RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Shaytoni la'in
DURDONДата: Yakshanba, 30-Iyun-2013, 11:47 | Сообщение # 16
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Шайтоннинг инсон қалбига йўллари

Инсон қалби фитратан ҳидоятни қабул қилувчи, ундаги шаҳват ва ҳавои нафс эса уни бундан бурувчидир. Шу боис қалбдаги фаришталар ва шайтонлар қўшини ўртасидаги кураш доимийдир. Бу кураш оқибатида қўшинларнинг бири ғолиб бўлади ва қалбга ҳукмронлигини ўрнатади. Иккинчиси эса, баъзи-баъзида суқилиб киришга ҳаракат қилади. Аллоҳ таоло айтганидек, ((Инсон Аллоҳни эслаганда) чекиниб, (эсламаганда) васваса қилувчи (шайтон) ёвузлигидан)(Нос, 4). Бу шайтон Аллоҳ эсланганда бекинадиган шайтондир. Инсон ғафлатда пайтида эса, бемалол киради. Шайтонларни қалбдан фақатгина Аллоҳнинг зикри қувади. У зикр бўлган жойда тура олмайди.

Қалб ҳудди бир қўрғонга ўхшайди. Шайтон эса, қўрғонга кириб, унда ўз ҳукмини ўрнатмоқчи бўлган душмандир. Қўрғонни унинг эшикларини қўриқлаш билан асралади. Қўриқлашни билмаган киши уни асрай олмайди. Шайтоннинг кириш йўлларини билмаган киши эса уни қайтара олмайди. Шайтонинг кириш йўллари ва эшиклари банданинг сифатларидир. Бу йўл ва эшиклар кўп бўлиб, биз уларнинг катталаригагина тўхталамиз.
• Унинг энг катта эшикларидан бири ҳасад ва ҳирсдир. Инсон бирор нарсага ҳирс қўйса, бу ҳирс уни кўру карга айлантиради. Шайтон йўлларини биладиган қалб кўзини тўсиб қўяди. Ҳудди шундай, агар кўп ҳасад қилувчи бўлса, шайтонга имкон туғилади. Ҳирсли кишига шаҳватига олиб борадиган барча нарсани, мункар ва ифлос бўлса ҳам, чиройли қилиб кўрсатади.
• Шайтоннинг қалбга кирадиган эшикларидан яна бири ғазаб, шаҳват ва қизиққонликдир. Ғазаб ақлни тўсади. Инсон ғазабланганда ундаги ақл қўшини заифлашади. Шунда шайтон ҳужум қилиб, инсонни ўз куйига ўйнатади. Ривоят қилишларича, иблис бундай дейди: “Инсон қизиққон бўлса, биз уни болалар коптокни ўйнатгандек ўйнатамиз”.
• Унинг эшикларидан яна бири уй, кийим-кечак ва жиҳозаларни чиройли қилишни яхши кўришдир. Шайтон инсонни уйни обод қилиш, шифтлари, деворларини зийнатлаш, чиройли кийимлар кийиш, ҳашаматли жиҳозларни олиш билан банд қилиб, унинг бутун умрини шунда ўтказади.
• Эшикларидан яна бири тўқликдир. Тўқлик шаҳватни кучайтириб, ибодатдан чалғитади.
• Инсонлардан тамаъ қилиш. Инсон агар бир инсондан бир нарса тамаъ қилса, уни ўзида йўқ сифтлар билан мақтайди, тилёғламалик қилади, уни яхшиликка чақирмайди, ёмонликдан қайтармайди.
• Мол-дунёни яхши кўриш. Бу сифат қалбда ўрнашса, уни бузади. Нотўғри йўллардан бўлса ҳам уни топишга ундайди. Бахил, фақирликдан қўрқадиган қилиб қўяди. Натижада зиммасидаги ҳақларни ҳам адо этмайди.
• Инсон ақли етмайдиган Аллоҳ таолонинг зоти, сифатлари каби ишлар тўғрисида фикрлаши.
• Мусулмонлар тўғрисида ёмон гумон қилиш. Ким бир мусулмонга ёмон гумони билан ҳукм қилса, у тўғрида ҳар нарса дейди, ўзини ундан яхши билади. Бу унинг қалби кирлигидан. Мўмин узр излайди, мунофиқ эса, айб ахтаради.
Инсон ёмон гумонда қолмаслиги учун туҳматли ўринлардан сақланиши лозим. Шайтоннинг ушбу йўлларидан қалбни ёмон сифатлардан тозалаш билан сақланилади. Унинг онда-сонда қилдиган ҳужумларини Аллоҳ таолони зикр қилиш қайтаради.
Шайтон оч итга ўхшайди. Агар қўлингда ҳеч нарса бўлмаса, “кет” дейишинг билан кетади. Агар қўлингда бирор нарса бўлса, кетишига “кет” дейишинг кифоя қилмайди. Ҳудди шундай, шайтонга керакли сифатлардан холи қалбдан шайтон зикр билан кетади.
Ҳаво ғолиб бўлган қалбда зикр юзаки бўлади. Ич-ичидан чиқмайди. Шунда шайтон ўша жойда ўрнашади. Агар бунинг тасдиғини кўрмоқчи бўлсанг, шайтон намозингда ёдингга нималарни келтиришига қара!


