BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
|
|
Jamila | Date: Chorshanba, 03-Mar-2010, 21:21 | Message # 31 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 26-DARS Mavzu: TAHORATNI FARZLARI - Tahorat farzlari nechta? - To’rtta: yuzni yuvmoq, qo’lni yuvmoq, boshni ho’llamoq, oyoqni poklamoq. -Yuz yuvish tartiblari qanday? - Yuzning peshonadan iyakkacha bo’lgan ochiq qismi yuvilishi lozim. Soqol-mo’ylovlarga mash tortiladi. - Qo’llarning yuvilish tartiblari qanday? - Panjalar uchidan tirsakkacha, tirsak ham, tirnoqlar orasi ham yuviladi. - Boshning ho’llanish tartibi qanday? - Boshning sochli qismining to’rtdan biriga mash tortilishi farz, hammasiga mash tortish sunnat. - Oyoqning qanchasi yuviladi? - Panjadan to’piqqacha, so’ng to’piqning o’zi ham. - Oyoqlarda mahsi yoki etik bo’lgan holda-chi? - Tahorat ketmasidan oldin kiyilgan bo’lsa, mash tortiladi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Chorshanba, 03-Mar-2010, 21:22 | Message # 32 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 27-DARS Mavzu: TAHORAT SUNNATLARI - Tahoratning sunnati nechta? - O’n sakkizta: 1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq. 2. Tahorat qilishni dilga tugmoq. 3. Qo’lni yuvmoq. 4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq. 5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq. 6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq. 7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq. 8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq. 9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq. 10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq. 11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq. 12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq. 13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq. 14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq tashqarisiga mash tortmoq. 15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq. 16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq. 17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik. 18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Payshanba, 04-Mar-2010, 19:42 | Message # 33 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 28-DARS Mavzu: TAHORATNING MUSTAHABLARI - Tahorat qay tarzda qilinsa, mustahab bo’ladi? - Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish; qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish; tahorat chog’i tobe’ va sertavoze’ turish. TAHORAT DUOLARI -Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi? Ushbu duo o’qiladi: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran». Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin». Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika». Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et». Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari». Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut». Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik». Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”. O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron». Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin». Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan». Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil». Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”. Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin». Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu». Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil». Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali». Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil». O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu». Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil». Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon». Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil». Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi: «Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikassolihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun». Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».
ღ♥.Jamila.♥ღ
Message edited by MuSiLmOnKa-M - Payshanba, 04-Mar-2010, 23:23 |
|
| |
Jamila | Date: Juma, 05-Mar-2010, 23:47 | Message # 34 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 29-DARS Mavzu: TAHORATDAGI MAKRUH AMALLAR - Tahoratda qaysi amallar makruhdir? - Ular sakkiztadir: 1. Suvni ko’p ishlatib, isrof qilmoq. 2. Burunni o’ng qo’l bilan yuvmoq. 3. Yuvilayotgan a’zolarni uch martadan ko’p yoki kam yuvmoq. 4. Boshga ikki marta mash tormoq. 5. Yuzga suvni qattiq chaplamoq. 6. Tahorat qilganda boshqa kishini ishga solmoq. 7. Tahorat chog’i dunyoviy so’zlarni so’zlamoq. 8. Tahorat chog’i suvga tuflamoq, unga burunni qoqmoq. TAHORATNI BUZUVCHI AMALLAR -Nimalar tahoratni buzadi? - Ularning soni o’n bittadir: 1. Orqa avratdan yel kelishi. 2. Najas chiqishi. 3. Badandan qon, yiring yoki sariq suv oqishi. 4. Burun yoki tishning qonashi. 5. Kasalligi sababli ko’zdan qon yo yiring yosh kelishi. 6. Qon qusish. 7. Og’iz to’ldirib taom qusish. 8. Yotib yoki suyanib uxlash. 9. Devona bo’lish yoki hushdan ketish. 10. Namoz chog’i ovoz chiqarib kulish. 11. Er-xotin qo’shilishi. TAHORATSIZ KISHI - Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni yoki Alloh taolo so’zlari yozilgan qog’ozni ushlashi joizmi? - Yo’q, ammo muqovasini ushlashi mumkin. - Tahoratsiz kishi Qur’oni karim oyatlarini o’zicha o’qishi mumkinmi? - Mumkin, lekin tayammum bilan o’qish undan yaxshiroqdir. -Tahoratsiz kishining masjidga kirishi, qabristonni ziyorat etishi mumkinmi? - Mumkin.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:50 | Message # 35 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 30-DARS Mavzu: MAHSI YOKI ETIKKA MASH TORTISH -Etik yoki mahsi kiygan kishi tahorat chog’i oyog’ini yuvishi lozimmi? - Yo’q. Mash tortilsa, kifoya. Ammo mahsi yoki etik tahorat bilan kiyilgan bo’lmog’i lozim. - Mash qanday tortiladi? - Ikki qo’l panjalari yaxshilab suvlanib, barmoq tarafdan to’piqqacha uch marta barmoq tortiladi. Mahsi yoki etik yuzi ham uch barmoq kengligida tozalanadi. - Tahorat bilan kiyilgan mahsi yoki etikka necha kun mash tortiladi? - Safarda bo’lmagan kishi 24 soat, uch kundan ortiq safarda bo’ladigan kishi 72 soat davomida mash tortishi mumkin. - Bu muddat mahsi kiyilgan paytdan hisoblanadimi? - Yo’q, birinchi tahorat buzilgan paytdan boshlanadi. - Mahsi yoki etikdan boshqa yana nimalarga mash tortish joiz? - Kigizli etikka, qo’njli kovushga, mahsi ustidan kiyilgan kovushga. - Mabodo mahsi yoki etik yirtilgan bo’lsa-chi? - Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa joiz emas, kam bo’lsa joiz. -Yirtiqlar kichik-kichik, ikki-uchta bo’lsa-chi? - Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa, yangidan tahorat qilinadi. - Agar teshiklari to’piqning yuqorisida bo’lsa-chi? - Mash tortiladi. - Mahsiga qachon mash tortib bo’lmaydi? - Mahsi o’z xizmatini bajara olmaydigan va tovon qo’njining yuqorisiga chiqib ketgan bo’lsa. - Agar tahorat ketmasdan mahsilar almashtirilsa, ya’ni yechilib bir oz muddatdan so’ng kiyilsa, tahorat buzilib, oyoq yuviladimi? - Yo’q.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:52 | Message # 36 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 31-DARS Mavzu:G'USL - G’uslning ma’nosi nima? - Butun badanni yuvish. - G’usl qay tariqa qilinadi? - 1. Avvalo, istinjo qilinadi. 2. So’ng qo’l yuviladi. 3. Tahorat qilinadi (bundan faqat oyoq yuvilishi mustasno). 4. Undan so’ng boshga, so’ngra o’ng yelkaga, so’ngra tanning boshqa a’zolariga suv yetkazilib, hamma joy yuviladi. 5. So’ng yana ikki marta shu tariqa yuviniladi. 6. Yakunda oyoq yuviladi. - G’usl tahorat o’rniga o’tadimi? - O’tadi. - G’uslning farzi nechta? - Uchta: 1. Og’izga suv solib g’arg’ara qilish. 2. Burun ichini yuvish. 3. Badanning hamma joyini yuvish. - G’uslning sunnatlari nechta? - O’nta: 1. Istinjo qilish. 2. Najas bor yerni yuvish. 3. Qo’lni yuvish. 4. O’n sakkizta sunnatga amal qilib tahorat qilish. Lekin oyoqlar yuvilmay turiladi. 5. Avval boshga, so’ng o’ng yelkaga, so’ng tanning qolgan barcha a’zolariga bir marotaba suv yetkazib yuvish. 6. Qo’l yetgan jami joylarni bir marotaba ishqalab yuvish. 7. Har bir a’zoga uch bora suv yetkazish. 8. O’ng tarafni chap tarafdan oldin yuvish. 9. Suvni keraklicha sarflash. 10. G’usl vaqti qiblaga oldini o’girmaslik, ya’ni ters turish lozim. -Soch va soqolning har bir tolasiga suv yetkazish farzmi? - Erkaklarga farz. Ammo ayollarning soch ostilariga suv yetsa, bas. O’rilgan sochlarni yoyish lozim emas.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:53 | Message # 37 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 32-DARS Mavzu: G'USLNING SABABLARI - G’usl qachon lozim bo’ladi? - Uch holda: 1. Junub bo’lganda. 2. Ayollarda hayz qoni kelganda. 3. Nifos qoni kelganda JUNUB - Junub deb qaysi holatga aytiladi? - Jismoniy yaqinlik qilsa, uyqudan turgan kishi ko’rpasida yo libosida maniy yo maziy topsa, bu hol junub, deyiladi. Junubdagi kishining Qur’on o’qishi, yozishi, oyat yozilgan diniy kitoblarni ushlashi, masjidga kirishi yaxshi emas. - Junub holatida ovqatlansa bo’ladimi? - Qo’l, og’iz, burun yuvilsa, bo’ladi. - Junubdan so’ng bir oz vaqt o’tkazib yuvinsa bo’ladimi? - Tezroq yuvinish mustahab. -Ikki-uch bor junubda bo’lib, bir bor yuvinsa bo’ladimi? - Bo’ladi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
Message edited by MuSiLmOnKa-M - Seshanba, 23-Mar-2010, 22:55 |
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:57 | Message # 38 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 33-DARS Mavzu: HAYZ VA NIFOS - Hayz nima? - Balog’atdagi qizlar va ayollar bachadonidan har oyda keladigan qon. - Bo’yga yetmagan qizdan, tug’mas ayoldan, homilador ayoldan kelgan qon hayz hisoblanadimi? - Yo’q, ular istihoza qonidir. - Hayz necha kun keladi? - Har ayolda har xil. Ba’zilarida uch kun, ba’zilarida o’n kungacha. - Nifos nima? - Ayollar tuqqandan yoki bola tushgandan so’ng keladigan qon. Nifos xususida har ayolning mijozi har xil – ba’zilariniki bir soatda to’xtaydi, ba’zilariniki qirq kungacha dHavom etadi. Qirq kundan oshsa, u istihoza qonidir. - Hayz va nifos ko’rgan ayollar hukmi qanday? - Namoz o’qimaydilar, ro’za tutmaydilar, Qur’on o’qimaydilar, Qur’on va oyat yozilgan narsalarni ushlamaydilar, masjidga kirmaydilar, Ka’batullohni tavof qilmaydilar, kindikdan to tizzalarigacha joylaridan bahra olib bo’lmaydi. Qon tugagach, yuvinmoqlari farz. - Hayz yo nifos ko’rgan ayollar Qur’onni muqovasidan yo jildidan ushlashlari va ham har xil duolar o’qishlari durust bo’ladimi? - Durust bo’ladi. -Istihozadagi ayollarga qanday hukm bor? - Ular pok ayollar qiladigan jami amalni qilishga haqlidirlar. - Hayz va nifosdagi ayollar namoz va ro’za qazosini keyinchalik bajaradilarmi? - Namoz qazolari keyinchalik o’qilmaydi, lekin ro’za qazosi keyinchalik tutiladi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:57 | Message # 39 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 34-DARS Mavzu: UZRLI ODAM -Bir kishi xastaligi sababli namozning boshidan so’ngigacha tahoratini ushlab turolmasa, unga qanday hukm bo’ladi? - U kishi har namoz o’qilishi oralig’ida bir bor tahorat qilishi lozim. Tahorat qilib, to namozga qadar o’zini tutib turolmasa, qayta tahorat qilmasa ham joiz. - Uzrli kishilar kimlar? - Burni doimo qonab yuruvchi, ko’zidan yiringli yosh doim keluvchi, oldidan doim siydik suvi keluvchi kishilar. Ularning ushbu a’zolaridan boshqa a’zolari tahoratni sindirsa, uzrga o’tmaydi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:58 | Message # 40 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 35-DARS Mavzu: TAYAMMUM - Tahorat yoki g’uslga suv topa olmagan kishi nima qiladi? - Tayammum qiladi. Tayammumning bayoni bunday: namoz o’qishga niyat qilinadi. Ikki qo’l kaftlari toza tuproqqa urilib, ishqalanadi, yuzga surtiladi. Xuddi suv bilan tahorat chog’idagiday ish tutiladi, hatto burun oralari, qoshning ostlariga ham mash tortiladi. - Tahorat va g’uslning tayammumdan farqi bormi? - Har ikkisining amali bir xildir. - Tayammumda nechta amal bor? - To’rtta: 1. Qilgan tayammumi bilan namoz o’qishni niyat qilmoq. 2. Qo’l ishqalangan narsa yer jinslaridan biri bo’lmog’i. 3. Yer jinsiga qo’lni urib, yuzga ishqalamog’i. 4. Bu holatlarni ikki martadan qaytarmog’i. - Tayammumning sunnati nechta? - Oltita: 1. «Bismillahir rohmanir rohim», demoq. 2. Barmoqlarni ochib kaftni urmoq. 3. Qo’l tuproqqa urilgach, bir oz muddat qo’lni tuproq uzra tutib turmoq. 4. Qo’llarni avval oldinga keltirib nazar tashlamoq, so’ng yuzga surtmoq. 5. Avval yuzga, so’ng o’ng qo’lga, so’ng chap qo’lga mash tortmoq. 6. Xuddi tahoratdagi singari bunda ham oraga boshqa amallarni qo’shmaslik. - Suv bo’lsa ham, tayammumga qilishga qaysi holda ruxsat bor? - Suv ikki chaqirim miqdorida yiroq bo’lsa; suv illatli bo’lsa yoki g’oyatda sovuq bo’lib, kasal qiladigan bo’lsa; suvga tahorat uchun boradigan taqdirda o’ziga yo mol-holiga xavf yaqin bo’lsa; suv olishga idishi bo’lmasa; musofirlikda bo’lib, suvi faqat ichishga mo’ljallangan bo’lsa – bu hollardagi tayammum tahorat, g’usl o’rnida o’tadi. - Namoz vaqti boshlanib qolganda, tahoratga vaqt qolmay, tayammum qilinsa bo’ladimi? - Yo’q. Chunki namoz vaqti o’tsa ham, uni qazo qilib o’qish mumkin. - Yer jinsiga nimalar kiradi? - O’tga tushsa, yonmaydigan, erimaydigan narsalar kiradi. Masalan, tuproq, chang, qum, tosh kabilar. Lekin ular toza holda bo’lmog’i lozim. - Bir tayammum bilan ikki-uch vaqt namoz o’qish mumkinmi? - Buzilguncha necha vaqt namoz kelsa, o’qilaverishi mumkin. - Tayammumni qaysi amallar sindiradi? - Tahoratni qaysi amal sindirsa, tayammumni ham o’sha amal sindiradi. Tahorat qilishga yetarli suv topilgach, qilingan tayammum ham sinadi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
Message edited by MuSiLmOnKa-M - Seshanba, 23-Mar-2010, 23:00 |
|
| |
Jamila | Date: Yakshanba, 28-Mar-2010, 23:16 | Message # 41 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 36-DARS Mavzu: NAJOSAT - Najaslar necha toifaga bo’linadi? - Ikki toifaga. Biri – og’ir najaslar (najosati g’aliza), ikkinchisi – yengil najaslar (najosati xafifa) toifalaridir. Yengil najaslarga qarchig’ay, lochin kabi go’shti harom parrandalarning tezagi; ot, ho’kiz, qo’y kabi hayvonlarning siydigi kiradi. Og’ir najaslarga odamzot axlati va siydigi; go’shti halol hayvonlarning tezagi; go’shti harom hayvonlarning tezagi va siydigi; tezagi badbo’y bo’lgan parrandalar tezagi; qusuq, yiring, aroq, cho’chqa go’shti; shariatga nomuvofiq so’yilgan hayvonlarning go’shti va qoni kiradi. - Tezagi badbo’y bo’lmagan qushlarning tezagi-chi? - Najas emas. - Sichqonning siydigi va tezagi-chi? - Suvga tushsa, og’ir emas, libosga tegsa, yengil najas hisoblanadi. - Baliq, burga qoni-chi? - Najasga kirmaydi. - O’lgan narsaning terisi, juni halolmi? - Cho’chqadan boshqa hayvonlarniki halol. Faqat u terilar oshlangan bo’lmog’i lozim. Shariatga muvofiq «Bismillah» deb so’yilgan bo’lsa, oshlanmasa ham, pokdir. - Cho’chqa terisi-chi? - Cho’chqa terisi tugul, butun badani najasdir. Hech bir amal bilan loaqal biror a’zosini ham tozalab bo’lmaydi. - Odam terisi-chi? - Inson muqaddas zotdir. Uning tani yoki terisini yemoq, saqlamoq gunoh.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Payshanba, 15-Apr-2010, 00:08 | Message # 42 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 37-DARS Mavzu: POKLANISH - Mahsi, etikka o’xshash charm poyafzallarga najas tekkan bo’lsa, qanday tozalanadi? - Agar tezak qattiq bo’lsa, yerga ishqalanadi, suyuq bo’lsa, suvda yuviladi. - Libosga maniy tekkan bo’lsa-chi? - Qurigan bo’lsa, uqalanadi, suyuq bo’lsa, boshqa amallardagi kabi uch marta suvga chayiladi. - Libosga najas tegib, uning qaerga tekkanligi bilinmay qolsa yoki xotiradan chalkashtirib qo’ysa, kishi nima qilishi kerak? - Gumondagi joyni o’sha gumonning kattaligicha yuvilsa bo’ladi. QUDUQNING TOZALANISHI - Agar quduqqa najas tushsa, qay tariqa tozalanadi? - Quduqdagi jami suv olib tashlanadi. -Agar hammasini olib bo’lmasa-chi? - Quduqda jami suv miqdoricha suv olib tashlanadi, yerdan yangi sizib qo’shilgan suv hisobga kirmaydi. - Agar quduqqa bir hayvon tushib o’lgan bo’lsa-chi? - Agar hayvon jussasi qo’ynikidan katta bo’lsa, jami suv olib tashlanadi. Agar tovuq, g’oz singarilar bo’lsa, qirq paqir suv olib tashlanadi. Agar oltmish chelak suv olib tashlansa, mustahabdir. Agar chumchuq, musicha singarilar bo’lsa, yigirma paqir miqdorida suv olib tashlanadi, qo’shimcha yana o’n paqir olib tashlasa, mustahabdir. Paqirning kattaligi o’rtacha bo’lmog’i lozim. - Agar quduqqa najas tushgan bo’lib, shu suvdan tahorat qilinsa, so’ngra suvning iflos ekanligi anglab qolinsa, nima qilmoq kerak? - Qaytadan tahorat qilinib, qaytadan namoz o’qiladi. Yuvilgan joylar qaytadan yuviladi, mabodo suv ichilgan bo’lsa, istig’for aytiladi. - Agar quduqda hayvon o’lgan bo’lsa-yu, qachon quduqqa tushib bo’kkanligi noaniq bo’lsa, suv qaysi kundan iflos deb taxminlanadi? - Agar o’sha hayvon shishgan bo’lsa, quduq uch kecha-kunduzdan beri iflos deb, agar shishmagan bo’lsa, bir kecha-kunduz deb hukm qilinadi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Payshanba, 15-Apr-2010, 00:10 | Message # 43 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 38-DARS Mavzu:ISTIBRO VA ISTINJO - Hojatxonaga qay tariqa kiriladi? - Avval chap oyoq, so’ng o’ng oyoq qo’yiladi. Chiqqanda avval o’ng oyoqda chiqiladi. Hojatga o’tirganda qiblaga ro’baro’ o’tirilmaydi, ortini ham o’girmaydi, qiblaga chap yonni qilib o’tiriladi; avrati va axlatiga qaramaydi. Hojati bitgach, hojatxonani tezda tark etadi. - Ochiq joyda qay tariqa o’tiriladi? - Qiblaga, oftobga, oyga, shamolga qarab o’tirilmaydi. - Cho’ntakda, sumkada diniy kitoblar bo’lsa, iloj yo’qligidan hojatxonaga birga olib kirilsa bo’ladimi? - Olib kirilmasa, mustahab bo’ladi. - Hojatdan so’ng nima qilinadi? - Istinjo, ya’ni axlat chiqqan joy kesak yo tosh bilan artiladi, so’ng yuviladi. Bu amal sunnat va mustahabdir. - Istinjo va istibro qaysi qo’l bilan qilinadi? - Chap qo’l bilan. O’ng qo’lda qilish makruhdir. - Suyak, hayvon tezagi yo qog’oz bilan istinjo qilish mumkinmi? - Yo’q, makruhdir. -Yuvilish tartibi qanday? - Ko’ngil qaror topguncha yuvilsa kifoya. Avratdan yelning o’zi kelgan bo’lsa, yuvilmasa ham bo’ladi.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:42 | Message # 44 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 39-Dars Mavzu:TOZA SUV - Qaysi suv tahoratga loyiq? - Asosan, oqar suvlar. Agar ularga toza narsa qo’shilsa-yu, suvning tozalik tabiati buzilmasa, loyiq. Masalan, loyqa suv. Biroq ayron, sirka, sharbat qo’shilsa, joiz emas. Shuningdek, tarvuz suviga ham tahorat loyiq emas, lekin libosni artsa bo’ladi. - Najas aralashgan suvga tahorat qilish mumkinmi? - Oqar suv bo’lsa, kengligi qirq metr, chuqurligi yarim qarich hovuz yoki ko’l bo’lsa, mumkin. Ammo bu shartlarga muvofiq kelmasa, mumkin emas. - Odam ichgan suvning qolgani tozaga o’tadimi? - O’tadi, ammo og’izda aroq asorati bo’lsa, o’tmaydi. - Go’shti halol hayvonlar ichgan suvga tahorat qilsa bo’ladimi? - Ha. Lekin yirtqich hayvonlar ichgan suvga tahorat qilib bo’lmaydi. Tovuq va qarchig’ay ichgan suv tozaga o’tadi, lekin tahorat qilmoq makruh. AVRAT A'ZOLAR -Namoz payti qanday kiyimda bo’lish lozim? - Namoz payti avrat a’zolar libosda bo’lmog’i farz. Avrat joylarga erkak kishining tizzasidan to kindigigacha kiradi. Bu joylar berk bo’lmasa, namozga turish yaxshi emas. - Ayol kishining qay yerlari avrat hisoblanadi? - Agar ayol birovning cho’risi bo’lmasa, ikki qo’l kafti, ikki oyoq kafti va yuzidan boshqa hamma joyi namoz paytida berkitilmog’i lozim. Agar ayol cho’ri bo’lsa, kindigidan to tizzasigacha avrat joyi hisoblanadi. Lekin u qorni va belini ham berkitsa, yaxshi bo’ladi. - Avrat joylarning qanchasi ochilsa, namoz o’qilmas? - Avrat joylarning to’rtdan biri ochilsa, namoz o’qish yaxshi emas. - Liboslar iflos bo’lsa, yuvmoqqa suv bo’lmasa, namoz mumkinmi? - Libos iflos bo’lsa ham, o’qiladi, biroq libos bo’la turib yalang’och namoz o’qilmaydi. -Libos topilmasa, qanday qilib namoz o’qiladi? - Ul vaqtda o’tirib, avrat va g’alizasini qo’l bilan berkitib, imo-ishora bilan ibodat qilmoq mustahabdir. Ba’zan turib o’qish ham joiz.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |
Jamila | Date: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:44 | Message # 45 |
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status: 
| 40-DARS Mavzu: NAMOZ O'QISH QOIDALARI Namoz o’qish qoidalari Oyati karima: «Innas solata kanat ‘alal mu’minina kitaban mavqutan». Ma’nosi: «Mo’minlar namozni o’z vaqtida o’qishlari farz qilindi». Hadisi shariflar: Ma’nosi: «Mo’minlar besh vaqt namozni kanda qilmaganlari sababli ham Alloh ularning gunohlarini kechiradi». Ma’nosi: «Agar mo’min banda katta gunoh qilmay, besh vaqt namozni kanda qilmasa, Alloh uning u jumadan bu jumagacha qilgan kichik gunohlarini kechiradi». - Namoz nimadir? - Bandaning Allohga jismu joni bilan ibodatidir. -Namoz bir kunda necha marta o’qiladi? - Besh mahal: bomdod, peshin, asr, shom, xufton, juma kuni peshinda juma namozi o’qiladi. - Vojib namozi qaysilar? - Ramazon hamda Qurbon hayitlari va xuftondan keyingi vitr namozlari. - Sunnat namozi qaysilar? - Ramazon oyidagi xufton namozining sunnatidan so’ng tarovih o’qimoq sunnatdir. - Yana qanday namoz odatlari bor? - Yana nafl ibodatlarini qilmoq mustahabdir. Shuningdek, mayyit uchun janoza o’qish farzi kifoyadir. - Farzi kifoya nima? - Bir kishi o’qisa, eshitib turganlarga ham kifoya qiluvchi tilovatdir.
ღ♥.Jamila.♥ღ
|
|
| |