DURDON | Date: Juma, 18-Okt-2013, 01:43 | Message # 1 |
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
| So'nggi so'zimiz xayrli bo'lsin!
Birinchi xalifa Abu Bakr Siddiqning (r.a.) oxirgi so‘zlari “Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!” bo‘ldi. Hazrati Usmon ibn Affonning (r.a.) jon chiqar paytdagi so‘zlariga e’tibor qiling: “Ka’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir!” Muhammad ibn Alidan rivoyat qilinishicha, jonlariga xavorijlar qasd qilganidan keyin Hazrati Ali (k.v.) oxirgi nafaslarigacha “La ilaha illalloh”dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar. Xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon o‘lim onlarida: “Koshkiydi oddiy qurayshlik kishilardan bo‘lib qolsam, koshki bu vazifada ishlamasam edi”, deb o‘z mansab-mavqelaridan iztirob chekkanlar. Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘lim onida: “Allohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh”, deb turib jon taslim qilganlar.
|
|
| |