RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
JamilaDate: Chorshanba, 03-Mar-2010, 21:21 | Message # 31
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
26-DARS
Mavzu: TAHORATNI FARZLARI
- Tahorat farzlari nechta?
- To’rtta: yuzni yuvmoq, qo’lni yuvmoq, boshni ho’llamoq, oyoqni poklamoq.
-Yuz yuvish tartiblari qanday?
- Yuzning peshonadan iyakkacha bo’lgan ochiq qismi yuvilishi lozim. Soqol-mo’ylovlarga
mash tortiladi.
- Qo’llarning yuvilish tartiblari qanday?
- Panjalar uchidan tirsakkacha, tirsak ham, tirnoqlar orasi ham yuviladi.
- Boshning ho’llanish tartibi qanday?
- Boshning sochli qismining to’rtdan biriga mash tortilishi farz, hammasiga mash tortish
sunnat.
- Oyoqning qanchasi yuviladi?
- Panjadan to’piqqacha, so’ng to’piqning o’zi ham.
- Oyoqlarda mahsi yoki etik bo’lgan holda-chi?
- Tahorat ketmasidan oldin kiyilgan bo’lsa, mash tortiladi.



 
JamilaDate: Chorshanba, 03-Mar-2010, 21:22 | Message # 32
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
27-DARS
Mavzu: TAHORAT SUNNATLARI
- Tahoratning sunnati nechta?
- O’n sakkizta:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq
tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.



 
JamilaDate: Payshanba, 04-Mar-2010, 19:42 | Message # 33
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
28-DARS
Mavzu: TAHORATNING MUSTAHABLARI
- Tahorat qay tarzda qilinsa, mustahab bo’ladi?
- Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda
turish; qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish;
tahorat chog’i tobe’ va sertavoze’ turish.
TAHORAT DUOLARI
-Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi?
Ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd
bo’lsin».
Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni
nasib et».
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».
Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la
tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni
ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”.
O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib,
hisobimni yengillatgin».
Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni
hisaban shadidan».
Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil,
qattiq hisob-kitob qilmagil».
Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”.
Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni
yog’dirgin».
Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».
Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».
O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».
Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».
Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikassolihinallazina
la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat
kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».





Message edited by MuSiLmOnKa-M - Payshanba, 04-Mar-2010, 23:23
 
JamilaDate: Juma, 05-Mar-2010, 23:47 | Message # 34
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
29-DARS
Mavzu: TAHORATDAGI MAKRUH AMALLAR
- Tahoratda qaysi amallar makruhdir?
- Ular sakkiztadir:
1. Suvni ko’p ishlatib, isrof qilmoq.
2. Burunni o’ng qo’l bilan yuvmoq.
3. Yuvilayotgan a’zolarni uch martadan ko’p yoki kam yuvmoq.
4. Boshga ikki marta mash tormoq.
5. Yuzga suvni qattiq chaplamoq.
6. Tahorat qilganda boshqa kishini ishga solmoq.
7. Tahorat chog’i dunyoviy so’zlarni so’zlamoq.
8. Tahorat chog’i suvga tuflamoq, unga burunni qoqmoq.

TAHORATNI BUZUVCHI AMALLAR
-Nimalar tahoratni buzadi?
- Ularning soni o’n bittadir:
1. Orqa avratdan yel kelishi.
2. Najas chiqishi.
3. Badandan qon, yiring yoki sariq suv oqishi.
4. Burun yoki tishning qonashi.
5. Kasalligi sababli ko’zdan qon yo yiring yosh kelishi.
6. Qon qusish.
7. Og’iz to’ldirib taom qusish.
8. Yotib yoki suyanib uxlash.
9. Devona bo’lish yoki hushdan ketish.
10. Namoz chog’i ovoz chiqarib kulish.
11. Er-xotin qo’shilishi.

TAHORATSIZ KISHI
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni yoki Alloh taolo so’zlari yozilgan qog’ozni ushlashi
joizmi?

- Yo’q, ammo muqovasini ushlashi mumkin.
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karim oyatlarini o’zicha o’qishi mumkinmi?
- Mumkin, lekin tayammum bilan o’qish undan yaxshiroqdir.
-Tahoratsiz kishining masjidga kirishi, qabristonni ziyorat etishi mumkinmi?
- Mumkin.



 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:50 | Message # 35
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
30-DARS
Mavzu: MAHSI YOKI ETIKKA MASH TORTISH
-Etik yoki mahsi kiygan kishi tahorat chog’i oyog’ini yuvishi lozimmi?
- Yo’q. Mash tortilsa, kifoya. Ammo mahsi yoki etik tahorat bilan kiyilgan bo’lmog’i
lozim.
- Mash qanday tortiladi?
- Ikki qo’l panjalari yaxshilab suvlanib, barmoq tarafdan to’piqqacha uch marta barmoq
tortiladi. Mahsi yoki etik yuzi ham uch barmoq kengligida tozalanadi.
- Tahorat bilan kiyilgan mahsi yoki etikka necha kun mash tortiladi?
- Safarda bo’lmagan kishi 24 soat, uch kundan ortiq safarda bo’ladigan kishi 72 soat
davomida mash tortishi mumkin.
- Bu muddat mahsi kiyilgan paytdan hisoblanadimi?
- Yo’q, birinchi tahorat buzilgan paytdan boshlanadi.
- Mahsi yoki etikdan boshqa yana nimalarga mash tortish joiz?
- Kigizli etikka, qo’njli kovushga, mahsi ustidan kiyilgan kovushga.
- Mabodo mahsi yoki etik yirtilgan bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa joiz emas, kam bo’lsa joiz.
-Yirtiqlar kichik-kichik, ikki-uchta bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa, yangidan tahorat qilinadi.
- Agar teshiklari to’piqning yuqorisida bo’lsa-chi?
- Mash tortiladi.
- Mahsiga qachon mash tortib bo’lmaydi?
- Mahsi o’z xizmatini bajara olmaydigan va tovon qo’njining yuqorisiga chiqib ketgan
bo’lsa.
- Agar tahorat ketmasdan mahsilar almashtirilsa, ya’ni yechilib bir oz muddatdan so’ng
kiyilsa, tahorat buzilib, oyoq yuviladimi?

- Yo’q.



 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:52 | Message # 36
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
31-DARS
Mavzu:G'USL
- G’uslning ma’nosi nima?
- Butun badanni yuvish.
- G’usl qay tariqa qilinadi?
- 1. Avvalo, istinjo qilinadi.
2. So’ng qo’l yuviladi.
3. Tahorat qilinadi (bundan faqat oyoq yuvilishi mustasno).
4. Undan so’ng boshga, so’ngra o’ng yelkaga, so’ngra tanning boshqa a’zolariga suv
yetkazilib, hamma joy yuviladi.
5. So’ng yana ikki marta shu tariqa yuviniladi.
6. Yakunda oyoq yuviladi.
- G’usl tahorat o’rniga o’tadimi?
- O’tadi.
- G’uslning farzi nechta?
- Uchta:
1. Og’izga suv solib g’arg’ara qilish.
2. Burun ichini yuvish.
3. Badanning hamma joyini yuvish.
- G’uslning sunnatlari nechta?
- O’nta:
1. Istinjo qilish.
2. Najas bor yerni yuvish.
3. Qo’lni yuvish.
4. O’n sakkizta sunnatga amal qilib tahorat qilish. Lekin oyoqlar yuvilmay turiladi.
5. Avval boshga, so’ng o’ng yelkaga, so’ng tanning qolgan barcha a’zolariga bir
marotaba suv yetkazib yuvish.
6. Qo’l yetgan jami joylarni bir marotaba ishqalab yuvish.
7. Har bir a’zoga uch bora suv yetkazish.
8. O’ng tarafni chap tarafdan oldin yuvish.
9. Suvni keraklicha sarflash.
10. G’usl vaqti qiblaga oldini o’girmaslik, ya’ni ters turish lozim.
-Soch va soqolning har bir tolasiga suv yetkazish farzmi?
- Erkaklarga farz. Ammo ayollarning soch ostilariga suv yetsa, bas. O’rilgan sochlarni
yoyish lozim emas.



 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:53 | Message # 37
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
32-DARS
Mavzu: G'USLNING SABABLARI
- G’usl qachon lozim bo’ladi?
- Uch holda:
1. Junub bo’lganda.
2. Ayollarda hayz qoni kelganda.
3. Nifos qoni kelganda

JUNUB
- Junub deb qaysi holatga aytiladi?
- Jismoniy yaqinlik qilsa, uyqudan turgan kishi ko’rpasida yo libosida maniy yo maziy
topsa, bu hol junub, deyiladi. Junubdagi kishining Qur’on o’qishi, yozishi, oyat yozilgan
diniy kitoblarni ushlashi, masjidga kirishi yaxshi emas.
- Junub holatida ovqatlansa bo’ladimi?
- Qo’l, og’iz, burun yuvilsa, bo’ladi.
- Junubdan so’ng bir oz vaqt o’tkazib yuvinsa bo’ladimi?
- Tezroq yuvinish mustahab.
-Ikki-uch bor junubda bo’lib, bir bor yuvinsa bo’ladimi?
- Bo’ladi.





Message edited by MuSiLmOnKa-M - Seshanba, 23-Mar-2010, 22:55
 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:57 | Message # 38
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
33-DARS
Mavzu: HAYZ VA NIFOS
- Hayz nima?
- Balog’atdagi qizlar va ayollar bachadonidan har oyda keladigan qon.
- Bo’yga yetmagan qizdan, tug’mas ayoldan, homilador ayoldan kelgan qon hayz
hisoblanadimi?

- Yo’q, ular istihoza qonidir.
- Hayz necha kun keladi?
- Har ayolda har xil. Ba’zilarida uch kun, ba’zilarida o’n kungacha.
- Nifos nima?
- Ayollar tuqqandan yoki bola tushgandan so’ng keladigan qon. Nifos xususida har
ayolning mijozi har xil – ba’zilariniki bir soatda to’xtaydi, ba’zilariniki qirq kungacha
dHavom etadi. Qirq kundan oshsa, u istihoza qonidir.
- Hayz va nifos ko’rgan ayollar hukmi qanday?
- Namoz o’qimaydilar, ro’za tutmaydilar, Qur’on o’qimaydilar, Qur’on va oyat yozilgan
narsalarni ushlamaydilar, masjidga kirmaydilar, Ka’batullohni tavof qilmaydilar,
kindikdan to tizzalarigacha joylaridan bahra olib bo’lmaydi. Qon tugagach, yuvinmoqlari
farz.
- Hayz yo nifos ko’rgan ayollar Qur’onni muqovasidan yo jildidan ushlashlari va ham har
xil duolar o’qishlari durust bo’ladimi?

- Durust bo’ladi.
-Istihozadagi ayollarga qanday hukm bor?
- Ular pok ayollar qiladigan jami amalni qilishga haqlidirlar.
- Hayz va nifosdagi ayollar namoz va ro’za qazosini keyinchalik bajaradilarmi?
- Namoz qazolari keyinchalik o’qilmaydi, lekin ro’za qazosi keyinchalik tutiladi.




 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:57 | Message # 39
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
34-DARS
Mavzu: UZRLI ODAM
-Bir kishi xastaligi sababli namozning boshidan so’ngigacha tahoratini ushlab
turolmasa, unga qanday hukm bo’ladi?

- U kishi har namoz o’qilishi oralig’ida bir bor tahorat qilishi lozim. Tahorat qilib, to
namozga qadar o’zini tutib turolmasa, qayta tahorat qilmasa ham joiz.
- Uzrli kishilar kimlar?
- Burni doimo qonab yuruvchi, ko’zidan yiringli yosh doim keluvchi, oldidan doim siydik
suvi keluvchi kishilar. Ularning ushbu a’zolaridan boshqa a’zolari tahoratni sindirsa,
uzrga o’tmaydi.



 
JamilaDate: Seshanba, 23-Mar-2010, 22:58 | Message # 40
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
35-DARS
Mavzu: TAYAMMUM
- Tahorat yoki g’uslga suv topa olmagan kishi nima qiladi?
- Tayammum qiladi. Tayammumning bayoni bunday: namoz o’qishga niyat qilinadi. Ikki
qo’l kaftlari toza tuproqqa urilib, ishqalanadi, yuzga surtiladi. Xuddi suv bilan tahorat
chog’idagiday ish tutiladi, hatto burun oralari, qoshning ostlariga ham mash tortiladi.
- Tahorat va g’uslning tayammumdan farqi bormi?
- Har ikkisining amali bir xildir.
- Tayammumda nechta amal bor?
- To’rtta:
1. Qilgan tayammumi bilan namoz o’qishni niyat qilmoq.
2. Qo’l ishqalangan narsa yer jinslaridan biri bo’lmog’i.
3. Yer jinsiga qo’lni urib, yuzga ishqalamog’i.
4. Bu holatlarni ikki martadan qaytarmog’i.
- Tayammumning sunnati nechta?
- Oltita:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», demoq.
2. Barmoqlarni ochib kaftni urmoq.
3. Qo’l tuproqqa urilgach, bir oz muddat qo’lni tuproq uzra tutib turmoq.
4. Qo’llarni avval oldinga keltirib nazar tashlamoq, so’ng yuzga surtmoq.
5. Avval yuzga, so’ng o’ng qo’lga, so’ng chap qo’lga mash tortmoq.
6. Xuddi tahoratdagi singari bunda ham oraga boshqa amallarni qo’shmaslik.
- Suv bo’lsa ham, tayammumga qilishga qaysi holda ruxsat bor?
- Suv ikki chaqirim miqdorida yiroq bo’lsa; suv illatli bo’lsa yoki g’oyatda sovuq bo’lib,
kasal qiladigan bo’lsa; suvga tahorat uchun boradigan taqdirda o’ziga yo mol-holiga xavf
yaqin bo’lsa; suv olishga idishi bo’lmasa; musofirlikda bo’lib, suvi faqat ichishga
mo’ljallangan bo’lsa – bu hollardagi tayammum tahorat, g’usl o’rnida o’tadi.
- Namoz vaqti boshlanib qolganda, tahoratga vaqt qolmay, tayammum qilinsa bo’ladimi?
- Yo’q. Chunki namoz vaqti o’tsa ham, uni qazo qilib o’qish mumkin.
- Yer jinsiga nimalar kiradi?
- O’tga tushsa, yonmaydigan, erimaydigan narsalar kiradi. Masalan, tuproq, chang,
qum, tosh kabilar. Lekin ular toza holda bo’lmog’i lozim.
- Bir tayammum bilan ikki-uch vaqt namoz o’qish mumkinmi?
- Buzilguncha necha vaqt namoz kelsa, o’qilaverishi mumkin.
- Tayammumni qaysi amallar sindiradi?
- Tahoratni qaysi amal sindirsa, tayammumni ham o’sha amal sindiradi. Tahorat qilishga
yetarli suv topilgach, qilingan tayammum ham sinadi.





Message edited by MuSiLmOnKa-M - Seshanba, 23-Mar-2010, 23:00
 
JamilaDate: Yakshanba, 28-Mar-2010, 23:16 | Message # 41
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
36-DARS
Mavzu: NAJOSAT
- Najaslar necha toifaga bo’linadi?
- Ikki toifaga. Biri – og’ir najaslar (najosati g’aliza), ikkinchisi – yengil najaslar (najosati
xafifa) toifalaridir. Yengil najaslarga qarchig’ay, lochin kabi go’shti harom
parrandalarning tezagi; ot, ho’kiz, qo’y kabi hayvonlarning siydigi kiradi. Og’ir najaslarga
odamzot axlati va siydigi; go’shti halol hayvonlarning tezagi; go’shti harom
hayvonlarning tezagi va siydigi; tezagi badbo’y bo’lgan parrandalar tezagi; qusuq,
yiring, aroq, cho’chqa go’shti; shariatga nomuvofiq so’yilgan hayvonlarning go’shti va
qoni kiradi.
- Tezagi badbo’y bo’lmagan qushlarning tezagi-chi?
- Najas emas.
- Sichqonning siydigi va tezagi-chi?
- Suvga tushsa, og’ir emas, libosga tegsa, yengil najas hisoblanadi.
- Baliq, burga qoni-chi?
- Najasga kirmaydi.
- O’lgan narsaning terisi, juni halolmi?
- Cho’chqadan boshqa hayvonlarniki halol. Faqat u
terilar oshlangan bo’lmog’i lozim. Shariatga muvofiq «Bismillah» deb so’yilgan bo’lsa,
oshlanmasa ham, pokdir.
- Cho’chqa terisi-chi?
- Cho’chqa terisi tugul, butun badani najasdir. Hech bir amal bilan loaqal biror a’zosini
ham tozalab bo’lmaydi.
- Odam terisi-chi?
- Inson muqaddas zotdir. Uning tani yoki terisini yemoq, saqlamoq gunoh.



 
JamilaDate: Payshanba, 15-Apr-2010, 00:08 | Message # 42
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
37-DARS
Mavzu: POKLANISH
- Mahsi, etikka o’xshash charm poyafzallarga najas tekkan bo’lsa, qanday tozalanadi?
- Agar tezak qattiq bo’lsa, yerga ishqalanadi, suyuq bo’lsa, suvda yuviladi.
- Libosga maniy tekkan bo’lsa-chi?
- Qurigan bo’lsa, uqalanadi, suyuq bo’lsa, boshqa amallardagi kabi uch marta suvga
chayiladi.
- Libosga najas tegib, uning qaerga tekkanligi bilinmay qolsa yoki xotiradan chalkashtirib
qo’ysa, kishi nima qilishi kerak?

- Gumondagi joyni o’sha gumonning kattaligicha yuvilsa bo’ladi.
QUDUQNING TOZALANISHI
- Agar quduqqa najas tushsa, qay tariqa tozalanadi?
- Quduqdagi jami suv olib tashlanadi.
-Agar hammasini olib bo’lmasa-chi?
- Quduqda jami suv miqdoricha suv olib tashlanadi, yerdan yangi sizib qo’shilgan suv
hisobga kirmaydi.
- Agar quduqqa bir hayvon tushib o’lgan bo’lsa-chi?
- Agar hayvon jussasi qo’ynikidan katta bo’lsa, jami suv olib tashlanadi. Agar tovuq, g’oz
singarilar bo’lsa, qirq paqir suv olib tashlanadi. Agar oltmish chelak suv olib tashlansa,
mustahabdir. Agar chumchuq, musicha singarilar bo’lsa, yigirma paqir miqdorida suv
olib tashlanadi, qo’shimcha yana o’n paqir olib tashlasa, mustahabdir. Paqirning kattaligi
o’rtacha bo’lmog’i lozim.
- Agar quduqqa najas tushgan bo’lib, shu suvdan tahorat qilinsa, so’ngra suvning iflos
ekanligi anglab qolinsa, nima qilmoq kerak?

- Qaytadan tahorat qilinib, qaytadan namoz o’qiladi. Yuvilgan joylar qaytadan yuviladi,
mabodo suv ichilgan bo’lsa, istig’for aytiladi.
- Agar quduqda hayvon o’lgan bo’lsa-yu, qachon quduqqa tushib bo’kkanligi noaniq
bo’lsa, suv qaysi kundan iflos deb taxminlanadi?

- Agar o’sha hayvon shishgan bo’lsa, quduq uch kecha-kunduzdan beri iflos deb, agar
shishmagan bo’lsa, bir kecha-kunduz deb hukm qilinadi.



 
JamilaDate: Payshanba, 15-Apr-2010, 00:10 | Message # 43
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
38-DARS
Mavzu:ISTIBRO VA ISTINJO
- Hojatxonaga qay tariqa kiriladi?
- Avval chap oyoq, so’ng o’ng oyoq qo’yiladi. Chiqqanda avval o’ng oyoqda chiqiladi.
Hojatga o’tirganda qiblaga ro’baro’ o’tirilmaydi, ortini ham o’girmaydi, qiblaga chap
yonni qilib o’tiriladi; avrati va axlatiga qaramaydi. Hojati bitgach, hojatxonani tezda tark
etadi.
- Ochiq joyda qay tariqa o’tiriladi?
- Qiblaga, oftobga, oyga, shamolga qarab o’tirilmaydi.
- Cho’ntakda, sumkada diniy kitoblar bo’lsa, iloj yo’qligidan hojatxonaga birga olib kirilsa
bo’ladimi?

- Olib kirilmasa, mustahab bo’ladi.
- Hojatdan so’ng nima qilinadi?
- Istinjo, ya’ni axlat chiqqan joy kesak yo tosh bilan artiladi, so’ng yuviladi. Bu amal
sunnat va mustahabdir.
- Istinjo va istibro qaysi qo’l bilan qilinadi?
- Chap qo’l bilan. O’ng qo’lda qilish makruhdir.
- Suyak, hayvon tezagi yo qog’oz bilan istinjo qilish mumkinmi?
- Yo’q, makruhdir.
-Yuvilish tartibi qanday?
- Ko’ngil qaror topguncha yuvilsa kifoya. Avratdan yelning o’zi kelgan bo’lsa, yuvilmasa
ham bo’ladi.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:42 | Message # 44
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
39-Dars
Mavzu:TOZA SUV
- Qaysi suv tahoratga loyiq?
- Asosan, oqar suvlar. Agar ularga toza narsa qo’shilsa-yu, suvning tozalik tabiati
buzilmasa, loyiq. Masalan, loyqa suv. Biroq ayron, sirka, sharbat qo’shilsa, joiz emas.
Shuningdek, tarvuz suviga ham tahorat loyiq emas, lekin libosni artsa bo’ladi.
- Najas aralashgan suvga tahorat qilish mumkinmi?
- Oqar suv bo’lsa, kengligi qirq metr, chuqurligi yarim qarich hovuz yoki ko’l bo’lsa,
mumkin. Ammo bu shartlarga muvofiq kelmasa, mumkin emas.
- Odam ichgan suvning qolgani tozaga o’tadimi?
- O’tadi, ammo og’izda aroq asorati bo’lsa, o’tmaydi.
- Go’shti halol hayvonlar ichgan suvga tahorat qilsa bo’ladimi?
- Ha. Lekin yirtqich hayvonlar ichgan suvga tahorat qilib bo’lmaydi. Tovuq va qarchig’ay
ichgan suv tozaga o’tadi, lekin tahorat qilmoq makruh.
AVRAT A'ZOLAR
-Namoz payti qanday kiyimda bo’lish lozim?
- Namoz payti avrat a’zolar libosda bo’lmog’i farz. Avrat joylarga erkak kishining
tizzasidan to kindigigacha kiradi. Bu joylar berk bo’lmasa, namozga turish yaxshi emas.
- Ayol kishining qay yerlari avrat hisoblanadi?
- Agar ayol birovning cho’risi bo’lmasa, ikki qo’l kafti, ikki oyoq kafti va yuzidan boshqa
hamma joyi namoz paytida berkitilmog’i lozim. Agar ayol cho’ri bo’lsa, kindigidan to
tizzasigacha avrat joyi hisoblanadi. Lekin u qorni va belini ham berkitsa, yaxshi bo’ladi.
- Avrat joylarning qanchasi ochilsa, namoz o’qilmas?
- Avrat joylarning to’rtdan biri ochilsa, namoz o’qish yaxshi emas.
- Liboslar iflos bo’lsa, yuvmoqqa suv bo’lmasa, namoz mumkinmi?
- Libos iflos bo’lsa ham, o’qiladi, biroq libos bo’la turib yalang’och namoz o’qilmaydi.
-Libos topilmasa, qanday qilib namoz o’qiladi?
- Ul vaqtda o’tirib, avrat va g’alizasini qo’l bilan berkitib, imo-ishora bilan ibodat qilmoq
mustahabdir. Ba’zan turib o’qish ham joiz.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:44 | Message # 45
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
40-DARS
Mavzu: NAMOZ O'QISH QOIDALARI
Namoz o’qish qoidalari
Oyati karima:
«Innas solata kanat ‘alal mu’minina kitaban mavqutan».
Ma’nosi: «Mo’minlar namozni o’z vaqtida o’qishlari farz qilindi».
Hadisi shariflar:
Ma’nosi: «Mo’minlar besh vaqt namozni kanda qilmaganlari sababli ham Alloh ularning
gunohlarini kechiradi».
Ma’nosi: «Agar mo’min banda katta gunoh qilmay, besh vaqt namozni kanda qilmasa,
Alloh uning u jumadan bu jumagacha qilgan kichik gunohlarini kechiradi».
- Namoz nimadir?
- Bandaning Allohga jismu joni bilan ibodatidir.
-Namoz bir kunda necha marta o’qiladi?
- Besh mahal: bomdod, peshin, asr, shom, xufton, juma kuni peshinda juma namozi
o’qiladi.
- Vojib namozi qaysilar?
- Ramazon hamda Qurbon hayitlari va xuftondan keyingi vitr namozlari.
- Sunnat namozi qaysilar?
- Ramazon oyidagi xufton namozining sunnatidan so’ng tarovih o’qimoq sunnatdir.
- Yana qanday namoz odatlari bor?
- Yana nafl ibodatlarini qilmoq mustahabdir. Shuningdek, mayyit uchun janoza o’qish
farzi kifoyadir.
- Farzi kifoya nima?
- Bir kishi o’qisa, eshitib turganlarga ham kifoya qiluvchi tilovatdir.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:46 | Message # 46
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
41-DARS
Mavzu: NAMOZ SHARTLARI
- Namoz o’qish uchun qanday shartlar qo’yiladi?
- Kishi pok bo’lishi, tani va libosi toza bo’lishi, tahoratli bo’lishi, namozgohi ozoda
bo’lishi, namozni o’z belgilangan vaqtida o’qishi, qiblaga qarashi, dildan niyat qilishlari
namozning tashqi shartlaridir.
NAMOZ VAQTLARI
- Namoz vaqti kelmasidan ibodat qilish mumkinmi?
- Yo’q, chunki u farz namozga o’tmaydi.
-Tonggi namoz vaqti qachon?
- Ufq yorishgandan to quyosh chiqquncha bo’lgan vaqt.
- Peshin namozi vaqti qachon?
- Quyosh zavolga ketgandan to asr vaqtigacha.
- Asr vaqti qachon?
- Odam soyasi ikki barobar uzaygandan to quyosh botgunchadir.
- Shom vaqti qachon?
- Quyosh botgandan to ufq yo’qolguncha.
- Xufton vaqti qachon?
- Ufq ko’zdan yo’qolgandan to tong oqarguncha.
-Vitr va tarovih vaqtlari qachon?
- Xufton namozining so’nggidan to tonggacha.
- Juma namozi qay paytda keladi?
- Juma kuni peshinda.
- Hayit namozlarining payti-chi?
- Quyosh ko’tarilgandan to botgungacha.
- Nafl va janoza qachon o’qiladi?
- Nafl namozi kishining ehtiyojiga qarab istalgan paytda o’qilishi mumkin. Janoza esa
sharoitga qarab, iloji bo’lsa, kunduzi o’qiladi.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:48 | Message # 47
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
42-DARS
MAKRUH VAQTLAR
-Qaysi paytda namoz o’qish makruh?
- Quyosh chiqayotgan paytda, qiyomga kelganda, botayotganda. Faqat asr namozi
o’qilmay qolgan bo’lsa, bundan mustasno. Agar kishi bomdoddan kechikib namozni
quyosh chiqayotganda o’qimoqchi bo’lsa, yaxshisi bir oz kutib turgani va kun batamom
chiqib bo’lgach, qazo qilib o’qigani ma’qul.
- Kishi asr namozini o’qiyotganda oftob bota boshlasa, namozi buziladimi?
- Yo’q, ammo uch rakatini o’qib tamom qilishi lozim.
- Yana qaysi paytda namoz o’qish makruh?
- Imom xutba o’qib turgan paytda hamda kunduzi hayit namozidan oldin nafl o’qish
makruhdir.
QIBLA
- Namoz qibla tarafga qarab o’qilishi farzdir.
- Qibla qaysi tarafdir?
- Arabistonning Makka shahrida muborak Baytullohda joylashgan Ka’ba taraf – qibladir.
Ka’ba nomli xonai muborakning devor va tomlari qibla emas, balki xonai muborak bino
qilingan zamin qibladir. Shul sabab, mabodo xonai muborakning devor-tomlari qulasa
ham, u zaminning qiblaligi abadiy davom etaveradi.
QIBLANI ANIQLAMOQ
- Sahro kabi ovloq joyda kishi qiblani bilolmay qolsa, so’ramoqqa odam topolmasa,
namozni qaysi tarafga qarab o’qiydi?

- Kishi qalbi qaysi tarafga qibla ekanini anglab moyillik bildirsa, o’sha tarafga qarab
namoz o’qisa bo’ladi.
- Agar kechasi bo’lsa, atrofda hech bir narsa ko’rinmasa, qanday aniqlaydi?
- Agar bulut bo’lmasa, Oltin qoziq yulduzini topib, o’shandan aniqlaydi. Oltin qoziq
yulduzi doim quyosh yuradigan tarafga muqobil va qarshi bo’lib, shimol tarafda turadi.
Oftob yurar tarafni topgandan so’ngra chog’lab qibla tarafni bilsa bo’ladi.
- Shunday aniqlab, bir tarafni qibla e’tiqod qilib namoz o’qishga kirishsa, namozni
tamom qilmasdan biror alomat tufayli qiblaning boshqa tarafda ekanini anglab qolsa,
nima qilish kerak?

- Namoz o’qib turgan holda o’sha tarafga aylanib ibodatini ado etishi lozim.
- Bir necha kishi qiblani topolmay, har kim o’zicha bir tarafni qibla deb, hamma bir
tarafga qarab ibodat qilsa, nima bo’ladi?

- Har kim o’zi moyil bo’lgan tarafga yolg’iz-yolg’iz holda ibodat qiladi.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:49 | Message # 48
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
43-DARS
Mavzu:NIYAT
-Namoz o’qishdan oldin namoz o’qishni niyat qilish shartmi?
- Dil bilan niyat qilish farz. Til bilan ham qaysi namoz ekanini aytib niyat qilish
mustahabdir. Imomga ergashgan kishi ergashuvni ham niyat qilishi lozim. Ammo niyat
tilda aytilib, dilda aytilmasa, niyat hisobga o’tmaydi. Agar dilda boshqa namozni aytib,
tilda boshqasini aytib yuborsa, dilda aytilgani haqiqiydir.
- Besh vaqt namozga qanday niyat qilinadi?
Niyatni har kim o’z tilida qilsa bo’ladi. Masalan, bunday: «Bomdod namozining ikki
rakatli sunnatini muqaddas qiblam bo’lmish Ka’ba tarafga yuzlanib o’qishni niyat qildim.
Xolis Alloh uchun». Qolgan namozlarda ham shunday. Faqat nomi hamda necha rakatligi
o’zgarib turadi, xolos.
Agar imomning orqasida turib o’qilayotgan bo’lsa, niyatni bunday qilish lozim, masalan:
«Shom namozining uch rakatli farzini ushbu imomga ergashib o’qishni niyat qildim.
Qiblam bo’lmish muqaddas Ka’ba sari yuzlandim. Xolis Alloh uchun». Farz namozlardan
boshqa namozlarda «Allohning Rasuliga ergashib namoz o’qimoqni niyat qildim», deyilsa
ham bo’ladi.
AZON VA IQOMAT
- Namoz o’qishdan avval qaysi amal sunnat hisoblanadi?
- Besh vaqt farz namozlari va juma namozi vaqti kirganda azon aytish va farzlarni
o’qishdan oldin iqomat aytish sunnatdir.
- Namoz o’qiladigan har bir joyda azon va iqomat aytish lozim bo’ladimi?
- Bir mahallaning masjidida aytilgan azon va iqomat butun mahalla uchun kifoyadir.
Masjidda o’qigandan so’ng uyda namoz o’quvchi kishiga azon va iqomat lozim emas.
Agar kishi xonadoni masjiddan uzoq bo’lsa, aytish afzaldir.
- Azon qanday aytiladi?
- To’rt bora «Allohu akbar» («Alloh ulug’dir»).
Ikki bora «Ashhadu anla ilaha illalloh» («Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh
yo’q»).
Ikki bora «Ashhadu anna Muhammadar rasululloh» («Guvohlik beramanki, Muhammad
Allohning payg’ambaridir»).
Ikki bora «Hayya ‘alas solah» («Namozga kelingiz»).
Ikki bora «Hayya ‘alal falah» («Najotga kelingiz»).
Ikki bora «Allohu akbar» va oxirida bir marta «La ilaha illalloh» («Allohdan o’zga iloh
yo’q») kalimalari aytiladi. Bomdod namozining azonida «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki
marta «Assolatu xoyrum minan navm» («Namoz uyqudan afzal»), deya aytiladi.
Iqomat ham azonga o’xshash. Iqomatda «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Qod
qomatis solah» («Namoz o’qishga qaddingizni rostlanglar»), deyiladi.
Yana bir farqi – iqomat azondan tezroq aytiladi. Muazzin iqomatda «Hayya ‘alas solah»,
deganda namozxonlar joylaridan turib namozga niyat qilmoqlari, «Qodi qomatis solah»,
deganda o’rinlaridan turib, safga tizilmoqlari mustahabdir.



 
JamilaDate: Payshanba, 22-Apr-2010, 03:53 | Message # 49
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
44-DARS
Mavzu: AZONNI MUSTAHABLARI
-Azonning mustahablari nimalar?
- Azon aytuvchi tahoratli bo’lmog’i, qiblaga qarab azon aytmog’i, ishorat barmog’ini
qulog’i ichiga qo’yib turmog’i, azon kalimalarini aniq, dona-dona aytmog’i, «Hayya ‘alas
solah»ni o’ng tarafga, «Hayya ‘alal falah»ni chap tarafga qarab aytmog’i mustahabdir.
Azonni eshitgan kishi yurishdan, ish qilishdan va so’zlashishdan to’xtab, azon
kalimalarini takrorlab turmog’i ham mustahabdir. Muazzin «Hayya ‘alas-solah»,
deganda, eshitguvchi «La havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyul ‘aziym» («Gunoh
ishlardan qaytish va ibodatga qodir bo’lish faqat Alloh taolodandir») deyishi va «Hayya
‘alal falah» deyilgan muddatda «Ma’sha Allohu kana va ma’lam yasha lam yakun»
(«Alloh xohlagan narsa bo’lmay qolmas, Alloh xohlamagan narsa bo’lmas») deyishi ham
mustahabdir.
- Kimlar azon va iqomat aytsa, makruh sanaladi?
- Tahoratsiz, junubli, devona va mast kishilarning azon va iqomat aytishlari makruh.
Xotinlar, balog’at yoshiga yetmaganlar, fosiq kishilarning azon va iqomat aytishi esa joiz
emas.

AZON DUOSI
- Azon aytilgandan so’ng muazzin va eshitguvchi qaysi duoni o’qiydilar?
- Ushbu duoni o’qidyilar:
«Allohumma robba hazihid-da’vatit tomma. Vassolatil-qoimati ati
Muhammadanil-vasilata val fazila. Vad-darojatar-rofiata val ‘alia. Val ba’su
maqomam-mahmudanil-lazi vaadtah. Varzuqna shafaatahu yavmal-qiyamati
innaka la tuxlifu-l-miy’ad».

Ma’nosi: «Ey ushbu komil azonning va vaqti kirgan namozning Sohibi va Xojasi!
Muhammad alayhissalomga yordamchilikni, ortiqlikni va baland darajani bergin va uni
O’zing va’da qilgan yaxshi o’ringa o’tkazgin, qiyomat kunida uning bizga shafoatini nasib
et, albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan!»



 
JamilaDate: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:05 | Message # 50
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
45-DARS
Mavzu: NAMOZ ZIKRLARI
- Namozda nimalar o’qiladi?
- Ushbu zikr va suralar:
«Subhonaka allohumma va bihamdika va tabarok-kasmuka va ta’ola jadduka
va la ilaha g’oyruk!»

Ma’nosi: «Ilohim, Seni pok niyat bilan yod qilurman, isming muborak, martabang
ulug’dir, Sendan o’zga topinchim yo’q!»
«A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym».
«Rahmatdan uzoq shaytonning yomonligidan qochib, Allohga sig’inurmiz».
«Bismillahir rohmanir rohim».
«Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman».
So’ng Fotiha surasi o’qiladi:
«Alhamdu lillahi robbil ‘alamin. Ar-rohmanir rohim. Maliki yavmiddin. Iyyaka
na’budu va iyyaka nasta’in. Ihdinas-sirotol mustaqim. Sirotol-laziyna an’amta
alayhim. G’oyril mag’zubi alayhim valazzollin».

So’ng ushbu suralardan biri o’qiladi:
Ixlos surasi:
«Qul huvallohu ahad, allohus-somad. Lam yalid va lam yulad. Va lam yakun
lahu kufuvan ahad».

Falaq surasi:
«Qul a’uzu birobbil falaq. Min sharri ma xolaq. Va min sharri g’osiqin iza vaqob.
Va min sharrin-naffasati fil ‘uqadi. Va min sharri hasidin iza hasad».

Nos surasi:
«Qul a’uzu birobbin-nasi, malikin-nasi, ilahinnas. Min sharril vasvasil xonnas.
Allazi yuvasvisu fi sudurin-nas. Minal jinnati van-nas».

Ruku’ tasbehi:
«Subhana robbiyal a’ziym».
«Ulug’ Parvardigorimning pokligini dilimga jo qilurman».
Sajda tasbehi:
«Subhana robbiyal ‘ala».
«Yuksak maqomdagi Parvardigorimning pokligini takrorlab sajda qilurman».
Tashahhud o’qiladi:
«Attahiyatu lillahi vas-solavatu vat-toyyibat. Assalamu alayka ayyuhan
nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh! Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahissolihiyn.
Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va
rosuluh».

Ma’nosi: «Jismu jon ibodatlari yagona Alloh uchundir. Ey Payg’ambarimiz! Senga
Allohning rahmati va barakalari bo’lsin! Alloh taoloning har bir bandasiga, shuningdek,
bizga ham salomlar bo’lsin! Guvohlik beramanki, Alloh yagona, Undan o’zga iloh yo’q,
yana guvohlik beramanki, Muhammad (alayhissalom) Allohning bandasi va elchisidir».
Salovot:
«Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala
Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum-majiyd. Allohumma barik ‘ala
Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali
Ibrohiym, innaka hamiydum-majid».

Ma’nosi: «Iloho, xuddi Ibrohim alayhissalom va uning qavmini rahmat qilganingdek,
Muhammad alayhissalom va uning qavmini ham rahmat qilgin! Albatta, maqtovga loyiq
va ulug’san! Iloho, Ibrohim alayhissalom va uning qavmini muborak etganingdek,
Muhammad alayhissalom va uning qavmini ham muborak etgin! Albatta, Sen maqtovga
loyiq va ulug’san!»
Duo oyati:
«Robbana atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azabannar!
»

Ma’nosi: «Ey Parvardigorimiz! Bizlarga bu dunyoda va oxiratda yaxshi ne’matlar ato et
va do’zax azobidan asra!»
Salom:
«Assalamu alaykum va rahmatulloh».
«Sizlarga Alloh taoloning salomi va rahmati bo’lsin».
«Allohumma antas-salamu va minkas-salamu va ilayka yarji’u as-salam,
tabarokta ya zal-jalali val ikrom».

«Ey Alloh, Sen har bir balolardan saqlagin, ey kattalik va hurmat egasi».
Qunut duosi:
«Allohumma inna nasta’inuka va nastag’firuka . Va nu’minu bika va
natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xayr nashkuruka va la nakfuruk! Va
naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy
va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu va narju rohmataka va naxsha ‘azabaka!
Inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq!»

Ma’nosi: «Iloho, biz Sening yordamingga muhtojmiz, gunohlarimizni afu etishingni
so’raymiz! Senga imon keltirurmiz! Senga shukr qilurmiz va sano ayturmiz! Ne’matingga
kufr keltirmasmiz va Senga gunohkor bo’lgan kimsalarni tashlab, senga yuzlanurmiz! Ey
Alloh, bizlar Sengagina bandalik qilurmiz va faqat Sening uchun namoz o’qurmiz va
sajda qilurmiz va ibodat qilib yaqinlashurmiz! Azobingdan qutqar! Albatta, Sening
azoblaring chin kofirlargadir!»



 
JamilaDate: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:07 | Message # 51
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
46-DARS
Mavzu: IKKI RAKATLI NAMOZ
- Ikki rakatli namozda qaysi amallar bor?
- Ikki rakatli namozda ikki qiyom (tik turish), ikki ruku’ (bukilish), to’rt sajda va bir
qa’da (o’tirish) bordir.
- Ikki rakatli namoz qanday o’qiladi?
- Avvalo, niyat qilinadi. So’ng ikki qo’lning bosh barmog’i quloq yumshog’iga tekkizilib
takbir aytiladi. Keyin ikki qo’lni bir-biriga bog’lab kindik ostiga (ayollar va qizlarda
ko’krak ustiga) qo’yiladi va Sano o’qiladi. Sanodan so’ng «A’uzubillah» va «Bismillah»ni
aytib, Fotiha surasi o’qiladi. «Omin», degach, yana bir sura o’qiladi-da, takbir aytib,
ruku’ga boriladi. Ruku’da uch marta ruku’ tasbehi aytiladi. Ruku’dan «Samiallohu liman
hamidah, robbana lakal hamd», deb tik turiladi va yana takbir aytib, ikki marta sajdaga
boriladi. Har ikkala sajdada ham uch martadan sajda tasbehi aytiladi. Takbir bilan
ikkinchi rakatning qiyomiga turiladi. Ikkinchi rakatning qiyomida qo’llar bog’lanib
«Bismillah»ni aytib, Fotiha va qo’shimcha biror sura o’qiladi. Yana avvalgi rakatdagiga
o’xshash ruku’ga va ikki marta sajdaga boriladi. Ikkinchi sajdadan so’ng qa’daga o’tirib,
shu holda avval «Tashahhud», so’ngra «Salovot», duo oyatini o’qiladi. Shundan keyin
avval o’ng tomonga, so’ng chap tarafga salom beradi. Ushbu amallar bilan ikki rakatli
namoz tamom bo’ladi.
Bomdodning ikki rakat sunnati va ikki rakat farzi, peshinning ikki rakat sunnati,
shomning ikki rakat sunnati va xuftonning ikki rakat sunnati mana shunday tarzda
o’qiladi. Farq faqat niyat qilishda qoladi.

TO'RT RAKATLI NAMOZ
- To’rt rakatli namozda to’rt qiyom, to’rt ruku’, sakkiz sajda, ikki qa’da bor. Avvalgi ikki
rakatdan keyin birinchi qa’da va to’rtinchi rakatdan keyin yana bir qa’da bo’ladi.
- To’rt rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- To’rt rakatli namoz ham ikki rakatli namozga o’xshaydi. Farqi shuki, ikki rakat o’qib,
qa’dada «Tashahhud»ning o’zi o’qiladi va «Salovot» o’qilmay, uchinchi rakatga turiladi.
Ikkinchi qa’dada esa «Tashahhud»dan so’ng «Salovot» o’qiladi va duo qilinib salom
beriladi. Agar to’rt rakatli namoz peshinning to’rt rakatli sunnatiga o’xshash sunnat
namozi bo’lsa, har to’rt rakatida ham Fotiha surasidan so’ng qo’shimcha biror sura
o’qiladi. Peshin, asr va xufton namozlarining farzlariga o’xshash farz namoz bo’lsa, unda
Fotiha surasidan so’ng avvalgi ikki rakatda qo’shimcha sura o’qiladi, uchinchi, to’rtinchi
rakatda sura qo’shilmaydi, ya’ni Fotiha surasi o’qilgandan so’ng ruku’ qilinadi.
- Uch rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- Uch rakatli namozda ham ikki qa’da bo’ladi. Biri avvalgi ikki rakatning oxirida,
ikkinchisi uchinchi rakatning oxirida. Shom namozi uch rakat farzining avvalgi ikki
rakatida Fotiha surasidan so’ng biror sura o’qiladi, ammo uchinchi rakatida Fotihadan
so’ng sura o’qilmaydi.
Uch rakatli vitr namozining har bir rakatida Fotihadan so’ng bir sura qo’shimcha qilinadi
va uchinchi rakatida qo’shimcha suradan keyin «Allohu Akbar», deb bosh barmoqlar uchi
quloqning yumshog’iga tekkizilib, qaytadan yana bog’lanib, «Bismillah»ni aytib Qunut
duosi o’qiladi. Uni tamom qilgandan so’ng ruku’, sajda va qa’da bilan namoz tamom
qilinadi.



 
JamilaDate: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:08 | Message # 52
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
47-DARS
Mavzu: TO'RT RA'KATLIK NAMOZ BAYONI
- To’rt rakatli namozda to’rt qiyom, to’rt ruku’, sakkiz sajda, ikki qa’da bor. Avvalgi ikki
rakatdan keyin birinchi qa’da va to’rtinchi rakatdan keyin yana bir qa’da bo’ladi.
- To’rt rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- To’rt rakatli namoz ham ikki rakatli namozga o’xshaydi. Farqi shuki, ikki rakat o’qib,
qa’dada «Tashahhud»ning o’zi o’qiladi va «Salovot» o’qilmay, uchinchi rakatga turiladi.
Ikkinchi qa’dada esa «Tashahhud»dan so’ng «Salovot» o’qiladi va duo qilinib salom
beriladi. Agar to’rt rakatli namoz peshinning to’rt rakatli sunnatiga o’xshash sunnat
namozi bo’lsa, har to’rt rakatida ham Fotiha surasidan so’ng qo’shimcha biror sura
o’qiladi. Peshin, asr va xufton namozlarining farzlariga o’xshash farz namoz bo’lsa, unda
Fotiha surasidan so’ng avvalgi ikki rakatda qo’shimcha sura o’qiladi, uchinchi, to’rtinchi
rakatda sura qo’shilmaydi, ya’ni Fotiha surasi o’qilgandan so’ng ruku’ qilinadi.
- Uch rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- Uch rakatli namozda ham ikki qa’da bo’ladi. Biri avvalgi ikki rakatning oxirida,
ikkinchisi uchinchi rakatning oxirida. Shom namozi uch rakat farzining avvalgi ikki
rakatida Fotiha surasidan so’ng biror sura o’qiladi, ammo uchinchi rakatida Fotihadan
so’ng sura o’qilmaydi.
Uch rakatli vitr namozining har bir rakatida Fotihadan so’ng bir sura qo’shimcha qilinadi
va uchinchi rakatida qo’shimcha suradan keyin «Allohu Akbar», deb bosh barmoqlar uchi
quloqning yumshog’iga tekkizilib, qaytadan yana bog’lanib, «Bismillah»ni aytib Qunut
duosi o’qiladi. Uni tamom qilgandan so’ng ruku’, sajda va qa’da bilan namoz tamom
qilinadi.



 
JamilaDate: Dushanba, 26-Apr-2010, 22:08 | Message # 53
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
48-DARS
Mazvu: AYOLLAR NAMOZI
- Ayollar namozi qanday farqlanadi?
- Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:
1) Takbirda ayollar qo’llarini yelkagacha ko’taradilar;
2) Qo’l ko’tarilgan paytda qo’llar yeng ichida bo’ladi;
3) Ayollar qo’llarini ko’kraklarining ustiga qo’yadilar;
4) Erkaklar ruku’da tizzalarini bukmaydilar, balki yozib turadilar, ayollar ozroq bukib
turadilar;
5) Erkaklar ruku’da tizzalariga suyangan vaqtlarida qo’l barmoqlarini ochib turadilar,
ayollar ochmaydilar;
6) Sajdada bo’lgan vaqtda erkaklar bilaklarini yerdan va qovurg’alaridan, qorinlarini
sonlaridan va yerdan uzoq tutadilar, ammo xotinlar sonlarini qorinlariga yopishtirib,
yig’ilibroq sajda qiladilar;
7) Erkaklar qa’dada o’tirgan hollarida oyoqlarini tik bosib, barmoqlarini qiblaga o’girib
turadilar, chap oyoqlarini yotqizib, uning ustiga o’tiradilar, ammo ayollar ikki
oyoqlarining uchlarini o’ng tarafga qaratib, chap dumbalarini yerga tekkizib o’tiradilar;
8) Erkaklar farz namozini azon va iqomat aytib jamoat birla o’qiydilar, ayollar uchun
azon va iqomat shart emas. Ularga namozni jamoat va imom birla o’qish makruh.



 
JamilaDate: Payshanba, 29-Apr-2010, 07:57 | Message # 54
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
49-DARS
Mavzu: TASBEH VA DUO
Namoz tugagach, ushbu zikrlar o’qiladi:

«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar».
Ya’ni, «Allohni poklik ila yod qilurman va hamdlarim Allohga xosdir hamda Alloh yagona
va buyukdir».
«Masha Allohu kana va ma’lam yasha lam yakun».
Ya’ni, «Allohning marhamati bilangina gunohlardan yuz o’girmog’imiz va ibodatga
yuzlanmog’imiz mumkin, yo’qsa, mumkin emas!»
«Allohu la ilaha illahu alhayyul qoyyum. La taxuzuhu sinatuv va la navm lahu
ma fis-samavati va ma fil arz. Man zallazi yashfa’u ‘indahu illa biiznihi ya’lamu
ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuhituuna bishay’im min-’ilmihi ila
bimaa shaa’ vasi’a kursiyyuhus-samavati val-arza vala ya’uduhu hifzuhuma
vahuval-’aliyyul-’aziym».

Ya’ni, «Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat Uning O’zi bordir. U tirik va abadiy
turguvchidir. Uni na mudroq, na uyqu olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar
Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning
(barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U zotning
ilmidan faqat O’zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi - kursisi osmonlar va
yerdan kengdir. Va Uni osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U
eng yuksak va buyukdir».
- Ushbu zikr-oyatlar o’qilgandan so’ng qaysi amal keladi?
- O’ttiz uch marta «Subhanalloh», o’ttiz uch marta «Alhamdulillah», o’ttiz uch marta
«Allohu akbar» aytiladi. So’ng qo’llarni ko’krak to’g’risigacha ko’tarib ushbu duo o’qiladi.
«Allohumma taqobbal minna solatuna va siyamuna va qiyamuna va qiroatina
va ruku’una va sujuduna va qu’uduna va tasbehina va tahlilina va tahshana va
tazarru’una. Allohumma tamaa taqsiruna va taqobbal tamamana vastajib
dua’ana vag’fir ahyaina varhim mavtana ya mavlona. Allohumma taqobbal
minna hazihis-solatil-farzi ma’as-sunnati ma’a jami’i nuqsonatiha bifazlika va
karomika va la tazrib biha vujuhina. Ya ilahal ‘alaminn va ya xoyrin nasirin
tavaffana muslimina valhiqnaa bis-solihina va sollalohu ta’ala ‘ala xoyri xolqihi
Muhammadin va ‘ala alihi va ashabihi ajma’in!»

Ma’nosi: «Iloho, bizlarning namozimizni, qiyomimizni, ro’zamizni, ruku’mizni,
tahlilimizni, tavoze’mizni, iltijomizni va jami amallarimizni qabul qilgin hamda duoimizni
ijobat qil, yorlaqagin, o’tganlarni rahmat qil, balo va illatlardan saqlagin! Bizlarni imonli
holimizda bu o’tkinchi dunyoni tark etishimizda ko’maklashgin. Yaratilganlarning eng
yaxshisi Muhammad alayhissalomni va uning oilasini, do’stlarini rahmat qilgin!



 
JamilaDate: Juma, 30-Apr-2010, 22:18 | Message # 55
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
50-DARS
Mavzu: NAMOZ SHARTLARI
Namoz o’qish uchun quyidagilar shart:
1. Tahoratda bo’lish.
2. Libosning pokligi.
3. Namozgohning ozodaligi.
4. Avratlar hammasi libosda bo’lishi.
5. Namoz o’z vaqtida o’qilishi.
6. Qiblaga qarab turish.
7. Dildan niyat qilish.
NAMOZ RUKNLARI
Namozga kirishishdan avval «Allohu akbar», deyish, tik turish, qiyomda uch oyat
miqdoricha Qur’on o’qish, peshonani yerga yetkazib ikki marta sajda qilish, qa’dada
bo’lish, namoz ruknlarining har qaysisini o’z o’rnida bajarish, namozdan o’z ixtiyori bilan
chiqish namoz ruknlariga kiradi.

NAMOZ VOJIBLARI
-Namozning vojiblari nechta?
- O’n beshta:
- Fotiha surasini o’qimoq,
- farz namozining avvalgi ikki rakatiga, sunnat va nafl namozlarining har rakatiga bir bor
Fotiha surasidan so’ng biror sura yoki uch oyat Qur’on zam qilmoq,
- tumaniniyata – ruku’ va sujudda tasbeh aytar miqdorida o’tirmoq,
- qavma – ruku’dan qaytgan vaqtda qaddini to’g’ri qilib bir oz turmoq,
- jalsa – ikki sajda orasida bir oz o’tirmoq,
- qa’dai u’lo – uch-to’rt rakatlik namozlarning ikkinchi rakati oxirida «Attahiyot» o’qish
miqdoricha o’tirmoq,
- tashahhud – har qa’dada «Attahiyot» o’qimoq,
- salom – namozdan salom lafzi bilan chiqmoq,
- muvalot – namoz amallarini birin-ketin bajarmoq,
- jahr – bomdod, shom va xufton namozlarining avvalgi ikki rakatida imomning ovozini
chiqarib qiroat qilmog’i,
- ixfo – qolgan rakatlarda ovozni maxfiy qilmoq,
- insot – imom qiroat qilgan paytda muqtadiyning sukut qilmog’i,
- takbirot – hayit namozlarinig har rakatida uch marta takbir aytmoq,
- Qunut – vitrning uchinchi rakatida duoyi Qunutni o’qimoq,
- sajdai sahv – unutib farz amalni kechiktirgan yo vojibni tark qilgan kishining sajdasi.



 
JamilaDate: Juma, 30-Apr-2010, 22:19 | Message # 56
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
51-DARS
Mavzu:NAMOZ SUNNATLARI
Namozda yigirma beshta sunnat bor:
- farz namozini jamoat bilan o’qish;
- farz namozi uchun azon aytish;
- farz namozidan oldin takbir aytish;
- farz namozidan oldin qo’lni quloqqa yetkazish;
- ayollarning qo’llarini ko’krakkacha ko’tarishlari;
- qiyomda turganda qo’lni bog’lash;
- takbirdan so’ng namoz boshida Sano aytish;
- Sanodan so’ng «A’uzubillah»ni aytish;
- Fotiha surasidan so’ng «Omin», deyish;
- ruku’ga borganda va undan qaytganda hamda sajdaga borganda «Allohu akbar»,
deyish;
- ruku’da uch marta tasbeh aytish;
- sajdada uch marta tasbeh aytish;
- ruku’dan qaytilganda imom bilan yoki yolg’iz o’quvchi «Sami’allohu liman hamidah»,
deyishi;
- so’ng «Robbana lakal hamd», deyish;
- ikkinchi qa’dada salovotni oxirigacha o’qish;
- ikkinchi qa’dada salovotdan so’ng oyat o’qish;
- takror salom, ya’ni o’ng va so’l tarafga salom berish;
- niyat salomini berish;
- takbirni, tasmiyani, salomni baland ovozda aytish;
- imom bilan namoz o’qiganda har amalni tengma-teng bajarish.



 
JamilaDate: Juma, 30-Apr-2010, 22:19 | Message # 57
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
52-DARS
Mavzu: NAMOZ MUSTAHABLARI
Namoz mustahablari yigirmata:
- namozga kirishayotib qo’l ko’targanda barmoqlar orasini ochiq tutish;
- bosh barmoqlar quloq yumshog’iga tekkizilishi;
- tik turgan paytda ikki oyoq orasining sal ochiq turishi;
- qo’l bog’langanda chap qo’lning kaft bo’g’inini o’ng qo’lning bosh barmog’i va
chinchalog’i bilan bog’lab ushlash;
- sura va zikrlarni burro-burro o’qish;
- bomdod va peshinda Fotiha surasidan keyin uzunroq suralarni o’qish;
- asr va xufton namozida o’rtacha uzunlikdagi suralarni o’qish;
- shom namozida qisqa suralarni o’qish;
- avval uzun, keyin kalta suralarni o’qish;
- sajda chog’i bosh barmoq quloq yonida bo’lishi;
- sajdada qo’l barmoqlari bir-biriga tegib turishi;
- sajdada oyoq barmoqlari yerga tegib, tovon ko’tarilib turishi;
- qo’l va oyoq barmoqlari qiblaga qarab turishi;
- qa’dada qo’l barmoqlarini past qilib turmasdan o’z holicha son ustiga qo’yish;
- ruku’ va sajdada tasbehlarni toq aytib, uchdan ziyoda aytish;
- uch va to’rt rakatli farz namozlarining ikki rakatidan so’nggi rakatlarida Fotiha surasini
o’qish, ammo sunnat, vojib va nafl namozlarida Fotiha surasidan so’ng bir sura qo’shib
o’qish;
- namoz ichida yo’talmaslik, esnamaslik, tavoze’lik, salom berganda orqadagi kishini
ko’rar darajada yuzni burish.



 
JamilaDate: Juma, 07-May-2010, 22:05 | Message # 58
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
53-DARS
Mavzu: NAMOZ PAYTIDAGI MAKRUX HOLATLAR
Ular oltmish bitta:
- uzrsiz yo’talish;
- qiroatga xalal beruvchi narsani og’izda saqlash;
- ruku’ holatida bosh yelkadan baland turishi;
- no’xot kattaligida taom yeyish;
- oyat va tasbehlarni barmoq bilan sanash;
- sunnatlardan birortasini qasddan tark etish;
- qiroatni ruku’da tamom qilish;
- ikki ko’zni yumib turish;
- namoz tugamay, peshonasini artish;
- namoz payti libosni tekislash;
- harakat qilish;
- tuflash;
- yechinish;
- qasddan bir oyatni yarmida to’xtatib, boshqasini boshlash;
- kerishish;
- peshonani yerga tekkizmay, sallani tekkizish;
- jamoatga odam qo’shilganda imom ovozini pasaytirishi;
- namozni imom cho’zib yuborishi;
- yeng tirsakkacha chiqishi, burun qoqish;
- takbirni takror aytish;
- uzrsiz devorga yoki ustunga suyanish;
- mehrob ichiga butunlay kirib olib namoz o’qish;
- barmoqlari bilan biror so’zni yozib ko’rsatish;
- bosh yo qosh bilan biron so’zni ishora qilish;
- tahorat tang bo’lib turganda namoz o’qish;
- qabrga yo najasga qarab namoz o’qish;
- oldinda joy bo’lsa-da, ortda namoz o’qish;
- boshyalang namoz o’qish – bularning bari namoz chog’i qilinsa, makruhdir.



 
JamilaDate: Juma, 07-May-2010, 22:06 | Message # 59
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
54-DARS
Mavzu:NAMOZNI BUZUVCHI AMALLAR
Namozni ushbu yigirma ikki amal buzadi:
- so’zlashish;
- qasddan bir kishiga salom berish;
- qasddan alik olish;
- duoda odamlardan narsa talab qilish;
- dunyo ishi uchun ovoz chiqarib yig’lash;
- kam bo’lsa-da, taom yeyish;
- mast holda bo’lish;
- sharob ichish;
- ish qilish, ya’ni libos kiyish, qashinish;
- Qur’onning ma’nosini buzib o’qish;
- imomdan ilgari turish;
- oftob chiqayotganda bomdod o’qish;
- farz amallarining birortasini tark qilish;
- libosining yoki o’zining bulg’anishi va shu kabilar namozni buzuvchi amallardir.



 
JamilaDate: Juma, 07-May-2010, 22:07 | Message # 60
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
55-DARS
Mavzu: NAMOZNING MUBOH AMALLARI
- Yuz o’girmay, ko’z qiri bilan nazar tashlash;
- ilon yo chayon o’ldirish;
- nafl namozda bir rakatga bir surani ikki marta o’qish;
- nafl namozda devor yo ustunga suyanish;
- imomning vojib harakatini bilish uchun yondagi kishiga nazar solish.

NAMOZ PAYTIDA TAHORATNI BUZILISHI
- Burun qonasa yo shunga o’xshash xunuk hodisa bo’lsa, ibodatdagi kishining namozi
buziladimi?

- Ha. Bunday holda kishi tahoratini yangilab, boshdan yoki to’xtagan joyidan o’qishi
lozim. Bu paytda imom namozni tugatgan bo’lsa, u kishi yolg’iz o’qiydi.
-Namoz o’qib turgan kishining oldidan kesib o’tsa bo’ladimi?
- Yo’q, bu holat makruhdir. Ancha naridan bo’lsa, joiz. Namoz o’qiyotgan kishi o’zini
bildirishi uchun «Subhanalloh» deb qo’ysa bo’ladi yoki bir gaz oldinga tayoqcha suqub
qo’yadi. Jamoat bo’lib o’qilsa ham, oldindagi yo’lakni berkitmaslik uchun tayoqcha tiqib
qo’yiladi.



 
Search: