sheriyat makoni
|
|
SAKINA | Date: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:58 | Message # 91 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Дўстим Оллоҳим
Иблис юрар теграмда кезиб Чорлар мени у ёлғиз сезиб, Адаштирмок истаб, кўрсатар гулзор Асли сароб у бир тиконзор Дилимга қул солар , иркит қўллари. Бормасман залолат унинг йўллари Шайтонга нишон бўлмагай кўксим. Ахир сен борсан-ку, ёнимда дўстим !
Ташлаб кетди мени ёр деб суйганим, Базан алам қилар, у деб куйганим. Ошкора қучар ўзгани бугун, Эҳ.., қийнайди юракни тугун. Аламлар қўйдику бағримни эзиб, Йиғламай дейману, ёш кетар сизиб. Кетса кетаверсин куймагай кўксим, Ахир сен борсанку ёнимда дўстим!
Жоним деб қучсамда гоҳо боламни, Тушунмайди осло дилда ярамни. Қайдан ҳам билсин у, ҳали бола-да, Ҳаёли банд унинг гулу лолада. Фарзандим қалби ҳеч кўрмасин ғам, Меҳирни билмаса не бўпти эркам? Билмаса дардимни куймагай кўксим, Ахир сен борсан-ку ёнимда дўстим.
Олис-олисларга термуламан жим, Топтаб ўтар мени, устимдан ғаним. Тиржайиб кулади қилиб масхара, Кимларга кулгу бўлдим-а, қара? Ғариб билиб мени кулаверсинлар, Ўзларни шод қилиб юраверсинлар. Хор этсаларда куймагай кўксим, Ахир сен борсан-ку ёнимда дўстим.
Гарчи сочсамда бор бут меҳримни, Кўксимни ўярлар, ёқар бағримни, Дўстингман дейди-ю, қўлин чўзарлар, Менга керагида юзин тўсарлар. Оллоҳим, синадим дўстман деганни, Топмадим сендан бўлак бир меҳрибонни. Неки тушса бошимга бўлмагай оҳим, Қалбимда бўлсанг бас, дўстим Оллоҳим.
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 03-Noya-2012, 00:52 | Message # 92 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Bir ukamizni menga atab yozgan sheri
Ismi jismiga monan oqilasiz Durdona Yetti olchab bir kesib soz aytasiz bir dona Mano tola kozlarda nigohlar dona dona Begubor dilbandiga eng suyukli zot ONA! Har sohada madadkor yol korsatib hormaysiz, Hech bir shubhali yolga sinash uchun bormaysiz, YARATGAN uchun doim ibodatda yagona, OLLOH uchun yashaydi bu olamda Durdona. Dostlar adashsa yoldan yohud qolsalar tildan, Hech ayamay yordamin shoshiladi chin dildan, Uning faqat tilagi bu olamda tek dona OLLOH rahmatin uchun yashayapti Durdona
BEHZOD
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 07-Noya-2012, 03:47 | Message # 93 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| ROZIMAN XUDOYIM NE YOZGAN BO`LSA. Holimdan kimlardir erinmay kulsa. Xor bo`lsam, dillari shodlikka to`lsa. Men xatto kiprik ham qoqib qo`ymayman. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Zaxar tutsa hamki zaxar deb ichgum. Joningni tut desa o`ylanmay kechgum. Ranjitolmas mani bu damda hech kim. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Kamini bildirmay ortiq etarman. Rizolik kuyini tortiq etarman. Toshlarni boshimga yostiq etarman. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Noshukrlar kabi sochlarim yulmay. Ketarman indamay, ertani bilmay. Shodon damlarimga xijolat bo`lmay. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. O`rgandim har nega tilni tiyishga. Hattoki birovning g`amin yeyishga. Tilim bormas,” yomon kunlar “deyishga. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Ne foyda, bilmagan ishga qon yutib. Yo devona misol beparvo o`tib. Solih odam kabi natija kutib. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Shukrki, qalbimda yo`q erur gumon. Taqdirga ters bormoq ishdir eng yomon. Xayr bor, yomonlik aslo yo`q debon. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Boshim ko`tarmasman, oyatlar tinglab. Og`risam qarshilik qilmasman ingrab. Eng go`zal onlarga yig`lab va yiglab. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Rosulim o`rgatgan go`zal bir sunnat. Qalbimga o`rnashgan faqat hush niyyat. Tinmayman, baribir so`rab ofiyat. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa. Paxtadek yog`ilgay yomg`ir-u do`li. O`ng tomon tuyulgay ulashgan so`li. Jannatga kirishning eng oson yo`li. Roziman Xudoyim ne yozgan bo`lsa!
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 19-Yan-2013, 08:55 | Message # 94 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Kutishdan yomoni bo'lmasa kerak, gar umid bag'ishlar xar bir soniya, sabringni sinaydi,imillab yurar, go'yo saroydagi qari joriya.
Iloj yo'q kutaman-gadoday ochman, sadaqa tilanar qo'llarim undan, diydorni rizq qilib tutsa roziman, aqcha so'ramayin,ketaman bundan.
U esa sudralib chiqar saroydan, uzatar qo'limga yarimta nonni, burda tishlayman-u yig'layman,tanib, ta'mi jonga azob achchiq xijronni.
|
|
| |
SAKINA | Date: Chorshanba, 27-Fev-2013, 14:09 | Message # 95 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Armonli muhabbat
Sizni ko’rganim zahot, yurak to’xtadi, Ovozingiz eshitib, qalbim titradi, Nigohingiz rom etib, dilim boyladi, Ammo, ko’nglim hislarini bilmadingiz, hech.
Sizni ko’rganimda, qalbim quvnardi, Sizni eslashim zahot, dilim yashnardi, Yulduzlar ko’ngil ohlarim tinglardi, Ammo, qalbim tug’yonlarin bilmadingiz, hech.
Sizni ismingiz ila tonglar otardi, Tunlarda oy sirdoshim bo’lardi, Yomg’irlar dil yoshlarim bo’lardi, Ammo, yurak iztiroblarim bilmadingiz, hech.
Sizni sog’inib, sanoqsiz kunlar o’tardi, Xayollarim zanjirband, samoda kezardi, Cheksiz nolalarim falakni ezardi, Ammo, bag’rim sitamlarin bilmadingiz, hech.
Sizni qalb bog’larimda, sevgim kutardi, Telba yurakkinam, sabrsiz qo’msardi, Armonlarim meni ayamay yutardi, Ammo, dilim nolalarin bilmadingiz, hech.
Sizni uzun, dardli she’rlarim sevardi, Suratingizga ko’ngilginam gohida ko’nardi, Gohida chidolmay, isyon qilardi, Ammo, ko’ksimdagi azoblarni bilmadingiz, hech.
Sizni unutishimni dilim yolborib so’rardi, Alamlarim ko’ksimga xanjarlar urardi, Gohida oyning menga rahmi kelardi, Ammo, yuragim ohlarin bilmadingiz, hech.
Charchadim, boshqa yurak o’rtashga qolmadi holim, Bedor tunlarni o’tkazishga yo’qdir madorim, Najotsiz, chorasiz kutishga yetmaydi sabrim, Endi, nimayam qilardim, alvido, alvido azizim!
|
|
| |
SAKINA | Date: Chorshanba, 27-Fev-2013, 14:15 | Message # 96 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Armonli dunyo
Kimdadur OTA yo'q. kimdadur ONA. Kimdadur OPA yo'q.kimdadur AKA. Kimdadur hich kim yo'q. yashaydi tanho. "Bir kam dunyo bu armonli dunyo" Kimdur ko'zi ojiz. ko'rmoq istaydi Kimdur oyogi yo'q. yurmoq istaydi. Kimdur tirikl ekin,murdadek go'yo. "Bir kam dunyo bu armonli dunyo" Kimdadur o'kinch bor lekin o'ksinmas. Xayotidan nolib aslo siqilmas. Chunki u biladi asli bu dunyo. " Bir kam dunyo bu armonli dunyo"
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:41 | Message # 97 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| SOG’INCH
Samoda aylangan oqqush misoli, Sog’inchim aylandi atrofrlarigda. To’kilib tugamas shasharalardek, Armon yoshi oqar qarog’laringda.
Yig’laydi gullar ham har tong har sahar, Iymondan ayrilgan vijdon yig’laydi. Armon bo’lgan mening orzuim yig’lar. Sog’inchim yurakni yomon qiynaydi.
