Yajuj Majuj haqida
|
|
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:33 | Message # 1 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Assalomu alaykum bu yerda Yajuj va Majuj haqida mavzu yuritamiz. Yani u nima?Va u haqidagi oyat hadislar.
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:35 | Message # 2 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Ya’juj va Ma’juj
«Hatto Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladilar» (Anbiyo, 96).
Ya’juj va Ma’jujning chiqishi
Ular Iso alayhissalom samodan tushib, Masih Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng chiqadi. So‘ng Alloh taolo Iso alayhissalomga mo‘minlarni Tur tog‘iga olib chiqib ketishni, chunki hech kim bas kela olmaydigan maxluqlar chiqarilganini vahiy etadi. Ya’juj va Ma’juj kuchli qavlga ko‘ra, Yofas ibn Nuh avlodidan bo‘ladi.
77. Hokim Abdulloh ibn Umar (r.a.) yo‘lidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ya’juj va Ma’juj (ham) Odam zurriyoti. Ularning har biri o‘zidan mingta va undan ko‘p bola qoldirmagunicha o‘lmaydi».
Abd ibn Hamid ham Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) xuddi shunday rivoyatni sahih sanad bilan keltirib o‘tgan. Agar mazkur rivoyat sahih bo‘lib chiqsa, demak, ular juda uzoq umr ko‘radilar. Hatto har biri to bola-chaqa, nevara-chevaralarining soni mingta va undan oshib ketgunicha yashaydi.
78. Ibn Abu Hotim va Hokim Abu Javzo yo‘li orqali Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Nuh alayhissalom Som, Hom va Yofas ismli farzandlar ko‘rdi. Somdan arab, fors va rum, Homdan esa qibt, barbar va sudonlar dunyoga keldi. Yofasning avlodi Ya’juj va Ma’juj, turk hamda saqolibalar bo‘ldi».
Ibn Hajar mazkur hadis sanadida zaiflik bor degan.
Lekin tarixdan aynan mana shu hadisga guvohliklar topish mumkin. Vallohu a’lam!
Ibn Hajar aytadi: «Shayx Muhiddinning fatvolarida quyidagi so‘zlar uchraydi: «Ya’juj va Ma’juj Odamning bolalariyu, lekin ular Havvo (Odam alayhissalom jufti haloli)dan tug‘ilmagan». Demak, Ya’juj va Ma’jujlar biz bilan o‘gay og‘a-inidirlar».
Biz ushbu ma’nodagi so‘zni salaflardan faqat Ka’bul Ahborda uchratishimiz mumkin. Lekin «Ya’juj va Ma’jujlar Nuh avlodidan», degan marfu’ hadis ular so‘zini inkor qiladi. Zero, Nuh alayhissalomning Odam va Havvo zurriyoti ekanliklarida hech shak-shubha yo‘q» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Biz yuqorida Ya’juj va Ma’jujlar haqida Muslimning Nuvos ibn Sam’ondan keltirgan rivoyatini o‘rganib chiqqan edik (73-hadisga qarang). 79. Sahih hadisda Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Yer yuzida «Alloh, Alloh», deyilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Muslim rivoyati).
80. «Yer yuzida «La ilaha illalloh» aytilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
81/82. Ummul mo‘minin Zaynab roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni uning oldiga xavotirlangan holda kirib keldilar: – Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar). Zaynab aytadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim: – Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi? – Ha, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), – agar iflosliklar ko‘payib ketsa».
Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Olimlar «iflosliklar» kalimasini «zino, valadi zinolar va fisqu fujur» deya sharhlaganlar».
Ibn Arabiy aytadi: «Demak, yaxshilar ham yomonlar bilan birga – agar ularni o‘zgartirmasalar – halok bo‘ladilar. Shuningdek, yomonlar yaxshilar nasihatiga quloq solmasdan, o‘z fisqu fujurlarida qaysarlik bilan davom qilsalar va buning natijasida fasod chor-atrofga tarqalib ketsa, hamma birdek halok bo‘ladi. So‘ng har kim niyatiga qarab turg‘iziladi. Zaynab onamiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlaridan agar o‘sha kichkina tuynuk kattarishda davom etsa, bir kun Ya’juj va Ma’jujlar chiqadigan katta yoriqqa aylanishini tushunganlar. U Ya’juj va Ma’jujlar chiqishi insoniyat uchun umumiy halokat ekanini bilgan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:40 | Message # 3 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Zulqarnayn kim? Ya’juj va Ma’jujlar kimlar?
