RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 1
  • 1
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Дажжол фитнасидан сақланиш йўллари
SANJAR80Date: Chorshanba, 23-Dek-2009, 15:46 | Message # 1
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:

Дажжол фитнасидан сақланиш йўллари

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا تَشَهَّدَ أَحَدُكُمْ فَلْيَسْتَعِذْ بِاللَّهِ مِنْ أَرْبَعٍ يَقُولُ اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ جَهَنَّمَ وَمِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ وَمِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ وَمِنْ شَرِّ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ« (رواه مسلم).
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Сизлардан бирингиз ташаҳҳуд ўқигач, Аллоҳ таолога дуо қилиб тўртта нарсадан паноҳ тиласин, айтсинки: «Эй Парвардигор! Мен Сендан жаҳаннам азобидан, қабр азобидан, тириклик ва ўлим фитнасидан ҳамда масихи Дажжол фитнаси ёмонлигидан паноҳ тилайман» (Имом Муслим ривояти).

عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَمِعَ بِالدَّجَّالِ فَلْيَنْأَ عَنْهُ فَوَاللَّهِ إِنَّ الرَّجُلَ لَيَأْتِيهِ وَهُوَ يَحْسِبُ أَنَّهُ مُؤْمِنٌ فَيَتَّبِعُهُ مِمَّا يَبْعَثُ بِهِ مِنْ الشُّبُهَاتِ أَوْ لِمَا يَبْعَثُ بِهِ مِنْ الشُّبُهَاتِ« (أخرجه أحمد وأبو داود).
Имрон ибн Ҳусойн розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ким Дажжолнинг (чиққанини) эшитса, ундан узоқлашсин! Аллоҳга қасамки, киши уни мўмин деб ўйлаб, унинг олдига келади-да, у қўзғотаётган шубҳалар (яъни мўъжизага ўхшаш ишлар) туфайли унга эргашиб кетади» (Имом Аҳмад ва Абу Довуд ривоятлари).

عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ حَفِظَ عَشْرَ آيَاتٍ مِنْ أَوَّلِ سُورَةِ الْكَهْف عُصِمَ مِنْ الدَّجَّالِ» (رواه مسلم).
Абуд-Дардо розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ким Каҳф сурасининг аввалги ўн оятини ёд олса, Дажжолдан саломат қолади» (Имом Муслим ривояти).

Шарҳ:
Дажжол фитнаси – Аллоҳ ундан Ўзи асрасин – энг катта фитналардан, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳнинг изни билан ундан сақланишга сабаб бўладиган йўлларга йўллаганлар.

Бугунги дарсдан олинадиган фойдалар:
1- Ҳар намоз охирида масиҳи Дажжол фитнасидан паноҳ тилаш лозимлиги;
2- Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам унинг чиққанини эшитган одам ундан узоқлашсин, унга яқин келмасин, деб буюрганлар;
3- Каҳф сурасининг аввалги ўн оятини ўқиш Аллоҳнинг изни билан ундан сақлайди.


 
OSIYODate: Shanba, 02-Iyul-2011, 08:26 | Message # 2
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Zamonaviy dajjol

Oxir zamon haqidagi hadislarda Dajjol haqidagi ma’lumotlarni o’qib chiqsak, unda ko’pgina masalalar sirli ravishda bayon etilganligiga shohid bo’lamiz. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, uning sifatlari va amallari juda xilma-xil bo’lib, Islom va Xudoning eng katta dushmani ekanligi aytilgan. Dajjol haqidagi ma’lumotlar haqida ilmoy ish olib borganlardan biri alloma Sayyid Muhammad Sadrdir. U o’zining “Imom Mahdi ”kitobining uchinchi jildida Dajjol haqida mufassal yozgan, biz bu yerda ana shu kitobdagi ma’lumotlarni qisqacha keltirmoqchimiz.

Dajjol- eng sirli tushunchal;ardan bo’li8b, hadislarda u haqida so’z yuritilganida “Odam yaratilgandan beri to Qiyomatgacha Islom uchun eng xatarli amr – bu Dajjolning kelishidir”deyilgan. Hadisda aytilgan “amr” so’zidan ma’lum bo’ladiki, Dajjol – bu ma’lum bir shaxs emas, balki butun bir madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayondir. Bashariyat tarixida Allohga materialistlardan ko’ra ko’proq dushmanlik qilgan toifa topilmaydi. Materialistlar nafaqat tavhid (yakkaparastlik)ni qabul qilmas edilar, balki umuman Xudoni O’zini ham inkor qilishga jur’at qilgan edilar.

Hadislarda aytilishicha, Dajjol osmonlardan yomg’ir yog’dira oladi va Yerlardan turli giyohlarni chiqara oladi. Agar bugungi kunimizni olib qaraydigan bo’lsak, g’arb davlatlaridagi ilm-fanning rivojlanishi bilan odamlar bulutlarn9i portlatish yo’li orqali yomg’ir “yog’diryaptilar”. Sodda odamlar esa mana shu fan-texnika yutuqlarini ko’rib, rostdan ham Xudo yo’qmikin, deb ikkilanishgacha boryaptilar.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol qaysi mahalladan o’tsa, agar u mahalla ahli uni qabul qilmasa, ya’ni iymon keltirmasa, usha mahalla ahlini halok qiladi. Agar mahalla ahli uniga iymon keltiradigan bo’lsa, yogingarchilik mo’l bo’lib, sigirlar ham sersut bo’ladi (barakot yog’iladi).

Zamonamizga tatbiq qiladigan bo’lsak, darhaqiqat ham g’arb davlatlari siyosatini chin dildan qabul qilib ular bilan do’stlik aloqalarini kuchaytirgan davlatlar moddiy farovon hayotni kechirmoqdalar, va aksincha, g’arb istelochilarini qabul qilmay ularga qarshi chiqqan davlatlar qiyin hayotni boshdan kechirmoqdalar va hatto berahmona qirib tashlanyapti.

Yana rivoyatlarda aytilishicha, Dajujol Xudolikni iddio qiladi va o’zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi. Agar bizning zamonamiznik olib qaraydigan bo’lsak, darhaqiqat ma’naviyatdan uzoq turadigan g’arb davlatlari butunj dunyo siyosatini qo’llariga olib, televideniye, radio, internet, jahon modasini tasis etish, turli konveciya va qonunlarni qabul qilib odamlarning tafakkuriga chuqur tasirini ko’rsatmoqda. Ular o’ylab chiqargan “cikularizm ” (din siyosatga aralashmasin, qonuni), “gumanizm” (insondo’sti) aslida Tavhid va dindorlikka qarshi chiqarilgan qonunlar majmuasidir.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol odamlarga suv beradi, vale u bergan suv aslida olov, va aksincha olov beradi, aslida usha olov suvdir. Hozirgi zamonda deb g’arb olami qadriyatlar (suv)deb nomlangan narsalar aslida har qanday insoniylik va qadriyatlardan uzoq razolat (olov)dir. Aksincha eskirgan va hech qanday qiymatga ega bo’lmagan xurofot (olov) deb e’lon qilingan narsalar aslida poklik, dindorlik va ma’naviyat (suv)dir.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol bir ko’zlidir. Ya’ni ikkinchi ko’zi ko’r bo’ladi. Yana zamonamizga qaytib hadisni tahlil qiladigan bo’lsak, g’arbiylar va faqat moddiyatni qabul qiladiganlar, darhaqiqat faqat bir ko’zli maxluqqa o’xhsashadi. Nega deganda insoniyat ikki qismdan iborat, biri – ma’naviy (ruhiy) va ikkinchisi esa – moddiy. Agar bu ikki qismdan faqat birinigina qabul qiladigan bo’lsak, u holda noqis inson, yoki hadis ta’biri bilan aytadigan bo’lsak, “bir ko’zli” maxluqqqa aylanadi.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol yer yuzining barcha nuqtasiga yetib boradi, ammo ikki muqaddas makonga oyog’I yetmaydi. Bu ikki makon – biri Makkatul mukarrama; ikkinchisi – Madinai munavvara.

Zamonamizda darhaqiqat g’arbiylar ideologiyasi har yerga o’z tasirini otkazdi. Ammo ikki narsaga tasirini o’tkaza olmadi va hech qachon ham bunga eriosha olmaydi. Bu yakkaparastlikyoki Tavhid (Makkatul mukarrama) va ikkinchisi nubuvvat yoki payg’ambarimizga bo’lgan iymon (Madinai munavvara)dir. Ha, Dajjol qanchalik urinmasin, hech qachon Islom diniga kuchi yetmaydi, shuning uchun Dajjolga aldanib qolmaslik uchun o’z dinimizni mustahkam o’rganib unga amal qilmoqlik lozimdir.
 
DURDONDate: Juma, 29-Noya-2013, 07:55 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
- Navvos ibn Samâdan (r.a.) rivoyat qilinadi:

«Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Dajjolni zikr qildilar. U zot bu haqda goh ovozlarini pasaytirib, goh balandlatib gapirganlaridan biz o'sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo'lsa kerak, deb gumon qildik. Qachonki, (ertasiga) u zot huzurlariga borsak, bizdagi (vahimani) ko'rib: «Sizlarga nima bo'ldi?» dedilar.
Biz: «Ey Allohning rasuli kecha ovozingizni goh pasaytirib, goh balandlatib Dajjol haqida gapirdingiz. Biz bu ohangda gapirganingizdan o'sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo'lsa kerak, deb gumon qildik», desak, u zot: «Dajjoldan boshqa narsa meni qo'rqitmoqda. Agar u Dajjol men sizlarning orangizda ekanimda paydo bo'lsa, o'zim uning chorasini ko'raman. Bordi-yu, men sizlarning orangizda bo'lmaganimda paydo bo'lsa, har bir kishi chorasini o'zi ko'radi. Allohning o'zi har bir musulmonga madadkordir. Albatta u Dajjolning sochi jingalak, qo'ng'iroqdir. Ko'zi esa bo'rtib chiqqan. Xuddi Abduluzzo ibn Qatonga o'xshaydi. Kim uni uchratib qolsa, Kahf surasining avvalgi oyatlaridan (o'n oyat) o'qisin. Albatta Dajjol Shom bilan Iroq oralig'ida chiqib, o'ng va chap tarafiga fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, dinlaringizda mustahkam bo'linglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! U yer yuzida qancha turadi?» desak, u zot: «Qirq kun turadi. Birinchi kuni bir yil kabi. Ikkinchi kuni bir oy kabi. Uchinchi kuni hafta kabi. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringiz kabidir», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Uning bir yillik kunida bizning bir kunlik namozimiz kifoya qiladimi?» dedik. U zot: «Yo'q! Kifoya qilmaydi. Sizlar o'z kunlaringizga teng keladigan bir muddatni taxmin qilib besh vaqt namozni o'qiysizlar», dedilar. Biz: «U Dajjol yurishining tezligi qay darajada?» dedik. U zot: «Shamol uchirib yurgan bulut kabi yuradi. U bir qavmga kelib, ularni o'z yo'liga da'vat etadi. U qavm Dajjolga iymon keltirib, uning so'zlarini ijobat qilishadi. Dajjol keyin osmonga hukm qiladi. Osmon ularga yomg'ir yog'diradi. Yerga hukm qiladi. Yer o'zida giyohlarni o'stiradi. Jonivorlar giyohlardan yeb kechqurun qaytganida, tanalari baland, yelinlari sutga to'lgan va yonlari semirgan holda bo'ladi. Keyin Dajjol boshqa bir qavm huzuriga kelib, ularni ham o'z yo'liga da'vat qiladi. Ular Dajjolning da'vatini qabul etishmaydi. Qabul etishmaganidan keyin ulardan yomg'ir uzilib, qahatchilik yetadi. Qo'llarida hech qanaqa boylik qolmaydi. So'ngra u bir xaroba yerga boradi. Va u yerga: «Ey yer ichingdagi xazinalarni chiqar», desa, xazinalar chiqib, xuddi asalari podshosi orqasidan ergashgani kabi Dajjolga ergashadi. Keyin yosh bir yigitni chaqirib, uni qilich bilan urib ikkiga ajratib tashlaydi. Keyin o'lgan yigitni chaqirsa, u chehrasi ochiq, kulimsirab chiqadi. Dajjol shunday ishlarni qilib turganida, Alloh taolo Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)ni yuboradi. U zot Damashq sharqidagi oq minoraga libos kiyib, ikki farishta qanotiga kaftlarini qo'yib tushadilar. Agar boshlarini engashtirsalar, suv (ter) oqadi. Agar boshlarini ko'tarsalar ham, marvarid donalari kabi suv oqadi. Qachonki, biror kofirga u zotning nafaslari yetsa, u darhol o'ladi. Endi nafaslari nazarlari yetgan joygacha yetadi. Iso alayhissalom Dajjolni Baytulmaqdis yaqinidagi Luddi nomli shahardan axtarib-topib qatl qiladilar. Keyin Iso alayhissalom Dajjol fitnasidan omonda qolgan bir qavm huzuriga borib, (horigan) yuzlariga shafqat qo'lini surtadilar. Va ularning jannatdagi o'rinlarining xabarlarini beradilar. Iso alayhissalom shunday turganlarida Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Men shunday bir jamoani yer yuzida paydo qilamanki, ular bilan urushishga biror kishining kuchi yetmaydi. Shuning uchun siz musulmon bandalarimni olib Tur tog'iga boring», deydi. Keyin Alloh Yaâjuj va Maâjuj toifasini yuboradi. Ular har balandlikdan (sel kabi) tezlik bilan yer yuziga tarqalishadi. Ularning avvalgilari Tabariyya nomli ko'lmak oldidan o'tib, suvning (hammasini) ichib ketishadi. Ularning oxirgilari (u ko'lmakda suv qolmaganini ko'rib): «O'zi bu yerda biror marta suv bo'lganmi?» deyishadi. Bu paytda Iso alayhissalom va u zotning ashoblari bir tomonda yotishadi. Qiynalib ketishganidan birortalariga bitta ho'kiz boshi topilishi yuz dinordan yaxshidir. Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvorib (bu fojeadan xalos etishni) so'rashadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, yomon qavmga qurt balosini yuboradi. Barchalari bir dafâada halok bo'lishadi. Keyin Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari (tog'lardan) yerga tushishadi. Va u yerda ular badbo'y hid tarqalmagan biror qarich joy topa olishmaydi. Yana Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvborib (bu hidlar bartaraf bo'lishini so'rab) duo qilishadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, tuyaning bo'ynidek qushlarni yuboradi. U qushlar qurtlarni olib Alloh xohlagan tomonga eltib tashlaydi. Keyin Alloh taolo bir yomg'irni yuboradi. U yomg'ir biror uy yoki chayla qoldirmay oqizib ketadi. Hatto yer tozalanganidan sirpanchiq bo'lib silliqlanadi. Keyin yerga «Mevalaringni hosilga kirgizib, barakalaringni ato et», deyiladi. Ana o'sha kunlarda bir dona anorga katta bir jamoa to'yib, po'stloqlarini soyabon qilishadi. Alloh sutlarga ham shu darajada baraka beradiki, bitta sutli tuya odamlarning katta bir jamoasiga kifoya qiladi. Va yana bitta sutli mol katta bir qabilaga kifoya qiladi. Sutli bir echki katta bir oilaga kifoya etadi. Ular shunaqa to'kinchilik bilan turishganida, Alloh taolo bir xushbo'y havo yuboradi. Havo ularning qo'ltig'i ostiga joylashib, uning asaridan barcha mo'min va musulmonlar vafot etishadi. Yer yuzida faqat yomon kishilar qolishadi. Ularning erkaklari ayollar bilan xuddi eshaklar bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishgani kabi xotirjam ish bajaraverishadi. Ular shu holatda turishganida qiyomat qoim bo'ladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati.


 
  • Page 1 of 1
  • 1
Search: