Hayrulla Hamidov she`rlari
|
|
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:58 | Message # 31 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| IBRAT Dunyoda eng katta, zo‘r ibrat Izlasang, sengadir shul shior, Payg‘ambar qilmishlar nasihat: "Qabrga bor, qabristonga bor!" Boshingga baxt qushi oshiqdi, Mol-davlat yo‘lingga turar zor - Quvonchdan sapchima, yaxshisi Qabrga bor, qabristonga bor! Ba’zida hayotdan norizo Ko‘nglingga o‘rnashmish ming g‘ubor. Hammasi o‘tkinchi, serbaqo Qabrga bor, qabristonga bor! Olimlar ko‘p edi, xo‘sh qani? Hammasin kul bo‘lmish gulshani... Haqiqiy ilmlar maskani - Qabrga bor, qabristonga bor! Yaqinlaring qiynab qo‘ysa, bas Dunyo sanga tuyulsa qafas, Tiriklarning uyiga emas, Qabrga bor, qabristonga bor! Har kuni o‘limdan hadiklar... Ko‘zingda ko‘ryapman kuyuklar. Joningga tegdimi tiriklar?! - Qabrga bor, qabristonga bor! Bilib bo‘lmas inson bolasin, Ichda ekan uning olasi... Eng rostgo‘y do‘stlarning davrasi - Qabrga bor, qabristonga bor! Shovqinli bu dunyo shiddatdir, Uning alam, dardi behaddir. Jim bo‘lsa-da katta ibratdir - Qabrga bor, qabristonga bor! Tuproqdirmiz hammamiz bekam, Shahanshohga to‘lmish poyqadam, Unda Chingiz, Botu, Qaysar ham... Qabrga bor, qabristonga bor! O’lim haqdir, keladi bir kun Qayta bog‘liq bo‘lmas bu tugun... Ixtiyorsiz kelishdan burun Qabrga bor, qabristonga bor!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:59 | Message # 32 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| TARTIB O’lim degan podshoh bir kun eshik qoqar Xudo bilar u kimlarga xushro‘y boqar... Bu haqiqat kimga yoqmas, kimga yoqar: Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga... Yoshligingda ota-onang tuggan tugun Yechilishga tayyorgarlik ko‘rar bugun, O’lim uchun tadoriging yo‘qdir nechun?! Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga... Payg‘ambarlar ketdilar-u, ibrat yo‘qdir, Tobut turar senga ilhaq, ko‘ngling to‘qdir. Hammaga bir-bir otilgan aniq o‘qdir - Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga... Osmono‘par binolar ham darz ketdilar, Eng chiroyli sanamlar ham qarz ketdilar. Va hammasi bir manzilni uy etdilar, Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga... Bolang yig‘lar saboq istab, non tutasan Johil o‘ssa, yig‘lab tag‘in qon yutasan. Ayt, munchalar nimani zor-zor kutasan Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga! Nodon asli kibr bilan ko‘krak kerur, Iymonini puch dunyoga sotib berur... O’lmaysan, deb aldayotgan shayton erur Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga! Harob aylab gulbo‘stonda gul hayotni Alloh turib, do‘st tutmagin o‘zga yotni. Unutmagin eng azaliy tartibotni: Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:00 | Message # 33 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| BENAMOZLIK Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik, Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik, Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar, Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik, Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik. Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu, G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu, Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu, Peshonasin qoraytirmish - benamozlik, Qabrini ham toraytirmish - benamozlik! Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi, Inson degan sharafni-da past qilguvchi, Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi Gunohlarning kabirasi - benamozlik, Asli shirkning nabirasi - benamozlik! Joynamozlar sarpolarga joylanadi, Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi, Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?! Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik, Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik, Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb, Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb, Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik, Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik! Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan, Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan, Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan - Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik! Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik! Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu, Har kunini Allohdan deb bilgan el bu, Dini bois bu dunyoga kelgan el bu, Yelkasida uning bugun benamozlik, Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik! Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas Bu millatning buguniga qilmang havas. Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas Biling, asl sabab erur benamozlik, Haq sizlarga javob berur benamozlik! Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar, Ularni-da odam qilgan labda hamdlar, Ular uchun eng katta or - benamozlik, Bugun bizni aylagan xor - benamozlik, Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan, Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan, Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan, Bu millatga katta uyat - benamozlik, Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik! ... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin, O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin, Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin: Jahannamga ziyoratdir - benamozlik, Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:02 | Message # 34 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| YOVUZ KUN Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi, Iymon har tomonga sochilgan kuni, Xilqat ummonida vajohat suzdi Ayollar avrati ochilgan kuni. Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar - Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar Ayollar avrati ochilgan kuni. Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk, Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk. Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash Ayollar avrati ochilgan kuni. Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar, Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar Ayollar avrati ochilgan kuni. Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi. Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi Ayollar avrati ochilgan kuni. Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi, Yopildi mehrning so‘nggi teshigi. Yopildi iymoning so‘nggi eshigi Ayollar avrati ochilgan kuni. Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot... G’urabo faxshga berildi hayot. Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot Ayollar avrati ochilgan kuni. Boshqa amallarni qilsang-da tinmay, Endi gunohlardan ketding og‘rinmay - Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay Ayollar avrati ochilgan kuni. Bu katta gunohning avvali qani? Bu jirkanch gumrohning avvali qani? Savollar javobsiz qolgan hamisha, Javob izlab hamma tolgan hamisha. Chunki bu savolning javobi yo‘qdir, Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir. Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir - Ayollar avrati ochilgan kuni.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:03 | Message # 35 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| BO’LMAGIN Islomga do‘st bo‘lding, kufrga dushman, Muqaddas yo‘lingga harif bo‘lmagin. Vujuding olovda erib ketsa ham Iymoning qatida zaif bo‘lmagin. Gunohlar urchigan kunduzgi kunlar, Shahvat faryodidan qoraymish tunlar, Do‘zaxga bo‘lmayin desang o‘tinlar Ko‘zi qonga to‘lgan shahif bo‘lmagin. Go‘zallar o‘tarlar ko‘zni o‘ynatib, Shaytoniy ohangda qalbing kuylatib, Sen shunda ularni g‘amgin o‘ylatib Latif shahvatlarga latif bo‘lmagin. Umringga o‘rnashsin eng oliy tuyg‘u, Faqat islom bo‘lsin sen uchun qayg‘u. Faqirlar poyida boshing sadqayu, Sultonlar nazdida sharif bo‘lmagin. Pokiza maslaging chekkanda faryod Topolmay qolasan tuzuk bir najot. Bir pulga chaqilmas yurtda e’tiqod Kufr ahli uchun nazif bo‘lmagin. Dunyo arzimaydi yiqqan zaringga, Yaxshisi shukr qil yo‘g‘-u boringga. Yordam so‘rab kelgan birodaringga Madina bo‘lgin-u, Toif bo‘lmagin.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:07 | Message # 36 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| NOUMID - SHAYTON! Olim edi, bir kun ul Iblis bo‘ldi, Niyati odamni qilmoq beimon. Ammo odamlarga berildi imkon, "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Inson degan so‘zga qofiya - isyon, Va lekin oz bo‘lsin, ba’zida "imon". Birgina kalima oxirgi zamon... "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Odamlar tinmasdan haddan oshdilar, Imondan chiqdilar, har yon qochdilar, Hattoki, osmonga toshlar otdilar, Va lekin... "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Har kim turli tomon nigohin tikkan, Umidli ko‘zlarda "Alloh - bir" degan Kalima yangrasa kifoya ekan... "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Ba’zan qalbimizga tushar tugyonlar, Ba’zan qarshi olsak og‘ir to‘fonlar, Haqni topib kelgan Abu Sufyonlar... "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Ko‘pchilik bilmaydi iymon lazzatin Umidga ishonib yashamoq baxtin, Asli bu eng aziz, eng yaxshi sokin, "Noumid" degan nom shaytonga qoldi. Eng so‘nggi manzilni tavba bilaylik, Allohdan so‘raylik, Unga yig‘laylik. So‘ngga lahzada ham umid qilaylik, "Noumid" degan nom shaytonga qoldi.