Siz aslida islomni Odamlarga ilingan, Onangiz pokligi ham Siz orqali bilingan, Bugun mo‘minning qalbi Siz uchun naqd tilingan, Asli ulardan ko‘ra, Siz bizlarga mahramsiz, Dajjolni yo‘qotuvchi Iyso ibni Maryamsiz.
"Muhammad ummatiman" - Deb ovoza qilgan - siz. Eng oxirgi ummatni Saodatli bilgan - siz. Qiyomat nafasida Shu ummatda o‘lgan - siz, Asli - masihiylarning Qalbidagi alamsiz, Quyoshni uyg‘otuvchi Iyso ibn Maryamsiz.
Qavm adashib ketdi "Xudoning o‘g‘li" deya, Parvardigor sha’niga So‘zlar aytmish nojo‘ya. Bugun bu - sinov uchun Eng qulay yo‘l, voqea. Asli siz ham Allohga Qul, banda va qaramsiz, Shirk yo‘llarni otuvchi Iyso ibn Maryamsiz.
Xoch ko‘targan insonga Asli shubha qilaman. Chunki o‘zimni undan Sizga yaqin bilaman. Alloh Rosuli degan, Iymon ila o‘laman Garchi mening qalbimdan Otilgan dard, nolamsiz, Islomiy dard totuvchi Iyso ibn Maryamsiz.
Haq rizosin tilab, hijob tutgan qizlar Xalqning emas, Holiq lutfin kutgan qizlar Haq isqida nozin ichga yutgan qizlar Pok qalbingiz chin ilohiy xislar tuysin O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Yot nazardan qochib, parda tutib yuzga Ibrat bo'lib behayo-yu qaro yuzga Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga, Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy, Misli bulut arosida kulganday Oy Or-hayoga burkanipti Oyday chiroy Kiyim kiygan yalang'ochlar RASHKda KUYSIN! O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda Yomon ko'zdan asrasin Alloh har joyda Betavfiqlar mayli nima desa desin O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Muhofaza etib o'zni yot nazardan Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan Haq lutfiga sazovorsiz tong sahardan Ochiq-sochiq yurganlar ham esin yig'sin O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Dunyo-sinov, haq yo'lida sobit qoling Hatarlardan eson-omon o'tib oling Jannat uzra bunda poyondozlar soling Alloh o'zi sizga chin baht ato qilsin O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Ko’nglimizni buzib borar shovqin suronlar, Bahorimiz sarg’aytirib urar qironlar. O’lim oldi rozi bo’ldik taqdirotiga, Qo’ynimizga, qalbimizga solib Qur’onlar. Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
Ne bo’ladi ertan qalbi sayozlarimiz, Bir pallasi siljimagan tarozlarimiz. Munkarotdan qaytarmagan namozlarimiz, Esmasidan Dajjolni do’st bilgan bo’ronlar Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
Bu dunyoning yolg’onligin anglagan sari, Qovjirashga intilmoqda ko’ngil jigari. Ko’zimizni yerga tikib Suhayb singari, Jannat sari hijrat uchun topdik imkonlar Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
Oltin-oltin mol berdilar qayrilmadik biz, Basavlatlar qad kerdilar qayrilmadik biz. So’nggi lahza tengsiz moldan ayrilmadik biz Boqiy deya boshni yorib, tilb tovonlar Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
Bu dunyoki hech kim holing so’rmagan dunyo, Olgan qarzin o’z vaqtida bermagan dunyo, Umarlarning nazariga kirmagan dunyo, Undan also izlamayin boqiy makonlar, Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
Ortimizda kim qolsada mahzun emasmiz, Biz havoiy ishqqa uchar majnun emasmiz, Tug’ilgandan buyon bir bor mamnun emasmiz, JANNATLARDAN topmoq uchun hushboy rayhonlar Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.
O'nglanolmadik Ko'nglim mening bir seskandi bugungilardan, Parvardigor vazifamiz anglay olmadik. Umrimiz ham tashkil bo'lmish qora daftardan, Ogoh bo'lmay biror lahza mudhish xatardan, Gunoh desa qilaverdik saqlanolmadik, O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik *** Jannat nima? idrok yoqdir, nimadir do'zax? Dunyo uchun lolmiz,xormiz qalbda ming farah Dunyo hayron mo'minlarning jim turganiga Qilsalar ham Rasulingni tinmayin mazah Nabiiylarning sayidiga vaqt topolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik. *** La ilaha Ilallohni aytishla shartta, Mo'minlikni vazni bo'ldi haddanda katta Nasoroning mushugiga pisht demaslaru Musulmonlik ayb sanalar Islomiy yurtda. Sening yo'ling sof bo'lsada shaylanolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik *** Bir kezishga urinaman Shosh-u,Samarqand Buhoroning ahvoliga yahudlar hursand Shirk-u bid'at ummoniga butkul g'arq bo'lgan Zangiota mozorida tilanar farzand Tavhidingga chaqirsakda yenga olmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik *** Halol nomin ho'p bemalol oldi xaromlar Minbarlarda tor saylamish ahli-kalomlar Mazlum bo'lgan masturalar sonin oshirib Xijob shartmas deyishgacha bordi Imomlar. Qur'ondan bir hujjat topib indayolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik. *** G'arbning yo'li ardoqlandi ham shariflandi. Buzuq yo'llar uchun tinmay pul sarflandi. Jamiyatning ilg'orlarin ahvolin ko'ring Namoz o'qish tartibsizlik deb ta'riflandi Yashirincha ibodatga ko'nikolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik *** Kimdir hujjat keltirsa gar hadis-Qur'ondan, Ilk so'zini boshlasa gar Haqdan,iymondan, Har bir ishning imtihosi bir hilgi kundir, Da'vatchilar quvg'in bo'lar O'zbekistondan! Ummat bo'lib ularni biz saqlayolmadik, O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik *** Hozir esa ummat hayron o'ksinar beun, Alamdadir o'tgan har bir xatosi uchun, Haq yo'liga kirmoqchilar xayqirmoqdalar, Mahdiy kelsa kelaqolsin rozimiz bu kun, BU yolg'onchi imomlarga o'rganolmadik O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik! [url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
Mo'min bo'lishimga qo'ymaysizlarmi? RO'ZASIZ O'ZIMGA BEGONA TANIM, IBODAT YURAGIM ALLALAR ONAM. OZIMNI QIYNASAM SIZLARGA NE G'AM? AVVAL OZINGIZGA KUYMAYSIZLARMI? MO'MIN BOLISHIMGA QOYMAYSIZLARMI? *** RASULIM YO'LIDA YURGANIM UCHUN, DINIMIZNI YAHSHI KO'RGANIM UCHUN, NAFSIMGA TO'SIQLAR QURGANIM UCHUN, SO'Z BILAN JONIMNI O'YMAYSIZLARMI? MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** KUFRNI USHLASHGA TOQATINGIZ BOR, SIZNING HAM BIR KUNI SOATINGIZ BOR, AZOBIMDAN OLAR ROHATINGOZ BOR, TANAMNI EZGILAB TO'YMAYSIZLARMI? MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** ODDIY IBODATIM KO'ZINGIZ YOSHLAR, FUJUR DIYORIGA SILTAYUR BOSHLAR, QIZIMNING RO'MOLI KO'NGLINGIZ G'ASHLAR, HAR KUNI QOVOQNI UYMAYSIZLARMI, MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** KO'NGLINGIZGA HADIS YUQMAS NACHORA, HIDOYAT BIR KUNI YO'QLASA ZORA, O'G'LIM YOSIN BILAR SIZCHI BECHORA, O'ZNGIZN NIMTA SO'YMAYSIZLARMI? MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** BU DUNYO HAMMANING KITOBIN BITAR, KIMLARDIR BU YO'LDA INDAMAY KETAR, SABRIM KOSASI KENG SIZGAYAM YETAR, UNGA JAHL SUVIN QUYMAYSIZLARMI, MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** MEN BORMAN HALOVAT SIZGA YO'Q GO'YO, MENI TUSH ATAYSIZ O'ZNICHI RO'YO, ANA OLING SIZGA LA'NATI DUNYO, UNI YANA BETTAR SUYMAYSIZLARMI, MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** BARIBIR KO'TARMAS SIZLARGA QO'LIM, BIR KUNI HAMMASIN KO'RSATAR O'LIM, ENDI FARQI YO'QDIR ANIQDIR O'LIM, MENI DEVONAGA YO'YMAYSIZLARMI, MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** PES BILAN TUNLARI TOPISHMAY HADEB, IYMON ESHIGINI QOPISHMAY HADEB, ITNING HAYOTIGA YOPISHMAY HADEB, MENING HOLATMNI TUYMAYSIZLARMI, MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI? *** SO'Z TUGARIDA AYTGUM SIZGA BIR O'GIT, BIR KUNI HOSILIM BERGUSI CHIGIT, MENI TINGLANG DO'STIM QIZMI YO YIGIT, BIR UMR DILINGIZ QIYNAYSIZLARMI? MO"MIN BO"LISHIMGA QO"YMAYSIZLARMI? [url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
Sen yoq eding yo Rasululloh s.a.v.! Hazrati Odamning a.s. vujudida eding. Avval Jannatni, song esa yer yuzini sharaflantirding. Odam sening nuring tufayli avf etildi, Arofat bu avfga shohiddir! Sen yoq eding! Nuhning a.s. kemasida eding. Tolqinlar yer yuzini bogar ekan, tuproqning bagridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu Ilohiy azob deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. Tofon nuringa salom aytdi odob bilan. Sen yoq eding! Xazrati Ismoilning a.s. peshonasida eding. Kimsasiz chollarda Ibrohim a.s. duosi yuksaldi: Robbim, dedi Ularga ozlarining ichlaridan sening oyatlaringni oqiydigan, kitob va hikmatni orgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor. Omin dedi on sakkizming olam, sening nuring bilan yogdu sochgan qollarini osmonga kotarib omin dedi Ismoil a.s., Xiro, Nur togi ham omin deb oyoqqa turdi, Madinada Uhud togidan omin sadosi yangradi. Sen yoq eding yo Nabiyalloh s.a.v.! Hazrati Iso a.s. seni Ahmad deb yoqladi, ikki olam sarvari deya yuzlandi senga. Men sizlar bilan kop gaplashmayman, dedi havoriylarga: Chunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga rahmat kelyapti!. Havoriylarni yuzini silagan, oliklarni tiriltirgan bir nafas bolding ammo, sen yoq eding! Sen yoq eding! Hazrati Abdullohning peshonasida eding! Boshi egik, hafa bolib yurar edi u... Bu hayro koklardan seni sorar, varaqa seni qidirardi samodan, onalar qiz farzandlarini yiglab yasantirar edilar, yiglab... yiglab:Qizim bobongnikiga borib kelasan der edilar. Sen yoq eding yo Habiballoh s.a.v.! Aslida qabrga tirik komilish edi boboga borish. Chorasiz qolgan volidayi muhtarama jigarbandini olimga kuzatishdan boshqa iloji yoq edi. Eng songi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta korindi unga va tabassum etib Xiro togini korsatdi, farishtalar Xironi yasantirar edilar, Nur togi sohibiga tayyorlanar edi, sayyidiga hozirlanar edi Makka, Koinot sarvari uchun bezanar edi, Koinot hazrati Ominaga r.anho ilhaq edi, tuproq Robbisiga yolvorardi, mazlumlar kozlarini samoga tikkan koyi: Kel..., deya yiglar edi. Sening kelishing kutilar edi yo Rasululloh s.a.v.! Bir tushishing