CryGirl | Date: Dushanba, 23-Noya-2009, 04:56 | Message # 1 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| Kunlardan bir kuni hazrat rasululloh (saov) Masjidul Harom yonida shaytonni uchratdilar-da, unga qarab: Ey nafratga uchragan, nima uchun mendan hafasan? –deb so’radilar. Shunda shayton bunday deb javob berdi: Men hamma odamlarni yo’ldan urib gumroh qilaman deb harakat qilaman. Sen esa Qiyomat kunida odamlarni shafoat qilib men chekkan hamma zahmatlarimni chipakka chiqarasan. Shuning uchun seni ko’rarga ko’zim yo’q!
Hazrat rasuli akram (saov): Xo’sh ummatimni nima uchun yomon ko’rasan?-deb so’radilar. Shayton bunday dedi: Chunki sening ummatingning ba’zi xususiyatlari bordirki, boshqa ummatlarda yo’qdir.
Bular quyidagilardir:
1.
Ummating a’zolari bir-birlarini ko’rganlarida o’zaro salom beradilar, Salom Allohning ismi bo’lgani uchun men undan qo’rqaman. 2.
Uning ustiga bir-birlariga salomlashganlarida qo’l berishadi. Bir-birlariga qo’l berib so’rashganlarida esa gunohlari duv-duv to’kiladi. 3.
Namozlar ichida ayniqsa bomdod namoziga ko’p ahamiyat beradilar. Kechasi ulrning tepasida qo’riqchilik qilgan farishtalar qilingan kechasidagi amallarni yozib qo’yadilar Bomdod azoni paytida esa o’z o’rinlarini kunduzgi farishtalarga beradilar. Ya’ni farishtalar doimo ularni o’rab turganidan keyin mening qiladigan fitnalarim natijasiz qoladi. 4.
Ovqat yeyishdan oldin “Bismillah”ni aytishadi, shuning uchun ovqatlariga sherik bo’la olmay, och qolib ketaman. 5.
Sening ismingni aytganlarida doimo salavot aytadilar va shunchalik ko’p savob oladilarki, men qochishga majbur bo’laman. 6.
Biron ish qilishdan oldin “Inshaalloh” deb aytishadiki, natijada men ishlariga aralasha olmayman. 7.
Sening ummating doimo sadaqa berib turadi, buning natijasida ham ko’plab savobga ega bo’ladilar. Uning ustiga tushadigan balolarni ham bu sadaqa berishlari bilan daf qiladilar. Mening butun umidmni barbod qiladilar. Hazrat rasululloh (saov) shundy deb marhamat qilagan edilar: Qachon biror mo’min sadaqa beraman deb qo’lini cho’ntagiga uztganida shayton kelib uni vasvasa qiladi va bu ishni qilishdan qaytaradi. Qachonki usha odam shayton vasvasasiga ahamiyat bermay sadaqa bersa, shayton usha yerdan qochadi. 8.
Qur’oni karimni tilovat qiladilar. Qaysi uyda Qur’on tilovat qilinar ekan men uchun usha uyda joy qolmaydi. Cunki farishtalar u yerda raftu-omad qiladilar. 9.
Menga ko’p la’nat o’qishadi. Menga (Shaytonga) qilingan la’nat natijasida badanimda yara hosil bo’ladi, bu yara to usha menga la’nat o’qigan odamni gumroh qilmagunimcha tuzalmaydi. Agar yo’ldan ura olmasam abadul abad yaram bilan qolaman. 10.
Biror gunoh ish qilsalar darrov tavba qilishadi, bu degani ularning gunohlari kechirilib mening qilgan hamma zahmatlarim nobud bo’ladi, demakdir. 11.
Aksirganlarida esa “Alhamdulillah” deb Allohga hamd aytishadi. Hazrat rasululloh (saov) bunday degan edilar: Aksirish Alloh tarafidan va esnash esa shayton tarafidan bo’ladi. Shuning uchun aksirganingizda “Alhamdulillah” deb ayting. Aksirganni eshitgan boshqa musulmon esa “Yarhamukalloh” deyishi kerakdir. Qachon inson namoz o’qisa, ayniqsa sajdalarida uzoq qolsa, shayton darg’azab bo’lganidan hatto faryod chekadi.
Hazrat imom Sodiq (a.s) bunday degan edilar: Namoz o’qimaydigan odam shaytondan ham pastroq va badtarroqdir. Nega deganda, shayton Allohga sajda qilar edi, odamga sajda qilmagani uchun Parvardigor g’azabiga uchradi. Ammo namoz o’qimaydigan odam esa, Parvardigorga sajda qilishdan bosh tortgan bo’ladi.
Payg’ambarimiz (saov) dan naql qilinadi: Namozxon namozini tugatgach tasbeh o’girganida ya,ni Subhanalloh (33 ta) Ahhamdulillah (33ta) va Allohu Akbar (34 ta) tasbeh o’girgan barmoqlari Qiyomat kunida uni shafoat qiladi.
Boshqa bir hadisda esa
“Qiyomat kunida Sirot ko’prigidan o’tkazib qo’yuvchi amal – bu namozdir”- deyilgan.
Hazrat shuningdek bunday degan edilar: Agar odamning namozi qabul bo’ladigan bo’lsa, boshqa hamma amallari ham qabul bo’ladi. Ammo aksincha agar namozi qabul bo’lmasa, hech bir amali qabul bo’lmaydi.
Namozlar ichida ayniqsa Bomdod namozini tark qilmaslik haqida alohida ta’kidlangandir. Chunki kecha farishtalari ham bu namozni tundagi amal sifatida yozib qo’ysalar, kunduzgi farishtalar bu namozni kunduzgi namoz sifatida nomai amolga yozadilar.
Imom Sodiq (a.s) namoz haqida aytib jumladan bunday deb marhamat qilgan edilar: Namoz o’qiganingizda “Bismilloh”ni ovoz chiqarib o’qinglar, va illo shayton namoz oxirigacha yelkangizda o’tirib olib vasvasa qilishi mumkin. Shuningdek, namozda Fotiha surasini o’qishdan oldin “Auzu billahi minash shaytonir rojim” deyishni unutmang. Shunda badaningizdagi tuklar soni miqdorida hasanot yoziladi.
|
|
| |