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:11 | Message # 37 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| SAHOBALAR Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hamza, Muoviya, Abu Sufyon, ibn Umar... Qorong‘u yo‘l yoqasida nurli sho‘‘la - To Qiyomat bizga hujjat - sahobalar! Men sizlarni yaxshi ko‘rdim, yaxshi bildim. Hayotingiz hayotimga o‘rnak qildim. Rasululloh manhajiga qalbi salim, Yo‘llarimga nuri himmat sahobalar. Siz-la islom siyratini ushlab qoldi, Munofiqlar barmoqlarin tishlab qoldi. Siz ketdingiz - bu ummatdan nur yo‘qoldi, Siz-la birga ketgan izzat, sahobalar. G’orda qolgan birodarin uyg‘otmay deb, Abu Bakr ilon chaqsa, turdi chidab. Me’roj kuni Siddiq bo‘ldi aylab xitob: "Tasdiqlayman barin faqat", sahobalar. Ayol haq so‘z aytsa, uni to‘g‘ri bilib Umar o‘tdi adolatni shior qilib, Bir umrga bir libosin dorga ilib Qalbi birla ko‘rsatib xad, sahobalar. Farishtalar hayo qilgan Usmon o‘tdi, Tilovati payti boshdan qalqon o‘tdi. Shuning bilan saodatli zamon o‘tdi Shundan keyin ketdi nusrat, sahobalar. Xolid o‘tdi badanida tig‘ yemagan Joyi qolmay, biror jangda yengilmagan. Zohid Salmon ibodat-la tong bilmagan Ajratmagan jihod, toat, sahobalar. Abu Zarning ko‘zlarida yondi yolqin, "La ilaha illa Alloh"ni aytish uchun Rozi bo‘ldi bu dunyoning xor va chirkin Hayotiga ulkan jannat, sahobalar. Qo‘lda bayroq, Makkadagi chiroyli qalb, Rosulining vafotidan qo‘rqib, yo rab Vafot etgan yuztuban va yerga qarab Mus’ablardek ko‘ngli hijrat sahobalar. "Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan, Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar. Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur. Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur. Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur Boqmadingiz biror soat, sahobalar. Poyingizda oltin oltin dunyo oqdi, Rumdan tortib Erongacha mamnun boqdi. Vale sizning poyingizda xo‘p uloqdi Bir qiymati yo‘q saltanat, sahobalar. Muhojirlik bo‘ldi nasib sizga og‘ir, Ansoriy deb nom olgan ham sizsiz, ahir. Qon-qoniga singib ketgan ming bir tomir Bir-biriga nur va rahmat, sahobalar. Bugun yo‘qsiz, sizsiz ummat g‘arib va xor. O’zidan kam jamoadan yetib ozor. Bugun uning yashash joyi keng bir bozor Yotar yeri shum Shaytanat, sahobalar. Yo‘limizni yoritguvchi hilollar yo‘q, Haromlar bor, tuzatguvchi halollar yo‘q. Endi bizni uyg‘otuvchi Bilollar yo‘q. Azonimiz bo‘ldi g‘aflat, sahobalar. Mo‘minlarning onalari o‘tdilar, bas. Bugungilar bu ummatga ona emas. Bu ummatga hech kim endi qilmas havas. Chunki o‘ldi haqqiy toat, sahobalar. Erlar erlik qilib, haqqin qilmay ado, Ayollarin ko‘yga qo‘ymish, bu ne savdo. Na’zu billah, da’yuslikni qilar da’vo, G’arb quliga do‘ngan xilqat, sahobalar. Fatvolar bor hadislarga ters yuruvchi, Imomlar bor tumorlarga dam uruvchi, Rasululloh la’natlagan tashiruvchi Shaxslar dinga qilar "xizmat", sahobalar. Islom uchun jahd desalar, hayratlar bor, Bunda ruh yo‘q, faqatgina suvratlar bor. Alamlar bor, sitamlar bor, hasratlar bor, Bordir gina, ham kudurat, sahobalar. Ilm uchun rag‘bat ham yo‘q, da’vat ham yo‘q, Maishat uchun to‘siq ham yo‘q, sarhad ham yo‘q. Payg‘ambarlar merosxo‘rin ko‘ngli-chi to‘q, Oz bo‘lsa ham yo‘qdir hayrat, sahobalar. Siz harom deb bilgan amal bugun halol Kabiralar qilinmoqda voh, bemalol. Ruhim yig‘lar badanimga berib savol: "Mo‘minliging shubha, g‘alat...", sahobalar. Yaxshiyamki, tun bor, uxlash baxti bordir. Tushda sizni ko‘rgan inson baxtiyordir. Bu keng dunyo ko‘pchilikka balkim tordir, Ammo siz-la ulkan sarhad, sahobalar. So‘z yakuni shuldir: "Sizlar islom ahli, Umar o‘tdi, o‘tdi Usmon, o‘tdi Ali. Uchrashurmiz bir kun insha Alloh hali Vatanimiz bo‘lmish - jannat, sahobalar!!!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:16 | Message # 38 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| QABRDAN MAKTUB Qabrdan bir maktub oldik yoronlar, Unda qiziq so‘zlar bitmishlar butkul: "Bu dunyo biz uchun asli imtixon, Undan omon chiqmak erur xo‘p mushkul. Odamlar iymonsiz ne topsalar ham Biz yotgan dargohda qiymati yo‘qdir. Allohning yo‘lida tikkan bo‘lsa jon, Ko‘ngli ana o‘sha insonning to‘qdir. Farzandin tarbiya qila olmagan Otalar qabrda dod-voy solmishlar, Dunyoning eng totli ne’matin berib, Uning haqqiga zor yig‘lab qolmishlar. Duo ilinjida ko‘zlar za’faron, O’tgan-ketgan jonga halak yotibmiz, Hayoti dunyoda qiyomat yo‘q deb Haddan oshibmiz va g‘aflat qotibmiz. Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda, Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya. Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda Shaytonlar tuslamish turli qofiya. Biz payqay olmadik Allohning iznin, O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech. Ozgina iymondan taxsil olgandik, Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch. Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib, O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz. Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay, Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz. Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u, Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo. Umrimning alamli yillari kelib, Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo. Qaniydi, dunyoda faqat ibodat Va faqat toatga belim bog‘lasam, Islom deb boshimni kundaga qo‘yib, Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam. Qaniydi, qaniydi, qaniydi, do‘stlar, Ozgina bir fursat berilsa edi, Men shuning barchasin Alloh yo‘liga Sarflab yuborardim, bo‘lmayin keti..." Shunday maktubdan so‘ng o‘zgardi dersiz Bizning telba hayot, birdan, daf’atan?! Qattiq adashasiz, chunki maktubning Muhri kelgan paytda eskirgan ekan...
