RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
sheriyat makoni
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 11:39 | Message # 61
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Bir kun o'lsam omonat jonim,
To'xtab qolsa tomirdan bu oqar qonim.
Ruxim chiqib ketib ketsa qolsa oq tanim,
Sog'inib yiglagin mening sevgilim.
Bir kun abadiiy yumilsa ko'zim,
Bowqa xech chiqmasa bo'g'zimdan so'zim.
Kafanga o'ralsa bu go'zal yuzim,
Achinib yig'lagin mening sevgilim.
Bowqa ko'rolmasam moviy osmonni,
Erta tark etgayman yorug' jaxonni.
Azroil kelsayu olsa jonimni,
O'ksinib yig'lagin mening sevgilim.
Tasadduq bo'lmasam garchi bo'yinga,
Qatnasha olmasam nikox to'yinga.
Mexmon bo'lolmasam yangi uyinga,
Bir eslab yig'lagin mening sevgilim.
Xafa qilgan bo'lsam paymonam to'lib,
Koyib bergan bo'lsam devona bo'lib.
Kunim bitgan bolsa ketsam men o'lib,
Kechirib yig'lagin mening sevgilim!!!
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 11:39 | Message # 62
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
sevgi va xayot

sevgi o'zi bo'ladi yurakda
agar yurak bo'lmasam tosh yurakda
man buni bildim bugun
sevgiga yetishish qiyin ekan xayotda
man sevgini o'xshataman misoli bir gulga
vaxti kelib gulday so'lishiga
oz bo'lsada sevgi qoladi yurakda
sevgiga yetishish qiyin ekan xayotta
umr bizga berilgan ulug' bir nemat
bunga loyiq yashash farzdir bizga demak
sevish mumkin sevilish so'roq ostida
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
bizlar sevishdik ozgina muddat
ko'p bo'lmadi bu achchiq xaqiqat
sevish mumkin sevilish so'roq ostida
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
sevgi yo'lg'onligin bugun angladim
sevgan qizimni azobga tashladim
sevish mumkin sevilish so'roq ostida
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
Allohdan so'ragandim sevgimni
bergandi manga chin muxabbatimni
man baxtli edim sevgan paytimda
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
bu xayot bilaman achchiq
sevgi bo'ladi unda injiq
sevish mumkin sevilish so'roq ostida
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
men sevgan qiz bo'lmoqda o'zgaga yor
men qoldim bugun tunlarim bedor
sevish mumkin sevilish so'roq ostida
Alloh sevgidan ayirmasin bu xayotda
ayrilik bo'ladi bilamiz yomon
bunga yo'l qo'yganlar qolmaydi omon
sevish mumkin sevilish ostida so'roq
Alloh sevgidan ayirmasin toki bor xayot

boja qaalamiga mansub
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:11 | Message # 63
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Men Sizni Sevaman kapalak bo'lib,

Sizni axtaraman ochilgan guldan.

Men Sizni Sevaman bir gul misoli,

Madhingiz tinglayman xofiz bulbuldan.

Men Sizni Sevaman soylarda oqib,

Dengizim, Siz tomon suzaveraman.

Men Sizni Sevaman Majnun misoli,

Sahrolarda kezib izlayveraman.

Men Sizni Sevaman quyosh misoli,

Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.

Men Sizni Sevaman oftob misoli,

Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.

Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,

Yuragim xonishi baytlarda oshkor.

Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,

Faqat Sizni qo'msar takror va takror...

Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,

Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.

Kutganim, kutaman to diydorgacha,

Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.

Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,

Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,

Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,

Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.

Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha,

Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.

Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,

Muhabbat dardini tark etolmasdan.

Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,

Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.

Uchaman, uchaman samoni quchib,

Lekin hech kechmasman muhabbatimdan...
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:12 | Message # 64
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Yig'lar yurak, ho'rsinar yurak
sizsiz o'tar kundan og'rinib
ond ichmoqlik edi ne kerak?
Hudo haqi, sizni sog'indim.

menga bir so'z ayting ham demayman
bir umrga qayting ham demayman
bir ko'rmoqqa yillar yig'layman
hudo haqi, sizni sog'indim.

olib ketsin deya oq qushlar
tunni kutdim ko'rmoq uchun tush
hijron meni qafasda ushlar
hudo haqi, sizni sog'indim

ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar
suymaganim suykalib boqar
oh zorlarim eshigingiz qoqar
hudo haqi, sizni sog'indim

g'uncha-u gullar parvona
qush tilida honishlar aytdim
garchi bu so'z shoirona
lekin sizni sog'inib ketdim

zulmat tunda o'rtandi yurak
hayolimda faqat sevgilim
menga o'zi bilmayman ne kerak..
Hudo haqi, sizni sog'indim!
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:12 | Message # 65
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Sevishganlar xamma vaqt yetishsin o'z baxtiga,
Xamma vaqt sodiq qolsin bergan xar bir axdiga,
Allohim butun qilsin tegmasin ko'z baxtiga,
Sevishganlar kunida tabriklaymiz ularni.

Sevishganlar kunida tabriklaymiz ularni,
Allohim kam qilmasin baxtli qilsin sizlarni,
Shukrona qilaylik shu kunga yetkazdi bizlarni,
Ayyomingiz muborak shu kun sizga munorak.

Qizlarning ko'zida bo'lmasin bir tomchi yosh,
Yetardik baxtga xammasiga bersak bardosh,
Ayrilgan yurakga tun bo'lar xar kun sirdosh,
Sevishganlar kunida tabriklaymiz ularni.

Bazi insonlar bor yetmas baxtning qadriga,
Azob berar sevgiga vafo qilmas axdiga,
Ayrilmasin xechbiri yetsin xamma baxtiga,
Sevishganlar kunida tabriklaymiz ularni.

