Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
3741
Holati:
|
Qur'onda tavsiya etilgan o‘ziga xos odoblardan biri kechirimlilikdir: Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring! («A'rof» surasi, 199-oyat)
Boshqa bir oyatda esa Alloh shunday amr etadi: «... balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizmi?! Alloh mag‘firatli va rahmlidir.» («Nur» surasi, 22-oyat)
Qur'onning axloqiy qadriyatlariga amal qilmaydigan kimsalar o‘zgalarni kechirishda juda qiyinchilik sezadilar. Chunki ular sodir etilgan har qanday xatodan so‘zsiz g‘azablanib ketadilar. Biroq Alloh o‘ziga sodiq imonli bandalariga kechirimlilik o‘rinli ekanligi haqida maslahat beradi:
(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir ... («Sho‘ro» surasi, 40-oyat)
... Agar sizlar (ularni) afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsangiz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli va rahmlidir. («Tag‘obun» surasi, 14-oyat)
Qur'onda yana shu narsa vahiy qilinganki, kechirimlilik - bu oliy axloqiy xislatdir: «Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.» («Sho‘ro» surasi, 43-oyat). Shu sababdan dinga e'tiqod qiluvchilar kechirimli, rahmli va bardoshli insonlar bo‘lib, Qur'onda vahiy qilinganidek, ular «g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir.» («Oli Imron» surasi, 134-oyat)
Dinga ishonuvchilarning kechirimlilik haqidagi tushunchasi Qur'on odob-axloqqoidalari asosida yashamaydigan odamlarnikiga nisbatan juda katta farq qiladi. Hattoki ko‘pchilik odamlar o‘zlarini xafa qilgan kishini «kechirdim» deb aytishlari mumkin-u, biroq shunday bo‘lsa ham, ular o‘z yuraklaridagi nafrat va g‘azabdan uzoq vaqt davomida qutula olmay yuradilar. Ularning xulqi bu g‘azabni ifoda etishga moyildir. Aksincha, dinga ishonuvchilarning kechirimliligi samimiy bo‘ladi. Chunki ishonuvchilar inson zoti bu dunyoda bir sinov ekanligini va ular o‘z xatolaridan o‘rga-nishini, ular o‘zlarining bardoshli va rahmli ekanliklarini biladilar. Bundan tashqari, ishonuvchilar hatto o‘zlari haq, boshqalar esa nohaq bo‘lgan paytlarda ham kechirib yuborish xislatiga egadirlar. Kechirayotgan paytda ular katta va kichik xatolar o‘rtasidagi farqqa e'tibor bermaydilar. Kimdir xato qilib, ularga katta talafot yetkazishi mumkin. Biroq ishonuvchilar hamma narsa Allohning amri va ma'lum bir taqdir taqozosi bilan sodir bo‘lishini biladilar va shuning uchun ham ular bunday holatlarda jahlga yon bermasdan, o‘zlarini qo‘lga ola biladilar.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik olimlar kechira olish qobiliyatiga ega bo‘lganlar ham ruhan, ham jisman sog‘lomroq bo‘lishini aniqlashdi. Stendford universitetidagi Psixologik maslahat va salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi filosofiya fanlari doktori Fredrik Laskin va uning guruhi San-Frantsisko shahrida istiqomat qiluvchi 259 odamni o‘rganishdi. Olimlar tadqiqot sub'ektlariga oltita bir yarim soatlik sessiyada qatnashishni taklif qildilar va suhbat davomida sub'ektlarni kechirimlilikka o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ydilar.
Tajriba sub'ekglari ularga yomonlik qilgan odamlarni kechirganlaridan so‘ng kamroq azob chekkanlarini ta'kidlashdi. Tadqiqot kechirishni o‘rgangan odamlar o‘zlarini nafaqat hissiy, balki jismoniy tomondan ham yaxshiroq his qilganliklarini isbotladi. Misol uchun, bu tajribalardan so‘ng stress bilan bog‘liq ensa og‘rig‘i, uyqusizlik va oshqozon og‘rig‘i kabi psixologik va jismoniy alomatlar bu shaxslarda sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.
Doktor Fredrik Laskin o‘zining «Umrbod kechiring» deb nomlangan kitobida kechirimlilikni sog‘liq va baxtiyorlik uchun isbotlangan retsept deb ifodalaydi. Kitob kechirimlilik qanday qilib jahl, alam, ruhiy tushkunlik va stresslarni kamaytirish evaziga umid, sabr va o‘ziga ishonch kabi ijobiy xislatlarni uyg‘otishini tasvirlaydi.
Doktor Laskinning aytishicha, ko‘ngilda tugib qo‘yilgan jahl shaxsda kuzatiladigan jismoniy ta'sirlarni keltirib chiqaradi. U yana o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi:
Biz ko‘rdikki, uzoq davom etgan hodisa yoki hal kilinmagan jahl ichki termostatni ishga soladi. Siz jahlning past darajalariga doimiy o‘rganib qolganingizda, siz nima normal-u nima nonormal ekanligini bilmay qolasiz. Bu odamlar o‘rganib qoladigan kandaydir bir adrenalin bosimni yuzaga keltiradi. U tanani yondiradi va vaziyatni keskin-lashtirib, tinikroqfikrlashga kiyinchilik tug‘diradi.73
|