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:18 | Message # 39 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Iqrornoma. Senda islom yo'g'-u,muslim nomi bor, Samara bermagay da'vatlar qancha... Namozlar befoyda, ro'zalar bekor, Allohni qalb chindan tanimaguncha. Ohiri ko'rinmas behol daydishing, Kutilar necha yil haqni aytishing, Iloji bo'lmagay fahshdan qaytishing, Allohni qalb chindan tanimaguncha. O'zingcha joningni haqqa tikursan, Bunga hujjat debon ertak to'qursan, Suvsiz sahrolarda ko'chat ekursan, Allohni qalb chindan tanimaguncha! Bomdodni o'qibon uhlab, dovdirab, Yurarsan kunduzi qizlarga qarab, Sendan ustun erur badaviy arab, Allohni qalb chindan tanimaguncha! Oyatalar yodlaysan, ko'zlarda nam yo'q, Islom oyoq osti bo'lsa-da, g'am yo'q, Jannatga tushish yo'q,ko'ngling bo'lsin to'q, Allohni qalb chindan tanimaguncha! Ming rakat namoz qil, tunda uhlama, Qalbingni tirnama, bejiz tig'lama, Payg'ambar tushingga kirmas,yig'lama, Allohni qalb chindan tanimaguncha. Odamlar seni-da, desinlar mo'min, Ko'rsatsinlar go'zal, zo'r ehtiromin, Boshingdan nariga siljimas omin, Allohni qalb chindan tanimaguncha! Duolar qilasan, hayol parishon, Bu asli nifoqdan, riyodan nishon, Namozing qabulmas, qo'rqmasdan ishon, Allohni qalb chindan tanimaguncha! Tavhidni anglamoq zo'r ibodatdir, U bir poydevori zo'r imoratdir, Qilgan hajing esa bir sayohatdir, Allohni qalb chindan tanimaguncha. Zohiriy ibodat senga ne berur, Agarchi botinni sichqon kemirur, Zakoting osmonga uchgan yel erur, Allohni qalb chindan tanimaguncha. Men seni taniyman, bo'ldi ko'p yillar, Bilaman ne qildi oyoqlar, qo'llar, Bir kun ham hotirjam bo'lmas ko'ngillar, Allohni qalb chindan tanimaguncha. Shu bois umidim - yig'lab tolmasdan, Allohning zikridan aslo qolmassan, Bilgilki, O'zingni taniy olmassan, Allohni qalb chindan tanimaguncha!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:20 | Message # 40 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Ayirma! Allohim, bir qutlug' yo'lga chiqdik biz, Ulug' karvoningdan ayirib qo'yma! Bu karvon ketmasin yo'llarda izsiz, Dadil sarboningdan ayirib qo'yma! Baland minoralar tashlansa ko'zga, Osilib chiqishdan iloj yo'q o'zga, Tutdek to'kilganda odamlar pastga, Mahkam arqoningdan ayirib qo'yma! Hammani saodat sari yetaklab, Arqon ham bir kuni uzilgay, yo Rab, Qolganlar qulasa zaminga qarab, Temir narvoningdan ayirib qo'yma! Turli kitoblarni jamladi olam, E'zozga arziguv garchi kitob kam, Sandiqlar, javonlar bo'shab qolsa ham, Qalbni Qur'oningdan ayirib qo'yma! Harob aylama, bas, bizdek qullarni, Kengligin oshirgil diniy yo'llarni, Qalbimizda ungan go'zal gullarni, Halim bog'boningdan ayirib qo'yma! Bir tuyg'u tufayli jannat biz uchun, U tuyg'u qalbni ham aylagay butun, Amalni unutib qo'ysak ham bir kun, Illo iymoningdan ayirib qo'yma!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:21 | Message # 41 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Shukrona... Qiyomatdan nishona - o'tayotgan kunimiz, Hotirjamlik deganin unutdi har tunimiz, Bilmam ertamiz qandoq, harobdir bugunimz, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr. Oilada er zoti o'zini bek bilmasa, Ayol zoti halovat, sakinada bo'lmasa, O'zbek qizi qornini ochishdan or qilmasa, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr. Qushlar qolib qurbaqa ko'kda qilsa parvozlar, Oqqushlar maskaniga egalik qilsa g'ozlar, Pora ila shogirdin yetishtirsa uztoslar, Tog'alr o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr. Iymondan voz kechilsa lazzat uchun bir onlik, Va o'sha zot atalsa "taqvodoru, iymonlik", Qaroqchilik hukmiga o'tsa agar posbonlik, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshingin ochmaganiga shukr. Yurtda aldov nom olsa "tirikchilik, g'ayrat" deb, Aytilgan rost so'zlarga nom qo'yilsa hayrat deb, Qarz olib bermaslikni atasalar san'at deb, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr. Bolaning zarbasidan otaga zaha yetsa, Onalar qizlaridan pand nasihat eshitsa, Olimlar lug'atidan amal degan so'z ketsa, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr. Haloyiq ham unutsa halqligin, millatligin, Haq kalomin dunyoga aytguvchi elatligin, Ohir hamma yodidan ko'tarsa ummatligin, Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr, Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:49 | Message # 42 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Tavba. Keksayib, yoshing bir joyga yetsa ham, O'zingni ilmda tolib kabi bil! Gunohlar yelkangdan ortib ketsa ham, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Volidang sababli kelding dunyoga, Otangning qo'lida boqding samoga, Ular uchun qo'lni ochib duoga, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Gunohlar qilgansan bilib bilmasdan, Ehtimol yurgansan tavba qilmasdan, Vaqt sening orqangdan yetib kelmasdan, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Inson hatokordir, gunohi quyun, Lek bunda mahzunlik, homushlik nechun, Bir zum bo'sh qolsang ham, gunohing uchun Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Qariyman, o'shanda ulguraman, deb, Birodar sarhadga qolmagin kelib, Har mavjud soniyang g'animat bilib, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Gunohlar ko'ngilni aylasa qora, Suv bilan yuvay deb bo'lma ovora, Bundan qutulmoqqa birgina chora- Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Manzilga borguncha yuklaring tashla, Istasang hammasin boshidan boshla, Diloingni, qalbingni, ko'zingni yoshla, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Bilaman, kibr bor, asli olifta, Uning hiylasiga bo'lma oshufta, Najot kemasiga faqat bir chipta- Tavba qil, tavbaqil, tinmay tavba qil! Poyonin ko'rsatdi dunyoning sayli, Faqat bir najot bor so'ngnafas zayli, Joynamoz ustida uhlab qol, mayli, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Bir kun yana loyga qorishing o'yla, Qora lahad ichra og'rishing o'yla, Alloh huzuriga borishing o'yla, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil! Kim balki ulgurar yashashga bugun, Kimgadir bugun ham bo'lmagay butun, O'lim farishtasi kelmasdan burun, Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!