Zulqarnayn Kahf surasida zikr etilgan solih podshohdir. U Ya’juj va Ma’jujlar bilan ularga qo‘shni turuvchi zolimlar o‘rtasiga to‘siq qurgan.
«Ular: «Ey Zulqarnayn, shak-shubhasiz, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari) yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) to‘lov to‘lasak, biz bilan ularning o‘rtasiga bir sad chekib (bir to‘g‘on qurib) berurmisan?» dedilar. U (Zulqarnayn) aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o‘rtasiga bir devor bino qilay» (Kahf, 94-95).
Biz Zulqarnayn qurdirgan devorning sharqda ekanini qat’iy ayta olamiz. Chunki Zulqarnayn kunchiqar tomonda o‘sha zaif qavmni uchratgan edi.
«Hatto (u) kunchiqarga yetgach...» (Kahf, 90).
Ammo aynan ma’lum bir devorni: «Mana shu Zulqarnayn qurdirgan to‘g‘on», demoqlik mushkul.
Balki bu o‘sha mashhur Xitoy devoridir. Yoki ulug‘ muhaddis Imom Termiziy yurti Termizda topilgan devordir. Vallohu a’lam!
«Fi zilalil Qur’an»da yozilishicha: «Termiz shahridagi bir maqbara yonidan (eski) devor topilgan. U «Temir darvoza» nomi bilan tanilgan. Milodiy o‘n beshinchi asrning boshlarida u yerdan nemis olimi Sayld Berger o‘tayotib, o‘z kitobida mazkur devor haqida yozgan edi. Shuningdek, ispan tarixchisi Klavixo ham o‘zining 1403 yildagi safari tarixini yozar ekan, devor haqida to‘xtalib o‘tadi. «Temir darvoza shahrining devori Samarqand – Hind yo‘li ustida joylashgan. Bu Zulqarnayn tiklagan o‘sha devor bo‘lishi ham mumkin».
Yuqoridagi fikrlarning qay biri tasdiqlanishidan qat’iy nazar, Ya’juj va Ma’jujlarning kichik sharqdan chiqishi aniq.
Endi Zulqarnayn haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zilar uni nabiy desa, yana ba’zilar uni payg‘ambar emas, faqat solih podshoh deyishadi.
Xo‘sh, Zulqarnayn kim o‘zi? U Iskandariyani qurdirgan yunon shohi Iskandarmi? Yoki Ibrohim alayhissalom bilan bir zamonda yashagan Yaman shohimi? Olimlar bu xususda turlicha fikr bildirganlar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohga ayon.
Ba’zi mufassiflar Aleksandr Makedonskiyning (makedoniyalik Iskandar) Zulqarnayn emasligini yozadi va bunga yunon shohi Iskandarning kofir ekanini, Qur’onda zikr qilingan Zulqarnayn esa mo‘min-musulmon kishi bo‘lganini hujjat qilib keltiradi. Lekin bu dalil kuchli emas. Chunki biz faqat tarixga suyanib, makedoniyalik Iskandarni kofirga chiqaryapmiz. Tarix esa hamisha faqat aniq haqiqat bo‘lavermaydi. Biz tarixning unchalik ishonarli hujjat bo‘la olmasligiga quyida bir misol keltiramiz.
Tarix Ibrohim, Muso va Iso alayhissalomlar haqida hech narsa demagan. Axir Qur’oni karimda hikoya qilingan mazkur haqiqatlar tarixning ochiq, nurli sahifalarida naqshlanishga haqli emasmidi?! Afsuski, bunday bo‘lmadi. Tarix ular haqida hanuz gung.
Menimcha, tarixning tumanli va gumonli ekaniga yuqoridagi dalil kifoya qilsa kerak. Biz faqat salafi solihlarimiz tomonidan aytib o‘tilgan xabarlarni mahkam tuta olamiz. Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin!
«Fathul Boriy»da Ibn Hajar quyidagicha yozadi: «Ulkan faqih tobe’inlardan bo‘lmish Ubayd ibn Umayr yo‘lidan rivoyat qilishicha, Zulqarnayn piyoda haj qilgan va uning xabarini eshitgan Ibrohim alayhissalom Zulqarnaynga peshvoz chiqqanlar».
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki: «Zulqarnayn Masjidul Haromga kirgan. Ibrohim alayhissalomga salom berib, u zotning qo‘lini olib ko‘rishgan».
Usmon ibn Saj yo‘lidan rivoyat qilinishicha: «Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomdan: «Meni duo qiling», deb so‘raydi. «Qanday qilib seni duo qilay, – deydilar Ibrohim alayhissalom. – Axir sizlar (Zamzam) bulog‘ini bulg‘adingiz-ku!»
«Bu ish mening tarafimdan sodir etilgani yo‘q», deydi Zulqarnayn. Ya’ni, bu ishni mendan beso‘roq qilishgan.
Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn unga hukm chiqarib berdi».
Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti».
Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga chaqirganida hajga kelgan..
«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27)
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:41 | Message # 4 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Davomi
Qur’onda zikr etilgan Zulqarnaynning yunon shohi Iskandar emasligiga Ibn Hajar mana shuni dalil qilib ko‘rsatgan. Chunki Iskandar Iso alayhissalom zamonlariga yaqin yashab o‘tgan. Demak, bu Ibrohim alayhissalom zamonlaridan qariyb 2000 yil keyin bo‘lgan.
Faxrur Roziy yozadi: «Zulqarnayn nabiy bo‘lgan. Iskandar esa kofir. Unga kofirligiga hech qanday shak-shubha bo‘lmagan Arastu ustozlik qilgan. Iskandar uning maslahatiga ko‘ra ish yuritgan».
Ibn Hajar aytadi: «Zulqarnaynni Iskandar deb biluvchilar Tabariy va Muhammad ibn Robe’larning «Misrga tushgan sahobalar» kitobida keltirilgan quyidagi hadisiga suyanishadi. Lekin bu hadis roviylari orasida Ibn Lahiya ham bor:
83. Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Zulqarnayn haqida so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom shunday javob berdilar: «U rumlik bo‘lgan. Shohlik-mulk ato qilingach, Misrga kelib Iskandariyani bino qildi. Iskandariyani qurib bitirganidan so‘ng uning oldiga bir malak keldi. Zulqarnayn samoga ko‘tarildi. Malak unga: «Pastga bir qara», dedi. «Men (faqat) bitta shaharni ko‘ryapman», deb javob berdi Zulqarnayn. Malak dedi: «Bu yer. Alloh taolo (uni) senga ko‘rsatishimni xohladi. Darhaqiqat, Alloh yer yuzida senga saltanat-hokimlik berdi. Endi sen yer uzra yurib, bilmagan kishiga bildirgin, bilganlarni esa (yanada) sobit qilgin».
Agar ushbu hadis sahih bo‘lganida, masala o‘z yechimini topardi. Lekin bu hadis zaif. Vallohu a’lam» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Ibn Hajarning hadisni Ibn Lahiya sababidan zaifga chiqarishi unchalik to‘g‘ri emas. Abdulloh ibn Lahiya rivoyat qilgan hadislarni rojih-kuchli gapga ko‘ra hasan deyish mumkin.
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:45 | Message # 5 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Zulqarnayn qurgan to‘g‘on ochilganmi? Ya’juj va Ma’jujlar tashqariga chiqdimi? To‘g‘ondan kichkina teshikcha ochilgani haqiqat. Biz yuqorida aynan mana shu ma’noga dalolat qiluvchi ikkita hadis keltirib o‘tgan edik. Risolamizdagi 81 – 82-raqamli hadislarning birini Buxoriy va Muslim, ikinchisini esa Buxoriyning yolg‘iz o‘zi rivoyat qilgan.
Har ikkala hadis to‘g‘onning buzila boshlaganiga dalolat qiladi. To‘g‘on to Iso alayhissalom zamonlarigacha turadi. Iso alayhissalom zamonida Alloh izni ila Ya’juj va Ma’jujlar butunlay tashqariga chiqib oladilar. Bu chiqish Qiyomatning ulkan alomatlaridan biri hisoblanadi.
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni qo‘rqqan-xavotirlangan holda kirib keldilar: – Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).
Zaynab aytadilar: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim: – Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi? – Ha, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), – agar iflosliklar ko‘payib ketsa».
Menimcha, vallohu a’lam, Ya’juj va Ma’jujlarning bir martalik chiqishi mo‘g‘ul-tatarlar bosqinida bo‘lib o‘tgan. Mo‘g‘ullar Islom davlatlarini birin-ketin bosib oldilar. Bog‘dodni vayronaga aylantirib, u yerda qariyb sakkiz yuz ming kishini qilichdan o‘tkazdilar. Xalifa Mo‘’tasim va uning oilasi ham qatl qilindi. Hijriy yettinchi yilning boshlarida bo‘lgan bu qirg‘in – mo‘g‘ullarning behisob qo‘shin bilan bostirib kelishi Ya’juj va Ma’jujlarning so‘nggi chiqishi emas edi. Musulmonlar orasida ma’siyatlar, fisqu fujur ko‘payb ketganidan so‘ng, Alloh taolo ularni mana shunday jazoladi. Ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra berilgan ushbu jazo musulmonlar uchun o‘zlarini o‘nglab olishga - g‘aflatdan uyg‘onishga bir turtki edi.
Ha, musulmonlar orasida ma’siyatlarning avj olib ketishi ular uchun halokatli yakunlandi. Nahot endi ham biz o‘zimizni o‘nglab olmasak?! Nahot endi ham nima uchun xorlik va halokat yoqasida turganimizni anglab yetmasak?! Nahot hali ham nafslarimizu shaharlarimizni ma’siyat-buzuqliklardan tozalamasak?!
Shoyad shundan keyin bizga Allohning rahmi kelsa, yana xusrat yuborsa! Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagicha marhamat qiladi:
[color=red]«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas» (Ra’d, 11).
Ba’zi mufassiflar mo‘g‘ullar bosqini bilan Ya’juj va Ma’jujlar chiqishini nihoyasiga yetgan deb fikr bildirgan. Ya’ni, Qiyomatning ulkan alomatlaridan bo‘lgan Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi hijriy yettinchi asrda voqelikda ko‘rindi.
«To Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan va haq va’da (ya’ni Qiyomat) yaqin bo‘ladigan vaqtgacha ular qaytmaydilar» (Anbiyo, 96).
«Fi zilalil Qur’an»da yoziladi: «Yuqoridagi oyati karima Ya’juj va Ma’jujlarning qaysi zamonda chiqishini aniq belgilab berayotgani yo‘q. «Haq va’da yaqin bo‘ladigan...» demakkim, Qiyomat yaqinlashyapti. Bu esa hali Payg‘ambar alayhissalom hayot bo‘lgan vaqtdayoq aytilgan edi:
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar, 1).
Zero, ilohiy hisobdagi zamon bashar sanog‘idagi zamondan farqlidir.
Demak, «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi»dan boshlab to bugungi kunimizgacha, ya’ni, mana shu vaqt oralig‘ida, Ya’juj va Ma’jujlar to‘g‘oni ochildi deyish mumkin. Unda mo‘g‘ul-tatarlarning sharqqa qilgan bosqini o‘sha Ya’juj va Ma’jujlarning (so‘nggi) chiqishi bo‘ladi.
|
|
| |
MASTER | Date: Yakshanba, 24-Fev-2008, 21:45 | Message # 6 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Davomi
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bundan o‘n uch yarim asr muqaddam Zulqarnayn qurgan to‘g‘ondan kichik teshik ochilganini aytgan edilar. Mo‘g‘ul-tatarlar bosqini ham undan keyin bo‘ldi. Mo‘g‘ul-tatarlar Halako‘xon boshchiligida Abbosiylarning so‘nggi vakili Mo‘’tasim xalifaligi davrida arab shaharlarining kulini ko‘kka sovurdi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ya’juj va Ma’jujlar haqidagi so‘zlari voqeda ana shunday gavdalandi. Biz faqat o‘zimizcha shu to‘g‘ri deb aytyapmiz xolos. Keskin hukm qilayotganimiz yo‘q. Zero, uning haqiqati yolg‘iz Allohgagina ayon!»
Hech shak-shubha yo‘qki, Qur’oni karimda Qiyomatning ulkan alomatlaridan sanalgan, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida rivoyat qilingan Ya’juj va Ma’juj-larning chiqishi hali voqeda kuzatilmadi. Chunki bu «ulkan chiqish»ning eng yorqin alomati uning Iso alayhissalom samodan tushgan vaqtda bo‘lishidir. Alloh taolo ularni Iso va uning ashoblari duosi barakoti bilan halok etadi. Ya’juj va Ma’jujlar ustiga qurtlar yuboriladi va ular xuddi bir kishining o‘limidek, baravar jon beradilar.
Bu haqda sahih hadislar rivoyat qilingan.
Muhammad Salamat Jabarning "Qiyomatning qoyim bo‘lishi shartlari va ularning sir-asrorlari" kitobidan
|
|
| |
MASTER | Date: Dushanba, 14-Noya-2011, 01:47 | Message # 7 |
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7402
Status:
| Яжуж мажуж xaқида
Message edited by MASTER - Dushanba, 14-Noya-2011, 01:50 |
|
| |
BAXOR | Date: Seshanba, 15-Noya-2011, 09:06 | Message # 8 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
|
|
|
| |