Ajoyib shu kunda xamma quvnoq va shodon,
Bilinar qunonchlar yuzlarida nomoyon,
Qani edi baxtimiz bo'lsa edi bir jaxon,
Sevishganlar kunida tabriklaymiz ularni.

Dillarimizda qolsin ushbu kunni quvonchi,
Insonni bir insonga yo'qolmasin ishonchi,
Insonni ko'ngliga sig'magay xech sevinchi,
Ayyom muborakdir bayram muborak.

Shu yerda tugatay sevishganlarga baxt tilab,
Butun umr buzilmas sabr ila axd tilab,
Shu kunni xammamiz o'tkizaylik yaxshilab,
Ayyomongiz muborak bayram muborak.
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:13 | Message # 66
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Yurakda nima dard, aslo bilmayman,

O'tib borar umr, parvo qilmayman.

Istayman, lek qalbdan yonib kulmayman,

Qanday balolarga etding mubtalo..?

Taqdir savdosiga og'riydi boshim,

Yuzlarimni yuvar ko'zdagi yoshim.

Bilmam, qayergacha yetar bardoshim,

Allohim! sen sabr bergil avvalo.

Rabbim sen o'zingsan yolg'iz panohim,

Kechir bilib bilmay qilgan gunohim.

Eshitgin qalbimdan yig'lagan ohim,

Qandayin dard berding menga bedavo..?
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:14 | Message # 67
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Айтолмадим, тишланди тилим

Бугун менинг андухим дўстим

Севмасликка етмади кучим

Кечир мени оғринган кўнглим

Яна машшоқ қилди мухаббат

Қўлларимга тутқазиб торим

Беаёвдир ишқим бешавқат

Кечир мени йўқолган борим

Айро қолдим яна қувончдан

Ғам ғуссага уланар куним

Беқарордир яна ғурурим

Кечир мени ийманган дилим

Қайтиб келди сайёр балоим

Хаётим тинч, бўлганда сўлим

Маккор экан билсам мухаббат

Кечир мени ишонган кўнглим

Армон дилда топажак қўним

Хам кўмарман қайта орзуим

Яна жазоладим сени ишончим

Кечир мени соддадил ишқим

Алғов-далғов яна сўзларим

Тилкаланар севгидан жисмим

Севмасликка етмади кучим

Кечир мени алданган севгим!

Сўнгги нажот тарк этиб жоним

Озор бўлар армондан бир дил

Севмасликка етмади кучим

Кечир мени оғринган кўнгил

 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:18 | Message # 68
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Meni unutmang baxtsiz bolsamda
Meni unutmang tashlab ketsamda
Meni unutmang yillar otsada
Meni unutmang yolgiz qolsamda
Yillar otib baxtli bolasiz
Shirin shakar farzand korasiz
Ayoliz bolar sizga mehribon
Bu kunlarni hali kormaganday bolasiz

Azizim meni yolgiz qoldirmang ketmang
Songgi bor ham men bilan yashang
Men yurgan yollarda illo siz yurmang
Baxtli boling Azizim meni unutmang.
Yuragizni siz ezmang
U yoq deb endi koz yosh ham tokmang
Men hali qaytaman yosh bola bolib
Men sizni sevaman bir oshiq bolib
Mayli taqdir menni qiynasin netaman
Sizni tashlab bir kuni albat qaytaman
Oshanda korasiz xursand bolasiz
Men sizni sevaman buni bilasiz
Umrim tugab bormoqda Jonim
Qiynalib yiglamoqda bu bagru qonim
Essiz men hali bir yoshman godakman
Ota onam buvimni tark etayapman
Unutmang Azizlar bu dunyo otar
Siz va men albatta u olib ketar
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:19 | Message # 69
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Shidad ili qalbima kirganig uchun,
Yuragm dardin bilganig uchun.
Yagona malhamim bo'lganing uchun,
Muhabbatingdan panoh topkanman.
Dunyoning bor dard qalbimga tolsa,
Alamlardan bag'rim pora bolsa.
Garch hamma menga hiyonat qilsa,
Muhabbatingdan panoh topaman.
Agar kimdur otsa tuhmat toshni,
Sinasalar yuragm bardoshni.
Korsatmay xech ko'zim yoshini,
Muhabbatingdan panox topkanman.
Sen deganmda yuragim toshsa,
Nogohon xislarim hadidan oshsa.
Oydin kechalarda uyqum qochsa,
Muhabbatingdan panoh topkanman.
Aslo ko'rsatmasdan ko'zlarimda nam,
Qadrimni rom etkan sarhush navosan.
Sizga suyanaman mehribonginam,
Muhabbatingdan panoh topaman.
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:20 | Message # 70
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Фақат кўнгилгина гапингизга қулоқ тутмайди. Сўзингизни тушунмайди, ўз билганини қилади. У ҳамиша мағрур...

Бу ҳаётда қанча-қанча йиллар ўтса ҳам сиз беихтиёр уни ёдга оласиз, эслайсиз, ўйлайверасиз. У ўша кўнглингизга қадрдон, илк изтироб - биринчи муҳаббат. Сиз талпиниб ета олмаган, армон бўлган муҳаббат.

Севмаганнинг ўзи йўқ, бўлмайди ҳам, бу ҳаётда. Лола юзлар, ҳуркак кўзлар, хандон кулишлар-у, нозли боқишлар батамом банд этганди, хаёлингизни. Соддагина, беозоргина кўнгилдаги қиз...

Кўнгил дегани шод эди, бахтиёр эди. Қувонгандан-қувонарди, самоларда кезиб юрарди, ўшанда. Узундан-узун ёзилган хатлар, шоирона битилган шеърлар... Кўнгил ноласи эди, улар. Лекин... тақдир экан, армон бўлиб қолди ўша қиз...

Йўқотиб қўйдингиз уни. Ўйингиз, хаёлингиз сарсон-саргардон кезади. Қулоқларингиз унинг овозини эшитишга, лабларингиз унинг номини айтишга интилаверади. Ажиб, бир соғинч ҳисси қийнайди Сизни. Хаста юрак таскин топмайди. Ўша ёрқин чеҳрани учратишга интиқ бўлиб умидвор кўзлар атрофга маъюс боқади. Узоқ-узоқларга тикилади, тикилаверади.

Оқшомлари самода сон-саноқсиз юлдузлар порлаб туради. Улар орасида эса хира тортган бир юлдуз хаёлингизни олади. Бу ўша юлдуз - биринчи муҳаббат. Уни эса кўнглингиз танлаган, юрагингизда яшаяпти, Сиздан сўнгги ёдгорлик, бир уюм тупроқда ҳам яшайверади.

Биринчи муҳаббат - бор муҳаббат!
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:22 | Message # 71
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Xar kuni kutadi sizni bu yurak
Yurakni ichida xar nafas faqat br
tilak
Ulgincha sizni bIr kurmmog'i kerak
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Yurak sizni uylab qurib
bormoqda
Alamli xayoti tugap qolmoqda
Kundan kun xayotdan sovub
qolmoqda
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Xayollar br zumga yolg'iz
quymaydi
Bu xayollardan esa kechib
bulmaydi
Sizga bulgan sevgim xechxam
ulmaydi
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Suratiz eslatar kuzlariz menga
Dunyo bunchalar tor uxwamas
kengga
Goxo dalda bular onajonim
menga
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Endi meni kuzlarim namdur
UL baxtli kunlarimiz
qaytmasaxamdur
Sizsizlik xayotim men u.n
g'amdur
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Lazattli onlarim tugadi bildim
Baxtingiz tilabon duoda buldim
Borligizga ALLOXGA wukrlar
qildim
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Sizni uchratganimga afsus
qilmadim
Balki men nowukur sizni qadriz
bilmadim
Nega sizni maxkam quchib
turmadim...
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Tawqarida maydalab
yog'moqdadur qor
Sizga aytolmagan qorday
suzlarim bor
Endi qanday aytay qilamanku or
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Bugun sizdan anchalar
yiroqdadurman
Oxiri kurinmas firoqdadurman
Butun vujudim ila
titroqdadurman
Sog'inchim sababchisi sog'indim
sizni
Sevgi azoblari qiynamoqda meni
Otawin Öt kabi yondirar meni
ltimos kechiring kechiring
kechiring meni
Men baxtsiz bugun judaxam
sog'indim sizni. . .
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:23 | Message # 72
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Kelaman Degandiz - Kelmadiz Nega,
Javobsiz Sevgimni Qoldirdiz Kimga.
Siz Kettiz Zor Bo'ldim Yo'llaringizga,
Har Kecha Termulib B i t t a Rasmizga.

Kelasiz Bilaman Meni Eslaysiz,
Yolg'iz Qolgan Yuragim Buncha Ezasiz.
Mayli Qiynang Sog'inchli Bu Ko'zlaringizni,
Xech Bo'lmasa Bir Bora Ko'rsam Q a n i y d i.

Sizni Kutaman Qiynasangiz Ham,
Yuragim Dardini Bilmasangiz Ham.
Siz Borsiz Bu Yurak Siz Ila Yashar,
Bo'lmasa Bu Yurak Menga Ne K e r a k.

Shu Kecha Sog'indim Juda Sog'indim,
Unutolmadim Xech Qora Ko'zlariz.
O'shanda Aytgandiz Sevaman Deya,
O'lsam Ham Xech Kimga Bermayman D e y a.

Nahotki Yolg'onmi Aytgan So'zlariz,
Balki Unutdingizmi Mening Borligim.
Berayin Men Sizga Jonu Jahonim,
Faqat Iltimosim Bor-Keling S e v g i l i m.

Kutaman Har Doim Sizni Kechalar,
Ko'zlarimni Uyqu - Takr Etgan Tunlar.
Qarayman Yo'lingiz Ko'zimga Surtib,
Menga Jonim Ayriliqni Ko'rdizmi R a v o.

Mayli Siz Unuting - Beozor Qalbim,
O'zim Yig'lasamda Yonib-Kuysamda.
Sizga Atayman Bor,Shirin So'zlarim,
Yuragimda Yashaysiz Mening S e v g i l i m.

Ketar Bo'lsayz Unutmang Chin Muhabbatim,
Sizga Atab Yozdim Bu-Dardli Sherlarim.
Menga Faqat Estalikka - Butun Umirga,
Qoldirsangiz Sochingizni-Bir dona T o l a s i n i...
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:24 | Message # 73
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Jonim ketar omatlik,
Faqat iymon qiyomatlik,
Ikki dunyo xiyonatlik,
Muhabbatga achimanan.

Eh muhabbat… Sen nega qalbimga xuddi iymonimdek chuqur o’rnashmading...
Qalbimda sen uchun yaralgan xona eshiklariga "Xiyonat qulfi” solinmaganida edi…
Ikki dunyoda ham qalbim to’rida seni ardoqlab yashardim… Balki…
Toki bu eshikda "Xiyonat qulfi” turar ekan senga achinib yashashga majburman…

Sarson dillar aro
Kuygan yolg’on tillar aro
Shuncha o’tgan yillar aro
Muhabbatga achimanan

Dillarimizmi armon bog’larida hazon bo’lishiga, tillarimizni esa achchiq yolg’on zahridan kuyishiga sabab bo’lgan "Xiyonat qulfi”ga o’tgan yillar davomida kalit izladim… Lekin… Topolmadim... Meni kechir Muhabbat…
Bir umr qalbi eshiklaridan "Xiyonat qulfi”ni olib tashlolmaydigan…
Sen sabab tirik lekin seni qalbi to’riga joylay olmaydigan…
Hijron saxrosida "Xiyonat qulfi” ga kalit izlasada ammo bir umr topolmaydigan… Majnuningni kechir Muhabbat…

Majnun ko’zin qum ko’madi
Meni do’sti shum ko’madi
O’lsa uni kim ko’madi
Muhabbatga achimanan

Bir kun kelib bu tanamdagi jon ham meni tark aylar…
Meni do’stlarim tanigan tanimagan yaqinlarim dafn etar…
Biroq sen o’lsang kim ko’madi … Menmi?
Seni dafn etilmagan jasadingni telba shaqollar titkilayotganini ko’rsada ularga qarshilik qilolmaydigan , faqat senga achinib yeg’laydigan men ko’mammi…
Qalbidagi "Xiyonat qulfi” sabab tirik bo’lsangda senga yaqinlasholmagan o’lganning keyin seni dafn eta olmaydiku…
Muhabat meni jonim uzulgunga qadar yashagin… Iltimos sendan…
Shuncha yillar senga achinib yashagan bir oshiq bu dunyoni tark ettaganida unga sen ham achinib yeg’lagin Muhabbat…
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:25 | Message # 74
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Kuz ham kelmay hazon to’ldi bu bo’glarga
Sho’rlik yurak to’lib ketdi xun dog’larda
Boshim olib ketsammikan sahrolarga.
Xiyonatkor go’zallarning borligidan

Kimnidir sevasan. Ishqida yonasan. Hajrida kuyasan. Bazida o’zindan ham tonasan. Joningni fido ham qilasan. Shuncha fidoiylik evaziga esa xiyonat bilan siylanasan. Yuraginda xun olish istagi bilan ayriliq sahrosida umrbod qolib ketasan.
Bularga sabab muhabbat sharobidan qalbingda tuygan rohatbaxsh tuyg’u aql ko’zlaringni ko’r qilganimi yoki boshqa buni faqat boshing toshga tekkanida bilasan. Biroq unda kech bo’ladi…

Shayton sabab makri bo’ldi ayol tomon
Ne yigitlar holi zabun, rangi samon
Ne bokira ayollar ham bo’ldi yomon
Xiyonatkor go’zallarnig borligidan

Ul hurliqoni makrlari oldida manaman degan yigitlar ham ip esholmay qoladi. Sen esa navbatdagi o’lja bo’lganingni bilmaysan. Buni bilasan qachonki yangi o’lja uning to’riga ilinganda. Shunga qadar unga boringni shaylab, istaklarin bajo aylab yuravesan.
So’ngi damda shunday ustomonlik bilan xayrlashadiki unga hatto qo’lingni uchini tekkazguday bo’lsang, barbod umrningga butunlay nuqta qo’yishga majbur bo’lasan.
Undan bir amallab voz kecharsan, lekin davom etayotgan hayotinda senga uchragan malaklarga Xiyonatkor go’zalga qaraganday qarab o’tasan. Bu o’sha "Lanati sevging” mevasi bo’ladi.

Ogohmikin bu go’zallar qiyomatdan
Nega endi yuz burarlar diyonatdan
Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan
Xiyonatkor bir go’zalga yorligidan

Xiyonatdan ado bo’lgan yuraging baribir uni qumsayveradi. Oldiga ham borasan hijron tunlarida. Biroq endi uni bag’rida sen emas boshqa. Shu onda ko’zlaring to’ladi yoshga. Yana ne-ne azob tushadi boshga… Bularga chidayolmay dod solasan dunyoga…
Bu azoblardan qutulish uchun xatto o’z joningga qasd qilishni o’ylaysan.
Biroq bundan foyda bormi ? Ha bor.
Sen bu qilgan ishingdan so’ng qiyomatda to'rg'i do’zaxga tushasan. Mana foyda….
O’lim so’ngi chora emas. Bir qiz umringga nuqta qo’yishinga arzimaydi. Sen o’lib ketarsan lek u ortindan o’zini o’ldirmaydiku. Xatto eslamasa ham kerak. Chunki u uchun hechkimsan.

Bo’lib o’tgan voqealarni shunday qabul qilginki ular sen uchun eslashga arzimaydigan bir tush bo’lib qo’lsin.

Tushlarimda ko’rdim faqat Laylolarni
Chin yor uchun joni fido Zuhrolarni
O’xshashini topmadim Ranolarni
Xiyonatkor go’zallarnig borligidan

Bilaman xiyonatni va uni qalbingga joylagan go’zalni unitish qiyin…
Lekin shuni ham bilamanki… Bir kun seni Xiyonatning azobli zindonidan ozod qilgani Laylodak go’zal, Zuhrodak oqila, Ranodak vafodor bir "Farishta” keladi… Sen uni kutsang bo’lgani… U seni albatta topadi… Biroq bunga biroz vaqt kerak…
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:26 | Message # 75
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Soyalar mamlakatida senga yetisholmay, yolg’iz yurgandan ko’ra bu oqshom o’lganim maqul.
Bu yerda har bir soyaning o’z egasi bor faqat men yo’lgi’zman.
Sababi sen so’yang bo’lishimni istamading. Shu sabab bu mamlakatda yagona va eng bahtsiz soya menman.
Bu ham yetmaganday yolg’izligim sabab bahtli soyalar men bilan gaplashishni istashmaydi.
Tanholikda azobda yashashga majbur bir soya bilan kimni ham dardlash kisi kelardi….

Har oqshom soyalar baht gulhani atfofida to’planishadi va o’z egalariga qanday qilib ajralmas soyaga aylaganliklari bilan bog’liq hikoyalarni so’zlashadi. Men bu hikoyalar uzoqdan zavq bilan tinglayman. Ularga havas bilan turmulgancha uyquga ketaman…
Har oqshom bir hil tush ko’raman. Tushumda men sening ajralmas soyanga aylanib, Baht gulhani oldida buni soyalarga so’zlab beraman… Qaniydi o’ngimda shunday bo’lsa edi… deb uygo’naman…

Tanholikda azobda yashashga endi chidoyolmayman…
Bugun tunda o’zimni baht gulhaniga otaman va yonib kulga aylanam…
Mana yana hamma soyalar to’plandi… Baht gulhani ham lovullab yonmoqda…
Qachongacha tunlari azobda, kunlari hijronda qiynalibyashaydigan soya bo’lib yashayman. Bo’ldi qarorim qat’iy yonib o’lgan afzal bunday yashagandan ko’ra…
Yonib yonib kulga aylansam qutularman bu azoblardan zora…
Ko’zlarimni chirt yumdimu o’zimni olovga ottim…

Hayr endi… Men havas qilgan qadrdon soyalar… Hayr endi… Tanholikda o’tgan kunlarim… Hayr endi… Men sevgan va meni soyasiga aynalishimni istamagan Go’zal… O’zinga munosib bir bahtli soya topgin… Hayr endi…

Baht olovida yonayotgan vujudim tuyayotgan ogriq egasiz soya bo’lib yurgan paytlarimdagi azoblar oldida hech narsa emas ekan…
Va nihoyat hammasidan qutuldim…
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:27 | Message # 76
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlarlar kunlarga, kunlar oylarga , oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…

Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding
Yolg’on ersa agar barcha sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…

Sevgini ovunchoq etar beboshlar
Unuttim derkanu yangisin boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…
Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…

Men uchun sen hamon farqlisan ishon
Har joyda xotirang qalbimda yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen olding
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:27 | Message # 77
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Nechun buncha yuragingiz
bezovta, ona?
Sozlaringiz buncha achchiq,
serzarda, ona?
Nahot men deb ,
hayotingiz ozorda, ona?!
Mendan voz kechmang …
Kechmang Onajon!
Mendan kechmang, boshingizga
bolish bolay man,
Tunlar sizga ovunch bolib ,
kunday tolay man,
Izn bering keng dunyoni bir bor
koray man,
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Hali yog`ib ulgurmagan
laylak qorman-ku?
Gar tug`ulsam, sizga suyanch
nomus, orman-ku!
Gunoh qilib ulgurmagan
gunohkorman-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Men-ku qo`rqib yig`layapman,
Siz sezmaysiz-mu?!
Yuragingiz silap tursam
his etmaysiz-mu?
Meni Alloh berdi,
ayting voz kechmaysiz-mu?!
Nechun buncha yuragingiz
bezovta, ona?
Sozlaringiz buncha achchiq,
serzarda, ona?
Nahot men deb ,
hayotingiz ozorda, ona?!
Mendan voz kechmang …
Kechmang Onajon!
Mendan kechmang, boshingizga
bolish bolay man,
Tunlar sizga ovunch bolib ,
kunday tolay man,
Izn bering keng dunyoni bir bor
koray man,
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Hali yog`ib ulgurmagan
laylak qorman-ku?
Gar tug`ulsam, sizga suyanch
nomus, orman-ku!
Gunoh qilib ulgurmagan
gunohkorman-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Men-ku qo`rqib yig`layapman,
Siz sezmaysiz-mu?!
Yuragingiz silap tursam
his etmaysiz-mu?
Meni Alloh berdi,
ayting voz kechmaysiz-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Nahot diydor nasib etmas
baxti qoraman,
Sizdan bunyod bo`lgan
parcha jigarporaman,
Qo`lingizdan tutib, HAJGA
olib boraman…
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Ko`zlaringiz ko`rgim kelar,
ona qanchalar…
Bag`ringizda kulgim kelar,
ona qanchalar.
Nahot meni yulib olsa.
temir parchalar?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!

Kechmang Onajon!
Nahot diydor nasib etmas
baxti qoraman,
Sizdan bunyod bo`lgan
parcha jigarporaman,
Qo`lingizdan tutib, HAJGA
olib boraman…
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Ko`zlaringiz ko`rgim kelar,
ona qanchalar…
Bag`ringizda kulgim kelar,
ona qanchalar.
Nahot meni yulib olsa.
temir parchalar?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
 
OshiqYigitDate: Yakshanba, 11-Mar-2012, 18:29 | Message # 78
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ketmoqdasiz ko`zlarimni yoshga to`ldirib
murg`akgina sof sevgimni bevaqt o`ldirib
yuragimni azoblarga solib kuydirib
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

yashaymanmi nafasimni xovuchlab endi
orzuimga yetmay turib armonim keldi
qani ayting axir meni aybim ne edi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

gaplashardik vaqtni bilmay xattoki tunda
ko`chamizdan o`tardingiz soatlab kunda
shirin damlar o`tib ketti nahot bir zumda
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

so`zlaringiz sehirlab hayolim oldi
pok qalbimga ishqning mehrini soldi
endi shu tuyg`udan ayting ne qoldi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

meni sevishni o`zinggizga or bildingiz
muhabbatim qo`llarizda xor qildingiz
keng dunyoni ko`zlarimga tor qildingiz
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

hasratlarim alamimdan toshib ketti
hayollarim o`ylarimdan shoshib ketti
bu fe'lingiz xammasidan oshib ketti
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

sog`inaman mahkam bosib suratingizni
nogoh eslab mag`rur savlatingizni
endi qanday unutayin siyratingizni
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

xech vafoni tinglamapman so`zlaringizdan
o`zga yorni anglamapman ko`zlaringizdan
hammasi ayon ekan shundoq yuzlaringizdan
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

yuragingiz o`zga deya sevgimdan tondi
yolg`oningiz muhabbatim sug`irib oldi
sizdan faqat jonim shirin xotira qoldi
ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib

kun keladi barchasini eslarsiz xam
o`sha guldan iforimni izlarsiz xam
xato qildim deya xali kelarsiz xam
sizga shunda vafolarim buladi kam
men ketaman sizni yig`latib uni kuldirib
 
OshiqYigitDate: Shanba, 17-Mar-2012, 22:50 | Message # 79
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Yo'qotilgan Baxtim

Mana bugun jonginam sizni yana esladim,
Xar bir aytgan so'zlariz kulishlariz esladim.
San yagona yorimsan ko'zlarimni nurisan,
Degan so'zlariz xamon quloqlarim ostida.

Siz bergan oppoq gullar ketganizda so'lishdi,
Shu gullarga qo'shildim barglarimni uzishdi .
Sevgiling kelmaydimi deb ustimdan kulishdi,
Siz kelmaysiz hech qachon boshqalar xam bilishdi.

Rashk qilardiz xammadan xato esgan shamoldan,
Nega jonim ketdingiz alamli bu dunyodan.
Sizsiz huvillab qolgan bizni sevgi bog'imiz,
Gullari ochilmagan quyosh nuri yetmagan.

Sizni mehringiz bilan ochilardi bu gullar,
Siz ketgach gul o'rnini egallagan tikanlar.
Bog'imizda daraxtdan to'kilmoqda xazonlar,
Sizsiz esa yuragim tinmay meni qiynoqlar.

Bu dunyodan ketmoqni istab yurgan kezlarim,
Yodimga tushib ketdi sizga aytgan so'zlarim.
Siz ketsangiz bormayman aslo sizni yonizga,
Siz sevsangiz kelasiz menday yagonangizga.

Bilaman siz kelmaysiz men xamon kutmoqdaman,
Balki aqldan ozdim manzilga yetmoqdaman.
Ko'zlarimda to'la yosh osmonga uchmoqdaman,
Yana bir qadam qoldi sizni men quchmoqdaman.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 17-Mar-2012, 22:50 | Message # 80
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....

Quvonch emas qayg'uga hamroh bo'ldim

Yahshigamas, yomonga gumroh bo'ldim

O'zgalarmas, nega aynan men o'ldim?

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Nasib etdi faqat ayriliq menga

Bahtli onlar hamrohdir faqat senga

Visol lahzalari nasibdur kimga?

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Qismatim Zaynabga o'hshab ketadi

Kumush ko'zlarimni yoshlab ketadi

Otabegim meni tashlab ketadi

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Laylilar Majnunga yetdi tobora

Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora

Yolg'iz Oysha seni deya ovvora

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Sensiz yashay olish qo'limdan kelmas

Ko'zimdagi yoshku soydagi selmas

Sog'inib, sevganim bevafo bilmas

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....

Hayr degan edim, alvido emas

Dildagi gaplarim bir nido emas

Bu dunyoda meni g'amlar ham sevmas

Agar senga o'hshasam,

men o'zimni sevardim.....
 
SAKINADate: Seshanba, 15-May-2012, 02:23 | Message # 81
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Chindan yoqib qolgan edingiz,
Yoqib utga solgan edingiz,
Suramasdan olgan edingiz,
Yuragimni qaytarib bering
Dardim ko'pdir dardman bular kim,
Sodiq sirdow bulolmas har kim,
Boshqa ermak toparsiz balkim,
Yuragimni qaytarib bering,
Ildizi yuq gulga uxshayman,
Tik boshimni egmoqqa shayman,
Ahir bedil qandoq yashayman,
Yuragimni qaytarib bering.
 
SAKINADate: Seshanba, 15-May-2012, 02:24 | Message # 82
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Bugun seni unutmoqchiman,
Hayolindan ketsin hayoling.
Tushlarimga kirmagin endi,
Qadrimizga yetsin hayoling.

Javondagi suratni oldim,
Kulib qarab turibsan yana.
Faqat bu gal jilmayolmadim,
Hafa bo`lgan edim rostmana.

Vahimaga tushdi surating,
Parcha-parcha qildim uni men.
Bir keraksiz matoh deb uni,
Indamasdan o`tga tashladim.

Surat emas yuragim yondi,
Yana seni o`ylay boshladim
Ko'ksimda toki bu yurak urar,
Ko'zlarim toki yorug'lik ko'rar,

Seni sog'inirman Seni eslarman.
Orzu umidim borki hayotda,
Borki armonim otash yurakda,
Seni sog'inarman Seni eslarman.

Ushalsa kutganim,dilda niyatim,
Tirnasa qalbim,yaqin tutganim,
Seni sog'inarman,seni eslarman
Seni eslarman albat SOG'INIB
 
DURDONDate: Payshanba, 06-Sen-2012, 13:54 | Message # 83
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Қайнона билан келин
Ногоҳ айтишиб қолиб,
Кетди ота уйига
Келин боласин олиб.
Жиринглади телефон
Олди йигит онаси,
Қўнғироқ қилаётган
Ўғилнинг қайнонаси:
“Ассалому алайкум,
Қудажоним, айланай,
Муллакамлар омонми?
Куёв ўғлоним қалай?
Болалар етиб келди,
Ўтиришибди, мана,
Гурунглашиб яйрардик,
Бирга келганингизда.
Набирангиз бир ширин,
Катта қилиб қўйибсиз,
Ёқимтойлигин кўринг,
Қуйиб қўйган ўзингиз.
Куёв боламга ўхшаб,
Ақл чиқар кўзидан,
Бобосига тортган-да,
Нур ёғилар юзидан.
Омон бўлинг бахтимга,
Раҳмат, сизга қудажон,
Қизингиз гул-гул яшнаб,
Сиздан келтирди салом.
Нега келганин билдим,
Қўлимда “адаб чўп”и,
Ҳар нарсаси бормиш-у,
Тугаб қопти “хўп-хўп”и.
“Хўп-хўп”сиз қолган бўлса, Қийнагандур сизни ҳам,
Сал бўлмаса хижолат
Қилар экан бизни ҳам.
Яхшиям жўнатибсиз,
Тахминимиз чин чиқди,
Кўнглига қўл солгандик,
“Кибр” деган жин чиқди.
Ҳозир ўша жинини,
Бўғибгина ўлдирдик,
Қўйни-қўнжи, чўнтагин,
“Хўп-хўп” билан тўлдирдик.
Қиз узатган ҳовлида
Баланд-пастни кўрганмиз,
Томорқанинг барига,
“Хўп-хўп” экиб қўйганмиз.
Уй-жойимиз “хўп-хўп”дан, “Хўп-хўп”дан сув, нонимиз,
Баъзида шу “хўп-хўп”нинг
Қўлидадир жонимиз.
Ғарам қилганмиз уйга,
Ўша “хўп хўп”ни териб,
Жўнатамиз қизларга,
Уч-тўрт тугунни бериб.
Болаларингизни ҳам,
Қудангиз олиб кетди,
Тўрт қоп “хўп бўлади”ни,
Мошинга солиб кетди.
Сиз - устоз, у - талаба,
Ҳар юмушни ўргатинг,
“Хўп хўп”и тугаб қолса,
Дарров менга жўнатинг.
Эй келин! “Хўп” деган сўз,
Уч ҳарфдан тузилган ,
Аммо унинг важидан,
Қанча уйлар бузилган.
Доно бўлсанг “хўп-хўп”ни,
Бошингдаги “тож” деб бил,
Агар бахтли бўлмасанг
Марҳабо холанг кафил.


 
SevaraDate: Shanba, 15-Sen-2012, 10:41 | Message # 84
Orta tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 46
Status:
Hoqonu, sultonlar kokraklar kerib,
Dunyoni changitib otib ketishdi.
Oylasam, dunyoni ularga berib,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyo kimlargadir tuyuldi qafas,
Ba'zilar qalbiga ornashdi havas.
Qasrlar oshig'i - Firavn emas,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Boylikka kongil qoy, ammo bir kecha,
Kozin ochilmaydi yumgan holingcha.
Garchi bu o'yinda turli natija,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyoni ortiqcha baholadilar,
O'liklar qabrini daxoladilar.
Pastnazar kimsalar xaxoladilar,
FAqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bir-birin pul deya pichoqlaganlar,
Kongil mehvarini pachoqlaganlar.
Qani bu dunyoni quchoqlaganlar,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Kuy - qo'shiq ostida hofizlar qator,
Tashna ko'ngillarda tarqatib gubor.
Vale o'zlariga tikibdilar dor,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Hammani aldablar, oxir oqibat,
Shuaro holinda yo'qoldi rohat.
Yana bir umid-la, qaradim, faqat,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bilmam ne topmishlar dunyoni tortib,
Buyuk kibr ila saman ot yortib.
To'rva xalatasini yelkaga ortib,
Faqat taqvodolar yurib ketishdi.
Kimdir shodlansa-da ko'milib oqqa,
Yetti yot misoli alam, firoqqa.
Bir xil narx berilmish boqmang qayoqqa:
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bu millat bir erur, rusmi yo dungan,
Yo Xitoy elinda uygur tugilgan.
Dunyoning narxini to'gri tushungan,
Faqat taqvodorlar yutib ketishgan.
Chingizning faryodi olamni tutdi,
Ammo yer uni-da xo'p oson yutdi.
Yuz yillik umrlar ko'z yumib o'tdi,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Bir zamon ko'rinsa hapqirgan yurak,
Napaleon qabrida qoldimi suyak.
Yulduz-u yer guvoh,shohidlar falak.
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Yetti iqlimdagi eng kibor hokim,
Umr poyonida shivirladi jim.
"O'lim kelganida rohatlangan kim?"
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.
Dunyo, tarifing ko'p, tinglab kulaman,
Gohida tushunmay g'amgin bo'laman.
Ertaging oxirin axir bilaman,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.


 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:37 | Message # 85
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:

Ёниб севдим бўлди хато.
Сиздан кўрдим фақат жафо.
Меҳр бердим, бўлдим фидо,
Қани сизда аҳду-вафо ?

Шум қарғалар олиб кетар,
Шумлигини қўймайди.
Ташна қалбим куяр, ёнар,
Ишқингизга тўймайди.

Қарғаларга эргашасиз,
Қулоқ солмай зоримга.
Ширин дамлар бир хотира,
Келманг энди ёнимга …
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:39 | Message # 86
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Соғинганда сизни

Соғинганда сизни жоним гоҳида,
Тушингизга кириб севгим айтаман.
Тонги шамол бўлиб саҳар чоғида ,
Сочингизни силаб, силаб қайтаман.

Ёмғир ёғса тинмай, томчиларида
Сезмайсизми жоним, шивирларимни?
Лабингиздан ўтли бўсалар олиб,
Хайрли тонг тилаб қайтаман.
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:47 | Message # 87
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
АРМОН

Дил тўлғанар, қалб ўртанар,
Қийнар мени армоним.
Севиб жондан, кечдим сиздан,
Жондан азиз султоним.

Соғинганда излаб келиб,
Шод этдингиз кунглимни.
Вайрон эдим, обод этиб,
Ёритдингиз дилимни.

Остонангни кўзга суртдим,
Қолганми деб изингиз.
Хотирамда муҳрланди,
Ҳар бир айтган сўзингиз.

Хаёлда мен пешвоз чиқиб,
Осилдим бўйнингизга.
Тўхтамай кўз ёшларим
Тўкилди қўйнингизга.