|
|
| |
Rider | Date: Chorshanba, 18-Noya-2009, 17:00 | Message # 43 |
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
| Rahmat , Olloh rozi bo'lsin
|
|
| |
MASTER | Date: Chorshanba, 18-Noya-2009, 21:16 | Message # 44 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7374
Status:
| Molli, Rahmat bu sherlar menga juda yoqadi
|
|
| |
SANJAR80 | Date: Chorshanba, 18-Noya-2009, 23:37 | Message # 45 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
| Molli, Rahmat katta
|
|
| |
HakkerJon | Date: Chorshanba, 02-Dek-2009, 15:10 | Message # 46 |
Group: Ishonchli
Messages: 406
Status:
| Molli qoyile sizga. Iloji bosa bunaqa she'rlani yana kopaytirin. Ishizda sizga omad tiliman.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 00:59 | Message # 47 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Do'stim. Dunyo o'tar ekan endi angladik, O'lim qay odamni chetlagandi ayt, Agar tirik bo'lsang,o'lmagan bo'lsang, Haliyam o'sha men aytgan yo'lga qayt! Joning halqumiga kelmasdan burun, Iymon ko'chasini tanla birodar, Katta musibatning oldini olmoq, Dod- voydan qutulmoq istasang agar. Biz ham, sen ham bitta zaminga keldik, Yashadik ozgina farq ila ahir, Nahotki, foniydan abadiy mangu, Hayotni bermoqqa botinding og'ir. Qara qabrisronning keng maydonida, Shohlar gadolar-la birga yotarlar, Azob farishtasi orqali kelgan, Turli azoblarni bir-bir totarlar. Ularning kimligi surishtirilmas, Faqat amallarga qarar dunyo u, Bir bor "Rabbim" deya ibodat qilgan, Insonlar kuniga yarar dunyo bu. Kel, do'stim, ana shu hur dunyo uchun, Yashaylik qullik kishanin otib, Birinchi bo'limda g'olib kelganalr, Bo'lavermaslar bil, hamisha g'olib.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:00 | Message # 48 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Ertaklar aytishni to'htating. Davrlar o'zgardi, dunyo o'zgardi, Farzandlar qalbiga quloq solingiz. Xitobim qa'rida o'tmishning dardi: "Ertaklar aytishni siz bas qilingiz!" Ertaklar eshtib ulg'aygan bizmi? Bugun yolg'onlarni tinmay so'zlaymiz. Ajdarlar mahv etgan parizodlarni, Ko'nglimiz tubida pinhon ko'zlaymiz. Sadoqat shevasin unutgan do'stlik, Go'zallar oldida cho'kkanida tiz, Tan oling ayollar husnidan bezlik, O'rganmaganmidik ertaklardan biz? Ertaklar - yog'onning nabirasidir, Ular ezgulikni qilarlar shior, Aslida ebg katta hiyonatlar ham Biz suygan qahramon fitratida bor. Ularning yolg'onin biladi hamma, Ammo bolalarga tinmay aytarlar, Ostin ustun qilib dunyoni, so'ngra, Botirlar bir qiz deb ortga qaytarlar. Qarang ertaklardan sug'orilganlar, Yurarlar birgina haq so'z izlashib. Yalmog'izni o'qiy-o'qiy bu avold, Oxiri ketdi-ku yalmog'izlashib. Oila deganning tushunchasi yo'q, Sevgiga yetishib tugar har ertak, Bu avlod hayrondir ertakdan keyin, Nima qilmoq kerak, ne qilmoq kerak? Dunyoning azobin totib, yetishib, Muhabbat deganin topganida u, Asli nimalarga umid qilgandi, Nimalar haqida qilgandi orzu? Men bugun tushunmay kitob titaman, Har bir varag'ida porlaydi sehr, Hudolik da'vosin qilayotganga, Ertaga farzandim qo'ymasmi mehr? Kim shunga kafolat bera oladi, Va qaysi zot buning oldini olgay, Bu avlod haq so'zni topa olmasa, Ertaga ertakka ishonib qolgan. Agar mening so'zim bo'lsa havolar, Mayli, yo'lingizga buriling, qayting, O'lmas Kashshey degan yolg'on da'volar, Ayting,kimlar uchun to'qilgan ayting? Ertakalr avlodni ezgulikkamas, Yovuzlik qa'riga yetaklar aniq. Bashar saodatga erishganida, Hizmat qilgan edi haqqa chaqiriq. Bas, ndi farzandlar sohtalik emas, Haqiqat neligin ko'rib o'ssinlar, So'ng mayli ulg'ayib ertakdan chiqqan, Yalmog'iz, ajdarlar yo'lin to'ssinlar. Tushuning bu so'zlar oddiy hitobmas, Balki kelajakka yetaklar da'vat, Avlodlar dunyosi bizdek sarobmas, Ularning yo'llari bo'lsin haqiqat!
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:01 | Message # 49 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Buxoriy maqbarasi qoshida. Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos, Safar azobiga qilib ming toqat. Mening bir niyatim bor edi xolos, Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat. Bordim-u, hayratning qoldim ostida, Bu qabr bir paytlar ediku g'arib, Bugun muhaddisning qabri ustida, Kimdir farzand so'rar unga yolvorib. Sal nari yuraman boshqa bir odam, Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz, Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam, Uni mushrik deya atardi shaksiz. Biroz nariroqda cho'mib hayolga, Bir ayol qabrni aylardi tavof, Buxoriy kim o'zi degan savolga, Bular berolarmi biror bir javob? Alam qildi menga, alamki juda, Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar. Endi buxoriyni topganimizda, Uning qabri uzra avjida shirklar. Uzoq moziylarga safar qiliblar, Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi. Bugun bu ishlarni qilayotgan avom Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi. Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb, Mushrik qavmga bir tashladim nazar. Qabrni ziyorat qilishga kelib, Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar. Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim, Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni, Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim, Buxoriy rivoyat qlgan hadisni. Buxoriy haqiqiy avliyo ekan, U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz: Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang, Faqat uchta joyga bormog'ing joiz. Muqaddas Makkayu, Madina, hamda, Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang. Boshqa biron maskan, biron bir o'lka, Qasd qilib safarga arzimas bilsang". Mana shu hadisni o'qib ming diqqat, Izladim o'zimning holimga chora, Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat, Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra. Bas, endi har ishni hadisga solib, Hadis asosida hayot quramiz. Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy, Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:02 | Message # 50 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Olimlik. Insonga bitilgan taqdir shu ekan, Javob berarkanmiz qilganimizga! Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?" Biz ham olimdirmiz bilganimizga! Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq, Yo yulduz misoli tezlikda ko'chmoq. Faqat bilib qo'ydik, shu erur sitmoq, Biz ham olimdirmiz bilganimizga. Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik, Butun bashar uchun rahmat degulik, Birodar shu ekan senga, ko'rgulik, Biz ham olimdirmiz bilganimizga. Olimlar Qur'onni olishganda yod, Hadisdan ko'ngilga quyuladi dod, Bizga ham yetarli ashyolar, hayhot, Biz ham olimdirmiz bilganimizga. Olimlik aslida payg'ambardan iz, Rasullar yo'lida bo'lmoqlik shart hargiz. Hadisda kelgani - ehtimol bizmiz, Biz ham olimdirmiz bilganimizga. Bugun ilm ahli tinmasdan so'zlar, Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar, U qadar hotirjam bo'lmaylik do'stlar Biz ham olimdirmiz bilganimizga.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:03 | Message # 51 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Bunga... ...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas, Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab... Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas. Zino-yu, fahshga yetaklar holat, El ichra deyilsa bu oddiy odat, Turli seriladan olinsa ibrat, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas. Oila deganda obro' yo'qolsa, Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa, Ota o'z qiziga shim sotib olsa, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas. Ko'ring, bu bechora ota soqovni, Toqati tugamish yengolmay g'ovni, Ona zimmasida topish kuyovni, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas. "Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?" Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda. Bozorda onalar, otalar uyda, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems. Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun, Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun, Birodar, bemalol tomoshang nechun, Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas. Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga, Hayqirmoq soati keldi hammaga: Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas, Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas. Ovozi boricha hayqirmoq kerak, Haqning kalomiga chaqirmoq kerak: Ogohlantirish kerak bu avom halqni, To qadriga yetsin muqaddas Sharqni. Uning sha'ni uchun turib bersinlar, Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar, Ahli oilaga jonlari fido, Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo. So'nggi hitobimni baribir aytgum, Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar: Naslimiz hurmati fitrati toza, Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar. Chunki ayollarga bog'liq har narsa, Ayol bor, oila erur muqaddas... Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa, Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:04 | Message # 52 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Kerak emas. To'htab qolgan daryo oqar baribir, Qaytgusidir sherlar ham bir kun izga. Insofi bor dunyo tinmay hayqirar: "Kerak emas islomsiz hayot bizga!" Bilaman, dunyo deb siz hech tolmaysiz, Yugursa gar, orqasidan qolmaysiz. Ehtimol siz pulsiz yashay olmaysiz, Kerak emas islomsiz hayot bizga. Bu yo'l go'zal, garchi bordir og'iri, Lazzat bo'lib singgar qalbga taxiri... Asli chirkin,xorlik bo'lgan oxiri, Kerak emas islomsiz hayot bizga. Bu dunyoda boshqa ne bor muhtaram, Yana nima uchun mumkin chekmoq g'am. Yeb, semirmoq ishin eplar to'ng'iz ham, Kerak emas islomsiz hayot bizga. Saltanatlar,toju tahtlar, haroblar, Ming-ming orzu, umidlar ham saroblar Ayting,ohir qanday bo'lar javoblar, Kerak emas islomsiz hayot bizga. Bizning qo'lda Qur'on, hadis tursa bas, O'g'il, qizlar faqat shuni ko'rsa bas, Tushimizga sahobalar kirsa bas, Kerak emas islomsiz hayot bizga. Dunyo uchun nechun telba sadoqat, Arzimaydi unga sarflash muhabbat, Rosti, tubi botqoqlikdan iborat, Kerak emas islimsiz hayot bizga. Mana, oling, dunyo sizga, qapishing, Tushda ham siz dunyo ila topishing. Siz foniyga zarpechakdek yopishing, Kerak emas islomsiz hayot bizga.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:05 | Message # 53 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Qizim Hayol surma, hayollar yomon Tuyg'ularga bermagin izn Qur'on harfin o'rganib obdon Salim qalbga ega bo'l qizim. Fisqqa chorlov seni yo'llardan Kimdir izlar yolg'on hizrni Mening munis muslima qizim Ro'molingla yop televizorni Sen dunyoga teran boqmoqni Qur'on hamda sunnatla izla Dunyo mayda-chuyda deb kuysa Sen eng katta savdoni ko'zla Bu savdo-ki, latta-puttaga Aldanmagan hayotiy ertak Sen Oishaga, Fotimalarga Yopishib ol misoli pechak Hech ularni qo'yib, yuborma Sen ularni chindan, bil ONA, BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA Qalbing ila haqni tanigin Berilmagin falsafalarga Zargar dunyo aslida bitmish Yolg'on-yashiq safsatalarga Qizim mening, muslima qizim Aqidangda hotirjam qolgin Xatto onang tobutin ko'rsang Allohdanmiz deb ayta olgin Bilib qo'yki dunyo bevafo Manzil oldi nasihat so'zim Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni Yaxshi ko'rsang roziman qizim.
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:06 | Message # 54 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| " Asli siz go'zalsiz mastura qizlar" Dunyo ishlaridan bezigan ko'ngil der, Sof erur xijobga o'rangan yuzlar Dunyo jul'ettaga ko'ngil qo'yaver Asli siz go'zalsiz mastura qizlar Chirkin nigoxlardan go'zallik izlab Basilar poyiga cho'kkanda tizlar Men baland ovozda baqirgum yuzlab Siz asli go'zalsiz mastura qizlar Gollivud xollivud tomonlardachim Saxnaga tovlanib chiqqanda bezlar Oinayi jaxonni o'chirib degum Asli siz go'zalsiz mastura qizlar Ko'kraklar ochilgan yarim yalang'och Og'zidan tushmagan besharm so'zlar Ularning makridan topib bir iloj Asli siz gho'zalsiz mastura qizlar To'g'ri yalang'ochlar yayrabon obdon Zinokor qavmni gunoxga tezlar Ko'nglingiz tubida qolmasin armon Asli siz go'zalsiz mastura qizlar Ular go'zallika qilarlar davo Lek erlar ulardan nelardir izlar Suykalmako'ngilni kio'rmagan ravo Asli siz go'zalsiz mastura qizlar Malomat paytlari ortga qochgan dam Nur misol dunyoga prladingizlar Ishoning dunyoviy o'lchovlarda xam Asli siz go'zalsiz mastura qizlar!
|
|
| |
CryGirl | Date: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:07 | Message # 55 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| O`g`lim Qalbingni band etsin oxirat g'ami, Har lahza yodingdan chiqmasin o'lim. Nadomatkim mendan chiqmadi olim, Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Zakariyo kabi alam yutsang ham, Ilmni cho'g' kabi qo'lda tutsang ham, Uyi yo'q Iysodan faqir o'tsang ham, jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Haqiqiy olimlar qasrlar qurmas, Qasrlar ichinda bemalol yurmas, Foniyda qalbimga taskin zarurmas, Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Chorasiz on yo'qlab kelsang maboda, Otangni chin dildan sevsang maboda, Rozi bo'lsin otam desang maboda, Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Bu yo'lda mashaqqat mehnat ko'rinar, Zahmatning ostinda rohat ko'rinar, Otamning hasrati ko'nglimni tirnar, Jannatda boshimga toj kiydor o'g'lim. Kulgingdan aylanay, o'rgilsin jonim, Senda shiddat ila oqmoqda qonim, Hajga olib borma qarigan onim, Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Kimdir o'g'li sabab mag'rur kuladi, Kimningdir ko'z yoshi jiqqa to'ladi, Bu dunyo ishlari bir gap bo'ladi, Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim. Har bir yumushimda hayrihoh o'g'lim, Unutma qiymat manzilgoh o'g'lim, Bugun olib beray neni istasang, Buning evaizga bir shart chidasang, Boshimga toj kiydir Abdulloh o'g'lim.
