиси қудсийни илоҳий ҳадислар деб ҳам аташади. Уларнинг сони юзтадан кўпроқ.
|
| |
|
|