Sevishdik dunyoda sevgi bor deya, Sevgimiz yovlaradan yashirolmadik, Xor bo’lgan sevgimiz haqqi-hurmati, Nahot biz insondek vidolashmadik.
Xayr dedim ortingdan sekin shivirlab, Qayerda bo’lsangham omon bo’l gulim. Yashayman dunyoda seni sog’inib, Sevaman degani yolg’on sevgillim.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:48 | Message # 98 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| ARMON
Bepoyon qishloqning chang ko’chalari, Munis lahzalarni yodga soladi. Qarong’u kechada tun kechalari, Yolg’iz oy men bilan birga qoladi.
Oy ham dosh brolmas mening dardimga, Xo’rsinib yonimda sabo yeladi. Armonli dunyoni o’zimga tashlab, Oy ham tog’ ortiga botib ketadi.
Sevdimu qon yig’lab qoldim oqibat, Armonlarga to’la sadpora dilim. Doim kulib yurgin yig'lama faqat Do'stimning baxtiga aylangan gulim.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:49 | Message # 99 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| BEVAFO YOR
Kuyub- kuyub suyganlarim bir bo'ldi-ku, Yig'lab-yig'lab ko'z yoshlarim sel bo'ldi-ku. Osmonlarday baland qaddim yer bo'ldi-ku. Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Mayli gulim siz baxtiyor yursangiz bas, Men yig'lasam so'xu xandon kulsangiz bas. Gohi – gohi bizni eslab tursangiz bas, Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Sevgim qordek asta qo'nib erib ketdi, Yuragimga qayg'ularni solib ketdi. Keyin sizni shamollari olib ketdi, Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Yig'lamayman bo'ldi endi bag'rim ezib, Menku mayli, siz murodga yuring yetib Dushmanlarim ko'ngillarin shodlar etib, Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
Hammadan ham siz azizsiz menga erkam, Sizdan suluv qiz yo'q sizdan ko'rkam. Men roziman sizni bir bor ko'rib o'lsam, Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:51 | Message # 100 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Marjon marjon ko’zlarimga yoshlar to’ldi. Uni asrab astagina ko’zim yumdim, Sevgimizning yodgorligi ko’z yoshini, Jonim sizni to’yingizga asrab qo’ydim.
Men yig’layman siz oq libos kiygan kuni, Yonar yurak o’shlal kuni armonlardan. Ollohimdan yakka yolg’iz o’tinchim bor, Avaylasin gulim sizni yomonlardan.
Kumushbibi begingizga chin yor bo’ling, Bu kunlar ham bulutdayin o’tar ketar. Vaslingizga yetolmagan Quvonchbek ham Axir bir kun yodingizdan o’char ketar.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:52 | Message # 101 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Bilmadim sen kimsan? Armon bekasi, Qo’liim yetmas oils, yarqiroq yulduz. Tongi shabnam yanglig’ omonat husn Oppoq kapalakday beozor bir qiz.
O’zim kim bo’libman seni suygani? Bir bandi insonman tubsiz xayolga, Ermak bo’layotgan bir xazon yanglig’ Kulgi bo’layotgan unsiz shamolga.
Aldovga konikkan gumroh insonman, Armonga aylangan mangu orzusi Qalbimda o’chgan u, umid atalmish Yolg’onchi ro’yoning so’ngi yog’dusi.
Faqat yuragimda yakka tuyg’u bor, Nima deb atashar rashkmi, qizg’onish Sevgi otlig’ ma’vo nimadir o’zi, Manguga yonishmi abadiy yonish?
Shunday yonyapmanki? Seni hattoki, Dunyodan qizg’onib vujudim halak Kamon qoshlaringni ko?rmoqlik uchun Go’zal, Zuhrosidan kechsinda falak.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 12:56 | Message # 102 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Baxt nimadir? Unga hamma intilar. Topolmadim deb ko’pchilik siqilar. Men ham izlab yo’lga chiqdim yoronlar Qanday yetish mumkin ayting kim bilar?
O’ylagandim baxtni molu davlat deb, Tog’ni urib talqon qilar savlat deb, Noz-ne’matga to’la katta savat deb, Adashibman moddiylikda rohat deb.
Borin olib dilidamas dastida, Qolib ketmay o’z nafsining ostida, Shukronalar aytib har bir faslida Faqat muslim baxtli ekan aslida.
Baxli ekan ko’p sajdaga borolsa, Dardin tanho Rabbisiga yorolsa, Muhtoj bo’lib muhtojlarga berolsa Ajrlarin sabr ila terolsa.
Baxtli erur - Talashmaydi xurmatga Oxiratin hech sotmagay qimmatga Rozi bo’lib yaxshi yomon qismatga Allah uchun tayyor turar hizmatga.
|
|
| |
SAKINA | Date: Juma, 15-Mar-2013, 13:06 | Message # 103 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Seva olmadim
Dunyoga keldim-u seva olmadim, Sevganda yurakka quloq solmadim. Aytdim aytganimdan sira qolmadim, Seni qo'msaymn men seni muhabbat.
Oh, uzun tunlarim o'tadi bedor, Har lahza dilimga beradi ozor. Yo'llaringda doim bo'lib intizor, Seni qo'msaymn men seni muhabbat.
Nahotki ,zarracha senga yo'q shafqat, Xasta yuragimda qolmadi toqat, Qalbimning malhani yolg'iz sen faqat, Seni qo'msayman men seni muhabbat.
Ko'kda parvoz etar bir juft oq qush, Muhabbat zavqidan ko'ngilari xush, Mendachi muhabbat faqat shirin tush Seni qo'msayman men seni muhabbat.
Kelishing mushkul-u ketishing oson, Yurak bag'rimni sen aylading-ku qon, Toki vujudimda bo'lar ekan jon, Seni qo'msayman men seni muhabbat!
|
|
| |
SAKINA | Date: Yakshanba, 24-Mar-2013, 11:52 | Message # 104 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Na kerak?
Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir, Bir dilga bitta gul tanho kerakdir, Bir elga mehrdan daryo kerakdir, Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?
Tiriklik bir aziz ne’matdir azal, O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal, Nasimlar navodir, yaproqlar – g’azal, Balog’at bazmida sharob na kerak?
Siymu zar havosi ranglaringdadir, Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir? Ey inson, hisobing manglayingdadir, Bunchalar hisobu kitob na kerak?
Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa, Farosat ahlidan nazar bo’lmasa, Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa, Ul husnu jamolga hijob na kerak?
Suv uza yarq etgan shu’ladir umring, Osilgan omonat tugmadir umring, Magar Haq yo’lida o’tmadi umring, Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?
Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni, Eng avval supurgil ko’ngil uyingni, Savolu javob et har bir kuningni, Savoling bo’lmasa, javob na kerak?
Sirojiddin Sayyid
|
|
| |
DURDON | Date: Shanba, 04-May-2013, 08:31 | Message # 105 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ko'zlaring ko'rib yursa Lablaring kulib tursa Yuraging duk duk ursa Jonim menga kifoya
Mayli meni demagin Sog'intirib qiynagin Jondan meni sevmagin Omon bo'lsang kifoya
Dunyoda ko'rmagin g'am Jonim azizam erkam Sen o'zgani desang ham Baxtli bo'lsang kifoya
Qo'ng'iroq qilmasang ham Yonimga kelmasang ham Sog'inchim bilmasang ham Eslab qo'ysang kifoya
Dunyodan o'tganimda Qabrimda kutganimda Zor qilmayin sevgilim Bir bor kelsang KIFOYA!
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 21-Iyun-2013, 15:35 | Message # 106 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Ayolga baxt bering, saodat bering. Demang yuribdiku kulib jilmayib. Ayol kulib turib ölishi mumkin. Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering. Gar közlari kulib tursada, Bög'zining ostida necha ming hasrat' Oy yuzlari kulib tursada.
Könglini kötaring hech bölmaganda, Qölini silashga sharofat toping. Yig'lab turganida hech bölmaganda. Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq römoli, Bosib ötmaslikka shafoat toping. Ayolga baxt bering, saodat bering, Tog' qimirlab, toshlar sözga kirsada. Ayolga baxt bering saodat bering, Oltmishga kirsada, yuzga kirsada...
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 01-Iyul-2013, 10:48 | Message # 107 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Yomg'ir
Seni baxtli ko'rishni, istagandim yonimda Lekin jonim seni men ko'rdim o'zga oldida Oq libosing yaraship, turiptiku o'zingga Faqat endi shirin so'z, aytar yolg'iz u senga Ko'zlaringga termulip yonimda qol deyardim Lekin endi kech bo'ldi, ko'nglim seni yo'qotdi Endi yomg'ir meni yolg'iz sirdoshim Hatto tugap, bo'ldi ko'zdagi yoshim Balki ular aytar endi sizlarin Sensiz otkan bedor tunlarim Oq libosta seni men ko'rishni ko'p istardim Yonginangda bir umr, bo'lishni men xoxlardim Qo'llaringdan quchip men, osmonlarga uchardim Bir kun kelip qo'lingga, jonimni ham berardim. . . Oq yuzli farishtam shirin so'z malikam Sen yo'qotdim jonim Bilmadim nima aybim Seni topganim xato So'zingda yo'q ma'no Nega buncha o'zgarding? Endi esa ALVIDO Endi yomg'ir meni yolg'iz sirdoshim Hatto tugap, bo'ldi ko'zdagi yoshim! . . .
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 01-Iyul-2013, 10:50 | Message # 108 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Sog'inchga eltgan yomg'ir
Yomg'ir yog'ar yurakni ezib Bu dildagi alamni sezib Armonlardan yuragim bezib Bugun sizni juda sog'indim
Orzulardan ko'pdir armonim Yorishmaydi moviy osmonim Tunlardagi olgan oromim Bugun sizni juda sog'indim
Sog'inch o'ti shirin bo'larkan Sog'inganda yurak to'larkan Azoblarga bu dil ko'narkan Bugun sizni juda sog'indim
Ko'rmoq uchun talpinar yurak Qadir uchun sog'inch ham kerak Sizni tezroq ko'rmog'im kerak Bugun sizni juda sog'indim
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 01-Iyul-2013, 10:55 | Message # 109 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| O'zga yurtning musaffo tongi Hatto yomg'irlari qalbim ovutmas Qancha olislarda bo'lsangiz mendan Bu yurak bir on xam sizni unutmas
Bugun sizni yana sog'indim Sog'inchlarim aylandilar ko'z yoshga Tangrimdan ko'rmoqlik o'tindim Do'st tutindim yana sabru-bardoshga
Uzoqdasiz mendan men xam olisda O'rtamizda uzun-uzun yo'llar sarson Topolmadi yana diydor bu nigoxlar Bir-biriga intizor bu dillar sarson
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 01-Iyul-2013, 12:17 | Message # 110 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Har tongda uyqudan uyg'onib, Deraza yoniga kelaman. Boqib ko'kka, moviy osmonga, O'zingga shukurlar qilaman.
Boshim uzra nur sochsa quyosh, Nurlarini tavof qilman. Barcha bahtim, saodatimni, Sening qudrating deb bilaman.
Sinovingga yetsa bardoshim, Birda yig'lab, birda kulaman. Yolg'iz senga egilsin boshim, Tanho senga sajda qilman.
Farzandlarim mening quvonchim, O'zingga omonat bilaman. Men shularning borligi uchun, Bir senga shukurlar qilaman.
To'g'ri yo'ldan goho adashsam, Ibodatdan kech qolsam goho. Gunohlarim Alloh Taolo, Kechir! deya nola qilman.
Shu kunlarga yetganim uchun, Darddan olis ketganim uchun. Qo'lim ochib duoga bugun, Men senga shukurlar qilaman.
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 15-Avg-2013, 01:46 | Message # 111 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Garchì hayot ötkinchi, Lekinkatta dars ekan. Menbersam qarz emasu, Ular bersa qarz ekan.
Har qadamda döstimdan, Özim bilmay pand yesam. Döst deganim döst emas, Faqat onam döst ekan.
Yöq emish menda yurak, Menda köngil yöq emish. Ular sevsa sevgiyu, Man sevsam havas ekan.
Öylar edim barchani, Bir xil diya teng diya. Lekin ular göyo tog', Men bir oddiy has ekan.
Axir OLLOH oldida, Barchamiz teng bandamiz. Gar shuni bilmasalar, Ular sarhush mast ekan!