|
|
| |
Hurshida | Date: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:51 | Message # 56 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| RAMAZON KUNLARI Allohning rahmatin, nusratin kuting Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda. Asriy zanjirlarni yelkadan oting Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron, Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron. Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizga dars o‘qitmang falsafalardan, Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan. Holimiz telbaviy talvasalardan Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri, Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri! Portladi dunyoning sohta g‘ururi Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohga shukrki, Uni bir bildik, Baytullohga iymon to‘la qalb keldik. Zino-yu, faxshni zanjirband qildik Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq: Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q, Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |
Hurshida | Date: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:52 | Message # 57 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| HAYIT Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir. Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam, Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam. Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf. Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga. Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha. Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar, Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar. Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi, Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi? Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr. Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr. Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir.
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |
Hurshida | Date: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:54 | Message # 58 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| DARS BERING! ... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik, Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating. Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin Xatto bilib oldik hayvonlar jismin. Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi, Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi, Aljabr fanidan baholar yaxshi, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin, Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin Bildik ikki karra ikki to‘rtligin, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish, Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish, Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Aziz muallima, muhtaram ustoz, Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos, Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz... Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Asli iymon bila islom sharafdir, "Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir, Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga, Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga, Yarashmas ushbuga hiyonat sizga, Iymondan dars bering, islom o‘rgating!
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |
Hurshida | Date: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:55 | Message # 59 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| SHUNDAY YASHAYMIZ! Qur’onda bizlarga o‘rgatmish Alloh: Shafotingizni kutib yashaymiz. Dunyo ne desa, der, yo Rasululloh, Shariatingizni tutib yashaymiz! Odamlar tomondan qonunlar chiqib, Bizni zulumotga ketganda yiqib, Qiyomatda Alloh nazar solsin, deb Shariatingizni tutib yashaymiz! Qalbimiz Alloh deb hamisha tetik, Dunyo uchun butkul uzildi hadik... Bandalar bandaga qilsa bandalik, Shariatingizni tutib yashaymiz! Biz eng baxtli qavmmiz, nechalar dinda Adashdilar qancha-qanchadan banda. Tamom kufrlarga botgan zaminda Shariatingizni tutib yashaymiz! Birgina yo‘l bo‘lsa, shu asli talab - Yurakni zig‘ircha qo‘ymagan g‘ashlab. Minglab kufr yo‘lni changitib tashlab Shariatingizni tutib yashaymiz! Qiyomat kunida bizni ummat deb Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib. Faqat Alloh - iloh, shiorin aytib, Shariatingizni tutib yashaymiz! Mayli bu dunyodan o‘taylik kulmay, Bir kungina rohat, farog‘at bilmay, Dunyo qonunlarin pisanda qilmay Shariatingizni tutib yashaymiz!
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |
Hurshida | Date: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:56 | Message # 60 |
Eng tajribali
Group: Banned
Messages: 276
Status:
| QIYOMAT KELMOQDA... Dunyo asta sekin muddatin o‘tab, O’chirmoqda asriy yorug‘ chirog‘in. Zamin piligi ham oshkora tutab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Karvon ham bir kuni manzilga yetgay Bosib bu dunyoning jamiki bog‘in. G’arbning osmonidan bir kun tong otgay - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bukchaygan tog‘larda umr zavoli, Gulzorlar ichida tingaydir shovqin. Yerning nafasini qo‘yingiz holi, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ayollar qozilik mansabin olmish Oyning yuzidan ham o‘chirib dog‘in. Erlar dayuslikni kasb-kor qilmish - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Otalar o‘g‘ilning zarbidan yig‘lab Kimga aytish bilmay kezsa firoqin, Ota jussasidek horg‘in, oriqlab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Dunyo ko‘zing ochsang och, aks holda Seni o‘z domiga tortqilar oqim. Odam ato davri bo‘ldi ibtido, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Hammaga quvnamoq, kulmoq yoqadi Extimol quvonchdan sakramoq mumkin. Afsus kulmoqlikning davri tugadi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ishonmasang, qara, ko‘cha-ko‘y - belgi, Oddiy hovlilardan olarsan saboq. Hammasi hoziru nozir... bir turtki Hayot endi Yerga juda ham yiroq. Har ne ish oxiri bo‘lgani kabi Tugagani misol har qanday shovqin. Inobat bo‘lmagay inson talabi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bu inson dunyoni haroba etdi, Xudoga xudolik da’vosin qilib. Yashamadi bir kun o‘zini bilib, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!
Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
|
|
| |