bor edi yer yuziga, oldingda Jabroil, orqangda malaklar, yetimlarga eng huzurli kecha boldi u kecha, nochorlar onalarini toyib, toyib quchoqladilar, song sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bolgan edi Qani, der edi yulduzlar, Qani der edi oy, koinot bir ism eshitmoq istaydi. Ominaning r.anho uyidan bir ovoz yuksaldi: Muhammad s.a.v. zulmat oz ornini nurga boshatib berdi, Muhammad s.a.v. farishtalar uning nurli qollaridan opdi, Muhammad s.a.v. seni yaratgan Allohga qurbonmiz ey durru yakto, senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz. Endi sen borsan! Suvsiz tuproqlarga rahmat nozil boldi sen ila, onangdan song, onang halima suyindi sen ila, yomgirga ehtiyoj bormi? Kotar shahodat barmogingni, yomgirlarni yogdirsin Alloh, song ushla daraxt bargini, tomirlaridaan qopib yoningda yurgizsin Alloh, faqat sen ista yo Rasululloh s.a.v.! Degilki: Men kimman, toglaar, toshlar tilga kirsin, murgak godak qolingdan tutib: Sen Rasulullohsan s.a.v. desin. Sen bor eding! Badrda galaba yor edi, Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring, olim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi, Anas ibn Molik r.a. ismli sahobang bor edi yo Rasululloh! Uhudda vafotingni eshitib dostlariga: Nimaga bu yerda otiribsizlar?, deb murojaat qildi u, Alloohning rasuli oldirildi, deganlarida: U olgan bolsa sizlar yashab nima qilasizlar? Turing! Va uning kabi oling!, degandi, ozi ham jangda shahid etilgandi, shahid jarohatlardan tanilmas holatga keldi, singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi. Uhudda nayzangni tashigan Musab ibn Umayring r.a. bor edi sening! Shunday bir muhabbat bilan senga bogliq ediki, Alloh osha kuni farishtalarni Musabning r.a. suvratida tushirdi. Abu Hurayrang bor edi sening! Qorta ochib masjidning oldida seni kutar, va termulib qarab turar edi, sen ham: Kel ey Abu Hir, derding. Sen ketding! Shunday ketdingki, ortingdan mayuslik, mahzunlik qoldi, hasrating qoldi samoda, Bilol r.a. hatto azon aytolmay qoldi, qachon taraddudlansa Muhammadur rasululloh deya olmas, va tizzasi bilan yiqilar, hushidan ketar edi. Songra kunlar oy, oylar yil boldi, asrlar otdi. Sensiz ochdik kozlarimizni lekin, sen tashlab ketmassan bizni. Sen borsan ey shahidlar sultoni! Bir shahid ham olmas ekan, seni qanday yoq deymiz. Abu tolib shomga yol olar ekan, tuyasining oldidan tosib: Meni kimlarga tashlab ketyabsiz? Na onam bor, na otam!, degan eding, Abu Tolib shu bois safardan voz kechgandi, sensiz ingragan ummatingni kimga tashlab ketyapsan yo Rasululloh s.a.v.? Tashlab ketma bizni, zero Alloh: Sen ularning ichida ekansan, biz ularni azoblamaymiz, dedi, tashlab ketma bizni, bizga hayotni sen orqali tanitdi Rahmon, qullikni sen tufayli angladik, duoni sendan organdik. Hazrati Umar r.a. umri uchun sendan izn soraganda, Birodarim, duoingda meni ham eslaysanmi?, degan eding unga, biz Umar r.a. emasmiz ammo, barcha duolarimiz sening uchun... Ey Robbimiz! Rasulingni eslashimizdan uni habardor qil, unga minglab saloti va salomlar bolsin, habibinga maqomi Mahmudni ber, unga lutf ayla, uni rafiqi aloga kotar, bizlarni ham avf et!... Bizlarni avf et..