 
DURDONДата: Dushanba, 12-Avg-2013, 00:36 | Сообщение # 17
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Ibrat izlaganga ibratli Dunyo

ILIM
haqida! Bir kuni
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi
vasallam) masjid eshigi oldida
shaytonni ko‘rib qoldilar va: "Ey iblis!
Bu yerda nima qilyapsan?" dedilar. Shayton: "Men masjidga kirib,
namozxonning namozini buzishni
xohlayapman, lekin kirolmay
turibman. Sababi masjidda uxlab
yotgan kishidan qo‘rqyapman", dedi.
Shunda Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ajablanib so‘radilar: "Ey
shayton! Ibodatdagi kishidan
qo‘rqmasdan, g‘aflatdagi kishidan
qo‘rqmoqdamisan?" Shayton aytdi:
"Namozxon johil kishi, uning ishini
buzish oson, lekin uyqudagi bu odam olimdir. Men agar bu johilning
namozini buzsam, u olimni tezda
uyg‘otib, namozini qanday tuzatishni
so‘rashidan qo‘rqmoqdaman". Mana
shuning uchun ham Payg‘ambarimiz
(sollallohu alayhi vasallam): "Olim kishining uyqusi johil odamning
ibodatidan afzaldir", deganlar.. ***
Dinu-diyonatdan bo'lmagin yiroq.
Yo'lingni yoritar u mangu chiroq!
Amallaring uchun jannatni olsang.
Ne'mat bormi undan yaxshiroq *** Bir kun Payg'ambarimiz Rasululloh (s.a.v)
ko'chada ketyotsalar chekada bir 3
yoki 4 yoshli bola juda chiroyli tohorat
olayotgan ekan shunda
Payg'ambarimiz(s.a.v) unga qarab
shunday dedi: juda chiroyli tohorat oldingiz desalar haligi bolacha javob
beribdi: do'zahdan qo'rqib shunday
tohorat oldim debti wuna
Payg'ambarimiz (s.a.v) hali sizda
gunoh yo'qku nimaga qo"rqasiz
desalar bola aytibdi: Onam o'choqga o't yoqganlarida qarab turardim oldin
kichkina mayda o'tinlardi solib keyin
katta o'tinlardi solardilar shundan men
ham o"yladim OLLOH do'zahga birinchi
bo'lib bizdaqalarni tashlab keyin o't
ilashgandan keyin kattalarni soladi deb o'ylab shunday tohorat oldim
debti.... Payg'ambarimiz(s.a.v) wunda u
yow bolani bowidan silab yuzlaridan
o'pibdilar. *** Zulfiqor Ahmad
Naqshbandiy "Hayo va pokdomonlik”
kitobida shunday hikoya qiladi: Payg’ambar s.a.v. aytadilar: "Begona
ayolga qarashlik shayton o’qlarining
ichida zaharlanganidir”(O’q tegib
o’ldirmasa-da, zahari albatta qalbni
o’ldiradi)Nomahramga tasodifan
birinchi marta nigoh zararli emas, agar uni olib qochilsa. Birinchi qarashda
ham unga lazzat bilan qarash
haromdir.Shaytonning eng kuchli
qurollaridan biri haromni go’zal qilib
ko’rsatishdir. Zero, uzoqdan
qaraganda ko’p narsalar go’zal ko’rinadi.Dunyoda qilingan birinchi
gunohga ham badnazarlik sabab
bo’lgan edi. O’shanda Qobilning
ko’nglida Hobilning xotini go’zalligi
uchun yomon niyat paydo bo’lgan edi
*** Dovud alayhissalom shunday iltijo qildilar: Yo Parvardigoro, men hayotlik
paytimdayoq Sirot kuprigi va Tarozini
kurishni istayman. Alloh: Ey Dovud,
falon vodiyga borgin, deb, uning
qarshisidan pardani oldi. Dovud
alayhissalom Sirot kuprigi va Tarozini kurdilar va qattiq gamga botib
yigladilar. Yo Parvardigoro,
bandalaringdan kim bu tarozining
pallasini yaxshiliklar bilan tuldirishga
qodir buladi? dedilar. Alloh aytdi:
Izzatim va buyukligimga qasamki, kim La-a ilaha illallohu Muhammadur
Rasululloh ni ishonch-etiqod bilan bir
marta aytsa, Sirot kuprigidan
chaqmoqdek utadi va kim bir xurmo
miqdoricha bulsa ham, Men uchun
sadaqa qilsa, tarozining pallasi tuladi. Allohni bunday Marhamatiga,
rahmatiga va paygambarimiz s.a.v
shafoatlarini qozonadigan solih
amallar va ibodatlarimizni tukis va
bardavom qilaylik *** Payg'ambarimiz
(s.a.v) bir kiwiga va'z aytar edilar: ''Bew narsadan oldin bew narsani
g'animat bil. Qariligingdan oldin
yigitlingni, bir iw bilan wug'ulanib
qoliwingdan oldin bo'w vaqtingni,
faqirligingdan oldin boyligingni,
o'limingdan oldin tirikligingni, kasal bo'lmasingdan oldin sog'lomligingni
g'animat bilgin *** Bir odamni 3 ayoli
ya`ni ''Xotini'' bor edi.Bir kuni u
odamdi oldiga o`lim farishtasi kelib, bu
odamni olib ketishini aytadi va o`zi
bilan ayollaridan birini olishga izn beradi.Shunda u odam uchchala
ayolini oldiga borganda 3-chi ayoli u
bilan faqat darvozani oldigacha
borishga rozi bo`ladi. Bu -uning bu
dunyoda to`plagan molu dunyosi
edi.Shunda u odam 2- chi ayolini oldiga boradi. 2 -chi ayoli esa u bilan
lahat ya`ni qabrni oldigacha borishga
rozi bo`ladi. Bu -uning bu dunyoda
topgan yoru birodarlari edi.Bu ishlardan nima qilarini bilmay boshi
qotib turganida 1- chi ayoli kelib u
bilan birga ketishiga rozi ekanligini
aytadi. Bu -uning bu dunyoda qilgan
yaxshi-yomon amali edi. *** Abu
Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: «Rasululloh qabristonga
keldilar va: — Mo‘minlar qavmida
yashovchilarga assalomu alaykum! Biz
ham, inshaalloh, sizlarga borib
qo‘shilguvchilarmiz, deydigan
birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz
emasmizmi, yo Rasululloh? — deyishdi.
Janobi Rasululloh: — Sizlar mening
sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa,
hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar: — Hali kelmagan
ummatingizni qanday taniysiz, yo
Rasululloh? — deb so‘rashdi.
Rasululloh: — Axir bir kishi o‘zining
peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa
bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —
deyishdi. Janobi Rasululloh: — Ular
qiyomatda dunyodagi tahoratlari
sababidan peshonalari va oyoqlari
nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan
bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha
kishilar hovuzimdan adashgan tuyani
haydagandek haydaladilar. Men
ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido
qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda
men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq
bo‘linglar», deyman... *** Bir kuni: ikki
olam sarvari Muhammad Rosululloh
(s.a.v) Qizlarining axvolini bilgani
keldilar. Qarasa qizlarini közi namlangan, köngli g'amlangan,
Payg'ambarimiz qizidan söradi: qizim
nega közlaringingizda nam,
qalbingizda g'am: qizlar Otajon men
bugun Kuyovingiz Aliga be xosdan bir
gap etvordim, bu gapni ewitib u kishining yuzlaridagi tabassum quw
kabi uchib ketdi. Aybimni yuviw uchun
atroflarida yetmiw marotabadan ortiq
aylandim. Keyin u kiwi menga qarab
jilmayib qöydilar. Ke4irganligini
bildirib. Agar u kiwini rozi qilmasdan bu dunyoni tark etsam, Ollohni
huzurida erini no'rozi qilganlar
qatorida bölib qolmasmikanman deb
qayg'uryapman. Wunda Rosululloh
(s.a.v) men payg'anbarman xam
demadi, Ollohni Rasuliman xam demadi, Payg'ambarimiz: qizim sizni bu
iwingiz uchun Olloh körsatmasin bu
dunyodan ketsangiz, MEN SIZNI XATTO
JANOZANGIZNI XAM ADO ETMAS EDIM
DEGAN EKANLAR.... *** Oyisha (r.a.)
aytadilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) menga aytdilarki: Ey Oyisha!
Turt narsani qilmay uxlama: Quroni
xatm qilmaguningcha, paygambarlarni
Qiyomatda uzingga shafoatchi
qilmaguningcha, barcha
musulmonlarni uzingdan rozi qilmaguningcha hamda haj va umra
qilmaguningcha. Shunday deb
Paygambar (sollallohu alayhi vasallam)
namozga kirib ketdilar. Namozni
tugatganlaridan keyin: Ey Allohning
Rasuli! Ota-onam sizga fido bulsin! Meni turt ishga buyurdingiz, men ularni
qilishga qodir emasman, dedim. U zot
aytdilarki: Agar Ixlos surasini 10 marta
uqisang, Quronni xatm qilgandek
bulasan, menga va paygambarlarga
salovot aytsang, biz senga Qiyomat kunida shafoatchiga aylanurmiz va
agar Allohdan muminlarning
magfiratini tilasang, ularning
hammalari sendan rozi buladilar. Agar
Subhanallohi valhamdu lillahi va la-a
ilaha illallohu vallohu akbar, desang, haj va umra qilgandek savobga ega
bulasan (Tafsiri Haqqiy).
Uqiganlarimizga amal qilish
barchamizga nasib etsin.amin!
***

shayton: meni bir o'g'lim bor,ismi
''xutama'' u kechasi hufton o'qimay yotgan bandani qulog'iga peshob
qiladi, agar unday qilmaganida hech
bir banda huftonni o'qimay uxlay olmasdi. Allohni O'zi asrasin..


 
DURDONДата: Chorshanba, 14-Avg-2013, 02:32 | Сообщение # 18
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Диккат! Диккат! Шайтон Куйиб юборилди.

Шайтоннинг Таржимаи Холи . . . ! ! !

Исми: Иблис! Шахри:Ғофилларнинг қалблари!

Қариндошлари: Бут-санамлар! Доимий макони: Жаханнам, Нақадар ёмон жой!

Даражаси: Биринчи даражали фосиқ! Мамлакати: Аллохнинг исми зикр қилинмайдиган жойлар!

Кўзлаган мақсади: Қинғирлик, бузуқлик!

Дастмояси: Бекорчи орзу-истаклар, хом-хаёллар! Мажлиси: Бозорлар!

Йўлидаги душманлари: Тақводор мусулмонлар! Кўрсатадиган нарсаси: Сароб!

Ишларидаги бош шиори: Нифоқ хулқларнинг саййидидир!

Ишининг либоси: Иккиюзламачилик, сохталик! Бу дунёдаги хотинлари: Кийимли ялонғоч аёллар! Яхши кўрадиганлари: Аллохнинг зикридан ғафлатда юрганлар!

Уни безовта қиладиган нарса: Истиғфор!

Унинг ёзуви: Баданга игна билан солинган ёзув (татуировка)!

Уйи: Хожатхона, хаммом!

Сифати: Доим ўзининг манфаатларини биринчи ўринга қўювчи, худбин!

Зохир бўлган вақти: Одам алайхиссаломга сажда қилишдан бош тортган кун!

Шериклари: Мунофиқлар!

Ризқ манбаи: Харом мол- дунё!

Иш олиб борадиган хонаси: Ифлос, нажосат хамда гунохлар содир этиладиган жойлар!

Хизматчилари: Ёмонликка буюриб, яхшиликдан қайтарувчилар!

Буйруқлари: Фахшга буюради!

Диёнати: Куфр!

Вазифаси: Барча ғазабга дучор бўлган ва адашганларнинг мудири!

Хизмат муддати: Қиёмат кунигача!

Сафар қиладиган жойи: Жаханнам йўли!

Тижоратдан оладиган фойдалари: Бехуда кетган, шамолга совурилган вақтлар!

Қизиқишлари: Адаштириш, залолат!

Сафардаги хамрохи: Хақиқатдан кўз юмувчи, хақни гапиришдан сукут қилувчи!

Орзуси: Хамманинг куфрга кетиши!

Минадиган улови: Ёлғон!

Оладиган маоши: Ўзининг ва унга эргашганларнинг гунохи!

Энг ёқтирган иши: Ливота (эркакларнинг бир-бирлари билан жинсий алоқа қилиши), сихоқ (аёлларнинг бир-бирлари билан жинсий алоқа қилиши)!

Алоқа воситалари: Ғийбат, чақимчилик, жосуслик!

Ўзига эргашганларга айтадиган махфий сўзи, пароли: Мутакаббирлар айтадиган "Мен” сўзи!

Энг яхши кўрган таоми: Ғийбат орқали ейиладиган ўлган биродарнинг гўшти!

Қўрқадиган кишиси: Тақводор мўмин!

Ваъдаси: Садақа қилувчиларга камбағал бўлиб қолишни ваъда қилади!

Уни йиғлатадиган нарса: Кўп сажда қилиш!

Мудофааси: Албатта, шайтоннинг макри, хийласи заифдир!

Тузоғи, ов қиладиган тўри: Аёллар!

У учун энг дахшатли фожеа: Душманларининг унинг устидан кулишлари!

Энг кўп ёмон кўрган одами: Мухаммад соллаллоху алайхи васаллам!

Яна ёмон кўрадиган одами: Аллохни кўп зикр қилувчи эркаклар ва аёллар!

Ундан кейин ёмон кўрадиган одами: Шубхали ишлардан узоқ юрадиган, сабрли олим!

Ундан кейин ёмон кўрадиган одами: Сабрли, эхтиёжини ва камбағаллигини хеч кимга билдирмайдиган, ўз холидан шикоят қилмайдиган фақир!

Ундан кейин ёмон кўрадиган одами: Шукр қилувчи бой!

Уни иситма тутиб, титрайдиган пайти: Мусулмонлар намозга турганда!

Боғланадиган вақти: Рамазон ойи!

Уни ақлдан оздирадиган нарса: Мусулмонлар хаж қилиши . . .


 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online