_Ark music_
|
|
| |
SAKINA | Date: Shanba, 24-Avg-2013, 12:30 | Message # 112 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Umidingni uzma dunyodan
Yuragingni cho`lg`asa alam, Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan. Hayot o`zi shundayin bir kam: Umidingni uzma dunyodan.
Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan.
Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan.
|
|
| |
SAKINA | Date: Shanba, 24-Avg-2013, 13:02 | Message # 113 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Sog`inch
Hazonlar to’kilar daraxtlar g'arib, Qor yog''ib o’tadi zulmatni yorib, Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib, Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb. Asta varaqlaydi umrim kunini, Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib, Kim bilar sevgimning o'tli hunini, Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb. Qoshlarim qayrildi yo’lingiz qarab, Sanoqdan adashdim tunu kun sanab, Nahotki ayriliq haqiqat yo rab, Nechun siz kelmaysiz sog''ingaman deb. Ko’z yoshim to’ksa ham to’ymadi sarob, Bu mag''rur vujudim tark etmas azob, Men hanuz go’zalman lekin muhabbat harob, Nechun siz kelmaysiz sog''inganman deb...
|
|
| |
SAKINA | Date: Shanba, 24-Avg-2013, 13:04 | Message # 114 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| UNUTA OLMASAM SENI BIR BORA…
Xotirang qalbimda mangudir ishon Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon, Oxir aytar so`zim ushbudir ishon Unuta olmasman seni hech qachon. Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur, Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur. Unuta olmasman seni hech qachon. Qor yog`sa yuragim entikib ketar, Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar Seni qo`msab bu go`zal hayot ham o`tar, Unuta olmasan seni hech qachon. Taqdir charxpalagi tinmay charx urar, Betakror yulduzlar to`xtamay yurar Tanamda bu yurak sensiz ham urar, Unuta olmasman seni hech qachon.
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 26-Avg-2013, 10:01 | Message # 115 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| Najot...
Yo'llaringda adashdim hayot ! Yolg'iz qo'yma, o'ksitma najot... Yana yangi orzu - umidni Olib kelgin menga g'o'r sabot.
Maqsad bilmay qoldim sarosar... Umr snovi ko'pdir naqadar, Ne anglatar taqdir bitigim ? Cho'g' savollar etar darbadar. Zamira Beshimova
|
|
| |
SAKINA | Date: Dushanba, 26-Avg-2013, 10:04 | Message # 116 |
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
| “Тимсолингда бахт йўқ” дедингиз, Ва негадир бундан кулдингиз. Бахт нелигин унутиб қўйган Юрагимни ногоҳ тилдингиз.
“Кўзларингни қувончи сохта, Тубларига маюслик инган” Эътибордан лолман, албатта, Ва лекин, дард тўфони тинган.
Ўзгартиролмайсиз дунёни Ёлғиз мендан тушганда ниқоб. Ерни чимдай чулғар риёни Ахир сезмай чарақлар Офтоб!
Сийратимда топилмас бахтни Қайдан асли изламоқ даркор? Бахт дегани соғликми, тахтми, Балки урф бўлгандек, бахт - Бозор?!
Биламан ўйларим бетизгин, Сизни толиқтирди анчайин. Мудроқда яшамоқ осонроқ Саволла қийналмай дам сайин.
...сезмагандек кўкка қарайман, Бекиқ дарддан оқмоқда йиринг. Ва ноилож сиздан сўрайман: “Беролсангиз, менга бахт беринг!”
“Кўзларингни қувончи сохта, Сийратингда Бахт йўқ” дедингиз...
Замира БЕШИМОВА
|
|
| |
DURDON | Date: Seshanba, 27-Avg-2013, 06:51 | Message # 117 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Yana ko'zimda yosh, dilimda alam Alamim qo'limga tutqazar qalam Ohlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam Qaniydi men Sizni sog'inmasaydim. Kunlar o'taverar, o'tadi vaqt ham O'tadi-ketadi bir zumlik baxt ham Kun kelib bitadi dildagi dard ham Ungacham men Sizni sog'inmasaydim.
|
|
| |
DURDON | Date: Chorshanba, 28-Avg-2013, 02:05 | Message # 118 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| QABRDAN OTA NIDOSI.
Jonim bolam, jigargo’sham, zurriyotim, Sening g’aming bilan o’tdi hayotim. Avlodimning davomchisi, qanotim, Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
O’ldi dema, otang ruhi yoningda, Ajdodimning ruhi oqar qoningda. Mendan keyin yolg’izlanib qolding-da Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
Tiriklikda tin olmayin kuyindim… Eshigi yo’q qabr degan uyimda Sendan duo borsagina suyundim, Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
Yaxshi yursang, qabrda tinch yotardim, Tiriklikda tortganlarim yetardi, Qaro yerga bag’rim kechroq botardi, Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
Sensan avlodlarim o’tar ko’prigi, Faxrim bo’lgay mening uchun ko’pligi. Ma’qul bo’lur ko’pligidan xo’bligi, Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
Yaxshilikning yo’qdir erta-kechisi, Yo’lin topdi yurganlarning nechisi, Uyg’otdimi so’zlarimning pichasi, Nechun hanuz Haq yo’lini topmassan?
Mohidil
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 18-Okt-2013, 02:30 | Message # 119 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Куз
Ҳар фаслнинг ўз хислати бор, Ҳар фаслнинг ўз фазилати. Кумуш қишдан, зумрад баҳордан Қолишмайди кузнинг зийнати...
Кўк — ювилган, артилган шиша, Сувлар тиниқ, япроқлар олтин. Шакар қовунларнинг майин ҳидлари Сабо билан тарқалар секин...
Шимолдан жанубга йўл олар Карвон қушлар уйғониб саҳар. Кўк бағрида товланиб қолар Чир айланиб кумуш рангли пар...
Қуёш кўкдан эгилиб қарар, Жуда равшан оловли кўзи, Сариқ кўйлак кийиб кўринган Барқут фасл — бу кузнинг ўзи...
Йилимизнинг салмоқдор иши Тўрт фаслга текис бўлинар: Қиш тайёрлар, баҳор экади. Куз йиғади, ёз тарбиялар...
Кайфим чоғ, уйқудан уйғониб наҳор, Сабодан сўрадим, бу қандай фасл? Сабо жавоб берди бу фасл — асл Олтин кўйлак кийиб кўринган баҳор.
Уйғун
|
|
| |
DURDON | Date: Payshanba, 24-Okt-2013, 02:06 | Message # 120 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| Akaning singilga tilagi ...
O'smasi o'chmasa qaro qoshidan. Ro'moli tushmasa aslo boshidan. Namozni boshlagan to'qqiz yoshidan. Muslima singlimga jannat tilayman.
Qiblaga burilgan uning yuzlari. Hayoga burkangan qaro ko'zlari. Faqat qur'on o'qur uning ko'zlari. Muslima singlimga jannat tilayman.
Otamning onamning quvonchi unda. Akasin tergaydi namoz deb kunda. Ibodat qiladi uxlamay tunda. Muslima singlimga jannat tilayman.
Allohdan qo'rqib tinmay yig'laydi. Klipu seriallar aslo ko'rmaydi. Qur'on o'qimasam ko'ngli to'lmaydi. Muslima singlimga jannat tilayman.
Akasin tog'dayin qalqon deb bilar. Onamning poyini Jannat deb bilar. Tong saxar quyoshdan avvalroq turar. Muslima singlimga jannat tilayman.
Qur'on o'qib mening ko'nglim yumshatar. Joynamoz tunda band tongda bo'shatar. Shaytonni tinch qo'ymay doim qaxshatar. Muslima singlimga jannat tilayman.
Faqat ixlos ila yo'ling yuradi. Yig'lasam yig'laydi kulsam kuladi. Tinmasdan akasin duo qiladi. Muslima singlimga jannat tilayman.
Allohim Firdavs bog'in singlimga bergin. Gar bo'lsa gunohin o'zing kechirgin. Bir aka so'raydi ijobat qilgin. Muslima singlimga jannat tilayman.
Allohim yolvoray qiyomat kuni. Jahannam o'tidan asragin uni. Men faqat so'rayman o'zingdan shuni. Muslima opamga jannat tilayman.
O'zingdan o'zga iloh yo'q Alloh. Bandamiz kechirgin bisyordur gunoh. Oxirat kunida o'zing ber panoh. Muslima onamga jannat tilayman.
Muslim Muslimalarga Jannat tilayman.
|
|
| |