Мен ҳас бўлдим, тўпроқ бўлдим.
Ўйнадим пойингизда.
Ҳазон бўлдим, япроқ бўлдим,
Ҳам окдим сойингизда.

Васлингизда маликаман.
Кетсангиз бағрим куйди.
Гўё нур бериб чақмоқ,
Лек осмон бағрин ўйди.

Жоним ҳаёт бошқа екан.
Бошқача ерур ҳаёл.
Андишани ўйлар екан,
Ёш ўтган сари аёл.

Ота – онам қилар номус,
Бошини егиб қўйдим.
Жигарларим бўлар ҳомуш,
Ғурурин тўкиб қўйдим.

Сўз демаслар ўзимга
«Ярим бахт» дея куяр.
Не дей юрак сўзимга?
Қалбим бир сизни суяр.

Мажруҳ дилим ўртайди,
Фарзандингиз ноласи.
Ишқимиздан ёшга тўлмиш,
Икки кўзнинг қароси .

Фарзандингиз- дилбандингиз
Кўзларини ёшламанг.
Майли кетинг мени ташлаб,
Улар кўнглин ғашламанг.

Кулиб юрсин, бахтга тўлсин,
Меҳр ёғсин кўзидан.
Жоним берай, айланайин
«Ота» деган сўзидан.

Кўзингизда нечун нам?
Мен деб ўзни қийнаманг.
Севгингизни туйиб ман,
Бахт нелигин билганман.

Елкангизга бошим қўйиб,
Тоғ нелигин хис қилдим.
Ўртанманг азоб чекманг.
Сиз билан бахтли бўлдим.

Ўзгаларнинг бахтин ўйлаб,
Мен ўзимни овутдим.
Шу сабаб шубҳа солиб,
Сизни ўздан совутдим.

Оғринтириб дилингизни.
Кўзимдан ёш тингани йўқ.
Қарғаманг ғарибингиз,
Ўзганики бўлганим йўқ.

Ростин айтсам виждон қийнар.
Ёнганларим етар бас!
Ўзгаларни зор қақшатиб,
Келгувчи бахт керакмас!

Ишқда ёндик оловландик,
Севгимиз бир ҳавасмас.
Зайнабларнинг фитналари
Кўз ёшимга арзимас.

Сиз дил ярим, мен дил ярим,
У дил ярим, билгайман.
Кумуш бўлдим, Отабегим
Бахтинг учун ўлгайман.

Жоним менинг, ёрим менинг,
Бўлсин сизга жоним фидо!
Дилим йиғлар, бағрим тиғлар,
Сўнги сўзим: АЛВИДО !!!
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:51 | Message # 88
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Кўксимда Саҳрои Кабир


Севги кимларга ором ва бахтдир,
Лек мен учун азоб ва аччиқ тақдир.
Сиздан гўзал бир ишқ излаган эдим,
Кўксимда кўз очди Саҳрои Кабир.

Молу- давлат, дунё сўрамагандим.
Сўраганим фақат заррача меҳр.
Ғуссалар учун яралганмидим?!
Яна алдандим-а, куйдику бағр.

Қоп-қора зимистон этдику қаранг,
Кўксимга сиз отган захар ўқ энди.
Майли алдайверинг, тўйгунча алданг...
Қувончу-кайғунинг фарқи йўқ энди.
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:52 | Message # 89
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Изламанг қабрларимдан

Соғиниб, соғиниб, соғинмай қўйгум.
Соғинчимни еб битирар, қайғу аламим.
Жавобсиз севгидан кун келар тўйгум,
Фақат сиз ранжиманг соғинчларимдан.

Қайғуга ёр бўлиб сиздан кетай ман,
Сиз йуқ жойларда айтинг нетай ман?!,
Охири бир куни ёниб кетай ман,
Фақат сиз ранжиманг қайғуларимдан.

Бир бахтли кун тугар сабру бардошим,
Қуриб битдику аҳир кўздаги ёшим.
Сизни кутиб ўтди қирқдан ҳам ёшим.
Фақат сиз ранжиманг бардошларимдан.

Ишонинг ҳар куни минг бор ўлдим ман,
Ёлвордим «етказ» деб оққушлардан ман,
Сизчи? Билмадингиз кутганларим ҳам,
Фақат сиз ранжиманг кутганларимдан.

Бари бир келмайсиз…, кўзимда қабр,
Севдим десам билмайсиз…, сўзимда қабр,
Ишончим тўлғанар, йиғлайди сабр,
Мен кетгач изламанг қабрларимдан.

Кўнгил кечмас, сиздан жафо кўрсамда,
Севгим яшар гарчи ўзим ўлсамда.
Сиз деб жаннатларда нола қилсамда,
Фақат сиз ранжиманг муҳаббатимдан.
 
SAKINADate: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:54 | Message # 90
Yangilardan
Group: IJODKOR
Messages: 2592
Status:
Титраб турибди севгим

Тикон ботди, гул узгандим гулзорингиздан,
Бахт топмадим нетай сизнинг бозорингиздан.
Юрагим тўлиб кетди озорингиздан,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Хиёнатнинг кўчасида оқиб кетдингиз,
Гуноҳларнинг гирдобида ботиб кетдингиз.
Бизни ташлаб қай манзилга бориб етдингиз,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим.

Уйингизнинг остонасин тўлдириб хазон
Илдиз отиб беор гуллар этибди макон.
Устингиздан кулар бўлди жумлаи жаҳон
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Ёлгизим деб ишқингизни дилда асрасам,
Никохимиз ҳақи учун такрор асрасам,
Топтайсиз-а, гарчи уни минг бор асрасам,
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!

Шод кунимда бирга бўлолмайсиз ҳам,
Малҳам бўлолмайсиз келганида ғам,
Нени кутай энди ундан эй қодир Эгам?
Киприкдаги ёшдек титраб қолди-ку севгим!
 
Search: