Alloh O'zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan: "Alloh adalat ila turib, albata, Undan o'zga iloh yo'qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o'zga iloh yo'q. U aziz va hakiym zotdir" ("Oli Imron" surasi, 18-oyat).
Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini farishtalarning shohidligi bilan tenglashtirgan. bu esa, ilmli kishilarning hurmati Allohning huzurida naqadar yuqori ekanligini ko'rsatadi. Aksincha, Qur'on ilmsizlarni tanqid qilgan:
"Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar" ("Rum" surasi, 59-oyat).
Qur'on ilmining chegarasi yo'q ekanligini ham bayon qilib o'tgan:
" Har bir ilm egasi ustidan bilguvchi bor" ("Yusuf" surasi, 76-oyat).
Bu oyatning ma'nosi: olimlar o'z ilmlari bilan mag'rurlanib, o'z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o'zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur'on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo'lishga chaqiradi:
"...va: "Robbim, ilmimni ziyoda qilgin",degin" ("Toha" surasi, 114- oyat).
Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asoslarini kishilarga ko'rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo'ladi:
1. Islom dalil va hujjat dinidir.
Ilm biror narsani hujjat va aniq dalil bilan bog'lamaguncha, uni haqiqat deb tan olmaydi. Qur'on ham musulmonlarga dalilsiz narsani qabul qilmaslikni buyuradi:
"Va ular: "Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmaydi", dedilar. Bu ularning hom hayollaridir. "Agar rostgo'y bo'lsangiz, hujjatingizni keltiring", deb ayt". ("Baqara" surasi, 111-oyat).
Bir narsaga dalil va hujjat bo'lmasa, ishonib bo'lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk e'tiqodida bo'lganlarni Alloh so'roq qiladi:
"Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu hususda hech bir dalili yo'qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar" ("Mo'minun" surasi, 117-oyat).
Boshqa bir oyatda Alloh mushriklardan but va sanamalarga ibodat qilmasliklari uchun dalil va hujjat talab qiladi.
"Yoki avval boshdan yaratadigan, so'ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan zot yahshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! "Agar rostg'oy bo'lsangiz, hujjatingizni keltiring", degin" ("Naml" surasi, 64-oyat).
Mana shu oayatlardan ravshan ko'rinib turibdiki, har kimsaning aytgan gapiga dalili bo'lishi kerak. Kimki uning gapini eshitsa, dalil so'rasin. Dalil bo'lmasa, qabul qilmasin.Amiyn!
Assalomu alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu!